24.07.2024 yildagi 444-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 24.07.2024 yildagi 444-son
Date of entry into force
25.07.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida sog‘liqni saqlash sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 20-iyundagi PQ-197-son qarori ijrosi yuzasidan tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash orqali ular tomonidan ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar sifati va xavfsizligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PQ-197-son qarori bilan Sog‘liqni saqlash vazirligining litsenziyalash va akkreditatsiyalash boshqarmasi negizida tibbiy faoliyatni litsenziyalash va nodavlat tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyalash funksiyalarini amalga oshiruvchi davlat muassasasi shaklidagi Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalashni ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalashda ilg‘or xalqaro tajribaga asoslangan talablarni ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
litsenziatlarning tibbiy xizmatlar sifati, litsenziya talab va shartlari nazoratini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiyotning nodavlat sektorini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy mexanizmlarini hamda ularni barqaror rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat tibbiyot tashkilotlarini xalqaro tan olingan akkreditatsiyalashda qatnashish va ularni qo‘llab-quvvatlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

xalqaro tan olingan akkreditatsiya tashkilotlarini jalb qilish orqali mahalliy tibbiy xizmatlar sifatini oshirish va “xavfsiz tibbiyot” standartlarini joriy qilish;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyalashning milliy tizimini joriy etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pulli xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan daromadlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro va xorijiy hukumat, xalqaro moliya tashkilotlari va boshqa donorlarning grantlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Markazning vaqtincha bo‘sh turgan budjetdan tashqari mablag‘larini tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Sog‘liqni saqlash vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazning tuzilmasi va ustavini tasdiqlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markazni malakali, o‘ziga yuklangan vazifalarni yuksak professional darajada bajarishga qodir kadrlar bilan to‘ldirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

vazirlikning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan Markaz faoliyatini samarali amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan vositalar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin;

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) uch oy muddatda tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyalash hamda litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlarining, shu jumladan, ular tomonidan ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatiga qo‘yiladigan talablarning bajarilishi to‘g‘risidagi axborotlarni o‘z ichiga oladigan tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish bo‘yicha axborot tizimini ishlab chiqsin va joriy etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) aholini ommaviy axborot vositalari, Internet jahon axborot tarmog‘i orqali litsenziya talablari va shartlari, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatiga qo‘yiladigan talablar, shuningdek, litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib qo‘yilgan, to‘xtatilgan yoxud litsenziyasi bekor qilingan litsenziatlar to‘g‘risida muntazam ravishda xabardor qilib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri v.b A.A. Xudayarov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 24-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
444-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyuldagi 444-son qaroriga

ILOVA

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 14-yanvardagi 16-son qarori bilan tasdiqlangan Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentining 3-bandi to‘qqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

“ishchi organ — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi”.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomga 27-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Tibbiy faoliyatni litsenziyalash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PASPORTI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

Litsenziya nomi:

tibbiy faoliyat uchun litsenziya

2.

Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari:

tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan tibbiy ixtisosliklar turlari bo‘yicha

3.

Ariza beruvchilar toifasi:

yuridik shaxslar

4.

Litsenziyalovchi organ:

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi

5.

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza;

arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bank hisobvarag‘i, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan muddat, tanlangan tibbiy faoliyat amalga oshiriladigan tibbiy ixtisosliklar turlari va (yoki) tibbiy xizmatlar turlari (tibbiy muolajalar va (yoki) tibbiy usullar), tibbiy yordam ko‘rsatish shakllari (ambulator, statsionar), ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;

b) tasdiqlangan eng kam talablarga muvofiq tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan uskunalar va boshqa texnika vositalari, shu jumladan, tibbiy texnikaning mavjudligi haqidagi ma’lumot.

Ma’lumotda tibbiy texnika, uskunalar va boshqa texnika vositalarining nomi, soni, har birining seriyasi va raqami, ishlab chiqaruvchisi va ishlab chiqarish sanasi, ushbu vositalarning ishlatilishi uchun davlat organlaridan maxsus ruxsat olish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, tegishli tasdiqlovchi hujjat raqami, sanasi va hujjat bergan tashkilot nomi ko‘rsatilishi kerak.

6.

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yigim miqdori:

bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari

7.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari.

Davlat boji quyidagi tartibda taqsimlanadi:

10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasi shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga;

11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga;

20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Rivojlantirish va sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasining hisobvarag‘iga;

13,75 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi hisobvarag‘iga;

qolgan qismi O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga o‘tkaziladi.

8.

Arizani ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish muddatlari:

30 kun

9.

Litsen�iya talablari va shartlari:

Litsenziya talablari va shartlari:

a) xodimlarning quyidagi talablarga muvofiq bo‘lishi:

statsionar turdagi nodavlat tibbiyot tashkilotida operatsiya bo‘limi tashkil etilgan taqdirda, ixtisosligi bo‘yicha kamida birinchi malaka toifaga ega bo‘lgan operatsiya qiluvchi xirurg hamda anesteziolog-reanimatolog, xirurgiya ixtisosligi bo‘yicha malaka toifaga ega bo‘lgan assistent vrach, kamida birinchi malakaviy toifaga ega bo‘lgan anesteziologiya-reanimatologiya hamda operatsiya xonasi hamshirasi;*

bosh vrachda — oliy tibbiy ma’lumot va malakaviy toifa, boshqa vrach-mutaxassislarda (oliy tibbiy ta’lim ma’lumotiga ega bo‘lmagan, xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi shaxslardan tashqari) tegishli tibbiy mutaxassislik bo‘yicha oliy ma’lumot va malakaviy toifa;

xorijiy mutaxassis jalb etilgan taqdirda, operatsiya qiluvchi vrachda kamida yetti yillik ish staji yoki yetakchi tibbiy muassasalar yoki klinikalarning operatsiya qiluvchi vrachining zarur kasbiy ko‘nikmalarga ega ekanligini tasdiqlovchi tavsiyanomasi;

tug‘ruqni qabul qilish tashkil etilganda akusher-ginekolog, anesteziolog-reanimatolog, neonatolog va klinik laborant vrachlarda — kamida birinchi malakaviy toifa;

mutaxassis-vrachlarda belgilangan tartibda olingan malaka oshirish bo‘yicha amaldagi sertifikat;

xorijiy ta’lim muassasasini tamomlagan mutaxassisni ishga jalb qilishda xorijiy mamlakatlarda olingan ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlarning nostrifikatsiyasi (ekvivalentligini belgilash) haqidagi guvohnomaning davlat namunasi (agar nostrifikatsiya qilish talab etilsa);

xorijiy ta’lim muassasasini tamomlagan mutaxassisni ishga jalb qilishda mutaxassisligi bo‘yicha malakasini tasdiqlovchi hujjat;

tibbiyot xodimida — sterilizatsiya uskunasida ishlash bo‘yicha o‘quvdan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjat (agar sterilizatsiya bo‘limi mavjud bo‘lsa);

b) quyidagi talablarga javob beruvchi moddiy-texnik bazaning mavjud bo‘lishi: mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq bilan tegishli bo‘lgan, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mos bo‘lgan litsenziyalangan faoliyat turini amalga oshirishga mo‘ljallangan xonalar (tibbiy faoliyat yo‘nalishida mobil ilovalardan foydalangan holda masofadan turib tibbiy konsultatsiya va ko‘rikni tashkil etishda mazkur talab tatbiq etilmaydi);

mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq bilan tegishli bo‘lgan, tegishli metrologik me’yorlar va texnika xavfsizligi me’yorlariga mos bo‘lgan uskunalar va boshqa texnika vositalari, shu jumladan, tibbiy texnika (tibbiy faoliyat yo‘nalishida mobil ilovalardan foydalangan holda masofadan turib tibbiy konsultatsiya va ko‘rikni tashkil etishda mazkur talab tatbiq etilmaydi);

terapevtik yo‘nalish va diagnostika ixtisosliklari bo‘yicha tibbiy faoliyatni amalga oshirishda sterilizatsiya ishlarini bajarishga shartnoma yoki sterilizatsiya bo‘limi;*

tug‘ruqni qabul qilish tashkil etilganda muassasada tug‘ruq (jarrohlik bloki bilan), jonlantirish, chaqaloqlarni jonlantirish, muddatiga yetmay tug‘ilgan chaqaloqlarni parvarish qilish, homiladorlar patologiyasi, endovizual ginekologiya bo‘limlari, poliklinika (ginekologiya, neonatologiya, pediatriya, ultratovush diagnostikasi), bakteriologiya va klinik-biokimyo laboratoriyalar tashkil etish;

xirurgiya yo‘nalishidagi ixtisosliklar, shu jumladan, stomatologiya bo‘yicha tibbiy faoliyatni yuritishda sterilizatsiya bo‘limi;*

v) tibbiy faoliyatni amalga oshirishda quyidagilarga rioya qilish:

litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan namunalar va shakllar bo‘yicha birlamchi tibbiy hujjatlarni yuritish;

belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga statistika ma’lumotlarini taqdim etish;

O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, ekologik normativlarga, metrologiya normalari va qoidalariga, yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etish;

litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan va (yoki) xalqaro tibbiy amaliyotda sinovdan o‘tgan profilaktika usullari, diagnostika va davolash standartlariga rioya qilish;

litsenziyalovchi organ tomonidan ruxsat berilgan dorivor, dezinfeksiya va zararsizlantiruvchi vositalar, laboratoriya reagentlaridan foydalanish;

operatsiya va jonlantirish (reanimatsiya) xonalariga ovoz va video yozib olish imkoniyati mavjud kameralar o‘rnatilgan bo‘lishi, mazkur yozuvlar kamida bir yil davomida litsenziatda saqlanishi hamda videoyozuvdagi axborotning oshkor etilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan (qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno) shifokor sirining himoya qilinishi imkoniyatini yaratish;

tibbiy faoliyatni qat’iyan litsenziyada ko‘rsatilgan doirada amalga oshirish;*

tug‘ruqni qabul qilish tashkil etilganda, FHDY organlari bilan tug‘ilish va o‘lim to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlar almashinuvi dasturini majburiy ravishda doimiy yuritish.*

10.

Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining hududiy boshqarmalari;

Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy boshqarmalari;

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining hududiy boshqarmalari.

11.

Litsenziyaning amal qilish muddati:

5 yil

12.

Izoh.

Litsenziyada faoliyatning litsenziyalanayotgan tibbiy ixtisosliklar turlari va (yoki) tibbiy xizmatlar turlari (tibbiy muolajalar va (yoki) tibbiy usullar), tibbiy yordam ko‘rsatish shakllari (ambulator, statsionar) aniq ko‘rsatiladi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati davomida faoliyatning litsenziyalanayotgan tibbiy ixtisosliklar turlari va (yoki) tibbiy xizmatlar turlari (tibbiy muolajalar va (yoki) tibbiy usullar), tibbiy yordam ko‘rsatish shakllari hajmidan kelib chiqib, tegishli soha mutaxassislaridan iborat ekspert guruhi tashkil etiladi.

Ekspert guruhi litsenziya talabgoriga tegishli litsenziyani berish yoki litsenziya berishni rad etish yuzasidan ekspert xulosasini ishchi organga taqdim etadi.

Bunda ekspert guruhi faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar talabgor (ariza beruvchi) hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi (ishchi organ) o‘rtasida tuzilgan yozma shartnomaga ko‘ra belgilangan tartibda tasdiqlangan tabaqalashtirilgan narxlarga muvofiq amalga oshiriladi.

* Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

”.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Mazkur ilova 2025-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.07.2024-y., 09/24/444/0546-son)