16.07.2024 yildagi PQ-257-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 16.07.2024 yildagi PQ-257-son
Date of entry into force
17.07.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nogironlikni belgilashning samarali mexanizmlarini joriy etish, tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tizimini takomillashtirish hamda nogironligi boʻlgan shaxslarning jamiyat hayotida ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nogironlikni erta aniqlash va oldini olishda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami mutaxassislarining masʼuliyatini oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nogironlikni belgilash jarayonlarining shaffofligini oshirish orqali sohadagi byurokratik toʻsiqlar va korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxslarning kundalik hayotdagi faolligi va ishtirokini (keyingi oʻrinlarda — funksionalligi) baholash natijalarini inobatga olgan holda nogironlikni belgilash tizimini joriy etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nogironligi boʻlgan shaxslarning hayot sifatini yaxshilash hamda ijtimoiylashtirish uchun ularning ehtiyojlarini toʻgʻri va oʻz vaqtida aniqlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Nogironlikni belgilashning quyidagi tartibi joriy etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2024-yil 1-sentabrdan boshlab Toshkent shahri va Navoiy viloyatining tuman (shahar)larida, 2025-yil 1-iyulga qadar respublikaning qolgan hududlarida bosqichma-bosqich eksperiment tariqasida:
(2-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarga nogironlikni belgilash boʻyicha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari yoki ijtimoiy xodimlar orqali oilaviy shifokorlarga murojaat qilish imkoniyati yaratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — TIEK) koʻrigi uchun fuqarolarning tibbiy hujjatlarini yoʻllash oilaviy shifokorlar tomonidan elektron tarzda amalga oshiriladi. Bunda vrachlik-maslahat komissiyalari (keyingi oʻrinlarda — VMK) oilaviy shifokorlar tomonidan tibbiy hujjatlar oʻz vaqtida toʻgʻri rasmiylashtirilgan holda yuborilishiga uslubiy koʻmaklashadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari (keyingi oʻrinlarda — “Inson” markazlari) xodimlari tomonidan Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti nogironlikni baholash shkalasining mahalliy xususiyatlar va shart-sharoitlarga moslashtirilgan mezonlari asosida shaxslarning funksionalligini baholash tartibi joriy etiladi. Bunda baholash natijalari 2027-yil 1-yanvarga qadar nogironlikni belgilash uchun asos hisoblanmaydi;
(2-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxs sogʻligʻining holatiga koʻra “Inson” markazlariga borish imkoniga ega boʻlmaganda sogʻligʻining holati va funksionallikni baholash shaxsning uyida yoki davolanishda boʻlgan statsionarda oʻtkaziladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2024-yil 1-oktabrdan boshlab ixtisoslashtirilgan (psixiatriya, ftiziatriya va pulmonologiya, pediatriya) TIEKlar tomonidan nogironlikni belgilash tartibi bekor qilinib, nogironlik tumanlararo va tuman (shahar) TIEKlar tomonidan belgilanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 2025-yil 1-apreldan boshlab fuqarolarni TIEK koʻrigiga yoʻllash uchun lozim boʻlgan amaldagi davolanish muddatlari boʻyicha talab bekor qilinadi hamda har bir kasallikning kechishi va turidan kelib chiqib alohida belgilanadi;
(2-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v1) 2025-yil 1-iyunga qadar Toshkent shahri va Navoiy viloyatida, 2025-yil 1-oktabrga qadar respublikaning qolgan hududlarida bosqichma-bosqich shaxslarga nogironlikni belgilashda shaxsning klinik-funksional buzilishlarining tavsifidan kelib chiqib nogironlikning muddati, sababi, tibbiy reabilitatsiya tadbirlari, protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga muhtojligiga oid maʼlumotlar, shuningdek, har bir kasallikning kechishi va turi boʻyicha fuqarolarni TIEK koʻrigiga yoʻllash uchun lozim boʻlgan muddatlar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida real vaqt rejimida avtomatik ravishda shakllantiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v2) 2025-yil 1-iyundan boshlab TIEK tomonidan kasbga, sportga va taʼlimga tavsiya berish tartibi bekor qilinadi va TIEKning vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasining muddatini uzaytirish hamda maxsus jihozlangan transport vositasini boshqarish layoqatini belgilashga oid funksiyalari davlat tibbiyot muassasalariga oʻtkazilishi orqali tugatiladi;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoniga asosan “v1” va “v2” kichik bandlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 2027-yil 1-yanvardan boshlab tumanlararo va tuman (shahar) TIEKlar tomonidan faqat tibbiy hujjatlarga asosan nogironlikni belgilash tartibi bekor qilinib, nogironlikni shaxs sogʻligʻining holati va funksionallikni baholash natijalaridan kelib chiqib elektron tarzda belgilash tartibi yoʻlga qoʻyiladi. Bunda:
(2-band “g” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxs sogʻligʻining holati va funksionallikni baholash natijalari oʻrtasida tafovut boʻlgan taqdirda nogironlikni belgilash yoki rad etish Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri TIEKlari tomonidan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarga birinchi marotaba nogironlik belgilangandan soʻng “Inson” markazlari tomonidan ularni taʼlim va kasbga yoʻnaltirish, bandligini taʼminlash, sportga jalb etish hamda psixologik qoʻllab-quvvatlash boʻyicha individual tartibdagi ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatish rejalari ishlab chiqiladi va ijrosi monitoring qilib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Sogʻliqni saqlash vazirligi markaziy apparatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tizimidagi tashkilotlarning shtat birliklari hisobidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) nogironligi boʻlgan shaxslarga tibbiy xizmatlar koʻrsatilishi jarayonini muvofiqlashtirish boʻyicha vazir maslahatchisi lavozimi joriy etilsin. Bunda vazir maslahatchisini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish Agentlik direktori bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) asosiy vazifalari quyidagilardan iborat boʻlgan 3 ta shtat birligidan iborat shoʻba tashkil etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nogironlikning oldini olish tadbirlari amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nogironlikni belgilash maqsadida shaxslarni tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan oʻtkazish uchun yuborish jarayonini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VMK va oilaviy shifokorlar malakasi oshirilishini tashkil etish hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oilaviy shifokorlar tomonidan TIEK koʻrigi uchun tibbiy hujjatlarni yuborish jarayonini raqamlashtirish va tegishli axborot tizimlari bilan integratsiya qilish jarayonini muvofiqlashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nogironligi boʻlgan shaxslarga tibbiy xizmatlar, jumladan tibbiy reabilitatsiya xizmatlarini koʻrsatish tizimini muvofiqlashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2024-yil 15-avgustga qadar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Navoiy viloyati va Toshkent shahrida fuqarolarning tibbiy hujjatlari TIEKga oʻz vaqtida va elektron shaklda yoʻllanishi uchun oilaviy shifokorlarni zarur axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan taʼminlasin hamda ularning malakasini oshirish maqsadida ishdan ajralmagan holda qisqa muddatli oʻqitish choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda TIEK koʻrigidan oʻtish uchun fuqarolarning tibbiy hujjatlarini, shuningdek, mehnatga layoqatsizlik varaqalari haqidagi maʼlumotlarni elektron tarzda yuborish uchun zarur axborot tizimlari hamda “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi oʻrtasida “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali axborot almashinuvini yoʻlga qoʻysin;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2025-yil 1-martga qadar Agentlik bilan birgalikda fuqarolarni TIEK koʻrigiga yoʻllashdan oldin kasalliklar boʻyicha davolanish lozim boʻlgan muddatlar har bir kasallikning kechishi va turidan kelib chiqib alohida belgilanishini taʼminlasin;
(4-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b1) mazkur qarorning 2-bandiga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxslarga nogironlikni belgilashda inobatga olinadigan tibbiy mezonlarni qayta koʻrib chiqib, nogironlikning muddati, sababi, tibbiy reabilitatsiya tadbirlari, protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga muhtojligiga oid maʼlumotlar, shuningdek, har bir kasallikning kechishi va turi boʻyicha fuqarolarni TIEK koʻrigiga yoʻllash uchun lozim boʻlgan muddatlar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida real vaqt rejimida avtomatik ravishda shakllantirib borilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasining muddatini uzaytirish, nogironligi boʻlgan shaxslarning maxsus jihozlangan transport vositasini boshqarish layoqatini belgilash tartibini ishlab chiqsin;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoniga asosan “b1” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 2025-yil 1-apreldan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nogironlikni belgilashning yangi tartibi boʻyicha TIEK mutaxassislarining malakasini oshirish choralarini koʻrsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
fuqarolarning tibbiy hujjatlarini TIEKga oʻz vaqtida va sifatli yoʻllash natijalaridan kelib chiqib oilaviy shifokorlarni ragʻbatlantirish yoki intizomiy javobgarlikka tortish tizimini yoʻlga qoʻysin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Agentlik, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining tibbiy-ijtimoiy ekspertiza faoliyati samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2024-yil 1-oktabrdan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik huzuridagi Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan TIEK xodimlarini ular faoliyati samaradorligining eng muhim koʻrsatkichlari (KPI) bajarilishidan kelib chiqib ragʻbatlantirish tizimini yoʻlga qoʻyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ixtisoslashtirilgan (psixiatriya, ftiziatriya va pulmonologiya, pediatriya) TIEKlarning vazifalari va shtat birliklarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlararo va tuman (shahar) TIEKlarga oʻtkazgan holda tugatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tugatilayotgan ixtisoslashtirilgan TIEKlarning shtat birliklari hisobidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlararo va tuman (shahar) TIEKlarga pediatr, psixiatr, ftiziatr shtatlarini ajratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2025-yil 1-oktabrdan boshlab:
(5-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2025-y., 06/25/17/0127-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuman (shahar) va tumanlararo TIEKlarni uch nafar vrach-ekspertdan iborat tarkibda shakllantirish;
(5-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2025-y., 06/25/17/0127-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agentlik tizimi tashkilotlari shtat birliklari doirasida Agentlik markaziy apparatida yuridik shaxs tashkil etmagan holda TIEKlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha alohida tarkibiy boʻlinma tashkil etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. 2025-yil 1-aprelga qadar quyidagi vazirlik va idoralar nogironligi boʻlgan shaxslarning nogironlik toifasi va yoshidan kelib chiqib ularni kasbga, taʼlimga va sportga yoʻnaltirish tartibini ishlab chiqish uchun masʼul etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi — tarbiya va taʼlimga yoʻnaltirish boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi — kasbga tayyorlash va yoʻnaltirish boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi — bandlikni taʼminlash boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi va Sogʻliqni saqlash vazirligi — ommaviy sport va parasportga yoʻnaltirish boʻyicha.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Nogironligi boʻlgan shaxslar ishlari boʻyicha idoralararo kengash (M. Olloyorov) mazkur qarorda belgilangan vazifalar yuzasidan masʼul vazirlik va idoralarning hisobotlarini eshitib, amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kiritib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, mazkur qarorga 2-ilovaning 1-bandi, 3-bandining “b” kichik bandi 2024-yil 1-oktabrdan boshlab kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Agentlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda shaxs funksionalligini aniqlash tartibini belgilashga qaratilgan Hukumat qarori loyihasini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2025-yil 1-sentabrga qadar bola sogʻligʻining holati va funksionalligini aniqlash natijalaridan kelib chiqib nogironlikni belgilash tartibini joriy etishga oid takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi — Agentlik direktori M.P. Olloyorov belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 16-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-257-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-iyuldagi PQ-257-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirishga doir
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
CHORA-TADBIRLAR REJASI

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

1.

18 yoshdan katta shaxsning kundalik hayotdagi faolligi va ishtirokini (funksionalligini) baholashning vaqtinchalik tartibini ishlab chiqish.

1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish:

oilaviy shifokorlar tomonidan fuqarolarning tibbiy hujjatlarini tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalariga yoʻllash tartibi;

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining xodimlari tomonidan 18 yoshdan katta shaxsning kundalik hayotdagi faolligi va ishtirokini (funksionalligini) suhbat oʻtkazish orqali baholashdan oʻtkazish tartibi;

18 yoshdan katta shaxsning kundalik hayotdagi faolligi va ishtirokini (funksionalligini), shuningdek sogʻligʻining holatini aniqlash natijalari 2025-yil 1-sentabrga qadar nogironlik belgilash uchun asos hisoblanmasligi.

2. Loyihani oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil avgust

Mablagʻ talab qilinmaydi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

2.

Shaxsning kundalik hayotdagi faolligi va ishtirokini (funksionalligini) baholash jarayonini tahlil qilish va natijalari boʻyicha takliflar tayyorlash.

1. Shaxsning kundalik hayotdagi faolligi va ishtirokini (funksionalligini) baholash natijalarini xorijiy ekspertlar bilan birgalikda umumlashtirish va tahlil qilish, shuningdek nogironlikni belgilashning amaldagi tartibi bilan taqqoslagan holda hisobot tayyorlash.

2025-yil mart

Mablagʻ talab qilinmaydi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

2. Baholash natijalaridan kelib chiqib, kelgusida ushbu amaliyotni respublikaning boshqa hududlarida ham tatbiq etishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan taklif tayyorlash.

2025-yil aprel

3.

Shaxsning kundalik hayotdagi faolligi va ishtirokini (funksionalligini), shuningdek sogʻligʻining holatini aniqlash natijalaridan kelib chiqib nogironlikni belgilash boʻyicha “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining xodimlari, tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari mutaxassislari, shuningdek oilaviy shifokorlarning malakasini oshirish.

1. Toshkent shahri va Navoiy viloyatida faoliyat yuritayotgan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining xodimlarini shaxsning kundalik hayotdagi faolligi va ishtirokini (funksionalligini) aniqlash boʻyicha, oilaviy shifokorlarni esa tibbiy hujjatlarni shakllantirish va TIEKga yoʻllash tartibi boʻyicha qisqa muddatli oʻqitish.

2024-yil avgust

Mablagʻ talab qilinmaydi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

2. Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida:

Sogʻliqni saqlash vazirligi

tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining vrach ekspertlarini reabilitolog mutaxassisligi boʻyicha bepul qayta tayyorlash;

2025-yil aprel — may

tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari mutaxassislari va oilaviy shifokorlar malakasini bepul oshirib borish.

2025-yil sentabr, keyinchalik doimiy

3. Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazida shaxsning kundalik hayotdagi faolligi va ishtirokini (funksionalligini) aniqlash boʻyicha “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining xodimlari malakasini oshirib borish.

2025-yil sentabr,

keyinchalik doimiy

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

4.

Fuqarolarga nogironlik belgilash jarayonida oilaviy shifokorlar tomonidan tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari koʻrigi uchun tibbiy hujjatlarni yuborish tizimini yoʻlga qoʻyish va ularning masʼuliyatini oshirish.

1. Fuqarolarga nogironlik belgilash uchun tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalariga yuboriladigan yoʻllanma (088/u) shaklini qayta koʻrib chiqish orqali maʼlumotlarni toʻliq aks ettirish imkonini yaratish.

2024-yil avgust

Sogʻliqni saqlash vazirligining rivojlantirish dasturlariga ajratilgan mablagʻlar,

Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari

(Hisob-kitoblarga koʻra)

Sogʻliqni saqlash vazirligi

2. Toshkent shahri va Navoiy viloyatidagi oilaviy shifokorlarni zarur axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan taʼminlash.

2024-yil avgust

3. Fuqarolarning tibbiy hujjatlari oʻz vaqtida tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalariga yuborilishini oilaviy shifokorlar faoliyati samaradorligining asosiy koʻrsatkichlaridan biri etib belgilash orqali ularni ragʻbatlantirish yoki intizomiy javobgarlikka tortish tizimini yoʻlga qoʻyish.

2025-yil mart

5.

Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida faoliyat yuritayotgan xodimlar faoliyatining samaradorligini yanada oshirish.

Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari xodimlarini ular faoliyati samaradorligining eng muhim koʻrsatkichlari (KPI) bajarilishidan kelib chiqib, ragʻbatlantirish tizimini yoʻlga qoʻyish.

2024-yil sentabr

Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan

(Hisob-kitoblarga koʻra)

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

6.

Tibbiy ijtimoiy ekspertiza xizmatini standartlashtirish hamda nogironlikni belgilash yoʻnalishidagi axborot almashinuvini raqamlashtirish.

1. Fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining koʻrigidan oʻtishi uchun yoʻllashdan oldin davolanish lozim boʻlgan muddatlarni kasallikning kechishi va turidan kelib chiqib belgilash.

2025-yil mart

Sogʻliqni saqlash vazirligining rivojlantirish dasturlariga ajratilgan mablagʻlar,

Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari,

Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari

(Hisob-kitoblarga koʻra)

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

2. Nogironlikni belgilashda inobatga olinadigan tibbiy mezonlarni qayta koʻrib chiqib, nogironlikning muddati, sababi, tibbiy reabilitatsiya tadbirlari, shuningdek protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga muhtojligini belgilash jarayonini Toshkent shahri va Navoiy viloyatida, keyinchalik respublikaning qolgan hududlarida raqamlashtirish.

2025-yil iyun — sentabr

3. Ambulator va statsionar tibbiyot muassasalari hamda birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalari oʻrtasida elektron axborot almashinuvini tashkil etish, shuningdek, tibbiyot muassasalarining tegishli axborot tizimlarini “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi bilan integratsiya qilish.

2025-yil sentabr

7.

Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza faoliyati samaradorligini yanada oshirish yuzasidan qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

Qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. Bunda:

tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligini, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilash;

ixtisoslashtirilgan (psixiatriya, ftiziatriya va pulmonologiya, pediatriya) tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining faoliyatini tugatish;

tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan fuqarolarni koʻrikdan oʻtkazishni yigirma kalendar kundan kechiktirmay amalga oshirish;

tumanlararo, tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyalarining roʻyxatiga oʻzgartirish kiritish.

2024-yil oktabr

Mablagʻ talab qilinmaydi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

8.

Nogironlikni belgilashning biopsixoijtimoiy modeliga oʻtgan davlatlar tajribasini oʻrganish.

Nogironlikni belgilashning biopsixoijtimoiy modeliga oʻtgan davlatlar tajribasini oʻrganish maqsadida rivojlangan xorijiy mamlakatlarga (Portugaliya, Shveysariya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Tayvan, Latviya) xizmat safarlarini tashkil etish.

2024-yil sentabr — dekabr

Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari

(Hisob-kitoblarga koʻra)

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

9.

Infarkt, insult va jarrohlik amaliyotidan soʻng tibbiy reabilitatsiya qilish sifatini oshirish.

Xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda infarkt, insult va jarrohlik amaliyotidan soʻng koʻrsatiladigan tibbiy reabilitatsiya xizmatlari tizimini joriy etish boʻyicha amaliy choralar koʻrish.

2025-yil dekabr

Sogʻliqni saqlash vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi

10.

Nogironligi boʻlgan shaxslarni taʼlim va kasbga yoʻnaltirish hamda sportga jalb etishning mezonlarini ishlab chiqish.

1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish:

nogironligi boʻlgan shaxslarning nogironlik toifasi va yoshidan kelib chiqib, ularni tarbiya va taʼlimga yoʻnaltirish tartibi;

nogironligi boʻlgan shaxslarning nogironlik toifasi va yoshidan kelib chiqib, ularni kasbga tayyorlash va yoʻnaltirish tartibi;

nogironligi boʻlgan shaxslarning nogironlik toifasi va yoshidan kelib chiqib, ularning bandligini taʼminlash tartibi;

nogironligi boʻlgan shaxslarning nogironlik toifasi va yoshidan kelib chiqib, ularni ommaviy sport va parasportga yoʻnaltirish tartibi;

vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasining muddatini uzaytirish, shuningdek nogironligi boʻlgan shaxslarning maxsus jihozlangan transport vositasini boshqarish layoqatini belgilash tartibi.

2025-yil fevral

Mablagʻ talab qilinmaydi

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Sport vazirligi,

Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi,

Adliya vazirligi

2. Takliflarni umumlashtirish va yagona normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil mart

11.

Tibbiyot yoʻnalishidagi davlat oliy taʼlim muassasalarida oʻquv dasturlariga tibbiy-ijtimoiy ekspertiza yoʻnalishi boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarini kiritish.

2025/2026-yil oʻquv yilidan boshlab tibbiyot yoʻnalishidagi davlat oliy taʼlim muassasalarida bakalavr, klinik ordinatura va magistratura yoʻnalishlarining oʻquv dasturlariga shaxsning kundalik hayotdagi faolligi va ishtirokini (funksionalligini) hamda shaxsning salomatligi holatini baholashdan oʻtkazish orqali nogironlikni aniqlash, shuningdek reabilitologiya asoslari boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarini kiritish.

2025-yil sentabr

Davlat budjeti mablagʻlari

(Hisob-kitoblarga koʻra)

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Oliy taʼlim, fan

va innovatsiyalar vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

12.

Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyalari moddiy texnik-bazasini yanada mustahkamlash hamda aholiga oʻz vaqtida sifatli xizmat koʻrsatilishini taʼminlash.

Ijtimoiy himoya milliy agentligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar, shuningdek Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyalarini avtotransport vositalari bilan taʼminlash.

2024-yil dekabr

Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari,

Davlat budjeti mablagʻlari

(Hisob-kitoblarga koʻra)

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-avgustdagi PQ-254-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 07/25/254/0763-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-iyuldagi PQ-257-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-noyabrdagi “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati faoliyati hamda bolalarga nogironlikni belgilash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-22-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 4 va 5-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“6. Qashqadaryo, Sirdaryo, Xorazm va Namangan viloyatlarida qoʻshimcha ravishda bittadan tumanlararo tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tashkil etilsin”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 7-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 12-banddan “yangi tashkil etilayotgan pediatriya va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) ilovaning 14-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-apreldagi “Ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-230-son qarorining 2-bandida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-fevraldagi “Nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-74-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 7-banddan “pediatriya” soʻzi chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-sentabrdagi “Aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-319-son qarori 2-ilovasi 14-pozitsiyasi “Amalga oshirish mexanizmi” ustunidagi “nogironlikni baholash va aniqlashning tibbiy modelidan ijtimoiy modeliga” soʻzlari “shaxsning funksionalligini baholash natijalaridan kelib chiqib nogironlik belgilash tizimiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 07/24/257/0511-son; 12.02.2025-y., 06/25/17/0127-son; 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son; 22.08.2025-y., 07/25/254/0763-son; 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)