23.07.2024 yildagi PF-104-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 23.07.2024 yildagi PF-104-son
Date of entry into force
25.07.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmoni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish sohasini yanada rivojlantirish va ularning raqobatbardoshligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish va respublikaning yetakchi tarmoqlardan biriga aylantirish, zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish va sotish faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy qilish, mahsulotlarni eksport qilish koʻrsatkichlarini oshirish hamda ularning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini taʼminlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Savdo-sanoat palatasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024 — 2026-yillarda “Oʻzmilliybank” AJ ishtirokida Buxoro va Namangan viloyatlarida bittadan hamda Toshkent shahrida ikkita zargarlik markazlarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zargarlik markazlarida tadbirkorlik subyektlari uchun zarur infratuzilmani (ishlab chiqarish va savdo maydonchalari, “shou-rum”lar, qimmatbaho metallar zaxiralari, ularning asillik darajasini aniqlash boʻyicha laboratoriyalar) yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil yakuniga qadar qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning (keyingi oʻrinlarda — zargarlik buyumlari) yillik ishlab chiqarish hajmlarini 1 milliard AQSH dollariga va eksport koʻrsatkichini — 100 million AQSH dollariga yetkazish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Savdo-sanoat palatasi hamda Markaziy bank bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

2025-yil yakuniga qadar “Oʻzmilliybank” AJ tajribasidan kelib chiqib, respublikaning boshqa hududlarida ham zargarlik markazlarini tashkil etsin;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 1-yanvarga qadar zargarlik markazlarini tashkil etish uchun davlat koʻchmas mulk obyektlarini yaxlit mulk sifatida yoki lotlar (qismlar va xonalar)ga boʻlgan holda tadbirkorlik subyektlari va tijorat banklariga uzoq muddatli ijaraga yoki mulk huquqi asosida, qiymatini boʻlib-boʻlib toʻlash shartlarida realizatsiya qilish choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qoʻyilsinki, ushbu Farmonga muvofiq tashkil etiladigan zargarlik markazlarida faoliyat yuritayotgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallarni kechiktirib toʻlash sharti bilan sotishda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

90 kun ichida amalga oshirilgan toʻlovlar qismiga — foiz hisoblanmaydi;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
91-kundan boshlab 180-kungacha amalga oshirilgan toʻlovlar qismiga — yillik 3 foiz miqdorida foiz hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarning qimmatbaho metallarga boʻlgan talabini qondirish maqsadida shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

a) zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar “Olmaliq KMK” AJ va “Navoiy KMK” AJ tomonidan uzluksiz ravishda zarur miqdordagi qimmatbaho metallar bilan taʼminlanadi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda davlat buyurtmasida nazarda tutilgan qimmatbaho metallarning yillik hajmlari muddatidan oldin sotilganda, “Olmaliq KMK” AJ va “Navoiy KMK” AJ tomonidan keyinchalik birja savdolari va toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar orqali realizatsiya qilish uchun qoʻshimcha qimmatbaho metallar hajmlari ajratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) “Olmaliq KMK” AJ va “Navoiy KMK” AJ tomonidan “Oʻzmilliybank” AJning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mintaqaviy filiallari omborxonalarida qimmatbaho metallar zaxiralari shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga birja savdolari va toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida sotib olingan qimmatbaho metallarni “Olmaliq KMK” AJ va “Navoiy KMK” AJga bormasdan bevosita “Oʻzmilliybank” AJning omborxonalaridan olish huquqi beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 2024-yil 1-sentabrdan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasiga aʼzo boʻlgan affinaj korxonalariga “Olmaliq KMK” AJ va “Navoiy KMK” AJdan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida 100 foiz oldindan toʻlov shartlarida qimmatbaho metallarni sotib olish va keyinchalik ularni qulay boʻlgan shakl va miqdorlarga keltirgan holda zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga sotish huquqi beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga oʻzlari yasagan yarim tayyor zargarlik buyumlarini boshqa zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga realizatsiya qilishga ruxsat etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 2024-yil 1-oktabrdan 2027-yil 1-oktabrga qadar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

zargarlik sanoatida ishlatiladigan ligatura mahsulotlarini import qilishda maxsus turdagi tovarlar importi uchun litsenziya olish talabi bekor qilinadi;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan va zargarlik sanoatida ishlatiladigan ligatura mahsulotlari bojxona bojidan ozod etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) qimmatbaho metallarni chegirmalarni qoʻllagan holda sotishda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilishi lozim boʻlgan ish oʻrinlariga qoʻyilgan talablar yengillashtiriladi hamda chegirma olish boʻyicha arizalarni koʻrib chiqish muddatlari qisqartiriladi;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatbaho metallarni birja savdolari bilan birgalikda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida ham chegirmalarni qoʻllagan holda sotib olishga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilansinki, zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarni moliyaviy resurslar bilan taʼminlash, yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish va milliy brendlarni jahon bozorlarida ilgari surish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining 20 million AQSH dollari ekvivalentidagi maqsadli resurslari tijorat banklariga ularning buyurtmalariga asosan 5 yil muddatga Markaziy bankning asosiy stavkasidan 3 foiz bandga past foiz stavkada depozitga joylashtiriladi. Bunda:
(5-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-dekabrdagi PF-263-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 06/25/263/1239-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banklari tomonidan depozitga joylashtirilgan mablagʻlar hisobidan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga investitsiya loyihalarini amalga oshirish, asbob-uskuna va ehtiyot qismlarini xarid qilish hamda aylanma mablagʻlarni toʻldirish maqsadlariga 2 yillik imtiyozli davr bilan 5 yilgacha boʻlgan muddatga Markaziy bankning asosiy stavkasida (shundan 3 foiz bank marjasi) milliy valyutada kreditlar ajratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
depozitga joylashtirilgan mablagʻlarga nisbatan Markaziy bankda shakllantiriladigan majburiy rezerv talablari qoʻllanilmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2024-yil 1-avgustdan boshlab xorijiy koʻrgazma va yarmarkalarda namoyish etish uchun olib chiqiladigan tayyor zargarlik buyumlarini “vaqtincha olib chiqish” bojxona rejimiga joylashtirishda bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish uchun yigʻim bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida undiriladi. Bunda tadbirkorlik subyektlariga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

ushbu zargarlik buyumlarini koʻrgazma va yarmarkalarda sotish hamda ularni invoys asosida “eksport” bojxona rejimiga joylashtirish;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zargarlik buyumlarini koʻrgazma va yarmarkalarda sotishdan tushadigan mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi banklaridagi oʻz hisob raqamlariga, shu jumladan bank oʻtkazmalari orqali yoki naqd pul shaklida kiritish huquqi beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 2024-yil 1-oktabrdan 2027-yil 1-oktabrga qadar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha import qilinadigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan hamda zargarlik sohasida foydalaniladigan asbob-uskunalar, qadoqlash va etiketkalash mahsulotlari bojxona bojidan ozod etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Uzbek Jewellery Fair” xalqaro koʻrgazma savdosi doirasida Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan respublika hududiga vaqtincha olib kiriladigan hamda keyinchalik qaytarib olib chiqiladigan zargarlik buyumlariga nisbatan bojxona hujjatlarini rasmiylashtirishda bojxona yigʻimlari undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi 2025-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasining Kimberli jarayoniga qoʻshilishi boʻyicha zarur choralarni koʻrsin va ushbu jarayonning sertifikatlashtirish sxemasida nazarda tutilgan qoidalarning milliy qonunchilikka implementatsiya qilinishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilab qoʻyilsinki, zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish va realizatsiya qilish sohasida samarali nazorat tizimini joriy etish hamda ularning noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2024-yil 1-oktabrdan boshlab Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boʻlimlariga (keyingi oʻrinlarda — Asillik inspeksiyasi) quyidagilarni amalga oshirishga ruxsat etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zargarlik buyumlari bilan chakana savdo qilish, ularni tamgʻalash va asillik darajasini aniqlash qoidalariga rioya etilishini tekshirish bilan bogʻliq nazorat tadbirlarini Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni xabardor qilgan holda oʻtkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

nazorat tadbirlarini oʻtkazish jarayonlariga “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi mutaxassislarini jalb qilish;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish yoki ularni sotish faoliyatini boshlash (tugatish) toʻgʻrisidagi xabarnomalarni qabul qilish, mazkur sohada litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillariga rioya qilmasdan faoliyat yuritayotgan shaxslarni aniqlash va ularga zarur hujjatlarni rasmiylashtirish boʻyicha koʻmaklashishga oid funksiyalarini autsorsing asosida Savdo-sanoat palatasiga berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2024-yil 1-noyabrdan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet elda ishlab chiqarilgan zargarlik buyumlarini, basharti ular boʻyicha bojxona toʻlovlari amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar boʻlmasa, sotuvga qoʻyish va chakana savdoda realizatsiya qilish man etiladi. Bunda ushbu tartib buxgalteriya hisobi qonunchiligiga muvofiq 2024-yil 1-sentabrga qadar rasmiylashtirilgan (kirim qilingan) zargarlik buyumlariga nisbatan tatbiq etilmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qimmatbaho metallarning hamda qimmatbaho metallar bilan qoplangan metallarning chiqindilari va parchalari litsenziya asosida eksport qilinadigan maxsus turdagi tovarlar roʻyxatiga kiritiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Asillik inspeksiyasining xulosasi boʻlmagan yarim tayyor zargarlik buyumlarini Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqish man etiladi;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxslarga ogʻirligi 200 grammgacha boʻlgan kumushdan hamda 65 grammgacha boʻlgan oltin va boshqa qimmatbaho metallardan yasalgan tayyor zargarlik buyumlarini yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirmasdan, ushbu miqdorlardan ortiq boʻlganlarini yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsat beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

2027-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan tayyor zargarlik buyumlariga nisbatan import bojxona bojlari 20 foizdan 10 foizgacha kamaytiriladi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Asillik inspeksiyasi 2025-yil 1-yanvarga qadar Toshkent shahri, Buxoro, Namangan, Samarqand va Xorazm viloyatlarida zargarlik buyumlarining asilligini tezkor tekshirish boʻyicha xizmatlarni koʻrsatuvchi shoxobchalar faoliyatini yoʻlga qoʻysin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Zargarlik sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash maqsadida Toshkent shahri, Namangan va Samarqand viloyatlarida zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, ularni realizatsiya qilish, gemmologiya, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarga ishlov berish hamda ularni sayqallash yoʻnalishlari boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etilsin. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Toshkent shahar, Namangan va Samarqand viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda 2025-yil 1-yanvarga qadar qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etish uchun tadbirkorlik subyektlariga qulay boʻlgan taʼlim muassasalaridan tekin foydalanish huquqi asosida zarur bino va xonalar ajratilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Savdo-sanoat palatasi “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda 2025/2026 oʻquv yili boshlanishiga qadar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Turkiya, Xitoy, Hindiston davlatlaridan oʻquv kurslariga yuqori malakali xorijiy oʻqituvchi va mutaxassislarni jalb qilsin;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻquv kurslarini lozim darajada tashkil etish hamda taʼlim muassasalarini oʻquv-metodik majmualar, laboratoriya uskunalari va xom ashyo bilan taʼminlash uchun Savdo-sanoat palatasining Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan zarur mablagʻlar ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Savdo-sanoat palatasining “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi faoliyatini takomillashtirish va uning asosiy vazifalarini 1-ilovaga muvofiq qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasiga zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarni hamda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni oltin izlovchilar usulida qazib oluvchi tadbirkorlik subyektlarini ham aʼzolikka qabul qilishga ruxsat etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2024-yil 1-sentabrdan boshlab 2027-yil 1-sentabrga qadar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

“Hunarmand” uyushmasi aʼzolari uchun belgilangan soliq imtiyozlari “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasiga aʼzo boʻlgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga ham tatbiq etiladi;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasiga aʼzo boʻlgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarishda foydalaniladigan koʻchmas mulk obyektlari hamda yer uchastkalari mol-mulk soligʻi va yer soligʻidan ozod etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 2024-yil 1-avgustdan boshlab oltindan yasalgan zargarlik buyumlarini chakana savdoda sotganlik uchun yigʻim summasi Savdo-sanoat palatasining Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 2026-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilar zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish yoki ularni sotish faoliyatini yuritishning qoʻshimcha shartlari sifatida kiritiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etilgan malaka imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan va tegishli sertifikatni olgan kamida bir nafar mutaxassisning mavjudligi;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish yoki ularni sotish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnik baza, uskunalar va boshqa texnika vositalarining mavjudligi va ushbu holat Savdo-sanoat palatasi tomonidan tasdiqlanganligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Iqtisodiyot va moliya vazirligi ushbu Farmonda belgilangan vazifalarning lozim darajada bajarilishini taʼminlash uchun 2025-yilgi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda Savdo-sanoat palatasining Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga 100 milliard soʻm mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, ushbu bandga asosan Davlat budjetidan Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga ajratiladigan mablagʻlar 2-ilovada koʻrsatilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Zargarlik sanoatini rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi (keyingi oʻrinlarda — Respublika kengashi) 3-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zargarlik sohasini rivojlantirish bilan bogʻliq masalalarni muntazam ravishda muhokama qilib borish hamda bu boradagi mavjud muammolarni hal qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zargarlik sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, ular yetarli miqdordagi xom ashyo bilan taʼminlanishi uchun zarur sharoit yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zargarlik markazlarini tashkil etish boʻyicha izchil chora-tadbirlarni amalga oshirish, ularning faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun davlat mulki obyektlarining oʻz vaqtida qulay shartlarda ajratilishini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

qimmatbaho metallarni qayta ishlashni chuqurlashtirish, yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zargarlik sanoatida innovatsion ishlanmalar joriy etilishini hamda mahsulotlar ishlab chiqarish texnologik jarayonlarining xalqaro standartlarga muvofiq doimiy yangilanishini taʼminlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024 — 2027-yillarda zargarlik sanoatini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 4-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024 — 2027-yillarda zargarlik sanoatini rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika kengashiga ushbu Farmonning 4 va 5-ilovalarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni sifatli va toʻliq hajmda bajarish hamda maqsadli koʻrsatkichlarga erishish yuzasidan javobgarlik yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 6-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Savdo-sanoat palatasi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

14. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov hamda Savdo-sanoat palatasi raisi D.A. Vaxabov belgilansin.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Farmon ijrosini nazorat qilish hamda ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 23-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PF-104-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-iyuldagi PF-104-son Farmoniga

1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasining asosiy vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

Zargarlik sanoatiga mahalliy va xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, tayyor zargarlik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va sifatini yaxshilash boʻyicha ishlarni samarali tashkil etish.

2.

Xalqaro talablarga muvofiq zargarlik mahsulotlarini sertifikatlashtirish va standartlashni taʼminlash, sifat menejmentining zamonaviy usullarini keng joriy etish.

3.

Zargarlik sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga har tomonlama koʻmaklashish va koʻllab-quvvatlash, ularning rivojlanishiga toʻsqinlik qiluvchi omillarni hal etish boʻyicha zarur choralarni koʻrish.

4.

Zargarlik buyumlarini sotish bozorlarini kengaytirish boʻyicha marketing tadqiqotlari oʻtkazish, milliy brendlarni jahon bozorlarida ilgari surish, ishlab chiqarish jarayoniga ilgʻor innovatsion texnologiyalar, nou-xau, dizaynerlik ishlanmalarini keng joriy etish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning xalqaro koʻrgazmalarda munosib ishtirokini taʼminlash.

5.

Zargarlik sanoati uchun professional kadrlar tayyorlanishini yoʻlga qoʻyish, taʼlim muassasalarining oʻquv dasturlarini tarmoqning zamonaviy rivojlanish tendensiyalarini hisobga olgan holda qayta koʻrib chiqish, sohada ilmiy-tadqiqot faoliyati va xalqaro hamkorlikni faollashtirish.

6.

Maxsus vakolatli organlar bilan birgalikda zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish va realizatsiya qilish sohasida samarali nazorat tizimini tashkil etish, ushbu buyumlarning noqonuniy ishlab chiqarilishi va aylanmasining oldini olish, bunga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, qalbaki, asillik darajasiga muvofiq boʻlmagan zargarlik buyumlari sotilishiga barham berish.

7.

Davlat organlari, tadbirkorlik subyektlari, isteʼmolchilar hamda zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar oʻrtasidagi hamkorlik munosabatlarini kengaytirish.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-iyuldagi PF-104-son Farmoniga

2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat budjetidan Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga ajratiladigan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladigan chora-tadbirlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
roʻyxati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

Qimmatbaho metallar va zargarlik buyumlarining asillik darajasini, shuningdek, ishlov berilgan va ishlov berilmagan qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarning gemmologik xususiyatlarini aniqlash boʻyicha laboratoriyalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2.

Zargarlik sanoatida foydalaniladigan qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarning gemmologik klassifikatorini ishlab chiqish.

3.

Zargarlik sohasida talab yuqori boʻlgan mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha oʻquv kurslari hamda malakalarni baholash markazini tashkil etish, ushbu yoʻnalishda kadrlar tayyorlaydigan taʼlim tashkilotlarini zarur asbob-uskuna, xom ashyo materiallari va oʻquv-metodik majmualar bilan taʼminlash.

4.

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi huzurida “Zargarlik buyumlari boʻyicha usta”, “Zargarlik buyumlari savdosi boʻyicha mutaxassis”, “Gemmologiya”, “Qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarga ishlov berish va ularni sayqallash” hamda “Qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar oʻymakorligi” yoʻnalishlari boʻyicha kadrlarni tayyorlovchi oʻquv markazini tashkil etish.

5.

Zargarlik sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga xorijdan jalb qilingan dizayner, texnolog va marketologlarga ish haqi toʻlash bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini qoplab berish.

6.

Vaqtincha olib kirish toʻgʻrisidagi konvensiyaga muvofiq zarur toʻlovlarni (aʼzolik badallarini) amalga oshirish.

7.

Zargarlik sanoatining yagona elektron platformasini ishlab chiqish.

8.

Mahalliy mutaxassislarni xorijiy taʼlim va ishlab chiqarish tashkilotlariga malaka oshirish va stajirovkaga yuborish.

9.

Mahalliy zargarlik brendlarini xorijiy mamlakatlarda keng targʻib qilish va ularning reklamasini tashkil qilish yuzasidan tadbirkorlik subyektlariga moliyaviy koʻmak koʻrsatish.

10.

Zargarlik sanoatida xalqaro standartlarning joriy etilishini taʼminlash va sohaning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-iyuldagi PF-104-son Farmoniga

3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zargarlik sanoatini rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi tarkibi Zargarlik sanoatini rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

J.A. Qoʻchqorov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri, Respublika kengashi raisi

2.

D.A. Vaxabov

Savdo-sanoat palatasi raisi, Respublika kengashi raisi oʻrinbosari

3.

A.K. Mirsoatov

“Oʻzmilliybank” AJ boshqaruvi raisi, Respublika kengashi raisi oʻrinbosari

4.

L.Sh. Kudratov

investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri

5.

K.A. Sharipov

oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri

6.

B.F. Islamov

togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri

7.

X.B. Mustafayev

iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari

8.

B.Yu. Abubakirov

Markaziy bank raisining oʻrinbosari

9.

A.Yu. Mavlonov

Bojxona qoʻmitasi raisi

10.

H.S. Turaxujayev

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi

11.

A.J. Ortiqov

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori

12.

Sh.H. Ortiqov

Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi boshligʻi

13.

Q.S. Sanaqulov

“Navoiy KMK” AJ boshqaruvi raisi

14.

A.X. Xursanov

“Olmaliq KMK” AJ boshqaruvi raisi

15.

Z.B. Badriddinov

“Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ boshqaruvi raisi

16.

Sh.A. Tuychibayev

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi raisi, Respublika kengashi kotibi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: Respublika kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-iyuldagi PF-104-son Farmoniga

4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024 — 2027-yillarda zargarlik sanoatini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dasturi

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Ijro uchun masʼullar

1.

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarning qimmatbaho metallarga boʻlgan talabini qondirish.

1. Davlat buyurtmasi parametrlariga muvofiq tadbirkorlik subyektlariga sotilishi lozim boʻlgan qimmatbaho metallarning yillik hajmlarini kunlik birja savdolariga chiqarish. Bunda:

a) kunlik birja savdolarida sotilmagan qimmatbaho metallar hajmlari keyingi birja savdolariga qoʻyib boriladi;

b) qimmatbaho metallar quyidagi shakllarda savdoga qoʻyiladi:

5 gramm, 20 gramm, 50 gramm, 100 gramm, 250 gramm, 500 gramm va 1 000 grammli oltin oʻlchov plastinalar va quymalar;

100 gramm, 250 gramm, 500 gramm va 1 000 grammli kumush oʻlchov plastinalar va quymalar;

v) davlat buyurtmasi parametrlarida nazarda tutilgan qimmatbaho metallarning yillik hajmlari muddatidan avval sotilgan taqdirda, “Olmaliq KMK” AJ va “Navoiy KMK” AJ tomonidan birja savdolarida realizatsiya qilish uchun qoʻshimcha qimmatbaho metallar hajmlari ajratiladi.

2024-yil 1-sentabrdan boshlab doimiy

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Markaziy bank

(M. Nurmuratov),

“Olmaliq KMK” AJ

(A. Xursanov),

“Navoiy KMK” AJ

(Q. Sanaqulov)

2. “Oʻzmilliybank” AJning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi mintaqaviy filiallari omborxonalarida qimmatbaho metallar zaxiralarini shakllantirish.

2024-yil 1-sentabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(X. Mustafayev),

Markaziy bank

(M. Nurmuratov),

“Olmaliq KMK” AJ

(A. Xursanov),

“Navoiy KMK” AJ

(Q. Sanaqulov)

3. “Olmaliq KMK” AJ va “Navoiy KMK” AJ tomonidan birja savdolari va toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar orqali realizatsiya qilingan qimmatbaho metallarni sotib oluvchilarga ular tomonidan oldindan toʻlov majburiyatlari bajarilgan paytdan boshlab bir ish kuni ichida bevosita “Oʻzmilliybank” AJning omborxonalaridan yuklab berish tartibini joriy qilish.

2024-yil 1-sentabr

4. “Olmaliq KMK” AJ va “Navoiy KMK” AJ tomonidan zaxiraga qoʻyilgan qimmatbaho metallarning lozim darajada saqlanishini va butligini taʼminlash.

Doimiy

Markaziy bank

(M. Nurmuratov),

“Oʻzmilliybank” AJ

(A. Mirsoatov)

5. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan sotib olinadigan qimmatbaho metallar uchun oʻz vaqtida toʻlovlar amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida tijorat banklari tomonidan “Olmaliq KMK” AJ va “Navoiy KMK” AJga bank kafolatlarini taqdim etish yoki ular foydasiga maxsus hisobvaraqlarda depozitlar joylashtirish.

Talabga binoan

Markaziy bank

(M. Nurmuratov),

tijorat banklari

2.

Zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarni moliyaviy resurslar bilan taʼminlash.

1. Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining 20 million AQSH dollari ekvivalentidagi maqsadli resurslarini tijorat banklariga ularning buyurtmalariga asosan 5 yil muddatga Markaziy bankning asosiy stavkasidan 3 foiz bandga past foiz stavkada depozitga joylashtirish.

Tijorat banklarining buyurtmalariga asosan

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi

(Sh. Vafayev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(X. Mustafayev)

2. Depozitga joylashtirilgan mablagʻlar hisobidan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga investitsiya loyihalarini amalga oshirish, asbob-uskuna va ehtiyot qismlarini xarid qilish hamda aylanma mablagʻlarni toʻldirish maqsadlariga 2 yillik imtiyozli davr bilan 5 yilgacha boʻlgan muddatga Markaziy bankning asosiy stavkasida (shundan 3 foiz bank marjasi) milliy valyutada kreditlar ajratish.

Buyurtmaga asosan

3.

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi aʼzolariga soliq imtiyozlarini taqdim etish.

1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

“Hunarmand” uyushmasi aʼzolari uchun berilgan soliq imtiyozlarini “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasiga aʼzo boʻlgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga ham tatbiq etish;

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasiga aʼzo boʻlgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarishda foydalaniladigan koʻchmas mulk obyektlari hamda yer uchastkalarini mulk soligʻi va yer soligʻidan ozod qilish.

2024-yil 1-sentabr

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxabov),

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi

(Sh. Tuychibayev),

Soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

2. Zargarlik faoliyati bilan shugʻullanishni rejalashtirgan tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish jarayonida ularning xohishiga koʻra “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasiga aʼzo boʻlish haqidagi arizasini “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasiga kompozit usulda yuborish tartibini joriy qilish.

2024-yil 1-sentabr

4.

Zargarlik sanoatining yagona elektron platformasini ishlab chiqish va ishga tushirish.

1. Yagona elektron platforma boʻyicha texnik shartlar loyihasini ishlab chiqish.

2024-yil 1-noyabr

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxabov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi

(Sh. Tuychibayev),

Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi

(Sh. Ortiqov),

Soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev),

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi

(Z. Badriddinov)

2. Yagona elektron platformani ishga tushirish.

2025-yil 1-iyun

3. Yagona elektron platformani Savdo-sanoat palatasi, “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi, Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi, Soliq qoʻmitasi, Bojxona qoʻmitasi, “Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi” AJ va boshqa manfaatdor tashkilotlar axborot tizimlari bilan integratsiya qilish.

2026-yil 1-yanvar

5.

Oʻzbekistonda tashkil qilinadigan koʻrgazma va yarmarkalar ishtirokchilarining vaqtincha olib kiriladigan tovarlarini ularning xohishiga koʻra, Vaqtincha olib kirish toʻgʻrisidagi konvensiya (1990-yil 26-iyun, Istanbul) talablariga muvofiq A. T. A. karnetlari asosida rasmiylashtirish.

Vaqtincha olib kirish toʻgʻrisidagi konvensiyaga muvofiq ATA karnetlari tizimi boʻyicha aʼzolik badalini toʻlab berish uchun Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan zarur pul mablagʻlarini ajratish.

2025-yil 1-aprel

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxabov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(X. Mustafayev)

6.

Zargarlik buyumlari eksportini oshirish uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish.

1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan zargarlik buyumlarini AQSHga “GSP” tizimi boʻyicha eksport qilish yuzasidan vakolatli organlar bilan muzokaralar oʻtkazish.

2024-yil 1-sentabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi

(Sh. Ortiqov),

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi

(Sh. Tuychibayev)

2. Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan zargarlik buyumlarini Markaziy Osiyo davlatlariga bojxona toʻlovlarining nol stavkasini qoʻllagan holda olib kirish yuzasidan vakolatli organlar bilan muzokaralar oʻtkazish.

2024-yil 1-sentabr

3. Oʻzbekiston Respublikasining “Kimberli jarayoni” — Xalqaro ishlov berilmagan olmoslar savdosini tartibga solish tashkilotiga aʼzo boʻlishi yuzasidan zarur choralarni koʻrish.

2025-yil 1-yanvar

4. Jismoniy shaxslar tomonidan yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirgan holda Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqiladigan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlar hajmlarini hisobga olish tizimini joriy etish maqsadida Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga tegishli oʻzgartirish kiritish va maʼlumotlarni Milliy statistika qoʻmitasiga taqdim etish.

Har oyda

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Milliy statistika qoʻmitasi (B. Hamrayev),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi

(Sh. Tuychibayev)

5. Mazkur Farmonga muvofiq joriy qilinayotgan xorijiy davlatlardagi koʻrgazma va yarmarkalarda namoyish etish uchun olib chiqiladigan tayyor zargarlik buyumlarini (TIF TN kodi 7113 va 7114) “vaqtincha olib chiqish” bojxona rejimiga joylashtirish, ushbu buyumlarni keyinchalik sotish hamda invoys asosida “eksport” bojxona rejimiga joylashtirish tartibi yuzasidan bojxona organlari xodimlari oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib borish.

2024-yil 1-oktabr

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

7.

Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, ulardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning noqonuniy aylanmasini kamaytirish hamda qalbaki, asillik darajasiga muvofiq boʻlmagan zargarlik buyumlari sotilishiga barham berish.

1. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, ulardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning qonunga xilof ravishda aylanishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash.

2024-yil 1 sentabr

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

(Sh. Soxibnazarov),

Ichki ishlar vazirligi

(Sh. Raxmonov),

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

(B. Islamov),

Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi

(Sh. Ortiqov),

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi

(Sh. Tuychibayev),

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi

(H. Turaxujayev)

2. Chora-tadbirlar rejasini oʻz vaqtida toʻliq ijrosini taʼminlash.

Chora-tadbirlar rejasiga muvofiq

3. Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasiga qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, ulardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning qonunga xilof ravishda aylanishiga chek qoʻyish tadbirlarini oʻtkazishda nazorat xaridlarini amalga oshirishga ruxsat berish.

2024-yil 1-sentabr

4. Zargarlik buyumlarining klassifikatori va oʻlchov birliklarini tasdiqlash.

2024-yil 1-dekabr

Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi

(Sh. Ortiqov),

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi

(Sh. Tuychibayev),

Soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev),

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

5. Zargarlik buyumlarining turlari boʻyicha mahsulot kodlarini ishlab chiqish.

2024-yil 1-noyabr

Soliq qoʻmitasi

(Sh. Kudbiyev),

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi

(Sh. Tuychibayev),

Statistika agentligi

(B. Begalov)

6. Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boʻlimlari tomonidan zargarlik buyumlari bilan chakana savdo qilish, ularni tamgʻalash va asillik darajasini aniqlash qoidalariga rioya qilishni tekshirish bilan bogʻliq nazorat tadbirlarini Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (keyingi oʻrinlarda — Vakil) bilan oldindan kelishmasdan uni xabardor qilish orqali oʻtkazish tartibini joriy qilish. Bunda:

Vakilni oʻtkazilayotgan tekshirish haqida xabardor qilish — tekshiruv boshlangan paytdan boshlab 24 soat ichida u haqidagi maʼlumotlarni Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimida roʻyxatdan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi;

“xavfni tahlil etish” tizimi natijalariga asosan oʻtkaziladigan tekshiruvlarning boshlanishi haqida tadbirkorlik subyektini xabardor qilish tartibi Asillik inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladigan nazorat tadbirlariga tatbiq etilmaydi.

2024-yil 1-oktabr

Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi

(Sh. Ortiqov),

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi

(Sh. Tuychibayev),

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi

(H. Turaxujayev)

7. Toshkent shahri, Buxoro, Namangan, Samarqand va Xorazm viloyatlarida qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik buyumlarining asilligini tezkor tekshirish shoxobchalarini tashkil etish.

2025-yil 1-yanvar

8. Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 219-moddasiga mansabdor shaxslar uchun belgilangan jarima miqdorini bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha oshirish yuzasidan oʻzgartirishlar kiritish.

2024-yil 1-oktabr

8.

Professional taʼlim muassasalarida “Zargarlik buyumlari boʻyicha usta”, “Zargarlik buyumlari savdosi boʻyicha mutaxassis”, “Gemmologiya”, “Qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarga ishlov berish va ularni sayqallash” hamda “Qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar oʻymakorligi” yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish.

1. Zargarlik yoʻnalishida oʻquv kurslari tashkil etiladigan professional taʼlim muassasalarini belgilash.

2024-yil 1-sentabr

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxabov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi

(Sh. Tuychibayev),

Geologiya va geofizika instituti

(A. Xolikov),

Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi

(Sh. Ortiqov)

2. Professional taʼlim muassasalarini laboratoriya uskunalari va malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlash.

2025-yil 1-iyul

3. Ilgʻor xorijiy tajribalardan kelib chiqib oʻquv kurslarining oʻquv reja va modullarini ishlab chiqish.

2025-yil 1-avgust

4. Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan oʻquv kurslari uchun xorijiy oʻquv metodik materiallarni xarid qilish, ularni oʻzbek tiliga tarjima qilish va taʼlim muassasalariga yetkazish.

2025-yil 1-avgust

5. Oʻquv kurslarining amaliy darslarini bevosita zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarda oʻtkazish.

Oʻquv kurslari davomida

6. Oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchilarga tegishli malakani egallaganligi toʻgʻrisida sertifikat berish.

Oʻquv kurslari yakuniga koʻra

7. “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi qoshida malakalarni baholash markazini tashkil qilish.

2025-yil 1-iyul

9.

Zargarlik yoʻnalishida kadrlar tayyorlaydigan taʼlim tashkilotlarining amaliy mashgʻulotlar sifatini oshirish.

1. Zargarlik sohasida kadrlar tayyorlaydigan taʼlim tashkilotlari roʻyxatini shakllantirish.

2024-yil 1 sentabr

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxabov),

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi

(Sh. Tuychibayev),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Badiiy akademiya

(A. Nuridinov),

Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi

(Sh. Ortiqov)

2. Kamoliddin Bexzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti hamda boshqa zargarlik sohasida kadrlar tayyorlaydigan taʼlim tashkilotlarini Savdo-sanoat palatasining Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan zamonaviy asbob-uskuna va xom ashyo materiallari bilan taʼminlash.

2024-yil 1-noyabr

3. Zargarlik sohasida kadrlar tayyorlaydigan taʼlim tashkilotlarini zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari bilan shartnoma asosida oʻzaro hamkorligini yoʻlga qoʻyish.

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab

4. Zargarlik sohasida kadrlar tayyorlaydigan taʼlim tashkilotlarining amaliy mashgʻulotlarini zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarida tashkil qilish.

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab

10.

Qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar bilan ishlash faoliyatini yanada rivojlantirish.

1. “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi qoshida ishlov berilgan va ishlov berilmagan qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar xususiyatlarini aniqlash boʻyicha laboratoriyalar tashkil qilish.

2025-yil 1-iyul

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxabov),

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi

(Sh. Tuychibayev),

Geologiya va geofizika instituti

(A. Xolikov)

2. Yer qaʼri uchastkalarining ustki qatlami butunligiga zarar yetkazmagan holda qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarni yigʻish faoliyatini xabardor etish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatlar roʻyxatiga kiritish.

2025-yil 1-yanvar

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

(B. Islamov),

Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi

(Sh. Ortiqov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

3. Xalqaro tajriba hamda Butunjahon zargarlik konfederatsiyasi tavsiyalari (CIBJO) asosida Oʻzbekiston Respublikasining qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarning gemmologik klassifikatorini ishlab chiqish.

2026-yil 1-sentabr

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi

(Sh. Tuychibayev),

Geologiya va geofizika instituti

(A. Xolikov)

11.

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

1. “Hunarmand” uyushmasining hisob raqamiga kelib tushgan aʼzolik badallarini Savdo-sanoat palatasining Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga yoʻnaltirish.

2. Savdo-sanoat palatasining Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni ajratib borish.

Talabga koʻra

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxabov),

“Hunarmand” uyushmasi

(J. Oʻroqov),

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi

(Sh. Tuychibayev)

3. Toshkent shahri, Uchtepa tumani, M. Shayxzoda koʻchasi, 61 A-uy manzilida joylashgan Uchtepa milliy hunarmandchilik kasb-hunar kolleji bino va inshootlarini “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasiga 49 yilga tekin foydalanishga berish.

2024-yil 1-noyabr

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(A. Ortiqov),

Toshkent shahar hokimligi

(Sh. Umurzakov),

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi

(Sh. Tuychibayev)

12.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida zargarlik markazlarini tashkil etish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish tartibini tasdiqlash.

1. Zargarlik markazini tashkil etish uchun Yakkasaroy tumani, A. Avloniy koʻchasi, 20a-uy manzilida joylashgan bino va inshootlarni “Oʻzmilliybank” AJning investitsiya kompaniyasi muassisligida yangi tashkil etiladigan loyiha kompaniyasiga baholangan qiymatda, toʻlovlarni 3 yil muddatda boʻlib toʻlash sharti bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma boʻyicha sotish.

Bunda, qarzdorlik qoldigʻiga foiz hisoblanmaydi hamda obyekt qiymatining 35 foizi amalga oshirilgandan soʻng xaridorga obyektga nisbatan mulk huquqini tasdiqlovchi (tasarruf etish huquqisiz) davlat orderi beriladi.

2024-yil 1-avgust

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(A. Ortiqov),

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxabov),

“Oʻzmilliybank” AJ

(A. Mirsoatov)

2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida zargarlik markazlarini tashkil etish;

zargarlik markazlarini tashkil etish uchun boʻsh yer uchastkalarini yoki bino va inshootlarni yaxlit yoki lotlar (qismlar va xonalar)ga boʻlgan holda toʻlovlarni 5 yil muddatda boʻlib toʻlash sharti bilan “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali tanlov savdolariga chiqarish;

qarzdorlik qoldigʻiga foiz hisoblamaslik hamda obyekt qiymatining 35 foizi amalga oshirilgandan soʻng xaridorga obyektga nisbatan mulk huquqini tasdiqlovchi (tasarruf etish huquqisiz) davlat orderini berish.

2024-yil 1-sentabr

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxabov),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(A. Ortiqov),

“Oʻzmilliybank” AJ

(A. Mirsoatov)

13.

Zargarlik sanoatida hisob-kitoblarni amalga oshirishda “xedjing” tizimidan foydalanish boʻyicha takliflar tayyorlash.

Zargarlik sanoatida hisob-kitoblarni amalga oshirishda “xedjing” tizimidan foydalanish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2024-yil 1-sentabr

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxabov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi

(Sh. Tuychibayev)

14.

“Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi” AJ orqali qimmatbaho metallarni xarid qilishda toʻlanadigan birja komissiyalarini kamaytirish.

“Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi” AJ orqali qimmatbaho metallarni xarid qilishda toʻlanadigan birja komissiyalarini 2 baravarga kamaytirish.

2024-yil 1-sentabr

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxabov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi

(Sh. Tuychibayev),

Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi

(Z. Badriddinov)

15.

Aholi va tadbirkorlik subyektlarining zargarlik tarmogʻida yaratilgan imkoniyatlar haqidagi bilimini oshirish.

1. Biznes vakillari ishtirokida zargarlik sohasida yaratilgan imkoniyatlarni, qabul qilingan hujjatlarning maqsad va mazmunini tushuntirish boʻyicha davra suhbatlari, munozaralar va telekoʻrsatuvlar oʻtkazish.

Har oyda kamida bittadan

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxabov),

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi

(Sh. Tuychibayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi

2. Mahalliy zargarlik buyumlarining yangi kolleksiyalarini televideniye, ijtimoiy tarmoqlar, onlayn savdo platformalari va yirik savdo komplekslarida reklama qilish va namoyish etish.

Doimiy

3. Nufuzli xalqaro koʻrgazma va yarmarkalarda Oʻzbekiston zargarlarining ishtirokini taʼminlash.

2024-2025-yillarda kamida 20 ta koʻrgazmada

4. Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari koʻmagida xorijda zargarlik mahsulotlari bozorining imkoniyatlari yuzasidan axborot-tahliliy maʼlumot tayyorlash va natijalarini “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasiga taqdim etish.

2024-yil 1-oktabr

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(L. Kudratov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxabov),

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi

(Sh. Tuychibayev)

16.

Yarim tayyor zargarlik buyumlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqish tartibini belgilash.

Yarim tayyor zargarlik buyumlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqish tartibini belgilovchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Loyihada:

tayyor va yarim tayyor zargarlik buyumlari tushunchasi;

yarim tayyor zargarlik buyumlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqish shartlari;

yarim tayyor zargarlik buyumlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqish uchun Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasining xulosasini olish tartibini belgilash.

2024-yil 1-noyabr

Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi

(Sh. Ortiqov),

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov),

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxabov),

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi

(Sh. Tuychibayev)

17.

Zargarlik buyumlarini qiymati eʼlon qilingan xalqaro posilkalarda yuborish mumkin boʻlgan davlatlar roʻyxatini tuzish.

Qiymati eʼlon qilingan xalqaro posilkalarda zargarlik buyumlarini yuborish mumkin boʻlgan davlatlar roʻyxatini shakllantirish hamda “Oʻzbekiston pochtasi” AJning rasmiy veb-saytida joylashtirish va doimiy yangilab borish.

2024-yil 1-sentabrdan boshlab doimiy

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxabov),

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi

(Sh. Tuychibayev)

18.

Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini takomillashtirish.

Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyatini takomillashtirish, ushbu faoliyatni amalga oshiradigan tadbirkorlik subyektlarni qoʻllab-quvvatlash va ular uchun qulay sharoitlarni yaratish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil 1-dekabr

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxabov),

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

(B. Islamov),

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi

(Sh. Tuychibayev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

19.

Aholidan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarning parchalari hamda qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarni xarid qilish faoliyatini tartibga solish.

Aholidan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlarning parchalari hamda qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarni xarid qilish faoliyatini tartibga solish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil 1-dekabr

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxabov),

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi

(Sh. Tuychibayev),

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi

(H. Turaxujayev),

Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi

(Sh. Ortiqov)

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-dekabrdagi PF-263-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 06/25/263/1239-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-iyuldagi PF-104-son Farmoniga

5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024 — 2027-yillarda zargarlik sanoatini rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Koʻrsatkich nomi

Oʻlchov birligi

Yillar kesimida

Masʼul ijrochilar

2024-yil

2025-yil

2026-yil

2027-yil

1.

Oltindan yasalgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishning yillik quvvati

kg

12 000

15 000

20 000

30 000

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxabov),

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi

(Sh. Tuychibayev)

2.

Oltindan yasalgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishning yillik hajmi

million AQSH dollari

500

1 000

1 200

1 500

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxabov),

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi

(Sh. Tuychibayev)

3.

Kumushdan yasalgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishning yillik quvvati

kg

6 000

7 000

8 000

9 000

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxabov),

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi

(Sh. Tuychibayev)

4.

Kumushdan yasalgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishning yillik hajmi

million AQSH dollari

4

5,2

6,6

9,9

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxabov),

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi

(Sh. Tuychibayev)

5.

Oltindan yasalgan zargarlik buyumlarining eksport hajmi

million AQSH dollari

85

100

200

300

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxabov),

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi

(Sh. Tuychibayev)

6.

Kumushdan yasalgan zargarlik buyumlarining eksport hajmi

ming AQSH dollari

400

450

550

700

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxabov),

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi

(Sh. Tuychibayev)

7.

Zargarlik sanoatida yaratiladigan yangi ish oʻrinlari soni

ta

700

2 000

3 000

4 000

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxabov),

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi

(Sh. Tuychibayev)

8.

Taʼlim muassasalarida zargarlik yoʻnalishi boʻyicha tayyorlanadigan mutaxassislar soni

nafar

-

300

500

700

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxabov),

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi

(Sh. Tuychibayev)

9.

Xorijiy taʼlim va ishlab chiqarish tashkilotlariga malaka oshirish va stajirovkaga yuboriladigan mahalliy mutaxassislar soni

nafar

-

20

40

70

Savdo-sanoat palatasi

(D. Vaxabov),

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi

(Sh. Tuychibayev)

10.

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar va affinaj korxonalariga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar va birja savdolari orqali sotiladigan oltin hajmlari

kg

10 000

15 000

20 000

25 000

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(X. Mustafayev),

“Olmaliq KMK” AJ

(A. Xursanov),

“Navoiy KMK” AJ

(Q. Sanaqulov)

11.

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar va affinaj korxonalariga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar va birja savdolari orqali sotiladigan kumush hajmlari

kg

4 000

5 000

6 000

7 000

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(X. Mustafayev),

“Olmaliq KMK” AJ

(A. Xursanov),

“Navoiy KMK” AJ

(Q. Sanaqulov)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-iyuldagi PF-104-son Farmoniga

6-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi “Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash, shuningdek eksport kontraktlarini roʻyxatga olish va import kontraktlarini ekspertizadan oʻtkazishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5215-son Farmoniga 1-ilovada:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 4-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

4.

Qimmatbaho metallar va ulardan tayyorlangan boshqa buyumlar*

7106, 7107 — 7111 00 000 0, 7112, 7115

;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) izoh qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“* Quyidagi hollarda qimmatbaho metallar va ulardan tayyorlangan boshqa buyumlar eksporti va importi uchun litsenziya olish talab etilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxslar tomonidan Markaziy bankning oʻlchovli kumush quymalarini (TIF TN boʻyicha kodi 7106) Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqishda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy shaxslar tomonidan Markaziy bankning oʻlchovli oltin quymalarini (TIF TN boʻyicha kodi 7108) Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqishda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 1-oktabrdan 2027-yil 1-oktabrga qadar yuridik shaxslar tomonidan zargarlik sanoatida ishlatiladigan ligatura mahsulotlarini (TIF TN kodi 7106 92 000 0) Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirishda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

2024-yil 1-noyabrdan boshlab qimmatbaho metallarning hamda qimmatbaho metallar bilan qoplangan metallarning chiqindilari va parchalarini (TIF TN kodi 7112) Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirishda;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
affinaj korxonalari va zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan qimmatbaho metallarni hamda tarkibida qimmatbaho metallar mavjud boʻlgan xom ashyoni “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimiga joylashtirishda hamda “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimiga joylashtirilgan qimmatbaho metallar va tarkibida qimmatbaho metallar mavjud boʻlgan xom ashyoni qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqishda”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-dekabrdagi “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5285-son Farmonining 15-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-sonli Farmoniga asosan 3-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-maydagi “Oʻzbekiston respublikasida zargarlik tarmogʻini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5721-son Farmonida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“jismoniy shaxslarga ogʻirligi 200 grammgacha boʻlgan kumushdan hamda 65 grammgacha boʻlgan oltin va boshqa qimmatbaho metallardan yasalgan tayyor zargarlik buyumlarini yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirmasdan, ushbu miqdorlardan ortiq boʻlgan buyumlarni yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsat beriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻqqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasiga aʼzo boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlar, shuningdek, uyushma aʼzolari uchun belgilangan imtiyoz va preferensiyalari tatbiq etiladi”;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF-246-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 06/25/246/1142-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2024-yil 1-sentabrdan boshlab “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasiga aʼzo boʻlgan affinaj korxonalariga “Olmaliq KMK” AJ va “Navoiy KMK” AJdan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida 100 foiz oldindan toʻlov shartlarida qimmatbaho metallarni sotib olish va keyinchalik ularni qulay boʻlgan shakl va miqdorlarga keltirgan holda zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga sotish huquqi berilsin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 2-ilovaning 2-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

2.

Uchtepa milliy hunarmandchilik kasb-hunar kolleji bino va inshootlari

Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Maqsud Shayxzoda koʻchasi, 61A

Qirq toʻqqiz yil muddatga bepul foydalanish huquqi asosida

Zargarlik klasteri. Tarkibida — quyish sexlari, zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish maydonlari, zargarlik mahsulotlari bilan savdo qilish shoxobchalari.

Zargarlik buyumlarini yillik ishlab chiqarish quvvati: oltin boʻyicha — 200 kg, kumush boʻyicha — 1 200 kg.

150 oʻringa ega oʻquv markazi (mutaxassisliklar: mahkamlovchilar, maydalovchilar, 3D dizayn va modellashtirish).

.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmoniga 1-ilovaning “1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi” boʻlimi 7-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

7.

Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi

49

49

shu jumladan boshliqning oʻrinbosarlari soni

1

1

.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-noyabrdagi “2018 — 2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3388-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 3-bandning birinchi xatboshisidagi “16 nafardan iborat tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq maʼqullansin” soʻzlari “muassislar umumiy yigʻilishining qarori bilan tasdiqlanishi maʼlumot uchun qabul qilinsin” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“zargarlik yoki qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni oltin izlovchilar usulida qazib olish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasiga aʼzo boʻlishi mumkin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi xatboshidan “, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimiga tasdiqlanadi hamda maqomiga koʻra tegishli ravishda vazirning birinchi oʻrinbosari va vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 1 va 2-ilovalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi “Hunarmand” uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3393-son qarorining 4-bandi quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Belgilansinki, mazkur bandda nazarda tutilgan mablagʻlar Savdo-sanoat palatasining Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasida jamlanadi va ushbu jamgʻarma orqali sarflanadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish hamda bojxona-tarif jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3818-son qaroriga 1-ilovaning rus tilidagi matnida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) “7106” pozitsiyaning “Stavka poshlini (v % ot tamojennoy stoimosti tovara ili v dollarax SSHA za yed. izm.)” ustunidagi “5” raqami “5***” raqami bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

b) “7113” va “7114” pozitsiyalarning “Stavka poshlini (v % ot tamojennoy stoimosti tovara ili v dollarax SSHA za yed. izm.)” ustunidagi “20” raqami “20****” raqami bilan almashtirilsin;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) izoh qismi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

“*** Stavka importnoy tamojennoy poshlini v otnoshenii ligaturi, ispolzuyemoy v yuvelirnoy promishlennosti (kod TN VED 7106 92 000 0) s 1-oktabrya 2024 goda po 1-oktabrya 2027 goda vklyuchitelno sostavlyayet 0 protsentov.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
**** Stavka importnoy tamojennoy poshlini v otnoshenii gotovix yuvelirnix izdeliy (kod TN VED 7113 19 000 0 i 7114 19 000 0) s 1-noyabrya 2024 goda po 1-yanvarya 2027 goda vklyuchitelno sostavlyayet 10 protsentov”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-fevraldagi “Zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4998-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“zargarlik markazlarida faoliyat yuritayotgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan kechiktirib toʻlash sharti bilan sotib olingan qimmatbaho metallar uchun toʻlovlar amalga oshirilganda, 90 kun ichida amalga oshirilgan toʻlovlar qismiga — foiz hisoblanmaydi, 91-kundan boshlab 180 kun (shu kuni ham) ichida amalga oshirilgan toʻlovlar qismiga — 90-kundan keyin kechiktirib toʻlash imkoniyatidan foydalanilgan kunlarga mos ravishda yillik 3 foiz miqdorida foiz hisoblanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi — toʻqqizinchi xatboshilar tegishincha oltinchi — oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yettinchi xatboshidagi “Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Eksportni ragʻbatlantirish agentligining” soʻzlari “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 4-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi PQ-392-son qarori bilan tasdiqlangan 2025-yil 1-yanvarga qadar import bojxona boji nol stavkada qoʻllaniladigan xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar roʻyxati quyidagi mazmundagi 22-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

22.

Zargarlik sohasida ishlatiladigan plitalar, listlar, plyonkalar, lentalar, tasmalar va boshqa tekis shakllar

3919 10 800 0,

3921 90 900 0

.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi “Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va mahalliy zargarlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-452-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasining 2026-yil 1-fevralga qadar “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan qimmatbaho metallarni birja savdolari hamda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar orqali sotishda zargarlik sohasida 75 dan 125 tagacha ish oʻrinlarini yaratgan tadbirkorlik subyektlariga — London qimmatbaho metallar bozori uyushmasining ertalabki fiksing narxining 1 foizi miqdorida, 125 dan 200 tagacha ish oʻrinlarini yaratganlarga — 2 foizi miqdorida, 200 dan 300 tagacha ish oʻrinlarini yaratganlarga — 3 foizi miqdorida, 300 ta va undan ortiq ish oʻrinlarini yaratganlarga — 4 foizi miqdorida chegirma berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“a” kichik bandi ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“4. 2024-yil 1-noyabrdan boshlab quyidagilarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rezident va norezident jismoniy shaxslarga ogʻirligi 200 grammgacha boʻlgan kumushdan hamda 65 grammgacha boʻlgan oltin va boshqa qimmatbaho metallardan yasalgan tayyor zargarlik buyumlarini yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirmasdan, ushbu miqdorlardan ortiq boʻlgan buyumlarini yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga tayyor zargarlik buyumlarini yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirgan holda, maʼlumotlarni Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritmasdan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga tijorat maqsadlarida olib chiqishga ruxsat etilsin”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi “2024 — 2026-yillarda qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish va topshirish boʻyicha davlat buyurtmasi toʻgʻrisida”gi F-89-son farmoyishida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 1-ilova izoh qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“** Birja savdolari va toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar orqali realizatsiya qilinishi lozim boʻlgan qimmatbaho metallarning yillik hajmlari oldin sotilgan hajmlarni kamaytirish tartibida kunlik savdolarga qoʻyiladi. Bunda davlat buyurtmasida nazarda tutilgan qimmatbaho metallarning yillik hajmlari muddatidan avval sotilgan taqdirda, “Olmaliq KMK” AJ va “Navoiy KMK” AJ tomonidan birja savdolariga qoʻyish va toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar orqali realizatsiya qilish uchun qoʻshimcha qimmatbaho metallar hajmlari ajratiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

b) 2-ilova izoh qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“** Birja savdolari va toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar orqali realizatsiya qilinishi lozim boʻlgan qimmatbaho metallarning yillik hajmlari oldin sotilgan hajmlarni kamaytirish tartibida kunlik savdolarga qoʻyiladi. Bunda davlat buyurtmasida nazarda tutilgan qimmatbaho metallarning yillik hajmlari muddatidan avval sotilgan taqdirda, “Olmaliq KMK” AJ va “Navoiy KMK” AJ tomonidan birja savdolariga qoʻyish va toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar orqali realizatsiya qilish uchun qoʻshimcha qimmatbaho metallar hajmlari ajratiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

v) 3-ilova izoh qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“** Birja savdolari va toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar orqali realizatsiya qilinishi lozim boʻlgan qimmatbaho metallarning yillik hajmlari oldin sotilgan hajmlarni kamaytirish tartibida kunlik savdolarga qoʻyiladi. Bunda davlat buyurtmasida nazarda tutilgan qimmatbaho metallarning yillik hajmlari muddatidan avval sotilgan taqdirda, “Olmaliq KMK” AJ va “Navoiy KMK” AJ tomonidan birja savdolariga qoʻyish va toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar orqali realizatsiya qilish uchun qoʻshimcha qimmatbaho metallar hajmlari ajratiladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: mazkur ilovaning 10-bandi 2024-yil 1-oktabrdan, 11-bandining “b” kichik bandi 2024-yil 1-noyabrdan eʼtiboran kuchga kiradi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2024-y., 06/24/104/0551-son; 23.11.2024-y., 06/24/184/0954-son; 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son; 10.12.2025-y., 06/25/246/1142-son; 30.12.2025-y., 06/25/263/1239-son)