01.05.2024 yildagi 258-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 01.05.2024 yildagi 258-son
Date of entry into force
02.05.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Andijon viloyatida “Ipak yuli” erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Andijon viloyatida “Ipak yoʻli” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2024-yil 15-fevraldagi PQ-72-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-fevraldagi PQ-72-son qaroriga muvofiq “Ipak yoʻli” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Boshqaruv xodimlari soni 7 nafardan iborat boʻlgan “Ipak yoʻli” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasi shaklida (keyingi oʻrinlarda — Direksiya) tashkil etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ipak yoʻli” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ipak yoʻli” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasining ustavi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Andijon viloyati hokimligi bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda Direksiya Andijon viloyatining Andijon shahri Abdurauf Fitrat koʻchasidagi 239-uy manzilida joylashgan binoga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilishini va keyinchalik Direksiya uchun zamonaviy maʼmuriy bino qurilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direksiyani malakali mutaxassislar bilan taʼminlash va saqlash, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning ushbu yoʻnalishdagi ilgʻor tajribasi asosida ularning malakasini muntazam ravishda oshirib borish hamda samarali faoliyat yuritishi uchun zarur moddiy-texnika vositalarini xarid qilish choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ushbu bandda koʻrsatilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Andijon viloyati mahalliy budjeti, Direksiyaning oʻz mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev, investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Qudratov va Andijon viloyati hokimi Sh.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 1-may,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
258-son

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 258-son qaroriga
1-ILOVA

“Ipak yoʻli” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasining

TUZILMASI

Direktor

Direktor oʻrinbosari

Erkin iqtisodiy zona infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha mutaxassis

Xorijiy va mahalliy investorlarni jalb etish boʻyicha mutaxassis

Moliya masalalari boʻyicha mutaxassis

Yuriskonsult

Buxgalter

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqaruv xodimlarining umumiy soni — 7 nafar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 258-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ipak yoʻli” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” davlat unitar korxonasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
USTAVI

1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “Ipak yoʻli” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” (keyingi oʻrinlarda — Direksiya) operativ boshqaruv uchun oʻziga berilgan davlat mulki negizida davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etilgan tijorat tashkiloti hisoblanadi, u oʻziga biriktirilgan mulkka nisbatan qonunchilikda belgilangan doirada oʻz faoliyati maqsadlariga, mulkdor (yoki uning topshirigʻiga binoan uning tomonidan masʼul etib tayinlangan davlat organi — muassis) topshiriqlariga muvofiq egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqini amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Direksiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Ustavga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Direksiya yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mulkka, mustaqil balansga, Iqtisodiyot va moliya vazirligi Gʻaznachiligida hisobvaraqlarga, emblemaga, shtamplar va blankalarga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va boshqa rekvizitlarga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Direksiyaning rasmiy nomi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) davlat tilida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻliq nomi — “Ipak yoʻli” erkin iqtisodiy zona direktsiyasi” davlat unitar korxonasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qisqartirilgan nomi — “Ipak yoʻli” EIZ direktsiyasi” DUK;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) rus tilida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻliq nomi — Gosudarstvennoye unitarnoye predpriyatiye “Direksiya svobodnoy ekonomicheskoy zoni “Ipak yuli”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qisqartirilgan nomi — GUP “Direksiya SEZ “Ipak yuli”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) ingliz tilida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻliq nomi — “Directorate of free economic zone “Ipak yoʻli” State Unitary Company;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qisqartirilgan nomi — “Directorate of FEZ “Ipak yoʻli” SUC.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Direksiyaning joylashgan joyi (pochta manzili): Andijon viloyati, Andijon shahri, Abdurauf Fitrat koʻchasi, 239-uy.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Direksiyaning muassisi (keyingi oʻrinlarda — Muassis) hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Direksiya oʻz nomidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi va amalga oshirishi, majburiyatlar olishi, sudda daʼvogar va javobgar boʻlishi, nizolarni hal etishda boshqa organlarda vakillik qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Direksiya boshqa davlat korxonasining muassisi boʻlishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Direksiyaning maqsadi, asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Direksiya faoliyatining maqsadi “Ipak yoʻli” erkin iqtisodiy zonasini (keyingi oʻrinlarda — “Ipak yoʻli” EIZ) rivojlantirish davlat dasturlarining toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash, shuningdek, “Ipak yoʻli” EIZ hududida alohida huquqiy rejimga rioya etilishini taʼminlash yoʻli bilan operativ boshqarish, “Ipak yoʻli” EIZ qatnashchilariga xizmatlar koʻrsatishdan hamda ushbu Ustavda nazarda tutilgan boshqa ishlar (xizmatlar)ni bajarishdan (koʻrsatishdan) foyda olish hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Quyidagilar Direksiya faoliyatining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ipak yoʻli” EIZ hududida maxsus huquqiy rejimning amal qilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
salohiyatli investorlar va “Ipak yoʻli” EIZ ishtirokchilari bilan hamkorlikni, shu jumladan, investitsiya buyurtmanomasini koʻrib chiqishni, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi tarmoqlariga ulanish uchun zarur ruxsatnomalar berishni “yagona darcha” prinsipi asosida tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini monitoring qiladi, shuningdek, “Ipak yoʻli” EIZ ishtirokchilari tomonidan investitsiya bitimiga kiritilgan majburiyatlarning bajarilishini nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ipak yoʻli” EIZni rivojlantirish dasturi amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ipak yoʻli” EIZ ishtirokchilarini roʻyxatdan oʻtkazadi va ularning reyestrini yuritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ipak yoʻli” EIZ hududida ekologik nazoratni amalga oshiradi, shuningdek, madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ipak yoʻli” EIZ ishtirokchilari bilan shartnomalar asosida marketing xizmatlari, shuningdek, mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarda targʻib qilish boʻyicha xizmatlar koʻrsatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashqi bozorlarda talab etilayotgan va import oʻrnini bosuvchi, yuqori qoʻshilgan qiymatga ega sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ipak yoʻli” EIZ hududidagi loyihalarni oʻz vaqtida ishga tushirish va tashkilotlarning doimiy faoliyat yuritishini taʼminlash bilan bogʻliq masalalarni hal etishda “Ipak yoʻli” EIZ qatnashchilariga koʻmaklashadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investorlarni, “Ipak yoʻli” EIZning ishtirokchilarini axborot bilan taʼminlaydi, shu jumladan, ularning davlat organlari va boshqa tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlarini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ipak yoʻli” EIZ hududidagi yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion vositasida ijaraga, shuningdek, “Ipak yoʻli” EIZ hududidagi binolar va inshootlarni egalik qilishga, foydalanishga va ijaraga beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat-xususiy sheriklik loyihalarida ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy xom ashyo va materiallar negizida mustahkam kooperatsiya aloqalarini oʻrnatadi, “Ipak yoʻli” EIZ ishtirokchilari oʻrtasida hamda respublikaning boshqa hududlari bilan sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish asosida yuqori darajadagi sanoat ishlab chiqarishini kengaytiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Andijon viloyatining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan samarali foydalanish asosida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytiradi, mahalliy aholi uchun doimiy ish oʻrinlari yaratadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ipak yoʻli” EIZ faoliyatini boshqarish boʻyicha boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Direksiya qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning boshqa turlarini ham amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Direksiya faoliyatini boshqarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Direksiya Muassisga hisobot beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Muassis quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direksiya faoliyatiga rahbarlik qiladi va uni nazorat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direksiya faoliyatining maqsadi va yoʻnalishlarini belgilaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direksiya Ustaviga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan kelishilgan holda, Direksiyaga berilgan mulkdan foydalanishdan olingan sof foydaning bir qismini yoki hammasini oladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direksiya mulki bilan bogʻliq amalga oshirilgan bitimlarni haqiqiy emas deb hisoblash va Direksiyaga yetkazilgan zararlarni qoplash toʻgʻrisida sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direksiyani qayta tashkil etish yoki tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish, tugatish komissiyasini tayinlaydi va oraliq, tugatish balansini tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnatga oid qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Direksiya rahbari bilan mehnat shartnomasini muddatidan oldin toʻxtatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnatga oid qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Direksiya rahbari bilan mehnat shartnomasini muddatidan oldin bekor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. “Ipak yoʻli” EIZ mustaqil budjeti va “Ipak yoʻli” EIZni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan nazorat qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Direksiya ijro etuvchi organ hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Direksiyaning joriy faoliyatiga Andijon viloyati hokimligining maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat koʻrsatishini va ularni rivojlantirishni tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organi bilan kelishilgan taqdimnomasiga koʻra Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Quyidagilar direktorning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlari talablarini bajarishga, Direksiya xodimlarining mehnat sharoitlarini muhofaza qilish va yaxshilashga, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi norma va qoidalarga rioya etilishini taʼminlashga doir tadbirlarini ishlab chiqadi va joriy etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ipak yoʻli” EIZni rivojlantirish dasturlarining amalga oshirilishini tashkil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direksiyaning asosiy faoliyatini takomillashtirish, boshqarishning eng zamonaviy usullarini joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direksiya nomidan ishonchnomasiz harakat qiladi, barcha tashkilotlarda, shu jumladan, xorijiy tashkilotlarda uning manfaatlarini himoya qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarni ishga qabul qiladi, ular bilan mehnat shartnomalarini (kontraktlarni) tuzadi, oʻzgartirish va ularning amal qilishini toʻxtatadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnomalar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kadrlarni tayyorlash va oʻqitish, ularning malakasini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direksiyaning barcha xodimlari uchun bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va ularga koʻrsatmalar beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direksiyaning ichki ish tartibini va xoʻjalik faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direksiya tomonidan qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini tashkil etadi va nazorat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direktor Direksiyaga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Direktor oʻz huquqlarini amalga oshirishda va vazifalarini bajarishda Direksiya manfaatlarini koʻzlagan holda harakat qilishi lozim hamda budjetga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga toʻlovlar, ish haqining oʻz vaqtida toʻlanishi, mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi barcha talablarning va ularga tenglashtirilgan toʻlovlarning toʻlanishi, ishlab chiqarish faoliyati bilan bevosita bogʻliq ehtiyojlarga mablagʻlar oʻtkazilmaganligi, Direksiyaning xatti-harakatlari (harakatsizligi) bilan, shu jumladan, Direksiyaga berilgan davlat mol-mulki yoʻqolgan taqdirda, yetkazilgan zarar uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direktor Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan kelishgan holda, “Ipak yoʻli” EIZning Muassis tomonidan tasdiqlanadigan mustaqil budjet mablagʻlarini tasarruf etadi va “Ipak yoʻli” EIZning mustaqil budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni kelishish uchun Muassisga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Direktor oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi, shuningdek, Direksiyaga berilgan davlat mulkining saqlanishi va undan maqsadli foydalanilishi yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Direksiyaning ustav fondi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Direksiyaning ustav fondi “Ipak yoʻli” EIZ faoliyatini operativ boshqarish uchun Muassis tomonidan oʻziga berilgan mablagʻlar, mol-mulk va boshqa aktivlar yigʻindisidan iborat boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Direksiya ustav fondining miqdori 500,0 mln soʻmni tashkil qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Direksiyaning ustav fondini koʻpaytirish va kamaytirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Direksiyaning ustav fondini koʻpaytirish yoki kamaytirish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Muassis qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Direksiya mulkini tasarruf etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Muassis tomonidan Direksiyaga operativ boshqaruv huquqi bilan berilgan asosiy fondlar va aylanma mablagʻlar Direksiya mol-mulkini tashkil qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Direksiyaning asosiy fondlari va aylanma mablagʻlari boʻlinmaydi va ulushlar (hissalar, paylar) boʻyicha taqsimlanishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Direksiyaga berilgan davlat mulkidan belgilangan maqsadda foydalanilishini va uning saqlanishini, shuningdek, oʻzgaga berilishini Muassis nomidan nazorat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Direktor har chorak yakunlari boʻyicha hisobot davridan keyingi oyining 25-sanasiga, yil yakunlari boʻyicha esa keyingi moliya yilining 25-fevraliga qadar Davlat aktivlarini boshqarish agentligining “property.davaktiv.uz” axborot tizimiga hisobot kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Direksiya budjetini shakllantirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Quyidagilar Direksiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat mulki boʻlgan va “Ipak yoʻli” EIZ hududida joylashgan binolar va inshootlarni ijaraga berishdan olingan daromadlarning bir qismi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ipak yoʻli” EIZ qatnashchilarining ajratmalari va “Ipak yoʻli” EIZ qatnashchilari sifatida roʻyxatdan oʻtish uchun toʻlovlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Zaxira fondini va boshqa fondlarni shakllantirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Direksiya oʻz tasarrufida qoladigan sof foyda hisobiga zaxira fondini, shuningdek, boshqa fondlarni tashkil etishi mumkin, ularning miqdori va shakllantirish tartibi Muassis tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bob. Daromad (foyda)ni taqsimlash va zararlarni qoplash tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Direksiyaning sof foydasi Direksiya tasarrufida qoladi va undan Muassis qaroriga binoan foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Muassis oʻz qarori bilan boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga homiylik xayriyasi sifatida yoʻnaltiriladigan mablagʻlarning cheklangan summasini, ularni tasarruf etish huquqini Direktorga bergan holda belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Direksiyaning xoʻjalik faoliyati natijasida koʻrilgan zararlari ushbu maqsadlar uchun tashkil etilgan zaxira fondi mablagʻlari hisobidan qoplanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-bob. Hisobotlarni taqdim etish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Direksiya hisobot davri tugagach, vakolatli organlarga moliya hisobotini va roʻyxati qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlarni taqdim etadi hamda hujjatlarning saqlanishi va davlat tomonidan saqlashga berilishi yuzasidan belgilangan tartibda javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Direksiyaning xoʻjalik subyekti sifatidagi faoliyati Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Direktor har chorakda Direksiya faoliyatining natijalari va tasdiqlangan rivojlantirish dasturlarining amalga oshirilishi toʻgʻrisida Muassisga hisobot beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-bob. Direksiyaning javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Direksiya oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻziga tegishli mulk bilan javob beradi. Muassis Direksiyaning mulki yetarli boʻlmagan taqdirda, uning majburiyatlari boʻyicha subsidiar javobgarlikni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Direksiya Muassis majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-bob. Direksiyani tugatish va qayta tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Direksiya Muassisning qaroriga koʻra qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda yoki sud qaroriga binoan tugatilishi yoxud qayta tashkil etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Direksiyani tugatish Direksiya faoliyatining huquq va majburiyatlari huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga oʻtmagan holda toʻxtatilishiga sabab boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direksiya qayta tashkil etilgan taqdirda, uning huquq va majburiyatlari huquqiy vorisga oʻtadi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2024-y., 09/24/258/0321-son)