13.02.2024 yildagi 4-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining qarori, 13.02.2024 yildagi 4-son
Date of entry into force
14.06.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Oziq-ovqat savdosi bilan shugʻullanuvchi savdo korxonalariga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablarini (0068-24-son SanQvaN) tasdiqlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 11-martda hisobga olindi, hisob raqami 237]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-iyuldagi PF-6035-son “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oziq-ovqat savdosi bilan shugʻullanuvchi savdo korxonalariga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari (0068-24-son SanQvaN) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan 1996-yil 10-sentabrda tasdiqlangan “Oziq-ovqat savdo korxonalari uchun sanitariya qoidalari” (0066-96-son SanQvaN) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Savdo-sanoat palatasi, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab 3 oy oʻtgandan soʻng kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rais B. YuSUPALIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 13-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-son

Kelishildi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Bosh direktori D. SATTAROV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 10-yanvar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. MUSAYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 15-yanvar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi Raisi oʻrinbosari A. QAYuMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 25-yanvar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha Vakil D. KASIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 30-yanvar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Raisi D. VAXABOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 9-fevral
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining 2024-yil 13-fevraldagi 4-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oziq-ovqat savdosi bilan shugʻullanuvchi savdo korxonalariga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari (0068-24-son SanQvaN)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (bundan buyon matnda sanitariya qoidalari deb yuritiladi) mulkchilik shaklidan qatʼi nazar qurilayotgan, qayta qurilayotgan va faoliyat yuritayotgan barcha oziq-ovqat savdosi bilan shugʻullanuvchi savdo korxonalarining joylashuvi, jihozlanishi va ularning sanitariya-gigiyenik holati, shuningdek xodimlarning shaxsiy gigiyenasiga oid boʻlgan talablarni belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Savdo korxonasining joylashuvi va hududiga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Savdo korxonalarini oziq-ovqat mahsulotlarining ifloslanishiga olib kelish ehtimoli yuqori boʻlgan ekologik ifloslangan hududlar (chiqindilar yigʻiladigan joylar) hamda korxonalar (choʻchqachilik-chorvachilik majmualari, terini, suyakni qayta ishlash korxonalari) joylashgan hududlarda joylashtirilmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Savdo korxonalarining sanitariya-himoya mintaqasi “Oʻzbekiston Respublikasi aholi turar-joy atmosfera havosini muhofaza qilish sanitariya qoidalari va normalari” 0350-17-son SanQvaNga mos boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Xavf-xatarni oldini olish maqsadida savdo korxonasini atrofidagi xodimlar, xaridorlar va avtotransport vositalari uchun moʻljallangan yoʻllar (yoʻlaklar) qattiq qoplamli yuzaga ega boʻlishi va toza saqlanishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Xavf-xatarni oldini olish maqsadida savdo korxonasining xonalari, jihozlari hamda inshootlarini joylashtirishda quyidagilarga rioya qilish kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atrof-muhit obyektlarining ifloslanishini oldini olishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
binolarni joylashtirishni tashkil etishda oziq-ovqat mahsulotlarini saqlaydigan idishlar (lotok), arava, vitrina va boshqa jihozlarni joylashtirishga hamda oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash, saqlash va sotish uchun qulay yaʼni xodimlar yurishiga va mahsulotlarni tashilishiga sharoit boʻlishiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xomashyo va oziq-ovqat mahsulotlarini olib kelish va olib chiqish jarayonida mahsulotlarning ikkilamchi ifloslanishini oldini olish chora-tadbirlari nazarda tutishiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jihozlarni joylashtirishda ushbu jihozlarga texnik xizmat koʻrsatish, tozalash va zararsizlantirish qulay boʻlishi hamda havoning ifloslanishini oldini olish nazarda tutishiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zararkunandalarning kirib kelishi va koʻpayishini oldini olish choralari koʻrishga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Savdo korxonasining xonalariga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Devor va pollarning yuzalari namlikka chidamli va toksik boʻlmagan materiallardan yasalgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Savdo korxonasining pollarida suvlar toʻplanib qolmasligi hamda ularni toʻliq tozalashni taʼminlaydigan tarzda qurilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Shiftlarning (shiftlar mavjud boʻlmagan holda tomning) ichki yuzasi toza tutilishi hamda shiftda, devorlarda va jihozlarda mogʻor paydo boʻlmasligi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Hasharotlardan himoya qilish uchun derazalar oson tozalanadigan toʻrlar bilan jihozlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Savdo korxonalarining eshiklari oson yuviladigan va dezinfeksiyalanadigan, suv oʻtkazmaydigan, zaharli boʻlmagan materiallardan ishlangan boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlashda ishlatiladigan jihozlar xizmat koʻrsatishga yaroqli, chidamli, silliq, oson tozalanadigan va zararsizlantiriladigan boʻlishi, bunda jihozlar reaksiyaga kirishmaydigan, changni yutish qobiliyatiga ega boʻlmagan materiallardan yasalgan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Javonlar, shkaflar va oziq-ovqat mahsulotlari saqlanadigan ishchi yuzalar poldan kamida 45 sm balandlikda boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Xonalardan ularda saqlanishi belgilangan mahsulotlar turidan kelib chiqqan holda foydalanish kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Savdo korxonalarining hojatxonalarida quyidagi gigiyenik talablar oʻrnatilgan boʻlishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
devorlarining 1,5 metr balandlikdagi qismlari yuvishga va zararsizlantirishga chidamli materiallardan (masalan, kafellar yoki emalli boʻyoq);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻllarni yuvish rakovinasi boʻlishi, shuningdek qoʻllarni quritish uchun elektr moslama yoki bir marotabalik sochiq bilan taʼminlangan boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toza, hidsiz va suv bilan taʼminlangan boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetarli yorugʻlik va havo almashtirish tizimi boʻlishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har kuni 3 mahal yuvish va dezinfeksiya vositalari bilan tozalash va zararsizlantirish oʻtkazilishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlar uchun hojatxonaga kirishdan avval maxsus kiyimlarni almashtirish xonalari mavjud boʻlishi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Savdo korxonalarida (korxonaning turi, quvvati va xaridorlar soniga qarab) erkaklar va ayollar uchun alohida hojatxonalar 0368-19-sonli SanQvaM “Jamoat hojatxonalarini loyihalashtirish, qurish va foydalanishning sanitariya qoidalari va meʼyorlari” talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Suv taʼminoti, kanalizatsiya va chiqindilarga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Savdo korxonalarini suv bilan taʼminlash uchun markazlashtirilgan maishiy va ichimlik suv taʼminotiga ulangan boʻlishi, bunda markazlashtirilgan suv taʼminoti mavjud boʻlmagan taqdirda, mustaqil suv taʼminoti tizimi qurilgan boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Savdo korxonalardagi issiq va sovuq suv taʼminoti hamda kanalizatsiya tizimlari QMQ 2.08.02-09-son “Jamoat binolari va inshootlari” talablariga javob berishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Texnologik, maishiy-xoʻjalik, ichimlik uchun foydalaniladigan suv SanQvaN 0211-06-son “Oʻzbekiston aholisining xoʻjalik-ichimlik suv taʼminoti markazlashtirilgan tizimi suvining gigiyenik mezonlari va sifatining nazorati” talablariga muvofiq boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash, saqlash, qayta ishlash jarayonida hosil boʻladigan qattiq va maishiy chiqindilarni saqlash uchun alohida joy boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va ularga ishlov berish joylaridagi qattiq va maishiy chiqindi qutilari bir kunda kamida ikki marotaba boʻshatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Savdo korxonasi hududidagi chiqindilar kuniga kamida bir marotaba olib ketilishi, shuningdek boʻshatilgan chiqindi qutilari va uskunalari yuvilishi hamda zararsizlantirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Qattiq va maishiy chiqindilar saqlanadigan maydon kunida bir mahal zararkunandalarning mavjudligiga tekshirilishi va ularni yoʻq qilishga qaratilgan tadbirlar (deratizatsiya) amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Savdo korxonalarining ventilatsiya, isitish va yoritilishiga qoʻyilgan sanitariya-gigiyena talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Xonalarni yoritish QMQ 2.01.05-19 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” talablariga mos boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Savdo korxonasidagi harorat, nisbiy namlikni oʻlchovchi termometrlar boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Savdo korxonasining xomashyo saqlanadigan, tayyor mahsulotni saqlash va realizatsiya qilish ishlari amalga oshiriladigan xonalarni sunʼiy yoritishda shisha boʻlaklarining oziq-ovqat mahsulotlariga tushishiga yoʻl qoʻymaydigan plafonlar boʻlishi, bunda yoritish moslamalari ularni har chorakda kamida bir marta tozalash uchun qulay boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Savdo korxonalari issiqlik tarmogʻiga ulangan boʻlishi, shuningdek QMQ 2.04.05-97-son “Isitish, ventilatsiya va konditsiyalash” talablariga muvofiq mexanik ventilatsiya tizimi bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Savdo korxonalardagi xonalarni isitish, ventilatsiya va havoni almashtirish tizimi moslamalari, savdo va omborxonalarda mikroiqlim sharoitlari, havoning tozaligi, uskunalardan foydalanishda ulardan chiquvchi shovqin va tebranishlar, xonaning isitilishi va ventilatsiyasi SanQvaN 0325-16-son “Ish joylarida ruxsat etilgan shovqin darajasi boʻyicha sanitariya meʼyorlari” hamda SanQvaN 0326-16-son “Ish joylarida umumiy va mahalliy tebranish boʻyicha sanitariya meʼyorlari”da belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Asbob-uskuna va jihozlarga qoʻyiladigan sanitariya talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Savdo korxonalari ularning quvvatidan kelib chiqib, zarur savdo-texnologik jihoz va uskunalar (masalan, javonlar, qutilar, muzlatgichlar va boshqalar) bilan taʼminlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Savdo uskunalari, jihozlar, idish-tovoqlar va maxsus oziq-ovqat mahsulotlari uchun moʻljallangan qadoqlar qulay yuvilishi va dezinfeksiyalanishi mumkin boʻlgan materiallardan (plastik, keramika, shisha) tayyorlangan boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Oziq-ovqat mahsulotlari uchun foydalaniladigan asbob-uskunalar, idishlarni oziq-ovqat mahsulotlari ifloslanishinining oldini olish maqsadida tozalash, zararsizlantirish va ish holatida saqlash lozim (bir martalik idishlar, konteynerlar va qadoqlar bundan mustasno).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Savdo korxonasi jihozlari va anjomlarining yuzasi butun boʻlishi (yoriqlar, teshiklar, darz ketgan va singan) kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Barcha asbob-uskuna toʻplamlari har ish yakunidan keyin tozalanib, yuvish vositalari bilan iliq suvda yuvilishi hamda qaynoq suv (50 — 60ºC) bilan 30 s davomida zararsizlantirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Chiqindilar va isteʼmolga yaroqsiz xavfli mahsulotlarni saqlashga moʻljallangan idishlar suv oʻtkazmaydigan materiallardan (shisha yoki plastik) yasalgan boʻlishi hamda qopqopli boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Foydalanishga yaroqsiz, zanglagan, nuqsonli, shikastlangan va yoriqlari boʻlgan idishlardan foydalanish mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya tadbirlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Savdo korxonasi xonalari va jihozlari har kuni kamida 2 marotaba tozalanishi, yuvilishi hamda zararsizlantirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Oshxona asboblari, uskunalar, jihozlar va idishlarda xom oziq-ovqat mahsulotlari, hayvon yoki parranda goʻshtlari qayta ishlangandan soʻng barcha yuzalar, yaxshilab yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Tozalash va zararsizlantirish vositalari alohida va xavfsiz xonalarda saqlanishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Har bir savdo korxonasida turi, hajmi va quvvatidan kelib chiqqan holda tozalash va zararsizlantirish ishlari korxona rejasiga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Oziq-ovqat mahsulotlarini tatib koʻrish uchun foydalaniladigan anjomlar (bir marotabali sanchqi, qoshiqlar va boshqalar) ishlatilgandan keyin darhol maxsus chiqindi idishga tashlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Zararkunandalarning kirib kelishini oldini olish maqsadida savdo korxonalarining deraza, devor, shift, pollarining birikkan joylari germetik yopiq boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ochiq derazalar, eshiklar, oqava suv va ventilatsiya quvurlari simli toʻrlar bilan berkitilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Savdo korxonalari hududida zararkunandalar (kemiruvchilar, hasharotlar va boʻgʻimoyoqlilar) boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Zararkunandalar koʻpayishining oldini olish maqsadida oziq-ovqat mahsulotlari, ularning qoldiqlari, mahsulot chiqindilarining toʻplanmasligi va ochiq holda saqlanmasligi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Zararkunandalarga qarshi kurashish uchun deratizatsiya va dezinfeksiya chora-tadbirlari oyiga kamida bir marta amalga oshirilishi, bunda kimyoviy, fizik yoki biologik vositalar oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, sifati yoki yaroqliligiga zarar yetkazmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, tashish va sotishga boʻlgan sanitariya-gigiyena talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Saqlanadigan oziq-ovqat mahsulotlarining xususiyatlaridan kelib chiqib, xonalarning joyi va turi belgilanishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Oziq-ovqat va ularning tarkibiy qismlari, shuningdek nooziq-ovqat mahsulotlari, kimyoviy moddalarni (tozalash vositalari, moylash materiallari, yoqilgʻilar) saqlash uchun alohida sharoit (quruq va tabiiy yoki sunʼiy ventilatsiyasi mavjud xona) yaratilgan xonalar boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Pishirish talab etiladigan xom oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash, saqlash, tozalash joylari alohida boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Xom, qayta ishlanmagan oziq-ovqat mahsulotlari tayyor mahsulotlardan alohida saqlanishi va sotilishi, bunda ular saqlanadigan joylarni kuniga kamida 3 marotaba tozalanishi hamda zararsizlantirishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Qadoqlash uchun ishlatiladigan bir marotabalik idishlar inson salomatligi uchun xavfsiz materiallardan (plastik, kartonli, qogʻoz) tayyorlangan va toza, quruq boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oziq-ovqat mahsulotlari saqlanadigan yuzalarga sotuvchining qoʻllari tegmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Plastik idishga qadoqlangan ichimliklar toʻgʻridan-toʻgʻri quyosh nuri ostida saqlanmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashda tozalikka rioya qilish hamda tashqi muhitning zararli omillaridan (harorat, bosim, chang, tutun, bugʻ va boshqalardan) himoya qilish zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlari kontaminatsiya manbai boʻlgan boshqa mahsulotlar bilan ifloslanishini oldini olish uchun alohida joylashtirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Sovutgichlar va muzlatgichlar ichida turli xil mahsulotlar zich joylashtirilmasligi, harorat -18°C va 4°C dan oshmasligi, bunda savdo rastalarida joylashtirilgan haroratni qayd etuvchi termometr isteʼmolchiga koʻrinarli joylarda oʻrnatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Haroratni qayd qiluvchi termometrlar 12 oyda kamida bir marta qiyoslanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Oziq-ovqat mahsulotlarini tashish uchun yopiladigan va toza taralardan foydalanish kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Oziq-ovqat mahsulotlarini tashish uchun foydalaniladigan transport vositalari toza va tashishga yaroqli boʻlishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek sut va sut mahsulotlari xavf-xatarning oldini olish maqsadida issiq faslda sovutgichli yuk mashinalarida 6 soat (h), ixtisoslashgan transport vositalari va bortli transport vositalarida esa 2 soatdan (h) oshmagan muddatda yetkazib berilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuningdek, tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlari oʻz xususiyatlarini yoʻqotmasligi uchun zarur haroratni taʼminlaydigan (20 dan 40C gacha) sovutgichli yoki izotermik transportlarda (muzlatgichli yuk mashinalari) tashilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Oziq-ovqat mahsulotlarini xom oziq-ovqat mahsulotlari va uning tarkibiy qismlari, hayvonlar, zaharli moddalar va ifloslanish manbai boʻlishi mumkin boʻlgan boshqa materiallar bilan birga tashish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Oziq-ovqat mahsulotlarini tashish jarayonida avtotransport vositalari va oziq-ovqat konteynerlarining sanitariya holati, texnik yaroqliligi va ekspluatatsiya xususiyatlari taʼminlanishi, bunda bitta avtotransport vositasi yoki konteyner turli xil oziq-ovqat yoki nooziq-ovqat mahsulotlarini tashish uchun foydalanilsa, transport vositasi yoki konteyner tozalanishi va zaruratga koʻra turli yuklarni tashish oraligʻida dezinfeksiyalovchi moddalar qoʻshilgan dezeritma bilan artish kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Oziq-ovqat mahsulotining realizatsiyasidan oldin idishning yorligʻidagi yaroqlilik muddatlari savdo korxonalari xodimlari tomonidan tekshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yaroqlilik muddati oʻtgan oziq-ovqat mahsulotlarini sotish yoki isteʼmol uchun ishlatish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Boʻlaklangan mevalar yoki bevosita isteʼmol qilinadigan boshqa oziq-ovqat mahsulotlari ularning buzilishi yoki ifloslanishini oldini olish maqsadida yopiq sovutgich-vitrinalarda sotilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlarini sotishdan oldin xom isteʼmol qilish uchun moʻljallangan boshqa oziq-ovqat mahsulotlari yoki yarim tayyor mahsulotlar bilan birga yuvish mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchun ishlatiladigan muzni konservantlar yoki kimyoviy boshqa moddalar qoʻshmasdan toza ichimlik suvidan tayyorlash lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Muzni tayyorlash va saqlash jarayonida ifloslanishga yoʻl qoʻymaslik kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Qadoqlanmagan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor taomlarni sotishda toza qisqichlar, qoshiqlar, sanchqilardan foydalanilishi yoki bir martalik qoʻlqop kiyilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Tayyor oziq-ovqat mahsulotlarini uzoq vaqt davomida sotishda “Oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddati, ularni saqlash va tashishga qoʻyiladigan gigiyenik talablar (0054-23-son SanQvaN)”da belgilangan oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash haroratlariga rioya qilish kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. Sotuv jarayonida oziq-ovqat paketlarini, oʻramlarini yoki qadoqlarini ogʻiz orqali puflab ochish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64. Oziq-ovqat mahsulotlarini sotish jarayonida band boʻlgan xodim qogʻoz pullarni ushlamasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Xodimlarning shaxsiy gigiyena talablari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65. Xodimlarni ishga kirishdan oldin dastlabki va keyinchalik davriy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66. Xodimlar shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishi uchun bir marotabalik sochiq va boshqa quritish moslamalari yetarli miqdorda va toza holatda boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
67. Xavf-xatarni oldini olish maqsadida ishchi xodimlar ochiq yaralar, tirnalgan, kesilgan yoki boshqa teri jarohati boʻlganda, jarohatni plastir bilan berkitishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
68. Xodimlar quyidagi hollarda qoʻllarni suyuq sovun bilan yuvishi va dezinfeksiya qilishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ish boshlashdan oldin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishdagi har bir tanaffusdan keyin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir jarayondan ikkinchisiga oʻtishda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ifloslangan narsalarga qoʻl orqali tegilgandan keyin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hojatdan oldin va keyin ikki marta;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toza maxsus kiyim (poyabzal bilan birgalikda) kiyishdan va ish boshlashdan oldin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
69. Maxsus kiyim ustidan har qanday ustki kiyim kiyish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
70. Savdo korxonasi hududidan chiqishda va oziq-ovqat mahsulotlariga aloqador boʻlmagan xonalarga kirib borishda maxsus kiyimni yechish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71. Mazkur sanitariya qoidalarini ishlab chiquvchilar roʻyxati ilovada koʻrsatilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Oziq-ovqat savdosi bilan shugʻullanuvchi savdo korxonalariga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablariga ( 0068-24-son SanQvaN)

ILOVA

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Ishlab chiquvchilar roʻyxati:

R.T. Kamilova

Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti direktori v.v.b., t.f.d., professor;

A.S. Xudayberganov

Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti, Ovqatlanish gigiyenasi laboratoriya mudiri, t.f.d., professor;

A.D. Ismailov

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, Sanitariya-gigiyena boshqarmasi bosh mutaxassisi, t.f.n.;

A.R. Nosirova

Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi, PhD;

L.I. Isakova

Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi, PhD

E.B. Navruzov

Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi, PhD;

L.M. Basharova

Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti doktoranti, PhD;

Sh.T. Aripov

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, Sanitariya-epidemiologik xulosalarni rasmiylashtirish boʻlimi bosh mutaxassisi

Taqrizchilar roʻyxati:

D.A. Zaredinov

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, Gigiyena kafedrasi mudiri, t.f.d., professor;

F.I. Salomova

Toshkent tibbiyot akademiyasi, Atrof-muhitni muhofaza qilish gigiyenasi kafedrasi mudiri, t.f.d., professor;

M.A. Xamrakulova

Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti, Kasb kasalliklari klinikasi, diagnostikasi va davolash laboratoriyasi mudiri, t.f.d., professor.