06.06.2022 yildagi PQ-270-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 06.06.2022 yildagi PQ-270-son
Date of entry into force
07.06.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Matonat maktabi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakatimiz dovrug‘ini dunyoga tanitish borasida yoshlarning qo‘lga kiritgan yutuqlarini, ularning ibratli hayot tarzini targ‘ib qilish orqali mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, yoshlarni parasport turlariga keng jalb qilish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-maydagi “Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5114-son qarorida belgilangan paralimpiya harakatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini amaliyotga bosqichma-bosqich tatbiq etish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Matonat maktabi tashkil etilsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar Matonat maktabining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari qo‘lga kiritgan yutuqlari, ularning ibratli hayot tarzini targ‘ib qilish sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ta’lim muassasalari, mehnat jamoalari hamda mahallalarda uchrashuvlar tashkil etib, sport sohasida muvaffaqiyatga erishgan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarining o‘z hayot yo‘llarida qiyinchiliklarni qanday yengib o‘tganliklari haqida suhbatlar o‘tkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarida halollik, vijdoniylik, vatanparvarlik, sadoqat, fidokorlik singari shaxs sifatlarini, shuningdek, milliy g‘urur tuyg‘ularini shakllantirishga ko‘maklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari ijtimoiy hayotining turli masalalariga doir tashabbuslar bilan chiqish, davlat organlari va tashkilotlariga taklif va tavsiyalar kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ona Vatanimiz shuhratini dunyoga tarannum etish bilan bog‘liq eng muhim tushunchalar, hayotiy va professional ko‘nikmalarni ilm-ma’rifat asosida aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarining qalbi va ongiga singdirib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga yuqori natijalarga erishgan shaxslarni o‘rnak qilib ko‘rsatish orqali ularni matonatli etib tarbiyalash, shu maqsadda ilmiy-amaliy anjumanlar, savol-javob, kitobxonlik kechalari, mashhur kishilar bilan uchrashuvlar tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarida qadimiy tariximiz va madaniyatimiz bilan, jonajon Vatanimizning mustaqilligi va ravnaqi yo‘lida fidokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz bilan faxrlanish, ularga munosib bo‘lish tuyg‘usini shakllantirishga ko‘maklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini qo‘llab-quvvatlash sohasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘sib kelayotgan yosh avlodni adaptiv sport turlariga jalb etish, ularni “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” g‘oyasi atrofida birlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari o‘rtasida maxsus ta’lim muassasalarida hamda mahallalarda jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini o‘tkazishda qatnashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fan, ta’lim, san’at va madaniyat hamda sport sohalarida iqtidorli yoshlarni tanlab olish, ularni qiziqishidan kelib chiqib sohalarga yo‘naltirish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda munosib o‘rin egallashlarini rag‘batlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muvaffaqiyatga erishgan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini taqdirlash maqsadida qimmatbaho sovg‘alar xarid qilish va topshirish hamda boshqa shakllarda rag‘batlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarining hayoti, ularning orzu-intilishlarini ifodalovchi filmlar, videoroliklar va boshqa materiallarni tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarining bilim va malakasini oshirish, kasbga tayyorlash va ularni tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar, zamonaviy axborot texnologiyalari hamda inklyuziv madaniyat yo‘nalishlariga jalb etish maqsadida qisqa muddatli o‘quv kurslari, seminar, treninglar tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘z vakolati doirasida ko‘rgazmalar, forumlar, konferensiyalar, simpoziumlar o‘tkazish hamda boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etilayotgan shunday tadbirlardagi yoshlarning ishtirokini ta’minlashga ko‘maklashish.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Matonat maktabi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan holda tashkil qilinadi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PF-216-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Matonat maktabi rahbarligi Agentlik direktori buyrug‘i asosida Agentlik direktorining tegishli o‘rinbosariga yuklatiladi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PF-216-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Matonat maktabi xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi markaziy apparatining xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari tatbiq etiladi. Bunda, mehnatga haq to‘lash va tibbiy xizmat ko‘rsatish shart-sharoitlari bo‘yicha Matonat maktabi ijrochi direktori Agentlikning bo‘lim boshlig‘iga, mutaxassislari Agentlikning mutaxassislariga tenglashtiriladi;
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-75-sonli Farmoniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 06/24/75/0335-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Matonat maktabi faoliyatini moliyalashtirish manbalari bo‘lib Davlat budjeti mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Matonat maktabining tashkil etilishi munosabati bilan O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasiga qo‘shimcha 2 ta shtat birligi ajratiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Matonat maktabiga hududlarga borib kelish va tadbirlarda ishtirok etish uchun 1 ta yengil avtomobil, 1 ta avtobus va 1 ta mikroavtobusni xarid qilish uchun mablag‘lar va ularni saqlash uchun limit ajratiladi.
(3-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PF-216-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Matonat maktabi faoliyatini moliyalashtirish uchun kelib tushgan mablag‘lar quyidagi xarajatlarga yo‘naltiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Matonat maktabi xodimlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar hamda Matonat maktabini saqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida adaptiv sportning targ‘ibotini olib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muvaffaqiyatga erishgan shaxslar ishtirokida motivatsion uchrashuvlar tashkil etish, ular to‘g‘risida videoroliklar, filmlar va boshqa materiallar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarining bilim va malakasini oshirish, kasbga tayyorlash va ularni tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar, zamonaviy axborot texnologiyalari hamda inklyuziv madaniyat yo‘nalishlariga jalb etish maqsadida qisqa muddatli o‘quv kurslari, seminar, treninglar tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muvaffaqiyatga erishgan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini taqdirlash maqsadida qimmatbaho sovg‘alar xarid qilish va topshirish hamda boshqa shakllarda rag‘batlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Besh tashabbus paralimpiadasi” sport musobaqasi, “Inson uchun” xayriya marafoni, “Paralimpiyachilar matonati” xalqaro forumi hamda o‘z vakolati doirasida ko‘rgazmalar, forumlar, konferensiyalar, simpoziumlarni tashkillashtirish va o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Paralimpiya sport turlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha respublika kengashi Adaptiv sport turlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha respublika kengashi etib qayta nomlansin va uning yangilangan tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-noyabrdagi PQ-389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 07/24/389/0911-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Matonat maktabining aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarining qo‘lga kiritgan yutuqlari, ularning ibratli hayot tarzini targ‘ib qilish sohasidagi faoliyatiga Mudofaa vazirligi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Matonat maktabining aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini parasport turlariga keng jalb qilish sohasidagi faoliyatiga Sport vazirligi ko‘maklashadi.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Matonat maktabi faoliyatini tashkil qilishning quyidagi tartibi joriy qilinsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) har yili 15-noyabrga qadar Adaptiv sport turlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha respublika kengashi tarkibiga kiritilgan vazirlik, idora, hokimliklar va jamoat tashkilotlari tegishli namuna bo‘yicha ishlab chiqilgan kelgusi yil davomida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasini Agentlikka taqdim etadi;
(6-bandning “a” kichik bandsi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-noyabrdagi PQ-389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 07/24/389/0911-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Agentlik O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, Mudofaa vazirligi va Sport vazirligi bilan birgalikda taqdim etilgan chora-tadbirlar rejalarini Matonat maktabining asosiy vazifalari, mazkur qarorning 5-bandida ko‘zda tutilgan yo‘nalishlar, shuningdek, boshqa dolzarb masalalarni hisobga olgan holda umumlashtiradi hamda kompleks reja loyihasini tayyorlaydi;
(6-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-75-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 06/24/75/0335-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Agentlik va O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi har yili 10-dekabrga qadar kompleks reja loyihasini ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun, shuningdek, qabul qilingan kompleks rejaning ijrosi bo‘yicha yig‘ma axborotni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
(6-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-75-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 06/24/75/0335-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Adaptiv sport turlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha respublika kengashi (A.N. Aripov):
(6-band “g” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-noyabrdagi PQ-389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 07/24/389/0911-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vazirliklar, idoralar, hokimliklar va boshqa tashkilotlarning mazkur qarorda belgilangan vazifalar ijrosi haqidagi hisobotlarini eshitadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kengash yig‘ilishida kompleks reja loyihasini ko‘rib chiqadi va har yili 25-dekabrga qadar tasdiqlaydi;
(6-band “g” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-75-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 06/24/75/0335-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Matonat maktabi faoliyatini samarali tashkil etishda barcha vazirlik, idora, hokimlik va jamoat tashkilotlarining o‘zaro hamkorligini ta’minlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) Agentlik, Mudofaa vazirligi hamda Sport vazirligi O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi bilan birgalikda kompleks reja ijrosi ustidan doimiy nazorat olib boradi.
(6-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-75-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 06/24/75/0335-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Adaptiv sport turlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha respublika kengashi (A.N. Aripov) uch hafta muddatda Matonat maktabida 2022-yil davomida quyidagilar amalga oshirishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin va uning tizimli ravishda amalga oshirilishini ta’minlasin:
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-noyabrdagi PQ-389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 07/24/389/0911-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Mudofaa vazirligi (B. Kurbanov) tomonidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarning, shu jumladan jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning ongu tafakkuriga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini, milliy armiyamiz bilan faxrlanish, davlat xavfsizligini himoya qilish uchun mas’uliyat tuyg‘usini chuqur singdirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarga mamlakatimizning mudofaa salohiyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun va mohiyatini tizimli ravishda yetkazish hamda dunyoda sodir bo‘layotgan globallashuv jarayonlariga nisbatan ularda ongli munosabat va faol hayotiy pozitsiyani shakllantirish, burchga sadoqat, mas’uliyat, fidoyilikni oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarning, shu jumladan paralimpiyachilarning harbiy qismlarga ekskursiyalar va ko‘rgazmali tashriflarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vatan ozodligi yo‘lida qahramonlik ko‘rsatgan buyuk ajdodlarimiz va jasur zamondoshlarimizning ibratli hayotini keng targ‘ib etish asosida yoshlarda “Yangi O‘zbekiston — yangi g‘alabalar sari” degan hayotiy e’tiqodni qaror toptirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Milliy gvardiya (R. Djurayev) tomonidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
terrorizmga qarshi kurashishda hamda terrorchilik harakatlarining oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etib, mardonavor halok bo‘lgan askarlarning ibratli hayotini keng targ‘ib etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarning, shu jumladan paralimpiyachilarning Temurbeklar maktablari, oliy harbiy ta’lim muassasalari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning maxsus guruhlari va harbiy qismlarga ekskursiyalar va ko‘rgazmali tashriflarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mard o‘g‘lon” davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashuvlar o‘tkazish, ular erishgan yutuq va natijalarni yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Temurbek vorislari” harbiy-sport o‘yinlarini bosqichma-bosqich tashkil etish, ularga jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarni jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov) tomonidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarga mo‘ljallangan badiiy, multiplikatsion va qisqa metrajli filmlar ishlab chiqarilishini kengaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarning mamlakatda amalga oshirilayotgan siyosiy, ilmiy va ijtimoiy islohotlardagi ishtirokini aks ettiradigan va daxldorlik tuyg‘usini shakllantiradigan turli janr va mavzularda filmlar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarning sportga kirib kelishidan boshlab ularning yuqori natijalarga erishish yo‘li, nufuzli musobaqalardagi ishtiroki va bugungi kundagi hayoti to‘g‘risida qisqa metrajli badiiy va hujjatli filmlar, videoroliklar tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlar hayoti, ularning orzu-intilishlari, o‘y-havaslarini ifodalovchi filmlar ishlab chiqarilishini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayyorlangan filmlarni yoshlar orasida keng targ‘ib va tashviq qilish choralarini ko‘rish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev) tomonidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarda, xususan uyushmagan yoshlarda tarixiy xotira, milliy g‘urur va o‘zlikni anglash, ro‘y berayotgan voqealarga daxldorlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning zamonaviy kasblarni egallashga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ular o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishlari uchun shart-sharoitlar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlar, xususan uyushmagan yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi madaniyatini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlarni, xususan uyushmagan yoshlarni diniy-ekstremistik va boshqa buzg‘unchi tashkilotlar ta’siridan, chetdan “ommaviy madaniyat” niqobi ostida kirib kelayotgan salbiy ta’sir va tahdidlardan asrash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi (S. Sayyid) tomonidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
katta iste’dod va yuksak fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan keksa avlod vakillarining ijodiy salohiyati va mahoratidan yoshlarni keng bahramand etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yosh iste’dod sohiblarini izlab topish, ularning iqtidorini ro‘yobga chiqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mumtoz adabiyotimizni, buyuk namoyandalarning asarlarini yoshlarga yanada yaqinlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlar, shu jumladan jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan “Do‘rmon”, “Parkent” va “Zomin” ijod uylarida taniqli yozuvchilar, shoirlar ishtirokidagi uchrashuvlarni tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahallalar, ta’lim muassasalarida yoshlar, shu jumladan paralimpiyachilar ishtirokida muntazam ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish, shuningdek, ijodiy uchrashuvlar tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) “Nuroniy” jamg‘armasi (S. Turdiyev) tomonidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oqsoqollar, keksa yoshdagi mahalla faollarini yoshlarni Vatanga muhabbat, keksalarni e’zozlash, ezgulik va rahmdillik singari xalqimizning ko‘p asrlik an’analarini hurmat qilish ruhida tarbiyalashga yo‘naltirilgan ijtimoiy faoliyatga jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda yoshlarni ijtimoiy va moddiy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ularning birinchi navbatdagi ehtiyojlari qondirilishida har tomonlama yordam berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taniqli keksa yozuvchilar, artistlar, xonandalar, sport faxriylari, rassomlar va ijodkor ziyolilarning boshqa vakillarini taklif etgan holda yoshlar o‘rtasida ijodiy kechalar tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (A. Ko‘chimov) tomonidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoshlar, shu jumladan jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar va paralimpiyachilarning ibratli hayot yo‘llari va qiyinchiliklarni qanday yengib o‘tganliklari hamda g‘alaba qozonganligi haqidagi uchrashuv va suhbatlarni keng yoritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish va tematik teleradiodasturlar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paralimpiya sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionati (kubogi), mamlakatimizda o‘tkaziladigan nufuzli xalqaro musobaqalar (turnirlar)ni ommaviy axborot vositalarida yoritib borish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, Toshkent shahar hokimligi, Transport vazirligi va Sportni rivojlantirish vazirligining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent shahri, A. Qodiriy ko‘chasida joylashgan piyodalar yurish va dam olish maskanida Paralimpiyachilar bog‘ini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent metropolitenining yangi qurilayotgan bekatlaridan biriga “Paralimpiya harakati” nomini berish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Belgilab qo‘yilsinki, Matonat maktabi bo‘yicha O‘zbekiston tajribasini dunyo mamlakatlariga targ‘ib etish maqsadida 2023-yildan boshlab har ikki yilda bir marotaba Toshkent shahrida “Paralimpiyachilar matonati” xalqaro forumi o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tasarrufida ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar Matonat maktabi bilan hamkorlikda quyidagilarni 2022/2023 o‘quv yili boshlanishiga qadar amalga oshirsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ta’lim jarayonida sog‘lom o‘quvchi va talabalar bilan bir qatorda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchi va talabalarning aqliy hamda ijtimoiy salohiyatlarini rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rivojlanishning turli imkoniyatlariga ega bo‘lgan o‘quvchi va talabalar uchun har qanday kamsitilishni istisno qiladigan, barcha o‘quvchi va talabalarga teng munosabatda bo‘lishni ta’minlaydigan yagona moslashtirilgan ijtimoiy muhitni yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoatchilik hamda ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchi va talabalar muammolariga nisbatan bag‘rikenglik munosabatini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Madaniyat vazirligi bilan birgalikda o‘quvchi va talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ularning qiziqishlarini inobatga olgan holda musiqa, rassomchilik, tasviriy san’at, kulolchilik va boshqa to‘garaklarni tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Xalq ta’limi vazirligi (B. Saidov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev) tasarrufidagi imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar), “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari, shuningdek, nogironligi bo‘lgan bolalar uchun “Muruvvat” internat uylarida paralimpiya sport turlari, shu jumladan parastol tennisi, paradzyudo, golbol, 5x5 futbol, parayengil atletika, bochcha, parapauerlifting, paraqilichbozlik sport turlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratsin hamda ularni zaruriy sport jihozlari va formalari bilan ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq ta’limi vazirligi (B. Saidov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) tasarrufidagi imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar), “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari uchun sport jihozlari va formalarini xarid qilish maqsadida vazirlikka ajratilgan budjet mablag‘larining iqtisod qilingan qismidan yil yakuniga qadar 2 milliard so‘mgacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev) “Muruvvat” internat uylari uchun sport jihozlari va formalarini xarid qilish maqsadida vazirlikka ajratilgan budjet mablag‘larining iqtisod qilingan qismidan yil yakuniga qadar 1 milliard so‘mgacha yo‘naltirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) 2023-yildagi Davlat budjetining parametrlarini shakllantirishda mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun 3 milliard so‘mdan kam bo‘lmagan mablag‘larni nazarda tutsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov) Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar), “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari hamda “Muruvvat” internat uylaridagi nogironligi bo‘lgan bolalarni doimiy ravishda hududlardagi sport-ta’lim muassasalarida (sport maktablari, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari va boshqalar) belgilangan parasport turlariga jalb qilish choralarini ko‘rsin.
(13-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Yoshlar siyosati va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi Matonat maktabining samarali faoliyat olib borishi uchun yetarli sharoit hamda multimedia mahsulotlari, adabiyotlar, buklet, banner va boshqa kreativ targ‘ib qiluvchi materiallar bilan ta’minlasin.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (I. Abduraxmonov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov) hamda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi (M.Tashxodjayev) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarning ta’lim olgan muassasalarida “Matonatli sportchilarimiz — faxrimiz” xonalarini tashkil etsin.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Matonat maktabi ishchi guruhlarining hududlarda samarali faoliyat olib borishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Matonat maktabi tomonidan amalga oshiriladigan targ‘ibot-tashviqot ishlarini manzilli tashkil etish va tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar)lar tarixiy muzeylarida Paralimpiya, Paraosiyo o‘yinlarida ishtirok etgan sportchilarga bag‘ishlangan ekspozitsiyalar tashkil etish choralarini ko‘rsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Moliya vazirligi (T. Ishmetov) mazkur qarorda belgilangan Matonat maktabi faoliyatini tashkil qilish bilan bog‘liq zarur mablag‘larni 2022-yil respublika budjetida ko‘zda tutilgan mablag‘lar doirasida, 2023-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutishni ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Matonat maktabi Toshkent shahri, Beshyog‘och ko‘chasi, 126-uy manzili bo‘yicha joylashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-maydagi “Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5114-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib mudofaa vaziri B.N. Kurbanov, yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov hamda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi M.M. Tashxodjayev belgilansin.
(20-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi K.K. Kuranbayev zimmasiga yuklansin.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 6-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-270-son
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyundagi PQ-270-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Adaptiv sport turlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha respublika kengashi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
(1-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-noyabrdagi PQ-389-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.11.2024-y., 07/24/389/0911-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

A.N. Aripov

Bosh vazir, Respublika kengashi raisi

2.

M.P. Olloyorov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori, Respublika kengashi raisi o‘rinbosari

3.

B.N. Kurbanov

mudofaa vaziri, Respublika kengashi raisi o‘rinbosari

4.

M.M. Tashxodjayev

O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi, Respublika kengashi raisi o‘rinbosari

5.

R.M. Djurayev

Milliy gvardiya qo‘mondoni

6.

X.U. Umarova

maktabgacha va maktab ta’limi vaziri

7.

A.I. Ikramov

sport vaziri

8.

K.A. Sharipov

oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri

9.

A.A. Xudayarov

sog‘liqni saqlash vaziri v.b.

10.

O.A. Nazarbekov

madaniyat vaziri

11.

B.I. Zakirov

qurilish va uy joy kommunal xo‘jaligi vaziri

12.

I.I. Norqulov

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari

13.

A.Z. Sa’dullayev

Yoshlar ishlari agentligi direktori

14.

F.F. Abduxalikov

Kinematografiya agentligi bosh direktori

15.

R.M. Matkarimov

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori

16.

S. Turdiyev

“Nuroniy” jamg‘armasi boshqaruvi raisi

17.

S. Sayyid

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

18.

K.K. Abdullayev

O‘zbekiston nogironlar jamiyati boshqaruvi raisi

19.

G.O‘. Shodiyeva

O‘zbekiston karlar jamiyati boshqaruvi raisi

20.

E.D. Norpulatov

O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati boshqaruvi raisi

21.

Lavozimi bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari

22.

R.A. Talipov

Vazirlar Mahkamasining mas’ul xodimi, Respublika kengashi kotibi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Respublika kengashi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
(1-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-75-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 06/24/75/0335-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyundagi PQ-270-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-maydagi “Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5114-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshidagi “24” raqami “26” raqami bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
to‘rtinchi xatboshidagi “mazkur qarorga asosan tashkil qilinayotgan Paralimpiya sport turlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha respublika kengashi” so‘zlari “Paralimpiyachilarning matonat maktabi faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish va paralimpiya sport turlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha respublika kengashi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“14. Paralimpiya sport turlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagi mazmundagi 141-band bilan to‘ldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“141. Paralimpiyachilarning matonat maktabi faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish va paralimpiya sport turlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha respublika kengashi (A.N. Aripov):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 2021-yilda paralimpiya sport turlarini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha manzilli hududiy dasturlarni tasdiqlasin, shuningdek, ularning to‘liq va sifatli ijro etilishi yuzasidan doimiy monitoring o‘rnatsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
paralimpiya sport turlarini rivojlantirish va ommalashtirish maqsadida mahalliy, xorijiy va xalqaro tashkilotlarning grantlari, homiylar — yuridik va jismoniy shaxslarning mablag‘larini jalb qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, Paralimpiya qo‘mitasining yillik daromadlar va xarajatlar smetasini tasdiqlash, unga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish Respublika kengashi tomonidan amalga oshiriladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zbekiston milliy paralimpiya qo‘mitasining
TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Rais

Rais o‘rinbosari

Bosh kotib

Paralimpiyachilarning matonat maktabi

2

Ilmiy-metodik ta’minlash va rivojlantirish bo‘limi

2

Xalqaro aloqalar va marketing bo‘limi

2

Bosh yuriskonsult

1

Paralimpiya sport turlari infratuzilmasini rivojlantirish bo‘limi

2

Hamkor tashkilotlar va sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) bilan ishlash bo‘limi

2

Xodimlar bilan ishlash bo‘yicha inspektor

1

Paralimpiya sport turlarini muvofiqlashtirish sektori

1

Hududiy bo‘linmalar bilan ishlash bo‘limi

2

Moliya-iqtisodiyot bo‘limi

3

Sport tibbiyoti sektori

1

Ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan ishlash sektori

1

Moddiy-texnik ta’minot bo‘limi

2

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 26 nafar, shundan 16 ta shtat birligi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar soni o‘rnatilgan me’yorlarga muvofiq belgilanadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 07/22/270/0480-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son; 10.05.2024-y., 06/24/75/0335-son; 12.11.2024-y., 07/24/389/0911-son; 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son; 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son; 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)