20.06.2023 yildagi PQ-197-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 20.06.2023 yildagi PQ-197-son
Date of entry into force
21.06.2023
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ma’muriy islohotlar doirasida sog‘liqni saqlash sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-14-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi muassasalarni qayta tashkil qilish dasturi 2-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-maydagi PF-77-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2026-y., 06/26/77/0478-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining tashkiliy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sog‘liqni saqlash sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 5-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining xususiy sektorga o‘tkaziladigan funksiyalari ro‘yxati 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inida tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatishning quyidagilarni nazarda tutuvchi takomillashtirilgan tizimi joriy etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar) darajasida ambulator va statsionar sharoitda aholining eng ko‘p murojaatlariga sabab bo‘layotgan kasalliklar va holatlarni inobatga olgan holda, Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari ro‘yxati shakllantiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari shifokorlari tegishli hududda eng ko‘p tarqalgan kasalliklar va holatlar bo‘yicha qisqa muddatli kurslarda o‘qitiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sog‘liqni saqlash vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda aholining eng ko‘p murojaatlariga sabab bo‘layotgan kasalliklar va holatlarni inobatga olib, Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari ro‘yxatini tibbiy yordam ko‘rsatishning darajalari va turlari kesimida, shu jumladan dori vositalari, sarflash materiallari va tibbiyot buyumlarini nazarda tutgan holda tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. 2024-yildan boshlab yillik tibbiy ko‘riklar doirasida nuroniylarni maqsadli skriningdan o‘tkazish dasturlari joriy etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chilonzor Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi negizida Hamshiralar akademiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-ilovaga muvofiq tibbiyot kollejlari negizida Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari (keyingi o‘rinlarda — texnikumlar) tashkil etilsin. Bunda, zarur ixtisosliklar bo‘yicha ikki va uch yillik dasturlar asosida tabaqalashgan holda o‘qitish yo‘lga qo‘yilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida o‘qish muddati to‘rt yillik “oliy malakali hamshira” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash joriy etilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Sog‘liqni saqlash vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnikumlarning imkoniyatlaridan kelib chiqib, ularning takliflari asosida qabul parametrlari hamda qo‘shimcha ravishda tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish tartibini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiyot yo‘nalishidagi davlat oliy ta’lim muassasalari talabalarining bilimlarini ikki bosqichli (fundamental va klinik-amaliy ko‘nikmalar) baholash va ularning malakasini tasdiqlash milliy tizimini joriy etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) quyidagilarni nazarda tutgan holda tibbiyot xodimlarining malakasini oshirishga qaratilgan uzluksiz kasbiy ta’lim portali joriy etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarning elektron portfoliosini shakllantirish va ularga malaka oshirishning vaqti, joyi va shakli, o‘quv mavzularini tanlash imkoniyatini yaratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka oshirish kurslarining yagona reyestrini shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kasbiy rivojlantirish natijalari va o‘zlashtirilgan o‘quv dasturlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlariga malaka oshirish kurslarini joriy etish huquqi berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish, ularning malakasini oshirish jarayonlari to‘liq raqamlashtirilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra tibbiyot sohasida xususiy sektor faoliyatini rivojlantirish va ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish uchun 2023-yil yakuniga qadar nodavlat tibbiyot tashkilotlarining litsenziya talablari hamda shartlari bajarilishi monitoringini yuritish quyidagicha tashkil etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) barcha nodavlat tibbiyot tashkilotlarini Sog‘liqni saqlash vazirligining maxsus axborot tizimiga ulash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Sog‘liqni saqlash vazirligining maxsus axborot tizimi orqali:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat tibbiyot tashkilotining xodimlari, tibbiy texnikasi, xizmat turlari, tibbiy statistika va boshqa hisobotlari monitoringini yuritish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiy faoliyatni nazorat qilishda “xavfni tahlil qilish” tizimini yo‘lga qo‘yish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Sog‘liqni saqlash vazirligining tibbiyot obyektining faoliyat yo‘nalishi va quvvatidan kelib chiqib, litsenziya talab va shartlarini ilg‘or standartlar asosida takomillashtirish va to‘lovlar miqdorini tabaqalashtirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tizimidagi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimiga o‘tkazilib, uning negizida davlat muassasasi shaklidagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, Sog‘liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, sertifikatlashtirish, shuningdek, farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash bilan bog‘liq vazifa va funksiyalarini bajarishga oid huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari, kasbiy mahoratini attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalari berish funksiyalarini amalga oshiruvchi davlat muassasasi shaklidagi Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi tashkil etilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Litsenziyalash va akkreditatsiyalash boshqarmasi negizida tibbiy faoliyatni litsenziyalash va nodavlat tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyalash funksiyalarini amalga oshiruvchi davlat muassasasi shaklidagi Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi Sog‘liqni saqlash vazirligida akkreditatsiyadan o‘tgan nodavlat tibbiyot tashkilotlari bilan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnomani qo‘shimcha talablarsiz imzolaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Sultonali Mashhadiy ko‘chasi, 197-uy manzilidagi binoga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Sog‘liqni saqlash vazirligi ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib sog‘liqni saqlash vaziri A.Sh. Inoyatov belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi O.Q. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 20-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-197-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PQ-197-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) sog‘liqni saqlash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, unda ishtirok etuvchi davlat organlarining ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini muvofiqlashtirish hamda mazkur sohalarda qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) sohaga oid kompleks dasturlarni ishlab chiqish, sog‘liqni saqlash sohasida faoliyat yuritadigan davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etish orqali tibbiy xizmatlar sifati va manzilliligini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) tibbiyot sohasini raqamlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) tibbiy ta’limni takomillashtirish, tibbiyot xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish, baholash va ularning yuqori mas’uliyatini ta’minlash bo‘yicha samarali tizimni shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) sog‘liqni saqlash sohasiga investitsiyalarni keng jalb etish va xususiy sektordagi tibbiy xizmatlar sifatini oshirish va ko‘lamini kengaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) aholi va tibbiyot tashkilotlarini sifatli va xavfsiz dori vositalari, tibbiy buyumlar bilan ta’minlash, sohada ta’sirchan jamoatchilik nazoratini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) oziq-ovqat mahsulotlari va iste’mol tovarlari xavfsizligi hamda sanitariya-epidemiologiya sohasida xavf-xatarlarni aniqlash, baholash, yuqumli kasalliklarning epidemiologik nazoratini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) tibbiy yordamning samaradorligi, sifati va ommabopligini oshirish, shuningdek, tibbiy xizmatlar sifatini standartlashtirish tizimini shakllantirish, tashxis qo‘yish va davolashning yuqori texnologik usullarini joriy etish, patronaj xizmati va dispanserizatsiyaning samarali modellarini yaratish orqali kasalliklarni erta bosqichda aniqlab, davolash va ularning oldini olish choralarini ko‘rish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) birlamchi tibbiy yordamni aholiga yanada yaqinlashtirish orqali ortiqcha vazndan xalos bo‘lish, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillariga rioya etish, jismoniy faollikni oshirish, infarkt, insult, qandli diabet, onkologiya kabi kasalliklarning oldini olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
l) xotin-qizlar va bolalarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordamni rivojlantirish, zamonaviy skrining dasturlari va reproduktiv texnologiyalarni joriy etish asosida onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PQ-197-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi muassasalarni qayta tashkil qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DASTURI

T/r

Tashkilotning amaldagi to‘liq (rasmiy) nomi

Tashkilotning taklif qilinayotgan (rasmiy) nomi

Qayta tashkil qilinayotgan tashkilotning faoliyatiga oid qoidalar va izohlar

1.

“Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi

a) dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish, texnik jihatdan tartibga solish, shuningdek, farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash yo‘li bilan davlat tomonidan boshqarishni, postmarketing nazoratini amalga oshirishni ta’minlaydi;

b) dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqadi;

v) davlat farmakopeyasini ishlab chiqadi;

g) tibbiyot mahsulotlarini sertifikatlashtiruvchi markaziy organ sifatida respublikadagi dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

d) tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni realizatsiya qilish, berish, taqsimlash, saqlash hamda hisobga olish tartibini ishlab chiqadi;

e) farmakologik nazoratni amalga oshiradi;

j) tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning sifat nazorati borasida metrologiya tekshiruvlarini tashkillashtiradi;

z) tibbiyot amaliyotida qo‘llashga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestrini yuritadi;

i) huquqni muhofaza qilish organlarining murojaatlari bo‘yicha farmatsevtika mahsulotlarini ekspertizadan o‘tkazishni ta’minlaydi;

k) dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning zararli ta’sirini tasdiqlovchi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, ularning ishlab chiqarilishini, tayyorlanishini, import qilinishini, realizatsiya qilinishini belgilangan tartibda to‘xtatib turish chorasini ko‘radi.

2.

Litsenziyalash va akkreditatsiyalash boshqarmasi

Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi

a) tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalashni ta’minlaydi;

b) tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalashda ilg‘or xalqaro tajribaga asoslangan talablarni ishlab chiqadi;

v) litsenziatlarning tibbiy xizmatlar sifati, litsenziya talab va shartlari nazoratini amalga oshiradi;

g) tibbiyotning nodavlat sektorini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy mexanizmlarini hamda barqaror rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqadi;

d) nodavlat tibbiyot tashkilotlarini xalqaro tan olingan akkreditatsiyadan o‘tkazishda qatnashadi va ularni qo‘llab-quvvatlaydi;

e) xalqaro tan olingan akkreditatsiya tashkilotlarini jalb qilish orqali mahalliy tibbiy xizmatlar sifatini oshiradi va “xavfsiz tibbiyot” standartlarini joriy qiladi.

3.

Chilonzor Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi

Hamshiralar akademiyasi

a) oliy va professional ma’lumotli hamshiralarni tayyorlaydi, malakasini oshiradi va qayta tayyorlashni amalga oshiradi;

b) oliy va professional ma’lumotli tibbiyot hamshiralarini tayyorlash bo‘yicha o‘quv-metodik hujjatlarni ishlab chiqadi;

v) hamshiralik ishini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yadi;

g) davlat va nodavlat professional tibbiy ta’lim tashkilotlari maxsus fan o‘qituvchilarining malakasini oshirishda qatnashadi.

4.

Tibbiyot kollejlari (27 ta)

Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari (27 ta).

a) umumiy amaliyot hamshirasi hamda ixtisoslashgan hamshiralarni tayyorlaydi;

b) xorijiy davlatlarning tibbiyot kollejlari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida o‘rta bo‘g‘in tibbiyot xodimlarini tayyorlaydi.

5.

“Xaridlar markazi” davlat muassasasi

“Xaridlar markazi” davlat muassasasi

“Xaridlar markazi” davlat muassasasi etib qayta tashkil etiladi, uning vazifa va funksiyalari saqlab qolinib, Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida faoliyat yuritadi.

6.

“IT-Med” MCHJ

“IT-Med” davlat muassasasi

“IT-Med” davlat muassasasi etib qayta tashkil etiladi, uning vazifa va funksiyalari saqlab qolinib, Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida faoliyat yuritadi.

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-noyabrdagi PQ-408-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.12.2024-y., 07/24/408/1005-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-maydagi PF-77-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2026-y., 06/26/77/0478-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PQ-197-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining tashkiliy
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Sanitariya-epidemiologiya hay’ati

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, “Navoiy KMK” AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning sanitariya-epidemiologiya xizmatlari

Milliy referens laboratoriya

Respublika OITSga qarshi kurashish markazi

Respublika o‘lat profilaktika markazi

Respublika dezinfeksiya stansiyasi

Fuqaro aviatsiyasi obyektlarida sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi

Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining hududiy boshqarmalari

14

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazlari

14

Respublika o‘lat profilaktika markazi filiallari

3

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar dezinfeksiya stansiyalari

14

Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining tuman (shahar) bo‘limlari*

OITSga qarshi kurashish markazlarining tumanlararo laboratoriyalar bazasidagi filiallari

Respublika o‘lat profilaktika markazi filiallarining bo‘linmalari

6

Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Har bir tuman (shahar)da bittadan birlik.
(4-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-230-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PQ-197-son qaroriga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sog‘liqni saqlash sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“YO‘L XARITASI”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Ijro uchun mas’ullar

I. Sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatini tashkil etish va qonunchilik bazasini tizimlashtirish

1.

Sog‘liqni saqlash vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish.

1. Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosarlari va tizim tashkilotlari rahbarlari o‘rtasida aniq vazifalar va funksiyalarni taqsimlash.

2. Tizim tashkilotlarining tuzilmalari, shtat birliklari hamda nizomlarini tasdiqlash.

2023-yil 1-avgust

-

Sog‘liqni saqlashvazirligi

(Inoyatov)

2.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tarkibida tashkil etilayotgan davlat muassasalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

Quyidagi davlat muassasalari faoliyatini tartibga solish yuzasidan nizomlarni tasdiqlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish:

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi;

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi;

Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi.

2023-yil 1-avgust

-

Sog‘liqni saqlashvazirligi

(Inoyatov)

3.

Sog‘liqni saqlash sohasidagi qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish.

Quyidagi masalalarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining Aholi sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risidagi kodeksi loyihasini ishlab chiqish:

sog‘liqni saqlash sohasini davlat tomonidan tartibga solish, idoralararo hamkorlik qilish;

sanitariya-epidemiologik nazoratni tashkil qilish;

sog‘liqni saqlash sohasida ta’lim va ilmiy faoliyatni tartibga solish;

majburiy tibbiy sug‘urtalashning huquqiy asoslari, mexanizmlarini joriy etish;

majburiy tibbiy sug‘urtalash subyektlarini, ularning huquq va majburiyatlarini, ushbu sohadagi huquqiy munosabatlarni tartibga solish bo‘yicha vakolatli organni belgilash;

sog‘liqni saqlash sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarini yaxlit hujjatda jamlash va boshqalar.

Loyiha yuzasidan nufuzli xalqaro tashkilotlarning tavsiyalarini olish hamda keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish choralarini ko‘rish.

2024-yil 1-yanvar

-

Sog‘liqni saqlashvazirligi

(Inoyatov)

II. Birlamchi tibbiy-sanitariya xizmati

4.

Birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatini aholiga yaqinlashtirish.

1. Quyidagilarni tashkil etish:

500 ta mahalla tibbiyot punktlari;

30 ta oilaviy poliklinika;

110 ta oilaviy shifokor punktlari.

2.Davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari paketini tibbiy yordam ko‘rsatishning darajalari hamda turlari kesimida ishlab chiqish.

3. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida fizioterapiya xizmatlari ko‘lamini kengaytirish va kunduzgi shifoxona o‘rinlari sonini ko‘paytirish choralarini ko‘rish.

2023-yil davomida

Respublika hamda mahalliy budjetlardan ajratilgan mablag‘lar

Sog‘liqni saqlashvazirligi

(Inoyatov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

5.

Jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazgan bemorlarni tibbiy reabilitatsiya qilish sifatini oshirish.

1. Xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda, infarkt va insult kasalligi asoratlarini davolash, shikastlanish va jarrohlik amaliyotlaridan so‘ng tiklanish hamda suyak-mushak tizimi kasalliklari mavjud bo‘lgan bemorlarni maxsus davolash (qayta tiklash muolajasi va tibbiy reabilitatsiya) tizimi konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Bir-birini takrorlovchi tibbiy xizmatlarni ko‘rsatuvchi bo‘linmalarni qisqartirish, xususiy sektorni jalb qilish hisobiga reabilitatsiya markazlari (bo‘linmalar, xonalar)ni tashkil etish.

2023-yil 1-sentabr

-

Sog‘liqni saqlashvazirligi

(Inoyatov)

6.

Aholining profilaktik ko‘rik hamda maqsadli skrining tekshiruvlaridan o‘tkazilishini ta’minlash.

1. 13 milliondan ortiq aholini profilaktik ko‘rikdan, surunkali kasalligi bo‘lmagan 40 yosh va undan katta yoshdagi 6 milliondan ziyod aholini yurak qon-tomir va qandli diabet kasalligi, 3 milliondan ortiq ayollarni onkologik kasalliklar bo‘yicha maqsadli skrining tekshiruvlaridan o‘tkazish.

2. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni audioskrining hamda travmatolog-ortoped ko‘rigidan o‘tkazish ishlarini yo‘lga qo‘yish.

3. Homiladorlar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni irsiy va tug‘ma kasalliklar bo‘yicha skriningdan o‘tkazish.

2023-yil davomida

Respublika hamda mahalliy budjetlardan ajratilgan mablag‘lar

Sog‘liqni saqlashvazirligi

(Inoyatov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

7.

Immunizatsiya milliy dasturiga asosan bolalarni emlash tadbirlarini amalga oshirish.

Bolalarni emlash kalendari bo‘yicha emlashni tashkil etish.

2023-yil davomida

Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar

Sog‘liqni saqlashvazirligi

(Inoyatov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

8.

Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari mutaxassislarining bilimlarini oshirish.

Ambulator darajada aholining eng ko‘p murojaatlariga sabab bo‘layotgan hamda statsionar darajada shifoxonaga joylashtirib davolanayotgan eng ko‘p tarqalgan kasalliklar va holatlar bo‘yicha mutaxassislarni qisqa muddatli kurslarda o‘qitish.

2023-yil davomida

Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar

Sog‘liqni saqlashvazirligi

(Inoyatov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

9.

Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini namunaviy loyihalar asosida qurish va jihozlash.

Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini qurish va jihozlashning namunaviy loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha tender savdolarini o‘tkazish.

Kelgusida mazkur tibbiyot muassasalarini qurish va jihozlash tender savdolari natijasiga ko‘ra g‘olib deb topilgan namunaviy loyihalar asosida amalga oshirilishini nazarda tutish.

2023-yil davomida

Respublika hamda mahalliy budjetlardan ajratilgan mablag‘lar

Sog‘liqni saqlashvazirligi

(Inoyatov)

III. Ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar

10.

Ixtisoslashtirilgan xizmatlar ko‘lamini yangi davolash va diagnostika usullari yordamida kengaytirish.

Respublika ixtisoslashtirilgan markazlar amaliyotiga 200 ta, ularning viloyat filiallarida 370 ta hamda tuman darajasida 150 turdagi yangi davolash va diagnostika usullarini joriy qilish.

2023-yil davomida

Respublika hamda mahalliy budjetlardan ajratilgan mablag‘lar

Sog‘liqni saqlashvazirligi

(Sabirov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

11.

Hududlarda yuqori texnologiyali amaliyotlar sonini oshirish.

Hududlarda kamida 15 ming nafar bemorga yuqori texnologiyali amaliyotlarni bajarish.

2023-yil davomida

Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar

Sog‘liqni saqlashvazirligi

(Sabirov)

12.

Rekonstruktiv va plastik jarrohlik hamda transplantatsiya amaliyotlarini joriy qilish, transplantatsiyalar sonini ko‘paytirish.

Respublika ixtisoslashtirilgan markazlar mutaxassislari yordamida hududlarda rekonstruktiv va plastik jarrohlik, jigar, yurak qon-tomir, oshqozon-ichak, ko‘krak qafasi jarrohligi, ko‘z mikroxirurgiyasi hamda transplantatsiya amaliyotlarini keng joriy etish. Buyrak ko‘chirib o‘tkazish amaliyotini 350 tadan 500 taga, jigar transplantatsiyasini 20 tadan 50 taga yetkazish.

2023-yil davomida

Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar

Sog‘liqni saqlashvazirligi

(Sabirov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

13.

Respublika ixtisoslashtirilgan markazlari hududiy filiallarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

Vazirlik, hokimliklar va ixtisoslashtirilgan markazlar tomonidan imzolangan uch tomonlama shartnoma doirasida ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazlar hududiy filiallarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

2023-yil yakuniga qadar

Respublika hamda mahalliy budjetlardan ajratilgan mablag‘lar

Sog‘liqni saqlashvazirligi

(Sabirov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

14.

Onkologik kasallikka chalingan bemorlarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordamni rivojlantirish.

“YEDSG‘” jamg‘armasi (Koreya) ishtirokidagi “Onkologiya xizmatlarini rivojlantirish” loyihasi doirasida taklif ishlab chiqish.

2024-yil 1-avgust

-

Sog‘liqni saqlashvazirligi

(Inoyatov)

IV. Onalik va bolalikni muhofaza qilish

15.

Onalik va bolalikni muhofaza qilishni kuchaytirish.

1. Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha uch yillik dasturni ishlab chiqish.

2023-yil 1-avgust

Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar

Sog‘liqni saqlashvazirligi

(Basitxanova),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Bolalar, o‘smirlar va homilador ayollarni 7 turdagi vitamin va minerallar bilan bepul ta’minlash.

3. Homilador ayollar va bolalarga hududidan qat’i nazar, kafolatlangan bepul tibbiy xizmatdan foydalanish imkonini yaratish.

4. Onalik va bolalikni muhofaza qilish yo‘nalishida takrorlanuvchi xizmat turlarini optimallashtirish.

2023-yil yakuniga qadar

16.

Bolalar va reproduktiv yoshdagi ayollar salomatligini tiklash.

1. Bolalarning to‘g‘ri o‘sishi va aqliy rivojlanishi, ayollarda kamqonlik va tug‘ma nuqsonlarning oldini olish maqsadida bolalar, o‘smir qiz va homilador ayollarni vitamin va dori vositalari bilan bepul ta’minlash.

2. Bolalar va reproduktiv yoshdagi ayollarsalomatligini tiklash uchun zarur dori vositalari va tibbiy buyumlarni xarid qilish.

2023-yil yakuniga qadar

Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar

Sog‘liqni saqlashvazirligi

(Basitxanova),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

V. Tibbiyot sohasini raqamlashtirish

17.

Sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirishni jadallashtirish.

1. Davlat tibbiyot muassasalarini zarur kompyuter texnikalari bilan ta’minlash:

2023-2024-yillar davomida

Sog‘liqni saqlashvazirligi

(Fazilkarimov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

a) Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 1430 ta;

Andijon viloyati — 2045 ta;

Buxoro viloyati — 1737 ta;

Jizzax viloyati — 2548 ta;

Qashqadaryo viloyati — 2517 ta;

Navoiy viloyati — 923 ta;

Namangan viloyati — 2800 ta;

Samarqand viloyati — 3609 ta;

Surxondaryo viloyati — 2678 ta;

Sirdaryo viloyati — 1775 ta;

Toshkent viloyati — 3184 ta;

Farg‘ona viloyati — 3423 ta;

Xorazm viloyati — 3170 ta;

Toshkent shahri — 880 ta;

Respublika budjeti, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablag‘lari

b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 1532 ta;

Andijon viloyati — 2190 ta;

Buxoro viloyati — 1862 ta;

Jizzax viloyati — 946 ta;

Qashqadaryo viloyati — 970 ta;

Navoiy viloyati — 989 ta;

Namangan viloyati — 1253 ta;

Samarqand viloyati — 1365 ta;

Surxondaryo viloyati — 1037 ta;

Toshkent viloyati — 1406 ta;

Farg‘ona viloyati — 1612 ta;

Xorazm viloyati — 1481 ta;

Toshkent shahri — 942 ta.

Mahalliy budjet mablag‘lari

2. Davlat tibbiyot muassasalarini lokal tarmoqlar bilan ta’minlash.

Bunda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo, Farg‘ona, Toshkent, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahri tibbiyot muassasalarida 2023-yil 1-iyulga qadar ichki lokal tarmoqlarini o‘rnatish ishlarini yakunlash.

3. Elektron sog‘liqni saqlash yagona platformasiga mavjud axborot tizimlarini integratsiya qilish talablarini ishlab chiqish.

Bunda, 2023-yil 1-dekabrga qadar yagona elektron tibbiy karta, elektron shifoxona, elektron poliklinika va elektron retsept tizimlarini yo‘lga qo‘yish.

4. Fuqarolar uchun shaxsiy kabinet va mobil ilova yaratib, interaktiv xizmatlarni (shifokor qabuliga yozilish, yo‘llanma va boshqalar) joriy etish.

Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablag‘lari

18.

Sog‘liqni saqlash vazirligi veb-saytida “Ochiq sog‘liqni saqlash” interaktiv portalini ishga tushirish.

Interaktiv portalni ishga tushirish va quyidagilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirib, har chorakda yangilab borish:

sog‘liqni saqlash tizimi faoliyatiga doir tahliliy ma’lumotlar va normativ-hujjatlar;

tibbiy yordam sifatiga oid axborotlar;

davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari ro‘yxati;

kasallanishga oid statistik axborotlar va boshqa ma’lumotlar.

2023-yil yakuniga qadar

Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar, vazirlik va sog‘liqni saqlash muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari

Sog‘liqni saqlashvazirligi

(Fazilkarimov)

19.

Mavjud tibbiy texnika va jihozlarning yagona elektron bazasini yaratish.

Barcha davlat tibbiyot muassasalarida mavjud bo‘lgan tibbiy texnika va jihozlarni xatlovdan o‘tkazish va ularning yagona elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish.

2023-yil yakuniga qadar

Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar

Sog‘liqni saqlashvazirligi

(Fazilkarimov)

20.

Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamni to‘liq hajmda ko‘rsatish uchun tibbiyot muassasalarini zarur bo‘lgan tibbiy texnika va jihozlar bilan ta’minlash.

Xalqaro moliya institutlarining grant hamda uzoq muddatli va imtiyozli kredit mablag‘larini jalb qilingan holda, zarur bo‘lgan tibbiy texnika va jihozlar bilan bosqichma-bosqich ta’minlash bo‘yicha kompleks dasturni ishlab chiqish.

2023-yil yakuniga qadar

Xalqaro moliya institutlarining grant va kredit mablag‘lari

Sog‘liqni saqlashvazirligi

(Fazilkarimov)

21.

“Qon xizmati” axborot tizimini amaliyotga joriy qilish.

Qon bilan ishlash xizmatlarida lokal kompyuter tarmog‘ini yaratish va o‘zaro bog‘lash orqali “Qon xizmati” axborot tizimini amaliyotga joriy etish.

2023-yil 20-noyabr

Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar

Sog‘liqni saqlashvazirligi

(Fazilkarimov)

VI. Tibbiy ta’limni takomillashtirish, tibbiyot xodimlari bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularni baholash va mas’uliyatini kuchaytirish bo‘yicha samarali tizimni shakllantirish

22.

Tibbiy ta’lim tizimini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish.

Tibbiy ta’lim, tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirishda quyidagilarni nazarda tutish:

-

Sog‘liqni saqlashvazirligi

(Inoyatov)

hamshira va feldsherlarni zarur ixtisoslik bo‘yicha ikki va uch yillik o‘quv dasturlari asosida tabaqalashtirilgan holda o‘qitish;

xalqaro ekspertlar tavsiyalari asosida tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining faoliyatini qayta ko‘rib chiqish;

yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarining o‘quv adabiyotlari asosida yangi avlod adabiyotlarini yaratish;

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab

tibbiyot oliy ta’lim muassasalari hamda tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash muassasalari uchun ularning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan simulyator uskunalarini xarid qilish.

2023 — 2025-yillar

23.

Oliy tibbiy ta’limni rivojlantirish.

1. “YEDSG‘” jamg‘armasi (Koreya) ishtirokidagi “Tibbiyot universitetini tashkil qilish” loyihasi doirasida takliflar ishlab chiqish.

2024-yil 1-avgust

-

Sog‘liqni saqlashvazirligi

(Inoyatov)

2. Yetakchi xususiy klinikalarda klinik ordinatura dasturlari asosida tor doiradagi mutaxassislarni tayyorlashni tashkil qilish.

Rejaga muvofiq

3. Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida o‘qish muddati to‘rt yillik “oliy malakali hamshira” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashni joriy etish.

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab

4. Navoiy Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi negizida Buxoro davlat tibbiyot institutining filialini tashkil etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2023-yil 1-avgust

24.

Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talaba va bitiruvchilarining bilimlarini ikki bosqichli (fundamental va klinik-amaliy ko‘nikmalar) baholash va ularning malakasini tasdiqlash milliy tizimini joriy etish.

Ikki bosqichli mustaqil baholash va ularning malakasini tasdiqlash tartibini ishlab chiqish.

2024/2025 o‘quv yilidan

-

Sog‘liqni saqlashvazirligi

(Inoyatov)

VII. Cog‘liqni saqlash sohasiga investitsiyalarni keng jalb etish va xususiy sektordagi tibbiy xizmatlar sifati va ko‘lamini oshirish

25.

Tibbiyotda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish.

Xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan kamida bitta sog‘liqni saqlash obyektini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurish (rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash), jihozlash va ekspluatatsiya ishlarini tashkil qilish.

2023-yil yakuniga qadar

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Sabirov)

26.

Davlat tibbiyot muassasalarida autsorsing xizmatlaridan foydalanishni kengaytirish.

Davlat tibbiyot muassasalarini autsorsing tamoyillari asosida magnitrezonansli va multislaydli kompyuter tomograflari (MRT, MSKT) bilan ta’minlash maqsadida mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish.

2023-yil yakuniga qadar

Mahalliy va xorijiy investitsiya mablag‘lari

Sog‘liqni saqlashvazirligi

(Fazilkarimov)

27.

Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyalashni yo‘lga qo‘yish.

1. Tibbiyot tashkilotlarini ixtiyoriy milliy akkreditatsiyalash tizimiga ulashni joriy etish hamda akkreditatsiyadan o‘tgan tashkilotlar reyestrini yuritishni yo‘lga qo‘yish.

2. Akkreditatsiyadan o‘tgan tibbiyot tashkilotlari va Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi o‘rtasida imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalarni qo‘shimcha talablarsiz tuzish.

2023-yil 1-avgustdan boshlab

Ijrochilarning budjet tashqari mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Sabirov),

Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi

(Sharipov)

VIII. Farmatsevtika bozorini tartibga solish, farmatsevtika mahsulotlarining xavfsizligi ustidan nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish

28.

Dori vositalari xavfsizligini ta’minlash.

1. Dori vositalarini ro‘yxatga olish, ularning sifati va xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish.

Bunda, quyidagilar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish:

farmatsevtika sohasida litsenziyalash talablarini zarur amaliyotlar (GxP) standartlari talablari asosida qayta ko‘rib chiqish, shu jumladan ishlab chiqaruvchi korxonalar, ulgurji va chakana savdo tashkilotlarini litsenziyalash talablarida mos ravishda “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP)”, “Zarur distribyutorlik amaliyoti (GDP)” va “Zarur farmatsevtika (dorixona) amaliyoti (GPP)” talablarini inobatga olish;

farmatsevtika mahsulotlarining xavfsizligi ustidan nazorat tizimini kuchaytirish.

2023-yil 1-avgust

-

Sog‘liqni saqlashvazirligi

(Inoyatov)

2. O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunida farmatsevtika faoliyatini litsenziyalovchi vakolatli organni o‘zgartirish bo‘yicha tegishli qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil 1-sentabr

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PQ-197-son qaroriga
6-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining xususiy sektorga o‘tkaziladigan funksiyalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RO‘YXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Funksiya

Vakolatli organ

Funksiyani xususiy sektorga o‘tkazish muddati

1.

178 ta tuman (shahar) profilaktik dezinfeksiya xizmati

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi

2024-2025-yillar

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi PQ-197-son qaroriga
7-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari etib qayta tashkil etiladigan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot kollejlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RO‘YXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Hudud nomi

Kollej nomi

Kollejlar negizida tashkil etiladigan Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari

1.

Andijon viloyati

Xo‘jaobod tibbiyot kolleji

Xo‘jaobod Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi

2.

Asaka tibbiyot kolleji

Asaka Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi

3.

Baliqchi tibbiyot kolleji

Baliqchi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi

4.

Buxoro viloyati

G‘ijduvon tibbiyot kolleji

G‘ijduvon Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi

5.

Jizzax viloyati

G‘allaorol tibbiyot kolleji

G‘allaorol Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi

6.

Qashqadaryo viloyati

Dehqonobod tibbiyot kolleji

Dehqonobod Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi

7.

Navoiy viloyati

Zarafshon tibbiyot kolleji

Zarafshon Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi

8.

Namangan viloyati

2-Namangan tibbiyot kolleji

2-son Namangan Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi

9.

Pop tibbiyot kolleji

Pop Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi

10.

Chust tibbiyot kolleji

Chust Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi

11.

Samarqand viloyati

Payariq tibbiyot kolleji

Payariq Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi

12.

So‘zangaron tibbiyot kolleji

So‘zangaron Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi

13.

Surxondaryo viloyati

Sho‘rchi tibbiyot kolleji

Sho‘rchi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi

14.

Sirdaryo viloyati

Guliston tibbiyot kolleji

Guliston Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi

15.

Yangiyer tibbiyot kolleji

Yangiyer Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi

16.

Toshkent shahri

2-Respublika tibbiyot kolleji

2-son Respublika Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi

17.

Sergeli tibbiyot kolleji

Sergeli Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi

18.

Toshkent viloyati

Chirchiq tibbiyot kolleji

Chirchiq Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi

19.

Angren tibbiyot kolleji

Angren Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi

20.

Farg‘ona viloyati

Buvayda tibbiyot kolleji

Buvayda Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi

21.

2-Farg‘ona tibbiyot kolleji

2-son Farg‘ona Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi

22.

Farg‘ona tumani tibbiyot kolleji

Farg‘ona tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi

23.

Qo‘qon tibbiyot kolleji

Qo‘qon Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi

24.

Xorazm viloyati

Xiva tibbiyot kolleji

Xiva Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi

25.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Nukus 2-tibbiyot kolleji

2-son Nukus Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi

26.

To‘rtko‘l tibbiyot kolleji

To‘rtko‘l Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi

27.

Ellikqal’a tibbiyot kolleji

Ellikqal’a Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.06.2023-y., 07/23/197/0410-son; 07.09.2023-y., 06/23/156/0684-son; 05.12.2024-y., 07/24/408/1005-son; 30.12.2024-y., 06/24/230/1096-son; 12.05.2026-y., 06/26/77/0478-son)