O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasining xo‘jalik yurituvchi subyektlari tomonidan xorijiy mamlakatlardagi ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatxonalar, korxonalar orqali, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasining xorijiy mamlakatlaridagi savdo-investitsiya uylari orqali olib chiqilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasining xo‘jalik yurituvchi subyektlari tomonidan xorijiy mamlakatlardagi ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatxonalar, korxonalar orqali, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining xorijiy mamlakatlardagi savdo-investitsiya uylari orqali olib chiqilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
3. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining xo‘jalik yurituvchi subyektlari tomonidan xorijiy mamlakatlardagi ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatxonalar, korxonalar orqali olib chiqilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2000-yil 8-iyuldagi 260-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 7-son, 36-modda);
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-fevraldagi 65-18-son qaroriga 6-ilovaning 3-bandi;
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish va ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2003-yil 14-yanvardagi 17-son qaroriga 1-ilovaning 26-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 1-son, 7-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘zlarining normativ hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari V.A. Golishev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 9-avgust,
189-son
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 9-avgustdagi 189-son qaroriga
1-ILOVA
2005-yil 9-avgustdagi 189-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasining xo‘jalik yurituvchi subyektlari tomonidan xorijiy mamlakatlardagi ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatxonalar, korxonalar orqali, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining xorijiy mamlakatlardagi savdo investitsiya uylari orqali olib chiqilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga hamda boshqa qonunchilikka muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining xo‘jalik yurituvchi subyektlari tomonidan xorijiy mamlakatlardagi ular tashkil etgan savdo uylari, vakolatxonalar, korxonalar orqali, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi (keyingi o‘rinlarda Palata deb ataladi) a’zolari bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan Palataning xorijiy mamlakatlardagi savdo-investitsiya uylari orqali olib chiqilayotgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
chet eldagi korxonalar — O‘zbekiston Respublikasi xo‘jalik yurituvchi subyektlari tomonidan xorijiy mamlakatlarda ta’sis etilgan savdo uylari, vakolatxonalar (shu jumladan yuridik shaxs bo‘lmasdan), korxonalar, hamda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining xorijiy mamlakatlardagi savdo-investitsiya uylari;
eksportchilar — tovarlarni xorijiy mamlakatlardagi o‘zlari ta’sis etgan savdo uylari, vakolatxonalar, korxonalar nomiga olib chiquvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi a’zolari bo‘lgan, tovarlarni Palataning xorijiy mamlakatlardagi savdo-investitsiya uylari nomiga olib chiquvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar.
3. Eksportchilar tomonidan tovarlarni chet eldagi korxonalar nomiga olib chiqish eksportning bojxona rejimida:
konsignatsiya shartnomalari (kontraktlar)va shartnomalarning boshqa shakllari asosida — hisob-kitoblar to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etmasdan;
Oldingi tahrirga qarang.
kontraktsiz asosda (tovarlar namunalari, chet eldagi korxonalar nomiga o‘z ehtiyojlari uchun yetkazib beriladigan mol-mulklar) qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. Bunda olib chiqilgan tovarlar hisobi bojxona organlari tomonidan yukning bojxona deklaratsiyasi asosida yuritiladi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 269-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2019-y., 09/19/269/2861-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — 2012-y., 44-son, 507-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 283-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2020-y., 09/20/283/0587)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Tovar konsignatsiya shartlarida, bank kafolatnomasi yoki siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan eksport kontraktlarini sug‘urtalash polisini taqdim etmasdan eksportchi tomonidan chet eldagi korxona nomiga:
Palataga a’zo bo‘lgan eksportchining o‘z mahsulotlari Palataning savdo-investitsiya uylari nomiga eksport qilinganda;
eksportchining o‘z mahsulotlari ustav jamg‘armasida eksportchining ulushi kamida 51 foizni tashkil qiladigan chet eldagi korxona nomiga eksport qilinganda;
vazirliklar, idoralar, uyushmalar va kompaniyalarning tarkibiy bo‘linmalari hisoblanadigan korxonalar tomonidan vazirlik, idora, uyushma yoki kompaniyaning, shuningdek, ularning ixtisoslashtirilgan tashqi savdo firmalari va kompaniyalarining ustav jamg‘armasidagi ulushiga tegishli ravishda kamida 51 foizni tashkil etgan chet eldagi tegishli korxona nomiga eksport qilinganda;
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zsanoateksport” AJ, “O‘zagroeksport” AJ yoki “O‘rta Osiyo Trans” AJ tomonidan ustav jamg‘armasida tashkilotlar ulushi tegishli ravishda kamida 51 foizni tashkil qiladigan chet eldagi korxona nomiga eksport qilinganda;
(6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-dekabrdagi 859-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/859/1047-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
“O‘zbekneftgaz” AJ, “O‘zkimyosanoat” AJ, “O‘zsanoateksport” AJ, “O‘zagroeksport” AJ, shuningdek, ularning tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar, ustav jamg‘armasida mazkur tashkilotlarning umumiy ulushi kamida 51 foizni tashkil qiladigan Qozog‘iston Respublikasidagi savdo uylari manziliga yetkazib berilishi mumkin.
(6-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/45/0084-son)
7. Eksportchining ilgari amalga oshirilgan eksportga yetkazib berishlar bo‘yicha to‘lov muddati o‘tgan debitorlik qarzi mavjud bo‘lganda yoki sotilmagan tovar (tez buziladigan tovarlardan tashqari) tegishli muddatlarda qaytarib olib kelinmaganda bojxona organlari keyingi eksport shartnomalari (kontraktlari) bo‘yicha tovarlarning chetga olib chiqilishini rad etishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Konsignatsiya shartlarida keyingi eksportga yetkazib berishlar faqat ushbu qarz to‘langandan keyin amalga oshirish mumkin.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 21-iyuldagi 199-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 30-son, 371-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Davlat bojxona qo‘mitasi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mahsulotlarni chet eldagi korxona orqali eksport qilinishi hisobini yuritish maqsadida har oyda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi hamda Davlat statistika qo‘mitasiga tegishli statistik ma’lumotlarni belgilangan tartibda taqdim etadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan eksport operatsiyalari bo‘yicha xorijiy valyutadagi tushumlarning tushishi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan Tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axborot tizimi orqali qonunchilikda belgilangan tartibda nazorat qilinadi.
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Valyuta tushumlarining o‘z vaqtida va to‘liq tushishi yuzasidan javobgarlik qonunchilikka muvofiq chet eldagi korxonalar rahbarlari va eksportchilar zimmasiga yuklanadi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Eksport kontraktlari bo‘yicha mahsulotlar sotishdan valyuta tushumi eksportchilarning O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklaridagi hisobvaraqlariga o‘tkaziladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son — 2020-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Nizomga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
| |
Davlat bojxona qo‘mitasi |
| |
________________________________ |
| |
(bojxona organi nomi ko‘rsatiladi) |
| |
boshqarmasi boshlig‘i |
| |
______________________________ga |
| |
(bojxona organi rahbari F.I.O) |
| | |
|
Ariza | |
| | |
| Sizdan __________________________________________________________ | |
|
(tovarning nomi, vazni, miqdori va boshqa zarur tavsiflari ko‘rsatiladi ) | |
| ____________________________________________________________ning | |
| _________________________________________________________ bojxona | |
| rasmiylashtiruvini “eksport” bojxona rejimida xorijdagi manzili ___ | |
| ___________________________________________________________bo‘lgan, | |
|
(xorijdagi korxona manzili) | |
| ___________________________________________________da tashkil etilgan, | |
|
(yuk yuboriladigan mamlakat) | |
| muassislari_______________________________________________________ | |
| ______________________________________________________hisoblangan | |
|
(O‘zbekiston Respublikasidagi tashkilot nomi) | |
| korxona:__________________________________________________________ | |
| nomiga amalga oshirishga ruxsat berishingizni so‘rayman. | |
| Olib chiqilayotgan tovarning taxminiy narxi________so‘m. | |
|
Tashkilot rahbari |
F.I.O. |
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-dekabrdagi 970-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 09/19/970/4113-son)
2. Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 29-iyundagi 245-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 33-modda) 4-bandining ikkinchi xat boshi “(savdo uylari, savdo vakolatxonalari, shu’ba korxonalar, firma do‘konlari, dilerlik shoxobchalari va konsignatsiya omborlari)” so‘zlaridan keyin “shuningdek — O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi a’zolari — xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan Palataning savdo-investitsiya uylari nomiga” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-martdagi 186-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.03.2018-y., 09/18/186/0865-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 32-33-son, 246-modda; 2011-y., 34-35-son, 345-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda; 2013-y., 2-son, 24-modda; 2014-y., 30-son, 371-modda; 2016-y., 9-son, 91-modda, 46-son, 530-modda; 2017-y., 29-son, 693-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.11.2017-y., 09/17/938/0319-son, 18.12.2017-y., 09/17/984/0419-son; 09.03.2018-y., 09/18/186/0865-son; 14.03.2019-y., 09/19/216/2764-son, 01.04.2019-y., 09/19/269/2861-son, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son, 06.12.2019-y., 09/19/970/4113-son; 15.05.2020-y., 09/20/283/0587, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2021-y., 09/21/766/1182-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 23.12.2024-y., 09/24/859/1047-son; 30.01.2025-y., 09/25/45/0084-son)