1-ILOVA
O‘zbekiston adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi qurultoyi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Taftish komissiyasi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
O‘zbekiston adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi ijroiya qo‘mitasi* | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
O‘zbekiston milliy paralimpiya qo‘mitasi | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
O‘zbekiston adaptiv sport turlari assotsiatsiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘linmalari | Adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
O‘zbekiston karlar sport federatsiyasi ** | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
O‘zbekiston ko‘zi ojizlar sport federatsiyasi ** | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
“O‘zbekiston maxsus olimpiadasi” respublika sport jamoat birlashmasi ** | Nogironlar sporti sohasidagi boshqa nodavlat notijorat tashkilotlar ** | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
2-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbalari | Mas’ul ijrochilar |
Adaptiv sport turlari bilan shug‘ullanish uchun moddiy-texnik bazani shakllantirish yo‘nalishida | |||||
1. | Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi va uning hududiy bo‘linmalari faoliyatining tashkiliy masalalarini hal etish. | 1. Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasini zarur jihozlar, mebel, sport inventarlari hamda samarali ish olib borishi uchun boshqa kerakli moddiy-texnika vositalar, metodik materiallar bilan ta’minlash. 2. Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasini malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish. | 2024-yil noyabr-dekabr | O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan ijrochilar mablag‘lari, Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar | Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Sport vazirligi |
3. Assotsiatsiya hududiy bo‘linmalarining moliyaviy hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, tegishli hududda adaptiv sport turlarini rivojlantirish uchun homiylar biriktirilishini, shuningdek, ularni joylashtirish uchun bino va inshootlar ajratilishini ta’minlash. | 2025-yil yanvar | ||||
2. | Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi tomonidan hududlarda mavjud sport, ta’lim hamda ixtisoslashgan muassasalarda adaptiv sport turlari seksiyalarini tashkil qilish. | 1. Davlat sport, ta’lim, ixtisoslashtirilgan muassasalarda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun adaptiv sport bo‘limlarini mavjud guruhlar va shtat birliklari doirasida bosqichma-bosqich tashkil etish. Bunda har bir yo‘nalish bo‘yicha ehtiyojga qarab trener shtatlarini joriy etish. | 2024-yil dekabr | O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan ijrochilar mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar | Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi, Sport vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2. 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab davlat sport-ta’lim muassasalarida adaptiv sport turlari bo‘yicha tayyorgarlik bosqichlari va sport turlariga ko‘ra sport-o‘quv guruhlarini shakllantirish hamda ushbu yo‘nalishda zaruratga ko‘ra qo‘shimcha shtat birliklarini ajratish. Bunda amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish kiritish. | 2025-yil avgust | ||||
3. | Nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat mulkida bo‘lgan jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarida bepul shug‘ullanish imkoniyatini yaratish. | Nogironligi bo‘lgan shaxslarga bepul shug‘ullanish imkoni yaratilgan jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari ro‘yxatini tasdiqlash. | 2024-yil 10-dekabr | - | Sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
4. | Nogironligi bo‘lgan shaxslarni individual reabilitatsiya qilish dasturida jismoniy reabilitatsiya xizmatini taklif qilish. | 1. “ERP-sport” yagona elektron boshqaruv tizimida nogironligi bo‘lgan shaxslarning toifa va yoshidan kelib chiqib, kasalliklarning xalqaro tasnifi (KXT-10) bo‘yicha ularning jismoniy imkoniyatiga mos sport turlarining ro‘yxatini avtomatik tarzda shakllantirish imkonini yaratish. | 2025-yil yanvar-fevral | Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari | Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, nogironligi bo‘lgan shaxslar sport tashkilotlari |
2. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning funksionalligini baholash natijalariga muvofiq jismoniy reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatishni tashkil etish. | 2026-yil mart | ||||
5. | Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi va uning hududiy markazlari, Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlariga yaqin hududda yashovchi nogironligi bo‘lgan shaxslar ushbu muassasalardagi sport zallarida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi yo‘llanmasi asosida bepul shug‘ullanishini tashkil qilish. | 1. Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi, uning hududiy markazlari hamda Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlarida davolovchi jismoniy tarbiya xonalari mavjudligi va belgilangan talablarga muvofiqligini xatlovdan o‘tkazish. | 2025-yil iyun | O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan ijrochilar mablag‘lari, Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar | Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi |
2. Davolovchi jismoniy tarbiya xonalari (yopiq turdagi) va maydonchalarini (ochiq turdagi) rekonstruksiya qilish va qurish. | 2026-yil dekabr | ||||
3. Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi va uning hududiy markazlarida xodimlarning umumiy cheklangan soni hamda ajratilgan mablag‘lar doirasida zamonaviy jismoniy tarbiya, mexanoterapiya, fizioterapiya va boshqa zamonaviy robotlashtirilgan reabilitatsiya qilish uchun bir shtat birligida davolovchi jismoniy tarbiya yo‘riqchisi lavozimini joriy etish. | 2025-yil aprel | ||||
4. Reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatishning muddatlari, davomiyligi hamda boshqa shartlarni nazarda tutuvchi tartibni ishlab chiqish. Bunda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi yo‘llanmasi asosida bepul shug‘ullanish nazarda tutiladi hamda jismoniy reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish nogironligi bo‘lgan shaxslar funksionalligini baholash natijalariga muvofiq tashkil etiladi. | 2026-yil mart | ||||
6. | Respublikadagi barcha alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari va “G‘amxo‘rlik” markazlarida sport to‘garaklarini tashkil qilish. | 1. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari hamda “G‘amxo‘rlik” markazlarida sport to‘garaklarini tashkil qilish hamda ushbu to‘garaklarda kunduzgi qatnov xizmatini yo‘lga qo‘yish. 2. Muassasalarning davolovchi jismoniy tarbiya yo‘riqchilarini adaptiv sport turlari bo‘yicha qayta tayyorlov va malaka oshirish kurslarida o‘qitish. | 2025-2026-yillar | Sohaga ajratilgan mablag‘lar doirasida, Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari | Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi |
7. | Nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb qilish jarayoni monitoring tizimini yaratish. | 1. “Yagona milliy ijtimoiy himoya”, “Tibbiy ijtimoiy ekspertiza” elektron axborot tizimlari hamda “ERP-sport” yagona elektron boshqaruv tizimlarini “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarning sport to‘garaklaridagi ishtirokini monitoring qilish tizimini joriy qilish. | 2025-yil mart | Ijrochilar mablag‘lari, Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari | Sport vazirligi, Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, nogironligi bo‘lgan shaxslar sport tashkilotlari |
2. “ERP-sport” yagona elektron boshqaruv tizimida adaptiv sport turlarini shakllantirish tizimini takomillashtirish. | 2025-yil aprel | ||||
3. “ERP-sport” yagona elektron boshqaruv tizimida nogironligi bo‘lgan shaxslarning toifa va yoshidan kelib chiqib, kasalliklarning xalqaro tasnifi (KXT-10) bo‘yicha ularning jismoniy imkoniyatiga mos sport turlarining ro‘yxatini avtomatik tarzda shakllantirish imkoniyatini yaratish. | 2025-yil may | ||||
8. | Nogironligi bo‘lgan shaxslarga sport bilan shug‘ullanishlari uchun qulay sharoitlar yaratish va mavjud infratuzilmani moslashtirish. | 1. 2025-yildan boshlab yangi quriladigan sport obyektlarining loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda ulardan nogironligi bo‘lgan shaxslar ham foydalanishini ham nazarda tutish. | Doimiy | - | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Sport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi |
2. Qurilishi rejalashtirilgan Workout, Universal, Streetball maydonchalari loyihalarini nogironligi bo‘lgan shaxslarga moslashtirish. | 2025-yildan boshlab doimiy | Ijrochilar mablag‘lari | |||
3. Respublikadagi sport maktablarini ularning nogironligi bo‘lgan shaxslarga to‘siqsiz muhit talablariga muvofiqligi yuzasidan xatlovdan o‘tkazish hamda xatlov natijalariga ko‘ra to‘siqsiz muhit talablariga moslashtirish zarur bo‘lgan sport maktablarini rekonstruksiya qilishning 2024 — 2026-yillarga mo‘ljallangan dasturini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil yanvar — fevral | Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari mablag‘lari | Sport vazirligi, Ijtimoiy inspeksiya | ||
4. Sport, ta’lim, ixtisoslashgan muassasalarni rekonstruksiya qilish, yangi sport zallarni qurishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari bilan kelishish va ushbu hududda istiqomat qiluvchi nogironligi bo‘lgan shaxslar soni va ularning nogironlik turlaridan kelib chiqib loyiha hujjatlarini ishlab chiqish. | 2025-yil yanvar — mart | - | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Sport vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi, Ichki ishlar vazirligi | ||
9. | O‘zbekiston adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi tizimidagi nodavlat notijorat tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash. | O‘zbekiston adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi tizimidagi nodavlat notijorat tashkilotlarni binolari mavjudligi yuzasidan xatlovdan o‘tkazish va xatlov yakunlari bo‘yicha ularni tekin foydalanish asosida bino bilan ta’minlash. | 2024-yil dekabr — 2025-yil fevral | - | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
Adaptiv sport turlari bo‘yicha trener va sportchilarni tayyorlash va qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida | |||||
10. | Adaptiv sport turlari bo‘yicha o‘quv-me’yoriy hujjatlar va o‘quv-uslubiy adabiyotlar bazasini yaratish. | 1. Adaptiv sport turlari bo‘yicha ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv dasturlari, o‘quv rejalari ishlab chiqilishini ta’minlash. | 2024-yil dekabr | O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan ijrochilar mablag‘lari, Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari, Sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari | Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar salohiyatini oshirish hamda ilmiy faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha kuzatuv kengashi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi |
2. O‘quv-uslubiy adabiyotlarni ishlab chiqish va ularning chop etilishini ta’minlash. | 2024 — 2026-yillar | ||||
11. | Sport, ta’lim, ixtisoslashtirilgan muassasalar moddiy-texnik bazasini mustahkamlash. | 1. Respublikadagi barcha sport maktablari hamda sport turiga ixtisoslashgan sport maktablarining adaptiv sport turlari bo‘yicha sport jihozlari bilan jihozlanganligini xatlovdan o‘tkazish. | 2025-yil yanvar | - | Sport vazirligi |
2. Respublikadagi barcha umumta’lim maktablarini adaptiv sport turlari bo‘yicha sport jihozlari bilan jihozlanganligini xatlovdan o‘tkazish. | Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi | ||||
3. Respublikadagi barcha alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari adaptiv sport turlari bo‘yicha sport jihozlari bilan jihozlanganligini xatlovdan o‘tkazish. | Ijtimoiy himoya milliy agentligi | ||||
4. Adaptiv sport turlari bo‘yicha tegishli sport jihozlariga bo‘lgan ehtiyojlarni aniqlash hamda ularni xarid qilish manbalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. | 2025-yil mart | Ijrochilar mablag‘lari | Sport vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi | ||
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning professional sport bilan shug‘ullanishini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida | |||||
12. | Nogironligi bo‘lgan shaxslar sporti sohasida malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish. | Adaptiv jismoniy tarbiya va sport sohasida mutaxassislarni tayyorlash institutida karlar sporti, ko‘zi ojizlar sporti va Maxsus olimpiya hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar shug‘ullanadigan boshqa sport turlari yo‘nalishlarida malaka oshirish kurslarini tizimli yo‘lga qo‘yish. | 2025-yil yanvar — fevral | Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi va Sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari | Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Sport vazirligi, nogironligi bo‘lgan shaxslar sport tashkilotlari, Adaptiv jismoniy tarbiya va sport sohasida mutaxassislarni tayyorlash instituti |
13. | Mahalla va respublika miqyosida ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish tizimini takomillashtirish. | 1. Uch bosqichli “Besh tashabbus paralimpiadasi” doirasidagi musobaqalar dasturiga karlar sporti, Maxsus olimpiya, ko‘zi ojizlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar shug‘ullanadigan boshqa sport turlarini ham kiritish. 2. 2025-yildan boshlab har yili an’anaviy tarzda may oyining birinchi yakshanbasida respublikaning barcha hududlarida “Inson uchun” shiori ostida adaptiv sport turlari bo‘yicha festival o‘tkazish va uning doirasida xayriya marafonlarini tashkil etish. | 2025-yil may | Ijrochilar mablag‘lari, Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari | Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi, Sport vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
3. “Besh tashabbus paralimpiadasi” va “Adaptiv sport kunlari” doirasida o‘tkaziladigan ommaviy sport musobaqalari g‘olib va sovrindorlari orasidan nogironligi bo‘lgan iqtidorli shaxslarni saralab olish hamda ularni professional sportga yo‘naltirish tizimini yo‘lga qo‘yish. | 2025-yil yanvar — fevral | Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari | |||
14. | Nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb qilishda targ‘ibot ishlarini tashkil etish. | 1. Ijtimoiy himoya milliy agentligining Paralimpiyachilar matonat maktabi hamda OAV bilan hamkorlikda nogironligi bo‘lgan shaxslar sporti sohasida xalqaro musobaqalar g‘olib va sovrindorlari hayot yo‘li to‘g‘risida qisqa metrajli filmlar hamda motivatsion videoroliklar suratga olish. | 2024-yil dekabr — 2025-yil yanvar | Ijrochilar mablag‘lari | O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Kinematografiya agentligi, Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi |
2. Adaptiv sport turlari bo‘yicha xalqaro musobaqalar g‘olib va sovrindorlari bilan mahallalardagi nogironligi bo‘lgan shaxslar ishtirokida uchrashuvlar, davra suhbatlari, mahorat darslarini tashkil etish. 3. Nogironligi bo‘lgan shaxslarga sport orqali jismoniy reabilitatsiyaga erishish mumkinligini tushuntirish, adaptiv sport turlari bo‘yicha ma’lumotlar hamda professional sport bilan shug‘ullanish orqali moddiy rag‘batlantirishga erishish imkoniyati mavjudligini uyma-uy yurib targ‘ib qilish, shuningdek, adaptiv sport turlariga oid ma’lumotlarni yetkazishga qaratilgan flayer, buklet va boshqa targ‘ibot materiallarini oilalarga bepul tarqatish. | 2024-yil dekabr — 2025-yil fevral | Ijrochilar mablag‘lari | Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Paralimpiyachilar matonat maktabi, Yoshlar ishlari agentligi | ||
4. Nogironligi bo‘lgan shaxslar uy sharoitida oila a’zolari bilan jismoniy badantarbiya bilan shug‘ullanishi uchun davolovchi jismoniy tarbiya bo‘yicha videodarsliklar tayyorlash. | 2025-yil may | ||||
3-ILOVA
4-ILOVA