Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.10.2012 23.07.1997 yildagi PF-1823-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 23.07.1997 yildagi PF-1823-son
Date of entry into force
23.07.1997
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.10.2012
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborot tizimlari sohasini qayta tashkil etish va boshqarishni takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-oktabrdagi PF-4475-sonli “Axborot tizimlari sohasini qayta tashkil etish va boshqarishni takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pochta aloqasini, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni boshqarishni yanada takomillashtirish, bozor munosabatlarini rivojlantirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish jarayonlarini chuqurlashtirish va shu sohaga xorijiy sarmoyalarni jalb etish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi tugatilsin hamda uning negizida O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi tashkil qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi zimmasiga quyidagi asosiy vazifalarni hal etish yuklatilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy, shaharlararo, xalqaro telefon-telegraf va pochta aloqasini, radioaloqa, radioeshittirish va televideniye tarmoqlarini vujudga keltirish, ularning faoliyati va xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi siyosatni ishlab chiqib, amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pochta aloqasi va telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni yo‘naltirish hamda boshqarishni takomillashtirish, marketing tadqiqotlari va monitoringni tashkil qilish, bozor islohotlarini chuqurlashtirish, bu sohada raqobat muhitini yaratish va rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
telekommunikatsiya tizimlari hamda texnologiyalarini rivojlantirish va takomillashtirishga xorijiy sarmoyalarni jalb etish uchun shart-sharoitlarni vujudga keltirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
telekommunikatsiya texnologiyalarini yaratish, joriy etish va foydalanish bo‘yicha yagona shartlar hamda talablarni tasdiqlash, shuningdek mazkur shartlar va talablarga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini tashkil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, milliy telekommunikatsiya tarmog‘i faoliyatining axborot sohasidagi xavfsizligini ta’minlash.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi xamda umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya va pochta tarmoqlarining ishlashini ta’minlaydigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning “O‘zbekiston pochtasi” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini tashkil qilish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 28-iyundagi PF-2647-sonli Farmoni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 184-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi huzurida pochta va telekommunikatsiyalarni davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlovchi budjetdan tashqari Jamg‘arma tashkil qilinib, quyidagilar shu Jamg‘arma faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari sifatida belgilab qo‘yilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pochta aloqasi hamda telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalarini rivojlantirish, texnika bilan qayta qurollantirish va qaytadan tiklash sohasidagi ustuvor hamda ijtimoiy jihatdan ahamiyatli loyihalar va ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutaxassislar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini rivojlantirishni moliyalashda qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi mahkamasining faoliyatini, shuningdek uning tizimiga kiruvchi mustaqil daromad manbalariga ega bo‘lmagan telekommunikatsiya tizimlarini tartibga soluvchi, boshqaruvchi va nazorat qiluvchi davlat organlarining faoliyatini moliyalash.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 24-yanvardagi PF-3557-sonli Farmoniga asosan chiqarib tashlangan — O‘R QHT, 2005-y., 3-4-son, 22-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Shu narsa belgilansinki, O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi tomonidan amaldagi qonunlarga muvofiq o‘z vakolati doirasida chiqariladigan normativ hujjatlar telekommunikatsiya va pochta aloqasi xizmati ko‘rsatuvchi yoki ulardan foydalanuvchi, shuningdek mulkchilik shakllaridan qat’i nazar telekommunikatsiya va pochta tizimlari hamda inshootlarini loyihalash va qurish ishlarini amalga oshiruvchi barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ijro etish uchun majburiydir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “O‘zbekiston pochtasi” davlat aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi davlat korxonalari va aksiyadorlik jamiyatlari 1998-yilning 1-yanvaridan boshlab asosiy faoliyat bo‘yicha foydadan soliq to‘lashdan 2 yil muddatga ozod qilinsin, bunda bo‘shab qolgan mablag‘lar ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo‘naltirilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddat ichida O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil qilish masalalari bo‘yicha qaror tayyorlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1997-yil 23-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-1823-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y.,8-son, 196-modda; 2000-y., 5-6-son, 184-modda; O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 3-4-son, 22-modda)