Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
17.03.2026
22.10.2025
13.09.2024
View
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.09.00.00 Mehmonxona xoʻjaligi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Turizm;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Modulli mehmonxonani qurish va jihozlash uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakatimizda ekologik turizmni rivojlantirish uchun yanada kulay sharoitlar yaratish, sohaga qoʻshimcha investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, modulli mehmonxonalarni tashkil qilishda tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash hamda togʻli va chekka hududlarda turizm infratuzilmasini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2024-yil 1-oktabrdan 2027-yil 1-yanvarga qadar tadbirkorlik subyektlari tomonidan modulli mehmonxonani qurish va jihozlash (rekonstruksiya qilish bundan mustasno) xarajatlarining bir qismini qoplash uchun Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) bir martalik subsidiya ajratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) subsidiya 2024-yil 1-oktabrdan 2026-yil 1-noyabrga qadar boʻlgan muddatda muvofiqlik sertifikati berilgan yangi tashkil etilgan hamda kamida 10 ta moduldan iborat boʻlgan modulli mehmonxonada yaratilgan har bir joy uchun quyidagi miqdorlarda subsidiyalar belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“I” toifadagi modulli mehmonxonadagi har bir joy uchun — 10 million soʻm;

“II” toifadagi modulli mehmonxonadagi har bir joy uchun — 7 million soʻm;

“III” toifadagi modulli mehmonxonadagi har bir joy uchun — 5 million soʻm.

Bunda subsidiya miqdoriga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarni taqdim etish tartiblarini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 24-maydagi PQ-193-son qarori talablarini inobatga olgan holda aniqlik kiritiladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Modulli mehmonxonani qurish va jihozlash uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
subsidiya beriladigan tadbirkorlik subyektlariga qoʻyiladigan talablar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
subsidiya olish uchun ariza berish va uni koʻrib chiqish tartibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
subsidiya ajratishni rad etish asoslari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
subsidiya sifatida ajratilgan mablagʻlarni tadbirkorlik subyektlariga oʻtkazish tartibi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
modulli mehmonxona subsidiya ajratilgan davrdan boshlab besh yildan kam boʻlmagan muddatda faoliyat yuritishi lozim;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan talabga rioya etilmagan taqdirda, ajratilgan subsidiya modulli mehmonxona faoliyat yuritgan davrga mutanosib ravishda chegirilgan holda, qolgan mablagʻlar tadbirkor tomonidan Jamgʻarmaga qaytarilishi shart. Bunda Jamgʻarmaga qaytariladigan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Turizm qoʻmitasi) qaroriga muvofiq tadbirkorlik subyekti tomonidan oʻn ish kunida Jamgʻarmaning maxsus hisobvaragʻiga oʻtkazilishi lozim;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mablagʻlar Jamgʻarmaga belgilangan muddatda yoki toʻliq qaytarilmagan taqdirda, Turizm qoʻmitasi belgilangan tartibda ularni undirish choralarini koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Turizm qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur qaror bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq davlat xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali joriy etilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YIDXPda davlat xizmatini koʻrsatishning har bir bosqichida murojaatlar koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Turizm qoʻmitasi tomonidan davlat xizmatini koʻrsatishning belgilangan tartibiga rioya etilishi boʻyicha uning faoliyati yuzasidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 13-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
572-son

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-sentabrdagi 572-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Modulli mehmonxonani qurish va jihozlash uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VAQTINCHALIK NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Vaqtinchalik nizom (keyingi oʻrinlarda — Nizom) 2024-yil 1-oktabrdan 2027-yil 1-yanvarga qadar tadbirkorlik subyektlari (keyingi oʻrinlarda — tadbirkor) tomonidan modulli mehmonxonani qurish va jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida budjetdan tashqari Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan subsidiya ajratish tartibini belgilaydi.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nizom 2027-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
modulli mehmonxona — montaj va demontaj qilish imkoniyatiga ega konstruksiyalar hamda mustahkam metall karkasdan (ramkadan) tayyorlangan, kamida bir yoki undan ortiq modullardan iborat boʻlgan, har bir xonasi belgilangan standartga muvofiq jihozlangan toʻlaqonli mehmonxona;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
subsidiya — tadbirkorga modulli mehmonxonani qurish va jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida Jamgʻarmadan bir marta ajratiladigan mablagʻlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Modulli mehmonxonani sertifikatlashtirish va unga yulduz toifasi (kategoriya) berish Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qarori bilan tasdiqlangan Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish va turistik industriya obyektlarini tasniflash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Subsidiya 2024-yil 1-oktabrdan 2026-yil 1-noyabrga qadar boʻlgan muddatda muvofiqlik sertifikati berilgan yangi tashkil etilgan hamda kamida 10 ta moduldan iborat boʻlgan “I”,”II” va “III” toifadagi modulli mehmonxona uchun ajratiladi (rekonstruksiya qilish bundan mustasno).
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Subsidiya modulli mehmonxonada yaratilgan har bir joy uchun quyidagi miqdorlarda subsidiya belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“I” toifadagi modulli mehmonxonadagi har bir joy uchun — 10 million soʻm;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“II” toifadagi modulli mehmonxonadagi har bir joy uchun — 7 million soʻm;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“III” toifadagi modulli mehmonxonadagi har bir joy uchun — 5 million soʻm.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda:

subsidiya miqdoriga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarni taqdim etish tartiblarini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 24-maydagi PQ-193-son qarori talablarini inobatga olgan holda aniqlik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehmonxonada har bir joy uchun kamida 4,5 kvadrat metr maydon ajratilgan boʻlishi lozim.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.03.00 Soliqlar va yigʻimlar;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.09.00.00 Mehmonxona xoʻjaligi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tadbirkor subsidiya olish uchun ariza taqdim etish vaqtida quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida nazarda tutilgan soliq va yigʻimlar hamda turistik (mehmonxona) yigʻim boʻyicha qarzdorligi boʻlmasligi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta tashkil etish yoki tugatish jarayonida boʻlmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faoliyati qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda vaqtincha toʻxtatilgan boʻlmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sud qarori asosida toʻlovga qobiliyatsiz deb eʼlon qilingan boʻlmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
modulli mehmonxonaga berilgan muvofiqlik sertifikati hamda yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat (yerni ijaraga olish hujjatlari onlayn-auksion savdolari orqali taqdim qilingan boʻlsa) mavjudligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Subsidiya Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Subsidiya olish uchun ariza berish, uni koʻrib chiqish va subsidiya ajratish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tadbirkor yoki uning vakili (ariza beruvchi) subsidiya olish uchun davlat xizmatlari markaziga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) Turizm qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda ariza bilan murojaat qiladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Ariza ariza beruvchi tomonidan identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari bilan (elektron raqamli imzo, daktiloskopiya, yagona identifikatsiya tizimidagi login va parol, mobil-ID va boshqalar) tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ariza YIDXP orqali toʻldirilganda, ariza beruvchining elektron raqamli imzosi talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Qoʻmita ariza kelib tushgan kundan boshlab oʻn besh ish kuni ichida uning Nizomda belgilangan talablarga muvofiqligini, hududiy boʻlinmalari tomonidan joyiga chiqqan holda oʻrganib chiqadi va natijasi boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtiradi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Qoʻmita ariza beruvchining arizasini oʻrganish davrida quyidagi hujjatlarni masʼul davlat organlari va tashkilotlardan mustaqil ravishda, shu jumladan, “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiya platformasi orqali real vaqt rejimida oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorning nomi, joylashgan joyi (pochta manzili), uning roʻyxatdan oʻtish raqami, sanasi, guvohnoma bergan organ nomi, STIR va tijorat bankidagi hisobvaragʻi rekvizitlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
modulli mehmonxonaga berilgan muvofiqlik sertifikati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat (yerni ijaraga olish hujjatlari onlayn-auksion savdolari orqali taqdim qilingan boʻlsa);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toifasi toʻgʻrisida muvofiqlik sertifikati.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Qoʻmita arizani oʻrganib chiqib, bir ish kunida subsidiya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida (rad etish asoslari aniq koʻrsatilgan holda) qaror qabul qiladi hamda qarorning elektron nusxasini qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir ish kunida davlat xizmatlari markazi (oʻzi kelgan holda murojaat qilinganda) yoki YIDXP (elektron tarzda murojaat qilinganda) orqali ariza beruvchiga yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Subsidiya berish toʻgʻrisidagi qarorda subsidiya miqdori, modulli mehmonxona nomi, yulduz toifasi (mavjud boʻlsa), xonalar fondi, oʻrinlar soni, joylashgan joyi va kadastr raqami, subsidiya olayotgan tadbirkor (yuridik shaxs) nomi, STIR va tijorat bankidagi hisobvaragʻi koʻrsatiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Subsidiya berish quyidagi asoslarga koʻra rad etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arizada Nizomga 2-ilovada koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻliq koʻrsatilmaganligi yoki notoʻgʻri koʻrsatilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza beruvchi va mehmonxona Nizomning 4 — 6-bandlarida koʻrsatilgan talablarga javob bermasligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Subsidiya berishni ushbu bandda koʻrsatilmagan asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Ariza beruvchi subsidiya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror nusxasini olgan kundan boshlab koʻpi bilan oʻttiz ish kuni ichida qarorda koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklarni bartaraf etishi hamda ularning bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, Qoʻmitaga takroran ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Ariza takroran taqdim etilgan kundan boshlab yetti ish kunida qayta koʻrib chiqiladi. Bunda subsidiya berishni yangi asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Nizomning 15-bandida koʻrsatilgan muddat tugagandan soʻng taqdim etilgan ariza yangi berilgan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Subsidiya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida Qoʻmita tadbirkorning tijorat bankidagi hisobvaragʻiga tegishli mablagʻlarni oʻtkazib beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Subsidiya berish uchun Jamgʻarma hisobidan mablagʻ ajratilgan tadbirkorlar reyestri Qoʻmitaning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Tadbirkor subsidiya olish uchun taqdim etilgan maʼlumotlar va hujjatlarning toʻgʻriligi uchun masʼul hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Qoʻmita subsidiya berish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish, monitoring qilish va Jamgʻarma hisobidan ajratilgan mablagʻlarning tadbirkorga yetkazilishi uchun masʼul hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Modulli mehmonxona subsidiya ajratilgan davrdan boshlab besh yildan kam boʻlmagan muddatda faoliyat yuritishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan talabga rioya etilmagan taqdirda, ajratilgan subsidiya modulli mehmonxona faoliyat yuritgan davrga mutanosib ravishda chegirilgan holda, qolgan mablagʻlar tadbirkor tomonidan Jamgʻarmaga qaytarilishi shart. Bunda Jamgʻarmaga qaytariladigan mablagʻlar Qoʻmitaning qaroriga muvofiq tadbirkor tomonidan oʻn ish kunida Jamgʻarmaning maxsus hisobvaragʻiga oʻtkazilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mablagʻlar Jamgʻarmaga belgilangan muddatda yoki toʻliq qaytarilmagan taqdirda, Qoʻmita belgilangan tartibda ularni undirish choralarini koʻradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Tadbirkor Qoʻmitaning qarori yoki uning xodimlari xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Tadbirkor yoki uning vakili (ariza beruvchi)
Modulli mehmonxonani qurish va jihozlash maqsadida subsidiya olish uchun davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali Turizm qoʻmitasiga ariza taqdim etadi.
Ariza beruvchining xohishiga koʻra
2-bosqich
Turizm qoʻmitasi
1. Arizani joyiga chiqqan holda oʻrganib chiqadi, natijasi boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtiradi, zarur maʼlumotlarni “Elektron hukumat” tizimi orqali tegishli davlat organlari va tashkilotlardan soʻrab oladi.
15 ish kunida
2. Subsidiya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi hamda davlat xizmatlari markazi yoki ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.
1 ish kunida
3-bosqich
Tadbirkor yoki uning vakili (ariza beruvchi)
1. Subsidiya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni olganda, qarorda koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etadi.
2. Tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni (maʼlumotlarni) ilova qilgan holda, davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali Turizm qoʻmitasiga takroran murojaat qiladi.
30 ish kundan koʻp boʻlmagan muddatda
4-bosqich
Turizm qoʻmitasi
Ariza takroran taqdim etilganda, uni qayta koʻrib chiqadi.
7 ish kunida
5-bosqich
Turizm qoʻmitasi
Subsidiya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda tadbirkorning tijorat bankidagi hisobvaragʻiga mablagʻlarni oʻtkazib beradi.
10 ish kunida
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Modulli mehmonxonani qurish va jihozlash uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
_____________________________________________________________ manzil boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan,
Direktori
(ishonchli vakil): _____________________________________________________________ shaxs nomidan
(ariza beruvchi rahbari / ishonchli vakil F.I.O.)
_______________________________________________________________________ manzilda joylashgan
(viloyat, tuman, shahar, koʻcha, bino raqami)
modulli mehmonxonani qurish va jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash uchun Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya ajratishingizni soʻrayman.
Modulli mehmonxonadagi oʻrinlar soni:
____________________________________________
Muvofiqlik sertifikati olingan sana va raqami:
____________________________________________
Yerdan vaqtinchalik foydalanish (ijara) huquqini tasdiqlovchi hujjat rekvizitlari: sanasi, raqami (agar huquq onlayn-auksion savdolari orqali olinmagan boʻlsa)
____________________________________________
Bank rekvizitlari
va hisobvaragʻi:
______________________________________
______________________________________
______________________________________
Aloqa maʼlumotlari
(tel/faks raqami,
elektron pochta manzili:
______________________________________
_________________________________
(ariza beruvchining lavozimi, F.I.O.)
20 ____ yil _____________
(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-martdagi 105-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.09.2024-y., 09/24/572/0716-son; 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son; 17.03.2026-y., 09/26/105/0244-son)