09.08.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3547
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining buyrugʻi, 09.08.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3547
Date of entry into force
12.08.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrug‘i
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (7-sonli BHMS) “Nomoddiy aktivlar”ni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 9-avgust ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3547]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (7-sonli BHMS) “Nomoddiy aktivlar” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir D. KUCHKAROV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 14-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
134-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 14-iyundagi 134-son buyrug‘iga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (7-sonli BHMS) “Nomoddiy aktivlar”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (7-sonli BHMS) “Nomoddiy aktivlar” (bundan buyon matnda Standart deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini normativ tartibga solish tizimining bir qismi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur Standart budjet, banklar va nobank kredit tashkilotlaridan tashqari mulkchilik shaklidan qat’iy nazar O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) tomonidan nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarda aks ettirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Nomoddiy aktivlarni hisobga olishning asosiy jihatlari tan olish paytini belgilash, balans qiymatini va foydali xizmat muddatini baholash, amortizatsiya hisoblash usullarini belgilash, balans qiymatidagi boshqa o‘zgarishlarni baholash va hisobga olish hamda ularning chiqib ketishidan moliyaviy natijalarni aniqlash, shuningdek ular bo‘yicha ma’lumotlarni moliyaviy hisobotda yoritib berish tartibi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur Standartning qoidalari quyidagilarga nisbatan qo‘llanilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standarti (11-sonli BHMS) “Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari bo‘yicha xarajatlar”ga (ro‘yxat raqami 3535, 2024-yil 25-iyul) muvofiq hisobga olinadigan ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarining xarajatlariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (6-sonli BHMS) “Ijara hisobi”ga (ro‘yxat raqami 1946, 2009-yil 24-aprel) muvofiq hisobga olinadigan ijara turlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) kelgusi davr xarajatlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur Standartda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomoddiy aktivlar — tashkilot tomonidan uzoq muddat mobaynida ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish yoki tovarlarni sotish jarayonida foydalanish maqsadida yoxud ma’muriy va boshqa funksiyalarni amalga oshirish uchun ushlab turiladigan, moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo‘lmagan identifikatsiyalanadigan mol-mulk obyektlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amortizatsiya — foydali xizmat muddati mobaynida nomoddiy aktivning amortizatsiyalanadigan qiymatini uning vazifasidan kelib chiqqan holda mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga yoki davr xarajatlariga tizimli taqsimlash va kiritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amortizatsiyalanadigan qiymat — kutilayotgan (baholangan) tugatish qiymatini chegirgan holda aktivning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati summasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydali xizmat muddati — tashkilot tomonidan aktivdan foydalanish ko‘zda tutilgan davr yoki tashkilot ushbu aktivdan foydalanishdan olishni mo‘ljallayotgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) miqdori;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshlang‘ich qiymat — nomoddiy aktivlarni yaratish (ishlab chiqish) yoki sotib olish bo‘yicha haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlar qiymati (pul mablag‘lari yoki ularning ekvivalentlarining summasi yoxud boshqa to‘lovlarning joriy qiymati), shu jumladan to‘langan va qoplanmaydigan soliqlar (yig‘imlar), shuningdek aktivni undan maqsadga muvofiq foydalanish uchun ishga yaroqli holatga keltirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar qiymati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tugatish qiymati — nomoddiy aktivning chiqib ketishi bo‘yicha kutilayotgan xarajatlarni chegirgan holda uning foydali xizmat muddati oxirida aktivni tugatish chog‘ida olinishi kutilayotgan, aktivning taxmin qilinayotgan (baholangan) summasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joriy qiymat — ma’lum sanadagi amal qilayotgan bozor narxlari bo‘yicha nomoddiy aktivlarning qiymati yoki xabardor qilingan, bitimni amalga oshirishni xohlovchi, bir-biridan mustaqil taraflar o‘rtasida bitimni amalga oshirishda aktivni sotib olish yoki majburiyatlarni bajarish uchun yetarli bo‘lgan summa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoldiq (balans) qiymat — nomoddiy aktiv moliyaviy hisobotda (buxgalteriya balansida) aks ettiriladigan qiymat va u boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati va jamlangan amortizatsiya summasi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faol bozor — oldi-sotdi obyektlari bir turda (bir xil) bo‘lgan va har qanday vaqtda bitimni amalga oshirishni xohlovchi manfaatdor sotuvchi va xaridorlarni topish mumkin bo‘lgan, shuningdek narxlar haqidagi ma’lumotlar oshkor bo‘lgan bozor;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutlaq huquq — bu qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda faqatgina huquq egasi tomonidan yoki uning roziligi bilan uchinchi shaxsga berilishi mumkin bo‘lgan mulkiy huquq.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Aktivlarni buxgalteriya hisobida nomoddiy aktivlar sifatida tan olishda bir vaqtning o‘zida quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moddiy-ashyoviy tuzilishga ega bo‘lmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aktivlardan mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish yoxud tashkilotning ma’muriy va boshqa funksiyalari bajarish uchun uzoq muddat (12 oydan yuqori foydali xizmat muddati) davomida foydalanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aktivlarning qiymati bir birlik (komplekt) uchun xarid qilish paytida O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining kamida ellik baravarini tashkil qilishi (tashkilot rahbari nomoddiy aktivlar sifatida hisobga olish maqsadida hisobot davri uchun aktivlar qiymatining kamroq chegarasini belgilashga haqli);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aktivlar keyinchalik qayta sotishga mo‘ljallanmasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishonchlilik, ya’ni tashkilotda aktivlar va unga bo‘lgan mutlaq huquqning mavjudligini tasdiqlovchi tegishli ravishda rasmiylashtirilgan hujjatlarning (patentlar, guvohnomalar, patent, tovar belgisini sotib olish shartnomasi) mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
identifikatsiya qilish imkoniyati mavjudligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Nomoddiy aktivlar quyidagi mezonlardan biriga muvofiq kelsa ularni identifikatsiya qilish imkoniyati mavjud bo‘ladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ajraladigan bo‘lsa, ya’ni uni tashkilotdan ajratish yoki bo‘lish va individual tarzda yoki tegishli shartnoma, aktiv yoki majburiyat bilan birga sotish, o‘tkazish, litsenziyalash, ijaraga berish yoki ayirboshlash mumkin bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shartnomaviy yoki boshqa yuridik huquqlar natijasida kelib chiqadigan bo‘lsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tashkilot nomoddiy aktivlar bilan bog‘liq kelgusidagi iqtisodiy naf olish ehtimoli faqatgina quyidagi hollarda mavjud bo‘ladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aktivning tashkilotning kelgusidagi iqtisodiy nafini (daromadini) ko‘paytirishi isbotlanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aktivning tashkilotning kelgusidagi sarflarni kamaytirishi yoki tashkilot tomonidan bunday aktivdan foydalanilishi natijasida yuzaga keladigan boshqa naflarni olib kelishi isbotlanganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobi birligi bo‘lib inventar obyekti hisoblanadi. Nomoddiy aktivlarning inventar obyekti bo‘lib patent, guvohnoma va shu kabilardan kelib chiqadigan jami huquqlar hisoblanadi. Bir inventar obyekti boshqasidan ajratilishining (identifikatsiya qilinishining) asosiy belgisi bo‘lib, ular tomonidan mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatishda mustaqil vazifalarning bajarilishi yoxud tashkilotning ma’muriy va boshqa funksiyalari uchun ishlatilishi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ikkita yoki bir nechta tashkilot mulkida bo‘lgan nomoddiy aktivlar obyekti har bir tashkilot tomonidan umumiy mulkdagi uning ulushiga teng miqdorda nomoddiy aktivlar tarkibida aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Nomoddiy aktivlarga mazkur Standartning 6-bandida keltirilgan shartlarning barchasiga javob beruvchi quyidagi obyektlar kiritilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
patent egasining ixtiro, sanoat namunalari va foydali modellarga bo‘lgan mutlaq huquqi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muallif yoki boshqa huquq egasining dasturlar va ma’lumotlar bazalariga bo‘lgan mutlaq huquqi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muallif yoki boshqa huquq egasining integral mikrosxemalarning topologiyalariga bo‘lgan mutlaq huquqi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquq egasining tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisiga bo‘lgan mutlaq huquqi, shuningdek tovar ishlab chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquq egasining seleksiya yutuqlariga bo‘lgan mutlaq huquqi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gudvill;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tabiiy resurslardan foydalanish huquqi, ya’ni yer osti boyliklari, atrof-muhitdagi boshqa resurslar, atrof-muhit to‘g‘risidagi geologik va boshqa ma’lumotlar foydalanish huquqi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasidan foydalanish huquqi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa nomoddiy aktivlar (mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish, iqtisodiy va boshqa imtiyozlardan foydalanish huquqi va shu kabilar).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Nomoddiy aktivlar tarkibiga tashkilot xodimlarining intellektual va ishchanlik sifati, ularning malakasi va mehnatga qobiliyati kiritilmaydi, chunki ular o‘zlarining egalaridan ajralmas hisoblanadi va ularni tashkilotdan ajratib foydalanish mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dasturlar va ma’lumotlar bazasi tegishli asosiy vositaning (shu jumladan o‘rnatilmagan) tarkibiy qismi hisoblansa, u moddiy aktiv ahamiyatiga ega bo‘lgan asosiy vosita bilan birga qaraladi. Agar dasturlar va ma’lumotlar bazasi tegishli asosiy vositaning tarkibiy qismi hisoblanmasa va mutlaq huquq tashkilotga tegishli bo‘lsa, u nomoddiy aktiv hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Nomoddiy aktivlarning kelib tushishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Kelib tushadigan nomoddiy aktivlarning qiymati tashkilot balansiga kiritilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Nomoddiy aktivlar quyidagilar natijasida tashkilot balansiga kiritiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqish tugaganidan so‘ng yaratilgan obyektni qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha obyektni xarid qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ustav kapitaliga ta’sischilarning (ishtirokchilarning) ulushi ko‘rinishida kelib tushish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekinga kelib tushish (hadya shartnomasi bo‘yicha);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat subsidiyalari hisobiga kelib tushish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ayirboshlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ortiqcha (hisobga olinmagan) nomoddiy aktivlar obyektlarini aniqlash va boshqa asoslarga ko‘ra.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Nomoddiy aktivlarni dastlabki baholash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Barcha turdagi nomoddiy aktivlarning dastlabki bahosi boshlang‘ich qiymati bo‘yicha tan olinadi va ular buxgalteriya hisobiga ushbu qiymat bo‘yicha qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Xarid qilingan nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymati quyidagi xarajatlardan tashkil topadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqdan voz kechish (xarid qilish) shartnomasiga muvofiq huquq egasiga (sotuvchiga) to‘langan summalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquq egasining mutlaq huquqidan voz kechishi (xarid qilish) munosabati bilan amalga oshirilgan ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imlari, patent bojlari va boshqa shunga o‘xshash to‘lovlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona bojlari va yig‘imlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomoddiy aktivlarni xarid qilish munosabati bilan to‘lanadigan qoplanmaydigan soliqlar va yig‘imlar summalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomoddiy aktivlarni xarid qilish bilan bog‘liq ma’lumot va maslahat xizmatlari uchun to‘langan summalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomoddiy aktivlar vositachilar orqali xarid qilinganda ularga to‘lanadigan haqlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomoddiy aktivlarni yetkazib berish (yaratish) riskini sug‘urtalash bo‘yicha xarajatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aktivdan maqsadga ko‘ra foydalanish uchun uni yaroqli holatga keltirish bilan bevosita bog‘liq boshqa xarajatlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xarid qilingan nomoddiy aktivlarga haq to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar jumladan, akkreditiv ochish bo‘yicha xarajatlar, o‘tkazmalar uchun bankning vositachilik haqi, nomoddiy aktivlarni chet el valyutasiga xarid qilishda valyuta konvertatsiyasi bo‘yicha vositachilik haqi va bankning boshqa xizmatlari, hamda boshqa nomoddiy aktivlarni xarid qilish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar boshlang‘ich qiymatiga kiritilmaydi, balki ular sodir bo‘lgan hisobot davrida xarajatlar sifatida tan olinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar shartnoma shartlarida to‘lovni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa, unda mazkur nomoddiy aktivlar buxgalteriya hisobiga kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashni hisobga olmagan holdagi sotib olish qiymati bo‘yicha qabul qilinadi. Bunda sotib olish qiymati va to‘lovning umumiy summasi o‘rtasida yuzaga keladigan farq kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash davri davomida joriy to‘lovning kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash bo‘yicha to‘lovlarning umumiy summasidagi salmog‘idan kelib chiqib moliyaviy xarajatlarga (foizlar bo‘yicha xarajatlarga) olib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kreditdan foydalanganlik uchun foizlarni to‘lashga doir xarajatlar qarz kapitali hisobidan to‘liq yoki qisman sotib olingan nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymatiga kiritilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nomoddiy aktivlarni ishlab chiqish davrida ularni ishlab chiqish uchun olingan kredit bo‘yicha hisoblangan foizlar ishlab chiqilgan nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymatiga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Tashkilotning o‘zi tomonidan yaratilgan (ishlab chiqilgan) nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymati ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga haqiqiy xarajatlar summasi sifatida aniqlanadi. Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga xarajatlar tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (11-sonli BHMS) “Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari bo‘yicha xarajatlar”ga (ro‘yxat raqami 3535, 2024-yil 25-iyul) muvofiq belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Chet el valyutasida xarid qilingan nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymati Mazkur Standartning 15-bandida nazarda tutilgan tegishli xarajatlarni hisobga olgan holda, sotib olish sanasidagi chet el valyutasidagi summalarni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha qayta hisoblash yo‘li bilan so‘mda belgilanadi, bundan to‘langan bo‘nak summasi mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, nomoddiy aktivlar to‘liq yoki qisman oldindan chet el valyutasida to‘langan bo‘nak hisobiga xarid qilinganda, ularning qiymatining ushbu bo‘nak miqdoriga teng summasi bo‘nak to‘langan sanadagi Markaziy bank kursida tan olinadi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 30-yanvardagi 228-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3607, 11.02.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.02.2025-y., 10/25/3607/0125-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Mazkur Standartning 15-bandida nazarda tutilgan xarajatlar amalga oshirilgan taqdirda, tashkilot tomonidan nomoddiy aktivlar obyektlari ustav kapitaliga ulush sifatida, tekin yoki ayirboshlash asosida qabul qilinganda nomoddiy aktivning tannarxi ushbu xarajatlar summasiga oshadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Tashkilot ustav kapitaliga ulush hisobiga olingan nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymati, agarda O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida boshqa tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, tashkilot ta’sischilari (ishtirokchilari) tomonidan kelishilgan ularning puldagi bahosi asosida tan olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Tashkilot tomonidan boshqa shaxslardan tekinga (hadya shartnomasi bo‘yicha) yoki davlat subsidiyasi hisobiga olingan nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymati Mazkur Standartning 15-bandida nazarda tutilgan xarajatlarni hisobga olgan holda, agarda joriy qiymat ushbu turdagi nomoddiy aktivlar uchun faol bozorni hisobga olgan holda belgilangan bo‘lsa, ishonchli hisoblangan joriy qiymat bo‘yicha aniqlanadi. Ushbu turdagi nomoddiy aktivlar uchun faol bozor mavjud bo‘lmagan taqdirda, ularning boshlang‘ich qiymati nominal qiymat bo‘yicha yoki agarda nomoddiy aktivni foydalanishga yaroqli holatga keltirish bilan bog‘liq haqiqiy xarajatlar mavjud bo‘lsa, ularning summasi bo‘yicha aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xuddi shunday nomoddiy aktivga ayirboshlash yo‘li bilan olingan nomoddiy aktivning boshlang‘ich qiymati berilgan nomoddiy aktivning qoldiq (balans) qiymatiga teng.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nomoddiy aktiv qo‘shimcha to‘lov bilan ayirboshlangan holatlarda xuddi shunday nomoddiy aktivga almashtirish yo‘li bilan xarid qilingan nomoddiy aktivning boshlang‘ich qiymati ayirboshlanish chog‘ida o‘tkazilgan (olingan) pul mablag‘lari yoki ularning ekvivalentlari summasi va berilgan nomoddiy aktivning qoldiq (balans) qiymatilari yig‘indisiga teng.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xuddi shunday bo‘lmagan nomoddiy aktivga ayirboshlash yo‘li bilan olingan nomoddiy aktivning boshlang‘ich qiymati berilgan nomoddiy aktivning joriy qiymatiga teng.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nomoddiy aktiv qo‘shimcha to‘lov bilan ayirboshlangan holatlarda xuddi shunday bo‘lmagan nomoddiy aktivga almashtirish yo‘li bilan xarid qilingan nomoddiy aktivning boshlang‘ich qiymati ayirboshlanish chog‘ida o‘tkazilgan (olingan) pul mablag‘lari yoki ularning ekvivalentlari va berilgan nomoddiy aktivning joriy qiymatlari yig‘indisiga teng.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda majburiyatlarni (to‘lovni) pul ko‘rinishida bo‘lmagan mablag‘lar bilan bajarish nazarda tutiladigan shartnomalar bo‘yicha olingan nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymati deb tashkilot tomonidan berilgan yoki berilishi lozim bo‘lgan qimmatliklarning joriy qiymati tan olinadi. Tashkilot tomonidan berilgan yoki beriladigan mavjud qimmatliklarning joriy qiymati tashkilotning taqqoslash sharti bilan shunga o‘xshash mavjud qimmatliklar joriy qiymatini belgilaydigan narxlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tashkilot tomonidan berilgan yoki beriladigan mavjud qimmatliklarning joriy qiymatini belgilash imkoniyati mavjud bo‘lmagan hollarda, majburiyatlarni (to‘lovni) pul ko‘rinishida bo‘lmagan mablag‘lar bilan bajarish nazarda tutiladigan shartnomalar bo‘yicha tashkilot tomonidan olingan nomoddiy aktivlarning qiymati shunga o‘xshash nomoddiy aktivlarning taqqoslash sharti bilan sotib olinadigan joriy qiymatidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Bitta umumiy summada xarid qilingan nomoddiy aktivlarning har birining boshlang‘ich qiymati ushbu summani alohida nomoddiy aktivning joriy qiymatiga mutanosib ravishda taqsimlash bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobiga qabul qilingan boshlang‘ich qiymati O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida va mazkur Standartda belgilangan holatlardan tashqari boshqa holatlarda o‘zgartirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Nomoddiy aktiv dastlab tan olingandan so‘ng moliyaviy hisobotda jamg‘arilgan amortizatsiya ayirilgan holda boshlang‘ich qiymat bo‘yicha yoki qayta baholangan qiymat (mumkin bo‘lgan muqobil usul) bo‘yicha aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nomoddiy aktivni dastlab tan olingandan so‘ng moliyaviy hisobotda aks ettirishda qo‘llanadigan usul majburiy tartibda tashkilotning hisob siyosatida ko‘rsatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Nomoddiy aktivlarga o‘tkaziladigan kapital qo‘yilmalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymati dastlab mo‘ljallangan kelgusidagi iqtisodiy nafni oshirishga imkon beradigan, ushbu nomoddiy aktivlarni takomillashtirish va ularning imkoniyatlari va foydali xizmat muddatini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar summasiga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Tashkilot aktivning foydali xizmat muddati davomida mavjud bo‘ladigan kutilishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy sharoitlar haqidagi asoslangan va tasdiqlangan taxminidan foydalangan holda kelgusidagi iqtisodiy naf olish ehtimolini baholaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Nomoddiy aktivlarni qayta baholash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Nomoddiy aktivlarni qayta baholash — nomoddiy aktivlarning balans (qayta tiklash) qiymatini joriy bozor narxlari darajasiga muvofiqlashtirish maqsadida ularni vaqti-vaqti bilan aniqlashtirishdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Tashkilot qayta baholashda joriy qiymatni faol bozor ma’lumotlari asosida aniq belgilashi mumkin bo‘lgan shartlarda, qayta baholash sanasidagi joriy qiymatni tasdiqlovchi hujjatlar asosida amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayta baholashni balans (qayta tiklash) qiymati balans hisobotini tuzish sanasidagi bozor qiymatidan farq qilmasligi uchun muntazam ravishda amalga oshirish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nomoddiy aktivni qayta baholashda ushbu qayta baholanayotgan aktiv taalluqli bo‘lgan bir turdagi nomoddiy aktivlarning barcha guruhi qayta baholanishi kerak, bunday aktivlar uchun faol bozor mavjud bo‘lmagan holatlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayta baholash natijasida nomoddiy aktivlar buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda joriy (qayta tiklash) qiymati bo‘yicha aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Nomoddiy aktivning joriy qiymatini nomoddiy aktivning ushbu turi bo‘yicha faol bozor narxlari asosida belgilash mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar ilgari qayta baholangan nomoddiy aktivning joriy qiymatini faol bozor ma’lumotlari asosida aniqlash mumkin bo‘lmasa, nomoddiy aktivning balans qiymati jamlangan amortizatsiya chegirilgan holda faol bozor ma’lumotlari asosida uning oxirgi qayta baholangan sanadagi qayta tiklash qiymati bo‘yicha aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Nomoddiy aktivlarni qayta baholashda joriy qiymatni hujjatlar asosida tasdiqlash uchun tashkilotning ixtiyoriga ko‘ra quyidagilardan foydalanilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayyorlovchi firmalar va ularning rasmiy dilerlari hamda vakolatxonalaridan yozma shaklda olingan xuddi shunday nomoddiy aktivga doir narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta baholashni o‘tkazish sanasiga va nomoddiy aktivlarni xarid qilish sanasiga Markaziy bank kurslarining nisbati sifatida aniqlanadigan hisob-kitob koeffitsiyentini qo‘llagan holda xarid qilish sanasi bo‘yicha nomoddiy aktivlarning qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlar (tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta baholashni o‘tkazish davrida ommaviy axborot vositalari va maxsus adabiyotlar va shu kabilarda e’lon qilingan narxlar darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli nomoddiy aktivning qiymati to‘g‘risida baholovchining hisoboti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatini qayta baholashda ularning qayta baholash sanasidagi jamg‘arilgan amortizatsiyasi nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatini o‘zgartirishning tegishli indekslariga tuzatiladi hamda keyinchalik amortizatsiyani hisoblash qayta baholangan (qayta tiklash) qiymatidan amalga oshiriladi. Qayta baholash indeksi nomoddiy aktivning joriy qiymatini uning boshlang‘ich qiymatiga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Qayta baholash natijasida nomoddiy aktivlarning bahosini o‘sishi summasi rezerv kapitali tarkibiga 8510 “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” hisobvarag‘iga olib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayta baholash natijasida nomoddiy aktivlar bahosining pasayish summasi avvalgi hisobot davrlarida o‘tkazilgan ushbu obyekt bahosining o‘sish summasi chegarasida 8510 “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” hisobvarag‘i bo‘yicha rezerv kapitalini kamaytirishga olib boriladi. Obyekt bahosining pasayish summasining uning bahosini o‘sishi summasidan yuqorisi boshqa operatsion xarajatlarga olib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Nomoddiy aktivlarning qayta baholash natijalari nomoddiy aktivlarni qayta baholash amalga oshirilgan joriy davrda moliyaviy hisobotda aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Xarajatlarni aks ettirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Nomoddiy aktivni xarid qilish yoki yaratishga (ishlab chiqarishga) taalluqli bo‘lgan, nomoddiy aktiv ta’rifini qanoatlantirmaydigan yoki ushbu Standartning 6-bandida ko‘rsatilgan shartlarga javob bermaydigan xarajatlar yuzaga kelgan hisobot davrida xarajat sifatida aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Nomoddiy aktivlarga taalluqli bo‘lgan, dastlab davr xarajatlari sifatida aks ettirilgan xarajatlar keyingi davrlarda aktiv sifatida aks ettirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Nomoddiy aktivlarni foydalanish uchun yaroqli holatda tutib turish va ulardan foydalanishdan kelgusidagi iqtisodiy nafning dastlab belgilangan miqdorini saqlab qolish uchun amalga oshiriladigan xarajatlar hisobot davri xarajatlari tarkibiga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Nomoddiy aktivlar bilan bog‘liq keyingi xarajatlar amalga oshirilgan hisobot davrining xarajatlari sifatida tan olinadi, agarda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bu xarajatlar aktivlarga bevosita aloqador kelgusidagi iqtisodiy nafni ko‘paytirish imkonini bermasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bu xarajatlarni o‘lchash va ularni ma’lum bir aktivga tegishliligini yuqori darajada aniqlash imkoni bo‘lmasa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu shartlarga rioya etilgan holda nomoddiy aktiv bilan bog‘liq keyingi xarajatlar uning balans qiymatiga kiritilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Amortizatsiyani hisoblash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Nomoddiy aktivlarning qiymati amortizatsiya hisoblash yo‘li bilan qoplanadi. Amortizatsiyalanadigan qiymat foydali xizmat muddati mobaynida tashkilot xarajatlariga amortizatsiya ajratmalari ko‘rinishida tizimli ravishda taqsimlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Nomoddiy aktiv bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash mazkur obyekt nomoddiy aktivlar tarkibiga qabul qilingan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlanadi hamda mazkur obyektning amortizatsiyalanadigan qiymati to‘liq qoplangunga yoxud bu obyektni balansdan chiqarilgunga qadar amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Nomoddiy aktiv bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash mazkur obyektning amortizatsiyalanadigan qiymati to‘liq qoplangan yoki bu obyekt balansdan chiqarilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasida to‘xtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Nomoddiy aktivning foydali xizmat muddati davomida amortizatsiya ajratmalarini hisoblash to‘xtatilmaydi, nomoddiy aktivdan foydalanishda bevosita va bilvosita cheklovlar (masalan, asosiy vositalar va boshqa aktivlarni konservatsiyalash, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish) mavjud bo‘lgan holatlar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash hisobot davridagi tashkilotning faoliyati natijalaridan qat’iy nazar amalga oshiriladi va u tegishli bo‘lgan hisobot davrining moliyaviy hisobotlarda aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Nomoddiy aktivlar bo‘yicha hisoblangan amortizatsiya summalari alohida hisobvaraqlarda tegishli summalarni jamg‘arish yo‘li bilan moliyaviy hisobotlarda aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Nomoddiy aktivning foydali xizmat muddatini aniqlashda quyidagi omillarni e’tiborga olinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) nomoddiy aktivning kutilayotgan foydali xizmat muddati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ishlab chiqarishni o‘zgartirish va yaxshilash natijasida yoki mazkur aktiv tomonidan ishlab chiqarilayottan mahsulotga (ishlarga, xizmatlarga) nisbatan bozor talablarining o‘zgarishi natijasida texnik eskirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) aktivdan foydalanishdagi yuridik va boshqa cheklovlar (masalan, foydali xizmat muddatining tugashi bilan bog‘liq bo‘lgan cheklovlar).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Nomoddiy aktivlarning foydali xizmat muddati tashkilot tomonidan nomoddiy aktiv buxgalteriya hisobiga qabul qilinish chog‘ida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nomoddiy aktivlarning foydali xizmat muddatini belgilash quyidagilardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) patent, guvohnomaning amal qilish muddati va O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq nomoddiy aktivlardan foydalanish muddati bo‘yicha boshqa cheklovlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) tashkilot iqtisodiy naf (daromad) olishi mumkin bo‘lgan davrda ushbu obyektdan foydalanish ko‘zda tutilayotgan muddat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nomoddiy aktivlarning alohida guruhlari uchun foydali xizmat muddati ushbu nomoddiy aktivdan foydalanish natijasida olinishi kutilayotgan mahsulotlar miqdori yoki ishlar hajmining boshqa natura ko‘rinishidagi ko‘rsatkichidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foydali xizmat muddatini belgilash mumkin bo‘lmagan nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari me’yori besh yil hisobida belgilanadi. Ushbu nomoddiy aktivlarning foydali xizmat muddati, agarda O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida boshqa tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, nomoddiy aktiv foydalanishga tayyor bo‘lgan paytdan boshlab tashkilotning faoliyat ko‘rsatish muddatidan oshmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Amortizatsiya quyidagi usullarni qo‘llash yo‘li bilan hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Amortizatsiyani hisoblashning bir maromli (to‘g‘ri chiziqli) usuli:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amortizatsiyani hisoblashning bir maromli (to‘g‘ri chiziqli) usulida amortizatsiya ajratmalari nomoddiy aktivlarni foydali xizmat muddati mobaynida ularning amortizatsiyalanadigan qiymatidan kelib chiqqan holda bir maromda, teng ulushlarda hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amortizatsiyani hisoblashning bir maromli (to‘g‘ri chiziqli) usulida amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi ushbu nomoddiy aktivning amortizatsiyalanadigan qiymati va foydali xizmat muddatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda amortizatsiyani hisoblash (ishlab chiqarish) usuli:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amortizatsiyani hisoblashning ishlab chiqarish usuli har bir muayyan yilda nomoddiy aktivdan foydalanishdan olinadigan mahsulotlarni hisobga olishga asoslangan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur usul bo‘yicha amortizatsiyaning har yilgi qiymatini hisoblash uchun butun foydali xizmat muddatidagi umumiy baholangan ishlab chiqarish quvvati yig‘indisini va mazkur muayyan yildagi ishlab chiqarish quvvati aniqlash lozim. Ishlab chiqarish quvvati sifatida ishlab chiqariladigan mahsulot birliklari soni, ishlangan soatlar soni va boshqalar olinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Amortizatsiyani hisoblashning ishlab chiqarish usulida yillik amortizatsiya ajratmalari summasi hisobot davridagi mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmining natura ko‘rishidagi ko‘rsatkichidan hamda amortizatsiyalanadigan qiymatning nomoddiy aktiv butun foydali xizmat muddatidagi nazarda tutilayotgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmiga nisbatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Nomoddiy aktivlardan intensiv foydalanilganda, shuningdek ilmiy-texnikaviy jarayonning katta ta’sirida nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi quyidagi usullarda hisoblanadigan jadallashtirilgan amortizatsiya yo‘li bilan ifodalanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yillar yig‘indisi usuli (kumulyativ usul).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuliga ko‘ra amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi hisobot yili boshidagi nomoddiy aktivning qoldiq (balans) qiymatidan va mazkur nomoddiy aktivning foydali xizmat muddatidan kelib chiqib hisoblangan amortizatsiyaning ikki baravar me’yoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli bo‘yicha amortizatsiyani hisoblashda kutilayotgan tugatish qiymati boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatidan chegirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Yillar yig‘indisi usuliga (kumulyativ usulga) ko‘ra har yili amortizatsiya me’yori amortizatsiya muddati oxiriga qadar qoladigan amortizatsiyalanadigan qiymatdagi ulush sifatida aniqlanadi. Ulush amortizatsiya ajratmalari tugaguniga qadar qoladigan to‘liq yillar sonini amortizatsiya muddatini tashkil qiladigan yillar tartib sonlari yig‘indisiga bo‘lish orqali aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yillar yig‘indisi usulida (kumulyativ usulda) amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi nomoddiy aktivning tugatish qiymati ayirilgan holda boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatidan hamda suratida nomoddiy aktivning foydali xizmat muddatining oxiriga qadar qoladigan yillar soni, maxrajida esa nomoddiy aktivning foydali xizmat muddati yillari soni yig‘indisining nisbatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Hisobot yili davomida nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari hisoblashda qo‘llaniladigan usulidan qat’iy nazar (amortizatsiya hisoblashning ishlab chiqarish usulidan tashqari) yillik summaning oylik nisbatida hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mavsumiy tusdagi ishlab chiqarish tashkilotlarida foydalaniladigan nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi tashkilot tomonidan nomoddiy aktivlardan foydalanish davri mobaynida bir maromda hisobot yilida hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Nomoddiy aktivlarning har xil turlariga (guruhlariga) nisbatan amortizatsiyani hisoblashning turli usullarini qo‘llash mumkin. Bunda bir turdagi nomoddiy aktivlar bo‘yicha (guruhi, turi va boshqalar bo‘yicha) faqat bitta usul qo‘llaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Qo‘llaniladigan amortizatsiyani hisoblash usuli va nomoddiy aktivning foydali xizmat muddatini qayta ko‘rib chiqish mumkinligi tashkilotning hisob siyosatida majburiy tartibda aks ettirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Agar nomoddiy aktivlardan foydalanishdan kutilayotgan iqtisodiy nafda sezilarli darajada o‘zgarish yuz bersa, amortizatsiya hisoblash usuli, agar yuzaga kelgan holatlar amortizatsiya hisoblash usulining o‘zgartirilish asosliligini ko‘rsatsa, amortizatsiya hisoblash usuli o‘zgarayotgan tendensiyani aks ettiradigan tarzda o‘zgartirilishi mumkin. Bunday o‘zgarish hisob siyosatida aks ettirilishi lozim. Bunda moliyaviy hisobotga tushuntirish xatida mazkur o‘zgarish sabablari va ularning iqtisodiy samarasi ochib berilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Nomoddiy aktivning foydali xizmat muddati har bir hisobot yili oxirida qayta ko‘rib chiqiladi, agar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kelgusi davrda aktivning foydali xizmat muddatining o‘zgarishi yoki kelgusidagi iqtisodiy foydani olish shartlarining o‘zgarishi kutilayotgan bo‘lsa (nomoddiy aktivlarni yaxshilashga va mos ravishda, ularning foydali xizmat muddatini oshishiga yoki qisqarishiga olib keladigan xarajatlarni hisobga olgan holda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
prognozlar dastlabki baholardan sezilarli darajada farq qilsa (bunda, hisobot va kelgusi davrlar uchun amortizatsiya summasini ko‘paytirish yoki kamaytirish talab etiladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nomoddiy aktivning amortizatsiyasi o‘zgartirilgan oydan keyingi oydan boshlab yangi amortizatsiya hisoblash usuli va foydali xizmat muddatidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Nomoddiy aktivlarning amortizatsiyalanadigan qiymatini hisoblashda ularning tugatish qiymati hisobga olinadi. Tugatish qiymati muhim bo‘lmagan taqdirda, u amortizatsiyalanadigan qiymatni hisoblab chiqarishda hisobga olinmasligi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar tugatish qiymati ahamiyatga ega bo‘lsa, u nomoddiy aktivlar xarid qilingan sanada yoki ularni qayta baholash sanasida aniqlanadi. Tugatish qiymati nomoddiy aktivlarning xizmat muddati oxirida tugatish bo‘yicha kutilayotgan xarajatlarga kamaytirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Nomoddiy aktivning tugatish qiymati quyidagi hollarda nolga teng deb hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) kutilayotgan foydali xizmat muddati oxirida uchinchi taraf bilan uni sotib olish haqidagi bitim mavjud bo‘lmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) nomoddiy aktivning tugatish qiymati faol bozor ma’lumotlari asosida ishonchli baholash uchun faol bozor yo‘qligi hamda nomoddiy aktivning kutilayotgan foydali xizmat muddati oxirida bunday bozorning mavjud bo‘lish ehtimoli yo‘qligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Nomoddiy aktivlardan foydalanish huquqini berish bilan bog‘liq operatsiyalar hisobi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Nomoddiy aktivlardan foydalanish huquqini berish bilan bog‘liq operatsiyalar huquq egasi va foydalanuvchi o‘rtasida tuzilgan, tashkilotga nomoddiy aktivlardan foydalanish huquqini beradigan (masalan, huquq egasi tomonidan tashkilotga tovar belgisidan muayyan muddat mobaynida, ma’lum hududda foydalanish huquqi, mahsulotlar ishlab chiqarish avtomatlashtirilgan boshqaruvining texnologik dasturidan foydalanish huquqi, sanoat namunalaridan foydalanish huquqi va boshqa huquqlarning berilishi) litsenziya shartnomalari (mutlaq, nomutlaq, ochiq litsenziya), mualliflik (fan, adabiyot va san’at asarlaridan foydalanish mutlaq, nomutlaq huquqini berish to‘g‘risidagi) shartnomalari, tijorat konsessiya shartnomalari va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq tuzilgan boshqa shunga o‘xshash shartnomalar asosida buxgalteriya hisobida tan olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Mulk huquqiga ega tashkilot tomonidan nomoddiy aktivlarga bo‘lgan mutlaq huquq saqlab qolingan holda, boshqa tashkilotga foydalanishga berilgan nomoddiy aktivlar balansdan chiqarilmaydi, balki mulk huquqiga ega tashkilotning buxgalteriya hisobida mazkur Standartning 3-bobdagi qoidalarga muvofiq aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Foydalanishga berilgan nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiyani hisoblash mulk huquqiga ega tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Foydalanishga olingan nomoddiy aktivlar foydalanuvchi tashkilot tomonidan shartnomaga kiritilgan bahoda balansdan tashqari hisobvaraqda hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda taqdim etilgan nomoddiy aktivlar obyektlaridan foydalanish huquqi uchun shartnomada belgilangan tartib va muddatda hisobladigan va to‘lanadigan mualliflik haqini qo‘shgan holda, davriy to‘lovlar ko‘rinishida amalga oshiriladigan to‘lovlar foydalanuvchi tashkilot tomonidan hisobot davri xarajatlariga kiritiladi, taqdim etilgan nomoddiy aktivlar obyektlaridan foydalanish huquqi uchun qat’iy bir martalik ko‘rinishda amalga oshiriladigan to‘lovlar esa foydalanuvchi tashkilot tomonidan kelgusi davr xarajatlari sifatida buxgalteriya hisobida aks ettiriladi va shartnomaning amal qilish muddati mobaynida tegishli hisobot davri xarajatlariga hisobdan chiqariladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bob. Gudvill hisobining xususiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Tashkilotning bozor qiymati tashkilot tomonidan kelgusida olinish ehtimoli mavjud bo‘lgan iqtisodiy nafning bozor bahosini ko‘rsatadi. Istalgan paytda tashkilotning bozor qiymati bilan identifikatsiya qilinadigan aktivlarning balans qiymati o‘rtasidagi farq o‘z ichiga tashkilotning qiymatiga ta’sir etuvchi bir qator omillarni olishi mumkin. Biroq bunday farq ushbu paytda tashkilot nazorat qilayotgan aniq aktivlarning qiymatini ifodalamaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. Tashkilotning o‘zi yaratgan gudvill aktiv sifatida aks ettirilmasligi kerak, chunki u tashkilotni sotib olish paytida xarid qiymati bilan mazkur tashkilotni tashkil qiluvchi aktivlarning sof qiymati o‘rtasidagi farq sifatida yuzaga keladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64. Xarid qilingan gudvillning miqdori hisob-kitob qilish yo‘li bilan, xarid qilinayotgan tashkilotning xarid qiymati bilan uni xarid qilish sanasidagi tashkilot sof aktivlarining bozor qiymati (barcha majburiyatlar summasi ayirilgan holda aktivlarning bozor qiymati) o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65. Gudvill summasiga xaridor tomonidan kelgusidagi iqtisodiy naf olish maqsadida beriladigan qo‘shimcha to‘lov sifatida qaraladi va alohida inventar obyekti sifatida hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Manfiy gudvill summasini stabil xaridorlar mavjudligi omili, sifat reputatsiyasi, marketing va sotish qobiliyati, ish yuzasidan aloqalar, boshqarish tajribasi, xodimlar malaka darajasi va shu kabilar bo‘lmagan taqdirda, xaridorga taqdim etiladigan narxdan chegirma sifatida ko‘rish va muddati kechiktirilgan daromadlar (kelgusi davr daromadlari) sifatida hisobga olish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66. Gudvill bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari uning foydali xizmat muddati mobaynida boshlang‘ich qiymatini kamaytirish yo‘li bilan buxgalteriya hisobida tan olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gudvillning foydali xizmat muddati dastlab tan olingan paytdan boshlab yigirma yildan oshmasligi kerak (tashkilotning faoliyat ko‘rsatish muddatidan oshib ketmasligi lozim).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gudvill bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari mazkur Standartning 7-bobida nazarda tutilgan tartibda va usullarni qo‘llagan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliyaviy hisobotda gudvillning qiymati tegishli hisobot davrida amalga oshirilgan hisobdan chiqarishlarni chegirgan holda balans qiymatida aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Manfiy gudvill summasi sotib olingan amortizatsiyalanadigan alohida aktivlarning foydali xizmat muddatlarning o‘rtachasi mobaynida tizimli ravishda tashkilotning moliyaviy natijalarga asosiy faoliyatdan boshqa daromadlar sifatida kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-bob. Nomoddiy aktivlarning chiqib ketishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
67. Chiqib ketayotgan nomoddiy aktivlarning qiymati balansdan chiqariladi. Nomoddiy aktivlar quyidagilar natijasida tashkilot balansidan chiqariladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) tugatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) sotish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) ayirboshlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) tekinga berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) ustav kapitaliga ta’sischi hissasi sifatida berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) ishtirokchilar tarkibidan ishtirokchining chiqib ketishi chog‘ida nomoddiy aktivlar bilan hisob-kitob qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) kamomad yoki yo‘qotishlar aniqlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
68. Nomoddiy aktivlarning chiqib ketishidan moliyaviy natija (foyda yoki zarar) nomoddiy aktivlarning chiqib ketishidan olingan daromaddan ularning qoldiq (balans) qiymatini, nomoddiy aktivlarning chiqib ketishi bilan bog‘liq bo‘lgan bilvosita soliqlar va xarajatlarni chegirib tashlash orqali aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nomoddiy aktivlar balansdan chiqarilganda moliyaviy natijani (foyda yoki zararni) aniqlashda oldingi qayta baholashlardan hosil bo‘lgan nomoddiy aktivlarni bahosi o‘sish summasining qoldig‘i 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi”ni hisobga oluvchi hisobvaraqlar kreditiga kiritiladi hamda 8510 “Uzoq muddatli aktivlar qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” hisobvarag‘i bo‘yicha rezerv kapital kamaytiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-bob. Nomoddiy aktivlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
69. Tashkilotlarning nomoddiy aktivlardan foydalanishga doir huquqlarini tasdiqlaydigan hujjatlarning haqiqatda mavjudligini, balansda nomoddiy aktivlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida aks ettirilganligini aniqlash va ularning saqlanishini nazorat qilish maqsadida tashkilotlar tomonidan vaqti-vaqti bilan, biroq ikki yilda kamida bir marta nomoddiy aktivlarni inventarizatsiyadan o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
70. Nomoddiy aktivlarning inventarizatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (19-sonli BHMS) “Inventarizatsiyani tashkil qilish va o‘tkazish”da (ro‘yxat raqami 833, 1999-yil 2-noyabr) belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71. Inventarizatsiyada aniqlangan ortiqcha nomoddiy aktivlar boshqa operatsion daromadlar sifatida aks ettiriladi. Inventarizatsiya vaqtida kamomad fakti aniqlangan yetishmayotgan nomoddiy aktivlar aybdor shaxslar aniqlangunga qadar kamomadlarni hisobga oluvchi hisobvaraqda aks ettiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-bob. Ma’lumotni yoritib berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
72. Nomoddiy aktivlar va ularning alohida guruhlariga nisbatan qabul qilingan hisob siyosati bo‘yicha quyidagilar moliyaviy hisobotlarga izohlarda yoritib berilishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkilot tomonidan nomoddiy aktivlarning (alohida guruhlari bo‘yicha) foydali xizmat muddatlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomoddiy aktivlarning alohida guruhlari bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash usullari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkilotda mavjud bo‘lgan barcha nomoddiy aktivlarning hisobot davri boshi va oxiridagi umumiy balans qiymati va jamg‘arilgan amortizatsiya summasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kelib tushishi, chiqib ketishi va boshqa harakatlari natijasida hisobot davri boshi va oxirida nomoddiy aktivlarning balans qiymatidagi o‘zgarishlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashkilotning o‘zi tomonidan yaratilgan nomoddiy aktivlarning balans qiymati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
73. Moliyaviy hisobotlarga izohlarda quyidagilar ham yoritib berilishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
balans qiymati tashkilotning moliyaviy hisobot uchun muhim hisoblangan nomoddiy aktivlarning tavsifi, balans qiymati va qolgan amortizatsiya davri;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
egalik qilish huquqida cheklovlar mavjud bo‘lgan nomoddiy aktivlarning umumiy balans qiymati, shuningdek majburiyatlar bo‘yicha kafolat sifatida berilgan nomoddiy aktivlarning umumiy qiymati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amortizatsiya hisoblanmaydigan nomoddiy aktivlarning tavsifi va balans qiymati hamda amortizatsiya hisoblanmasligi sabablari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
74. Tashkilot moliyaviy hisobotlarga izohlarda quyidagilarni qisqacha yoritib berishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyaviy hisobot tuzilishi sanasiga nomoddiy aktiv deb tan olinish mezonlariga javob beradigan, biroq avvalgi hisobot davrida xarajat sifatida tan olingan ahamiyatli nomoddiy aktivlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kelgusida iqtisodiy naf olinishi kutilayotgan nomoddiy aktivlarni yaratish yoki yaxshilashga yo‘naltirilgan faoliyat turlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
75. Quyidagi ma’lumotlar nomoddiy aktivlar qayta baholangan hollarda moliyaviy hisobotlarga izohlarda yoritib berilishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joriy qiymatni aniqlash uchun asos;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta baholash amalga oshirilgan sana;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
joriy qiymatini aniqlash imkoni bo‘lmagan nomoddiy aktivlarning balans qiymatlari hamda qayta baholash imkoni mavjud emasligiga sabablar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 14-iyundagi 134-son buyrug‘iga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RO‘YXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2005-yil 25-martdagi 35-son “O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (7-sonli BHMS) “Nomoddiy aktivlar”ni yangi tahrirda tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1485, 2005-yil 27-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 25-26-son, 188-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 21-yanvardagi 7-son “O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (7-son BHMS) “Nomoddiy aktivlar”ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1485-1, 2009-yil 14-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-yil, 8-son, 79-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013-yil 17-maydagi 51-son “O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (7-sonli BHMS) “Nomoddiy aktivlar”ga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1485-2, 2013-yil 22-may ) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-yil, 21-son, 277-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 5-sentabrdagi 66-son “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (7-sonli BHMS) “Nomoddiy aktivlar”ni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruqqa o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1485-3, 2016-yil 9-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-yil, 36-son, 422-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 12-iyundagi 74-son “O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy standarti (7-son BHMS) “Nomoddiy aktivlar”ni yangi tahrirda tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruqning muqaddimasiga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1485-4, 2017-yil 16-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-yil, 24-son, 515-modda).
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2024-y., 10/24/3547/0605-son; 11.02.2025-y., 10/25/3607/0125-son)