30.07.2025 yildagi 475-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 30.07.2025 yildagi 475-son
Date of entry into force
30.07.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Geografik obyektlarga doir ayrim munosabatlarni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi va “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq geografik obyektlarni tizimlashtirish hamda koʻcha nomi va koʻchmas mulk obyekti raqami koʻrsatkichlarini oʻrnatish faoliyatini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geografik obyektlarni tizimlashtirish, shu jumladan, ularning kodi, turi, qisqartmasi va klassifikatsiya kodini belgilashni nazarda tutuvchi Geografik obyektlarning klassifikatori (keyingi oʻrinlarda — Klassifikator) 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻcha nomi va koʻchmas mulk obyekti raqami koʻrsatkichining (keyingi oʻrinlarda — koʻrsatkich) shakli, oʻlchamlari, yozilishi va unga doir texnik shartlarni nazarda tutuvchi Koʻcha nomi va koʻchmas mulk obyekti raqami koʻrsatkichini oʻrnatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Geografik obyektlarning nomlari davlat reyestri (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) Klassifikator asosida yuritiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi 1010-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq koʻrsatkichlarda yoziladigan koʻcha nomi va koʻchmas mulk obyekti raqami toʻgʻrisidagi axborotlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining (keyingi oʻrinlarda — Kadastr agentligi) Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar)lar filiallari tomonidan taqdim etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrsatkichlarni tayyorlash va oʻrnatish bilan bogʻliq xarajatlar mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi qurilgan, rekonstruksiya qilingan va taʼmirlangan koʻchalar, uylar, koʻp kvartirali turar joylar uchun koʻrsatkichlarni tayyorlash va oʻrnatish bilan bogʻliq xarajatlar qurilish tashkiloti yoki obyekt egasining oʻz mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Kadastr agentligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar 2025-yil 1-sentabrga qadar oʻzining idoraviy tizimlarida geografik obyektlarning kodlarini Klassifikatorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Transport vazirligi, Energetika vazirligi, Statistika agentligi, “Oʻzbekgidroenergo” AJ, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Kadastr agentligi bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 1-oktabrga qadar Klassifikator asosida tegishliligi boʻyicha tabiiy obyektlar hamda transport va muhandislik-texnika infratuzilmasi obyektlari nomlarini xatlovdan oʻtkazsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2026-yil 1-mayga qadar belgilangan tartibda nomlanmagan va davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan geografik obyektlar nomlarini Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga (keyingi oʻrinlarda — Qonun) muvofiq Reyestrga kiritish choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Kadastr agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Klassifikatorga kiritilgan geografik obyektlar (tabiiy obyektlar hamda transport va muhandislik-texnika infratuzilmasi obyektlari)ga nom berish hamda ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kadastr agentligi, Statistika agentligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi bilan birgalikda 2026-yil 1-iyulga qadar respublikadagi barcha koʻchalarning nomlarini xatlovdan oʻtkazsin hamda ularni Reyestrga muvofiqlashtirish, yangi tashkil etilgan va nomlanmagan koʻchalarga nom berish, shuningdek, Qonun talablariga zid boʻlgan nomlarni oʻzgartirish choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2028-yil 1-yanvarga qadar Kadastr agentligining Koʻchmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestridagi axborotlar asosida koʻrsatkichlar oʻrnatilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi 1010-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 30-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
475-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyuldagi 475-son qaroriga
1-ILOVA

Geografik obyektlarning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KLASSIFIKATORI

Kod

Geografik obyekt turi

Qisqartmasi

Klassifikatsiya kodi

I. Maʼmuriy-hududiy birliklar

1.1

respublika

resp.

001001000

1.2

viloyat

vil.

001002000

1.3

shahar

sh.

001003000

1.4

tuman

t.

001004000

1.5

shaharcha

sh-cha

001005000

1.6

qishloq

q.

001006000

1.7

ovul

o.

001007000

II. Aholi punktlari va ularning tarkibiy qismlari

2.1

aholi punkti

a/p.

002001000

2.2

hayvonot bogʻi

h/bogʻi

002002000

2.3

istirohat bogʻi

ist/bogʻi

002003000

2.4

koʻchalar

-

002004000

2.4.1

shohkoʻcha

sh/k.

002004001

2.4.2

koʻcha

k.

002004002

2.4.3

tor koʻcha

t/k.

002004003

2.4.4

berk koʻcha

b/k.

002004004

2.5

mahalla

mah.

002005000

2.6

mavze

mav.

002006000

2.7

maydon

m.

002007000

2.8

qabriston

qab-n

002008000

2.9

xiyobon

x-bon

002009000

2.10

ziyoratgoh

z-goh

002010000

III. Transport va muhandislik-texnika infratuzilmasi obyektlari

3.1

aeroport

aerp.

003001000

3.2

avtostansiya

avto/st.

003002000

3.3

avtovokzal

avto/v.

003003000

3.4

elektr stansiyalari

-

003004000

3.4.1

atom elektr stansiyasi

AES

003004001

3.4.2

gidroelektrostansiya

GES/GRES

003004002

3.4.3

issiqlik elektr stansiyasi

IES

003004003

3.4.4

quyosh elektr stansiyasi

QES

003004004

3.4.5

shamol elektr stansiyasi

SHES

003004005

3.5

foydali qazilma konlari

-

003005000

3.5.1

noruda konlar

n/k.

003005001

3.5.2

rudali konlar

r/k.

003005002

3.5.3

uglevodorod konlari

ugl/k.

003005003

3.6

kanal (ikki suv obyektini bogʻlovchi)

kan.

003006000

3.7

metro bekati

m/b.

003007000

3.8

meteostansiya

met/st.

003008000

3.9

nasos stansiyasi

n/s.

003009000

3.10

port

p.

003010000

3.11

pristan

pr.

003011000

3.12

qor koʻchki stansiyasi

q/k st.

003012000

3.13

sardoba

s-ba

003013000

3.14

seysmik stansiya

seys/st.

003014000

3.15

suv omborlari

-

003015000

3.15.1

sel suv ombori

s/suv omb.

003015001

3.15.2

suv ombori

suv omb.

003015002

3.16

temiryoʻl razezdi

t.y/raz.

003016000

3.17

temiryoʻl stansiyasi

t.y/st.

003017000

3.18

temiryoʻl vokzali

t.y/v.

003018000

IV. Tabiiy obyektlar

4.1

ariq

ariq

004001000

4.2

barxan

barx.

004002000

4.3

botiq

botiq

004003000

4.4

buloq

bul.

004004000

4.5

dara

dara

004005000

4.6

daryo

d.

004006000

4.7

dovon

dov.

004007000

4.8

doʻnglik

doʻng.

004008000

4.9

jarlik

jar.

004009000

4.10

koʻl

koʻl

004010000

4.11

muhofaza etiladigan tabiiy hududlar

-

004011000

4.11.1

biosfera rezervati

bio/rez.

004011001

4.11.2

buyurtma qoʻriqxona

buy/qoʻr.

004011002

4.11.3

davlat biosfera qoʻriqxonasi

dav.bio/qoʻr.

004011003

4.11.4

davlat qoʻriqxonasi

dav/qoʻr.

004011004

4.11.5

landshaft buyurtma qoʻriqxonasi

land.buy/qoʻr.

004011005

4.11.6

milliy tabiat bogʻi

m.t/bogʻi

004011006

4.11.7

pitomnik

pit.

004011007

4.12

muzlik

muzl.

004012000

4.13

orol

orol

004013000

4.14

plato

plato

004014000

4.15

qir

qir

004015000

4.16

qirlar

qirlar

004016000

4.17

quruq oʻzan

q/oʻ.

004017000

4.18

soy

soy

004018000

4.19

togʻ tizmasi

togʻ/tizm.

004019000

4.20

togʻ

togʻ

004020000

4.21

oʻrmon

oʻrm.

004021000

4.22

gʻor

gʻor

004022000

4.23

sharshara

shar.

004023000

4.24

shoʻrxok

shoʻrx.

004024000

4.25

chink

chink

004025000

4.26

choʻqqi (togʻ choʻqqisi)

ch.

004026000

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyuldagi 475-son qaroriga
2-ILOVA

Koʻcha nomi va koʻchmas mulk obyekti raqami koʻrsatkichini oʻrnatish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi va “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq koʻcha nomi va koʻchmas mulk obyekti raqami koʻrsatkichlarining shakli, oʻlchamlari hamda ularni tayyorlash va oʻrnatish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrsatkich — koʻcha nomi va koʻchmas mulk obyekti raqami yozilgan lavha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻcha nomi — davlat ekspertizasidan oʻtkazilib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashining qarori bilan tasdiqlangan Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestridagi nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻchmas mulk obyekti raqami — yer uchastkalari, binolar va inshootlar, qurilishi tugallanmagan imoratlar, shu jumladan, qurilayotgan, alohida ajratilgan joylarga berilgan manzil raqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻcha-yoʻl tarmogʻi elementlari — shohkoʻchalar, koʻchalar, tor koʻchalar, berk koʻchalar, mavzelar, istirohat bogʻlari, xiyobonlar, maydonlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu Nizom yoʻl belgilari, reklama, tovar va xizmatlar, shuningdek, yuridik shaxslarning individuallashtirish vositalarini joylashtirishga oid munosabatlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Koʻrsatkich davlat tilida (Qoraqalpogʻiston Respublikasida oʻzbek va qoraqalpoq tilida) yoziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Koʻrsatkichning shakli, oʻlchamlari va yozilishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Koʻrsatkich koʻchalarga hamda koʻchmas mulk obyektlariga joylashtirish uchun moʻljallangan boʻlib, koʻcha yoʻl tarmogʻi elementlarining toifalariga muvofiq turli shaklda boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Koʻrsatkichning namunaviy shakllari ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq quyidagi toifalarga ajratiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-toifa — polietilentereftalat, polietilintereftalatglikol, polistirol yoki polikarbonat materialdan tayyorlangan, yoritish moslamali koʻrsatkich;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-toifa — kompozit aluminiy materialidan tayyorlangan, nur qaytaruvchi qoplamali koʻrsatkich;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-toifa — kompozit aluminiy materialidan tayyorlangan koʻrsatkich.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, qoida tariqasida, 1-toifa koʻrsatkichlar shahar ahamiyatidagi magistral koʻchalar, 2-toifa koʻrsatkichlar tuman ahamiyatidagi magistral koʻchalar va 3-toifa koʻrsatkichlar esa mahalliy ahamiyatga ega koʻchalarda oʻrnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Koʻcha-yoʻl tarmogʻi elementlarining, bino va inshootlarning oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, koʻrsatkich alohida-alohida yoki bino va inshootning arxitekturaviy koʻrinishidan, hududning moliyaviy holati, imkoniyatidan kelib chiqib, belgilangan oʻlchamlar doirasida bitta koʻrsatkichda koʻcha nomi va koʻchmas mulk obyekti raqami yoziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shahar muhiti elementlarining maqsadi, anʼanaviy arxitektura va madaniyati, shuningdek, joyning tabiiy-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda, “dizayn kod” tasdiqlangan hududlarda ushbu Nizomda belgilangan koʻrsatkichning shakli, oʻlchami, rangi va yozilish shakli oʻzgartirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Koʻrsatkichning oʻlchamlari ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Koʻrsatkichda koʻchaning nomi qisqartirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Koʻrsatkichdagi koʻcha nomi va koʻchmas mulk obyekti raqami Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar)lar filiallari tomonidan taqdim etilgan axborotlar asosida yoziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Koʻrsatkichda yoziladigan koʻcha nomi va koʻcha-yoʻl tarmogʻi elementlari hamda koʻchmas mulk obyektlarining raqami “Arial” shriftida, ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq 1-toifadagi koʻrsatkichda hoshiyadan 40 mm, 2 va 3-toifalarda esa 25 mm masofa oraliqda yoziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Koʻrsatkichga doir texnik shartlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Koʻrsatkichning asosi toʻq koʻk rangda (CMYK: 100 90 10 15) va undagi belgi, chiziq, asosiy hamda qoʻshimcha matnlar oq rangda (CMYK: 0 0 0 0) boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Yoritiladigan shakldagi koʻrsatkichlar oʻrnatilgan binoning elektr tarmogʻi orqali yoritilishi taʼminlanadi. Bunda elektr energiyasi bilan bogʻliq xarajatlar koʻp kvartirali turar joylarni boshqaruvchi organlar (bevosita joylarning mulkdorlari, boshqaruv kompaniyalari yoki shirkatlar)ning mablagʻlari, shuningdek, yuridik shaxslarga tegishli binolarda esa balansda saqlovchi yoki foydalanuvchi tashkilotning mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Koʻrsatkich bevosita joylashtirilgan binoning elektr manbaiga ulanadi hamda ulanish manbaining nominal quvvati 220V ± 10 foiz va chastotasi 50 ± 0,2 Gs boʻlgan umumiy tarmoqdan elektr toki oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Koʻrsatkichni oʻrnatish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Koʻrsatkich ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq parametrlar va talablar asosida oʻrnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Koʻrsatkichlar Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar)lar filiallari axborotlari asosida tuman (shahar)lar obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan tayyorlanadi va oʻrnatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻrsatkichni tayyorlash va oʻrnatish bilan bogʻliq xarajatlar mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangi qurilgan, rekonstruksiya qilingan va taʼmirlangan koʻchalar, uylar, koʻp kvartirali turar joylar uchun koʻrsatkichlarni tayyorlash va oʻrnatish bilan bogʻliq xarajatlar qurilish tashkiloti yoki obyekt egasining oʻz mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Koʻcha-yoʻl tarmogʻi elementlari nomi oʻzgartirilgan taqdirda, bu borada tegishli xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining qarori qabul qilingan kundan boshlab bir oy muddat ichida koʻrsatkichlar almashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Koʻrsatkichni saqlash va undan foydalanish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Koʻrsatkichni saqlash va undan foydalanishda quyidagi talablar bajarilishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrsatkichlarning texnik holatini nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻcha nomi va koʻchmas mulk obyekti raqami oʻzgargan yoki yaroqsiz holga kelgan koʻrsatkichlarni oʻz vaqtida almashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻcha-yoʻl tarmogʻi elementlarini hamda bino va inshootlarni taʼmirlash jarayonida koʻrsatkichlarga shikast yetkazilishining oldini olish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Koʻrsatkichni belgilangan talablar asosida saqlash va undan foydalanish uchun koʻchmas mulk obyekti egasi yoki undan foydalanuvchi shaxs masʼul hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻcha nomi va koʻchmas mulk obyekti raqami koʻrsatkichini oʻrnatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Koʻcha nomi va koʻchmas mulk obyekti raqami koʻrsatkichining

NAMUNAVIY SHAKLLARI

OʻLCHAMI

3-ILOVA

Koʻcha nomi va koʻchmas mulk obyekti raqami koʻrsatkichini oʻrnatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PARAMETRLARI VA TALABLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Parametrlar

Talablar

I. Koʻcha nomi koʻrsatkichi boʻyicha

1.

Koʻrsatkichni oʻrnatish sharti

Koʻrsatkichning rangi, shakli, oʻlchamlari hamda yozuvlari, shuningdek, koʻrsatkichning texnik shartlari va oʻrnatish tartibiga qatʼiy rioya qilish.

2.

Koʻrsatkichni oʻrnatish joyi

1. Koʻchaning kirish qismida hamda koʻcha boʻylab joylashgan bino va inshootlarning oʻng tomonida oʻrnatish (1, 2-rasmlar).

2. Tashkilot va idoralarning tashqi toʻsiq devorlarida yoki bino va inshootlarning kirish qismi oʻng tomonida oʻrnatish.

3. Yonma-yon yoki tutash bino va inshootlarda koʻrsatkichni gorizontal bir chiziqda oʻrnatish (1-rasm).

3.

Koʻrsatkichni oʻrnatish balandligi

Bir va ikki qavatli koʻchmas mulk obyektlarida hamda tashkilot va idoralarning tashqi toʻsiq devorlarida yoki bino va inshootlarida 2,5 — 3,5 m gacha, koʻp kvartirali turar joylarda esa 4,5 m gacha balandlikda oʻrnatish (3, 8-rasmlar).

4.

Koʻrsatkichni ustunga oʻrnatish

1. Bino va inshootlarda oʻrnatish imkoni boʻlmaganda beton asosli metall ustunga oʻrnatish.

2. Koʻrsatkich oʻrnatiladigan ustun iqlim sharoitiga chidamli, korroziyaga qarshi ruxlangan, kulrang fonda, radiusi 32 mm yoki tomonlari 60 x 40 mm oʻlchamdagi, balandligi (yer sathidan hisoblaganda) 2 — 2,5 m metall profil boʻlishi (9-rasm).

5.

Koʻrsatkichni fasadga oʻrnatish

1. 1 — toifa — Binoning tutash devorlari burchagi vertikal oʻqidan gorizontal holatda 450 mm uzoqlikda oʻrnatish (4-5-rasmlar).

2. 2 — toifa — Binoning tutash devorlari burchagi vertikal oʻqidan gorizontal holatda 350 mm uzoqlikda oʻrnatish (4-5-rasmlar).

3. 3 — toifa — Binoning tutash devorlari burchagi vertikal oʻqidan gorizontal holatda 300 mm uzoqlikda oʻrnatish (4-5-rasmlar).

4. Yonma-yon joylashtirilgan koʻcha nomi va koʻchmas mulk obyekti raqami koʻrsatkichi orasidagi masofa 200 mm boʻlib, koʻchmas mulk obyekti raqami koʻrsatkichini koʻcha nomi koʻrsatkichidan oʻngda joylashtirish (6-rasm).

6.

Koʻrsatkichni oʻrnatishda oraliq masofasi

Koʻrsatkichni oʻrtacha har 300 — 400 m masofada, shuningdek, koʻchaning boshlanishi va oxirida hamda koʻchalar kesishmasida (chorrahada) oʻrnatish.

7.

Koʻrsatkichni oʻrnatish mumkin boʻlmagan holatlar

Koʻrsatkichni bino va inshootlar fasadining transport va piyodalar harakatidan yetarlicha koʻrinmaydigan, boʻrtib chiqqan yoki ichkarida joylashgan elementlarida, shuningdek, dekorativ shakllar va karnizlarda oʻrnatilishiga yoʻl qoʻymaslik.

II. Koʻchmas mulk obyekti raqami koʻrsatkichi boʻyicha

8.

Koʻrsatkichni oʻrnatish sharti

Koʻrsatkichning rangi, shakli, oʻlchamlari hamda yozuvlari, shuningdek, koʻrsatkichning texnik shartlari va oʻrnatish tartibiga qatʼiy rioya qilish.

9.

Koʻrsatkichni oʻrnatish joyi

1. Koʻchmas mulk obyekti raqami koʻcha nomi bilan birga belgilangan oʻlchamlar doirasida bitta koʻrsatkichda koʻrsatilsa, koʻcha nomi koʻrsatkichining parametrlari va talablariga rioya qilgan holda oʻrnatish.

2. Koʻcha-yoʻl tarmogʻi elementlarining, bino va inshootlarning oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda koʻrsatkichda faqat koʻchmas mulk obyekti raqami koʻrsatilganda bino va inshootlarning kirish qismi oʻng tomonida oʻrnatish.

10.

Koʻrsatkichni oʻrnatish balandligi

Bir va ikki qavatli koʻchmas mulk obyektlarida hamda tashkilot va idoralarning tashqi toʻsiq devorlarida yoki binolarida 2,5 — 3,5 m gacha, koʻp kvartirali turar joylarda 4,5 m gacha masofada oʻrnatish (3, 8-rasmlar).

11.

Koʻrsatkichni fasadga oʻrnatish

1. 1 — toifa — Binoning tutash devorlari burchagi vertikal oʻqidan gorizontal holatda 450 mm uzoqlikda, koʻcha nomi koʻrsatkichining oʻng tomonida, bitta gorizontal oʻqda oʻrnatish (6-rasm).

2. 2 — toifa — Bino burchagidan gorizontal ravishda 325 mm, koʻcha nomi yozilgan koʻrsatkichning oʻng tomonida koʻrsatkichdan bitta gorizontal oʻqda oʻrnatish (6-rasm).

3. 3 — toifa — Bino burchagidan gorizontal ravishda 325 mm, koʻcha nomi yozilgan koʻrsatkichning oʻng tomonida koʻrsatkichdan bitta gorizontal oʻqda oʻrnatish (6-rasm).

4. Yakka tartibdagi xonadonlar uchun asosiy kirish qismidan oʻngda (agar joylashtirish imkoni mavjud boʻlmasa — chapda) yer sathidan 2-3 m gacha, kirish yoʻlagi vertikal oʻqidan 200 mm uzoqlikda oʻrnatish.

5. Koʻrsatkichda faqat koʻchmas mulk obyekti raqami koʻrsatilganda bino va inshootlarning kirish qismidan oʻngda (agar joylashtirish imkoni boʻlmasa — chapda) yer sathidan 2,5 — 3,5 m gacha balandlikda oʻrnatish.

12.

Koʻrsatkichni oʻrnatishda oraliq masofasi

Bino va inshootning fasad qismi 100 m va undan ortiq boʻlsa, koʻrsatkichni bino va inshoot fasadining boshlanishi hamda oxirida oʻrnatish.

13.

Koʻrsatkichni oʻrnatish mumkin boʻlmagan holatlar

Koʻrsatkichni fasadning avtomobil va piyodalar harakatidan yetarlicha koʻrinmaydigan joylarida, fasadning chiqib ketadigan elementlari yaqinida yoki fasadning chuqurlashtirilgan joylarida, dekorativ elementlarda va karnizlarda oʻrnatishga yoʻl qoʻymaslik.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyuldagi 475-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi 1010-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. 201-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“201. Quyidagilar manzil elementlarining turlari va qisqartmalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy (uy);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korpus (korp.);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
blok (b.);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kvartira (kv.);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xona (x.);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yertoʻla (y.);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mansarda (man.).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Manzil tuzilmasi ushbu Nizomga 6-ilovaga va ichki manzil tuzilmasi 7-ilovaga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Manzil Geografik obyektlarning klassifikatoriga muvofiq maʼmuriy-hududiy birlik nomi, aholi punktlari va ularning tarkibiy qismi, shuningdek, manzil elementlarining turlaridan iborat boʻladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 5-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2025-y., 09/25/475/0668-son)