28.11.2019 yildagi PQ-4539-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 28.11.2019 yildagi PQ-4539-son
Date of entry into force
29.11.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mamlakatimizda milliy hunarmandchilik, xalq badiiy va amaliy sanʼatini rivojlantirish, bu orqali xalqimizning boy madaniy merosi va tarixiy anʼanalarini toʻliq saqlab qolish, band boʻlmagan aholini, ayniqsa yoshlar, ayollar va kam taʼminlangan oilalarni hunarmandchilikka keng jalb etish orqali ularning ish bilan bandligini taʼminlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining respublika hududlarini hunarmandchilik faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha ixtisoslashtirish va ularga hunarmandchilik mahsulotlarini chet el bozorlarida namoyish etish va sotish uchun koʻmaklashish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarini biriktirish toʻgʻrisidagi takliflari 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari “Hunarmand” uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari murojaatiga asosan oʻziga biriktirilgan hududlardan boshqa hududlarda faoliyat yurituvchi hunarmandlar mahsulotlarini chet elda namoyish etish va sotishda ham har tomonlama amaliy yordam koʻrsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (Neʼmatov) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Qudratov), Savdo-sanoat palatasi (Ikramov), “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev) bilan birgalikda respublikaning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari orqali mazkur vakolatxonalar joylashgan va boshqa yirik shaharlarda hunarmandlarga oʻz mahsulotlarini namoyish etish va sotish uchun milliy hunarmandchilik va xalq amaliy sanʼati mahsulotlarini keng targʻib qilish, yangi bozorlarni oʻzlashtirishga koʻmaklashuvchi “savdo uylari” va milliy hunarmandchilik mahsulotlari doʻkonlarini tashkil etish choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiyasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi va “Hunarmand” uyushmasining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Xalq amaliy sanʼati ustalarining milliy katalogi”ni (keyingi oʻrinlarda — Milliy katalog) joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar reyestri”ni (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xalq amaliy sanʼati ustalarining milliy katalogiga kiritiladigan nomzodlarni tanlash boʻyicha kengashni (keyingi oʻrinlarda — Kengash) tuzish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Milliy katalogga quyidagi hunarmandlar Kengash qarori asosida kiritiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nufuzli xalqaro koʻrgazma, koʻrik-tanlov kabi tadbirlarda gʻolib yoki laureat sifatida eʼtirof etilganlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli sohada sanʼat va fan arbobi hamda akademiklarning tavsiyasiga egalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi xalq ustasi” faxriy unvoniga egalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Reyestrga Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan “Hunarmand” uyushmasining quyidagi aʼzolari kiritiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
turistik marshrutdagi manzil boʻyicha oʻz ustaxonasida yoki ijara asosida faoliyat yurituvchilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻzi ishlab chiqargan mahsulotlarni galereyalar, hunarmandchilik mahsulotlari doʻkonlari, mahalliy va xorijiy savdo uylariga shartnoma asosida namoyish va sotish uchun qoʻyayotganlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy katalogga kiritilganlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Hunarmand” uyushmasining Badiiy kengashi tomonidan tavsiya etilganlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiyasi va “Hunarmand” uyushmasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki hafta muddatda “Hunarmand” uyushmasi raisi rahbarligida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiyasi rahbarlari va masʼul xodimlaridan iborat boʻlgan Kengash tarkibini tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda hunarmandlarni Xalq amaliy sanʼati ustalarining milliy katalogiga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqib, tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Hunarmand” uyushmasi 2020-yil 1-yanvardan boshlab Milliy katalogni ochiq va umum foydalaniladigan veb-sayt koʻrinishida ishga tushirish choralarini koʻrsin va doimiy ravishda yangilab borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar reyestrini tuzish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqib, tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 1-yanvarga qadar Reyestrning shakllantirilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil 1-martdan boshlab Reyestrni onlayn tarzda real vaqt rejimida yangilanuvchi ochiq va umum foydalaniladigan veb-sayt koʻrinishida ishga tushirish choralarini koʻrsin va doimiy ravishda yangilab borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. 2020-yil 1-yanvardan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 1-yanvarga qadar Milliy katalog va Reyestrga kiritilgan hunarmandlar uchun kalendar yili davomida hunarmandchilik mahsulotlarini (ishlar, xizmatlar) sotishdan tushgan tushumi 100 mln soʻmdan oshgan, biroq 1 mlrd soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdori uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yagona soliq toʻlov stavkasi 2 foiz miqdorida toʻlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hunarmandchilik faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha yangidan davlat roʻyxatidan oʻtishda toʻlanadigan davlat boji yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun amalda belgilangan davlat boji miqdorining 50 foizi miqdorida oʻrnatilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Milliy katalogga kiritilgan hunarmandlarga shogirdlar soni boʻyicha cheklovlar bekor qilinsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻrgazma zallari, galereyalar, pavilyonlar, bozor va yarmarka rastalarida namoyish qilish va sotish uchun joylar ajratilishida Milliy katalogga kiritilgan hunarmandlar uchun ustuvorlik qoʻllanilsin.
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 19-iyundagi PF-99-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2023-y., 06/23/99/0403-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5242-son Farmoni bilan qishloq joylarda roʻyxatdan oʻtgan va faoliyatini amalga oshirayotgan hunarmandlar oʻz faoliyatining dastlabki ikki yili mobaynida Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga belgilangan yagona ijtimoiy toʻlovning 50 foizini toʻlash tartibi oʻrnatilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur tartib 2020-yil 1-yanvardan boshlab shaharlarda roʻyxatdan oʻtgan va aynan xalq amaliy sanʼati mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanuvchi “Hunarmand” uyushmasi aʼzolariga tatbiq etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy sanʼati bilan bogʻliq bilimlar va koʻnikmalar, anʼanaviy asbob-anjomlardan foydalangan holda, asosan qoʻl mehnati usulida yaratilgan va qoida tariqasida milliy naqshlar bilan bezatilgan buyum va asarlar xalq amaliy sanʼati mahsulotlari hisoblanishi belgilab qoʻyilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-oktabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni kreditlash tartibini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4498-son qaroriga muvofiq 2020-yil davomida hunarmandchilikni rivojlantirish dasturi uchun 589,3 mlrd soʻm miqdorida (shundan, 470 mlrd soʻm (50 mln AQSH dollari) Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hisobidan) kreditlar ajratilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlarni yuqoridagi qarorning 2-bandi toʻrtinchi xatboshisida belgilangan shartlarda ajratsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
AT Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB va “Agrobank” ATB ushbu manbalar hisobidan “Hunarmand” uyushmasi aʼzolariga ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskuna, ehtiyot qismlar va xomashyo materiallarini xarid qilish, hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari, “usta-shogird” maktablarini tashkil etish, uy-muzeylar va ustaxonalar qurish yoki shu maqsadlarda bino va inshootlar sotib olish uchun 36 oygacha muddatga hamda aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun 18 oygacha muddatga, 2022-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan oshmagan holda, 2022-yil 1-yanvardan boshlab, yillik 14 foiz stavkada 300 million soʻmgacha boʻlgan miqdorda kreditlar ajratsin.
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi PQ-39-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2023-y., 07/23/39/0060-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. “Hunarmand” uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab hunarmandchilikka ixtisoslashgan hududlarda hunarmandchilik va xalq amaliy sanʼati yoʻnalishlari boʻyicha bolalar musiqa va sanʼat maktablari, “Barkamol avlod” bolalar markazlari hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi kasb-hunarga oʻqitish markazlarida oʻquv kurslarini tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi “Hunarmand” uyushmasi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-mayga qadar hunarmandchilik yoʻnalishida kasb-hunar taʼlimi muassasalarida kadrlar tayyorlashning namunaviy oʻquv reja va dasturlarini tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi ikki oy muddatda hunarmandlarni mahsulot ishlab chiqarish uchun xomashyo (shu jumladan mis, qora metall, ipak va yogʻoch) bilan taʼminlashning qulay tizimini joriy etish hamda qayta tiklanadigan xomashyo (tutzorlar, qattiq turdagi daraxtlar) bazasini yaratish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Milliy katalogga kiritilgan hunarmandlarga marketing sohasida doimiy amaliy yordam koʻrsatsin va ularning mahsulotlari elektron tijorat (E-commerce) yoʻnalishida keng qoʻllaniladigan Internet jahon axborot tarmogʻi veb-saytlari orqali sotilishida zarur tashkiliy ishlarni yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda yirik savdo majmualari va dehqon bozorlari hududlarida alohida “hunarmandlar rastalari”ni tashkil etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Hunarmand” uyushmasiga aʼzo boʻlgan hunarmandlarni doimiy ravishda “hunarmandlar rastalari”ga joylashtirib borsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil yakuniga qadar tashabbuskorlarni jalb qilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 2-ilovaga muvofiq tuman va shaharlarida milliy hunarmandchilikning barcha yoʻnalishlarini oʻzida mujassam etadigan zamonaviy “hunarmandlar bozori”ni tashkil etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hunarmandlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Suzuk ota” majmuasi misolida ixtisoslashtirilgan hunarmandchilik majmualarini tashkil etish choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yil yakuniga qadar Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlarida hamda Toshkent shahrida xalq amaliy sanʼati va hunarmandchilik mahsulotlari koʻrgazma zallari va galereyalarini tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi “Hunarmand” uyushmasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda “World craft council” xalqaro hunarmandchilik kengashi tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarda “Hunarmand” uyushmasining doimiy ishtirokini taʼminlash hamda ushbu xalqaro tashkilot bilan hunarmandchilikni rivojlantirish borasidagi tadbirlar uchun xalqaro tashkilotlarning texnik koʻmagini jalb qilishga qaratilgan aniq tadbirlarni ishlab chiqsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va “Hunarmand” uyushmasi hunarmandchilikni qoʻllab-quvvatlash borasidagi xalqaro tajribani muntazam oʻrganib borish va umumlashtirish, shu asosda ilgʻor xorijiy tajribalarni Oʻzbekiston Respublikasida joriy etishga qaratilgan ishlarni tizimli yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. “Uzbekistan airways” AJ va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga hunarmandchilik sohasidagi nufuzli xalqaro festival va koʻrgazmalarda qatnashadigan Milliy katalogga kiritilgan hunarmandlar uchun yoʻl chiptalariga imtiyozlar qoʻllash tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, xorijiy davlatlarda anʼanaviy tarzda oʻtkaziladigan hunarmandchilik sohasidagi nufuzli xalqaro festival va koʻrgazmalarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xorijdagi diplomatik vakolatxonalari orqali xorijiy davlatlarda anʼanaviy tarzda oʻtkaziladigan hunarmandchilik sohasidagi nufuzli xalqaro festival va koʻrgazmalarda hunarmandlar ishtirok etishlari uchun zaruriy tashkiliy koʻmak koʻrsatilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Hunarmandchilik sohasini yanada rivojlantirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda — “Yoʻl xaritasi”) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan masʼul vazirlik va idoralar rahbarlariga shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda “Yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan chora-tadbirlarning bajarilishi boʻyicha maʼlumotlarni har oyda Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi respublikada hunarmandchilik sohasining rivojlanishini baholash uchun tegishli indikatorlarni Davlat statistika qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi va “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda ikki oy muddatda ishlab chiqsin va ularning 2020-yildan boshlab har chorakda ommaviy axborot vositalarida chop etib borilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur qarorda belgilangan chora-tadbirlar hamda tuman va shaharlarning hunarmandchilik yoʻnalishlari boʻyicha ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 2020-2021-yillarda hunarmandchilikni rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqilgan strategiyalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida taqdimot oʻtkazsin va tegishli tartibda tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Davlat bojxona qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiyasi, Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda anʼanaviy xalq badiiy hunarmandchiligi buyumlari turlarini qayta koʻrib chiqqan holda madaniy boyliklarga taalluqli ashyolar toifasi tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida hunarmandchilik va xalq amaliy sanʼati tarixi hamda bugungi rivojini keng targʻib qilib borish maqsadida “Maʼnaviyat va maʼrifat” telekanalida muntazam namoyish etiladigan hunarmandchilikka oid telekoʻrsatuvlarni tashkil etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 28-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-4539-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PQ-4539-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika hududlarini hunarmandchilik yoʻnalishlari boʻyicha ixtisoslashtirish va ularga Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarini biriktirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Hudud nomi

Biriktirilgan diplomatik vakolatxonalar

Tuman (shahar) nomi

Ixtisoslashuv yoʻnalishi

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1. Oʻzbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Elchixonasi

2. Oʻzbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi Elchixonasi

3. Oʻzbekiston Respublikasining Quvayt Davlatidagi Elchixonasi

Xoʻjayli tumani

Metalldan yasalgan buyumlar

Chimboy tumani

Yogʻochdan tayyorlangan xalq hunarmandchiligi mahsulotlari

2.

Andijon viloyati

1. Oʻzbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi Elchixonasi

2. Oʻzbekiston Respublikasining Hindiston Respublikasidagi Elchixonasi

3. Oʻzbekiston Respublikasining Qirgʻiziston Respublikasidagi Elchixonasi

Andijon shahri

Oʻyinchoqlar

Paxtaobod tumani

Milliy poyabzal tayyorlash

Shahrixon tumani

Metalldan yasalgan buyumlar

3.

Buxoro viloyati

1. Oʻzbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Elchixonasi

2. Oʻzbekiston Respublikasining Isroil Davlatidagi Elchixonasi

3. Oʻzbekiston Respublikasining Indoneziya Respublikasidagi Elchixonasi

Buxoro shahri

Kandakorlik, misgarlik buyumlari

Gʻijduvon tumani

Kashtachilik

Romitan tumani

Metalldan yasalgan buyumlar

4.

Jizzax viloyati

1. Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi

2. Oʻzbekiston Respublikasining Fransiya Respublikasidagi Elchixonasi

3. Oʻzbekiston Respublikasining Belarus Respublikasidagi Elchixonasi

Sh. Rashidov tumani

Milliy liboslar tayyorlash

Gʻallaorol tumani

Yogʻochdan tayyorlangan xalq hunarmandchiligi mahsulotlari

Baxmal tumani

Qoʻlda gilam toʻqish

5.

Qashqadaryo viloyati

1. Oʻzbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi Elchixonasi

2. Oʻzbekiston Respublikasining Polsha Respublikasidagi Elchixonasi

3. Oʻzbekiston Respublikasining Eron Islom Respublikasidagi Elchixonasi

Shahrisabz shahri

Kashtachilik

Kasbi tumani

Chinni, fayans va sopol buyumlari

Chiroqchi tumani

Qoʻlda gilam toʻqish

6.

Navoiy viloyat

1. Oʻzbekiston Respublikasining Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi Elchixonasi

2. Oʻzbekiston Respublikasining Birlashgan Arab Amirliklaridagi Elchixonasi

3. Oʻzbekiston Respublikasining Ukrainadagi Elchixonasi

Nurota tumani

Kashtachilik

Uchquduq tumani

Qoʻlda gilam toʻqish

7.

Namangan viloyati

1. Oʻzbekiston Respublikasining Belgiya Qirolligidagi Elchixonasi

2. Oʻzbekiston Respublikasining Misr Arab Respublikasidagi Elchixonasi

3. Oʻzbekiston Respublikasining Ozarbayjon Respublikasidagi Elchixonasi

Namangan shahri

Qoʻlda gazlamalar toʻqish, milliy poyabzal tikish

Chust tumani

Bosh kiyimlar tayyorlash

Kosonsoy tumani

Milliy liboslar tayyorlash

8.

Samarqand viloyati

1. Oʻzbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi Elchixonasi

2. Oʻzbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Elchixonasi

3. Oʻzbekiston Respublikasining Ispaniya Qirolligidagi Elchixonasi

4. Oʻzbekiston Respublikasining Gretsiya Respublikasidagi bosh konsulligi

Samarqand shahri

Miniatura, rang tasvir, naqqoshlik va boʻyoqli naqshlar

Kattaqoʻrgʻon shahri

Zardoʻzlik buyumlari

Ishtixon tumani

Yogʻochdan tayyorlangan xalq hunarmandchiligi mahsulotlari

Urgut tumani

Milliy liboslar tayyorlash

9.

Surxondaryo viloyati

1. Oʻzbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Elchixonasi

2. Oʻzbekiston Respublikasining Avstriya Respublikasidagi Elchixonasi

3. Oʻzbekiston Respublikasining Afgʻoniston Islom Respublikasidagi Elchixonasi

4. Oʻzbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasidagi Elchixonasi

Termiz shahri

Qoʻlda gilam toʻqish

Boysun tumani

Kashtachilik

10.

Sirdaryo viloyati

1. Oʻzbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Elchixonasi

2. Oʻzbekiston Respublikasining Italiya Respublikasidagi Elchixonasi

3. Oʻzbekiston Respublikasining Qozogʻiston Respublikasidagi Elchixonasi

Guliston shahri

Metalldan yasalgan buyumlar

11.

Toshkent viloyati

1. Oʻzbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasidagi Elchixonasi

2. Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi

3. Oʻzbekiston Respublikasining Pokiston Islom Respublikasidagi Elchixonasi

4. Oʻzbekiston Respublikasining Qozogʻiston Respublikasidagi Elchixonasi

Angren shahri

Qimmatbaho metalldan yasalgan zargarlik buyumlari

Chirchiq shahri

Tosh oʻymakorligi

Zangiota tumani

Oddiy metallardan tayyorlangan milliy uslubdagi taqinchoqlar

12.

Fargʻona viloyati

1. Oʻzbekiston Respublikasining Janubiy Koreyadagi elchixonasi

2. Oʻzbekiston Respublikasining Latviya Respublikasidagi Elchixonasi

3. Oʻzbekiston Respublikasining Ummon Sultonligidagi Elchixonasi

Qoʻqon shahri

Yogʻoch oʻymakorligi

Margʻilon shahri

Qoʻlda gazlamalar toʻqish, ipak gilam toʻqish

Rishton tumani

Chinni, fayans va sopol buyumlar

13.

Xorazm viloyati

1. Oʻzbekiston Respublikasining Malayziyadagi Elchixonasi

2. Oʻzbekiston Respublikasining Saudiya Arabistoni Qirolligidagi Elchixonasi

3. Oʻzbekiston Respublikasining Turkmanistondagi Elchixonasi

Urganch shahri

Qoʻlda gilam toʻqish

Xiva tumani

Yogʻochdan tayyorlangan xalq hunarmandchiligi mahsulotlari

14.

Toshkent shahri

1. Oʻzbekiston Respublikasining Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi Elchixonasi

2. Oʻzbekiston Respublikasining Janubiy Koreyadagi Elchixonasi

3. Oʻzbekiston Respublikasining Singapurdagi Elchixonasi

Shayxontohur tumani

Yogʻoch oʻymakorligi

Uchtepa tumani

Ganch oʻymakorligi

Olmazor tumani

Milliy poyabzal tayyorlash

Chilonzor tumani

Gul bosilgan gazlamalar va chokli buyumlar

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PQ-4539-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2020-yilda respublika hududlarida “hunarmandlar bozori”ni tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
CHORA-TADBIRLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Hudud

Tuman (shahar)

Manzili

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Nukus shahri

“Gone qalʼa” MFY

2020-yil 1-iyul

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Sariyev),

Nukus shahar hokimligi (Tureshev),

Chimboy tumani hokimligi (Yechanov),

Xoʻjayli tumani hokimligi (Yermashov)

Chimboy tumani

“Tazgara” OFY

2020-yil 1-iyul

Xoʻjayli tumani

“Samankoʻl” OFY, “Qamish sholi” aholi punkti

2020-yil 30-sentabr

2.

Andijon viloyati

Qoʻrgʻontepa tumani

Mustaqillik koʻchasi

2020-yil 31 dekabr

Andijon viloyati hokimligi (Abduraxmanov),

Qoʻrgʻontepa tumani hokimligi (Ergashev),

Paxtaobod tumani hokimligi (Bozorov),

Marhamat tumani hokimligi (Qamchiyev)

Paxtaobod tumani

“Z. Xabibiy” MFY

2020-yil 1-iyul

Marhamat tumani

Ipak yoʻli koʻchasi

2020-yil 30-sentabr

3.

Buxoro viloyati

Buxoro shahri

Ibn Sino koʻchasi

2020-yil 31 dekabr

Buxoro viloyati hokimligi (Barnoyev),
Buxoro shahar
hokimligi (Kamalov)

4.

Jizzax viloyati

Jizzax shahri

“Oʻrda” bogʻi

2020-yil 1-iyul

Jizzax viloyati hokimligi (Saliyev),

Jizzax shahar hokimligi (Shukurov)

5.

Qashqadaryo viloyati

Qarshi shahar

I. Karimov koʻchasi, “Odina” tarixiy-meʼmoriy majmuasi hududi

2020-yil 1-iyul

Qashqadaryo viloyati hokimligi (Mirzayev),
Qarshi shahar
hokimligi (Xolboyev)

6.

Navoiy viloyati

Navoiy shahar

M. Tarobiy koʻchasi 26-uy

2020-yil 31 dekabr

Navoiy viloyati hokimligi (Tursunov),
Navoiy shahar
hokimligi (Bazarov),

Uchquduq tuman hokimligi (Hamroyev)

Uchquduq tumani

A. Temur koʻchasi 9-uy

2020-yil 30-sentabr

7.

Namangan viloyati

Namangan shahri

“Koʻzagarlik” koʻchasi, “Mulla Qirgʻiz” tarixiy meʼmoriy majmuasi

2020-yil 1-iyul

Namangan viloyati hokimligi (Bozorov),
Namangan shahar
hokimligi (Abdurazakov),

Chust tumani hokimligi (Oxunov)

Chust tumani

“Chust dehqon bozori” MCHJ hududi

2020-yil 1-aprel

8.

Samarqand viloyati

Samarqand shahri

“Bibixonim” tarixiy-meʼmoriy majmuasi

2020-yil 30-sentabr

Samarqand viloyati hokimligi (Turdimov),
Samarqand shahar
hokimligi (Oblaqulov)

9.

Sirdaryo viloyati

Boyovut tumani

“Dexqonobod” MFY

2020-yil 31 dekabr

Sirdaryo viloyati hokimligi (Mirzayev),

Boyovut tuman hokimligi (Madaminov)

10.

Surxondaryo viloyati

Termiz shahri

“Ibn Sino” koʻchasi, “Yashil dunyo” markaziy dehqon bozori

2020-yil 31 dekabr

Surxondaryo viloyati hokimligi (Bobolov),
Termiz shahar
hokimligi (Xudoyberdiyev)

11.

Xorazm viloyati

Xiva shahri

“Ichan Qalʼa” MFY

2020-yil 1-iyul

Xorazm viloyati hokimligi (Ermanov),

Xiva shahar hokimligi (Jumaniyazov)

12.

Fargʻona viloyati

Rishton tumani

“Toʻqimachi” koʻchasi

2020-yil 30-sentabr

Fargʻona viloyati hokimligi (Gʻaniyev),
Rishton tumani
hokimligi (Soliyev),

Buvayda tumani hokimligi (Ibragimov)

Buvayda tumani

“Yangiqoʻrgʻon” paxta tozalash punkti

2020-yil 1-aprel

13.

Toshkent viloyati

Toshkent tumani

Toshkent xalqa yoʻli boʻyi

2020-yil 1-iyul

Toshkent viloyati hokimligi (Xolmatov),
Toshkent tumani
hokimligi (Sulaymonov)

14.

Toshkent shahri

Shayxontohur tumani

Koʻkaldosh madrasasidan “Islom sivilizatsiyasi markazi”gacha boʻlgan hudud

2020-yil 1-aprel

Toshkent shahar hokimligi (Artikxodjayev),
Shayxontohur tumani
hokimligi (Toʻxtayev)

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: Ushbu ilovada koʻrsatilgan manzillar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan bozor tashkil qilish uchun qulay boʻlgan boshqa hudud bilan almashtirilishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlarda va ularning qoʻriqlanadigan tegralarida qurilish-montaj va obodonlashtirish ishlari ularning loyihalari YUNESKOning Umumjahon merosi markazi bilan kelishilgandan soʻng amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PQ-4539-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hunarmandchilik sohasini yanada rivojlantirish boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“YOʻL XARITASI”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Amalga oshiriladigan tadbirlar nomi

Ijro muddati

Amalga oshirish uchun masʼullar:

vazirlik va idoralardan

Vazirlar Mahkamasidan

I. Turizmni rivojlantirishda milliy hunarmandchilikning rolini oshirish

1.

“Hunarmand” uyushmasi raisi rahbarligida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Badiiy akademiyasi rahbarlari va masʼul xodimlaridan iborat boʻlgan Xalq amaliy sanʼati ustalarining milliy katalogiga kiritiladigan nomzodlarni tashlash boʻyicha Kengash tarkibini tasdiqlash.

qaror qabul qilingan kundan ikki hafta muddatda

Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Badiiy akademiya (A. Nuridinov), “Hunarmand” uyushmasi (U. Abdullayev)

J. Qoʻchqorov, A. Ortiqov, B. Axmedov

2.

Hunarmandlarni Xalq amaliy sanʼati ustalarining milliy katalogiga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash.

qaror qabul qilingan kundan bir oy muddatda

Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Badiiy akademiya (A. Nuridinov), “Hunarmand” uyushmasi (U. Abdullayev)

J. Qoʻchqorov, A. Ortiqov, B. Axmedov

3.

Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar reyestrini tuzish va yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash.

qaror qabul qilingan kundan bir oy muddatda

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Akkulov), “Hunarmand” uyushmasi (U. Abdullayev)

A. Abduxakimov, K. Rizayev

4.

“Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar reyestri”ni shakllantirish.

2020-yil 1-yanvar

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Akkulov), “Hunarmand” uyushmasi (U. Abdullayev)

A. Abduxakimov, K. Rizayev

5.

“Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar reyestri”ni onlayn tarzda real vaqt rejimida yangilanuvchan ochiq va umum foydalaniladigan veb-sayt koʻrinishida ishga tushirish.

2020-yil 1-mart

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Akkulov), “Hunarmand” uyushmasi (U. Abdullayev)

A. Abduxakimov, K. Rizayev

II. Hunarmandlarni davlat tomonidan imtiyozlar berish va qulayliklar yaratish orqali qoʻllab-quvvatlash

6.

“Xalq amaliy sanʼati ustalarining milliy katalogi”ga va “Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar reyestri”ga kiritilgan hunarmandlar uchun kalend��r yili davomida hunarmandchilik mahsulotlarini (ishlar, xizmatlar) sotishdan olgan tushumi 100 million soʻmdan oshgan, biroq bir milliard soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdori uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan toʻlanadigan yagona soliq toʻlovini 2 foiz stavkada undirib borish.

2020 ― 2022-yillarda

Davlat soliq qoʻmitasi (B. Musayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), “Hunarmand” uyushmasi (U. Abdullayev)

J. Qoʻchqorov, A. Ortiqov, B. Axmedov

7.

Hunarmandchilik faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha yangidan davlat roʻyxatidan oʻtishda davlat boji yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun amalda belgilangan davlat bojidan 50 foiz miqdorida undirish.

2020-yil 1-yanvardan boshlab

Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi (X. Turaxujayev)

J. Qoʻchqorov, D. Kalandarov, A. Ortiqov

8.

“Xalq amaliy sanʼati ustalarining milliy katalogi”ga kiritilgan hunarmandlarga shogirdlar soni boʻyicha cheklovlarni bekor qilish yuzasidan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish.

2020-yil 1-yanvardan boshlab

Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), “Hunarmand” uyushmasi (U. Abdullayev), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xoʻjayev), Adliya vazirligi (R. Davletov)

J. Qoʻchqorov, A. Ortiqov

9.

Koʻrgazma zallari, galereyalar, pavilyonlar, bozor va yarmarka rastalarida namoyish va sotish uchun joylar ajratilishida “Xalq amaliy sanʼati ustalarining milliy katalogi”ga kiritilgan hunarmandlar uchun ustuvorlikni qoʻllash.

doimiy

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

A. Ramatov, A. Abduxakimov, E. Ganiyev, B. Axmedov, Sh. Abidov

10.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 17-noyabrdagi PF-5242-son Farmoni bilan qishloq joylarda roʻyxatdan oʻtgan va faoliyatini amalga oshirayotgan hunarmandlar oʻz faoliyatining dastlabki ikki yili mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga belgilangan yagona ijtimoiy toʻlovning 50 foizini toʻlash tartibini shaharlarda roʻyxatdan oʻtgan va aynan xalq amaliy sanʼati mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanuvchi “Hunarmand” uyushmasi aʼzolariga tatbiq etish.

2020-yil 1-yanvardan boshlab

Davlat soliq qoʻmitasi (B. Musayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

J. Qoʻchqorov, A. Ortiqov

III. “Usta-shogird” anʼanalari asosida hunar oʻrgatish tizimini takomillashtirish

11.

Hunarmandchilikka ixtisoslashgan hududlarda hunarmandchilik va xalq amaliy sanʼati yoʻnalishlari boʻyicha bolalar musiqa va sanʼat maktablari, “Barkamol avlod” bolalar markazlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimidagi kasb-hunarga oʻqitish markazlarida oʻquv kurslarini tashkil etish.

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab

“Hunarmand” uyushmasi (U. Abdullayev), Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov)

A. Abduxakimov, J. Qoʻchqorov, B. Axmedov, K. Rizayev, A. Ortiqov

12.

Hunarmandchilik yoʻnalishida kasb-hunar taʼlimi muassasalarida kadrlar tayyorlashning namunaviy oʻquv rejalari va dasturlarini tasdiqlash.

2020-yil 1-may

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), “Hunarmand” uyushmasi (U. Abdullayev)

A. Abduxakimov, K. Rizayev

13.

“Mehribonlik uylari”da Milliy katalogdagi hunarmandlarni jalb etgan holda “usta-shogird” anʼanasiga asoslangan oʻquv mashgʻulotlarini joriy etish.

2020-yil 1-martdan boshlab

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), “Hunarmand” uyushmasi (U. Abdullayev)

A. Abduxakimov, K. Rizayev, A. Ortiqov

14.

Hunarmandlarni mahsulot ishlab chiqarish uchun xomashyo (shu jumladan mis, qora metall, ipak va yogʻoch) bilan taʼminlashning qulay tizimini joriy etish hamda qayta tiklanadigan xomashyo (tutzorlar, qattiq turdagi daraxtlar) bazasini yaratish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

qaror qabul qilingan kundan ikki oy muddatda

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xoʻjayev), Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (N. Bakirov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), “Hunarmand” uyushmasi (U. Abdullayev)

J. Qoʻchqorov, A. Ortiqov

IV. Mahsulot sotish va yangi bozorlarni oʻzlashtirishda hunarmandlarga qulayliklar yaratish

15.

Milliy katalogga kiritilgan hunarmandlar uchun marketing sohasida doimiy amaliy yordam koʻrsatish va ularning mahsulotlari elektron tijorat (E-commerce) yoʻnalishida keng qoʻllaniladigan Internet jahon axborot tarmogʻi veb-saytlari orqali sotishni tashkil etish yuzasidan zarur choralar koʻrish.

doimiy

Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (D. Li), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov)

J. Qoʻchqorov, S. Abdullayev, A. Ortiqov

16.

Savdo majmualari va dehqon bozorlari hududlarida alohida “hunarmandlar rastalari”ni tashkil etish.

qaror qabul qilingan kundan ikki oy muddatda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

A. Ramatov, A. Vaxabov, Sh. Abidov, A. Ravshanov

17.

“Hunarmand” uyushmasiga aʼzo boʻlgan hunarmandlarni “hunarmandlar rastalari”ga joylashtirib borish.

doimiy

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

A. Ramatov, Sh. Abidov, A. Ortiqov

18.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlari hamda Toshkent shahrida xalq amaliy sanʼati va hunarmandchilik mahsulotlari koʻrgazma zallari va galereyalarini tashkil etish.

2020-yil yakuniga qadar

Qoraqalpo?iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S. Bekenov), “Hunarmand” uyushmasi (U. Abdullayev)

A. Ramatov, Sh. Abidov, B. Axmedov, A. Ortiqov

19.

Oʻzbekistonning xorijiy davlatlarda milliy hunarmandchilik va xalq amaliy sanʼati mahsulotlarini keng targʻib qilish, yangi bozorlarni oʻzlashtirishga koʻmaklashuvchi “savdo uylari” va milliy hunarmandchilik mahsulotlari doʻkonlarini tashkil etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

qaror qabul qilingan kundan ikki oy muddatda

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov), Tashqi ishlar vazirligi (D. Axatov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) “Hunarmand” uyushmasi (U. Abdullayev)

E. Ganiyev, D. Turgunov, A. Ortiqov

20.

“World craft council” xalqaro hunarmandchilik kengashi tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarda “Hunarmand” uyushmasining doimiy qatnashishini taʼminlashga hamda ushbu xalqaro tashkilot bilan hunarmandchilikni rivojlantirish borasidagi tadbirlar uchun xalqaro tashkilotlarning texnik koʻmagini jalb qilishga qaratilgan aniq tadbirlarni ishlab chiqish.

qaror qabul qilingan kundan ikki oy muddatda

Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) “Hunarmand” uyushmasi (U. Abdullayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov), Tashqi ishlar vazirligi (D. Axatov)

J. Qoʻchqorov, E. Ganiyev, A. Ortiqov, D. Turgunov

21.

Hunarmandchilikni qoʻllab-quvvatlash borasidagi xalqaro tajribani muntazam oʻrganib borish va umumlashtirish, shu asosda ilgʻor xorijiy tajribalarni Oʻzbekiston Respublikasida joriy etishga qaratilgan ishlarni tizimli yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrish.

doimiy

Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) “Hunarmand” uyushmasi (U. Abdullayev)

J. Qoʻchqorov, E. Ganiyev, A. Ortiqov, D. Turgunov

22.

Xalq amaliy sanʼati va hunarmandchilik mahsulotlari yagona milliy brendini ishlab chiqish va xalqaro miqyosda tanitish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish.

2020-yil 1-fevral

Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) “Hunarmand” uyushmasi (U. Abdullayev), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Akkulov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov)

J. Qoʻchqorov, A. Ortiqov, K. Rizayev, D. Turgunov

23.

Nufuzli xalqaro festival va koʻrgazmalarda qatnashadigan Milliy katalogga kiritilgan hunarmandlar uchun xorijdagi diplomatik vakolatxonalari orqali hunarmandlarning koʻrgazma va festivallarda qatnashishlari uchun zaruriy tashkiliy koʻmak koʻrsatish.

doimiy

Tashqi ishlar vazirligi (D. Axatov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov) “Hunarmand” uyushmasi (U. Abdullayev)

Sh. Sulaymonov, A. Ortiqov

24.

Anʼanaviy xalq badiiy hunarmandchiligi buyumlari turlarini qayta koʻrib chiqqan holda madaniy boyliklarga taalluqli ashyolar toifasi tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish yuzasidan takliflar ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

qaror qabul qilingan kundan bir oy muddatda

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Davlat bojxona qoʻmitasi (M. Azimov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), “Hunarmand” uyushmasi (U. Abdullayev)

A. Ab�uxakimov, B. Axmedov, A. Ortiqov

V. Milliy hunarmandchilikni aholi oʻrtasida keng targʻib qilish

25.

Ommaviy axborot vositalarida hunarmandchilik va xalq amaliy sanʼati tarixi hamda bugungi rivojini keng targʻib etish maqsadida “Maʼnaviyat va maʼrifat” telekanalida hunarmandchilikka oid muntazam namoyish etiladigan telekoʻrsatuvni tashkil etish.

doimiy

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), “Hunarmand” uyushmasi (U. Abdullayev)

A. Abduxakimov, B. Axmedov, A. Ortiqov

26.

Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda mazkur qaror mazmun va mohiyatining ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlash.

doimiy

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), “Hunarmand” uyushmasi (U. Abdullayev)

A. Abduxakimov, B. Axmedov, A. Ortiqov

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 19-iyundagi PF-99-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2023-y., 06/23/99/0403-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 07/19/4539/4094-son; 24.03.2021-y., 07/21/5033/0227-son, 27.03.2021-y., 07/21/5041/0244-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 07/21/55/1173-son; 31.01.2023-y., 07/23/39/0060-son; 20.06.2023-y., 06/23/99/0403-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)