O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
buyrug‘i
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BUXGALTERIYA HISOBINING MILLIY STANDARTI (7-SONLI BHMS) “NOMODDIY AKTIVLAR”GA O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 14-fevralda 1485-1-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 14-iyundagi 134-sonli “O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (7-sonli BHMS) “Nomoddiy aktivlar”ni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3547, 09.08.2024-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga asosan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-noyabrdagi 553-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2005-yil 25-martdagi 35-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (7-sonli BHMS) “Nomoddiy aktivlar”ga (2005-yil 27-iyun, ro‘yxat raqami 1485 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 25-26-son, 188-modda) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 21-yanvar,
7-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 8-son, 79-modda)