Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.05.2004 31.07.1997 yildagi 380-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 31.07.1997 yildagi 380-son
Date of entry into force
31.07.1997
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.05.2004
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘ZBEKISTON POChTA VA TELEKOMMUNIKATSIYA AGENTLIGI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-sonli “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot tizimlari sohasini qayta tashkil etish va boshqarishni takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1997-yil 23-iyuldagi PF-1823-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-2-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-sentabrdagi 328-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2002-y., 17-18-son, 139-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligining huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori lavozimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi vaziriga, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari — tegishli ravishda vazirning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi, ular belgilangan tartibda tasdiqlanadilar;
(3-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-sentabrdagi 328-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 17-18-son, 139-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish Bosh direktorining tegishli o‘rinbosarlari “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining va “O‘zbekiston pochtasi” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining kuzatuvchi kengashlaridagi davlat vakillari hisoblanadilar.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-sentabrdagi 328-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 17-18-son, 139-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining va “O‘zbekiston pochtasi” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining boshqaruv tuzilmasiga 3, 3a, 3b, 4, 4a, 4b, 5, 5a, 5b-ilovalarga* muvofiq rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 3, 3a, 3b, 4, 4a, 4b, 5, 5a, 5b-ilovalar berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zbekiston pochtasi” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi rahbariyati uning ta’sischilari umumiy yig‘ilishida saylanadi va O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
(4-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-sentabrdagi 328-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 17-18-son, 139-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi va “O‘zbekiston pochtasi” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari shaklida ta’sis etiladi;
(5-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-iyundagi 253-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-iyundagi 253-sonli qarori muvofiq chiqarib tashlangan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zbekiston pochtasi” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi ustav jamg‘armasiga uning tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalari davlatga tegishli paketlarining 53 foizi trast boshqaruv shartlari bilan beriladi. Ko‘rsatib o‘tilgan aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalari davlat paketlarining qolgan 47 foizi kompaniyaning trast boshqaruviga beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi va “O‘zbekiston pochtasi” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi o‘zlarining tarkibiga kiruvchi davlat korxonalarini va korxonalar — aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishni mazkur korxonalarning ularning trast boshqaruviga berilgan aksiyalar paketlariga muvofiq amalga oshiradilar;
(5-bandning beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-iyundagi 253-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘rsatib o‘tilgan kompaniyalarning xo‘jalik faoliyatini, shu jumladan ularning ijro etuvchi apparatlarini mablag‘ bilan ta’minlash o‘z xo‘jalik faoliyati, xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek boshqa daromadlar hisobiga amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyidagilar “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi va “O‘zbekiston pochtasi” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining asosiy vazifalari etib belgilansin;
(6-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-iyundagi 253-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy, shaharlararo, xalqaro elektr aloqasi, radio aloqasi, radioeshittirish va televideniye, pochta aloqasi xizmatlari bozori talabini qondirish, ularning turlarini kengaytirish va raqobatbardoshliligini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vositalar va tarmoqlarni modernizatsiyalash hamda texnika bilan qayta jihozlash dasturlarini, shu jumladan chet el investitsiyalarini keng jalb qilish va qo‘shma korxonalar tashkil etish asosida, amalga oshirish, axborot tizimlarini yaratish va ishlatish sohasidagi jahon yutuqlarini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bozor islohotlarini yanada rivojlantirish, respublika axborot tizimlarining telekommunikatsiyalar va informatika jahon tarmog‘iga qo‘shilishini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aloqa vositalari va tarmoqlari faoliyat ko‘rsatishining axborot xavfsizligini ta’minlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zbekiston pochtasi” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining ta’sis yig‘ilishlarini o‘tkazishni, kuzatuvchi kengashlarini tashkil etishni va ustavlarini tasdiqlashni bir oy muddatda ta’minlasinlar;
(7-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-iyundagi 253-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1997-yilda “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi va “O‘zbekiston pochtasi” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarishni, aksiyadorlik jamiyatlari va qo‘shma korxonalarda aksiyalar paketlarini qayta taqsimlash va joylashtirishni 6-ilovaga* muvofiq amalga oshirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 6-ilova berilmaydi.
(7-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-iyundagi 253-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-sentabrdagi 328-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2002-y., 17-18-son, 139-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi Agentlik to‘g‘risidagi hamda Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomlar loyihalarini ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-sentabrdagi 328-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2002-y., 17-18-son, 139-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 1-avgustdagi 307-son qarorining 7-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgarishlar va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni bir oy muddatda kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari K.R. Rahimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1997-yil 31-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
380-son