09.01.2024 yildagi PQ-7-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 09.01.2024 yildagi PQ-7-son
Date of entry into force
15.01.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yilda yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligiga koʻmaklashish dasturi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Koʻchirma]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va yangi ish oʻrinlarini yaratishga qaratilgan imtiyozli resurslar, mexanizm va yengilliklardan foydalanish samaradorligini oshirish orqali aholi bandligini taʼminlash, iqtisodiyot tarmoqlarida rasmiy band boʻlgan fuqarolarni ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan masʼul vazirliklar, idoralar, tijorat banklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan, quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi 2024-yilda yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligiga koʻmaklashish dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) maʼqullansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yilda 5 million aholining doimiy, mavsumiy va vaqtinchalik ishlarda bandligini taʼminlashning yigʻma maqsadli koʻrsatkichlari 1-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yilda yirik va hududiy investitsiya loyihalarini ishga tushirish hisobiga yangi ish oʻrinlarini tashkil etishning maqsadli koʻrsatkichlari 1.1-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yilda xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish hisobiga aholi bandligini taʼminlash va yangi ish oʻrinlarini tashkil etishning maqsadli koʻrsatkichlari 1.2-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yilda qishloq xoʻjaligi sohasida aholini doimiy va mavsumiy ishlarda band qilishning maqsadli koʻrsatkichlari 1.3-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yilda qurilish sohasida aholini doimiy va vaqtinchalik ishlarda band qilishning maqsadli koʻrsatkichlari 1.4-ilovaga* muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi moliyaviy xizmat turlarini joriy qilish, shu jumladan mikromoliyalashni kengaytirish orqali 2024-yilda 2 million aholini biznesga jalb qilishning maqsadli koʻrsatkichlari 2-ilovaga* muvofiq.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Dasturning amalga oshirilishini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida 3-ilovaga* muvofiq 83 trillion soʻm va xalqaro moliya institutlarining 274,5 million AQSh dollari miqdoridagi mablagʻlari, shu jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kichik tadbirkorlik subyektlariga kreditlar ajratish uchun — 41 trillion soʻm;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish uchun — 40 trillion soʻm;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan kichik va oʻrta biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun — 1,5 trillion soʻm;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholi bandligiga koʻmaklashish va ish beruvchilarni ragʻbatlantirish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar uchun — 462 milliard soʻm;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish uchun-xalqaro moliya institutlarining 274,5 million AQSh dollari miqdoridagi mablagʻlari yoʻnaltirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini boshlashini ragʻbatlantirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Markaziy bank, “Oʻzmilliybank” AJ va boshqa davlat ishtirokidagi tijorat banklarining quyidagi takliflari maʼqullansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy soliq toʻlayotgan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun “Biznesga birinchi qadam” bank kartalari orqali 5 million soʻmgacha miqdorda bir yil muddatgacha mikroqarzlar taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kamida 6 oy faoliyat yuritgan va hisobvaraqlarida (bank kartalarida) pul aylanmalarini amalga oshirgan kichik tadbirkorlik subyektlariga faoliyatini kengaytirish uchun mikrokreditlar ajratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur kichik banddagi tadbirlarni moliyalashtirish uchun 2024-yilda tijorat banklari tomonidan 1 trillion soʻm, shu jumladan “Oʻzmilliybank” AJ tomonidan 100 milliard soʻm mablagʻ ajratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) “Biznesni rivojlantirish banki” ATB ikki oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi “Mening biznesim” elektron platformasini joriy etsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat stajiga ega boʻlmagan fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish orqali ularning bandligini taʼminlashga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aholiga biznesni yoʻlga qoʻyish uchun kreditlar ajratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faoliyatini boshlagan tadbirkorlik subyektlariga mahsulotini sotish va xizmat koʻrsatish uchun bozorlar topishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan 100 million soʻmgacha garovsiz ajratiladigan kreditlarning 50 foizini ularning bank kartasiga oʻtkazib berishga ruxsat berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki, 2024-yil 1-yanvardan 2025-yil 1-yanvarga qadar mikrofirma va kichik korxonalar tomonidan yaratilgan har bir yangi ish oʻrni uchun oylik ish haqi boʻyicha toʻlangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining 50 foizi respublika budjetidan ish beruvchiga (har bir ishchi uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki barobaridan oshmagan miqdorda) qaytarib beriladi hamda ularga ijtimoiy soliq stavkasi 50 foizga kamaytirilgan holda qoʻllanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, mazkur imtiyoz “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan fuqarolar ishga qabul qilinganda hamda ushbu fuqarolarga har bir oy uchun ish haqi miqdori mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam boʻlmagan miqdorda hisoblanganda qoʻllanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 2021 — 2023-yillarda 3,2 trillion soʻmlik markazlashgan mablagʻlar hisobidan tashqi infratuzilma bilan toʻliq taʼminlangan 160 ta maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida (keyingi oʻrinlarda — sanoat zonalari) investitsiya loyihalari joylashtirilishini jadallashtirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2024-yil 1-martga qadar sanoat zonalarida joylashtirish uchun istiqbolli loyihalar roʻyxatini Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasiga kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyihalarni ishga tushirishgacha boʻlgan barcha jarayonlarda loyiha tashabbuskorlariga hamrohlik qilsin hamda ularning mahsulotiga bozor topishga koʻmaklashsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Iqtisodiyot va moliya vazirligi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda 2024-yilda respublika budjetida sanoat zonalarini infratuzilma bilan taʼminlash uchun koʻzda tutilgan 1,5 trillion soʻm mablagʻlarning maqsadli ravishda oʻz vaqtida toʻliq moliyalashtirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 1-martga qadar 2018 — 2022-yillarda realizatsiya qilingan yer uchastkalarini xatlovdan oʻtkazsin va ishga tushirilmagan loyihalar roʻyxatini shakllantirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Savdo-sanoat palatasi, Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda tijorat banklari bilan birgalikda 2024-yil 1-aprelga qadar loyihalarni ishga tushirish, shu jumladan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, infratuzilma tarmoqlariga ulash, asbob-uskunalarni ishga tushirish, ruxsat berish hujjatlarini olishga koʻmaklashish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, mahalliy hokimliklar va tijorat banklari bilan birgalikda 2024-yilda “agregator” tizimi asosida quyidagilarni nazarda tutuvchi “100 ming eksportchi dehqon” dasturini joriy qilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-2023-yillarda dehqon xoʻjaliklariga ajratilgan yer uchastkalarida mahsulot yetishtirish samaradorligini baholash asosida yuqori qiymatli eksportbop mahsulotlar yetishtirishni yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yilda eksportbop mahsulotlar yetishtirish uchun maydoni 1 gektargacha boʻlgan jami 15 ming gektar yer uchastkasini elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha tashabbuskorlariga “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasida 100 million soʻmgacha garovsiz, 150 million soʻmgacha garov talabi 50 foizgacha pasaytirilgan kreditlar ajratish, shuningdek, 1,5 milliard soʻmgacha lizing xizmatlarini koʻrsatish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yirik tomorqa yer egalarining suv chiqarish, kichik texnikalar xarid qilish va oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasidagi loyihalariga ajratiladigan kreditlarning 50 foiz qismini bank kartasiga oʻtkazib berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
katta hajmli sovitkichli omborlarni tashkil qilish uchun “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJning 10 milliard soʻmgacha 7 yil muddatga xizmatlar ipotekasini taqdim etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Hisob palatasi ushbu qarorga 3-ilovaga* muvofiq xalqaro moliya institutlaridan jalb qilingan mablagʻlarning oʻzlashtirilishini tahlil qilib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. 2024-yilda yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligiga koʻmaklashish dasturini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 1 — 1.4, 2, 3, 4-ilovalar berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. 2024-yil 1-fevraldan shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi har oyning 15-sanasiga qadar Dastur doirasida yaratilgan yangi ish oʻrinlari va bandligi taʼminlangan aholi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni idoralararo elektron axborot almashinuvi orqali Soliq qoʻmitasiga taqdim etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliq qoʻmitasi har oyning 20-sanasiga qadar aholi bandligi va ish oʻrinlari hisobining haqqoniyligini tekshirib, natijalari boʻyicha maʼlumotni Vazirlar Mahkamasiga kiritib boradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Statistika agentligi uch oy muddatda Xalqaro mehnat tashkiloti mezonlari asosida aholi bandligi va ishsizlik hisobini yuritishning yangi metodologiyasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki hafta muddatda tuman (shahar)lar kesimida choraklik maqsadli koʻrsatkichlarni ishlab chiqib, ularning Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlarida muhokamadan oʻtkazilishini va hududiy (manzilli) dasturlarning qabul qilinishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Savdo-sanoat palatasi Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir hafta muddatda hududlarda sayyor qabullar oʻtkazish reja-grafigini tasdiqlasin, tadbirkorlik subyektlari tomonidan koʻtarilgan masalalarni joyida hal qilish choralarini koʻrib borsin va murojaatlar tahlili asosida tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga har oyda takliflar kiritib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Quyidagilar Dastur ijrosini taʼminlashga shaxsan masʼul etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L.Sh. Kudratov, Savdo-sanoat palatasi raisi D.A. Vahobov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, vazirlik va idoralar rahbarlari — yirik va hududiy investitsiya loyihalari boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari I.I. Norqulov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari — xizmat koʻrsatish yoʻnalishi boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi vaziri I.Y. Abduraxmonov, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A.A. Xaitov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari — qishloq xoʻjaligi yoʻnalishi boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi Sh.S. Xidoyatov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari — qurilish yoʻnalishi boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B.A. Musayev — bandlik organlari tomonidan aholi bandligini taʼminlash va yaratilgan ish oʻrinlari hisobini yuritish boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank raisi oʻrinbosari A.A. Turdaliyev va tijorat banklari raislari — yangi moliyaviy xizmatlarni joriy qilish, shu jumladan mikromoliyalashni kengaytirish orqali 2024-yilda 2 million aholini biznesga jalb qilish boʻyicha.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholini kichik va oʻrta biznesga keng jalb qilish boʻyicha respublika komissiyasi (J.A. Qoʻchqorov) har chorakda Dastur ijrosini tanqidiy muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 9-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-7-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2024-y., 07/24/7/0028-son)