30.05.2025 yildagi PF-90-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 30.05.2025 yildagi PF-90-son
Date of entry into force
02.06.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hamda oʻrmonlarni boshqarish tizimida islohotlarni izchil davom ettirish, yashil hududlarni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi tadbirlar samaradorligini oshirish, oʻrmonlar va yashil hududlar maydonini kengaytirish, ulardan samarali foydalanish va choʻllanishga qarshi kurashish ishlarini tizimli amalga oshirish, shuningdek, mazkur yoʻnalishlarda yagona davlat siyosatini yuritish va muvofiqlashtirish maqsadida qaror qilaman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Maqsadlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilayotgan daraxt va buta koʻchatlarining koʻkaruvchanligi, yashovchanligi, kasallik va zararkunandalarga chidamliligini oshirishning 2026-yil 1-yanvardan boshlab maqsadli koʻrsatkichlari etib quyidagilar belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) davlat oʻrmon xoʻjaliklarida respublika hududlarining iqlim sharoitiga mos daraxt turlarining zamonaviy seleksiya usullaridan foydalanib sifatli va kafolatlangan urugʻlarni yetishtirish hajmini 1,5 baravarga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) urugʻchilik laboratoriyalarida respublika hududlarining iqlim sharoitiga mos oʻsimlik turlaridan onalik plantatsiyalarini tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) davlat oʻrmon xoʻjaliklari tomonidan yetkazib berilayotgan koʻchatlar hajmini 2 baravarga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi tashabbuslar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 2025-yil 1-oktabrdan boshlab “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda jamoatchilik ishtirokini oshirish, “Yashil makon” elektron platformasida ochiqlikni taʼminlash va raqamlashtirishga qaratilgan quyidagi mexanizmlar joriy qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) aholi tashabbusi bilan daraxt ekilishi mumkin boʻlgan aniq hudud (tuman (shahar), koʻcha, yer uchastkasining koordinatalari), suv taʼminoti, keyinchalik parvarish qilish imkoniyati va daraxtlarning turlarini koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) “Yashil makon” umummilliy loyihasiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladigan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni jamoatchilikka “har bir tiyin sarflanishini kuzatish” tamoyili asosida onlayn yetkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) daraxt va butalarni kesish uchun ruxsatnoma berish yuzasidan murojaat qilgan shaxs toʻgʻrisida maʼlumot, koʻchirilishi yoki kesilishi taklif etilayotgan daraxt va koʻchirish (kesish) sababi, aniq manzili, joylashuvi, foto- va videotasvirlarini aks ettirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(g) oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning qimmatbaho navlarini qonunga xilof ravishda kesgan yoki yoʻq qilgan shaxslar tomonidan kompensatsiya sifatida ekilgan daraxt va buta koʻchatlari hisobini yuritish tizimini joriy qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(d) daraxtlarni qonunga xilof ravishda kesgan jismoniy va yuridik shaxslar, ushbu huquqbuzarliklar va ular yuzasidan koʻrilgan choralar boʻyicha “Yashil makon” elektron platformasiga doimiy ravishda maʼlumotlar kiritib borish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) “Mening bogʻim” loyihasi doirasida yashil bogʻlar barpo etishga kamida bir gektar, yashil jamoat parklari uchun yarim gektardan yer maydonlari ajratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) kompensatsiya yoki majburiyat tarzida ekiladigan daraxt va butalar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Ekologiya vazirligi) tomonidan belgilanadigan yer uchastkalarida Oʻrmon xoʻjaligi agentligi buyurtmachiligida belgilangan tartibda aniqlanadigan loyihalash tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladigan loyihalar asosida davlat oʻrmon xoʻjaliklari — pudrat tashkilotlari tomonidan ekiladi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(i) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari kompensatsiya yoki majburiyat tarzida koʻchat ekilishi rejalashtirilgan yer uchastkalarini ajratadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(ii) loyiha hujjatlarini ishlab chiqish xarajatlari Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(iii) kompensatsiya yoki majburiyat tarzida koʻchat ekib beradigan shaxslar shartnoma asosida daraxt va buta koʻchatlarini ekish, belgilangan muddat davomida parvarishlash xarajatlarini davlat oʻrmon xoʻjaliklari — pudrat tashkilotlariga toʻlab beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Oʻrmonlarni boshqarish va choʻllanishga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ekologiya vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi agentligi negizida Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Oʻrmon agentligi) tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilansinki, Oʻrmon agentligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) barcha oʻrmonlarning davlat hisobini hamda davlat oʻrmon kadastrini tuzadi va yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish, koʻchatchilikni rivojlantirish, daraxt va buta koʻchatlari pitomniklarini koʻpaytirish boʻyicha respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2025-yil 1-noyabrdan boshlab oʻrmon fondi yer maydonlari alohida muhofaza etiladi va ularning toifasini oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish, ushbu yoʻnalishda ustuvor chora-tadbirlarni belgilash va sohani rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ekologiya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda “Yashil makon” elektron platformasida 2026-yil 1-sentabrga qadar choʻl va yarim choʻl hududlarida yashil maydonlarni koʻpaytirishga qaratilgan dasturlar amalga oshirilishining natijasini har chorakda kuzatish hamda ushbu hududlarda ekologik holatni tizimli monitoring qilib borish imkoniyati yaratilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Malakali mutaxassislarni tayyorlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Belgilansinki, 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti (Green University) va unga biriktiriladigan “yashil” texnikumlarda:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-noyabrdagi PF-217-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 06/25/217/1060-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(a) oʻquv jarayoni dual taʼlim tizimi asosida yoʻlga qoʻyiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(b) ilmiy-amaliy mashgʻulotlarni tashkil qilish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda botanika yoki dendrologiya bogʻlari barpo etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(v) urugʻchilik, koʻchatchilik, iqlim oʻzgarishi sohalarida qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil qilib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Ekologiya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Ushbu Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 30-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-90-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi PF-90-son Farmoniga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi faoliyatining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
USTUVOR YOʻNALISHLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) oʻrmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, koʻpaytirish, takroriy koʻpaytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) oʻrmonlarni barpo etish, qayta tiklash, oʻrmon boyliklarini koʻpaytirish, muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) oʻrmon xoʻjaligi faoliyati sohasi davlat boshqaruvi tuzilmasini yanada rivojlantirishni nazarda tutuvchi boshqaruvning zamonaviy shakllarini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) oʻrmon xoʻjaligi sohasini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hamda barqaror rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash uchun investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish mexanizmlarini joriy qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) global iqlim oʻzgarishiga moslashish va uning oqibatlarini yumshatish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) oʻrmon fondi yerlaridan samarali foydalanishni tashkil etish, shu jumladan, togʻ, choʻl va yaylovlarda ozuqabop oʻsimliklar turlarini koʻpaytirish va ozuqa miqdorini boyitish, ularni muhofaza qilish hamda yerlar degradatsiyasi jarayonlarining oldini olish, shuningdek, togʻ, choʻl va yaylovlarni muhofaza qilish boʻyicha kompleks choralarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) oʻrmon fondi yerlarida tabiiy holda oʻsuvchi dorivor, ozuqabop va texnik oʻsimliklarning pitomnik va plantatsiyalarini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarni tashkil etish va ijrosini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) daraxt va butalar kasalliklari hamda zararkunandalariga qarshi kurashish, ularning oldini olish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) manzarali daraxt va buta urugʻchiligi hamda koʻchat yetishtirish tizimini rivojlantirish, koʻchatchilikda “in-vitro” laboratoriyalarini keng joriy etish, manzarali daraxt va buta urugʻlari hamda koʻchatlarini sertifikatlashtirish hamda standartlashtirishning yagona tizimini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
l) choʻllanishga qarshi kurashish tadbirlarini tashkillashtirish va amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
m) oʻrmon xoʻjaligi sohasida ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
n) oʻrmonlardan oqilona foydalanish ustidan nazoratni oʻrnatish, tabiatni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, oʻrmonlarning yer ustida va aviatsiya yordamida qoʻriqlanishini tashkil etishni nazorat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o) sohada zamonaviy axborot texnologiyalarini qoʻllash orqali “Aqlli” oʻrmon xoʻjaligi (Smart forestry) va raqamli texnologiyalarni joriy qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
p) oʻrmonlarni tiklash, qayta tiklash va himoya oʻrmonlarini koʻpaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, eroziyaga qarshi daraxtzorlar barpo etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
r) oʻrmon xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotishda yuqori qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish, ularni Jahon savdo tashkiloti talablariga moslashtirish choralarini koʻrish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
s) agrooʻrmonchilikni rivojlantirish orqali oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni koʻpaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
t) oʻrmon xoʻjaligi sohasini institutsional tahlil qilish va sohaga bozor tamoyillarini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
u) Oʻrmon agentligi va uning tizimidagi tashkilotlarning xarajatlar smetasini tasdiqlash hamda ularga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, mol-mulklarini qonunchilikda belgilangan tartibda oʻz vakolatlari doirasida samarali boshqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
f) xalqaro moliya institutlari, xorijiy davlatlar tomonidan grant va qarzlar jalb qilinishini tashkil etish hamda ularning samarali oʻzlashtirilishini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
x) budjetdan tashqari jamgʻarma mablagʻlari hisobidan xorijiy konsultant va ekspertlarni belgilangan tartibda jalb qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi PF-90-son Farmoniga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish, ushbu yoʻnalishda ustuvor chora-tadbirlarni belgilash va sohani rivojlantirish boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“YOʻL XARITASI”

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Moliyalashtirish manbai

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻrmon kodeksi” loyihasini ishlab chiqish.

1. Kodeksni ishlab chiqish boʻyicha ishchi (ekspert) guruhi tuzish va ishlarni tashkil etish.

Mablagʻ talab etilmaydi

2025-yil iyul

Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Oʻrmon agentligi), tegishli vazirlik va idoralar

2. Kodeks loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish, muhokama qilish.

2025-yil dekabr

3. Kelishilgan Kodeks loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil iyun

2.

Oʻrmon agentligi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish.

1. Oʻrmon agentligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini vazirlik va idoralar bilan kelishish.

3. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Mablagʻ talab etilmaydi

2025-yil oktabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Oʻrmon agentligi, Adliya vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar

3.

Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash, aholini chang-qum boʻronlarining zararli taʼsirlaridan asrash maqsadida Toshkent shahri atrofida “Yashil belbogʻ” barpo etish loyihasini amalga oshirish.

1. “Yashilloyiha” loyihalash instituti tomonidan hududning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, daraxt-butalar turlarini tanlagan holda “Yashil belbogʻ” barpo etish boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekologik ekspertizadan oʻtkazish.

2. Loyiha boʻyicha umumiy maydoni 790 gektar boʻlgan yer uchastkalarida “Yashil belbogʻ” va ikkita “Botanika bogʻ”larini tashkil etish.

Jahon bankining “Oʻzbekistonda barqaror oʻrmon landshaftlarini tiklash” loyihasi doirasida koʻzda tutilgan va ulardan iqtisod qilingan mablagʻlar

2026 — 2028-yillar

Oʻrmon agentligi, Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

4.

Hududiy oʻrmon xoʻjaliklarining tashkiliy va boshqaruv tizimini takomillashtirish.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazida joylashgan “tayanch” oʻrmon xoʻjaliklari roʻyxatini tasdiqlash, ularga quyidagi vakolat va vazifalarni yuklatish:

Oʻrmon agentligiga tegishli hududdagi oʻrmon xoʻjaliklari hisobotlarini umumlashtirish, xoʻjalik rahbari lavozimlariga nomzodlarni, rahbarlarning lavozimiga mosligi toʻgʻrisida xulosani taqdim etish, topshiriqlar va tasdiqlangan prognoz koʻrsatkichlar bajarilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish;

tasdiqlangan shtat birliklari doirasida oʻrmon xoʻjaliklari faoliyatini monitoring qilish boʻlimini tashkil etish.

Mablagʻ talab etilmaydi

2025-yil avgust

Oʻrmon agentligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

5.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tashkil etiladigan “yashil bogʻ”, “yashil jamoat park”, “yashil belbogʻ”, “yashil qoplama” va oʻrmon barpo etish, sugʻorish tizimlarini joriy etish va ajratilgan mablagʻlarni maqsadli sarflanishini taʼminlash maqsadida Oʻrmon agentligi huzurida “Oʻrmon va yashil hududlarni yaratish direksiyasi”ni tashkil etish.

1. “Oʻrmon va yashil hududlarni yaratish direksiyasi” faoliyatini tashkil etishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini vazirlik va idoralar bilan kelishish.

3. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Mablagʻ talab etilmaydi

2025-yil oktabr

Oʻrmon agentligi, tegishli vazirlik va idoralar

6.

Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy xulosa berish huquqini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

1. Xorijdan keltirilgan daraxt-butalarning nihol va koʻchatlarini respublikamiz iqlim-tuproq sharoitiga mosligi, mahalliy turdagi koʻchatlarni ekish va parvarishlash sharoitlari hamda holati toʻgʻrisida ilmiy xulosa berish huquqini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini vazirlik va idoralar bilan kelishish.

3. Loyihani Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Mablagʻ talab etilmaydi

2025-yil oktabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Oʻrmon agentligi,

Adliya vazirligi,

tegishli vazirlik va idoralar

7.

Davlat oʻrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni koʻchirib oʻtkazish tizimini tartibga solish boʻyicha qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

1. Ekologiya sohasiga oid boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish orqali oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi lozim boʻlgan hujjatlarni aniqlash.

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish.

3. Loyihani Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan oʻtkazish.

4. Loyihani belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Mablagʻ talab etilmaydi

2025-yil sentabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Fanlar akademiyasi

8.

Fargʻona viloyatida Soʻx davlat oʻrmon xoʻjaligini tashkil etish boʻyicha Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.

1. Fargʻona davlat oʻrmon xoʻjaligi tasarrufidagi Soʻx oʻrmon boʻlimini alohida ajratish hisobiga oʻrmon fondi yerlarida Soʻx davlat oʻrmon xoʻjaligini tashkil etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish.

3. Loyihani belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Mablagʻ talab etilmaydi

2025-yil noyabr

Oʻrmon agentligi, tegishli vazirlik va idoralar

9.

Oʻrmon agentligi tizimidagi 18 ta davlat oʻrmon xoʻjaliklarini ixtisoslashtirish va nizomlarini qayta koʻrib chiqish, “ilm-fan — loyiha — amaliyot” zanjirida urugʻ va koʻchatchilik bazalarini tashkil etish.

1. Koʻchatchilikka ixtisoslashgan oʻrmon xoʻjaliklari nizomlarini qayta koʻrib chiqish, vazifalarini aniq belgilash va oʻrmon xoʻjaliklarida ijrosini tashkil etish.

Hisob-kitoblar asosida

2025-yil iyul

Oʻrmon agentligi, tegishli vazirlik va idoralar

2. Manzarali, noyob turdagi hamda genetik jihatdan sogʻlom daraxtlarning urugʻlarini jamgʻarishga alohida eʼtibor qaratish, roʻyxat shakllantirish.

Yil davomida

3. Ixtisoslashgan 18 ta davlat oʻrmon xoʻjaliklarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

Har yili fevral oyi

4. Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi Respublika oʻrmon urugʻchiligi markazi bilan birgalikda:

2025 — 2030-yillar

jamgʻarilgan urugʻlarni saqlash boʻyicha zamonaviy omborxonalar tashkil etish, seleksiya ishlarini olib borish;

jamgʻarilgan urugʻlarning unuvchanligi va sifati boʻyicha laboratoriya tahlillarini oʻtkazib borish;

doimiy oʻrmon urugʻchilik plantatsiyalarini tashkil etish uchun yer maydoni ajratish va ekish;

vaqtinchalik oʻrmon urugʻchilik uchastkalarini tashkil etish uchun yer maydoni ajratish.

Doimiy

5. Intensiv niholxonalar tashkil etish hamda nihollarni parvarishlash.

Har yili bahor va kuz mavsumlari

10.

Koʻchatchilikka ixtisoslashgan oʻrmon xoʻjaliklarining tashkiliy-xoʻjalik rejasini tasdiqlash.

1. Koʻchatxona va niholxonalarda kompleks tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha tashkiliy-xoʻjalik reja loyihalarini ishlab chiqish.

Bunda:

daraxt va butalarning nihollarini oʻstirish (urugʻ boʻlimi),

daraxt va butalarning koʻchatlarini oʻstirish (“tarbiya” boʻlimi);

urugʻ va qalamchalar olish uchun daraxt va butalarni yetishtirish (onalik plantatsiya);

ilmiy-amaliy laboratoriyalar, issiqxonalar, tajriba maydonchasi;

introduksiya qilingan va mahalliy daraxt-butalarning noyob turlari, shakllari va gibrid navlarini tayyorlash hamda yopiq ildizli yirik hajmli koʻchatlarni saqlash;

yer ishlari (kompost tayyorlash, saqlash, unumdor tuproq tayyorlash);

nihol-koʻchatlarni vaqtinchalik saqlash (koʻmish);

koʻchatxonaning xoʻjalik (ishlab chiqarish, maishiy bino, inshootlar, omborxonalar va b.) boʻlimlarini tashkil etishni nazarda tutish.

Mablagʻ talab etilmaydi

2025-yil avgust

Oʻrmon agentligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Tashkiliy-xoʻjalik reja asosida koʻchatchilik boʻyicha barcha tashkiliy va agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish.

Hisob-kitoblar asosida

Doimiy

11.

Oʻzbekiston Respublikasida oʻrmon xoʻjaligi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish boʻyicha har ikki yilda “yoʻl xaritasi” ishlab chiqish.

1. Oʻrmon xoʻjaligi sohasini rivojlantirishga oid prognoz koʻrsatkichlarni oʻrmon xoʻjaliklari kesimida shakllantirish.

Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Har yili 20-yanvar

Oʻrmon agentligi, tegishli vazirlik va idoralar

2. Ishlab chiqilgan “yoʻl xaritasi”ni kelishish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Har yili 30-yanvar

12.

Oʻrmon bilan qoplanish darajasini 4,1 mln gektarga yoki 9,07 foizga yetkazish.

1. Respublika boʻyicha davlat zaxira yerlaridagi mavjud oʻrmonzorlar hisobini aniqlashtirish.

2. Oʻrmon barpo etish va qayta ishlash tadbirlarini davom ettirish.

3. Oʻrmon bilan qoplangan maydonlar monitoringini yuritish.

Hisob-kitoblar asosida

2025-yil dekabr

Oʻrmon agentligi, tegishli vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

13.

Daraxtlarni suv tejovchi texnologiyalar orqali sugʻorish tizimlarini yoʻlga qoʻyish.

1. Daraxtlarni innovatsion suv tejovchi texnologiyalar orqali sugʻorish usullarini joriy etish maqsadida xorijiy tashkilotlar bilan muzokaralar oʻtkazish.

2. Muzokaralar natijasiga koʻra daraxtlarni suv tejovchi texnologiyalar bilan sugʻorish tizimlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish choralarini koʻrish.

3. Avtomobil yoʻllari boʻylarida ekilgan daraxt va butalarni tomchilatib sugʻorish tizimini oʻrnatishni moliyalashtirish boʻyicha 2026-yil investitsiya dasturiga kiritish uchun takliflarni ishlab chiqish.

Mablagʻ talab etilmaydi

2025-2026-yillar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

14.

Oʻrmonlarda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan huquqbuzarliklar va yongʻin hodisalarining oldini olish choralarini koʻrish.

1. Oʻrmon fondi yerlarida yongʻinning oldini olish va unga qarshi kurashish chora-tadbirlarini tasdiqlash.

Huquqbuzarliklar va yongʻin hodisalarining oldini olish boʻyicha Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda qoʻshma tadbirlarni olib borish.

1. Oʻrmon fondi yer maydonlarida yongʻin kelib chiqish ehtimoli yuqori boʻlgan hududlar roʻyxatini shakllantirish, ogohlantiruvchi bannerlarni joylashtirish manzillarini belgilash.

2. Oʻrmon xoʻjaliklarini yongʻinga qarshi kurashish vositalari bilan, shu jumladan, uchuvchisiz uchish apparatlari, masʼul xodimlarning himoyalangan kiyimi va ekipirovkasi bilan taʼminlash.

3. Oʻrmonlarda sodir etilayotgan huquqbuzarliklar hamda yongʻin hodisalarining oldini olish va ularga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlar belgilab, joylarda oʻquv-taktik mashgʻulotlar olib borish.

4. Turkiyaning Qishloq va oʻrmon xoʻjaligi vazirligi hamkorligida Turkiya oʻrmon mudirligining yongʻinga qarshi kurashish oʻquv markazida oʻrmon xoʻjaliklari xodimlarini oʻqitish dasturlarini amalga oshirish.

Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

2025 — 2030-yillar davomida

Oʻrmon agentligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi

15.

1,5 ming tonna daraxt va butalar urugʻlarini tayyorlash.

1. Pishib yetilish muddatiga bogʻliq holda urugʻlarni jamgʻarish va monitoringini yuritish hamda Respublika oʻrmon urugʻchiligi markazi bilan birgalikda laboratoriya tahlilidan oʻtkazilishini tashkil etish.

Hisob-kitoblar asosida

2026-yil yanvar

Oʻrmon agentligi va uning tizim tashkilotlari

2. Jamgʻarilgan urugʻlarni vaqtinchalik omborxonalarda saqlash, niholxonalarga va oʻrmon barpo qilish tadbirlari uchun ekilishini tashkil etish.

2026-yil bahor va kuz-qish mavsumi

16.

Tuproq-iqlim sharoitiga mos ravishda jami 126 mln dona nihol va koʻchatlarni yetishtirish.

1. Oʻrmon xoʻjaliklari tomonidan yer tanlash va tayyorlash, niholxona va koʻchatxonalar tashkil etish.

Hisob-kitoblar asosida

2025-yil davomida

Oʻrmon agentligi va uning tizim tashkilotlari

2. Agrotexnik tadbirlarni hamda parvarishlash ishlarini oʻz vaqtida amalga oshirish.

Doimiy

17.

Oʻrmon fondi hududlarida jami 253 ming gektar maydonda oʻrmon barpo etish va qayta tiklash tadbirlarini amalga oshirish.

1. Oʻrmon barpo etish va qayta tiklash tadbirlari uchun yer maydonlarini tanlash va tayyorlash.

Hisob-kitoblar asosida

2025-yil bahor va kuz-qish mavsumi

Oʻrmon agentligi va uning tizim tashkilotlari

2. Oʻrmon xoʻjaliklari tomonidan tanlangan maydonlarga koʻchat ekish ishlarini tashkil etish va monitoringini yuritish. Oʻrmon barpo etilgan maydonlarni qoʻriqlash va muhofaza qilishni amalga oshirish.

Doimiy

18.

Oʻrmon fondi yerlarida 2,7 ming gektar himoya (ihota) oʻrmonzorlari barpo etish.

Himoya daraxtzorlarini barpo etish boʻyicha “Yashilloyiha” loyihalash instituti tomonidan loyiha-smeta hujjatlari asosida koʻchat ekish ishlarini amalga oshirish.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ajratiladigan mablagʻlar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan mablagʻlar

2025-yil bahor va kuz mavsumi

Oʻrmon agentligi va uning tizim tashkilotlari,

“Yashilloyiha” loyihalash instituti

19.

500 gektar togʻ va togʻoldi hududlari maydonida “terrasa” usulida daraxt va buta koʻchatlari ekish.

1. Uzun, Sariosiyo Boysun, Kitob, Shahrisabz, Yakkabogʻ, Qamashi, Urgut, Qoʻshrabot, Zomin, Baxmal, Gʻallaorol, Forish, Pop tumanlaridagi togʻ va adir qiyaliklarida 500 gektar maydonda “terrasa” usulida oʻrmon barpo etish boʻyicha “Yashilloyiha” loyihalash instituti tomonidan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

Jahon bankining kredit mablagʻi

2025-yil avgust

Oʻrmon agentligi va uning tizim tashkilotlari,

“Yashilloyiha” loyihalash instituti

2. Loyiha-smeta hujjatlari asosida “terrasa” usulida oʻrmon barpo etish ishlarini amalga oshirish.

2025-yil noyabr

20.

Respublikada yashillik darajasini 14,1 foizga yetkazish.

1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududlarida 200 mln dona koʻchat va qalamchalar ekilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “yashil makon.eco” platformasiga kiritib borish, monitoringini yuritish.

Mablagʻ talab etilmaydi

2025-yil noyabr

Oʻrmon agentligi va uning tizim tashkilotlari

2. Monitoring va oʻrganish natijalariga asosan yashillik darajasini aniqlash va 14,1 foizga yetkazish boʻyicha amaliy choralarni jadallashtirish.

2025-yil dekabr

21.

Hududlarda 257 ta yashil bogʻ barpo etish choralarini koʻrish.

1. Vazirlik va mahalliy hokimliklar tomonidan barpo etiladigan yashil bogʻlar toʻgʻrisidagi takliflarni olish, umumlashtirish.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ajratiladigan mablagʻlar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan mablagʻlar

2025-yil avgust

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida koʻchat ekish va yashil bogʻlar barpo etish ishlarini amalga oshirish.

2025-yil noyabr

22.

“Mening bogʻim” loyihalari doirasida yashil bogʻ va yashil jamoat parklarini barpo etish.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining hududiy boshqarmalari buyurtmachiligida “Mening bogʻim” loyihalarini amalga oshirish.

Bunda:

Ushbu tadbirlar uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasida

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

1. “Yashilloyiha” loyihalash instituti tomonidan ishlab chiqilgan loyihalar asosida maydonlarni joyida koʻrib chiqish, talab etiladigan koʻchatlarni ekish ishlarini tashkil etish va “mening bogʻim” loyihalarini amalga oshirishni toʻliq yakunlash.

2025-yil noyabr

2. Oʻrmon xoʻjaliklari tomonidan bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi yakuniy hujjatlarni Agentlikka taqdim etish.

2025-yil dekabr

23.

Tuman (shahar)larda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilayotgan koʻchatlarni parvarishlash tizimini takomillashtirish.

1. Tuman (shahar)lar kesimida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keyingi 3 yil davomida daraxt va butalar ekiladigan hududlar manzili, ularning tuproq-iqlim sharoitiga mos keladigan koʻchatlar turi va soni, sugʻorish vositalariga boʻlgan talab, parvarishlash uchun masʼul tashkilotlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi “hududda yashillikni oshirish rejasi”ni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Hududlarda barcha toifadagi yashil maydonlarda ushbu tizimni joriy etish.

Ushbu tadbirlar uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasida

2025 — 2030-yillar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

24.

“Soyali sayr koʻchalari” dasturida yoʻlaklar boʻyida oʻrmon xoʻjaliklari tomonidan koʻchatlarni ekish va parvarishlash.

1. “Soyali sayr koʻchalari” dasturlarini ishlab chiqish.

2. “Soyali sayr koʻchalari” dasturi asosida koʻchat ekish ishlarini amalga oshirish.

Ushbu tadbirlar uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasida

2025 — 2030-yillar

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

25.

Orolboʻyi hududlarida  250 ming gektar, shu jumladan, Orol dengizining qurigan tubida 115 ming gektar “yashil qoplama”lar barpo etish.

1. “Yashil qoplama”lar barpo etishni “Yashilloyiha” loyihalash instituti tomonidan ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari asosida moliyalashtirish.

2. “Yashil qoplama”lar barpo etish ishlarini amalga oshirish.

Hisob-kitoblar asosida

2025-yil dekabr

Oʻrmon agentligi va uning tizim tashkilotlari,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlari hokimliklari

26.

Oʻrmon xoʻjaliklarida asal yetishtirishni koʻpaytirish.

1. Oʻrmon xoʻjaliklarida xususiy sektor subyektlari bilan birgalikda asalari oilalari sonini 240 mingtaga yetkazish.

2. Oʻrmon xoʻjaliklari tomonidan 16 tonna asal ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish.

Hisob-kitoblar asosida

2025-yil noyabr

Oʻrmon agentligi va uning tizim tashkilotlari

27.

Loyiha va pudrat tashkilotlarini elektron tender (“e-tender” platformasi) savdolarida tanlab olish orqali:

Nukus, Qorakoʻl, Muborak tumanlari va Navoiy viloyatining choʻl hududlarida galofitlardan tashkil topgan bogʻlarni tashkil etish uchun loyihalash va infratuzilma obyektlarini qurish;

introduksiya qilingan, urugʻidan va qalamchasidan qiyin koʻpayadigan manzarali va mevali daraxt va buta oʻsimliklari turlarini koʻpaytirish maqsadida “in-vitro” laboratoriyasini tashkil etish va qurish;

2025-yilda sanitar tozalash ishlarini tashkil etish va aholi punktlarida tozalikni taʼminlash dasturi boʻyicha qattiq maishiy chiqindi poligonlarini rekultivatsiya qilish va tuproq qatlami bilan yopish, shuningdek, qayta yuklash stansiyasi uchun zarur boʻlgan bino inshootlarni qurish hamda tegishli muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash;

xorijiy va mahalliy sayyohlarga turizm obyektlariga kirishda qoʻshimcha qulayliklar yaratish hamda tashlanayotgan turli xildagi chiqindilarni tozalashni nazorat qilish va atrof tabiiy muhit davlat monitoringini oshirish uchun Xiva shahri “Doʻstlik” mahallasi Gulzor koʻchasi 32 uyda joylashgan binoni Situatsion markaz binosiga aylantirish ishlarini amalga oshirish.

1. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2. Qurilish va obodonlashtirish ishlari roʻyxatini shakllantirish.

3. Taʼmirlash ishlarini amalga oshirish.

Ushbu tadbirlar uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasida

2025-yil dekabr

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Oʻrmon agentligi

28.

Oʻrmon agentligi tizimidagi har bir davlat oʻrmon xoʻjaligining elektron kadastr pasportini rasmiylashtirish.

1. Har bir davlat oʻrmon xoʻjaligini yer va bino-inshootlarga kadastr pasporti rasmiylashtirilganligi nuqtai nazaridan tahlil qilish.

2. Tahlil natijasiga asosan yer va bino-inshootga kadastr pasporti mavjud boʻlmagan davlat oʻrmon xoʻjaliklarining kadastr pasportini rasmiylashtirish.

Hisob-kitoblar asosida

2025-yil davomida

Oʻrmon agentligi va uning tizim tashkilotlari,

Kadastr agentligi

“Oʻzbekkosmos” agentligi

29.

Dorivor va oziq-ovqatbop oʻsimliklarning 2986 gektar maydonda plantatsiyalarini barpo etish va xomashyo tayyorlash hajmini 3342 tonnaga yetkazish.

1. Oʻrmon fondi yerlarida dorivor oʻsimliklarni yetishtirish mumkin boʻlgan yerlarni tanlash.

2. Zarur boʻlgan urugʻlik materiallarini jamgʻarish.

3. Tanlangan yer maydonlarini ekishga tayyorlash va ekish ishlarini amalga oshirish.

Hisob-kitoblar asosida

2025-yil noyabr

Oʻrmon agentligi va uning tizim tashkilotlari

30.

Oʻrmon agentligi huzuridagi Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi tarkibida dorivor oʻsimliklar xomashyolari va ulardan olinadigan mahsulotlarni sertifikatlash va standartlashtirish laboratoriyasini tashkil etish.

1. Mavjud binolarni joriy taʼmirlash.

2. Laboratoriya uskunalari bilan jihozlash.

3. Xodimlarni malaka oshirish kurslarida oʻqitish.

4. Laboratoriyani akkreditatsiyadan oʻtkazish ishlarini yakunlash.

Hisob-kitoblar asosida

2025-2026-yillar

Oʻrmon agentligi va uning tizim tashkilotlari

31.

Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumani hududida Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiz Respublikalarining chegara hududlarida daraxt va butalar ekish.

1. Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumani hududida Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiz Respublikalarining chegaralari tutashgan nuqtaga olib boruvchi avtomobil yoʻlining boʻylarida koʻchatlar ekiladigan hududlarni aniqlash.

2. Loyiha-qidiruv hujjatlarini ishlab chiqish, suvsizlikka chidamli daraxt va butalar turlarini tanlash hamda ekish choralarini koʻrish.

Mahalliy budjet mablagʻlari

2025-2026-yillar

Oʻrmon agentligi, Fargʻona viloyati hokimligi

32.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining soʻroviga asosan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar hamda xalqaro tashkilotlarga aʼzolik badallarini toʻlash uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni Davlat budjetining prognoz parametrlarida nazarda tutib borish.

Amaliy chora-tadbirlar.

Davlat budjeti mablagʻlari

2025-yil noyabrdan boshlab, doimiy

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

33.

Oʻrmon barpo etishning yangi texnologik xaritalarini ishlab chiqish.

1. Oʻrmon barpo etish boʻyicha texnologik xaritalar ishlab chiqish yuzasidan takliflar tayyorlash.

2. Aniqlangan mablagʻlar hisobidan texnologik xarita ishlab chiqish boʻyicha qonunchilikda belgilangan tartibda pudrat tashkilotlarini aniqlash.

Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

2025-yil noyabr

Oʻrmon agentligi,

tegishli vazirlik va idoralar

34.

Mavjud yaylovlarning holatini oʻrganish, ularning samaradorligini oshirish maqsadida “GIS” dasturlari asosida yaylov maydonlari xaritalarini ishlab chiqish.

1. Respublikadagi degradatsiyaga uchragan yaylov yer maydonlarini xatlovdan oʻtkazish orqali “GIS” elektron xaritasini yaratish.

Har yili ajratiladigan

2025-yil sentabr

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi,

Oʻrmon agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Kadastr agentligi

2. Yaylov yer maydonlarini tahlil qilish orqali samaradorlik va suv bilan taʼminlanganlik darajasini oʻrganib chiqish, degradatsiyaga uchragan yaylov yer maydonlarini qayta tiklash choralarini koʻrish.

Davlat budjeti mablagʻlari

3. Jahon bankining “Oʻzbekistonda barqaror oʻrmon landshaftlarini tiklash” loyihasi mablagʻlari hisobidan Oʻrmon agentligi tasarrufidagi barcha oʻrmon fondi yerlarini kosmik monitoring va dala xatlovi yordamida toʻliq qamrab olgan raqamli kartalarini yaratish.

Jahon banki mablagʻlari

35.

Degradatsiyaga uchragan, qishloq xoʻjaligida foydalanishdan chiqqan, yaylov va shoʻrlangan yerlarda tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirish.

1. Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand va Navoiy viloyatlarida qishloq xoʻjaligida foydalanishdan chiqqan, yaylov va shoʻrlangan yerlarni aniqlash.

2. Tajriba-sinov loyihasi sifatida 5 ming gektar maydonda suvga va shoʻrlanishga chidamli boʻlgan daraxt-butalar va choʻl yaylov urugʻlarini motodeltaplanlar yordamida ekish (aylant, qayragʻoch, saksovul, jiyda va b.) hamda koʻchatlarni mexanizatsiyalashgan tarzda ekishni tashkil etish.

Mahalliy budjet mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

2025-2026-yillar

Samarqand, Qashqadaryo, Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimliklari, Oʻrmon agentligi

36.

Oʻrmon xoʻjaligi sohasida ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni tizimli yoʻlga qoʻyish.

1. Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti maqsadli ilmiy darajali kadrlar tayyorlashi uchun 2025 — 2030-yillar davomida magistratura va doktorantura uchun kamida 40 ta kvota ajratish.

2. Ilmiy darajaga ega boʻlgan xodimlarni tayyorlash uchun 2025-yilda 4 nafar va 2026 — 2030-yillarda 7 nafardan xodimlarning doktorlik dissertatsiya himoyalarini tashkil etish.

Hisob-kitoblar asosida

2025 — 2030-yillar davomida

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

37.

Urugʻlar genetik bankini (genbank) tashkil qilish.

1. Oʻzining genetik xususiyatlarini oʻzgartirmagan daraxt-butalar, turli xildagi noyob oʻsimliklarning urugʻlari bazalarini aniqlash, genbank tashkil qilish imkoniyatlarini oʻrganib chiqish.

2. Oʻrganish natijalari boʻyicha moliyaviy, tashkiliy va amaliy choralarni koʻrish.

3. Oʻsimliklarning urugʻlari va genetik materiallarini yigʻish va konservatsiya qilish uchun urugʻlar genetik bankini (genbank) tashkil qilish.

Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari,

qonunchilikda taqiqlanmagan mablagʻlar

2025-2026-yillar davomida

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

38.

Ilmiy darajaga ega boʻlgan kadrlar tayyorlashni rivojlantirish hamda ixtisoslashgan ilmiy kengashni tashkil etish.

1. “Dorivor oʻsimliklar yetishtirish texnologiyasi, introduksiyasi va agrofarmakologiyasi” ixtisosligi boʻyicha ilmiy darajalarni beruvchi ilmiy kengash tarkibini va zarur hujjatlar portfelini shakllantirish.

Mablagʻ talab etilmaydi

2025-yil sentabr

Oʻrmon agentligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. Ilmiy kengash faoliyatini tashkil etishga oid hujjatlar toʻplamini Oliy attestatsiya komissiyasiga taqdim etish.

2025-yil noyabr

39.

Oʻrmon xoʻjaligi sohasini yosh va zamonaviy fikrlaydigan malakali mutaxassislar bilan taʼminlash.

1. Oʻrmon agentligi markaziy apparati xodimlari hamda tizim tashkilotlari xodimlarining huquqiy, iqtisodiy va kasbiy bilimlarini baholash boʻyicha attestatsiya oʻtkazish.

Mablagʻ talab etilmaydi

Tasdiqlangan grafik asosida

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Oʻrmon agentligi

2. Oʻtkazilgan attestatsiya natijalari boʻyicha vakant lavozimlarni yosh va zamonaviy fikrlaydigan malakali mutaxassislar bilan toʻldirish.

Zaruratdan kelib chiqib

3. Oʻrmon xoʻjaligi tizimi uchun malakali mutaxassislar tayyorlash boʻyicha zamonaviy talablarni hisobga olgan holda tanqidiy koʻrib chiqilgan va belgilangan tartibda yangi tahrirda ishlab chiqilgan oʻquv reja va dasturlarni tasdiqlash.

Har yili tasdiqlangan grafik asosida

40.

Hududlarning tuproq-iqlim sharoitini hisobga olgan holda dorivor oʻsimliklar agrotexnologiyasini ishlab chiqish.

1. Dorivor oʻsimliklar turlari oʻsadigan hududlarni tanlash.

2. Dorivor oʻsimliklarni parvarishlash jarayonida oʻtkaziladigan agrotexnologik jarayonlarni belgilab chiqish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish.

Mablagʻ talab etilmaydi

2025-yildan boshlab, doimiy

Oʻrmon agentligi

41.

Stat.urmon.uz tizimini takomillashtirish orqali Agentlik markaziy apparati va hududlardagi oʻrmon xoʻjaliklarini birlashtirish.

1. Ijrochi tashkilot bilan shartnoma tuzish.

Ajratiladigan mablagʻlar doirasida

2025-yil sentabr

Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti

2. Tizimni qayta ishga tushirish.

2025-yil noyabr

42.

Koʻchatxonalarda ekilgan daraxt-butalar toʻgʻrisida maʼlumotlarni aks ettiruvchi katalogni yaratish.

1. Oʻrmonchilik va koʻchatchilik yoʻnalishlari boʻyicha ijodiy yondashgan holda fotosuratlar hamda tahliliy maʼlumotlarni yigʻish.

2. Katalog ishlab chiqish va chop etish.

Hisob-kitoblar asosida

2025-yil dekabr

Oʻrmon agentligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

43.

Yangi barpo etiladigan yashil maydonlar, oʻrmon barpo etiladigan hududlarni aks ettiradigan interaktiv kartani ishlab chiqish.

1. Yangi barpo etiladigan yashil maydonlar (yashil bogʻlar, yashil belbogʻ, mening bogʻim), oʻrmon barpo etiladigan hududlarning manzilli roʻyxatini shakllantirish.

Hisob-kitoblar asosida

2025-yil sentabr

Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti

2. Roʻyxat asosida yangidan barpo etiladigan hududlarini aks ettiradigan interaktiv kartalarni ishlab chiqish.

2026-yil mart

44.

“Kelajakka nafas” shiori ostida koʻchat ekish tadbirlarini tashkil etish.

1. Koʻchat ekish tadbirlarida hududlarning tabiiy-iqlim sharoitiga mos daraxt va buta koʻchatlari turlarini ekish.

2. “Kelajakka nafas” shiori ostida tashkil etiladigan tadbirning respublika, viloyat, tuman va shaharlar miqyosida oʻtkazish.

Har yili ajratiladigan

Davlat budjeti mablagʻlari,

Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Har yilgi “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida

Oʻrmon agentligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

45.

Oʻrmonchilik, koʻchatchilik hamda oʻrmon muhofazasi boʻyicha xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

1. Oʻrmon xoʻjaligi mutaxassislarining AQSH, Turkiya, Janubiy Koreya, Xitoy Xalq Respublikasida malaka oshirishi boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash.

2. Oʻrmon xoʻjaligi sohasi rivojlangan davlatlarda oʻtkaziladigan xalqaro oʻquv kursi va seminarlarda belgilangan tartibda oʻrmon xoʻjaligi mutaxassislari ishtirokini taʼminlash.

Donor tashkilotlar mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Doimiy

Oʻrmon agentligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

46.

Xalqaro oʻrmonlar kuniga bagʻishlangan forum tashkil etish.

1. Xalqaro forum oʻtkaziladigan shahar va joyni aniqlash, boshqa tashkiliy choralarni koʻrish.

Grant, donor tashkilotlar mablagʻlari,

Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari

2026-yil fevral

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Oʻrmon fondi yerlaridan samarali foydalanish, innovatsiyalarni joriy etish yoʻnalishlari boʻyicha muhokamalar, yigʻilishlarni oʻtkazish.

3. Forum yakuni boʻyicha bayonni rasmiylashtirish va tasdiqlash.

2026-yil aprel

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-apreldagi PF-54-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.04.2026-y., 06/26/54/0320-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi PF-90-son Farmoniga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Respublikada koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-46-son Farmonining 20-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“20. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida budjet mablagʻlari hisobidan tashkil etiladigan “yashil bogʻ”, “yashil jamoat parki”, “yashil belbogʻ”, “yashil qoplama” va himoya oʻrmonzorlarini barpo etish boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyurtmachi etib — Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihachi etib — “Yashilloyiha” loyihalash instituti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pudratchi etib — “Yashil hudud” davlat unitar korxonasi va uning hududiy korxonalari belgilansin”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmonida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 1-ilovaning “11. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” boʻlimi 2-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

2.

Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi

120

63

57

shu jumladan direktor oʻrinbosarlari soni

2

2

”;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2-ilovaning 11.2-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“11.2. Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 2a-ilovaning 11.2-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

11.2

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi

Oʻrmon agentligi

Agentstvo po lesu

”.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-81-son Farmonining 8-bandida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“b” kichik banddagi “2024-yil 1-oktabrdan boshlab” soʻzlari “2026-yil 1-yanvardan boshlab” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“v” kichik banddagi “2025-yil yakuniga qadar” soʻzlari “2026-yil yakuniga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-noyabrdagi “Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-199-son Farmonida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bandning birinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda” soʻzlaridan keyin “2027-yildan boshlab” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-ilovaning izoh qismi birinchi xatboshisidagi “Oʻrmon xoʻjaligi agentligi” soʻzlari “koʻchat yetishtiruvchi subyektlar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-yanvardagi “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5-son Farmonining 1-bandi “v” kichik bandi birinchi xatboshisidagi “2025” raqami “2026” raqami bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-184-son Farmoniga 2-ilovaning 2-pozitsiyasi quyidagi mazmundagi oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“atmosfera havosi, tuproq, yer usti va yer osti suvlarini ifloslantiruvchi manbalar monitoringi, atmosferaga chiqariladigan zararli moddalarni tozalash uchun inshootlar oʻrnatish, uskunalar, jihozlardan, shuningdek, atmosferaga chiqarib tashlanadigan zararli moddalar miqdori va tartibini nazorat qiluvchi vositalardan foydalanish qoidalariga rioya etilishi boʻyicha monitoring”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-16-son Farmonida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-pozitsiyaning “Ijro muddati” ustunidagi “may” soʻzi “oktabr” soʻzi bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

31.

Atmosferaga chiqariladigan zararli moddalarni tozalash masalalari boʻyicha tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga oid qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyihada, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-184-son Farmoniga 2-ilovaning 2-pozitsiyasini atmosferaga chiqariladigan zararli moddalarni tozalash uchun inshootlar oʻrnatish, uskunalar, jihozlardan, shuningdek, atmosferaga chiqarib tashlanadigan zararli moddalar miqdori va tartibini nazorat qiluvchi vositalardan foydalanish qoidalarini buzish yoki ulardan foydalanmaslik masalalari boʻyicha tezkor nazorat tadbirini oʻtkazishga oid oʻninchi xatboshi bilan toʻldirish nazarda tutiladi.

2025-yil aprel

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxobov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

”;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 17-ilovaning 11-pozitsiyasi “Amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan tadbirlar” ustunida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“YUNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga nomzodnoma tayyorlash uchun” soʻzlaridan keyin “2025-yil iyul oyiga qadar onlayn” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2025-yil iyul oyiga qadar” soʻzlari “2027-yil dekabrga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan va xalqaro tashkilotlarga aʼzolikdan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4756-son qaroriga 1-ilovaning 25-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

25.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

Ozon qatlamini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Monreal protokoli koʻp tomonlama jamgʻarmasining trast jamgʻarmasi

Biologik xilma-xillik toʻgʻrisidagi konvensiyaning trast jamgʻarmasi

Suvda suzuvchi qushlarning asosiy yashash manzili boʻlgan xalqaro ahamiyatga ega suv-botqoq yerlar toʻgʻrisidagi konvensiya

Ozon qatlamini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasi trast jamgʻarmasi

Ozon qatlamini yemiruvchi moddalar boʻyicha Monreal protokoli trast jamgʻarmasi

Turgʻun organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasi trast jamgʻarmasi

Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi

Yoʻq boʻlib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi toʻgʻrisidagi Konvensiyaning trast jamgʻarmasi

Yovvoyi hayvonlarning koʻchib yuruvchi turlarini saqlab qolishga doir konvensiyaning trast jamgʻarmasi

Xavfli chiqindilarni chegaralararo tashish va yoʻq qilib yuborish ustidan nazorat qilish toʻgʻrisidagi Bazel Konvensiyasining trast jamgʻarmasi

Afrika, Yevropa va Osiyodagi koʻchib yuruvchi suv-botqoq qushlarini muhofaza qilish boʻyicha bitim

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Atrof-muhit dasturining Atrof-muhit jamgʻarmasi

Biologik xilma-xillik toʻgʻrisidagi konvensiyaning Bioxavfsizlik boʻyicha Kartaxena protokoli trast jamgʻarmasi

”.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi “Turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5270-son qarorining 3-bandi quyidagi mazmundagi “v” kichik band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“v) “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi “Ipak yoʻli” xalqaro tadqiqot instituti xodimlarining mehnatga haq toʻlash miqdorlari Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 366-son hamda 2021-yil 27-avgustdagi “Ilmiy va innovatsion faoliyatni boshqarish tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 545-son qarorlariga asosan belgilansin”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-yanvardagi PQ-98-son qarori bilan tasdiqlangan 2022-yilda Samarqand viloyatida obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash boʻyicha manzilli roʻyxatning 120-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-171-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 6-banddagi “2024-yil 1-iyuldan” soʻzlari “2026-yil 1-martdan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2a-ilova quyidagi mazmundagi 6-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

6.

“Ekologiya sohasida investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha loyiha ofisi” DM

“Ekologiya sohasida investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha loyiha ofisi” DMning asosiy vazifasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tizimidagi ekologiya, turizm, oʻrmon xoʻjaligi va gidrometeorologiya sohasida investitsiya loyihalarini, jumladan toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya, grant, texnik koʻmak va kredit loyihalari va dasturlarni boshqarish, muvofiqlashtirish, samaradorligini monitoring qilish hamda ularning sohani rivojlantirish strategiyasi bilan uygʻunligini taʼminlashdan iborat.

2025-yilning 1-yanvardan boshlab “Ekologiya sohasida investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha loyiha ofisi” DM faoliyatini moliyalashtirish manbalari quyidagilar hisoblanadi:

Ekologiya jamgʻarmasi mablagʻlari;

grant mablagʻlari;

jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;

qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

”;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining tashkiliy tuzilmasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Texnologik rivojlanish va innovatsiyalar boʻyicha sohaviy ekspert kengashi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

“Davlat ekologik ekspertizasi markazi” davlat muassasasi**

Turizm qoʻmitasi

Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi*

“Davlat ekologik sertifikatlashtirish va standartlashtirish markazi” MCHJ**

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar turizm boshqarmalari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi

(davlat oʻrmon xoʻjaliklari — 12)

“Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan tahliliy nazorat markazi” davlat muassasasi

“Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi” davlat unitar korxonasi

davlat oʻrmon xoʻjaliklari — 67,

dorivor oʻsimliklarni yetishtirish boʻyicha davlat oʻrmon xoʻjaliklari — 12

“Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazi” davlat muassasasi

“Milliy PR-markazi” davlat unitar korxonasi

Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universiteti

“Turistlarga xizmat koʻrsatish markazi” davlat unitar korxonasi

“Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi” davlat muassasasi

“Binolardan foydalanish va qurilish-taʼmirlash ishlari direksiyasi” davlat muassasasi**

“Ipak yoʻli” ofisi UK

“Chorvoq suv ombori atrofini obodonlashtirish direksiyasi” davlat muassasasi**

“Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar departamenti” davlat muassasasi

(milliy tabiat bogʻlari — 12, davlat qoʻriqxonalari — 7, buyurtma qoʻriqxonalari — 2; majmua buyurtma qoʻriqxona — 1; biosfera rezervati — 1; pitomnik — 1)

“Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti

“Yashil hudud” DUK va uning hududiy filiallari

Xalqaro turizm akademiyasi Samarqand kampusi

“Oʻrmon xoʻjaligini raqamlashtirish markazi” davlat muassasasi **

“Ekoturizm va ovchilikni rivojlantirish departamenti” davlat muassasasi**

Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti

Gidrometeorologiya xizmati agentligi

“Eko-Media markazi” davlat muassasasi**

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari*

Gidrometeorologiyada axborot texnologiyalarini rivojlantirish markazi

“Beldirsoy-Chimyon-Nanay” xalqaro umummavsumiy kurortini qurish va ekspluatatsiya qilish boʻyicha loyiha ofisi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy markazlari

Tuman (shahar) ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻlimlari

“Toshkent hayvonot bogʻi” MCHJ,

“Fargʻona hayvonot bogʻi” MCHJ,

“Termiz hayvonot bogʻi” MCHJ

“Iqlim oʻzgarishi milliy markazi”davlat muassasasi

Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi**

“Yashilloyiha” loyihalash instituti**

Oʻzbekiston davlat tabiat muzeyi

“Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” davlat muassasasi**

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, oʻrmon sohalaridagi NNTlar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boʻlinmalari**

“Toza hudud”, “Maxsustrans”, “Maroqand obod” DM**

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligining hududlardagi boshqarmalari tugatilib, ularning vazifa va funksiyalari ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
** Budjetdan tashqari mablagʻlar, shuningdek, ajratmalar, xoʻjalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar hisobidan moliyalashtiriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 4-ilovaning 15-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi “Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlarini bajarishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-172-son qarorining 4-bandi hamda ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi PQ-330-son qarori bilan tasdiqlangan 2023 — 2026-yillarda umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllarini koʻkalamzorlashtirish ishlarining yigʻma parametrlarining izoh qismi birinchi xatboshisidagi “Oʻrmon xoʻjaligi agentligi” soʻzlari “koʻchat yetishtiruvchi subyektlar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi “2030-yilgacha boʻlgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-184-son qaroriga 2-ilovaning 4-pozitsiyasidagi “Ijro muddati” ustunidagi “may” soʻzi “iyul” soʻzi bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2025-y., 06/25/90/0486-son; 19.11.2025-y., 06/25/217/1060-son; 07.04.2026-y., 06/26/54/0320-son)