OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRINING
buyrugʻi
Odamning immunitet tanqisligi virusini yuqtirib olgan shaxslar ishlashi man etilgan kasbiy faoliyat turlari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 7-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2581]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2024-yil 10-yanvardagi 1-sonli “Odamning immunitet tanqisligi virusini yuqtirib olgan shaxslar ishlashi man etilgan kasbiy faoliyat turlari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3497, 19.02.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 39-son, 507-modda) muvofiq buyuraman:
1. Odamning immunitet tanqisligi virusini yuqtirib olgan shaxslar ishlashi man etilgan kasbiy faoliyat turlari roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. ALIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 23-aprel,
7-son
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2014-yil 23-apreldagi 7-sonli buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Odamning immunitet tanqisligi virusini yuqtirib olgan shaxslar ishlashi man etilgan kasbiy faoliyat turlari
ROʻYXATI
1. Qon va uning tarkibiy qismlarini tayyorlash va ularga qayta ishlov berish bilan bogʻliq kasblar.
2. Qon va uning tarkibiy qismlari, sperma va koʻkrak sutini qabul qilish bilan bogʻliq kasblar.
3. Gemotransfuziya bilan bogʻliq kasblar.
4. Quyidagi tibbiy muolajalar bilan bogʻliq kasblar:
inyeksiyalar;
dializ;
veneseksiya;
kateterizatsiya.
5. Kosmetik va plastik operatsiyalar bilan bogʻliq kasblar.
6. Stomotologik muolajalar bilan bogʻliq kasblar.
7. Tugʻruq bilan bogʻliq kasblar.
8. Abort va boshqa ginekologik operatsiyalar bilan bogʻliq kasblar.
9. Soch va soqol olish, pirsing, manikyur, pedikyur hamda tatuaj bilan bogʻliq kasblar.
10. Mazkur Roʻyxat Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
2014-yil 23-aprel
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
2014-yil 23-aprel
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 19-son, 219-modda)