Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
15.05.2024
04.04.2023
10.03.2023
13.01.2022
15.04.2020
29.12.2019
12.10.2018
18.06.2018
View
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.03 Davlat mulki obyektlarini sotish]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Davlat mulki obyektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha elektron savdolar o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat aktivlarini sotishda va ijaraga berishda elektron savdolarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 22-martdagi 209-son qaroriga muvofiq, davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tartibini takomillashtirish, ularni sotish mexanizmlari va tartibotlari samaradorligini oshirish, shuningdek, davlat mulki obyektlariga doir bitimlarni sodir etishda ommaviylik va shaffofligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Davlat mulki obyektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha elektron savdolar o‘tkazish uchun materiallar tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmuradov, va Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2018-yil 16-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
454-son

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyundagi 454-son qaroriga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat mulki obyektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha elektron savdolar o‘tkazish uchun materiallar tayyorlash tartibi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nizom

1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom elektron shaklda o‘tkaziladigan auksionlar va tanlovlar vositasida mas’uliyati cheklangan jamiyatlarning ustav fondlaridagi (ustav kapitallaridagi) davlat ulushlarini, davlat ko‘chmas mulk obyektlarini sotish hamda davlat mulkini nodavlat yuridik va jismoniy shaxslarga ijaraga berish uchun materiallar tayyorlash tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomning amal qilishi quyidagi holatlarda yuzaga keladigan munosabatlarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) davlat mulki obyektlarini:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sudning qarori asosida sotishda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalari hududlarida joylashgan davlat mulki obyektlarini sotishda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat komissiyasi) qarori asosida, agar uning qarorida boshqacha holat nazarda tutilgan bo‘lmasa;
(2-band “a” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 139-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida sotishda, agar ushbu qarorlarda boshqacha holat nazarda tutilgan bo‘lmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(2-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalari hududida joylashgan davlat mol-mulkini ijaraga berishda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘char mulkni ijaraga berishda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida ijaraga berishda, agar ushbu qarorlarda boshqacha holat nazarda tutilgan bo‘lmasa, tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu Nizomning maqsadlari uchun quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijarachi — davlat mulkining ijara shartnomasini ushbu Nizomda belgilangan shartlar asosida va tartibda tuzgan nodavlat yuridik yoki jismoniy shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijaraga beruvchi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
balansda saqlovchi — sotiladigan (ijaraga beriladigan) davlat mulki obyekti biriktirilgan yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat mulki — davlat korxonalari va budjet tashkilotlariga biriktirilgan mol-mulk, shuningdek, ommaviy mulkni tasarruf etuvchi yoxud vakolatli davlat organi tomonidan yuridik shaxslarga tasarruf etish huquqisiz (davlat mulki obyektlarini investitsiya majburiyatlari va boshqa majburiyatlar bilan sotish hollari bundan mustasno) berilgan yuridik shaxslarning mol-mulki (shu jumladan, texnoparklar hududidagi davlat mulki);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya majburiyatlari — pul bilan baholanadigan va qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmagan shakllarda amalga oshiriladigan davlat mulki obyektini sotishda davlat mulki obyektiga investitsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha xaridor tomonidan qabul qilinadigan majburiyatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov hujjatlari — davlat mulki obyektining texnik tartiboti, tijorat, tashkiliy va boshqa xususiyatlari haqida hamda tanlovning shartlari va tartiboti haqida boshlang‘ich ma’lumotni o‘z ichiga olgan, “E-auksion” elektron savdo platformasida sotuvchi tomonidan belgilanadigan tanlovni o‘tkazish qoidalari, tanlov taklifining shakllaridan iborat bo‘lgan hujjatlar to‘plami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov taklifi — tanlov hujjatlarida belgilanadigan shartlarda shartnomani tuzish taklifi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshlang‘ich narx — davlat mulki obyektini savdolarga qo‘yishda sotuvchi tomonidan qo‘yilgan narx;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat mulki obyektlari — davlatga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk, mulkiy huquqlar va davlat ulushlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operator — “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksionlarni (tanlovlarni) tashkil etish va o‘tkazish vakolati berilgan “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” aksiyadorlik jamiyati;
(3-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g‘olib — davlat mulki obyekti uchun eng yuqori narxni taklif etgan yoki uning tanlov taklifi tanlovning shartlariga eng yuqori darajada mos bo‘lgan savdolar ishtirokchisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xaridor — sotuvchi bilan davlat mulki obyektining oldi-sotdi shartnomasini (keyingi o‘rinlarda — oldi-sotdi shartnomasi) tuzgan savdolar g‘olibi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sotuvchi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) yoki uning hududiy boshqarmasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy majburiyatlar — davlat mulki obyektini sotishda xaridor tomonidan qabul qilinadigan, pul bahosiga ega bo‘lmagan va qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmagan shakllarda amalga oshiriladigan majburiyatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“E-auksion” elektron savdo platformasi (keyingi o‘rinlarda — platforma) — elektron onlayn-auksionlar va tanlovlarni tashkil etish va o‘tkazish uchun zarur axborotni kiritish, saqlash va qayta ishlash, shuningdek, istagi bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning bunday auksionlar va tanlovlar jarayonlariga bevosita kirish va ishtirok etish imkonini ta’minlaydigan axborot tizimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tanlov shartlari — tanlovni o‘tkazish tartibi, davlat mulki obyektlarining soni va o‘lchamlari, ular bo‘yicha majburiyatlar, ishtirokchilarga qo‘yiladigan investitsion va ijtimoiy majburiyatlar hamda talablar yuzasidan sotuvchi tomonidan belgilanadigan shartlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron onlayn-auksion (keyingi o‘rinlarda — auksion) — xaridorni (ijarachini) musobaqa asosida aniqlash bo‘yicha platformada o‘tkaziladigan savdolar shakli, bunda davlat mulki obyektining oldi-sotdi (ijara) shartnomasini tuzish huquqiga ommaviy tarzda eng katta narxni taklif etgan ishtirokchi ega bo‘ladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron hujjat — elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo (keyingi o‘rinlarda — ERI) bilan tasdiqlangan axborot. Elektron hujjat bitimni amalga oshirishning isboti sifatida qo‘llanishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron tanlov (keyingi o‘rinlarda — tanlov) — platformada ishtirokchilar tomonidan tanlov hujjatlarining mezonlari va shartlariga muvofiq taqdim etilgan eng yaxshi takliflarni tanlash yo‘li bilan xaridorni aniqlash bo‘yicha savdolarning shakli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Balansda saqlovchi savdolarda sotiladigan (ijaraga beriladigan) davlat mulki obyektidan foydalanish imkonini va uning xaridorga (ijarachiga) o‘tish paytigacha saqlanishini ta’minlaydi va u haqdagi ma’lumotning haqqoniyligi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Davlat mulki obyektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish uchun materiallar ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha tayyorlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Operator savdolarni o‘tkazish qoidalari va reglamentini belgilaydi va uning barcha manfaatdor shaxslarning tanishib chiqishi uchun, shu jumladan, platformada tanishish uchun doimiy ochiqligini ta’minlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Boshlang‘ich narx sotib olish qiymati bo‘yicha — davlat mulki obyekti (ulushi) qiymatini baholash to‘g‘risida baholash tashkilotining hisobotida va baholash to‘g‘risidagi hisobotning ishonchliligini ekspertizadan o‘tkazish natijalari haqidagi ekspert xulosasida belgilangan miqdorda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda quyidagi holatlarda baholash hisobotlari haqqoniyligini majburiy ekspertizadan o‘tkazish talab etilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat mulki obyekti (ulushi) baholash xalqaro nufuzga ega auditorlik kompaniyalarining O‘zbekistonda belgilangan tartibda faoliyat yuritayotgan shu’ba korxonalari tomonidan amalga oshirilganda;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 67-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat mulki obyekti (ulushi) “E-auksion” elektron savdo platformasida auksion savdolariga chiqarilganda.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Savdolarni tashkil etish uchun materiallar tayyorlash va buyurtma yuborish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Savdolarni o‘tkazish uchun sotuvchi (ijaraga beruvchi):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operator bilan platformada savdolarni o‘tkazish bo‘yicha elektron xizmatlar ko‘rsatilishi yuzasidan shartnoma tuzadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sotiladigan (ijaraga beriladigan) davlat mulki obyektlari to‘g‘risidagi axborotni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oshkor qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
operatorga buyurtma va unga ilova qilinadigan elektron hujjatlarning namunalari yuborilishini ta’minlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni bajaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Operator sotuvchi yoki ijaraga beruvchi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq elektron xizmatlarni ko‘rsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Savdolarni o‘tkazishga tayyorgarlik sotuvchining (ijaraga beruvchining) ichki tartibotlariga va ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Savdolar o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabarnomani e’lon qilishdan oldin sotuvchi (ijaraga beruvchi) har bir sotiladigan (ijaraga beriladigan) davlat mulki obyekti bo‘yicha operatorga yuboriladigan buyurtmaga quyidagilarni ilova qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) sotish (ijara) obyekti yuzasidan ma’lumot, ushbu Nizomga 2 — 4-ilovalarga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) sotish (ijara) obyektining balansda saqlovchisi haqidagi ma’lumot (pochta va elektron manzil, telefon, faks);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) ijaraga beriladigan binolar va inshootlar bo‘yicha ijara haqini hisoblash (ijara haqining tayanch stavkasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) mavjud yuklatilgan majburiyatlar to‘g‘risidagi ma’lumot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) sotish obyekti (ulush) bo‘yicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda sotuvchi tomonidan savdoga chiqarish to‘g‘risidagi buyruqning skaner qilingan nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sotiladigan davlat mulki obyektini baholash hisoboti — sotib olish qiymati evaziga sotishda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ulushini sotishda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xatlov komissiyasining a’zolari va rahbari tomonidan imzolangan jamiyatning mol-mulk xatlovi va moliyaviy majburiyatlari dalolatnomalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyat ijroiya organining birinchi rahbari tomonidan imzolangan va jamiyat muhri bilan tasdiqlangan oxirgi yil uchun moliyaviy hisobotlarning nusxalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyektning binolari va inshootlarining fotosuratlari, kamida 4 dona;

davlat ko‘chmas mulk obyektini sotishda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyektning binolari va inshootlarining fotosuratlari, kamida 4 dona;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiylashtirish bo‘yicha komissiyaning a’zolari va rahbari tomonidan imzolangan xatlov dalolatnomalari — xarid qiymatida sotilgan taqdirda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ko‘chmas mulk obyektining kadastr hujjatlari, shu jumladan, kadastr xaritasi (rejasi) va boshqa huquqlarni belgilovchi hujjatlarning nusxalari (mavjud bo‘lganda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yer uchastkasiga (yer osti boyliklari va boshqa tabiiy resurslarga — mavjud bo‘lganda) bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) faoliyatning ixtisosligini saqlab qolish zarurligi haqida ko‘rsatma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) faoliyatning ixtisosligi saqlanishi muddati (agar uning saqlanishi nazarda tutilgan bo‘lsa);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) sotiladigan davlat ko‘chmas mulk obyektini tasarruf etish huquqiga ta’sir etadigan mavjud yuklangan majburiyatlar yoki cheklashlar to‘g‘risida ma’lumot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha organning xulosasi (zarur bo‘lganda);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
k) ijaraga beriladigan binolar va inshootlar bo‘yicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
balansda saqlovchi xatining skaner qilingan nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki tomonlama imzolanadigan elektron shartnoma;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyektning binolari va inshootlarining fotosuratlari, kamida 4 dona.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotuvchining (ijaraga beruvchining) qaroriga va qonunchilik hujjatlariga muvofiq platformadagi axborot bazasiga qo‘shimcha ma’lumot kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Sotish (ijaraga berish) obyektini platformada realizatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Sotiladigan davlat mulki obyektini kamida bir yil ijaraga oluvchi ijarachi arizaga O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining tegishli xizmatlari asosiy fondlarni modernizatsiyalash va kapital ta’mirlash amalga oshirilganligi haqidagi ekspertizasi xulosalarini, bandlik va mehnat munosabatlari organining sotiladigan davlat mulki obyektini ijaraga berish davrida yaratilgan yangi ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotnomasining elektron (skaner qilingan) nusxalarini ilova qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Obyektning oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish operator tomonidan bayonnoma rasmiylashtirilgan kundan boshlab o‘n ish kun ichida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat mulkini ijaraga berish elektron shaklda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash yo‘li orqali;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat mulki obyektlarini auksion yoki tanlovda sotishda elektron shaklda amalga oshiriladi.
(14-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotuvchi (ijaraga beruvchi) auksion yoki tanlov obyektini auksion yoki tanlov g‘olibiga zarar yetkazilmagan holda topshirishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Savdolar yakunlari ular bo‘yicha bekor qilingan yoxud oldi-sotdi shartnomalari bekor qilingan yoki haqiqiy emas deb hisoblangan davlat mulki obyektlarining savdolarga qo‘yilishi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat mulki obyektlarini davlat mulki obyektining boshlang‘ich narxi bo‘yicha sotib olish qiymati evaziga sotishda — agar savdolar yakunlari bekor qilingan sanadan boshlab yoki savdolarga qo‘yish sanasi va shartnomalarni bekor qilish yoki haqiqiy emas deb e’tirof etish sanasi o‘rtasidagi muddat ikki yildan oshmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bosqichma-bosqich pasaytirish mexanizmi qo‘llanganda, davlat mulki obyektlarini davlat mulki obyektining oxirgi savdolarga qo‘yilishi sanasiga kelib uning shakllantirilgan narxi bo‘yicha sotib olish qiymati evaziga sotishda — agar savdolar yakunlari bekor qilingan sanadan boshlab yoki ularni savdolarga qo‘yish sanasi va shartnomalarni bekor qilish yoki haqiqiy emas deb e’tirof etish sanasi o‘rtasidagi muddat bir yildan oshmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijaraga beriladigan davlat mulki obyektining ijara haqi tayanch stavkasining yillik miqdori bo‘yicha ijaraga berishda — agar savdolar natijalari bekor qilingan sanadan boshlab yoki savdolarga qo‘yish sanasi va shartnomalarni bekor qilish yoki haqiqiy emas deb e’tirof etish sanasi o‘rtasidagi muddat joriy yil uchun oxirgi tasdiqlangan eng kam ijara stavkasidan boshlab bir yildan oshmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat mulki obyektlarini Davlat komissiyasi yoki hududiy tanlov komissiyasining qarorida belgilangan tartibda tanlov savdolari orqali sotishda — agar savdolar yakunlari bekor qilingan sanadan boshlab yoki savdolarga qo‘yish sanasi va shartnomalarni bekor qilish yoki haqiqiy emas deb tan olish sanasi o‘rtasidagi muddat ikki yildan oshmasa amalga oshiriladi.
(15-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 139-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Agar savdolar yakunlari bekor qilingan sanadan boshlab yoki savdolarga qo‘yish sanasi va shartnomalarni bekor qilish yoki haqiqiy emas deb e’tirof etish sanasi o‘rtasidagi muddat ikki yildan oshgan bo‘lsa, davlat mulki obyekti takroriy baholanishi va belgilangan tartibda savdolarga qo‘yilishi zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Nazorat qilish va savdolarni tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etuvchi shaxslarning javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ushbu Nizom talablariga rioya qilinishi bo‘yicha nazorat Agentlik arbitraj komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Operator sotuvchi bilan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini sotish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish yuzasidan tuzilgan shartnoma shartlarining bajarilishi, savdolarning ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning saqlanishi va maxfiyligini ta’minlash uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 462-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Balansda saqlovchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sotiladigan (ijaraga beriladigan) davlat ko‘chmas mulk obyektlarining yangi mulkdorga topshirilish paytigacha saqlanishini ta’minlash, ularni qabul qilish-topshirish dalolatnomasini o‘z vaqtida rasmiylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu Nizomga muvofiq taqdim etiladigan ma’lumotlarning haqqoniyligi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Savdolarni tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etuvchi shaxslar talabgorlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning saqlanishi va maxfiyligi ta’minlanishi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 462-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Davlat mulki obyektlarini sotishda yoki ijaraga berishda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat mulki obyektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha elektron savdolar o‘tkazish uchun materiallar tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bosqich
Agentlik, uning hududiy boshqarmalari
Baholash tashkilotining obyekt qiymatini baholash hisobotida hamda baholash to‘g‘risidagi hisobotining ishonchliligi ekspertizasini o‘tkazish natijalari to‘g‘risida ekspert xulosasida aniqlangan miqdorda obyektlarni sotish to‘g‘risida buyruq chiqarish.
Bunda, davlat mulki obyekti (ulushi) baholash xalqaro nufuzga ega auditorlik kompaniyalarining O‘zbekistonda belgilangan tartibda faoliyat yuritayotgan shu’ba korxonalari tomonidan amalga oshirilganda;
davlat mulki obyekti (ulushi) “E-auksion” elektron savdo platformasida auksion savdolariga chiqarilganda ularni baholash to‘g‘risidagi hisobotning haqqoniyligini ekspertizadan o‘tkazish talab etilmaydi.
Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish to‘g‘risida hujjatlar to‘plamini ijobiy ko‘rib chiqishdan keyin 3 ish kun ichida
Obyektlarni sotish holatlarida, investitsion majburiyatlar minimal qiymati miqdori Davlat komissiyasi yoki hududiy tanlov komissiyasining qarori bilan belgilanadi.
Obyektni ijaraga berish holatlarida, tayanch stavkasi belgilangan tartibda aniqlanadi.
Obyektni ijaraga beruvchi va balansda saqlovchi tomonidan imzolangan xatlovdan o‘tkazish dalolatnomasi asosida 5 kun ichida
2-bosqich
Agentlik, uning hududiy boshqarmalari
Operator bilan savdolarni tashkil etish xizmatlarini ko‘rsatish yuzasidan shartnomani tuzish.
Xizmat ko‘rsatish shartnomasida ko‘rsatilgan muddatlarda
Agentlik, uning hududiy boshqarmalari, savdolar operatori
OAV da va Agentlik veb-saytida elektron savdolarni o‘tkazish (auksion yoki tanlov) to‘g‘risida e’lonni joylashtirish, sotish (ijaraga berish) uchun taklif etilgan obyektlar to‘g‘risida ma’lumotni oshkor etish.
Obyektlarni sotish holatida — elektron savdolar, auksion (tanlov) o‘tkazilishidan kamida 30 kun oldin
Obyektlarni ijaraga berish holatida — elektron savdolar, auksion o‘tkazilishidan kamida 15 kun oldin
Savdolar operatori
Savdolar tashkilotchisi tomonidan elektron savdolarda ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish.
Savdolarni o‘tkazish to‘g‘risida e’londa ko‘rsatilgan muddatlarda.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat mulki obyektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha elektron savdolar o‘tkazish uchun materiallar tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotiladigan davlat ulushi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MA’LUMOT

T/r
Ko‘rsatkich
Haqiqiy qiymati
1.
Jamiyat nomi
2.
Jamiyat STIR
3.
Jamiyat manzili
4.
Ustav kapitali (mln.so‘m)
5.
Jamiyatning ustav fondidagi davlat ulushi (%)
6.
Jamiyatning ustav fondidagi sotiladigan davlat ulushi (%)
7.
Sotiladigan ulushning narxi (ming so‘m)
8.
Yer uchastkasining egallagan umumiy maydoni (ga)
9.
Binolar va inshootlarning egallagan umumiy maydoni (kv.m)
9.1.
shu jumladan, qurilishi tugallanmagan
10.
Asosiy fondlarning balans qiymati (mln so‘m)
11.
Asosiy fondlarning eskirishi (%)
12.
Aylanma aktivlar (mln so‘m)
13.
Debitorlik qarzdorligi (mln so‘m)
14.
Kreditorlik qarzdorligi (mln so‘m)
15.
Sof foyda (zarar) (+/- mln so‘m)
16.
Ishchilarning o‘rtacha yillik soni (kishi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat mulki obyektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha elektron savdolar o‘tkazish uchun materiallar tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sotiladigan ko‘chmas mulk obyekti to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MA’LUMOT
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r
Ko‘rsatkich
Haqiqiy qiymati
1.
Nomi
2.
Joylashuvi
3.
Balansda saqlovchining nomi
4.
Yer uchastkasining egallagan umumiy maydoni (ga)
5.
Binolar va inshootlarning egallagan umumiy maydoni (kv.m)
6.
Qurilgan yili
7.
Asosiy faoliyat turi
8.
Kommunikatsiyalar bilan ta’minlanganligi
8.1.
Suv
8.2.
Gaz
8.3.
Elektr energiyasi
8.4.
Kanalizatsiya tarmog‘i
9.
Sotiladigan obyektning narxi (ming so‘m)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat mulki obyektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha elektron savdolar o‘tkazish uchun materiallar tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijaraga beriladigan davlat ko‘chmas mulk obyekti to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MA’LUMOT
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r
Ko‘rsatkich
Haqiqiy qiymati
1.
Nomi
2.
Joylashuvi
3.
Balansda saqlovchining nomi
4.
Binolar va inshootlarning egallagan umumiy maydoni (kv.m)
5.
Ijaraga beriladigan obyektning maydoni (kv.m)
6.
Qurilgan yili
7.
Asosiy faoliyat turi
8.
Kommunikatsiyalar bilan ta’minlanganligi
8.1.
Suv
8.2.
Gaz
8.3.
Elektr energiyasi
8.4.
Kanalizatsiya tarmog‘i
9.
Ijara haqining tayanch stavkasi
(ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.06.2018-y., 09/18/454/1360-son, 12.10.2018-y., 06/18/5552/2038-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son; 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son; 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)