ILOVA
T/r | Inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi nazorat sohasi nomi | Inson hayoti va sogʻligʻiga yuqori xavf soluvchi omillar | Mazkur omilning yuqori xavf soluvchi omil etib hisoblanishiga asos | Nazorat qiluvchi organ nomi |
1. | Elektr energiyasi ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash sohasi | Qurilishi toʻliq tugallangan issiqlik elektr stansiyalari, gidroelektr stansiyalari, quyosh elektr stansiyalari, shamol elektr stansiyalari, boshqa koʻrinishdagi alternativ va qayta tiklanuvchi tabiiy resurslardan elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi hamda saqlovchi elektr stansiyalari, elektr va issiqlik tarmoqlari obyektlari, shuningdek energetika obyektlarining murakkabligiga qarab ularni ishga tushirish navbatlariga rioya qilmasdan foydalanishga qabul qilinishi. | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 609-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalarining 16-bandi. | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (bundan buyon matnda Oʻzenergoinspeksiya deb yuritiladi) |
2. | Elektr energiyasi ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash sohasi | Sinov tarzida ishga tushirishda uskunalar va texnologik sxemalarning ishlash qobiliyati, ularni ekspluatatsiya qilish xavfsizligi tekshirilmaganligi, barcha nazorat va boshqaruv tizimlari, shu jumladan, avtomatik rostlash tizimlari, himoya va blokirovka tuzilmalari, signalizatsiya tuzilmalari va nazorat-oʻlchov asboblarini tekshirish va sozlash amalga oshirilmaganligi, uskunalarning kompleks sinab koʻrishga tayyorligi tekshirilmaganligi. | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 609-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalarining 21-bandi. | Oʻzenergoinspeksiya |
3 | Elektr energiyasi ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash sohasi | Ekspluatatsiya qiluvchi va taʼmirlovchi xodimlar tayyorlanmaganligi va oʻqitilmaganligi (bilimlari sinovdan oʻtkazilmaganligi), ekspluatatsiya qilish yoʻriqnomalari, mehnatni muhofazasi qilish yoʻriqnomalari, tezkor sxemalar, hisobga olish va hisobot boʻyicha texnik hujjatlar ishlab chiqilmaganligi va tasdiqlanmaganligi. | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 609-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalarining 21-bandi. | Oʻzenergoinspeksiya |
4. | Elektr energiyasi ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash sohasi | Aloqa tarmogʻi bilan birga dispetcherlik va texnologik boshqaruv vositalari, yongʻin haqida avtomatik ravishda xabar berish va oʻchirish qurilmalari, avariyaviy yoritish, ventilyatsiya tizimlari ishga tushirilmaganligi. | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 609-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalarining 21-bandi. | Oʻzenergoinspeksiya |
5. | Elektr energiyasi ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash sohasi | Nazorat qilish va boshqarish tizimlari montaj qilingan hamda soz holatda boʻlmaganligi. | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 609-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalarining 21-bandi. | Oʻzenergoinspeksiya |
6. | Elektr energiyasi ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash sohasi | Energetika obyektini ekspluatatsiya qilishga tayyorligi toʻgʻrisida “Oʻzenergoinspeksiya”dan, agar boshqa nazorat organlari nazoratidagi obyektlar (qurilmalar) ishga tushirilayotgan boʻlsa, ushbu organlardan ham tegishlicha xulosa yoki ruxsat olinmaganligi. | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 609-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalarining 21-bandi. | Oʻzenergoinspeksiya |
7. | Elektr energiyasi ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash sohasi | Texnik xizmat koʻrsatish va rejali taʼmirlash hajmi uskunalar, bino va inshootlarning haqiqiy texnik holatini va oʻzgarib turuvchi ish sharoitlarini hisobga olgan holda ularni soz va ishga yaroqli holatda saqlanmaganligi. | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 609-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalarining 99-bandi. | Oʻzenergoinspeksiya |
8. | Elektr energiyasi ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash sohasi | Elektr stansiyasining har bir sexida, podstansiyalarda, tarmoqlarning uchastkalarida, laboratoriyalarda va boshqa obyektlarda, shuningdek tezkor-chiqish brigadalarining avtomashinalarida dori-darmonlar va tibbiy vositalarning doimiy zaxirasi solingan birinchi yordam dori vositalari qutilari yoki sumkalari mavjud boʻlmaganligi. | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 609-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalarining 212-bandi. | Oʻzenergoinspeksiya |
9. | Elektr energiyasi ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash sohasi | Xodimlar tomonidan bajariladigan ishlarning xususiyatiga qarab ular maxsus kiyim, maxsus poyafzal va shaxsiy himoyaning boshqa vositalari bilan taʼminlanmaganligi va ish davomida ulardan foydalanilmaganligi. | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 609-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalarining 212-bandi. | Oʻzenergoinspeksiya |
10. | Elektr energiyasi ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash sohasi | Elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarining muhofaza zonalari elektr uzatish havo liniyalari boʻylab (chetdagi simlardan, ularning ogʻmagan holatida elektr uzatish liniyasining ikkala tomoni boʻylab (havo elektr uzatish liniyasi tayanchi balandligiga mos boʻlgan balandlikdagi) quyidagi masofadagi parallel vertikal tekisliklar bilan chegaralangan yer uchastkasi va havo makoni qismi koʻrinishida oʻrnatilmaganligi: bir kilovoltgacha kuchlanishli liniyalar uchun — 2 metr (binolarning devorlari, konstruksiyalar va boshqalar boʻylab oʻtkazilgan oʻzini oʻzi tutib turuvchi yoki izolyatsiyalangan simli liniyalar uchun muhofaza zonasi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq oʻrnatilgan bunday liniyalardan ruxsat etilgan minimal masofalar bilan aniqlanadi); 6 — 20 kilovolt kuchlanishli liniyalar uchun — 10 metr (aholi punktlari chegaralarida joylashgan oʻzini oʻzi tutib turuvchi yoki izolyatsiyalangan simli liniyalar uchun 5 metr); 35 kilovolt kuchlanishli liniyalar uchun — 15 metr; 110 kilovolt kuchlanishli liniyalar uchun — 20 metr; 220 kilovolt kuchlanishli liniyalar uchun — 25 metr; 500 kilovolt kuchlanishli liniyalar uchun — 30 metr. | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 609-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalarining 225-bandi. | Oʻzenergoinspeksiya |
11. | Elektr energiyasi ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash sohasi | Taʼmirlash maydonchasida, transformator ustaxonasida, elektr stansiyaning bosh korpusidagi maxsus yoki montaj maydonchasida transformatorlar va reaktorlardan moyni toʻkish (yoki uni toʻldirish), moy xoʻjaligining moy quvur oʻtkazgichlarining markaziy ajratgichiga koʻchma shlanglarni ulash yoʻli bilan, ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan maxsus baklardan foydalanmaganligi. | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 711-son qarori bilan tasdiqlangan Energetika tashkilotlari uchun yongʻin xavfsizligi qoidalarining 62-bandi. | Oʻzenergoinspeksiya |
12. | Elektr energiyasi ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash sohasi | Transformatorni (reaktorni) induksion isitish usuli bilan bak tubini qoʻshimcha qizdirgan holda quritishda quyidagilarning bajarilmaganligi: bakni isitish uchun faqat asbestli mato yoki yonmaydigan boshqa materialni qoʻllash; transformator (reaktor) baki ostida oʻrnatish uchun faqat yopiq turdagi isitish pechlarini qoʻllash va ularni yonmaydigan asosga oʻrnatish; moy sirkulyatsiyasi uchun faqat moyga chidamli shlanglardan foydalanish; moyning oqib ketishining oldini olish uchun sirkulyatsion shlanglarning mustahkam biriktirilishini taʼminlash; agar 20 m radiusda birlamchi yongʻin oʻchirish vositalarining doimiy posti boʻlmasa, ishlash joyini qoʻshimcha post bilan jihozlash va uning ishga yaroqliligini tekshirish; butun ish davrida yongʻin sodir boʻlganda, koʻriladigan tadbirlar toʻgʻrisida yaxshi yoʻl-yoʻriq berilgan xodimlardan navbatchilik tashkil qilish. | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 711-son qarori bilan tasdiqlangan Energetika tashkilotlari uchun yongʻin xavfsizligi qoidalarining 63-bandi. | Oʻzenergoinspeksiya |
13. | Elektr energiyasi ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash sohasi | Transformator va moyli reaktorlarni ishonchli ekspluatatsiya qilish va ularning yongʻin xavfsizligi quyidagilar orqali taʼminlanmaganligi: texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga muvofiq nominal va ruxsat etilgan ish rejimlariga rioya qilish; moyning sifat meʼyorlariga va uning izolyatsiya xossalari hamda harorat rejimlariga rioya qilish; sovutish, rostlash va uskunani himoya qilish tuzilmalarini soz holatda saqlash; asosiy va yordamchi uskunalarni, avtomatika va himoya tuzilmalarini taʼmirlashni sifatli bajarish. | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 711-son qarori bilan tasdiqlangan Energetika tashkilotlari uchun yongʻin xavfsizligi qoidalarining 355-bandi. | Oʻzenergoinspeksiya |
14. | Elektr energiyasi ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash sohasi | Transformatorlar va reaktorlar ostidagi moy qabul qiluvchi tuzilmalar, moyni chiqarish (yoki maxsus drenajlar) avariya paytida moyning oqib ketishi, kabel kanallari va boshqa inshootlarga tushishining oldini olish uchun soz holatda saqlanmaganligi. | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 711-son qarori bilan tasdiqlangan Energetika tashkilotlari uchun yongʻin xavfsizligi qoidalarining 356-bandi. | Oʻzenergoinspeksiya |
15. | Elektr energiyasi ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash sohasi | Toʻkilgan shagʻalni yuvish bilan birgalikda transformatorda yoki moyli reaktorda yongʻinni avtomatik ravishda oʻchirish statsionar qurilmalari (agar u mavjud boʻlsa) moy chiqarib yuborish tizimini ishlatish va avariyaviy moy saqlash sigʻimini toʻldirish yoʻli bilan tekshirilmaganligi. | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 711-son qarori bilan tasdiqlangan Energetika tashkilotlari uchun yongʻin xavfsizligi qoidalarining 358-bandi. | Oʻzenergoinspeksiya |
16. | Elektr energiyasi ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash sohasi | Transformator, moyli reaktor va uzgichlar osti va atrofidagi shagʻal yotqizilgan joyda yoki moy qabul qilgichda yangi moy tomchilari payqalganda ularning paydo boʻlishi sabablarini aniqlash hamda bartaraf qilish va ishlayotgan moy bilan toʻldirilgan uskunalarning xavfsizlik talablariga rioya qilgan holda yangi moy tushishining oldini olish (flanetslarni tortish, yoriqlarni kavsharlash va boshqalar) choralari koʻrilmaganligi. | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 711-son qarori bilan tasdiqlangan Energetika tashkilotlari uchun yongʻin xavfsizligi qoidalarining 367-bandi. | Oʻzenergoinspeksiya |
17. | Elektr energiyasi ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash sohasi | Loyihada koʻzda tutilgan yongʻinni avtomatik ravishda oʻchirish qurilmasining ishga tayyorligi taʼminlanmasdan elektr stansiyalar va podstansiyalarda transformator va moyli reaktorlar ishga tushirilganligi. | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 711-son qarori bilan tasdiqlangan Energetika tashkilotlari uchun yongʻin xavfsizligi qoidalarining 371-bandi. | Oʻzenergoinspeksiya |
18. | Elektr energiyasi ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash sohasi | Quyidagi binolar, xonalar, qurilmalar va inshootlar avtomatik yongʻinni oʻchirish qurilmalari bilan jihozlanmaganligi: 500 kV va undan yuqori kuchlanishli hamda quvvatidan qatʼi nazar transformatorlar va reaktorlar, shuningdek 220 — 330 kV kuchlanishli birlamchi quvvati 200 MVA va undan yuqori boʻlgan transformatorlar; elektr stansiya va podstansiyalarning yopiq taqsimlovchi qurilmalarida va ichkari kirishga ega yopiq podstansiyalarning kameralarida oʻrnatilgan 63 MVA va undan yuqori quvvatli hamda 110 kV va undan yuqori kuchlanishli transformatorlar; gidroelektr stansiya binolari yonida oʻrnatilgan 110 kV va undan yuqori kuchlanishli, birlamchi quvvati 63 MVA va undan yuqori boʻlgan transformatorlar. | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 711-son qarori bilan tasdiqlangan Energetika tashkilotlari uchun yongʻin xavfsizligi qoidalarining 372-bandi. | Oʻzenergoinspeksiya |
19. | Elektr energiyasi ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash sohasi | Akkumulyator batareyalari xonalarining eshiklarida “Akkumulyator xonasi”, “Yongʻindan xavfli”, “Olov bilan kirmang”, “Chekish taqiqlanadi” yozuvlari boʻlmasligi, shuningdek zarur taqiqlovchi va ogohlantiruvchi xavfsizlik belgilari oʻrnatilmaganligi. | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 711-son qarori bilan tasdiqlangan Energetika tashkilotlari uchun yongʻin xavfsizligi qoidalarining 374-bandi. | Oʻzenergoinspeksiya |
20. | Elektr energiyasi ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash sohasi | Akkumulyator batareyalarining asosiy va yordamchi xonalarida isitish tuzilmalari, yoritgichlar, ventilyatsiyaning elektr dvigatellari va elektr simlarini almashtirganda yoki taʼmirlashda portlash xavfi boʻlgan zonalarda ularni montaj qilish, oʻrnatish hamda ekspluatatsiya qilish talablari hisobga olinmaganligi. | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 711-son qarori bilan tasdiqlangan Energetika tashkilotlari uchun yongʻin xavfsizligi qoidalarining 375-bandi. | Oʻzenergoinspeksiya |
21. | Neft va gaz sohasi | Neft-gaz obyektlari, temir yoʻl va avtomobil toʻkish-quyish estakadalari, quyiladigan, qadoqlanadigan, tarqatiladigan va boshqa binolar, inshootlar hamda asbob-uskunalar amaldagi qurilish normalari, qoidalari va standartlari talablariga javob bermasligi. | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-son qarori 2-ilovasi, 2023-yil 17-noyabrdagi 606-sonli qarori va 2014-yil 23-iyundagi 164-son qarori bilan tasdiqlangan Neftni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish qoidalarining 18-bandi. | Oʻzenergoinspeksiya |
22. | Neft va gaz sohasi | Neft va gazni qayta ishlash zavodlari, shuningdek, qabul qilish, saqlash, tarqatish va foydalanish bilan shugʻullanuvchi korxonalar tomonidan mahsulotlarni quvur yoʻllari, temir yoʻl vagonlari-sisternalari (konteyner-sisternalar) va avtomobil sisternalari orqali qabul qilish, saqlash va tarqatish operatsiyalari, neft mahsulotlari va gazni hisobga olish bogʻlanmalariga qoʻyilgan talablarga rioya qilinmasligi. | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-son qarori 2-ilovasi, 2023-yil 17-noyabrdagi 606-sonli qarori va 2014-yil 23-iyundagi 164-son qarori bilan tasdiqlangan Neftni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish qoidalarining 21-bandi. | Oʻzenergoinspeksiya |
23. | Neft va gaz sohasi | Obyektlarda yongʻin holatida vagon-sisternalarni shuningdek avtomobil sisternalarni texnologik tarmoqdan uzib qoʻyish va yongʻin hududidan uzoqlashtirish imkonining mavjud emasligi. | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-son qarori 2-ilovasi, 2023-yil 17-noyabrdagi 606-sonli qarori va 2014-yil 23-iyundagi 164-son qarori bilan tasdiqlangan Neftni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish qoidalarining 22-bandi. | Oʻzenergoinspeksiya |
24. | Neft va gaz sohasi | Neft-gaz tarmoqlari va qurilmalarida zichlik taʼminlanmaganda, shuningdek, temir yoʻl va avtomobil sisternalar qopqogʻi germetik zich (prokladkalarda) holda yopilmasligi, neft mahsuloti va gazni qabul qilish, saqlash va tarqatish jarayonlarida mahsulotni oqishi yoki ortiqcha sizib chiqishi. | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-son qarori 2-ilovasi, 2023-yil 17-noyabrdagi 606-sonli qarori va 2014-yil 23-iyundagi 164-son qarori bilan tasdiqlangan Neftni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish qoidalarining 32-bandi. | Oʻzenergoinspeksiya |
25. | Neft va gaz sohasi | Neft-gaz obyektlarida, shuningdek, sisternalar va toʻkish-quyish qurilmalaridagi qotib qolgan neft mahsulotlarini qizitish zaruriyati boʻlganda, bugʻ, issiq suv yoki elektr isitgichlar qoʻllanmasdan, ochiq alangadan foydalanilishi. | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-son qarori 2-ilovasi, 2023-yil 17-noyabrdagi 606-sonli qarori va 2014-yil 23-iyundagi 164-son qarori bilan tasdiqlangan Neftni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish qoidalarining 38-bandi. | Oʻzenergoinspeksiya |
26. | Neft va gaz sohasi | Neft mahsulotlari va gazni berish (quyish) belgilangan tartibda koʻrikdan oʻtkazilgan avtomatlashtirilgan quyish tizimi, avtomatik tarzda quyish estakadalari va yakka ustunlar orqali, shuningdek maxsus koʻchma haydash vositalaridan foydalanmasligi hamda neft-gaz mahsulotlarini quyish uchun texnik koʻrikdan oʻtmagan va bunday neft mahsulotlarini tashish uchun ularning yaroqliligi eʼtirof etilmagan sisternalardan foydalanish. | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-son qarori 2-ilovasi, 2023-yil 17-noyabrdagi 606-sonli qarori va 2014-yil 23-iyundagi 164-son qarori bilan tasdiqlangan Neftni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish qoidalarining 41-bandi. | Oʻzenergoinspeksiya |
27. | Neft va gaz sohasi | Neft mahsulotlarini quyish rukavaning uchlarida zarba boʻlganda uchqun hosil boʻlishiga yoʻl qoʻymaydigan metalldan tayyorlangan uchliklar bilan hamda yerga ulangan simining boʻlmasligi va rukavalari quvurlarini sisternalarning tubigacha toʻliq tushirgan holda suyuq qatlam bilan, sachratmasdan amalga oshirilmasligi. | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-son qarori 2-ilovasi, 2023-yil 17-noyabrdagi 606-sonli qarori va 2014-yil 23-iyundagi 164-son qarori bilan tasdiqlangan Neftni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish qoidalarining 44-bandi. | Oʻzenergoinspeksiya |
28. | Neft va gaz sohasi | Neft-gaz obyektlarida texnologik asbob-uskunalar, quvurlar, rezervuarlar, berkitish armaturasi soz holatda boʻlmasligi, neft mahsulotlarini toʻkish, qoidaga koʻra, yopiq (germetik) usulda sisternalarning pastki toʻkish priborlari va pastki toʻkish qurilmalari orqali amalga oshirilishmasligi. | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-son qarori 2-ilovasi, 2023-yil 17-noyabrdagi 606-sonli qarori va 2014-yil 23-iyundagi 164-son qarori bilan tasdiqlangan Neftni qayta ishlash mahsulotlaridan foydalanish qoidalarining 44-bandi. | Oʻzenergoinspeksiya |