29.09.2023 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3461
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrugʻi, 29.09.2023 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3461
Date of entry into force
03.10.2023
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
buyrugʻi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mayning faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 29-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3461]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-iyuldagi PQ-3832-son “Oʻzbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mayning faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direktor D. LI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 20-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
68-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2023-yil 20-sentabrdagi 68-son buyrugʻiga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mayning faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida mayning faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish hamda faoliyatni tashkil etish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
anonim kripto-aktiv — anonimlik prinsipi asosida ishlovchi (amalga oshirilgan operatsiyalar haqidagi maʼlumot yashirin boʻlgan) kripto-aktiv;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mayning faoliyati (bundan buyon matnda mayning deb yuritiladi) — hisoblash operatsiyalarini bajarish orqali maʼlumotlarning taqsimlangan reyestrini yuritish, bloklarning yaxlitligini yaratish va tasdiqlash faoliyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mayner — mayning bilan shugʻullanish maqsadida ruxsatnoma olgan yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mayning uskunalari — mayningni amalga oshirishga imkon beruvchi dasturiy-apparat va (yoki) texnik vositalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ruxsatnoma — vakolatli organ tomonidan maynerga mayningni amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yashirin mayning — maxsus dasturiy taʼminotdan foydalanish orqali uchinchi shaxslarning hisoblash quvvatlarida, ularga bildirmagan holda yoki roziligisiz mayningni amalga oshirish boʻyicha faoliyat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Roʻyxatga olish” axborot tizimi (bundan buyon matnda axborot tizimi deb yuritiladi) — vakolatli organ tomonidan maynerlarni masofaviy roʻyxatga olish va ruxsatnomani taqdim etishga moʻljallangan axborot tizimi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgor — mayning bilan shugʻullanish maqsadida ruxsatnoma olish uchun murojaat qiluvchi yuridik shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mayningni (maynerlarni) roʻyxatdan oʻtkazish — ruxsatnoma olish toʻgʻrisidagi arizani topshirish, qabul qilish va koʻrib chiqish, ruxsatnomani berish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, qayta rasmiylashtirish, amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va bekor qilish jarayoni bilan bogʻliq tadbirlar majmui.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mayning faqat yuridik shaxs tomonidan quyosh fotoelektr stansiyalari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasidan foydalangan holda amalga oshiriladi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maynerlar isteʼmol qilingan elektr energiyasini hisobga olish uskunasini oʻrnatib, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda yagona elektr energetika tizimiga ulanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Maynerlarga ruxsatnoma berish, ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish, unga oʻzgartirish kiritish hamda uning amal qilish muddatini uzaytirish, ruxsatnomaning amal qilish muddatini toʻxtatib turish, tugatish va bekor qilish faqat axborot tizimi orqali elektron shaklda mazkur Nizomning ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ruxsatnoma olish, uni qayta rasmiylashtirish va oʻzgartirish kiritish, ruxsatnomani amal qilish muddatini uzaytirish, toʻxtatib turish, tugatish hamda bekor qilish jarayonida talabgor nomidan ish yuritish vakolatiga ega boʻlgan shaxslar ishtirok etadi hamda ariza va boshqa hujjatlarni vakolatli organga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Mayner unga ruxsatnoma berilgan vaqtdan boshlab mayningni amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ruxsatnoma besh yil muddatga beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Maynerlar oʻz faoliyatini faqat roʻyxatga olingan paytda koʻrsatilgan manzilda, yongʻin xavfsizligi hamda sanitariya normalari va qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshirish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi hududida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yashirin mayningni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
anonim kripto-aktivlar mayningini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
roʻyxatga olingan paytda koʻrsatilgan manzilga mos kelmaydigan manzilda mayningni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mayningni ruxsatnomasiz amalga oshirish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Maynerlar amalga oshirilgan operatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni vakolatli organning soʻroviga asosan elektron shaklda taqdim etishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Maynerlar mayningni amalga oshirish natijasida olingan kripto-aktivlarni Oʻzbekiston Respublikasida kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyati bilan shugʻullanish uchun litsenziyaga ega boʻlgan kripto-birjalar (bundan buyon matnda kripto-birjalar deb yuritiladi) orqali sotishga haqli.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Ruxsatnomani mayningni amalga oshirish uchun boshqa yuridik shaxsga berish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Ruxsat berish talablari va shartlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Quyidagilar mayningni amalga oshirish uchun ruxsat berish talablari va shartlari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) mayningni amalga oshirish uchun quyosh fotoelektr stansiyasi orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasidan foydalanish, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) mayning uskunalarini oʻrnatish uchun moʻljallangan alohida joyning mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) mayningni faqat roʻyxatga olingan paytda koʻrsatilgan manzilda amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) mayning uskunalarini oʻrnatish uchun moʻljallangan joyning yongʻin xavfsizligi, sanitariya normalari va qoidalari hamda texnik xavfsizlik talablarini inobatga olgan holda, elektr energiyasi taʼminoti tizimining texnik sozligini taʼminlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) mayning yagona elektr energetika tizimiga ulangan holda amalga oshirilgan taqdirda, isteʼmol qilinadigan elektr energiyasi alohida hisoblanishini taʼminlash maqsadida Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga (EHNAT) ulanish imkoniyatiga ega boʻlgan, roʻyxatdan oʻtkazilgan elektr energiyasini hisobga olish asbobining mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) yashirin mayning, anonim kripto-aktivlar mayningini hamda muqaddam muomalada boʻlgan kripto-aktivlarni muomalaga kiritishni amalga oshirmaslik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) mayning toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni vakolatli organning talabiga muvofiq bepul taqdim qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) mayningni amalga oshirish uchun qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan yigʻimlarni oʻz vaqtida va toʻliq toʻlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Ruxsatnoma olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Talabgor ruxsatnoma olish uchun axborot tizimiga Yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali kirib, arizani quyidagi maʼlumotlarni koʻrsatgan holda elektron ravishda toʻldiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) yuridik shaxsning toʻliq nomi va tashkiliy-huquqiy shakli;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) yuridik shaxsning joylashgan yeri (pochta manzili), telefon raqami, elektron pochta manzili;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) mayning uskunalarini oʻrnatish uchun moʻljallangan joyning manzili;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) yuridik shaxsga xizmat koʻrsatadigan bank muassasasining nomi va xisobraqami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) murojaatning maqsadi (yangi ruxsatnoma olish, ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish yoki unga oʻzgartirish kiritish);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
j) mayningni amalga oshirish uchun quyosh fotoelektr stansiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi manbalari toʻgʻrisidagi quyidagi maʼlumotlar va hujjatlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgorga tegishli boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasidagi fotoelektr panellarining soni hamda ular orqali ishlab chiqariladigan elektr energiyasining umumiy miqdori, quyosh fotoelektr stansiyasidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma nusxasi va uning texnik xususiyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyosh fotoelektr stansiyasi talabgorga tegishli boʻlmagan taqdirda, elektr energiyasini yetkazib berish boʻyicha shartnoma hamda quyosh fotoelektr stansiyasi orqali ishlab chiqariladigan elektr energiyasining umumiy miqdori toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
z) mayning uskunalari toʻgʻrisidagi maʼlumot (uskuna modeli, ishlab chiqaruvchining nomi, uskunalar soni, uskunaning texnik yoʻriqnomasiga muvofiq isteʼmol qilinadigan elektr energiyasi miqdori, bojxona yuk deklaratsiyasi (BYD)ning yoki mayning uskunalariga egalik huquqini tasdiqlovchi boshqa hujjatning nusxasi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
i) mayning natijasida olinishi moʻljallanayotgan kripto-aktivlar roʻyxati hamda mazkur kripto-aktivlarning kripto-hamyon manzillari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur bandning “j” va “z” kichik bandlarida nazarda tutilgan hujjatlar arizaga ilova qilinadi hamda ular oʻqish mumkin boʻlgan yuqori sifatda “PDF”, “PNG” yoki “JPEG” formatlarda boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabgor ariza berish vaqtida amalga oshirmoqchi boʻlgan faoliyatining ruxsat berishga oid talab va shartlarga mosligini va ularga rioya etishini tasdiqlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Talabgorning arizada elektron pochta manzilini koʻrsatishi uning barcha xabarnoma va qarorlarni elektron hujjat shaklida olishga roziligini anglatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Ruxsatnoma berish yoki ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Vakolatli organ tomonidan arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Vakolatli organ tomonidan ruxsatnoma berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ariza va mazkur Nizomning 13-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlar hamda hujjatlar toʻliq taqdim etilgan kundan eʼtiboran yigirma kun ichida qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Tarkibi vakolatli organ rahbari tomonidan tasdiqlangan ekspert komissiyasi (bundan buyon matnda ekspert komissiyasi deb yuritiladi) taqdim etilgan arizani oʻn besh kun ichida koʻrib chiqadi hamda ruxsatnoma berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida xulosa tayyorlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Vakolatli organ ekspert komissiyasining xulosasi asosida besh kun ichida ruxsatnoma berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Vakolatli organ tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab bir kun ichida bu haqda talabgorni elektron tarzda xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Ruxsatnoma vakolatli organ tomonidan qaror qabul qilingan kundan boshlab bir kun ichida QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan holda elektron hujjat tarzida rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruxsatnoma rasmiylashtirilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruxsatnoma rasmiylashtirilgan kunning oʻzida axborot tizimida mayner uchun shaxsiy kabinet yaratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruxsatnoma mayner tomonidan qogʻoz koʻrinishida chop etilishi mumkin hamda qogʻoz koʻrinishida chop etilgan ruxsatnoma elektron shaklda berilgan hujjatga tenglashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruxsatnoma ruxsatnoma egasining arizasida koʻrsatilgan elektron pochta manziliga avtomatik tarzda yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Ruxsatnoma axborot tizimiga va vakolatli organning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi hamda tanishib chiqish uchun ochiq boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruxsatnomaning haqiqiyligi vakolatli organning rasmiy veb-sayti orqali tekshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Quyidagilar ruxsatnoma berishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Nizomning 13-bandida ruxsatnoma berish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar va (yoki) hujjatlarning toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgorning mazkur Nizomning 12-bandida belgilangan ruxsat berish talablari hamda shartlariga muvofiq emasligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri va (yoki) buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgorning mansabdor shaxslari va (yoki) taʼsischilarning iqtisodiy jinoyatlarda, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizm, ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatish, ularni moliyalashtirish, uyushgan jinoyatchilik, giyohvand moddalar noqonuniy savdosi, korrupsiya va axborot texnologiyalari bilan bogʻliq jinoyatlarda ishtirok etganligi yoki ishtirok etishda gumonlanayotganligi haqida maʼlumotlar mavjudligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruxsatnoma berishni maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan yoki mazkur bandda nazarda tutilmagan asoslarga koʻra rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Mazkur Nizomning 22-bandi ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan hollar aniqlanganda, agar arizada bartaraf etish mumkin boʻlgan kamchiliklar mavjud boʻlsa, vakolatli organ ularni bartaraf etish uchun talabgorga muddat beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi toʻgʻrisidagi xabarnoma, taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish usullari, shuningdek kamchiliklarni bartaraf qilib, arizani takroran toʻldirishi hamda tegishli hujjatlarni taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda talabgorning elektron pochta manziliga elektron hujjat tarzida bir kun ichida yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻladigan vaqtga mutanosib boʻlishi, lekin ushbu muddat oʻttiz ish kunidan ortiq boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida xabarnoma yuborilgan taqdirda, ruxsatnoma olish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati toʻxtatib turiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Xabarnomada koʻrsatilgan kamchiliklar bartaraf etilmagan yoki hujjatlar xabarnomada belgilangan muddatda taqdim etilmagan taqdirda, vakolatli organ ruxsatnoma berishni rad etish haqida qaror qabul qilishga haqli. Bunda, ruxsatnoma berishni kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Ruxsatnoma berish rad etilganligi haqidagi xabarnoma talabgorga rad etish sabablari, qonunchilikning aniq normalari va talabgor mazkur sabablarni bartaraf etib, arizani takroran taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda elektron hujjat tarzida yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabgor rad etish sabablarini bartaraf etishga va arizani takroran koʻrib chiqish uchun toʻldirishga haqli boʻlgan muddat ruxsatnoma berish rad etilganligi haqidagi xabarnoma olingan kundan eʼtiboran oʻn ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Talabgor ruxsatnoma berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan holda arizani takroran taqdim etganda, uning arizasi olingan kundan eʼtiboran yetti kundan oshmaydigan muddat ichida vakolatli organ tomonidan koʻrib chiqiladi hamda ruxsatnoma berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Talabgorning arizasini takroran koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Arizani takroran koʻrib chiqishda vakolatli organ tomonidan talabgorga ilgari bayon qilinmagan rad etish sabablarini keltirishga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan ilgari koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar va (yoki) hujjatlar bilan bogʻliq rad etish sabablari keltirilishi hamda mazkur Nizomning 22-bandi beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Ruxsatnoma berish rad etilganligi haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin talabgor tomonidan berilgan ariza yangidan topshirilgan hisoblanadi va vakolatli organ tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish, unga oʻzgartirish kiritish va uning amal qilish muddatini uzaytirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish axborot tizimida elektron tarzda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyekti oʻzgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, tadbirkorlik subyekti yoxud uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtganidan keyin besh ish kuni ichida shaxsiy kabineti orqali, koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi maʼlumotlar va (yoki) hujjatlarni taqdim etgan holda, ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish besh ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida ruxsatnomasi mavjud boʻlgan yuridik shaxslar qoʻshib yuborilgan taqdirda, ruxsatnomani mazkur Nizomning 32-bandida belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish uchun hujjatlar mayner tomonidan mazkur Nizomning 13-bandida belgilangan tartibda taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Mayner ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilguniga qadar, unda koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan ruxsatnoma asosida amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirishda axborot tizimiga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilganidan soʻng, ruxsatnoma egasining shaxsiy kabinetiga va arizada koʻrsatilgan elektron pochta manziliga avtomatik tarzda yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish uchun yigʻim undirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Ruxsatnomaning amal qilish muddati talabgorning arizasi asosida uzaytiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza mazkur Nizomning 13-bandida belgilangan tartibda ruxsatnomaning amal qilish muddati tugashidan kamida bir oy oldin vakolatli organga yuborilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish mazkur Nizomning 3 va 4-boblarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Ruxsatnoma maynerning arizasiga muvofiq vakolatli organ tomonidan quyidagi hollarda oʻzgartirilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) mayningni amalga oshirish manzilining oʻzgarishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) ilgari keltirilgan maʼlumotlar (mayning uskunalarining modeli va soni, aloqa maʼlumotlari (elektron pochta va telefon raqami), fotoelektr panellar sonining koʻpayishi yoki kamayishi) oʻzgargan taqdirda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Ruxsatnomaga oʻzgartirish kiritish mazkur Nizomning 3 va 4-boblarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va bekor qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Ruxsatnomaning amal qilishi quyidagi hollarda toʻxtatib turilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mayner tomonidan ruxsat berish talablari va shartlarining buzilganligi aniqlanganida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mayner tomonidan vakolatli organning aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini uning zimmasiga yuklovchi qarori unda belgilangan muddatda bajarilmaganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Ruxsatnomaning amal qilishini oʻn kungacha muddatga toʻxtatib turish vakolatli organ tomonidan, oʻn kundan ortiq, lekin olti oydan koʻp boʻlmagan muddatga esa sud tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Vakolatli organ ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar mayner tomonidan bartaraf etish muddatini belgilashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, koʻrsatilgan muddat mayner ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarorni olgan kundan eʼtiboran besh ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Vakolatli organning ruxsatnomani amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori maynerga ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish sabablari va qonunchilikning aniq normalari koʻrsatilgan holda, qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay shaxsiy kabinet orqali yuboriladi hamda shaxsiy kabinet va axborot tizimida ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish haqidagi maʼlumot joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Belgilangan muddat ichida ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish uchun asos boʻlgan sabablar va kamchiliklar mayner tomonidan bartaraf qilinmasa, vakolatli organ ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish muddatini uzaytirish yoki ruxsatnomani bekor qilish haqida sudga daʼvo ariza kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar mayner tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, vakolatli organ holatlar bartaraf etilganligi toʻgʻrisida shaxsiy kabinet orqali tasdiqnoma olingan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida ruxsatnomaning amal qilishini qayta tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Vakolatli organ ruxsatnomaning amal qilishi qayta tiklanganligi toʻgʻrisida qaror qabul qilganidan soʻng bir ish kunidan oshmagan muddatda shaxsiy kabinet va axborot tizimida ruxsatnomaning amal qilishi qayta tiklanganligi haqidagi maʼlumotni joylashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Agar vakolatli organ tasdiqnoma olingan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida ruxsatnomaning amal qilishini qayta tiklash yoki qayta tiklashni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilmasa, mayner mazkur muddat oʻtganidan soʻng vakolatli organni shaxsiy kabinet orqali xabardor qilgan holda oʻz faoliyatini davom ettirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Mayner oʻz faoliyatini vaqtincha toʻxtatib turgan taqdirda, ruxsatnomaning amal qilishini olti oygacha muddatga toʻxtatib turish haqida vakolatli organga ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar mayner ruxsatnomaning amal qilishi toʻxtatib turilganidan keyin olti oy ichida ruxsatnomaning amal qilishini qayta tiklash toʻgʻrisida vakolatli organga ariza bilan murojaat etmagan boʻlsa, ruxsatnomaning amal qilishi tugatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish va qayta tiklash toʻgʻrisidagi axborot tegishli qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran bir ish kuni ichida vakolatli organning rasmiy veb-saytiga va axborot tizimiga joylashtirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Ruxsatnomaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ruxsatnoma berish tartibi bekor qilinganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ruxsatnomaning amal qilish muddati tugaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mayner tomonidan vakolatli organga ruxsatnomaning amal qilishini olti oygacha toʻxtatib turish toʻgʻrisida ariza bilan ilgari murojaat etilgan boʻlib, mazkur muddat ichida ruxsatnomaning amal qilishini qayta tiklash toʻgʻrisida vakolatli organga ariza bilan murojaat qilinmagan taqdirda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruxsatnomaning amal qilish muddati tugatilgan hollarda vakolatli organ tomonidan ruxsatnomaning amal qilishi tugatilganligi toʻgʻrisida qaror qabul qilish talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Ruxsatnoma quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mayner ruxsatnomani bekor qilish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat etganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxs tugatilganda — tugatilgan paytdan eʼtiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda — qayta tashkil etilgan paytdan eʼtiboran, bundan uning oʻzgartirilishi, shuningdek yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxsda amaldagi ruxsatnoma mavjud boʻlgan taqdirda qoʻshib yuborilishi mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mayner ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turishiga olib kelgan holatlarni vakolatli organ yoki sud belgilagan muddatda bartaraf etmaganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli organning ruxsatnomani berish toʻgʻrisidagi qarorining qonunga xilofligi aniqlanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mayner tomonidan mazkur Nizomning 58-bandida belgilangan ruxsat berish talablari va shartlari muntazam ravishda (bir yil davomida ikki va undan ortiq marotaba) yoki bir marotaba qoʻpol ravishda buzilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ruxsatnoma qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Ruxsatnomani bekor qilish mazkur Nizomning 54-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilarida belgilangan hollarda vakolatli organning qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ruxsatnoma sud tomonidan mazkur Nizomning 54-bandi toʻrtinchi — yettinchi xatboshilarida belgilangan hollarda bekor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakolatli organ tomonidan sudga ruxsatnomani bekor qilish toʻgʻrisida ariza yuborilgan kundan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay maynerga shaxsiy kabinet orqali sudga ruxsatnomani bekor qilish toʻgʻrisida yuborilgan arizaning asoslari, qonunchilikning aniq normalari koʻrsatilgan holda yetkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Ruxsatnoma mazkur Nizomning 54-bandi yettinchi xatboshisida koʻrsatilgan asos sababli bekor qilingan taqdirda, ruxsatnoma berilgan sanadan boshlab bekor qilingan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Vakolatli organ ruxsatnomani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran, bir ish kunidan kechiktirmay maynerga shaxsiy kabinet orqali ruxsatnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorning asoslarini, qonunchilikning aniq normalarini koʻrsatgan holda yetkazadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakolatli organ ruxsatnomani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay bu haqdagi maʼlumotni axborot tizimiga joylashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Mazkur Nizom bilan belgilangan ruxsat etish talablari va shartlarini bir marotaba qoʻpol ravishda buzilishlariga quyidagilar kiradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) yashirin mayning, anonim kripto-aktivlar mayningini hamda muqaddam muomalada boʻlgan kripto-aktivlarni muomalaga kiritishni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) roʻyxatga olingan paytda koʻrsatilgan manzildan boshqa manzilda mayningni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) mayningni amalga oshirish uchun quyosh fotoelektr stansiyasi orqali ishlab chiqarilmagan elektr energiyasidan foydalanilganda, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) yagona elektr energetika tizimiga ulangan holda mayning uchun isteʼmol qilingan elektr energiyasini hisobga olishni taʼminlash maqsadida Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga (EHNAT) mos keladigan alohida hisobga olish asbobining mavjud emasligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur bandning “a” — “g” kichik bandlarida koʻrsatilmagan ushbu Nizomning 12-bandida belgilangan ruxsat berish talablari va shartlarining bir yil davomida ikki va undan ortiq marotaba buzilishlari muntazam ravishda buzilishlar deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Ruxsat berish talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Mayner tomonidan ruxsat berish talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat vakolatli organ tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Vakolatli organ mayner tomonidan ruxsat berish talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilishda oʻz vakolatlari doirasida quyidagilarga haqli:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maynerdan kripto-aktivlar aylanmasi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini talab qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishilgan holda mayner tomonidan ruxsat berish talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ruxsat berish talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻladigan masalalar yuzasidan maynerdan zarur axborotni shaxsiy kabinet orqali soʻrash va olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tekshirishlar natijalari asosida mayner tomonidan ruxsat berish talablari va shartlariga doir qoidabuzarliklarni koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maynerga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday qoidabuzarliklarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Nizomga muvofiq ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki ruxsatnomani bekor qilish masalasi boʻyicha qaror chiqarish va (yoki) sudga murojaat qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ruxsatnomasiz mayning amalga oshirilayotganligi toʻgʻrisida aniqlangan faktlar haqidagi maʼlumotlarni belgilangan tartibda tegishli organlarga qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan choralar koʻrish uchun yuborish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Ruxsat berish talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda vakolatli organ xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ularning bittasi maynerga beriladi, ikkinchi nusxasi vakolatli organda qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Vakolatli organning ruxsatnoma berishni rad etish, amal qilishini toʻxtatib turish, bekor qilish haqidagi qarorlari, shuningdek vakolatli organ mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. Mazkur Nizom talablarini buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mayning faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mayning faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Bosqich

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Talabgor — yuridik shaxs

1. Mayning faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda nazarda tutilgan talablarga muvofiq ruxsatnoma olish uchun tegishli hujjatlarni, barcha texnik va boshqa vositalarni, joyni tayyorlaydi.

2. Mayning amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 13-bandida nazarda tutilgan barcha zarur maʼlumotlarni koʻrsatib oʻtgan holda elektron tizim orqali roʻyxatdan oʻtadi (onlayn ariza toʻldiradi).

Talabgorning ixtiyoriga koʻra

2-bosqich

Vakolatli organ

Ruxsatnoma olish uchun barcha kerakli maʼlumotlar mavjudligini (barcha maydonchalarni toʻldirilishini) tasdiqlaydi.

Taqdim etilgan kunda

3-bosqich

Vakolatli organ

Arizani va tegishli hujjatlarni koʻrib chiqadi va ruxsatnoma berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

20 kun muddatda

Vakolatli organ

1. Tarkibi vakolatli organning rahbari tomonidan tasdiqlangan ekspert komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va ular asosida ruxsatnoma berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi xulosa tayyorlaydi.

14 kun muddatda

2. Ekspert komissiyasining xulosasi asosida ruxsatnoma berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

5 kun muddatda

3. Ruxsatnoma berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi xabarnoma talabgorga elektron pochta manziliga elektron hujjat tarzida yuboradi.

1 kun muddatda

4-bosqich

Vakolatli organ

Ruxsatnoma QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan elektron hujjat tarzida rasmiylashtiradi va elektron tizimda talabgor uchun shaxsiy kabinet yaratadi.

1 ish kuni ichida

5-bosqich

Vakolatli organ

Ruxsatnoma berish uchun zarur boʻlgan hujjatlarning talabgor tomonidan toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilgan taqdirda, agar bartaraf etish mumkin boʻlgan kamchiliklar mavjud boʻlsa, ruxsatnoma talabgoriga 30 ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.

1 ish kuni ichida

6-bosqich

Talabgor

Vakolatli organga kamchiliklarni bartaraf etib tegishli hujjatlarni taqdim qiladi.

xabarnomada koʻrsatilgan muddatda

7-bosqich

Talabgor

Ruxsatnoma berish rad etilgan taqdirda, rad etish uchun asos boʻlgan kamchiliklarni bartaraf etib, hujjatlarni qaytadan taqdim etadi

Qayta qoʻrib chiqish uchun arizani muddati ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma olingan kundan boshlab 10 ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.

rad etilganligi haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddatda

8-bosqich

Vakolatli organ

Talabgor tomonidan qayta toʻldirilgan arizani koʻrib chiqadi va ruxsatnoma berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

7 kun muddatda

9-bosqich

Mayner

Yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyekti oʻzgartirilganda, uning nomi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, tadbirkorlik subyekti yoxud uning huquqiy vorisi shaxsiy kabinet orqali, koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi maʼlumotlar va (yoki) hujjatlarni taqdim etgan holda, ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza beradi.

qayta roʻyxatdan oʻtganidan keyin 5 ish kuni ichida

 

10-bosqich

Mayner

1. Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida ruxsatnomasi mavjud boʻlgan yuridik shaxslari qoʻshib yuborilgan taqdirda, ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida shaxsiy kabinet orqali, koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi maʼlumotlar va (yoki) hujjatlarni taqdim etgan holda, ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza beradi.

qayta roʻyxatdan oʻtganidan keyin 5 ish kuni ichida

2. Ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilguniga qadar, unda koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan ruxsatnoma asosida amalga oshiradi.

ruxsatnomani qayta rasmiylashtirilguniga qadar

11-bosqich

Vakolatli organ

1. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtiradi.

2. Elektron reyestrga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.

5 ish kuni ichida

12-bosqich

Mayner

Ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida ariza yoʻnaltiradi.

Ruxsatnomaning amal qilish muddati tugashidan 1 oydan kam boʻlmagan muddat ichida

13-bosqich

Vakolatli organ

Arizani va tegishli hujjatlarni koʻrib chiqadi va ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi xulosa tayyorlaydi.

ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun nazarda tutilgan muddatlarda

14-bosqich

Mayner

Ruxsatnomaga oʻzgartirish kiritish uchun quyidagi hollarda ariza yoʻnaltiradi:

a) faoliyatni amalga oshirish uchun manzilning oʻzgarishi;

b) ilgari keltirilgan maʼlumotlarga (mayning uskunalarining modeli va soni, aloqa maʼlumotlari (elektron pochta va telefon raqami), fotoelektr panellar sonining koʻpayishi yoki kamayishi) oʻzgartirish kiritilgan taqdirda.

muayyan asoslar yuzaga kelgan taqdirda

15-bosqich

Vakolatli organ

Arizani va tegishli hujjatlarni koʻrib chiqadi va ruxsatnomaga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisidagi xulosa tayyorlaydi.

ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun nazarda tutilgan muddatlarda

16-bosqich

Vakolatli organ

1. Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish va bekor qilish haqida qaror qabul qiladi.

muayyan asoslar yuzaga kelgan taqdirda

2. Ruxsat berish talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi.

doimiy ravishda

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2023-y., 10/23/3461/0743-son)