29.05.2024 yildagi 303-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 29.05.2024 yildagi 303-son
Date of entry into force
01.06.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Raqamli texnologiyalar sohasidagi istiqbolli startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va sohadagi yirik tashkilotlar faoliyatini eksportga yo‘naltirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 24-maydagi PF-76-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, raqamli texnologiyalar sohasida IT-ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish hamda eksportga yo‘naltirish bo‘yicha startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 24-maydagi PF-76-son Farmonida raqamli texnologiyalar sohasida IT-ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish hamda eksportga yo‘naltirish bo‘yicha startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun tanlov asosida Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan grantlar ajratishni Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki orqali amalga oshirish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 2024-yil 1-iyuldan boshlab raqamli texnologiyalar sohasida IT-ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish hamda eksportga yo‘naltirish bo‘yicha startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun har yili o‘tkaziladigan tanlov (keyingi o‘rinlarda — tanlov) asosida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki orqali quyidagi pozitsiyalar bo‘yicha 1 milliard so‘mgacha grantlarni ajratish tizimi joriy etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
istiqbolli g‘oyaga — 150 million so‘m;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy bozorga ixtisoslashgan loyihaga — 300 million so‘m;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jahon bozoriga ixtisoslashgan loyihaga — 1 milliard so‘m.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Raqamli texnologiyalar sohasida startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun tanlov asosida grantlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
raqamli texnologiyalar sohasida startap loyiha (keyingi o‘rinlarda — loyiha) larni qo‘llab-quvvatlash uchun tanlov o‘tkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov ishtirokchilarini baholash va grant sovrindorlarini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov natijasi bo‘yicha grantlar ajratish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar asosiy vazifalari bo‘lgan Raqamli texnologiyalar sohasida startap loyihalarini tanlash va grant ajratish bo‘yicha tanlov komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — tanlov komissiyasi) tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlovni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq tegishli qarorlar qabul qilish, tanlovni o‘tkazish muddatlarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov doirasida moliyalashtiriladigan loyihaning samaradorligini baholash va monitoring qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov doirasida moliyalashtiriladigan startap loyihani iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga joriy etishga ko‘maklashish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilab qo‘yilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” MCHJ (keyingi o‘rinlarda — IT-park) tanlov komissiyasining ishchi organi hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) IT-parkka tanlov bosqichlarini tashkil etish va tanlov natijalari shaffof baholanishi uchun loyihaning samaradorligi va natijadorligini baholashdan o‘tkazish bo‘yicha o‘z mablag‘lari hisobidan eng yaxshi takliflarni tanlab olish yo‘li bilan aniqlangan raqamli texnologiyalar sohasida xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy (xalqaro) tashkilot (keyingi o‘rinlarda — mas’ul tashkilot) bilan shartnoma tuzish huquqi beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda mas’ul tashkilot nomzodlarning arizalarini ko‘rib chiqish, tanlov ishtirokchilarini saralash va loyihalarni baholash vazifalarini bajaradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) mas’ul tashkilot, ularning affillangan shaxslari tanlovda ishtirokchi sifatida qatnashishlari mumkin emas;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) ishtirokchilar tanlovda “Elektron xukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimi (OneID) orqali IT-parkning maxsus platformasida ro‘yxatdan o‘tgan holda ishtirok etadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) tanlovni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq barcha tadbirlar tasdiqlangan xarajatlar smetasi asosida IT-park mablag‘lari hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibga muvofiq moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bir oy muddatda 2024-yil uchun, har yili 15-yanvarga qadar esa, kelgusi yillar uchun Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining har yilgi ish rejasida ushbu qaror talablaridan kelib chiqib, grant sovrindorlariga pul mablag‘lari ajratilishini ko‘zda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Raqamli texnologiyalar vazirligi 2024-yil 1-iyulga qadar tanlov doirasida ishtirokchilarni ro‘yxatga olish, yangiliklarni yoritib borish, grant mablag‘larini olish uchun murojaat qilish (ariza yuborish), murojaat jarayonini kuzatib borish va tanlov bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlarni joylashtirishga mo‘ljallangan maxsus platformani ishga tushirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) “O‘zbekiston — 2030” strategiyasiga muvofiq Raqamli texnologiyalarni rivojlantirgan holda mamlakatni mintaqaviy “IT-HUB”ra aylantirish doirasida 2030-yilga qadar IT-xizmatlar va dasturiy mahsulotlar eksporti hajmini 5 milliard AQSH dollariga (shu jumladan, 2024-yilda 1 milliard AQSH dollariga) yetkazish, IT-park rezidentlari sonini 10 barobar oshirish, ular tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmining yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 2,2 foizga yetkazish va ularda yaratilgan ish o‘rinlari sonini 100 mingtaga yetkazish bo‘yicha maqsad belgilangani;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2024-yil 1-fevraldan boshlab IT-park faoliyati mamlakatimizning IT-sohasidagi eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, rezidentlarining xizmat va mahsulotlarini jahon bozorlariga olib chiqish asosiy vazifalari etib belgilangan holda transformatsiya qilingani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Raqamli texnologiyalar vazirligining quyidagi takliflari ma’qullansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) sohadagi yirik kompaniyalarni yetakchi eksport qiluvchi korxonalarga aylantirish maqsadida IT-park doirasida yaratilgan qulay shart-sharoitlar va rag‘batlantirish mexanizmlaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) IT-park rezidentlari uchun eksportning minimal ko‘rsatkichlari hamda mazkur ko‘rsatkichlardan kelib chiqqan holda ular tomonidan IT-park direksiyasiga jami daromadidan o‘tkaziladigan ajratmalarning tabaqalashtirilgan miqdorlarini 21-ilovaga muvofiq joriy etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda:

eksportning minimal ko‘rsatkichlarini kalendar yil davomida xizmatlarni (tovarlarni) eksport qilishdan olinadigan daromadlar ushbu davrdagi jami daromadning 2024-yil 1-oktabrdan boshlab — 10 foizi, 2026-yil 1-apreldan boshlab — 20 foizi, 2027-yil 1-yanvardan boshlab — 35 foizi etib belgilanadi.
(9-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/388/1235-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) ajratmalarning tabaqalashtirilgan miqdorlarini 2026-yil 1-apreldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-iyundagi “Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5099-son Farmonida nazarda tutilgan imtiyoz va preferensiyalardan foydalanayotgan Kibernetikada innovatsiyalar IT-parki rezidentlari (ishtirokchilari) bo‘lgan yuridik shaxslarga tatbiq etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kibernetikada innovatsiyalar IT-parki rezidentlari (ishtirokchilari) bo‘lgan yuridik shaxslar uchun eksportning minimal ko‘rsatkichlari talabi qo‘llanilmaydi hamda ajratmalar miqdori kalendar yil davomida jami daromadi 5 mlrd so‘mgacha bo‘lgan qismida — 1 foiz, 5 mlrd so‘mdan 100 mlrd so‘mgacha bo‘lgan qismida — 2 foiz, 100 mlrd so‘mdan yuqori bo‘lgan qismida — 3 foizni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kibernetikada innovatsiyalar IT-parkiga o‘z rezidentlarining ajratmalaridan har kalendar yil davomida 50 foizgacha shakllanadigan mablag‘larning IT, kiberxavfsizlik va mudofaa sanoati sohalarida amalga oshiriladigan startap, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik loyihalarni moliyalashtirish uchun maqsadli yo‘naltirishga ruxsat beriladi.
(9-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/388/1235-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Raqamli texnologiyalar vazirligi 21-ilovaga muvofiq ajratmalardan qo‘shimcha shakllanadigan mablag‘larni ustuvor ravishda mahalliy korxonalarni xalqaro IT-bozorga olib chiqish, ularning eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyiha va dasturlarga maqsadli yo‘naltirilishini ta’minlasin.
(9-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-388-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/388/1235-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov hamda investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Kudratov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 29-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
303-son

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-maydagi 303-son qaroriga

1-ILOVA

Raqamli texnologiyalar sohasida startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun tanlov asosida grantlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom raqamli texnologiyalar sohasida IT-ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish hamda eksportga yo‘naltirish bo‘yicha startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun tanlov asosida grantlar ajratish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ariza beruvchi — o‘n sakkiz yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan hamda yuridik shaxs maqomida yoki ta’sischilari sifatida startap loyihani amalga oshirish istagini bildirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
grant sovrindori — tanlov doirasida tanlov komissiyasi tomonidan moliyalashtirish uchun tasdiqlangan (tavsiya etilgan) ishtirokchi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamoa — tanlovda ishtirok etish maqsadida maxsus platformada ro‘yxatdan o‘tgan guruh;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishchi organ — “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” MCHJ (IT-park);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha — tanlov ishtirokchilari tomonidan mazkur Nizom talablariga muvofiq ishlab chiqilgan dasturiy mahsulot yoki istiqbolli g‘oya;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus platforma — tanlov doirasida ishtirokchilarni ro‘yxatga olish, yangiliklarni yoritib borish, grantlarini olish uchun murojaat qilish (ariza yuborish), murojaat qilish jarayonini kuzatib borishga mo‘ljallangan va tanlov bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlar joylashtiriladigan veb-sayt;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari — grant sovrindori bo‘lgan jamoalarga loyihaning rivojlanishini belgilaydigan va uni baholashga qaratilgan ko‘rsatkichlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
raqamli texnologiyalar sohasida xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy (xalqaro) tashkilot (keyingi o‘rinlarda — mas’ul tashkilot) — maxsus platforma orqali kelib tushgan nomzodlarning arizalarini ko‘rib chiqish, tanlov ishtirokchilarini saralash va loyihalarni baholash vazifalarini bajaruvchi tashkilot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov ishtirokchisi — tanlovda ishtirok etish uchun maxsus platformada ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirgan va arizasi ishchi organ tomonidan ma’qullangan jamoa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov komissiyasi — raqamli texnologiyalar sohasida startap loyihalarini tanlash va grant ajratish bo‘yicha tanlov komissiyasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Tanlov komissiyasi tanlov jarayonlariga umumiy rahbarlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mas’ul tashkilot ishchi organ tomonidan quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
startaplarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tanlovni o‘tkazish, startaplarni rivojlantirish hamda akseleratsiya dasturlarini ishlab chiqish yo‘nalishida 3 yildan ortiq amaliy tajribaga ega bo‘lishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rivojlangan chet el davlatlarida yuridik shaxs tashkil etgan va kamida 5 ta startapni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dasturlarni muvaffaqiyatli amalga oshirgan bo‘lishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nufuzli venchur jamg‘armalar va investorlar bilan doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan bo‘lishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnologik tadbirkorlik, venchur moliyalashtirish va IT-konsalting yo‘nalishlarida kamida 2 yil ish stajiga ega bo‘lgan xalqaro ekspertlar va mentorlar mavjudligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mas’ul tashkilot, ularning affillangan shaxslari tanlovda ishtirokchi sifatida qatnashishlari mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Tanlovni o‘tkazish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Tanlov 2024-yil 1-iyuldan boshlab har yili mazkur Nizomda belgilangan muddatlarda quyidagi 3 ta pozitsiya bo‘yicha o‘tkaziladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
istiqbolli g‘oyalar — istiqbolda muvaffaqiyatga erishish salohiyati yuqori bo‘lgan prototipni ishlab chiqish jarayonidagi loyihalar o‘rtasida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy bozorga ixtisoslashgan loyiha — O‘zbekiston bozorida muvaffaqiyatli joriy qilingan loyihalar o‘rtasida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jahon bozoriga ixtisoslashgan loyiha — jahon bozoriga chiqish istagida bo‘lgan loyihalar o‘rtasida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Raqamli texnologiyalar sohasida startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun grant mablag‘larini ajratish bo‘yicha tanlovni tashkil etish mazkur Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq besh bosqichda tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Birinchi bosqichda tanlov komissiyasi tomonidan har yili 1-iyulga qadar maxsus platformada tanlov e’lon qilinadi va arizalarni qabul qilish jarayoni boshlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ikkinchi bosqichda har yili 1-avgustga qadar ariza beruvchilar tomonidan ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq ariza va unga ilova qilingan materiallar maxsus platforma orqali topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Maxsus platformada ro‘yxatdan o‘tish jarayonida ariza beruvchilar tanlov ofertasini akseptlash yo‘li bilan tanlov shartlariga rozilik bildiradi va har bir ariza beruvchiga identifikatsiya raqami biriktiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus platformada nazarda tutilgan tanlov ofertasining ariza beruvchilar tomonidan qabul qilinishi ularning shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berilishiga yozma rozilik berganligini ifodalaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Uchinchi bosqichda ishchi organ har yili 25-avgustga qadar maxsus platforma orqali kelib tushgan ariza va unga ilova qilingan materiallarning to‘liqligi hamda mazkur Nizom talablariga mosligini tekshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, har yili 5-sentabrga qadar ariza beruvchilarning keyingi bosqichga o‘tganligi (yoki mazkur Nizom talablariga mos emasligi aniqlanganda — o‘tmaganligi) haqida elektron pochta manziliga xabar (maxsus platformadagi shaxsiy kabinetiga xabarnoma) yuboriladi hamda keyingi bosqichga o‘tgan ariza beruvchilarga “ishtirokchi” maqomi beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishtirokchilar har yili 25-oktabrga qadar o‘zlari ishlab chiqqan loyihalarini takomillashtirishlari va maxsus platformaga qaytadan joylashtirishlari mumkin. Kechikib takdim etilgan loyihalar ko‘rib chiqilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. To‘rtinchi bosqichda har yili 25-noyabrga qadar tanlov komissiyasi belgilagan sanada ishtirokchilar tomonidan loyihalar taqdimoti o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, ushbu bosqichga o‘tgan ishtirokchilar o‘zlarining loyihalari bo‘yicha mas’ul tashkilotga taqdimot o‘tkazadi va himoya qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyihalar taqdimoti uchun har bir ishtirokchiga jami 15 daqiqa, xususan, kirish so‘zi va taqdimot, loyihaning imkoniyatlarini amaliyotda namoyish etish hamda loyiha bo‘yicha savol-javoblar uchun 5 daqiqadan vaqt ajratiladi. Taqdimot uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyihalar taqdimoti bir yoki bir necha kun bo‘lishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mas’ul tashkilot ishtirokchilarning loyihalarini ularning taqdimoti natijasi bo‘yicha tanlov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan baholash mezonlari asosida baholaydi va grant sovrindorlarini aniqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Beshinchi bosqichda mas’ul tashkilot tomonidan aniqlangan grant sovrindorlari rasman taqdirlash marosimida e’lon qilinadi va ushbu natijalar e’lon qilinganidan so‘ng ikki kun ichida maxsus platformada ham joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Grant sovrindorlarini taqdirlash marosimi har yili 25-dekabrga qadar tanlov komissiyasi tomonidan tantanali ravishda tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Tanlov bosqichlari o‘tkaziladigan muddatlar va sanalarga tanlov komissiyasi tomonidan o‘zgartirish kiritilishi mumkin. Bunda, muddati va/yoki sanasiga o‘zgartirish kiritilgan tanlov bosqichi boshlanishidan bir hafta oldin maxsus platformada o‘zgartirishlar haqida e’lon joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Tanlovda ishtirok etish uchun qo‘yiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Tanlovda O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan yuridik shaxslarning ariza berish kunida o‘n sakkiz yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan iborat jamoa sifatida maxsus platformada “Elektron xukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimi (OneID) orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda ishtirok etishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Tanlovda ishtirok etish uchun faqat 1 ta pozitsiya bo‘yicha ariza yuborishga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Tanlovda ishtirok etish uchun pul undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ishtirokchilar tomonidan tanlov doirasida ishlab chiqilgan loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar qoplab berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Ishtirokchilar tomonidan quyidagi xatti-harakatlar amalga oshirilganligi aniqlansa, ular tanlovdan chetlashtiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov komissiyasi va mas’ul tashkilot faoliyatiga aralashsa (xalaqit qilsa);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov doirasida arizada ko‘rsatilmagan, ya’ni ishtirokchi jamoaning a’zosi bo‘lmagan shaxslarni jalb qilsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov doirasida noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘z xohishi bilan tanlovda ishtirok etishni davom ettirishdan voz kechsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov doirasida O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik xujjatlariga zid xatti-harakatlar aniqlansa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan o‘tkazilgan g‘oliblariga grant ajratiladigan boshqa startap tanlovlarda ishtirok etayotgan va (yoki) g‘olib deb topilgan bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov shartlarini buzsa va mazkur Nizom talablariga rioya qilinmasa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishchi organ ishtirokchilarni tanlovdan chetlashtirish bo‘yicha tanlov komissiyasiga taklif kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Tanlov komissiyasining ishtirokchilarni tanlovdan chetlashtirish to‘g‘risidagi qarori qabul qilinadi va qaror qabul qilingandan keyin ishtirokchining elektron pochta manziliga xabar (platformadagi shaxsiy kabinetiga xabarnoma) yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Ishtirokchilarning loyihalarini baholash hamda tanlov sovrindorlarini aniqlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Ishchi organ va mas’ul tashkilot ishtirokchilarning loyihalarini saralash va baholash mezonlarini ishlab chiqib, tanlov komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, ishtirokchilarning loyihalarini saralash va baholash mezonlari tanlovning ikkinchi — to‘rtinchi bosqichlari uchun alohida tuziladi va tanlov komissiyasi tomonidan har yili tanlov e’lon qilinadigan kundan kamida 10 kun oldin yangidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Grant sovrindorlari mas’ul tashkilot tomonidan aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Mas’ul tashkilot tanlovning to‘rtinchi-beshinchi bosqichlarida ishtirokchilarning loyihalarini tasdiqlangan baholash mezonlariga asosan baholaydi va saralaydi, shuningdek, grant sovrindorlarining ro‘yxatini shakllantirib, ishchi organga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, ishchi organ grant sovrindorlarining ro‘yxatini ko‘rib chiqib 3 ish kunida tasdiqlash uchun tanlov komissiyasiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Grant ajratish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Grant sovrindorlariga quyidagi 3 (uchta) pozitsiya bo‘yicha grant asosida mablag‘lar ajratiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
istiqbolli g‘oyaga — 150 million so‘mgacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy bozorga ixtisoslashgan loyihaga — 300 million so‘mgacha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jahon bozoriga ixtisoslashgan loyihaga — 1 milliard so‘mgacha.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Grant sovrindorlariga grantlar quyidagi tartibda o‘tkazib beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) istiqbolli g‘oyalarga — grant sovrindorlari e’lon qilingan kundan boshlab 15 (o‘n besh) ish kuni davomida 100 foiz mikdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) mahalliy va jahon bozorlariga ixtisoslashgan loyihalarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
grant sovrindorlari e’lon qilingan kundan boshlab 15 (o‘n besh) ish kuni ichida birinchi transh (50 foiz mikdorda) to‘lanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
keyingi ikki transh (25 foizdan) yil davomida muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarining bajarilishi asosida tanlov komissiyasining qaroriga muvofiq o‘tkazib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Mahalliy va jahon bozorlariga ixtisoslashgan loyihalar bo‘yicha grant sovrindorlari grant mablag‘larining ikkinchi-uchinchi transhlarini olish uchun tanlov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini bajarishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, ishchi organ har yili 20-dekabrga qadar mas’ul tashkilot takliflari asosida ishlab chiqilgan muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini tanlov komissiyasiga kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Mazkur Nizom shartlarini bajarmagan yoki buzgan, shuningdek, muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini bajarmagan mahalliy va jahon bozorlariga ixtisoslashgan loyihalar bo‘yicha grant sovrindorlariga pul mukofotining ikkinchi-uchinchi transhlari to‘lanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Muhim samaradorlik ko‘rsatkichlarini bir yil davomida to‘liq bajarmagan mahalliy va jahon bozorlariga ixtisoslashgan loyihalar bo‘yicha grant sovrindorlariga to‘lanmagan grant mablag‘lar Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga qaytarib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, mahalliy va jahon bozorlariga ixtisoslashgan loyihalar bo‘yicha grant sovrindorlariga avval o‘tkazilgan 50 foiz mikdordagi mablag‘lar grant sovrindorlari ixtiyorida qoldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Tanlovning shaffofligi va ochiqligini ta’minlash maqsadida loyihalar taqdimoti tashkilotchilar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda hamda maxsus dasturiy ta’minotlar yordamida jonli onlayn efirga uzatilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Tanlovning yopilish tadbiri tantanali ravishda tanlov komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Tanlov natijalari yuzasidan ishtirokchilar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda murojaat (shikoyat) yuborishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Ushbu Nizom talablariga amal qilmagan va uning talablarini buzgan aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Raqamli texnologiyalar sohasida startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun tanlov asosida grantlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga

Raqamli texnologiyalar sohasida startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun grant mablag‘larini ajratish bo‘yicha tanlovni tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Tanlov komissiyasi

Tanlovni e’lon qiladi va arizalar qabuli boshlanadi.

Har yili 1-iyulga qadar

2-bosqich

Ariza beruvchilar

Tanlovda ishtirok etish uchun “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimi (OneID) orqali ro‘yxatdan o‘tadi.

Nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq ariza va unga ilova qilingan materiallar maxsus platforma orqali topshiradi.

Har yili 1-avgustga qadar

3-bosqich

“Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” MCHJ

(Ishchi organ)

1. Maxsus platforma orqali kelib tushgan ariza va unga ilova qilingan materiallarning to‘liqligini ko‘rib chiqadi hamda Nizom talablariga mosligini tekshiradi.

Har yili 25-avgustga qadar

Bunda ariza beruvchilarning keyingi bosqichga o‘tganligi (o‘tmaganligi) haqida ularning elektron pochta manziliga xabar (portaldagi shaxsiy kabinetiga xabarnoma) yuboriladi hamda keyingi bosqichga o‘tgan ariza beruvchilarga “ishtirokchi” maqomi beriladi.

Har yili 5-sentabrga qadar

Ishtirokchilar

2. Ishlab chiqqan loyihalarini takomillashtirib, maxsus platformaga qaytadan joylashtirishlari mumkin.

Har yili 25-oktabrga qadar

4-bosqich

Ishtirokchilar

1. Ushbu bosqichga o‘tgan ishtirokchilar o‘zlarining loyihalari bo‘yicha mas’ul tashkilotda taqdimot o‘tkazadilar va himoya qiladilar (onlayn tarzda).

Har yili 25-noyabrga qadar

(Tanlov komissiyasi tomonidan belgilangan sanada)

Raqamli texnologiyalar sohasida xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilot (mas’ul tashkilot)

2. Ushbu bosqichga o‘tgan ishtirokchilarning loyiha taqdimotlari natijasi bo‘yicha baholaydi va sovrindorlarni aniqlaydi.

Sovrindorlar ro‘yxatini ishchi organga taqdim etadi.

5-bosqich

Tanlov komissiyasi

1. Grant sovrindorlari rasman taqdirlash marosimida e’lon qilinadi va ushbu natijalar e’lon qilinganidan so‘ng ikki kun ichida maxsus platformada ham joylashtiriladi.

Grant sovrindorlarini taqdirlash marosimi tantanali ravishda tashkil qilinadi.

Har yili 25-dekabrga qadar

Ishchi organ

2. Grant sovrindorlariga pul mukofotlari o‘tkazib beriladi.

15 ish kuni ichida

Mahalliy va jahon bozorlariga ixtisoslashgan loyihalar bo‘yicha sovrindorlar

3. Ikkinchi-uchinchi transhlarni (25 foizdan) olish uchun muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida o‘z loyihalarini takomillashtiradi.

Pul mukofoti o‘tkazib berilgandan so‘ng bir yil mobaynida

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Raqamli texnologiyalar sohasida startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun tanlov asosida grantlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga

2-ILOVA

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Raqamli texnologiyalar sohasida startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun grant mablag‘larini ajratish bo‘yicha tanlovda qatnashishga ariza topshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SHAKLI

Ariza beruvchi haqida ma’lumot

1. Barcha jamoa a’zolarining jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)

2. Barcha jamoa a’zolarining telefon raqami va elektron pochtasi

3. Barcha jamoa a’zolarining vazifalari:

Frontend dasturchi

Backend dasturchi

Ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha mutaxassis;

Sun’iy intellekt (AI) muhandisi

Mobil dasturchi

Devops dasturchi

Product menejer

Web dasturchi

Sinovchi

Dizayner

Boshqa

4. Jamoa ishtirok etayotgan xudud/viloyat

5. Ishtirokchilarning ish/o‘qish joyi (mavjud bo‘lsa)

Loyiha to‘g‘risida ma’lumot

6. Grant pozitsiyasi:

Istiqbolli g‘oya;

Mahalliy bozorga ixtisoslashgan loyiha;

Jahon bozoriga ixtisoslashgan loyiha.

7. Loyiha nomi

8. Loyihaning tavsifi

9. Loyihaning tavsiflovchi videolavhaga havola (3 daqiqagacha bo‘lgan)

10. Loyihaning taqdimoti (PDF shaklida) — yuklash, yoki unga havola

11. Loyihaning GitHub platformasidagi havola

12. Loyihaning prototipi (MVP)ra havola

13. Loyihaning yuqori sifatdagi logotipi — yuklash

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-maydagi 303-son qaroriga

2-ILOVA

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Raqamli texnologiyalar sohasida startap loyihalarini tanlash va grant ajratish bo‘yicha tanlov komissiyasi tarkibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

1.

L.Sh. Kudratov

investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri, Komissiya raisi

2.

Sh.X. Shermatov

raqamli texnologiyalar vaziri, Komissiya hamraisi

3.

D.A. Vahobov

O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi raisi

4.

A.Z. Sa’dullayev

Yoshlar ishlari agentligi direktori

5.

Sh.R. Rajabbayev

oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi innovatsion rivojlanish agentligi direktori

6.

K.N. Irisbekova

AT “Aloqabank” boshqaruvi rais

7.

Lavozim bo‘yicha

investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi boshqarma boshlig‘i

8.

F.Z. Ibragimov

“Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” MCHJ bosh direktori, komissiya kotibi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Tanlov komissiyasi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibga mazkur lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zaruratga ko‘ra, tanlov komissiyasi tarkibiga xorijiy ekspertlar, boshqa vazirlik va idoralar mutaxassislari hamda raqamli texnologiyalar sohasidagi jamoatchilik vakillari jalb etilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-maydagi 303-son qaroriga

21-ILOVA

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IT-park rezidentlari uchun eksportning minimal ko‘rsatkichlaridan kelib chiqqan holda IT-park direksiyasiga jami daromadidan o‘tkaziladigan ajratmalarning tabaqalashtirilgan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MIQDORLARI

T/r

Jami daromad

Ajratma miqdori

Eksportning minimal ko‘rsatkichlari ta’minlanganda

Eksportning minimal ko‘rsatkichlari ta’minlanmaganda

2024-yil 1-oktabrdan

2026-yil 1-apreldan

1.

5,0 mlrd so‘mgacha

1 foiz

2.

5,0 — 100,0 mlrd so‘mgacha

1 foiz

1 foiz

2 foiz

3.

100 milliard so‘m va undan yuqori bo‘lgan

1 foiz

2 foiz

3 foiz*

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* mazkur ajratmaning bir foiz bandigacha bo‘lgan miqdorini IT-park tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati va Mudofaa vazirligiga Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan har yili tuziladigan chora-tadbirlar rejalariga muvofiq axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik sohalarida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun maqsadli yo‘naltirishga ruxsat beriladi.
(21-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-388-son qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/388/1235-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-maydagi 303-son qaroriga

3-ILOVA

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-iyuldagi 589-son qarori bilan tasdiqlangan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 5-bandning ikkinchi xatboshisidagi “jami daromadning bir foizi miqdorida” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“har oyda hisobot davridan keyingi oyning 20-kunidan kechikmay Direksiyaning talab qilib olinadigan depozit hisobvarag‘iga jami daromadning bir foizi miqdorida ajratma o‘tkazishi. Bunda, jami daromadi kalendar yil davomida 100 milliard so‘m va undan yuqori bo‘lgan hamda chorak yakuni bo‘yicha xizmatlarni (tovarlarni) eksport qilishdan olinadigan daromadlari jami daromadning 2024-yil 1-oktabrdan boshlab 10 foizi, 2026-yil 1-yanvardan boshlab 20 foizi, 2027-yil 1-yanvardan boshlab 35 foizini tashkil etmagan taqdirda ikki foiz miqdorida ajratma o‘tkazishi;”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oltinchi xatboshidagi “tushumdagi ulush” so‘zlari “tushumdagi ulushi, eksport hajmi va tarkibi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 2-ilova kuyidagi mazmundagi 23-band bilan to‘ldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“23. Umumiy xizmatlar hajmida xizmatlar eksporti ulushi mahalliy bozor uchun ko‘rsatilgan xizmatlar hajmiga nisbatan yuqori bo‘lgan, kamida ikki yoki undan ortiq xorijiy davlatlarda faoliyat ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan xizmatlar ko‘rsatish”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-maydagi 294-son qarori bilan tasdiqlangan Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 5-bandi beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“raqamli texnologiyalar sohasida IT-ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish hamda eksportga yo‘naltirish bo‘yicha startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun tanlov asosida 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan grantlar ajratish”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 271-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“271. Jamg‘arma hisobidan raqamli texnologiyalar sohasida IT-ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish hamda eksportga yo‘naltirish bo‘yicha startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” MCHJ tomonidan o‘tkaziladigan tanlov asosida raqamli texnologiyalar sohasidagi istiqbolli startap loyihalarni qo‘llab-kuvvatlash uchun bir loyihaga 1 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda grantlar ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda Raqamli texnologiyalar sohasida startap loyihalarini tanlash va grant ajratish bo‘yicha tanlov komissiyasi qarori Jamg‘arma hisobidan grant ajratish uchun asos hisoblanadi.”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) quyidagi mazmundagi 272-band bilan to‘ldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“272. Jamg‘arma hisobidan IT-parkning “Aloqabank” AT bankida ochilgan bank hisob raqamiga raqamli texnologiyalar sohasida IT-ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish hamda eksportga yo‘naltirish bo‘yicha startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun tanlov asosida 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan grantlar ajratish uchun moliyaviy resurslar ajratiladi”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2024-y., 09/24/303/0389-son; 29.12.2025-y., 07/25/388/1235-son)