07.11.2024 yildagi 745-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 07.11.2024 yildagi 745-son
Date of entry into force
08.11.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Oldingi tahrirga qarang.

Tadbirkorlik subyektlarini ragʻbatlantirish va ularning qonuniy ishlashi uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan toʻrtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 30-avgustdagi PF-132-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy ovqatlanish, turoperatorlik, mehmonxona va tibbiy xizmatlarni koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga budjetga toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismini qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chorvachilik va parrandachilik xoʻjaliklariga budjetga toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismini qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom 11-ilovaga muvofiq;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalar uchun moʻljallangan kontentlar yaratish bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarga ular tomonidan toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom 12-ilovaga muvofiq;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zargarlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga budjetga toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismini qaytarish hamda qoʻshilgan qiymat soligʻi bazasini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom 13-ilovaga muvofiq;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan jismoniy shaxslardan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari naqd pulga xarid qilinganda, kirim hujjatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Soliq qoʻmitasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 20-noyabrga qadar umumiy ovqatlanish, turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga ular tomonidan toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha avtomatlashtirilgan dastur ishlab chiqsin hamda ushbu dasturni doimiy takomillashtirib borish choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 1-dekabrga qadar umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan jismoniy shaxslardan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari xarid qilinganda, kirim hujjatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish imkoniyatini yaratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda 2024-yil 1-dekabrdan boshlab umumiy ovqatlanish korxonalari jismoniy shaxslardan naqd pulga xarid qilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar elektron shaklda soliq organlari maʼlumotlar bazasida aks ettirilishi soliq solish maqsadlarida kirim hujjatlariga tenglashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur qarorni amalga oshirish doirasida dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish bilan bogʻliq xarajatlar Soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi hisobidan qoplanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur qarorga muvofiq toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismi Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining daromadlar qismida qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarishga rejalashtirilgan mablagʻlar hisobidan qaytariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlarining roʻyxati hamda ularning toifasi (yulduzi) soliq organlarining maʼlumotlar bazasiga integratsiya qilingan axborot tizimi orqali Soliq qoʻmitasiga onlayn taqdim etilishini va doimiy tarzda yangilab borilishini taʼminlasin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Savdo-sanoat palatasi Soliq qoʻmitasi bilan birgalikda ushbu qarorning mohiyati va ahamiyatini tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida keng targʻib qilinishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 7-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
745-son

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-noyabrdagi 745-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy ovqatlanish, turoperatorlik, mehmonxona va tibbiy xizmatlarni koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga budjetga toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismini qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VAQTINCHALIK NIZOM
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Vaqtinchalik nizom umumiy ovqatlanish, turoperatorlik, mehmonxona va tibbiy xizmatlarni koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga ular tomonidan hisobot davrida toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining (keyingi oʻrinlarda — soliq) bir qismini qaytarish tartibini belgilaydi.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Vaqtinchalik nizom qoidalari aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilishi natijasida hosil boʻlgan ortiqcha toʻlov summasiga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Vaqtinchalik nizom 2028-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.

2. Vaqtinchalik nizom maqsadlarida quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:

avtomatlashtirilgan dastur — umumiy ovqatlanish, turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismini qaytarish yoki qaytarishni rad etish asoslarini tekshiradigan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat moliyasini boshqarishning axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda — DMBAT) integratsiya qilingan Soliq qoʻmitasining avtomatlashtirilgan dasturi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehmonxona — mehmonxona xizmatlarini (joylashtirish boʻyicha xizmatlarni) koʻrsatuvchi yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oylik tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmaning naqd pulsiz qismi — soliq davrida umumiy ovqatlanish xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha aylanmaning toʻlov terminallari, kontaktsiz onlayn toʻlov tizimlari yoki banklar orqali amalga oshirilgan hisob-kitoblar;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik subyekti — soliq organlari maʼlumotlar bazasiga muvofiq aniqlangan, soliq davrida tegishli faoliyat turi boʻyicha tushgan umumiy tushumi jami tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadning:
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turoperatorlik xizmati boʻyicha — kamida 90 foiz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy ovqatlanish xizmatlari boʻyicha — kamida 80 foiz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiy xizmatlar boʻyicha — kamida 70 foiz;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehmonxona xizmatlari boʻyicha toifasidan (yulduzidan) kelib chiqib — kamida 70 foizni tashkil qiladigan subyektlar;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qaroriga asosan oltinchi — toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish aylanmasi — soliq davrida umumiy ovqatlanish, mehmonxona, turoperatorlik, tibbiy xizmatlaridan birini koʻrsatish boʻyicha amalga oshirilgan Soliq kodeksining 239-moddasiga muvofiq eʼtirof etilgan aylanma;
(2-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turoperator — turistik mahsulotni shakllantirish, targʻib etish va realizatsiya qilish uchun litsenziya asosida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy ovqatlanish sohasidagi xoʻjalik yurituvchi subyekt — umumiy ovqatlanish sohasida pazandalik, shuningdek, boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash, sotish va isteʼmol qilishni tashkil etish hamda xizmatlar koʻrsatish boʻyicha funksiyalarni bajaruvchi yuridik shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gʻaznachilik — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Toʻlangan soliqning bir qismi ushbu Vaqtinchalik nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Toʻlangan soliqning bir qismini qaytarish tartibi

4. 2024-yil 1-oktabrdan boshlab turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini, 2025-yil 1-yanvardan boshlab umumiy ovqatlanish xizmatlarini, 2026-yil 1-yanvardan boshlab tibbiy xizmatlarni koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga ushbu Vaqtinchalik nizom talablaridan kelib chiqib toʻlangan soliqning bir qismi quyidagi miqdorlarda respublika budjetidan qaytariladi:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) umumiy ovqatlanish korxonalariga ularning oylik tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmasining naqd pulsiz qismi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60 foiz va undan yuqori boʻlganda — budjetga toʻlangan soliqning 40 foizi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60 foizdan kam boʻlganda — budjetga toʻlangan soliqning 20 foizi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) turoperatorlik, mehmonxona va tibbiy xizmatlarni koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga — budjetga toʻlangan soliqning 20 foizi.
(4-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy ovqatlanish xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismini qaytarishda, mazkur subyektlar tomonidan tovarlar (xizmatlar) uchun toʻlovlar marketpleyslar orqali qabul qilinganda, ushbu toʻlovlar naqd pulsiz toʻlovga tenglashtiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Tadbirkorlik subyekti Soliq kodeksining 80-moddasiga asosan soliq hisobotida jami tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmalarni amalga oshirayotgan faoliyat turi boʻyicha ajratib koʻrsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tadbirkorlik subyekti soliq hisobotini taqdim etgandan soʻng, lekin uch oydan kechiktirmasdan toʻlangan soliqning bir qismini qaytarish uchun murojaat qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻlangan soliqning bir qismini qaytarish uchun murojaat avtomatlashtirilgan dastur orqali koʻrib chiqiladi.

7. Tadbirkorlik subyekti tomonidan kamaytirish uchun taqdim etilgan aniqlashtirilgan hisobot berish orqali toʻlangan soliq summasi oʻzgargan taqdirda, kamaygan summaga mutanosib ravishda soliqning qaytarilgan qismi budjetga toʻlanishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi va toʻlangan soliqning bir qismini aniqlash hamda tadbirkorlik subyektining bankdagi hisobvaragʻiga oʻtkazib berish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi va toʻlangan soliqning bir qismi quyidagi mezonlar inobatga olingan holda avtomatlashtirilgan dastur orqali aniqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) tadbirkorlik subyektlarining oylik jami tovar aylanmasi hajmida turoperatorlik xizmatining umumiy ulushi ushbu faoliyat turlariga mos keluvchi Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogidagi kodlar (keyingi oʻrinlarda — identifikatsiya kodi) boʻyicha elektron hisobvaraq-faktura, onlayn nazorat-kassa texnikasi va elektron tijorat platformalari (marketpleys) orqali shakllantirilgan chek maʼlumotlari asosida aniqlanganda, 90 foiz va undan ortiq boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) tadbirkorlik subyektlarining oylik jami tovar aylanmasi hajmida mehmonxona xizmatining umumiy ulushi ushbu faoliyat turlariga mos keluvchi Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogidagi kodlar boʻyicha elektron hisobvaraq-faktura, onlayn nazorat-kassa texnikasi va elektron tijorat platformalari (marketpleys) orqali shakllantirilgan chek maʼlumotlari asosida aniqlanganda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toifasi (yulduzi) bir boʻlgan yoki toifasi (yulduzi) boʻlmagan mehmonxonalar uchun — kamida 90 foiz va undan ortiq boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toifasi (yulduzi) ikki boʻlgan mehmonxonalar uchun — kamida 85 foiz va undan ortiq boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toifasi (yulduzi) uch boʻlgan mehmonxonalar uchun — kamida 80 foiz va undan ortiq boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toifasi (yulduzi) toʻrt boʻlgan mehmonxonalar uchun — kamida 75 foiz va undan ortiq boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toifasi (yulduzi) besh boʻlgan mehmonxonalar uchun — kamida 70 foiz va undan ortiq boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) umumiy ovqatlanish xizmatlarining oylik jami tovar aylanmasi hajmida umumiy ulushi ushbu faoliyat turlariga mos keluvchi identifikatsiya kodi boʻyicha elektron hisobvaraq-faktura, onlayn nazorat-kassa texnikasi va elektron tijorat platformalari (marketpleys) orqali shakllantirilgan chek maʼlumotlari asosida aniqlanganda, 80 foiz va undan ortiq boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) soliq organlarida mavjud maʼlumotlar asosida umumiy ovqatlanish sohasidagi tadbirkorlik subyektlarida oylik tovar aylanmasining naqd pulsiz qismi 60 foizgacha yoki 60 foiz va undan yuqori boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) tibbiy xizmatlarining oylik jami tovar aylanmasi hajmida umumiy ulushi ushbu faoliyat turlariga mos keluvchi identifikatsiya kodi boʻyicha elektron hisobvaraq-faktura, onlayn nazorat-kassa texnikasi va elektron tijorat platformalari (marketpleys) orqali shakllantirilgan chek maʼlumotlari asosida aniqlanganda, 70 foiz va undan ortiq boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) ushbu Vaqtinchalik nizom talablariga asosan tadbirkorlik subyektining hisobot oyida hisoblangan soliq summasiga nisbatan toʻlangan soliq summasi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Avtomatlashtirilgan dastur orqali tadbirkorlik subyektining ushbu Vaqtinchalik nizomda belgilangan koʻrsatkichlari aniqlangandan soʻng soliq organining xulosasi shakllantiriladi va tadbirkorlik subyektining murojaati berilgandan keyin bir ish kuni ichida avtomatlashtirilgan dastur orqali soliq organining xulosasi Gʻaznachilikka yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Gʻaznachilik avtomatlashtirilgan dastur orqali soliq organining xulosasi asosida bir ish kuni ichida tadbirkorlik subyektining bankdagi asosiy hisobvaragʻiga milliy valyutada oʻtkazib beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda tadbirkorlik subyektida soliqlar, moliyaviy sanksiyalar va penyalar boʻyicha qarzdorligi mavjud boʻlsa, toʻlangan soliqning bir qismi birinchi navbatda ushbu qarzlarni soʻndirishga yoʻnaltiriladi.

Gʻaznachilik tadbirkorlik subyektining bankdagi asosiy hisobvaragʻiga oʻtkazib berilgan toʻlangan soliqning bir qismi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni DMBAT orqali avtomatlashtirilgan dasturga yuboradi.

11. Mazkur Vaqtinchalik nizomga asosan elektron hisobvaraq-faktura va onlayn nazorat-kassa cheklariga tuzatish kiritish ushbu tuzatish kiritilayotgan summa boʻyicha qaytarib olingan soliq summasining tegishli qismi budjetga toʻliq toʻlangandan soʻng amalga oshiriladi.

4-bob. Tadbirkorlik subyektlariga toʻlangan soliqning bir qismini qaytarish yoki qaytarishni rad etish asoslari
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Tadbirkorlik subyektlariga toʻlangan soliqning bir qismi quyidagi shartlar toʻliq bajarilganda avtomatik ravishda qaytariladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) hisobot davrida taqdim etilgan soliq hisobotiga muvofiq hisoblangan soliq ushbu hisobot davrining 1-sanasidan 20-sanasiga qadar budjetga toʻliq toʻlanganda, bunda hisobot davridan oldingi oylarda ortiqcha toʻlangan soliq summasi ham inobatga olinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) hisobot davrida turoperatorlik xizmatini koʻrsatish boʻyicha umumiy tovar aylanmasi jami tovar aylanmasining 90 foizidan kam boʻlmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) hisobot davrida tibbiy xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha umumiy tovar aylanmasi jami tovar aylanmasining 70 foizidan kam boʻlmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) hisobot davrida mehmonxona xizmatini koʻrsatish boʻyicha umumiy tovar aylanmasi jami tovar aylanmasining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toifasi (yulduzi) bir boʻlgan yoki toifasi (yulduzi) boʻlmagan mehmonxonalar uchun — kamida 90 foizidan kam boʻlmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toifasi (yulduzi) ikki boʻlgan mehmonxonalar uchun — kamida 85 foizidan kam boʻlmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toifasi (yulduzi) uch boʻlgan mehmonxonalar uchun — kamida 80 foizidan kam boʻlmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toifasi (yulduzi) toʻrt boʻlgan mehmonxonalar uchun — kamida 75 foizidan kam boʻlmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toifasi (yulduzi) besh boʻlgan mehmonxonalar uchun — kamida 70 foizidan kam boʻlmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) hisobot davrida umumiy ovqatlanish xizmatlari boʻyicha umumiy tovar aylanmasi jami tovar aylanmasining 80 foizidan kam boʻlmaganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda turoperatorlik xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlarining koʻrsatilgan xizmatlar uchun chet el valyutasidagi tushumlari barcha tovarlarni va xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumning kamida 80 foizini tashkil etganda, toʻlangan soliqning bir qismi qaytariladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Ushbu Vaqtinchalik nizomning 12-bandida nazarda tutilgan shartlar bajarilmagan taqdirda, tadbirkorlik subyektlariga toʻlangan soliqning bir qismini qaytarish avtomatik ravishda rad etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Soliq organi toʻlangan soliqning bir qismini qaytarib berishni rad etish toʻgʻrisida xulosa berganda, bu toʻgʻrisida avtomatlashtirilgan dastur orqali bir ish kuni ichida soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga soliqning bir qismini qaytarib berishni rad etishning asoslantirilgan sabablari koʻrsatilgan holda xabarnoma yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Tadbirkorlik subyekti soliq summasini qaytarib berishni rad etish toʻgʻrisidagi xulosa yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakunlovchi qoidalar

16. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan toʻlangan soliqning bir qismi asossiz qaytarib olinganligi (yolgʻon maʼlumotlar taqdim qilish, hujjatlarni soxtalashtirish) holatlari aniqlanganda, asossiz qaytarib olingan summa belgilangan tartibda penya hisoblagan holda budjetga undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
161. Elektron hisobvaraq-fakturalarda, nazorat-kassa texnikasi cheklarida yoki elektron tijorat platformalarida (marketpleys) faoliyatning oʻziga xos xususiyatlariga va amalga oshiriladigan turlariga muvofiq boʻlgan identifikatsiya kodlarining toʻgʻri aks ettirilishiga tadbirkorlik subyektlari masʼul va javobgar hisoblanadi.
(161-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ushbu Vaqtinchalik nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy ovqatlanish, turoperatorlik, mehmonxona va tibbiy xizmatlarni koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga budjetga toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismini qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
ILOVA
(ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy ovqatlanish, turoperatorlik, mehmonxona va tibbiy xizmatlarni koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga budjetga toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismini qaytarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Tadbirkorlik subyekti

Toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining (QQS) bir qismini qaytarib olish uchun mobil ilova yoki my.soliq.uz orqali murojaat yuboriladi.

QQS hisoboti taqdim etish muddatidan soʻng, lekin 3 oydan kechiktirmasdan

2-bosqich

Avtomatlashtirilgan axborot tizim orqali

Toʻlangan QQSning bir qismini qaytarish hisobot davrida tadbirkorlik subyektining shaxsiy hisobvaragʻida hisoblangan soliq summasiga nisbatan toʻlangan QQS summasi hisob-kitob qilinadi.

Har oyning 25-sanasigacha

3-bosqich

Soliq organi

Tadbirkorlik subyektining murojaati asosida dastur orqali soliq organining toʻlangan QQSning bir qismini qaytarish boʻyicha xulosasi avtomatik ravishda Gʻaznachilikka yuboriladi.

Bir ish kunida

4-bosqich

Gʻaznachilik

Respublika budjetida ushbu maqsadlar uchun moʻljallangan mablagʻlar doirasida (yetarli mablagʻlar mavjud boʻlganda) avtomatik tarzda soliq summasini soliq toʻlovchining bank hisobvaragʻiga oʻtkazadi.

Bunda tadbirkorlik subyektida soliqlar, moliyaviy sanksiyalar va penyalar boʻyicha qarzdorligi mavjud boʻlsa, toʻlangan soliqning bir qismi birinchi navbatda ushbu qarzlarni soʻndirishga yoʻnaltiriladi.

Bir ish kunida

Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-noyabrdagi 745-son qaroriga
11-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chorvachilik va parrandachilik xoʻjaliklariga budjetga toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismini qaytarish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VAQTINCHALIK NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Vaqtinchalik nizom chorvachilik va parrandachilik xoʻjaliklariga ular tomonidan hisobot davrida toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining (keyingi oʻrinlarda — soliq) bir qismini qaytarish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vaqtinchalik nizom qoidalari aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilishi natijasida hosil boʻlgan ortiqcha toʻlov summasiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vaqtinchalik nizom 2028-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Vaqtinchalik nizom maqsadlarida quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomatlashtirilgan dastur — chorvachilik va parrandachilik xoʻjaliklariga toʻlangan soliqning bir qismini qaytarish yoki qaytarishni rad etish asoslarini tekshiradigan, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat moliyasini boshqarishning axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda — DMBAT) integratsiya qilingan Soliq qoʻmitasining avtomatlashtirilgan dasturi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yirik va mayda shoxli mollar — yuridik shaxslar tomonidan saqlanadigan (parvarish qilinadigan) va urchitiladigan uy hayvonlari — qoramol, qoʻy va echki;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gʻaznachilik — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Gʻaznachilik);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chorvachilik va parrandachilik xoʻjaliklari — mulk yoki ijara huquqi asosida foydalaniladigan yer uchastkalariga ega boʻlgan, soliq davrida oʻzida ishlab chiqarilgan yirik va mayda shoxli mollar goʻshti, suti hamda parranda (tovuq, bedana, oʻrdak, gʻoz, kurka va tuyaqush) goʻshti va tuxumini realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushum jami tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan daromadining kamida 90 foizini tashkil qiladigan chorvachilik va parrandachilik xoʻjaliklari boʻlgan yuridik shaxslar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Chorvachilik va parrandachilik xoʻjaliklarining faoliyat turi Iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat tasniflagichi asosida aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Sanoatda qayta ishlangan goʻsht, sut hamda parranda goʻshti va tuxumi uchun toʻlangan soliqning bir qismi qaytarib berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Toʻlangan soliqning bir qismini qaytarish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 2025-yil 1-apreldan boshlab chorvachilik va parrandachilik xoʻjaliklariga (keyingi oʻrinlarda — tadbirkorlik subyektlari) ushbu Vaqtinchalik nizom talablaridan kelib chiqib toʻlangan soliqning 50 foizi respublika budjetidan qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Toʻlangan soliqning bir qismi ushbu Vaqtinchalik nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Tadbirkorlik subyektlari Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 80-moddasiga asosan soliq hisobotida jami tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmalarni amalga oshirayotgan faoliyat turi boʻyicha ajratib koʻrsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tadbirkorlik subyekti soliq hisobotini taqdim etgandan soʻng, lekin uch oydan kechiktirmasdan toʻlangan soliqning bir qismini qaytarish uchun murojaat qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻlangan soliqning bir qismini qaytarish uchun murojaat avtomatlashtirilgan dastur orqali koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Tadbirkorlik subyekti tomonidan kamaytirish uchun taqdim etilgan aniqlashtirilgan hisobot berish orqali toʻlangan soliq summasi oʻzgargan taqdirda, kamaygan summaga mutanosib ravishda soliqning qaytarilgan qismi budjetga toʻlanishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi va toʻlangan soliqning bir qismini aniqlash hamda uni tadbirkorlik subyektining bankdagi hisobvaragʻiga oʻtkazib berish tartibi

10. Tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi va toʻlangan soliqning bir qismi quyidagi mezonlar inobatga olingan holda avtomatlashtirilgan dastur orqali aniqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mulk yoki ijara huquqlari asosida foydalaniladigan yer uchastkalariga ega ekanligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq davrida oʻzida ishlab chiqarilgan yirik va mayda shoxli mollar goʻshti, suti hamda parranda (tovuq, bedana, oʻrdak, gʻoz, kurka va tuyaqush) goʻshti va tuxumini realizatsiya qilishdan umumiy tushum Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogidagi kodlar boʻyicha elektron hisobvaraq-faktura, onlayn nazorat-kassa texnikasi va elektron tijorat platformalari (marketpleys) orqali shakllantirilgan chek maʼlumotlari asosida aniqlanganda, jami tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadning 90 foizi va undan ortiq boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Vaqtinchalik nizom talablariga asosan tadbirkorlik subyektining hisobot oyida hisoblangan soliq summasiga nisbatan toʻlangan soliq summasi.

11. Avtomatlashtirilgan dastur orqali tadbirkorlik subyektining ushbu Vaqtinchalik nizomda belgilangan koʻrsatkichlari aniqlangandan soʻng soliq organining xulosasi shakllantiriladi va tadbirkorlik subyektining murojaati asosida bir ish kuni ichida avtomatlashtirilgan dastur orqali soliq organining xulosasi Gʻaznachilikka yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Gʻaznachilik avtomatlashtirilgan dastur orqali soliq organining xulosasi asosida bir ish kuni ichida tadbirkorlik subyektining bankdagi asosiy hisobvaragʻiga toʻlangan soliqning bir qismini milliy valyutada oʻtkazib beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda tadbirkorlik subyektining soliqlar, moliyaviy sanksiyalar va penyalar boʻyicha qarzdorligi mavjud boʻlsa, toʻlangan soliqning bir qismi birinchi navbatda ushbu qarzlarni soʻndirishga yoʻnaltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gʻaznachilik tadbirkorlik subyektining bankdagi asosiy hisobvaragʻiga oʻtkazib berilgan toʻlangan soliqning bir qismi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni DMBAT orqali avtomatlashtirilgan dasturga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Mazkur Vaqtinchalik nizomga asosan elektron hisobvaraq-faktura va onlayn nazorat-kassa cheklariga oʻzgartirilayotgan summa boʻyicha qaytarib olingan soliq summasining tegishli qismi budjetga toʻliq toʻlangandan soʻng tuzatish kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Tadbirkorlik subyektlariga toʻlangan soliqning bir qismini qaytarish yoki qaytarishni rad etish asoslari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Tadbirkorlik subyektlariga toʻlangan soliqning bir qismi quyidagi shartlar toʻliq bajarilganda avtomatik ravishda qaytariladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mulk yoki ijara huquqi asosida foydalaniladigan yer uchastkalariga ega boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisobot davrida taqdim etilgan soliq hisobotiga muvofiq hisoblangan soliq ushbu hisobot davrining 1-sanasidan 20-sanasiga qadar budjetga toʻliq toʻlanganda, bunda hisobot davridan oldingi oylarda ortiqcha toʻlangan soliq summasi ham inobatga olinadi;

hisobot davrida oʻzida ishlab chiqarilgan yirik va mayda shoxli mollar goʻshti, suti hamda parranda (tovuq, bedana, oʻrdak, gʻoz, kurka va tuyaqush) goʻshti va tuxumini realizatsiya qilishdan umumiy tushum jami tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan daromadning kamida 90 foizini tashkil qilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisobvaraq-fakturalarda yoki nazorat-kassa texnikasi cheklarida realizatsiya qilingan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasi hamda faoliyatning oʻziga xos xususiyatlariga yoki amalga oshiriladigan turlariga muvofiq boʻlgan identifikatsiya kodlari aks ettirilgan qismiga nisbatan.

15. Ushbu Vaqtinchalik nizomning 14-bandida nazarda tutilgan shartlar bajarilmagan taqdirda, tadbirkorlik subyektlariga toʻlangan soliqning bir qismini qaytarish avtomatik ravishda rad etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Soliq organi toʻlangan soliqning bir qismini qaytarishni rad etish toʻgʻrisida xulosa berganda, bu haqida avtomatlashtirilgan dastur orqali bir ish kuni ichida soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga soliqning bir qismini qaytarishni rad etishning asoslantirilgan sabablari koʻrsatilgan holda xabarnoma yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Tadbirkorlik subyekti soliq summasini qaytarishni rad etish toʻgʻrisidagi xulosa yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan toʻlangan soliqning bir qismini asossiz qaytarib olish (yolgʻon maʼlumotlar taqdim qilish, hujjatlarni soxtalashtirish) holatlari aniqlanganda, asossiz qaytarib olingan summa belgilangan tartibda penya hisoblagan holda budjetga undiriladi.

19. Elektron hisobvaraq-fakturalarda, nazorat-kassa texnikasi cheklarida yoki elektron tijorat platformalarida (marketpleys) faoliyatning oʻziga xos xususiyatlariga va amalga oshiriladigan turlariga muvofiq boʻlgan identifikatsiya kodlarining toʻgʻri aks ettirilishiga tadbirkorlik subyektlari masʼul va javobgar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Ushbu Vaqtinchalik nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.

Chorvachilik va parrandachilik xoʻjaliklariga budjetga toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismini qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chorvachilik va parrandachilik xoʻjaliklariga budjetga toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismini qaytarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Tadbirkorlik subyekti

Toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining (QQS) bir qismini qaytarib olish uchun mobil ilova yoki my.soliq.uz orqali murojaat qiladi.

QQS hisobotini taqdim etish muddatidan soʻng, lekin 3 oydan kechiktirmasdan

2-bosqich

Avtomatlashtirilgan axborot tizimi

Toʻlangan QQSning bir qismini qaytarish hisobot davrida tadbirkorlik subyektining shaxsiy hisobvaragʻida hisoblangan soliq summasiga nisbatan toʻlangan QQS summasini hisob-kitob qiladi.

Har oyning 25 sanasigacha

3-bosqich

Soliq organi

Tadbirkorlik subyektining murojaati asosida dastur orqali soliq organining toʻlangan QQSning bir qismini qaytarish boʻyicha xulosasini avtomatik ravishda Gʻaznachilikka yuboradi.

Bir ish kunida

4-bosqich

Gʻaznachilik

Respublika budjetida ushbu maqsadlar uchun moʻljallangan mablagʻlar doirasida (yetarli mablagʻlar mavjud boʻlganda) avtomatik tarzda soliq summasini soliq toʻlovchining bank hisobvaragʻiga oʻtkazadi.

Bunda tadbirkorlik subyektida soliqlar, moliyaviy sanksiyalar va penyalar boʻyicha qarzdorligi mavjud boʻlsa, toʻlangan soliqning bir qismi birinchi navbatda ushbu qarzlarni soʻndirishga yoʻnaltiriladi.

Bir ish kunida

(11-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-noyabrdagi 745-son qaroriga
12-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalar uchun moʻljallangan kontentlar yaratish bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarga ular tomonidan toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VAQTINCHALIK NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Vaqtinchalik nizom bolalar uchun moʻljallangan kontentlar yaratish bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarga ular tomonidan hisobot davrida toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻini (keyingi oʻrinlarda — soliq) qaytarish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Vaqtinchalik nizom qoidalari aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilishi natijasida hosil boʻlgan ortiqcha toʻlov summasiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vaqtinchalik nizom 2030-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vaqtinchalik nizom maqsadlarida quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomatlashtirilgan dastur — bolalar uchun moʻljallangan kontentlar yaratish bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga (keyingi oʻrinlarda — budjet) toʻlangan soliqni qaytarish yoki qaytarishni rad etish asoslarini tekshiradigan, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat moliyasini boshqarishning axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda — DMBAT) integratsiya qilingan Soliq qoʻmitasining avtomatlashtirilgan dasturi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalar uchun moʻljallangan kontentlar — yuridik shaxslar tomonidan yaratiladigan bolalarga milliy madaniyat, sanʼat, adabiyot, tarix va maʼnaviy qadriyatlar haqida tushunchalar berishga, ularda ekologik madaniyatni shakllantirish hamda sogʻlom turmush tarzi koʻnikmasini rivojlantirishga hamda milliy qadriyatlarga hurmat va ona Vatanga sadoqat hissini tarbiyalashga xizmat qilishga moʻljallangan milliy kontentlar, shuningdek, chet el kontentlarining bolalarning ongi va qalbiga taʼsir etuvchi zararli trendlar, xatarli chellenjlarga qarshi yaratiladigan kontentlar, jumladan, audiovizual va sanʼat asarlari, noshirlik va raqamli mahsulotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gʻaznachilik — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish aylanmasi — soliq davrida umumiy bolalar uchun moʻljallangan kontentlar yaratish boʻyicha amalga oshirilgan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 239-moddasiga muvofiq eʼtirof etilgan aylanma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslar — bolalar uchun moʻljallangan kontentlar yaratishdan olgan daromadi jami yillik daromadining kamida 80 foizini tashkil etgan yuridik shaxslar va Bolalar kontentini rivojlantirish markazi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Bolalar uchun moʻljallangan kontentlar yaratish bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarning faoliyat turi Iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat tasniflagichi hamda Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogidagi kodlar (keyingi oʻrinlarda — identifikatsiya kodi) asosida soliq organlarining maʼlumotlar bazasidagi mavjud ichki va tashqi manba maʼlumotlarida taqqoslash yoʻli bilan avtomat tarzda aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Toʻlangan soliqni qaytarish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Bolalar uchun moʻljallangan kontentlar yaratish bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — yuridik shaxslar) ushbu Vaqtinchalik nizom talablaridan kelib chiqib toʻlangan soliq summasi budjet hisobidan qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Toʻlangan soliq ushbu Vaqtinchalik nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Yuridik shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 80-moddasiga asosan soliq hisobotida jami tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmalarni amalga oshirayotgan faoliyat turi boʻyicha ajratib koʻrsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Yuridik shaxslar tomonidan kamaytirish uchun taqdim etilgan aniqlashtirilgan hisobot berish orqali toʻlangan soliq summasi oʻzgargan taqdirda, kamaygan summaga mutanosib ravishda soliqning qaytarilgan qismi budjetga toʻlanishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Yuridik shaxslarning tovar aylanmasi va toʻlangan soligʻini aniqlash hamda yuridik shaxslarning bankdagi hisobvaragʻiga oʻtkazib berish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Yuridik shaxslarning tovar aylanmasi va toʻlangan soligʻi quyidagi mezonlarni inobatga olingan holda, avtomatlashtirilgan dastur asosida aniqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxsning soliq davrida bolalar uchun moʻljallangan kontentlar yaratishdan olgan daromadi (elektron hisobvaraq-faktura, onlayn nazorat-kassa texnikasi va elektron tijorat platformalari (marketpleys) orqali shakllantirilgan chek maʼlumotlari asosida) jami yillik daromadining kamida 80 foizini tashkil etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Vaqtinchalik nizom talablariga asosan yuridik shaxsning hisobot oyida hisoblangan soliq summasiga nisbatan toʻliq toʻlanganligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Avtomatlashtirilgan dastur orqali yuridik shaxsning ushbu Vaqtinchalik nizomda belgilangan koʻrsatkichlari aniqlangandan soʻng soliq organining xulosasi shakllantiriladi va yuridik shaxsning murojaati berilgandan keyin bir ish kuni ichida avtomatlashtirilgan dastur orqali soliq organining xulosasi Gʻaznachilikka yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Gʻaznachilik avtomatlashtirilgan dastur orqali soliq organining xulosasi asosida bir ish kuni ichida yuridik shaxsning bankdagi asosiy hisobvaragʻiga toʻlangan soliqni milliy valyutada oʻtkazib beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda yuridik shaxsda soliqlar, soliqqa oid huquqbuzarlik boʻyicha tayinlangan moliyaviy sanksiyalar va penyalar boʻyicha qarzdorligi mavjud boʻlsa, toʻlangan soliq birinchi navbatda ushbu qarzlarni soʻndirishga yoʻnaltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gʻaznachilik yuridik shaxsning bankdagi asosiy hisobvaragʻiga oʻtkazib berilgan mablagʻlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni DMBAT orqali avtomatlashtirilgan dasturga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur Vaqtinchalik nizomga asosan elektron hisobvaraq-faktura va onlayn nazorat-kassa cheklariga tuzatish kiritish ushbu tuzatish kiritilayotgan summa boʻyicha qaytarib olingan soliq summasining tegishli qismi budjetga toʻliq toʻlangandan soʻng amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yuridik shaxslarga toʻlangan soliqni qaytarish yoki qaytarishni rad etish asoslari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Yuridik shaxslarga toʻlangan soliq quyidagi shartlar toʻliq bajarilganda avtomatik ravishda qaytariladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisobot davrida taqdim etilgan soliq hisobotiga muvofiq hisoblangan soliq ushbu hisobot davrining 1-sanasidan 20-sanasiga qadar budjetga toʻliq toʻlanganda (bunda hisobot davridan oldingi oylarda ortiqcha toʻlangan soliq summasi ham inobatga olinadi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisobot davrida bolalar uchun moʻljallangan kontentlar yaratishdan olgan daromadi jami yillik daromadining kamida 80 foizini tashkil etganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Ushbu Vaqtinchalik nizomning 12-bandida nazarda tutilgan shartlar bajarilmagan taqdirda, yuridik shaxslarga toʻlangan soliqni qaytarish avtomatik ravishda rad etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Soliq organi toʻlangan soliqni qaytarib berishni rad etish toʻgʻrisida xulosa berganda, bu toʻgʻrisida avtomatlashtirilgan dastur orqali bir ish kuni ichida tadbirkorlik subyektining shaxsiy kabinetiga soliqni qaytarib berishni rad etishning asoslantirilgan sabablari koʻrsatilgan holda xabarnoma yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Yuridik shaxslar soliq summasini qaytarib berishni rad etish toʻgʻrisidagi xulosa yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Yuridik shaxslar tomonidan toʻlangan soliqni asossiz qaytarib olinganligi (yolgʻon maʼlumotlar taqdim qilish, hujjatlarni soxtalashtirish) holatlari aniqlanganda, asossiz qaytarib olingan summa belgilangan tartibda penya hisoblagan holda budjetga undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Elektron hisobvaraq-fakturalarda, nazorat-kassa texnikasi cheklarida yoki elektron tijorat platformalarida (marketpleys) faoliyatning oʻziga xos xususiyatlariga va amalga oshiriladigan turlariga muvofiq boʻlgan identifikatsiya kodlarining toʻgʻri aks ettirilishiga yuridik shaxslar masʼul va javobgar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Ushbu Vaqtinchalik nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalar uchun moʻljallangan kontentlar yaratish bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarga ular tomonidan toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bolalar uchun moʻljallangan kontentlar yaratish bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarga ular tomonidan toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Tadbirkorlik subyekt

Toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻini (QQS) qaytarib olish uchun soliq organlarining maxsus mobil ilovasi yoki Elektron soliq xizmatlari portalidagi tadbirkorlik subyektining shaxsiy kabineti orqali murojaat yuboradi.

QQS hisoboti taqdim etish muddatidan soʻng

2-bosqich

Avtomatlashtirilgan axborot tizim

Toʻlangan QQSni qaytarish hisobot davrida yuridik shaxsning shaxsiy hisobvaragʻida hisoblangan soliq summasiga nisbatan toʻlangan QQS summasi hisob-kitob qiladi.

Har oyning 25-sanasigacha

3-bosqich

Soliq organi

Elektron soliq xizmatlari portalidagi tadbirkorlik subyektining shaxsiy kabineti orqali murojaati asosida soliq organining toʻlangan QQSni qaytarish boʻyicha xulosasi avtomatlashtirilgan dasturdan avtomatik ravishda Gʻaznachilikka yuboradi.

Bir ish kunida

4-bosqich

Gʻaznachilik

Ushbu maqsadlar uchun moʻljallangan mablagʻlar doirasida avtomatik tarzda soliq summasini tadbirkorlik subyektining bank hisobvaragʻiga oʻtkazadi.

Bir ish kunida

(12-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-noyabrdagi 745-son qaroriga
13-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zargarlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga budjetga toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismini qaytarish hamda qoʻshilgan qiymat soligʻi bazasini aniqlash tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VAQTINCHALIK NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Vaqtinchalik nizom zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish va (yoki) ularni chakana sotish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga ular tomonidan hisobot davrida toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining (keyingi oʻrinlarda — soliq) bir qismini qaytarish hamda soliq bazasini aniqlash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Vaqtinchalik nizom qoidalari aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilishi natijasida hosil boʻlgan ortiqcha toʻlov summasiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Vaqtinchalik nizom 2028-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Vaqtinchalik nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtomatlashtirilgan dastur — zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish va (yoki) ularni chakana sotish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga toʻlangan soliqning bir qismini qaytarish yoki qaytarishni rad etish asoslarini tekshiradigan, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat moliyasini boshqarishning axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda — DMBAT) integratsiya qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining avtomatlashtirilgan dasturi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar — soliq davrida jami daromadining kamida 80 foizini zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish va (yoki) ular bilan chakana savdo qilishdan olgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar va (yoki) ularni chakana sotuvchilar mazkur faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik toʻgʻrisida xabarnomalar asosida aniqlanadi. Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish va (yoki) ularni chakana sotish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlarining faoliyat turi Iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat tasniflagichi asosida aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Toʻlangan soliqning bir qismini qaytarish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish va (yoki) ularni chakana sotish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga (keyingi oʻrinlarda — tadbirkorlik subyektlari) ushbu Vaqtinchalik nizom talablaridan kelib chiqib, 2026-yil 1-yanvardan boshlab budjetga toʻlangan soliqning 80 foizi respublika budjetidan qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Toʻlangan soliqning bir qismi ushbu Vaqtinchalik nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq qaytariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tadbirkorlik subyektlari Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 80-moddasiga asosan soliq hisobotida jami tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmalarni amalga oshirayotgan faoliyat turi boʻyicha ajratib koʻrsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Tadbirkorlik subyekti soliq hisobotini taqdim etgandan soʻng, lekin uch oydan kechiktirmasdan toʻlangan soliqning bir qismini qaytarish uchun murojaat qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toʻlangan soliqning bir qismini qaytarish uchun murojaat avtomatlashtirilgan dastur orqali koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tadbirkorlik subyekti tomonidan kamaytirish uchun taqdim etilgan aniqlashtirilgan hisobot berish orqali toʻlangan soliq summasi oʻzgargan taqdirda, kamaygan summaga mutanosib ravishda soliqning qaytarilgan qismi budjetga toʻlanishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi va toʻlangan soliqning bir qismini aniqlash hamda uni tadbirkorlik subyektining bankdagi hisobvaragʻiga oʻtkazib berish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi va toʻlangan soliqning bir qismi quyidagi mezonlar inobatga olingan holda avtomatlashtirilgan dastur orqali aniqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mulk yoki ijara huquqlari asosida foydalaniladigan koʻchmas mulkka ega ekanligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq davrida zargarlik buyumlarini oʻzida ishlab chiqarilgan va (yoki) chakana sotishdan (realizatsiya) qilishdan umumiy tushum Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogidagi kodlar boʻyicha elektron hisobvaraq-faktura, onlayn nazorat-kassa texnikasi va elektron tijorat platformalari (marketpleys) orqali shakllantirilgan chek maʼlumotlari asosida aniqlanganda, jami tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadning 80 foizi va undan ortiq boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Vaqtinchalik nizom talablariga asosan tadbirkorlik subyektining hisobot oyida hisoblangan soliq summasiga nisbatan toʻlangan soliq summasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Avtomatlashtirilgan dastur orqali tadbirkorlik subyektining ushbu Vaqtinchalik nizomda belgilangan koʻrsatkichlari aniqlangandan soʻng soliq organining xulosasi shakllantiriladi va tadbirkorlik subyektining murojaati asosida bir ish kuni ichida avtomatlashtirilgan dastur orqali soliq organining xulosasi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda — Gʻaznachilik) yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Gʻaznachilik avtomatlashtirilgan dastur orqali soliq organining xulosasi asosida bir ish kuni ichida tadbirkorlik subyektining bankdagi asosiy hisobvaragʻiga toʻlangan soliqning bir qismini milliy valyutada oʻtkazib beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda tadbirkorlik subyektining soliqlar, moliyaviy sanksiyalar va penyalar boʻyicha qarzdorligi mavjud boʻlsa, toʻlangan soliqning bir qismi birinchi navbatda ushbu qarzlarni soʻndirishga yoʻnaltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gʻaznachilik tadbirkorlik subyektining bankdagi asosiy hisobvaragʻiga oʻtkazib berilgan soliqning bir qismi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni DMBAT orqali avtomatlashtirilgan dasturga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Mazkur Vaqtinchalik nizomga asosan elektron hisobvaraq-faktura va onlayn nazorat-kassa cheklariga oʻzgartirilayotgan summa boʻyicha qaytarib olingan soliq summasining tegishli qismi budjetga toʻliq toʻlangandan soʻng tuzatish kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Tadbirkorlik subyektlariga toʻlangan soliqning bir qismini qaytarish yoki qaytarishni rad etish asoslari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Tadbirkorlik subyektlariga toʻlangan soliqning bir qismi quyidagi shartlar toʻliq bajarilganda avtomatik ravishda qaytariladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisobot davrida taqdim etilgan soliq hisobotiga muvofiq hisoblangan soliq ushbu hisobot davrining 1-sanasidan 20-sanasiga qadar budjetga toʻliq toʻlanganda, bunda hisobot davridan oldingi oylarda ortiqcha toʻlangan soliq summasi ham inobatga olinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisobot davrida soliq davrida zargarlik buyumlarini oʻzida ishlab chiqarilgan va (yoki) sotishdan (realizatsiya) qilishdan umumiy tushum tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan daromadning kamida 80 foizini tashkil qilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisobvaraq-fakturalarda yoki nazorat-kassa texnikasi cheklarida realizatsiya qilingan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasi hamda faoliyatning oʻziga xos xususiyatlariga yoki amalga oshiriladigan turlariga muvofiq boʻlgan identifikatsiya kodlari aks ettirilgan qismiga nisbatan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ushbu Vaqtinchalik nizomning 13-bandida nazarda tutilgan shartlar bajarilmagan taqdirda, tadbirkorlik subyektlariga toʻlangan soliqning bir qismini qaytarish avtomatik ravishda rad etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Soliq organi toʻlangan soliqning bir qismini qaytarishni rad etish toʻgʻrisida xulosa berganda, bu haqida avtomatlashtirilgan dastur orqali bir ish kuni ichida soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga soliqning bir qismini qaytarishni rad etishning asoslantirilgan sabablari koʻrsatilgan holda xabarnoma yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Tadbirkorlik subyekti soliq summasini qaytarishni rad etish toʻgʻrisidagi xulosa yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan soliq bazasini aniqlash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar soliq bazasini zargarlik buyumlari va yarim tayyor mahsulotlarni realizatsiya qilish narxi hamda ular tarkibidagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar narxi oʻrtasidagi ijobiy farqdan kelib chiqib aniqlaydi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zargarlik buyumlari va yarim tayyor mahsulotlarni realizatsiya qilish narxidan faqat “Navoiy KMK” AJ, “Olmaliq KMK” AJ va birja savdolari orqali boshqa subyektlardan sotib olingan qimmatbaho metallar narxini hamda import qilingan qimmatbaho toshlar narxini chegirib tashlashga ruxsat etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar zimmasiga realizatsiya qilinayotgan zargarlik buyumlari va yarim tayyor mahsulotlar boʻyicha elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirishda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining axborot tizimiga ushbu buyum va mahsulotlarning asillik darajasi, ular tarkibidagi qimmatbaho metallar hamda qimmatbaho toshlar miqdori va qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish vazifasi yuklanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zargarlik buyumlari va yarim tayyor mahsulotlar tarkibidagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boriladigan narxlardan kelib chiqib hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan toʻlangan soliqning bir qismini asossiz qaytarib olish (yolgʻon maʼlumotlar taqdim qilish, hujjatlarni soxtalashtirish) holatlari aniqlanganda, asossiz qaytarib olingan summa belgilangan tartibda penya hisoblagan holda budjetga undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Elektron hisobvaraq-fakturalarda, nazorat-kassa texnikasi cheklarida yoki elektron tijorat platformalarida (marketpleys) faoliyatning oʻziga xos xususiyatlariga va amalga oshiriladigan turlariga muvofiq boʻlgan identifikatsiya kodlarining toʻgʻri aks ettirilishiga tadbirkorlik subyektlari javobgar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Ushbu Vaqtinchalik nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zargarlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga budjetga toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismini qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zargarlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga budjetga toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismini qaytarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Tadbirkorlik subyekti

Toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining (QQS) bir qismini qaytarib olish uchun mobil ilova yoki Elektron soliq xizmatlari portali orqali murojaat qiladi.

QQS hisobotini taqdim etish muddatidan soʻng, lekin 3 oydan kechiktirmasdan

2-bosqich

Avtomatlashtirilgan axborot tizimi

Toʻlangan QQSning bir qismini qaytarish hisobot davrida tadbirkorlik subyektining shaxsiy hisobvaragʻida hisoblangan soliq summasiga nisbatan toʻlangan QQS summasini hisob-kitob qiladi.

Har oyning 25-sanasigacha

3-bosqich

Soliq organi

Tadbirkorlik subyektining murojaati asosida dastur orqali soliq organining toʻlangan QQSning bir qismini qaytarish boʻyicha xulosani avtomatik ravishda Gʻaznachilikka yuboradi.

Bir ish kunida

4-bosqich

Gʻaznachilik

Respublika budjetida ushbu maqsadlar uchun moʻljallangan mablagʻlar doirasida (yetarli mablagʻlar mavjud boʻlganda) avtomatik tarzda soliq summasini soliq toʻlovchining bank hisobvaragʻiga oʻtkazadi.

Bunda tadbirkorlik subyektida soliqlar, moliyaviy sanksiyalar va penyalar boʻyicha qarzdorligi mavjud boʻlsa, toʻlangan soliqning bir qismi birinchi navbatda ushbu qarzlarni soʻndirishga yoʻnaltiriladi.

Bir ish kunida

(13-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-noyabrdagi 745-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan jismoniy shaxslardan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari naqd pulga xarid qilinganda, kirim hujjatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom tadbirkorlik subyektlari jismoniy shaxslardan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini naqd pulga xarid qilganda, kirim hujjatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Nizom maqsadlarida quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi mahsuloti — dehqon va tomorqa xoʻjaliklarida yetishtiriladigan sabzavotlar, kartoshka, poliz mahsulotlari, mevalar, guruch, dukkakli ekinlar, goʻsht va sut;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sotuvchi — dehqon va tomorqa xoʻjaliklarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlik subyekti hisoblanmagan jismoniy shaxs;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xaridor — jismoniy shaxslardan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini naqd pulga xarid qilgan tadbirkorlik subyektlari;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xarid qilish dalolatnomasi — belgilangan tartibda soliq organlari maʼlumotlar bazasida elektron shaklda shakllantiriladigan, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻzida aks ettirgan hamda ularning jismoniy shaxslardan sotib olinganligini tasdiqlovchi elektron hujjat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur Nizom xaridorlar tomonidan xarid qilish dalolatnomasini (keyingi oʻrinlarda — dalolatnoma) buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda birlamchi hisob hujjatlari yuritishni istisno etmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Xaridorlar tomonidan sotuvchilardan naqd pulga xarid qilingan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtirilganda bir tomonlama elektron hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirish talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Soliq va moliyaviy hisobotlardagi koʻrsatkichlarning toʻgʻri aks ettirilishini taʼminlash maqsadida soliq organlari tomonidan elektron tarzda shakllantirilgan dalolatnomalar reyestri yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Dalolatnomani rasmiylashtirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Xaridorlar qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini bevosita sotuvchilardan naqd pulga xarid qilganda, mazkur Nizomga ilovaga muvofiq elektron shakldagi dalolatnomani soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti yoki soliq organlarining maxsus mobil ilovasi orqali shakllantiradi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Dalolatnoma sotuvchi tomonidan tasdiqlanishi talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Xaridorlar qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotuvchilardan naqd pulga xarid qilishda dalolatnoma mahsulot xarid qilingan kundan kechiktirmasdan rasmiylashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dalolatnoma tasdiqlanganda, real vaqt rejimida soliq organlari maʼlumotlar bazasida matritsali shtrix-kod (QR-kod) qoʻyilgan holda shakllantiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Dalolatnomada quyidagi maʼlumotlar aks ettiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hujjat raqami va sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xaridorning STIR va nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sotuvchining shaxsiy identifikatsiya raqami (ixtiyoriy ravishda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi boʻyicha mahsulot nomi va identifikatsiya kodi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulotning oʻlchov birligi, miqdori, narxi va qiymati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda hujjat raqami va sanasi xaridorning barcha maʼlumotlari hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotining qiymati avtomatik tarzda shakllantiriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Dalolatnomaga tuzatish kiritish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Xaridorlar tomonidan jismoniy shaxslardan naqd pulga xarid qilingan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari boʻyicha quyidagi hollarda xarid qilingan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari qiymatiga uni koʻpaytirishga (kamaytirishga) qaratilgan tuzatish kiritiladi va ushbu tuzatish qoʻshimcha dalolatnoma tuzish orqali kiritiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari toʻliq yoki qisman qaytarilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining narxi va (yoki) miqdori oʻzgarganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maʼlumotlar xato kiritilganligi aniqlanganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bandda koʻrsatib oʻtilgan holatlarda qoʻshimcha dalolatnoma mazkur holatlar roʻy bergan oydan keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmay rasmiylashtiriladi va taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Qoʻshimcha dalolatnoma quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dalolatnoma qoʻshimcha ekanligi toʻgʻrisidagi belgi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻshimcha dalolatnomaning tartib raqami va sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuzatish kiritilayotgan dalolatnomaning tartib raqami va sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuzatish kiritish miqdori (koʻpaytirish yoki kamaytirish);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
narxlarga tuzatish kiritish (koʻpaytirish yoki kamaytirish).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Qoʻshimcha dalolatnomani tuzishda tuzatish kiritilayotgan dalolatnomaning tartib raqami va sanasi kiritilganda, barcha maʼlumotlar avtomatik tarzda shakllanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Xaridorlar tomonidan dalolatnomani rasmiylashtirmaslik holatlari Soliq kodeksiga muvofiq soliq bazasini yashirish (kamaytirib koʻrsatish) deb eʼtirof etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Xaridorlarning rahbarlik hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxslari elektron shaklda shakllantirilgan dalolatnomadagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi va toʻliqligi uchun javobgar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ushbu Nizomning talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari boʻyicha kirim hujjatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
(ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xarid qilish dalolatnomasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

_______________

____________________

(hujjat raqami)

(rasmiylashtirilgan sana)

STIR:

Nomi:

Sotuvchi JSHSHIR*:

Quyidagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari xarid qilindi:

T/r

Mahsulot nomi va identifikatsiya kodi

(Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi boʻyicha)

Oʻlchov birligi

Miqdori

Narxi

Qiymati

1.

2.

3.

...

Jami:

* Ixtiyoriy ravishda toʻldiriladi.

QR-kod

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2024-y., 09/24/745/0901-son; 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son; 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son; 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son; 09.04.2026-y., 09/26/154/0331-son; 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son