Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
Odamning immunitet tanqisligi virusini yuqtirib olgan shaxslar ishlashi man etilgan kasbiy faoliyat turlari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 19-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3497]
Oʻzbekiston Respublikasining “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Odamning immunitet tanqisligi virusini yuqtirib olgan shaxslar ishlashi man etilgan kasbiy faoliyat turlari roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining “Odamning immunitet tanqisligi virusini yuqtirib olgan shaxslar ishlashi man etilgan kasbiy faoliyat turlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2014-yil 23-apreldagi 7-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2581, 2014-yil 7-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 19-son, 219-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan kelishilgan
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. XUDAYAROV
Toshkent sh.,
2024-yil 10-yanvar,
1-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi K. RAFIKOV
2023-yil 19-dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. MUSAYEV
2023-yil 28-dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2024-yil 10-yanvardagi 1-son buyrugʻiga
ILOVA
Odamning immunitet tanqisligi virusini yuqtirib olgan shaxslar ishlashi man etilgan kasbiy faoliyat turlari
ROʻYXATI
1. Odam qoni va (yoki) uning tarkibiy qismlarini tayyorlash, qayta ishlov berish hamda gemotransfuziya bilan bogʻliq kasblar.
2. Barcha turdagi jarrohlik amaliyoti bilan bogʻliq kasblar.
3. Tugʻruq bilan bogʻliq kasblar.
4. Quyidagi tibbiy muolajalar bilan bogʻliq kasblar:
dializ;
veneseksiya;
kateterizatsiya.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 10/24/3497/0135-son)