04.06.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3517
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi, 04.06.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3517
Date of entry into force
05.06.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Advokat stajyori va yordamchisining faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 4-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3517]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Advokatura toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Advokat stajyori va yordamchisining faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazir A. TASHKULOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 3-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-mh-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kelishildi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Advokatlar palatasi raisi Sh. SADIKOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 27-may

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 3-iyundagi 10-mh-son buyrugʻiga
1-ILOVA

Advokat stajyori va yordamchisining faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

Mazkur Nizom advokat stajyori (bundan buyon matnda stajyor deb yuritiladi) va advokat yordamchisining (bundan buyon matnda yordamchi deb yuritiladi) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Advokat yordamchi va stajyorga ega boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan shaxs advokatning stajyori boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining yuridik maʼlumotga ega boʻlgan fuqarosi advokat yordamchisi boʻlishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, shuningdek sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs stajyor yoki yordamchi boʻlishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Stajyor va yordamchiga nisbatan Advokatning kasb etikasi qoidalari va advokatlik sirini saqlashga doir talablar tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Stajyor va yordamchining mehnatiga haq toʻlash va ijtimoiy sugʻurtasi advokatlik tuzilmasiga kelib tushgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Stajyor va yordamchi bilan mehnat shartnomasi tuzish va uni bekor qilish Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga asosan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Stajyor va yordamchi advokatlik byurosi, advokatlik firmasi va advokatlar hayʼatida faoliyat yuritgan taqdirda unga advokatlik tuzilmasi tomonidan, yuridik maslahatxonada faoliyat yuritgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi (bundan buyon matnda hududiy boshqarma deb yuritiladi) tomonidan guvohnoma beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, stajyor yoki yordamchi bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda guvohnoma advokatlik tuzilmasiga (hududiy boshqarmaga) qaytarilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Advokatlik tuzilmasi (hududiy boshqarma) rahbari tomonidan stajyor yoki yordamchi bilan mehnat shartnomasi tuzilganligi va bekor qilinganligi boʻyicha buyruqlarning nusxalarini ular rasmiylashtirilgan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida “Yuridik yordam” axborot tizimiga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Stajyor va yordamchi advokatlik faoliyati bilan mustaqil ravishda shugʻullanishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Stajirovkani tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Stajyor tomonidan advokat maqomiga ega boʻlishga tayyorlanish va uning kasbiy bilimlarini hamda koʻnikmalarini hosil qilish stajirovkaning asosiy vazifasidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Stajirovka advokatlik tuzilmasida oʻtaladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Kamida uch yillik ish stajiga ega boʻlgan advokat stajyorga, stajirovka oʻtash davrida rahbarlik qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Advokat maqomiga ega boʻlishga talabgor shaxs (bundan buyon matnda talabgor deb yuritiladi) stajirovkani qaysi advokatlik tuzilmasida oʻtash niyatida boʻlsa, oʻsha advokatlik tuzilmasiga ariza bilan murojaat qiladi. Talabgor stajirovkani yuridik maslahatxonada oʻtash uchun tegishli hududiy boshqarmaga ariza bilan murojaat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, ushbu arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasportining (identifikatsiyalovchi ID-kartasi) nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy yuridik maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oxirgi ish joyi boʻyicha tasdiqlangan qogʻoz shaklidagi mehnat daftarchasini yoki elektron mehnat daftarchasidan koʻchirmani, bundan birinchi marta ishga kirayotgan shaxslar mustasno. Oʻrindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar mehnat daftarchasining oʻrniga asosiy ish joyidan olingan belgilangan namunadagi maʼlumotnomani taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Talabgorning arizasi kelib tushgan kundan eʼtiboran besh ish kuni muddatda advokatlik tuzilmasi (hududiy boshqarma) mazkur Nizomning 13-bandiga asosan taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Talabgorning arizasini oʻrganib chiqish natijalariga koʻra advokatlik tuzilmasi (hududiy boshqarma) talabgorni suhbatga chaqirish yoki suhbatga chaqirishni rad etish haqida qaror qiladi va shu kuni bu haqda talabgorni xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Advokatlik tuzilmasi (hududiy boshqarma) rahbari tomonidan stajyor bilan oʻtkazilgan suhbat natijalariga koʻra stajyorni ishga qabul qilish yoki ishga qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Stajyorni ishga qabul qilish advokatlik tuzilmasi (hududiy boshqarma) rahbarining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi. Buyruq chiqarish uchun stajyor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asos boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, ushbu buyruq bilan stajyorga stajirovka rahbari tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Stajirovka kamida uch oy davom etadi. Stajirovkaning eng koʻp muddati ikki yildir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Uzoq muddat (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tugʻish taʼtillari, bola parvarishlash taʼtillari, ishdan ajralgan holda malaka oshirish, stajirovka rahbarining litsenziyasining amal qilishi toʻxtatib turilishi yoki tugatilishi kabi holatlarda) ishda boʻlmagan vaqt stajirovka muddatiga qoʻshilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Stajirovka rahbarining advokatlik maqomi, advokatlik faoliyati uchun litsenziyasining amal qilishi toʻxtatib turilishi yoki tugatilishi sababli stajirovkaning maʼlum muddati oʻtalmay qolgan taqdirda, stajyorning tanloviga koʻra stajirovka ana shu davrga uzaytirilishi yoki stajyor boshqa advokatlik tuzilmasida yoki boshqa advokat rahbarligida stajirovkani davom ettirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Stajirovka oʻtashi ustidan nazoratni stajirovka rahbari amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Stajirovka rahbari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
stajyor tomonidan aniq ishlar boʻyicha qonunchilik, jumladan advokaturaga oid qonunchilik hujjatlari va sud amaliyoti oʻrganilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
stajyorning kasbiy tayyorgarlik boʻyicha mashgʻulotlarda ishtirok etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
stajyorning stajirovka oʻtashi toʻgʻrisida oʻz vaqtida va toʻliq hisobot berishi ustidan nazorat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Stajirovka davrida stajyor advokatlik faoliyatining barcha yoʻnalishlaridagi sohalarda kasbiy bilimlar va koʻnikmalarga ega boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, stajirovka rahbari stajyorni Advokatning kasb etikasi qoidalari bilan tanishtirishi, stajyorga zarur maslahatlar va tushuntirishlar berishi, oʻrganish uchun zarur boʻlgan qonunchilik hujjatlari va sud amaliyotini tavsiya qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Stajyor stajirovkani oʻtash davrida quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Advokatlar palatasi va advokatlik tuzilmasi tomonidan tashkil etiladigan amaliy mashgʻulotlarda va seminar-treninglarda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
advokatlik tuzilmasida mavjud boʻlgan huquqiy maʼlumotlar bazalaridan, maxsus adabiyotlardan foydalanish;

stajirovka rahbari tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarish uchun zarur boʻlgan hujjat va boshqa materiallarni toʻplash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqiy hujjatlarning loyihalarini tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
stajirovka rahbari bilan birgalikda tegishli sud yoki tergovchining ruxsati bilan sud majlislarida, tergov harakatlarida qatnashish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Stajyor stajirovkani oʻtash davrida quyidagi majburiyatlarni bajaradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
stajirovka rahbarining topshiriqlarini vijdonan, oʻz vaqtida va toʻliq hajmda bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
advokatlik sirini saqlash;

advokatura toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablari va Advokatning kasb etikasi qoidalariga rioya qilish;

advokatlik tuzilmasining mehnat intizomiga rioya etish.

24. Stajirovka muddati tugaganidan keyin stajirovka rahbari stajyorga tavsifnoma tuzadi, unda uning tayyorgarlik darajasi, stajirovka davomida u tomonidan kasbga doir olingan amaliy va nazariy bilimlari hamda koʻnikmalari, stajirovka rahbarining topshiriqlarini bajarishda faolligi, shuningdek stajyorni malaka imtihonini topshirishga kirishi toʻgʻrisidagi tavsiyasi aks ettirilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Stajyorga tavsifnoma advokatlik tuzilmasi rahbarining (hududiy boshqarma) imzosi va tuzilmaning muhri bilan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Yordamchi ishini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Yordamchini advokatlik byurosi, advokatlik firmasi yoki advokatlar hayʼatiga ishga qabul qilish advokatlik tuzilmasi rahbari tomonidan, yuridik maslahatxonaga ishga qabul qilish hududiy boshqarma rahbarining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, ushbu buyruq bilan yordamchiga mutasaddi-advokat tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Yordamchining mehnat sharoitlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladigan mehnat shartnomasi bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Ayni bir shaxs bir vaqtning oʻzida bitta advokatlik tuzilmasida advokatlik faoliyatini amalga oshirayotgan bir necha mutasaddi-advokatlarning yordamchisi boʻlishi mumkin, bu hol yordamchini ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruqda va mehnat shartnomasining shartlarida aks ettirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Yordamchining tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarda, surishtiruv, dastlabki tergov organlarida, sudlarda hamda boshqa davlat organlarida ishlarni yuritishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Yordamchi mutasaddi-advokat koʻrsatmasiga asosan mutasaddi-advokatning ish yurituvidagi ishlar boʻyicha mutasaddi-advokatning protsessual vakolatlariga taalluqlilaridan tashqari topshiriqlarni bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Yordamchi mutasaddi-advokatning topshirigʻiga binoan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi yoki ularning ishlab chiqilishida ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soʻrovlar, iltimosnomalar, arizalar va mutasaddi-advokatning advokatlik faoliyati uchun zarur boʻlgan boshqa hujjatlarning tayyorlanishida ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
surishtiruv, dastlabki tergov organlariga, sudlarga hamda boshqa davlat organlari va tashkilotlariga berib yuborish uchun materiallar tayyorlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutasaddi-advokatning yurituvida boʻlgan va tugallangan yuridik yordam koʻrsatish bilan bogʻliq ishlarning hisobga olinishini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutasaddi-advokat tomonidan advokatlik faoliyatini amalga oshirilishi bilan bogʻliq boshqa topshiriqlarni bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Yordamchi quyidagi huquqlarga ega hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
advokatlik tuzilmasining ishida ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Advokatlar palatasi va uning hududiy boshqarmalari hamda advokatlik tuzilmasi tomonidan tashkil etiladigan amaliy mashgʻulotlarda va seminar-treninglarda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
advokatlik tuzilmasida mavjud boʻlgan huquqiy maʼlumotlar bazalaridan, maxsus adabiyotlardan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutasaddi-advokat bilan birgalikda tegishli sud yoki tergovchining ruxsati bilan sud majlislarida, tergov harakatlarida qatnashish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Yordamchi quyidagi majburiyatlarni bajaradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mutasaddi-advokatning topshiriqlarini vijdonan, oʻz vaqtida va toʻliq hajmda bajarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda bajargan ishlari toʻgʻrisida mutasaddi-advokatga hisobot taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz kasbiy bilimlari va koʻnikmalarini doimiy ravishda oshirib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
advokatlik sirini saqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
advokatura toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablari va Advokatning kasb etikasi qoidalariga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
advokatlik tuzilmasining mehnat intizomiga rioya etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 3-iyundagi 10-mh-son buyrugʻiga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI

1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2009-yil 27-martdagi 79-mh-son “Advokat stajyorining faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1928, 2009-yil 27-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 13-son, 152-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 8-mh-son “Advokat stajyorining faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1928-1, 2018-yil 6-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2018-y., 10/18/1928-1/0520-son).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 12-dekabrdagi 549-mh-son “Advokat stajyorining faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 13-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1928-2, 2018-yil 12-dekabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 10/18/1928-2/2305-son).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2009-yil 27-martdagi 80-mh-son “Advokat yordamchisining faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1929, 2009-yil 27-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 13-son, 153-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 1-iyuldagi 273-mh-son “Advokat yordamchisining faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 11-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1929-1, 2019-yil 1-iyul) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2019-y., 10/19/1929-1/3350-son).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2024-y., 10/24/3517/0401-son)