12.10.2011 yildagi O‘RQ-303-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 12.10.2011 yildagi O‘RQ-303-son
Date of entry into force
13.10.2011
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
GEOGRAFIK OBYEKTLARNING NOMLARI TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan 2011-yil 4-martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2011-yil 26-avgustda ma’qullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va qo‘llanilish sohasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning maqsadi geografik obyektlarning nomlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan geografik obyektlar nomlarining ulardan O‘zbekiston Respublikasida foydalanishga doir qismiga ham tatbiq etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risidagi qonunchilik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Asosiy tushunchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geografik obyektlar — Yerning hozirda yoki o‘tmishda mavjud bo‘lgan hamda muayyan o‘rnashgan joyi bilan tavsiflanadigan, kelib chiqishi tabiiy yoki sun’iy bo‘lgan yaxlit va nisbatan barqaror hosilalari. Ular jumlasiga: ma’muriy-hududiy birliklar (viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar); aholi punktlari va ularning tarkibiy qismlari (mahallalar, shohko‘chalar, ko‘chalar, maydonlar, bog‘lar, xiyobonlar); transport va muhandislik-texnika infratuzilmasi obyektlari (temir yo‘l stansiyalari, avtostansiyalar, metropoliten stansiyalari, vokzallar, aeroportlar, portlar, pristanlar, ko‘priklar, razyezdlar, yo‘llar, kanallar, suv omborlari, to‘g‘onlar, dambalar); tabiiy obyektlar (daryolar, ko‘llar, muzliklar, tekisliklar, tog‘lar, tog‘ tizmalari, g‘orlar, cho‘llar, vodiylar, daralar, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, yonbag‘irlar, foydali qazilmalar konlari) va boshqa shu kabi obyektlar kiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geografik obyektlarning nomlari — geografik obyektlarning ularni farqlash va aniqlash uchun foydalaniladigan o‘z nomlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geografik obyektning nomini belgilash — yanada normallashtirish maqsadida geografik obyektning nomini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geografik obyektning nomini normallashtirish — geografik obyektning eng ko‘p foydalaniladigan va eng maqbul nomini tanlash, ushbu nom yoziladigan shaklini belgilash hamda tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geografik obyektning nomini o‘zgartirish — geografik obyektning hozirgi nomini ushbu Qonunda belgilangan hollarda va tartibda o‘zgartirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geografik obyektlarning nomlari sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi — Kadastr agentligi;
(3-moddaning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi takliflarning davlat ekspertizasi — geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi takliflarning qonunchilik talablariga muvofiqligini aniqlashga qaratilgan hamda Kadastr agentligi tomonidan o‘tkaziladigan toponimik, etnografik, lingvistik, kartografik va boshqa tadqiqotlar majmui.
(3-moddaning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Geografik obyektlarning nomlariga doir talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Geografik obyektga berilayotgan nom:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geografik obyektga eng xos bo‘lgan belgilarni aks ettirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur geografik obyekt joylashgan yerdagi geografik obyektlar nomlarining mavjud tizimiga mos tushishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy aholining fikrini hisobga olishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoida tariqasida, ko‘pi bilan uchta so‘zdan iborat bo‘lishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Qonun 6-moddasining ikkinchi qismi talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, aholi punktlariga odamlarning ismi-sharifini berishga, shuningdek ularni tarixiy voqealar sharafiga nomlashga, qoida tariqasida, yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholi punktlarining tarkibiy qismlariga (mahallalar, shohko‘chalar, ko‘chalar, maydonlar, bog‘lar, xiyobonlarga) ayrim odamlarning, jamoat arboblarining, siyosiy arboblarning ismi-sharifini berishga, qoida tariqasida, yo‘l qo‘yilmaydi, bundan O‘zbekiston yoki jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslar mustasno.
(4-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 2-noyabrdagi O‘RQ-799-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.11.2022-y., 03/22/799/0986-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakolatli davlat hokimiyati organlari va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan tashkil etilayotgan geografik obyektlarga ularni tashkil etish to‘g‘risidagi tegishli hujjatlar bilan ushbu Qonun talablariga muvofiq nom beriladi.
(4-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ma’muriy-hududiy birliklarning nomlari, qoida tariqasida, ularning ma’muriy markazlari nomidan, ushbu ma’muriy-hududiy birliklar joylashgan hudud qismining geografik yoki tarixiy nomidan hosil bo‘lishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Transport va muhandislik-texnika infratuzilmasi obyektlarining, shu jumladan aeroportlar, vokzallar, portlar, pristanlar, razyezdlar, temir yo‘l stansiyalarining va boshqa obyektlarning nomlari, qoida tariqasida, ularning yonida joylashgan aholi punktlarining yoki ular tarkibiy qismlarining, boshqa geografik obyektlarning nomlaridan hosil bo‘lishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilarga aynan bir xil nom berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi doirasidagi viloyatlar, tumanlar, shaharlarga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar doirasidagi shaharchalar, qishloqlar, ovullarga;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir tuman, shahar doirasidagi, tarkibida tumanlar mavjud bo‘lgan shahar yoki aholi punkti doirasidagi bir nechta turdosh geografik obyektga.
(4-modda yettinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 2-noyabrdagi O‘RQ-799-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.11.2022-y., 03/22/799/0986-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41-modda. Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirishda mahalliy aholining fikrini hisobga olish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risida takliflar tayyorlash jarayonida mahalliy aholining fikri hisobga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirishda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan mahalliy aholining fikri hisobga olinadi.
(41-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi takliflarni kelib tushganidan keyin muhokama qilish uchun ularni besh ish kunidan kechiktirmay o‘z rasmiy nashrlarida, rasmiy veb-saytlarida, shuningdek ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi.
(41-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Takliflarning muhokamasini o‘tkazish muddati geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi takliflar e’lon qilingan sanadan e’tiboran o‘n besh kundan kam bo‘lmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy aholi geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi takliflarga nisbatan o‘z fikrini og‘zaki, yozma yoxud elektron shaklda yakka tartibda yoki jamoa bo‘lib bildirishi mumkin. Bunda shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, shuningdek uning yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi takliflarga nisbatan aholidan kelib tushgan fikrlarni umumlashtiradi hamda bu fikrlarni geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish masalalari bo‘yicha tegishli komissiyaga kiritadi, mazkur komissiya xulosa tayyorlash chog‘ida bu fikrlarni hisobga oladi.
(41-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Geografik obyektlarning nomlarini o‘zgartirishga doir talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Geografik obyektlarning nomlarini o‘zgartirishga quyidagi hollarda yo‘l qo‘yiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geografik obyektning belgilangan maqsadi jiddiy tarzda o‘zgarganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ayrim geografik obyektlarning tarixiy nomlarini tiklash zarur bo‘lganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
agar geografik obyekt geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiq kelmaydigan qisqartma so‘z, raqam yoki so‘z birikmasi bilan belgilangan bo‘lsa;
(5-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geografik obyektlarga ushbu Qonun 4-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan shaxslar ismi-sharifini berish zarur bo‘lganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geografik obyektlarning ushbu Qonun 4-moddasining yettinchi qismida nazarda tutilgan bir xil nomlari mavjud bo‘lganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Geografik obyektlarning nomlarini belgilash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Geografik obyektlarning nomlari hududni kartografiya qilish, toponimik tadqiqotlar o‘tkazish vaqtida, shuningdek geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risida takliflar tayyorlanayotganda:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli davlat hokimiyati organlarining va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning hujjatlari;
(6-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rasmiy kartografik hamda ma’lumotnoma nashrlarining, statistik, arxivga oid, tarixiy va boshqa manbalarning ma’lumotlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy aholi, shuningdek o‘lkashunoslar, geograflar, tarixchilar va boshqa mutaxassislar o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazish asosida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Geografik obyektlarning nomlarini belgilashda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy aholi turmushining geografik, tarixiy, milliy, etnik, tilga oid va boshqa xususiyatlari hisobga olinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geografik obyektlar nomlarining yanglishishga olib keluvchi o‘xshashligi, ushbu nomlarning hurmatsizlik mazmunida bo‘lishi, O‘zbekiston xalqining tarixi, an’analari va madaniyati bilan nomuvofiqligi istisno etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Davlat organlarining geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirishga doir vakolatlari hamda vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Tumanlar, shaharlar, viloyatlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tumanlar, shaharlar, viloyatlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimlari iltimosnomalari asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kiritgan taklifga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tumanlar, shaharlar, viloyatlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi takliflarni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish masalalari bo‘yicha komissiya (bundan buyon matnda respublika komissiyasi deb yuritiladi) tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi viloyatlar, Toshkent shahar hokimlarining tumanlar, shaharlar, viloyatlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi iltimosnomalarini ko‘rib chiqadi hamda ularni tegishli hujjatlar bilan birga xulosa olish uchun respublika komissiyasiga yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar har tomonlama o‘rganilishini tashkil etadi, geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi nuqtai nazaridan ularni davlat ekspertizasidan o‘tkazish uchun Kadastr agentligiga topshiradi. Respublika komissiyasi o‘tkazilgan ish yakunlariga ko‘ra hamda davlat ekspertizasi natijalarini hisobga olgan holda tegishli xulosa beradi, ushbu xulosa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi.
(7-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi respublika komissiyasining xulosasini hisobga olgan holda, geografik obyektlarga nom berish yoki ularning nomini o‘zgartirish to‘g‘risida takliflar tayyorlaydi hamda ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari ko‘rib chiqishi uchun kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining takliflarini ko‘rib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida joylashgan tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, aholi punktlariga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida joylashgan tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, aholi punktlariga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish tumanlar, shaharlar hokimlarining taklifiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida joylashgan tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, aholi punktlariga hamda ularning tarkibiy qismlariga nom berish va ular nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi takliflarni ko‘rib chiqish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish masalalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi komissiyasi (bundan buyon matnda Qoraqalpog‘iston Respublikasi komissiyasi deb yuritiladi) tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman, shahar hokimi mahalliy aholi, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning fikrlarini hisobga olgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida joylashgan tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, aholi punktlariga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risida takliflar tayyorlaydi hamda ularni tegishli hujjatlar bilan birga xulosa olish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi komissiyasiga yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar har tomonlama o‘rganilishini tashkil etadi, geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi nuqtai nazaridan ularni davlat ekspertizasidan o‘tkazish uchun Kadastr agentligiga topshiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi komissiyasi o‘tkazilgan ish yakunlariga ko‘ra hamda davlat ekspertizasi natijalarini hisobga olgan holda tegishli xulosa beradi, ushbu xulosa geografik obyektga nom berish va uning nomini o‘zgartirish to‘g‘risida taklif kiritgan tuman, shahar hokimiga yuboriladi.
(8-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman, shahar hokimi Qoraqalpog‘iston Respublikasi komissiyasining xulosasini hisobga olgan holda, geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risida takliflar tayyorlaydi hamda ularni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi ko‘rib chiqishi uchun kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tuman, shahar hokimining taklifini ko‘rib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Shaharchalar, qishloqlar, ovullar, aholi punktlariga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaharchalar, qishloqlar, ovullar, aholi punktlariga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish tumanlar hokimlarining taklifiga ko‘ra xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaharchalar, qishloqlar, ovullar, aholi punktlariga hamda ularning tarkibiy qismlariga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi takliflarni ko‘rib chiqish uchun viloyatlar hokimlari tomonidan geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish masalalari bo‘yicha viloyatlar komissiyalari (bundan buyon matnda viloyat komissiyasi deb yuritiladi) tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman hokimi mahalliy aholi, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning fikrlarini hisobga olgan holda shaharchalar, qishloqlar, ovullar, aholi punktlariga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish to‘g‘risida takliflar tayyorlaydi hamda ularni tegishli hujjatlar bilan birga xulosa olish uchun viloyat komissiyasiga yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Viloyat komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar har tomonlama o‘rganilishini tashkil etadi, geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi nuqtai nazaridan ularni davlat ekspertizasidan o‘tkazish uchun Kadastr agentligiga topshiradi. Viloyat komissiyasi o‘tkazilgan ish yakunlariga ko‘ra hamda davlat ekspertizasi natijalarini hisobga olgan holda tegishli xulosa beradi, ushbu xulosa geografik obyektga nom berish va uning nomini o‘zgartirish to‘g‘risida taklif kiritgan tuman hokimiga yuboriladi.
(9-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman hokimi viloyat komissiyasining xulosasiga muvofiq geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risida takliflar tayyorlaydi hamda ularni xalq deputatlari viloyat Kengashi ko‘rib chiqishi uchun kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq deputatlari viloyat Kengashi tuman hokimining taklifini ko‘rib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Aholi punktlarining tarkibiy qismlariga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholi punktlarining tarkibiy qismlariga (mahallalar, shohko‘chalar, ko‘chalar, maydonlar, bog‘lar, xiyobonlarga) nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish fuqarolarning tashabbuslari, shuningdek fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning iltimosnomalariga asosan tumanlar, shaharlar hokimlari kiritgan taklifga ko‘ra xalq deputatlari tumanlar, shaharlar Kengashlari tomonidan, tarkibida tumanlar mavjud bo‘lgan shaharlarda esa tumanlar hokimlari kiritgan takliflarga ko‘ra xalq deputatlari shaharlar Kengashlari tomonidan amalga oshiriladi, bundan ushbu Qonunning 101-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno.
(10-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 2-noyabrdagi O‘RQ-799-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.11.2022-y., 03/22/799/0986-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholi punktlarining tarkibiy qismlariga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi takliflarni ko‘rib chiqish va tayyorlash uchun tumanlar, shaharlar hokimlari tomonidan geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish masalalari bo‘yicha tumanlar, shaharlar komissiyalari (bundan buyon matnda tuman, shahar komissiyasi deb yuritiladi) tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman, shahar hokimi fuqarolarning tashabbuslarini, shuningdek fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning aholi punktlarining tarkibiy qismlariga (mahallalar, shohko‘chalar, ko‘chalar, maydonlar, bog‘lar, xiyobonlarga) nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi iltimosnomalarini ko‘rib chiqadi hamda ularni zarur hujjatlar bilan birga takliflar tayyorlash uchun tuman, shahar komissiyasiga yuboradi.
(10-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 2-noyabrdagi O‘RQ-799-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.11.2022-y., 03/22/799/0986-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman, shahar komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqadi, keyinchalik Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar komissiyasiga kiritish uchun takliflar tayyorlaydi hamda ularni tuman, shahar hokimiga yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman, shahar hokimi aholi punktlarining tarkibiy qismlariga (mahallalar, shohko‘chalar, ko‘chalar, maydonlar, bog‘lar, xiyobonlarga) nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi tuman, shahar komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilgan takliflarni tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar komissiyasiga yuboradi, komissiya taqdim etilgan hujjatlarning har tomonlama o‘rganilishini tashkil etadi, shundan so‘ng ularni geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi nuqtai nazaridan davlat ekspertizasidan o‘tkazish uchun Kadastr agentligiga topshiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar komissiyasi amalga oshirilgan ishlarning yakunlariga ko‘ra hamda davlat ekspertizasi natijalarini hisobga olgan holda tegishli xulosa beradi, ushbu xulosa aholi punktlarining tarkibiy qismlariga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risida taklif kiritgan tuman, shahar hokimiga yuboriladi.
(10-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 2-noyabrdagi O‘RQ-799-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.11.2022-y., 03/22/799/0986-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman, shahar hokimi tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar komissiyasining xulosasiga muvofiq aholi punktlarining tarkibiy qismlariga (mahallalar, shohko‘chalar, ko‘chalar, maydonlar, bog‘lar, xiyobonlarga) nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risida taklif tayyorlaydi hamda uni xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi ko‘rib chiqishi uchun kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi tuman, shahar hokimining taklifini ko‘rib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
101-modda. Aholi punktlarining tarkibiy qismlariga O‘zbekiston yoki jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning ismi-sharifini berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston yoki jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning ismi-sharifini berish ularning vafotidan keyin O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan hamda, qoida tariqasida, nomlari mavjud bo‘lmagan aholi punktlarining tarkibiy qismlariga nisbatan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman, shahar hokimi aholi punktlarining tarkibiy qismlariga (mahallalar, shohko‘chalar, ko‘chalar, maydonlar, bog‘lar, xiyobonlarga) O‘zbekiston yoki jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning ismi-sharifini berish to‘g‘risidagi fuqarolar tashabbuslarini, shuningdek fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning iltimosnomalarini ko‘rib chiqadi hamda ularni zarur hujjatlar bilan birga takliflar tayyorlash uchun tuman, shahar komissiyasiga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman, shahar komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni ularning geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqadi, keyinchalik tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar komissiyasiga kiritish uchun takliflar tayyorlaydi, shuningdek ularni tuman, shahar hokimiga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tuman, shahar hokimi tuman, shahar komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilgan aholi punktlarining tarkibiy qismlariga (mahallalar, shohko‘chalar, ko‘chalar, maydonlar, bog‘lar, xiyobonlarga) O‘zbekiston yoki jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning ismi-sharifini berish to‘g‘risidagi takliflarni tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar komissiyasiga yuboradi, komissiya taqdim etilgan hujjatlarning har tomonlama o‘rganilishini tashkil etadi va ularni geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi nuqtai nazaridan davlat ekspertizasidan o‘tkazish uchun Kadastr agentligiga topshiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar komissiyasi amalga oshirilgan ishlarning yakunlariga ko‘ra hamda davlat ekspertizasi natijalarini hisobga olgan holda tegishli xulosa beradi, ushbu xulosa Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi aholi punktlarining tarkibiy qismlariga (mahallalar, shohko‘chalar, ko‘chalar, maydonlar, bog‘lar, xiyobonlarga) O‘zbekiston yoki jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning ismi-sharifini berish to‘g‘risidagi taklifni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi bilan kelishadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimlari aholi punktlarining tarkibiy qismlariga (mahallalar, shohko‘chalar, ko‘chalar, maydonlar, bog‘lar, xiyobonlarga) O‘zbekiston yoki jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning ismi-sharifini berish to‘g‘risidagi iltimosnomani, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar komissiyasining xulosasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar, Toshkent shahar hokimlarining aholi punktlarining tarkibiy qismlariga (mahallalar, shohko‘chalar, ko‘chalar, maydonlar, bog‘lar, xiyobonlarga) O‘zbekiston yoki jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning ismi-sharifini berish to‘g‘risidagi iltimosnomalarini ko‘rib chiqadi hamda ularni zarur hujjatlar bilan birga xulosa olish uchun respublika komissiyasiga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni har tomonlama o‘rganib chiqadi va tegishli xulosa beradi, ushbu xulosa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aholi punktlarining tarkibiy qismlariga (mahallalar, shohko‘chalar, ko‘chalar, maydonlar, bog‘lar, xiyobonlarga) O‘zbekiston yoki jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning ismi-sharifini berish to‘g‘risida respublika komissiyasining xulosasini hisobga olgan holda takliflar tayyorlaydi hamda ularni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining takliflarini ko‘rib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston yoki jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning toifalarini aniqlash mezonlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(101-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 2-noyabrdagi O‘RQ-799-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.11.2022-y., 03/22/799/0986-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Tabiiy obyektlarga, transport va muhandislik-texnika infratuzilmasi obyektlariga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tabiiy obyektlarga, transport va muhandislik-texnika infratuzilmasi obyektlariga nom berish hamda ularning nomlarini o‘zgartirish respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
(11-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tabiiy obyektlarga, transport va muhandislik-texnika infratuzilmasi obyektlariga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi takliflarni ko‘rib chiqish respublika komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining takliflarini ko‘rib chiqish uchun qabul qiladi hamda ularni tegishli hujjatlar bilan xulosa olish uchun respublika komissiyasiga yuboradi.
(11-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar har tomonlama o‘rganilishini tashkil etadi, geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi nuqtai nazaridan ularni davlat ekspertizasidan o‘tkazish uchun Kadastr agentligiga topshiradi. Respublika komissiyasi o‘tkazilgan ish yakunlariga ko‘ra hamda davlat ekspertizasi natijalarini hisobga olgan holda tegishli xulosa beradi, ushbu xulosa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi.
(11-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi respublika komissiyasining xulosasini hisobga olgan holda, geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish masalasi yuzasidan tegishli qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish masalalari bo‘yicha komissiyalarning asosiy vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish masalalari bo‘yicha komissiyalarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston xalqining tarixiy-madaniy qadriyatlari hamda merosi bilan bog‘liq geografik obyektlarning nomlari muhofaza qilinishini ta’minlash, asossiz o‘zgartirilishining oldini olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geografik obyektlarga O‘zbekiston xalqining milliy an’analari va mentalitetiga yot bo‘lgan nomlar berilishiga hamda ularning nomlari shu ruhda o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish chog‘ida mahalliychilik, oshna-og‘aynigarchilik, xizmat mavqeyini suiiste’mol qilish hollarini istisno etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun 4-moddasi talablarining hamda geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risidagi qonunchilik boshqa qoidalarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar komissiyalari tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni respublika komissiyasi amalga oshiradi.
(12-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiyalarning tarkibi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining rahbarlari va xodimlari, fuqarolik jamiyati institutlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakillari, shuningdek fan va madaniyat arboblari, ekspertlar, mutaxassislar hamda tegishli faoliyat sohalarida maxsus bilimlarga ega bo‘lgan boshqa shaxslar orasidan shakllantiriladi. Respublika komissiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar komissiyalari tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimliklarining rahbariyati tomonidan boshqariladi.
(12-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika komissiyasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar komissiyalarining faoliyatini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Kadastr agentligining geografik obyektlarning nomlari sohasidagi vakolatlari
(13-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kadastr agentligi:
(13-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika komissiyasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlar komissiyalarining taqdimnomasiga ko‘ra geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi takliflarni davlat ekspertizasidan o‘tkazadi, ushbu masalalar bo‘yicha tegishli xulosalar va tavsiyalarni tayyorlaydi hamda ularga yuboradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geografik obyektlarning nomlarini normallashtirish ishlarini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestrini yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestriga kiritilgan geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risidagi axborotni yuridik va jismoniy shaxslarga belgilangan tartibda taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi takliflarni davlat ekspertizasidan o‘tkazish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi takliflarning davlat ekspertizasi ular geografik obyektlarning nomlariga, mazkur nomlar o‘zgartirilishiga hamda belgilanishiga qo‘yiladigan talablarga muvofiqligini aniqlash, shuningdek geografik obyektlarning nomlarini normallashtirish maqsadida Kadastr agentligi tomonidan o‘tkaziladi.
(14-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi takliflarning davlat ekspertizasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika komissiyasi tomonidan — tumanlar, shaharlar, viloyatlarga, tabiiy obyektlarga, transport va muhandislik-texnika infratuzilmasi obyektlariga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi takliflarga nisbatan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi komissiyasi tomonidan — Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida joylashgan tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullarga, aholi punktlariga hamda ularning tarkibiy qismlariga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi takliflarga nisbatan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
viloyatlar komissiyalari tomonidan — shaharchalar, qishloqlar, ovullarga, aholi punktlariga hamda ularning tarkibiy qismlariga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi takliflarga nisbatan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahar komissiyasi tomonidan — aholi punktlarining tarkibiy qismlariga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi takliflarga nisbatan tayinlanadi.
(14-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 2-noyabrdagi O‘RQ-799-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.11.2022-y., 03/22/799/0986-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kadastr agentligi davlat ekspertizasi chog‘ida toponimik va boshqa tadqiqotlar o‘tkazilishini, kartografik, arxivga doir, tarixiy va boshqa materiallar har tomonlama o‘rganilishini tashkil etadi, geografik obyektlar nomlarining normallashtirilishini amalga oshiradi hamda ekspertiza yakunlariga ko‘ra geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi takliflarning qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiqligi yoxud muvofiq emasligi to‘g‘risida xulosa beradi, ushbu xulosa tegishli komissiyalar murojaat etgan kundan e’tiboran bir oy ichida ularga yuboriladi.
(14-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat ekspertizasining xulosasi respublika komissiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlar komissiyalari tomonidan xulosalar berishda hisobga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kadastr agentligi davlat ekspertizasini o‘tkazish uchun respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar mutaxassislarini, yetakchi olimlarni, fan va madaniyat arboblarini, shuningdek tegishli faoliyat sohalarida maxsus bilimlarga ega bo‘lgan boshqa shaxslarni jalb etishga haqli.
(14-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi takliflarga ilova qilinadigan hujjatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirishni amalga oshiruvchi organlarga kiritiladigan geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi takliflarga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geografik obyektlarga nom berish yoki ularning nomlarini o‘zgartirish zarurligining, maqsadga muvofiqligining asosi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geografik obyektning taklif etilayotgan nomi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli geografik obyekt joylashgan hududda yashovchi mahalliy aholining fikrini o‘rganishga oid hujjatlar;
(15-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 2-noyabrdagi O‘RQ-799-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.11.2022-y., 03/22/799/0986-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kartografiya materiallari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish bilan bog‘liq tegishli hisob-kitoblar hamda xarajatlarning manbalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishincha respublika komissiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi komissiyasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar komissiyalarining xulosasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Qonun 14-moddasining ikkinchi qismi talablariga muvofiq o‘tkazilgan davlat ekspertizasining xulosasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi takliflarga geografik obyektlarning o‘ziga xos xususiyati hamda belgilangan maqsadi hisobga olingan holda boshqa hujjatlar ham ilova qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Geografik obyektlarning nomlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ulardan foydalanish va ularni saqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestri
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestri geografik obyektlarning nomlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish maqsadida yuritiladigan, ushbu obyektlarning nomlariga taalluqli bo‘lgan ma’lumotlarning tizimlashtirilgan to‘plamidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kadastr agentligi geografik obyektlarning nomlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini qonunchilikda belgilangan tartibda Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestriga kiritgan holda amalga oshiradi.
(16-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirishni amalga oshiruvchi organlar geografik obyektlarga nom berilganligi va ularning nomlari o‘zgartirilganligi to‘g‘risidagi tegishli hujjatlarni Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestriga kiritish uchun o‘n kunlik muddatda Kadastr agentligiga taqdim etishi shart.
(16-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestriga kiritilgan geografik obyektlarning nomlari haqidagi axborot Kadastr agentligi tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga belgilangan tartibda taqdim etiladi.
(16-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Geografik obyektlarning nomlaridan foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Geografik obyektlarning ro‘yxatdan o‘tkazilgan nomlari:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘z faoliyatini amalga oshirayotganda davlat hokimiyati organlari va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan;
(17-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quv nashrlarida, kartografik, ma’lumotnoma, ensiklopedik nashrlarda, e’lonlar, reklama, yo‘l belgilari, pochta jo‘natmalarida foydalanish uchun majburiydir.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Geografik obyektlarning ro‘yxatdan o‘tkazilgan nomlaridan boshqa hollarda ham qonunchilikka muvofiq foydalanish mumkin.
(17-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan geografik obyektlar nomlarining yo‘l belgilaridagi, peshlavhalar va boshqa ko‘rsatkichlardagi yozuvlari davlat tilida ifodalanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat hokimiyati organlari va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlar o‘z vakolatlari doirasida Kadastr agentligi bilan kelishilgan holda, geografik obyektlar nomlarining rasmiy kataloglari va ma’lumotnomalarini nashr etadi.
(17-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Geografik obyektlarning nomlarini saqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Geografik obyektlarning nomlari davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Geografik obyektlar nomlarining birini boshqasiga o‘zboshimchalik bilan almashtirishga, geografik obyektlarning buzib ko‘rsatilgan nomlaridan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. Geografik obyektlarning nomlaridan foydalanilishi va ularning saqlanishi ustidan nazorat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Geografik obyektlarning nomlaridan foydalanilishi va ularning saqlanishi ustidan nazorat belgilangan vakolatlar doirasida:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat hokimiyati organlari va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari;
(19-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika komissiyasi, Kadastr agentligi;
(19-moddaning birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. Geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni moliyalashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(20-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan quyidagilar moliyalashtiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geografik obyektlarning nomlarini belgilash, normallashtirish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
geografik obyektlar nomlarining rasmiy kataloglari va ma’lumotnomalarini tayyorlash hamda nashr etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholi punktlarining tarkibiy qismlariga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish tegishli mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Geografik obyektlarga davlat hokimiyati organlarining va respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining taklifiga ko‘ra nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish mazkur organlarning faoliyatini moliyalashtirish nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
(20-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Geografik obyektlarga xo‘jalik boshqaruvi organlarining taklifiga ko‘ra nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, shuningdek mazkur organlar mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. Nizolarni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Geografik obyektlarning nomlari sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(21-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda. Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(22-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(23-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari hamda bekor qilishlarini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2011-yil 12-oktabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘RQ–303-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 41-son, 448-modda; 2017-y., 35-son, 914-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son; 03.11.2022-y., 03/22/799/0986-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)