Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
09.10.2025
29.08.2025
30.04.2025
10.05.2024
12.09.2023
View
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.03.00 Sport tashkilotlari. Jismoniy sog‘lomlashtirish va sport yo‘nalishidagi jamoat birlashmalari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tizimidagi futbol akademiyalari va futbol maktablari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonda ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 7-apreldagi PQ-115-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonda ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 7-apreldagi PQ-115-son qaroriga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimidagi futbol mahorat maktablari amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga o‘tkazilganligi va ular futbol akademiyalari (keyingi o‘rinlarda — futbol akademiyalari) sifatida qayta tashkil etilganligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi futbol maktablari (keyingi o‘rinlarda — futbol maktablari) tashkil qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonunining 2-bobi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalarining ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalarining va futbol maktablarining namunaviy tuzilmalari 2 va 2a-ilovalarga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining futbol akademiyalari to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi futbol maktablari to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalarining direktori, direktor o‘rinbosarlari, treneri, sport tahlilchisi, sport seleksioneri (skaut) va boshqa ayrim xodimlari mehnatiga haq to‘lash hamda ularni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 5-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalarining o‘quvchilarini yashash uchun jihozlar, sport anjomlari va kiyim-bosh bilan ta’minlash hamda sutkalik oziq-ovqat normalari 6-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalariga nomzodlarni qabul qilish, o‘quv jarayonini tashkil etish, attestatsiyadan o‘tkazish va ularning o‘qishini ko‘chirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 7-ilovaga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tizimidagi ayrim sport maktablarining O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi futbol maktablariga o‘tkazilayotgan futbol maydonlari ro‘yxati 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-oktabrdagi 634-sonli “O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tizimidagi Milliy futbol markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.03.00 Sport tashkilotlari. Jismoniy sog‘lomlashtirish va sport yo‘nalishidagi jamoat birlashmalari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
futbol akademiyalariga futbol maktablari, sport maktablari, ixtisoslashtirilgan sport maktablari va boshqa sport-ta’lim tashkilotlarida dastlabki tayyorgarlikdan o‘tgan hamda boshqa iqtidorli nomzodlar tanlov asosida qabul qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
futbol akademiyalari o‘quvchilarini ovqatlantirish, turar joy va kiyim-bosh bilan ta’minlash xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalardan to‘lov undirilmaydi hamda o‘quvchilar tegishli mahalliy budjetlar mablag‘lari hisobidan oziq-ovqat, turar joy va kiyim-bosh bilan to‘liq ta’minlanadi;
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-oktabrdagi 634-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2025-y., 09/25/634/0916-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
futbol akademiyalari bosh buxgalteri va buxgalter yordamchisi mehnatiga haq to‘lashda ularning bazaviy tarif stavkalari tegishlicha direktor va direktor o‘rinbosari bazaviy tarif stavkalarining 50 foizi miqdorida qo‘llaniladi;
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-oktabrdagi 634-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2025-y., 09/25/634/0916-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
futbol maktablari yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan maktabdan tashqari sport-ta’lim muassasasi hisoblanadi va ularning faoliyati futbol bo‘yicha eng iqtidorli yoshlarni davlat va nodavlat ta’lim, sport tashkilotlaridan tanlab olish hamda ularni boshlang‘ich futbol tayyorgarligidan o‘tkazish orqali hududiy futbol akademiyalariga nomzodlarni yetkazib berishga yo‘naltiriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-oktabrdagi 634-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2025-y., 09/25/634/0916-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha ta’lim va tarbiya]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan birgalikda futbol akademiyalarining moddiy-texnika bazasi imkoniyatidan kelib chiqqan holda, umumiy o‘rta ta’lim dasturi bo‘yicha ta’lim olish jarayonlarini 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich futbol akademiyalari hududida tashkil etish choralarini ko‘rish tavsiya etilsin. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
futbol akademiyalarida o‘quv jarayoni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi hamda tasdiqlangan o‘quv rejaga asosan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
futbol akademiyalari o‘quvchilarini O‘zbekiston tarixi va chet tili fanlaridan chuqurlashtirilgan holda o‘qitish tizimi joriy etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-oktabrdagi 864-sonli “O‘quvchi va talaba yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan respublika sport musobaqalari tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi Respublika bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasiga o‘qishga qabulni 2024/2025 o‘quv yilidan e’tiboran boshlash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moslashtirilgan binolarda joylashtirilgan, yetarli darajada samarali faoliyat ko‘rsatmayotgan mavjud futbol maktablarini maqbullashtirish hisobiga ularning mol-mulki, sport anjomlari va trener kadrlarini O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi futbol maktablarining moddiy-texnika va o‘quv bazasini mustahkamlashga yo‘naltirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
futbol akademiyalari va futbol maktablarining infratuzilmasi hamda moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, ularni zamonaviy asbob-uskuna va jihozlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yildan boshlab belgilangan tartibda mahalliy budjetlarning orttirib bajarilgan qismi hamda qonunchilikda taqiqlanmagan manbalar hisobiga futbol maktablari uchun bino va inshootlarni qurish-ta’mirlash ishlarini tashkil etsin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan birgalikda:
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablaridagi iqtidorli futbolchilarni futbol akademiyalariga doimiy ravishda nomzod sifatida yo‘naltirib borsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ochiq tanlov asosida futbol akademiyalari hamda futbol maktablarini malakali kadrlar va trenerlar bilan to‘ldirish yuzasidan zarur choralar ko‘rsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
futbol maktablari trenerlari tomonidan sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablarining futbol maydonlarida mashg‘ulotlar tashkil etish bo‘yicha reja jadvalni ishlab chiqsin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-sonli “Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 9-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 9-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
458-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-sentabrdagi 458-son qaroriga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalarining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RO‘YXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r
Futbol akademiyasi nomi
1.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi futbol akademiyasi
2.
Andijon viloyati futbol akademiyasi
3.
Buxoro viloyati futbol akademiyasi
4.
Jizzax viloyati futbol akademiyasi
5.
Qashqadaryo viloyati futbol akademiyasi
6.
Navoiy viloyati futbol akademiyasi
7.
Namangan viloyati futbol akademiyasi
8.
Samarqand viloyati futbol akademiyasi
9.
Sirdaryo viloyati futbol akademiyasi
10.
Surxondaryo viloyati futbol akademiyasi
11.
Toshkent viloyati futbol akademiyasi
12.
Farg‘ona viloyati futbol akademiyasi
13.
Xorazm viloyati futbol akademiyasi
14.
Toshkent shahar futbol akademiyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonda ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 7-apreldagi PQ-115-son qaroriga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar futbol mahorati maktablari tegishlicha futbol akademiyalari sifatida qayta tashkil etilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-sentabrdagi 458-son qaroriga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalarining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY TUZILMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Trenerlar kengashi
Direktor
Direktorning sport ishlari bo‘yicha o‘rinbosari
1
Direktorning o‘quv va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari
1
Direktorning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni — 10 nafar, shu jumladan, boshqaruv xodimlari — 4 nafar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Trenerlar soni guruhlarning shakllanishi va mashg‘ulotlar hajmiga qarab belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
** Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar soni belgilangan normativlar bo‘yicha aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-sentabrdagi 458-son qaroriga 3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining futbol akademiyalari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining futbol akademiyalarining (keyingi o‘rinlarda — futbol akademiyasi) maqomi, asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 465-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi to‘g‘risidagi nizom.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.03.00 Sport tashkilotlari. Jismoniy sog‘lomlashtirish va sport yo‘nalishidagi jamoat birlashmalari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Futbol akademiyasi yuridik shaxs bo‘lgan sport-ta’lim muassasasi hisoblanadi va o‘z faoliyatida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga hisobot beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Futbol akademiyasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga hamda o‘z ustaviga amal qiladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.03.00 Sport tashkilotlari. Jismoniy sog‘lomlashtirish va sport yo‘nalishidagi jamoat birlashmalari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Futbol akademiyasi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va hududiy futbol assotsiatsiyalarining idoraviy mansub tashkiloti hisoblanadi, o‘z ustaviga, mustaqil balansiga, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi hamda uning hududiy bo‘linmalarida shaxsiy hisobvaraqlariga, o‘z nomi ko‘rsatilgan muhrga, shtampga hamda blankalarga ega bo‘ladi.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.03.00 Sport tashkilotlari. Jismoniy sog‘lomlashtirish va sport yo‘nalishidagi jamoat birlashmalari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Futbol akademiyasining faoliyati bolalar, o‘smirlar va yoshlarni jismoniy tarbiya va futbol bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etishga, futbol zaxirasi va yuqori mahoratli futbolchilar tayyorlash bo‘yicha o‘quv-mashq jarayonini tashkil etishga, shuningdek, sportning futbol turi bo‘yicha sport tayyorgarligi mutaxassislari o‘rtasida kasbiy tajribani almashishga yo‘naltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Futbol akademiyasining asosiy vazifalari
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.03.00 Sport tashkilotlari. Jismoniy sog‘lomlashtirish va sport yo‘nalishidagi jamoat birlashmalari;
3.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.07.00 Sport inshootlari va jihozlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Quyidagilar futbol akademiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zarur sport anjomlari va uskunalari bilan jihozlangan, zamonaviy xalqaro talablar va standartlarga javob beradigan moddiy-texnika hamda o‘quv-mashg‘ulot bazalarini yaratish va turli darajadagi xalqaro musobaqalar — jahon va Osiyo chempionatlari, Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, universiadalar hamda boshqa xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilishga qodir bo‘lgan xalqaro darajadagi futbolchilarni tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro darajadagi futbolchilarni tayyorlash uchun yuqori malakali mutaxassislarni — trenerlar, psixologlar, diyetologlar, farmokolog, tahlilchi, seleksioner va shu jumladan, xorijiy mamlakatlardan yetakchi mutaxassislarni keng jalb etish orqali futbol akademiyasida trenerlar tarkibini mustahkamlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
futbolchilarning o‘quv-mashg‘ulot jarayonini xalqaro standartlar darajasida tashkil etish, ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda, o‘quv-mashq jarayonlariga ilg‘or ilmiy-uslubiy texnologiyalarni joriy etish yo‘li bilan ularni nazariy va amaliy jihatdan tayyorlash sifatini muntazam oshirib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yosh istiqbolli futbolchilarni tanlash va tarbiyalash masalalari bo‘yicha futbol maktablari va boshqa sport tashkilotlari bilan uzluksiz hamkorlikni amalga oshirish, ularga o‘quv-metodik hamda me’yoriy-axborot yordami ko‘rsatishni ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16 — 18 yosh toifasidagi futbolchilarni futbol akademiyasi huzuridagi sport klubida faoliyat yuritishini hamda respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda ishtirok etishini ta’minlash;
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-oktabrdagi 634-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2025-y., 09/25/634/0916-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
futbol akademiyasi bazasida terma jamoalar va ularning zaxiralari ishtirokida o‘quv-mashq yig‘inlari, respublika va mintaqaviy sport musobaqalarini tashkil etish va muntazam ravishda o‘tkazib borish, trenerlar hamda futbolchilarning kasb mahorati darajasini oshirish uchun tajriba almashish bo‘yicha sport tashkilotlari, xorijiy futbol akademiyalari va klublari bilan hamkorlikni rivojlantirish.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 27-apreldagi 121-sonli “Terma jamoalar hamda ularning zaxirasini sport musobaqalariga tayyorlashni, shuningdek ularni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Futbol akademiyasi o‘ziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda zaxira va yuqori mahoratli futbolchilarni tanlash va tayyorlashning metodik va tibbiy ta’minotini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘qitishning barcha bosqichlarida futbolchilarning sport tayyorgarligining ishlab chiqilgan o‘quv rejalari va o‘quv dasturlariga muvofiq o‘quv-mashq jarayonining tashkil etilishi va o‘tkazilishini, unga ilg‘or ilmiy texnologiyalar va metodikalar joriy etilishini tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quv-mashq jarayoni natijalarini, sportchilarning jismoniy fazilatlari rivojlanishining yakka tartibdagi ko‘rsatkichlarining o‘sish dinamikasini, sport turi texnikasining asoslari o‘zlashtirilishini tahlil qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
futbolchilarning o‘quv-mashq yig‘inlarida, tuman, viloyat, respublika va xalqaro sport tadbirlaridagi ishtirokini ta’minlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
futbolchilarning sport musobaqalarida, chempionatlarda, kubok o‘yinlarida, turnirlarda, festivallarda, konferensiyalarda, simpoziumlarda, seminarlarda, yig‘inlarda hamda boshqa jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarda, shu jumladan, xalqaro tadbirlarda ishtiroki orqali sportchilarning sport mahoratini, futbol akademiyasining murabbiylari va boshqa mutaxassislarining malakasini oshirish tadbirlarini o‘tkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
futbolda ilg‘or jahon ilmiy-metodik tavsiyalarini va texnologiyalarini qo‘llagan holda, kuchli sportchilar — respublikaning milliy terma jamoalariga nomzodlarni va ularning zaxiralarini tayyorlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Futbol akademiyasining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.03.00 Sport tashkilotlari. Jismoniy sog‘lomlashtirish va sport yo‘nalishidagi jamoat birlashmalari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Futbol akademiyasi quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayyorlash davri va bosqichiga qarab o‘quv-mashq jarayonining yillik, oylik va haftalik rejimini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘qitish va tarbiyalashning qonunchilikka zid bo‘lmagan shaklini, vositalarini va usullarini tanlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan tadbirlarni amalga oshirish uchun akademiyaga biriktirilgan moddiy-texnika bazasi va mol-mulkidan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
futbolga doir xalqaro faoliyatni amalga oshirish, futbol akademiyasi trenerlari va futbolchilarining transferi bo‘yicha xorijiy sport tashkilotlari bilan shartnomalar tuzish, birgalikda sport tadbirlari, bayramlar, ko‘riklar, seminarlar o‘tkazish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Futbol akademiyasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Futbol akademiyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quv-mashq va tarbiya jarayonini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini, xodimlar va futbolchilar tomonidan o‘z majburiyatlari, o‘quv dasturlari va topshiriqlar bajarilishini ta’minlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
futbol bo‘yicha tasdiqlangan o‘quv dasturlari asosida futbol akademiyasining yillik o‘quv rejasini, o‘quv jadvalini va o‘quv-mashq mashg‘ulotlari jadvalini ishlab chiqishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
futbol bo‘yicha o‘quv dasturlari talablariga va o‘quv rejalariga muvofiq o‘quv-mashq va tarbiya jarayonini amalga oshirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quv-mashq jarayonini amalga oshirish davrida futbol akademiyasining sportchilari va xodimlarining xavfsizligini ta’minlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quv-mashq va tarbiya jarayonini amalga oshirish yuzasidan joriy nazoratni, futbolchilarni sinovdan o‘tkazish va ular tomonidan nazorat normativlari topshirilishini ta’minlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
futbol akademiyasining moddiy-texnika bazasi va mol-mulki saqlanishini va ulardan oqilona foydalanilishini ta’minlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Futbol akademiyasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Futbol akademiyasi qonunchilikda belgilangan tartibda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quv-mashq jarayonining qo‘llaniladigan shakllari, usullari va uni tashkil etish vositalarining futbolchilarning yoshi bilan bog‘liq ruhiy-jismoniy xususiyatlari, qobiliyatlari, qiziqishlari, ularning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish talablariga muqobilligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
futbolchilar va xodimlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘ziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Futbol akademiyasi faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Futbol akademiyasida futbolchilarni tayyorlash bo‘yicha har yilgi o‘quv rejalari va dasturlari, futbolchilar uchun nazorat normativlari O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan o‘quv yili boshida tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Futbol akademiyasida futbolchilarni tayyorlash sifati yuzasidan nazorat O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 484-son “Ommaviy sport targ‘ibotini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Futbol akademiyasini boshqarish
[OKOZ:
1.20.00.00.00 Kadrlar masalalari, mukofotlar, faxriy unvonlar, esdalik nishonlar, faxriy yorliqlar bilan taqdirlash, amnistiya va afv etish masalalari hamda fuqarolik berish bo‘yicha individual aktlar / 20.01.00.00 Lavozimga tayinlash, ishdan bo‘shatish bo‘yicha qarorlar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Futbol akademiyasiga O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hududiy bo‘linmalari tavsiyasiga binoan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direktorning sport ishlari bo‘yicha o‘rinbosari O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan kelishilgan holda direktor tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direktorning o‘quv va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari hamda xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining hududiy bo‘linmasi bilan kelishilgan holda direktor tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Direktor oliy ma’lumotga hamda jismoniy tarbiya va sport sohasida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan mutaxassislar orasidan tayinlanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.10.00 Korxona rahbari bilan mehnat shartnomasi tuzish xususiyatlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Direktor futbol akademiyasiga umumiy rahbarlik qiladi, uning faoliyati yuzasidan to‘liq javob beradi, trenerlar jamoasi bilan birgalikda futbol akademiyasini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi, davlat organlari va tashkilotlari hamda nodavlat tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi, futbol akademiyalarining xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan barcha masalalarni hal qiladi, xodimlarni, shu jumladan, trenerlarni lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Direktorning sport ishlari bo‘yicha o‘rinbosari jismoniy tarbiya va sport sohasida oliy ma’lumotga hamda jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarida trener yoki jismoniy tarbiya o‘qituvchisidan past bo‘lmagan lavozimda kamida uch yillik ish stajiga hamda kamida Osiyo futbol konfederatsiyasining “A” litsenziyasiga ega bo‘lgan tajribali mutaxassislar orasidan tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Direktorning o‘quv va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari oliy ma’lumotga va uch yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassislar orasidan tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Direktorning sport ishlari bo‘yicha o‘rinbosari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
futbol bo‘yicha trenerlar malakasini oshirish ishlari yuzasidan javob beradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akademiyada sport musobaqalarining o‘tkazilishini hamda futbol akademiyasi futbolchilarining tuman, shahar va boshqa sport musobaqalarida chiqishlarini ta’minlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
futbolchilarni o‘qitish va mashq qildirish metodikasini takomillashtirish choralarini ko‘radi, o‘quv-mashq mashg‘ulotlarining sifati, o‘quv-mashq rejalarining va mashg‘ulotlar jadvalining bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quv-mashq mashg‘ulotlarining o‘tkazilishi, sport turlari bo‘yicha dasturlar, o‘quv-mashq rejalari va mashg‘ulotlar jadvalining bajarilishi, o‘quv-metodik hujjatlarning yuritilishi, futbol akademiyasining razryadchilari va sport rekordlarining hisobga olinishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
futbol akademiyasining metodik kabineti ishlariga rahbarlik qiladi, tibbiyot muassasalari va futbol bo‘yicha boshqa tashkilotlar bilan aloqani ta’minlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Direktorning o‘quv va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quv jarayoni va tarbiyaviy ishlarning tashkil etilishi, umumta’lim fanlarini o‘zlashtirish, o‘quv rejalarning bajarilishi, futbol akademiyasining ichki tartib qoidalarini ishlab chiqish va nazorat qilish, o‘quvchi-futbolchilarning ma’naviy-ma’rifiy tomondan rivojlanishiga ko‘maklashish, o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida turli xil madaniy tadbirlar o‘tkazish kabi masalalarga rahbarlik qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ta’lim muassasalari va o‘quv-tarbiya jarayoni masalalari bo‘yicha boshqa tashkilotlar bilan aloqani ta’minlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Direktorning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari oliy ma’lumotga va ma’muriy-xo‘jalik faoliyati sohasida tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislar orasidan tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direktorning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari o‘quv-mashq jarayoni uchun moddiy-texnik sharoitlarning yaratilishi, futbol akademiyasining mol-mulki va anjomlarining saqlanishi hamda soz holatda bo‘lishi, bino va xonalardan foydalanish, ularni zarur darajada sanitariya holatida bo‘lishi, transportni saqlash va undan foydalanish yuzasidan javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Futbol akademiyasining trenerlari tarkibi oliy yoki o‘rta maxsus, professional ma’lumotga hamda kamida Osiyo futbol konfederatsiyasining “V” litsenziyasiga, 13 yoshgacha bo‘lgan yoshlar bilan ishlash uchun Osiyo futbol konfederatsiyasining “S” litsenziyasiga ega bo‘lgan mutaxassislar orasidan to‘ldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Trenerlar o‘quv guruhlarini tanlash va to‘ldirish, futbolchilar bilan tarbiyaviy va o‘quv-mashq ishlarini amalga oshiradi, futbolchilarning tibbiy va dispanser ko‘rigidan o‘z vaqtida o‘tishini nazorat qiladi, futbolchilarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ular uchun o‘quv-mashq rejalarini ishlab chiqadi, o‘quv-mashq jarayoniga eng samarali hamda zamonaviy shakllar va metodlarni joriy etish hamda ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Futbol akademiyasida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan kelishilgan holda trenerlar kengashi tashkil etiladi, kengash o‘quv-mashq va tarbiyaviy ishlar, futbolchilarni tayyorlashni yakka tartibda rejalashtirish, futbol akademiyasining sport tadbirlaridagi ishtiroki masalalarini, shuningdek, futbol akademiyasining ustavida nazarda tutilgan boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Futbol akademiyasi boshqaruv, yordamchi, xo‘jalik va tibbiyot xodimlari bilan belgilangan tartibda tasdiqlangan normativlarga muvofiq to‘ldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Futbolchilarning ota-onalari (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) futbol akademiyasida o‘tkaziladigan o‘quv-mashq va tarbiya jarayoni bilan tanishish, shuningdek, futbol akademiyasining ustavida nazarda tutilgan tartibda unda qatnashish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Tibbiy nazorat
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.04.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) ijtimoiy-iqtisodiy huquq va erkinliklar / 01.06.04.04 Malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Futbol akademiyasida futbolchilar sog‘lig‘i yuzasidan tibbiy nazorat futbol akademiyasining tibbiyot xodimi tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.03.00 Tibbiy ko‘riklar. Kasbiy kasalliklar. Mehnat jarohatlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Futbol akademiyasi o‘quvchilarini puxta tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazish futbol akademiyasi joylashgan joydagi tegishli sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan ta’minlanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.03.00 Tibbiy ko‘riklar. Kasbiy kasalliklar. Mehnat jarohatlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Futbol akademiyasining tibbiyot xodimi o‘quv-mashq jarayonini, sport musobaqalarini va sport-sog‘lomlashtirish lagerini tibbiy jihatdan ta’minlashni, mashqlar yuklamalarining hajmi va intensivligini nazorat qiladi, futbolchilarni tayyorlashning yakka tartibdagi rejalarini tuzishda va tasdiqlashda qatnashadi, ularning puxta tibbiy tekshirishdan o‘tishini tashkil qiladi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.03.00 Tibbiy ko‘riklar. Kasbiy kasalliklar. Mehnat jarohatlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Futbol akademiyasining o‘quvchilari uchun belgilangan namunadagi tibbiy-nazorat kartasi to‘ldiriladi, unda futbolchilar sog‘lig‘ining holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi va futbol akademiyasining tibbiyot kabinetida yoki futbol akademiyasi joylashgan joydagi sog‘liqni saqlash tashkilotida saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Futbol akademiyasining moddiy ta’minoti, uning moliyalashtirilishi va hisobotlari
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani moliyalashtirish / 06.03.06.00 Moliyalashtirishning boshqa manbalari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Futbol akademiyasi o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur mol-mulkka ega bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Futbol akademiyasi o‘zida mavjud bo‘lgan va qonunchilik hujjatlariga muvofiq unga ajratilgan mablag‘lar hisobidan sotib olingan mol-mulkni tasarruf etadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-apreldagi PQ-115-son “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Futbol akademiyasining sport asbob-uskunalari, anjomlari, metodik adabiyotlari va ko‘rgazmali qo‘llanmalarini, sport kiyimlari va formalarini sotib olish, shuningdek, futbolchilarning uch mahal ovqat hamda sport tadbirlarida va o‘quv-mashq yig‘inlarida qatnashishini ta’minlash futbol akademiyasiga ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tasdiqlangan yillik rejada nazarda tutilmagan tadbirlar o‘tkaziladigan taqdirda, ular budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan tashkil etiladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani moliyalashtirish / 06.03.06.00 Moliyalashtirishning boshqa manbalari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Quyidagilar futbol akademiyasi faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining mablag‘lari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asosiy mashg‘ulotlardan bo‘sh vaqtda mol-mulkni ijaraga berishdan tushadigan daromadlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
futbolchilarning transfer savdolaridan tushadigan mablag‘lar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Ayrim xodimlarga va trenerlarga ish haqi hamda har oylik qo‘shimcha haq va ustamalarni hisoblab chiqish va to‘lashning to‘g‘riligi hamda asoslanganligi yuzasidan javobgarlik ushbu futbol akademiyasining rahbari va bosh hisobchisi zimmasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Futbol akademiyasining ayrim xodimlariga va trenerlariga qo‘shimcha haq va ustamalar ularning ish haqi bilan bir vaqtda to‘lanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Futbol akademiyasining ayrim xodimlariga va trenerlariga ish haqi hamda har oylik qo‘shimcha haq va ustamalarni hisoblash va to‘lashning to‘g‘riligi, xolisligi yuzasidan nazorat belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Futbol akademiyasi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan kelishilgan holda o‘zining moliya-xo‘jalik faoliyatini rejalashtiradi, qonunchilik hujjatlariga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lov miqdorini mustaqil ravishda belgilaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabrdagi PF-5887-son “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Futbol akademiyasi belgilangan tartibda moliya va statistika hisobotini yuritadi, operativ va buxgalteriya hisobini amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Futbol akademiyasining moliya-xo‘jalik faoliyati va moliya intizomiga rioya qilishi yuzasidan nazorat qonunchilik hujjatlariga muvofiq vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 3-iyuldagi PQ-1994-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qo‘mitasi huzurida Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Futbol akademiyasini qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-sentabrdagi 458-son qaroriga 4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi futbol maktablari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi futbol maktablarining (keyingi o‘rinlarda — futbol maktabi) maqomi, asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Futbol maktabi sport yo‘nalishidagi maktabdan tashqari sport-ta’lim muassasasi hisoblanadi va o‘z faoliyatida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga hisobot beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Futbol maktabi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga hamda o‘z ustaviga amal qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Futbol maktabi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va hududiy futbol assotsiatsiyalarning idoraviy mansub tashkiloti hisoblanadi, o‘z ustaviga, mustaqil balansiga, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi hamda uning hududiy bo‘linmalarida shaxsiy hisobvaraqlariga, o‘z nomi ko‘rsatilgan muhrga, shtampga hamda blankalarga ega bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Futbol maktabining asosiy faoliyati bolalar, o‘smirlar va yoshlarni jismoniy tarbiya va futbol bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish, futbol zaxirasi va yuqori mahoratli futbolchilar tayyorlash bo‘yicha sport jarayonini tashkil etish, shuningdek, sportning futbol turi bo‘yicha sport tayyorgarligi mutaxassislari o‘rtasida kasbiy tajribani almashishga yo‘naltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Futbol maktabi faoliyatini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Futbol maktabining faoliyati O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi muassisligida sport yo‘nalishidagi maktabdan tashqari sport-ta’lim muassasasi shaklida tashkil etiladi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 542-sonli “Tadbirkorlik subyektlari bo‘lmagan ayrim yuridik shaxslarni tashkil etish va tugatishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Futbol maktabi o‘zining sport bazasi, sport jarayonini amalga oshirish uchun zarur anjomlar, jihozlar, ma’muriy, yordamchi xonalari, malakali rahbarlar va trenerlar tarkibiga ega bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Futbol maktabida futbolchilarni tayyorlash sifati yuzasidan nazorat O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Futbol maktabida sport turlari bo‘yicha bo‘limlar soni tegishli moliya yili uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida futbol maktabi direktori tomonidan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hududiy bo‘linmalari bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Futbol maktabining asosiy vazifalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Quyidagilar futbol maktabining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori iqtidorga ega bo‘lgan yosh futbolchilarni saralab olish (seleksiya) tizimini yo‘lga qo‘yish, bolalar va o‘smirlarni futbol bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalar va o‘smirlar o‘rtasida ularning sog‘lig‘ini mustahkamlashga, har tomonlama jismoniy kamol topishi va sog‘lom turmush tarziga intilishini shakllantirishga yo‘naltirilgan sport va tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalar va o‘smirlarda futbol bilan shug‘ullanish qobiliyatini erta aniqlash va ularda futbolga bo‘lgan barqaror qiziqishni rivojlantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
futbol mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun malakali trenerlar tarkibini tanlash, o‘quv-tarbiya tizimini tashkil etishning eng yangi usullarini qo‘llagan holda, sport zaxirasi va yuqori mahoratli futbolchilar tayyorlash yuzasidan o‘quv-mashq jarayonini yo‘lga qo‘yish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha yosh toifalari bo‘yicha futbol akademiyalari va klublariga mahoratli sportchilarni yetkazib berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tajriba almashish maqsadida turli futbol tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish, futbolchilarning sport mahoratini, shuningdek, trenerlar va boshqa mutaxassislarning kasb malakasini oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Futbol maktabining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Futbol maktabi belgilangan tartibda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘qitish va tarbiyalashning qonunchilikka zid bo‘lmagan shaklini, vositalarini va usullarini tanlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan tadbirlarni amalga oshirish uchun maktabga biriktirilgan moddiy-texnika bazasi va mol-mulkdan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
futbolga doir xalqaro faoliyatni amalga oshirish, futbol maktabi trenerlari va futbolchilarining transferi bo‘yicha xorijiy sport tashkilotlari bilan shartnomalar tuzish, birgalikda sport tadbirlari, bayramlar, ko‘riklar, seminarlar o‘tkazish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Futbol maktabi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Futbol maktabi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quv-mashq va tarbiya jarayonini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini, xodimlar va futbolchilar tomonidan o‘z majburiyatlari, o‘quv dasturlari va topshiriqlar bajarilishini ta’minlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
futbol bo‘yicha o‘quv dasturlari talablariga va o‘quv rejalariga muvofiq o‘quv-mashq va tarbiya jarayonini amalga oshirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quv-mashq jarayonini amalga oshirish davrida futbol maktabining sportchilari va xodimlarining xavfsizligini ta’minlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quv-mashq va tarbiya jarayonini amalga oshirish yuzasidan joriy nazoratni, futbolchilarni sinovdan o‘tkazish va ular tomonidan nazorat normativlari topshirilishini ta’minlashi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
futbol maktabining moddiy-texnika bazasi va mol-mulki saqlanishini va ulardan oqilona foydalanilishini ta’minlashi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Futbol maktabiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Futbol maktabi qonunchilikda belgilangan tartibda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quv-mashq jarayonida qo‘llaniladigan shakllari, usullari va uni tashkil etish vositalarining futbolchilarning yoshi bilan bog‘liq ruhiy-jismoniy xususiyatlari, qobiliyatlari, qiziqishlari, ularning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish talablariga muqobilligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
futbolchilar va xodimlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘ziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Futbol maktabining sport guruhlarini to‘ldirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Futbol maktabiga iqtidorli va tegishli qobiliyatga ega va o‘yin amaliyoti sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan bolalar (o‘g‘il va qiz) boshlang‘ich tayyorlov guruhlariga qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Futbol maktabiga sport maktablari, ixtisoslashtirilgan sport maktablari, futbol klublari, xususiy futbol tashkilotlari, ta’lim va boshqa sport tashkilotlaridan tanlab olish (seleksiya) orqali iqtidorli bolalar (o‘g‘il va qiz) qabul qilinadi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-oktabrdagi 634-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2025-y., 09/25/634/0916-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Futbol maktabiga o‘qishga kirayotgan sportchining arizasi va uning ota-onasi (yoki ularning o‘rnini bosadigan shaxslarning) yozma roziligi, yashash joyi bo‘yicha tibbiyot tashkiloti tomonidan berilgan uning sog‘lig‘i to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnoma mavjud bo‘lganda, maktab direktorining buyrug‘i bilan sportchi qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tayyorgarlik bosqichlariga ko‘ra futbol maktabiga qabul qilish uchun sportchilarning eng kichik yosh normativi tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Futbol maktabida quyidagi bo‘limlar ochilishi mumkin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sport-sog‘lomlashtirish guruhlari va boshlang‘ich tayyorgarlik guruhlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshlang‘ich tayyorgarlik guruhlarida kamida bir yil zarur futbol tayyorgarligidan o‘tgan hamda sport dasturlarida belgilangan umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha qabul uchun normativ talablarni bajargan iqtidorli va futbol bilan shug‘ullanishga qodir bo‘lgan bolalar va o‘smirlardan iborat futbol guruhlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
futbol guruhlarida tayyorgarlik bosqichidan o‘tgan hamda maxsus jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha qabul uchun normativ talablarni bajargan va tegishli futbol razryadiga ega bo‘lgan futbolchilardan iborat futbolda kamolotga erishish guruhlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Tayyorgarlik bosqichlariga ko‘ra futbol maktabidagi futbol guruhlarining eng kam sonini va ularda shug‘ullanadigan sportchilar sonini (guruhning to‘liqligini) belgilaydigan normativlar, shuningdek, tayyorgarlik bosqichlari bo‘yicha futbolchilarning sport mahorati darajasiga qo‘yiladigan talablar O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Futbolchilarning ro‘yxatdagi tarkibi va sport tayyorgarligi bosqichlari bo‘yicha futbol maktabidagi sport guruhlari soni har yili (o‘quv yili boshlangunga qadar) maktab direktori tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu hujjatlar ma’lumotlari asosida futbol maktabi rahbariyati sport ishlari rejimining yillik soatlar hisobini amalga oshiradi va maktab ishlarining yillik mashg‘ulot rejasini tuzadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Futbol maktabining sportda kamolotga erishish guruhlari soni, shuningdek, ulardagi futbolchilar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining hududiy sport boshqarmalari bilan kelishiladi.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Futbol maktabining o‘quvchilari keyingi yilda yuqori sport tayyorgarligi bosqichiga mashg‘ulot muddatlari, ular tomonidan umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha nazorat-o‘tkazish normativlari bajarilishi, sog‘lig‘ining tibbiy-biologik ko‘rsatkichlari asosida, shuningdek, tegishli futbol razryadi mavjud bo‘lganda, maktab trenerlar kengashining qarori bilan belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilangan talablarni bajarmagan o‘quvchilar yuqori sport tayyorgarligi bosqichiga o‘tkazilmaydi. Shu bilan birga, ularga futbol maktabi direktori va trenerlar kengashining qarori bilan sport tayyorgarligining aynan shu bosqichida mashg‘ulotni davom ettirish imkoniyati berilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunining 16-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Yuqori guruhga o‘tkazish uchun belgilangan yoshga yetmagan, biroq mashg‘ulotning oldingi yilgi dasturiy talablarini bajargan ayrim o‘quvchilar trenerlar kengashining qarori bilan va shaxsiy tibbiy ruxsatnoma asosida sport guruhlarining yuqori bosqichiga o‘tkazilishi mumkin. O‘tkazish futbol maktabi direktorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. O‘quvchilar o‘quv mashg‘ulotining har bir bosqichidan keyin tegishli futbol guruhlariga o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. O‘quvchilar boshqa futbol maktablariga ularning arizasi asosida, shug‘ullanayotgan futbol maktablari rahbariyatining va uning ota-onalari (yoki ularning o‘rnini bosadigan shaxslarning) yozma roziligi bilan o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. O‘quvchilar maktabdan quyidagi tartibda chiqariladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
boshqa sport-ta’lim muassasasiga, shu jumladan, o‘quvchining o‘zining tashabbusi bilan o‘tkazilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiyot tashkilotlarining tegishli xulosalari bilan tasdiqlangan jismoniy yuklama va futbol bilan shug‘ullanish uchun tibbiy nuqsonlar aniqlanganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli sport normativlari talablari bajarilmaganda, futbol natijasi pasayganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quv intizomi va futbol maktabining ichki tartib-qoidalari buzilganda, shu jumladan, ma’naviy axloqsizlik sodir etilganda, sport odob-axloqi buzilganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sport tayyorgarligi rejimi buzilganda, shu jumladan taqiqlangan farmokologik va narkotik vositalar qo‘llanilganda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘quvchilarni sog‘lig‘i vaqtincha yomon bo‘lgan davrda o‘qishdan chetlatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Futbol tayyorgarligining barcha bosqichlaridan o‘tgan va belgilangan tartibda bitiruv normativlarini topshirgan o‘quvchilar futbol maktabi bitiruvchilari hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Futbol maktabi bitiruvchilariga ularning jismoniy sifatlari darajasi ko‘rsatilgan va kelgusida sportda kamolotga erishishga doir tavsiyalar berilgan futbolchi kartasi hamda sport tayyorgarligi darajasi ko‘rsatilgan holda, belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Mashg‘ulot jarayonini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Futbol maktabida mashg‘ulotlar har yili 1-yanvardan boshlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mashg‘ulot yilining qancha vaqt davom etishi futbol turining xususiyatiga, futbol musobaqalari taqvimiga, futbol tayyorgarligining davriylashtirilishiga bog‘liq bo‘ladi va futbol maktabi rahbariyati tomonidan sportning futbol turi uchun yakka tartibda belgilanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Futbolchilar bilan sport mashg‘ulotlari belgilangan tartibda tasdiqlangan va futbol turi bo‘yicha tegishli sport guruhi uchun mo‘ljallangan mashg‘ulot dasturlari va yillik mashg‘ulot rejasi bo‘yicha o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Sport mashg‘ulotlari jadvali bolalarning yosh xususiyatlari va belgilangan sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari hisobga olingan holda, mashqlarning qulayroq rejimini, sportchilarning dam olishini, ularning ta’lim tashkilotlarida o‘qishini belgilash maqsadida trenerning taqdimnomasi bo‘yicha futbol maktabi ma’muriyati tomonidan tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Sport mashg‘ulotlarining mazmuni tasdiqlangan mashg‘ulot dasturlariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Sport jarayoni o‘qitishning texnik vositalari keng qo‘llanilgan, tiklash tadbirlari o‘tkazilgan holda, futbol mashqlarini bajarishning zamonaviy metodikasi asosida trenerlar tomonidan amalga oshiriladi hamda mashqlar va musobaqalarda qatnashish birga qo‘shib olib borilishi negizida tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Quyidagilar futbol maktabida mashg‘ulot jarayonining asosiy shakllari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
guruhlarda va yakka tartibda sport mashg‘ulotlari va nazariy mashg‘ulotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sport yig‘inlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tiklash, profilaktika va sog‘lomlashtirish tadbirlarini amalga oshirish, futbolchilarni tibbiy-biologik tekshirish, psixologik test sinovidan o‘tkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
futbolchilarning turli darajadagi musobaqalar va o‘yinli uchrashuvlarda ishtirokini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sport-sog‘lomlashtirish oromgohlarida futbolchilar bilan mashq o‘tkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yetakchi futbolchilar ishtirokida o‘quv videoyozuvlarini, kino dasturlarni hamda futbol musobaqalarini ko‘rish va tahlil qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
futbolchilarning instruktorlik va hakamlik amaliyotini o‘tkazish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Sport-sog‘lomlashtirish yo‘nalishidagi va boshlang‘ich tayyorgarlik guruhlarida bir sport mashg‘ulotining qancha davom etishi (mashq yuklamasi hajmi) ikki akademik soatdan ortiq bo‘lmasligi, futbol guruhlarida esa — bir haftada kamida to‘rt marta sport mashg‘ulotlari o‘tkazilgan holda uch akademik soatdan ortiq bo‘lmasligi kerak. Yuklama bir haftada 24 soatni va undan ko‘pni tashkil etgan guruhlarda — to‘rt akademik soatni, bir kunda ikki marta sport mashg‘ulotlari o‘tkazilganda — uch akademik soatni tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Futbol maktabida trenerlar tarkibidan brigadalar tashkil etilishi mumkin. Brigadalar futbolchilarni tanlash, futbolchilar tayyorlashning zamonaviy talablariga muvofiq ko‘p yillik rejali sport va tarbiya jarayoni amalga oshirilishini tashkil etish masalalarini hal etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘quv yuklamasi, shuningdek, futbolchilarning sport natijalari brigadaning barcha a’zolari uchun hisoblanadi. Brigadaning har bir a’zosi uchun miqdor ko‘rsatkichlari brigada a’zolarining umumiy yig‘ilishi qarori bilan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Respublika va xalqaro musobaqalarda qatnashishga qo‘yilgan jamoalar va futbolchilarni tayyorlash maqsadida futbol maktabi sport ishlariga ajratilgan mablag‘lar doirasida sport yig‘inlarini o‘tkazish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Sport yig‘inlarini tashkil etish va o‘tkazish futbol maktabining sport-ommaviy tadbirlar taqvimi rejasiga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Sport yig‘inlarining vazifalari tuman, viloyat, respublika va xalqaro sport tadbirlari taqvim rejasi hisobga olingan holda, futbol maktablarining trenerlar kengashi tomonidan belgilanadi. Sport yig‘inlari futbolchilarning sport mahorati oshishini ta’minlashi kerak hamda muayyan sharoitlarda va mashq siklining muayyan davrlarida o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Futbol maktabi turli futbol musobaqalarida va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarda, shu jumladan, turli tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan xalqaro musobaqalar va tadbirlarda tasdiqlangan taqvim rejaga binoan hamda ularning reglamentlariga, nizomlariga yoki rasmiy taklif etilishiga muvofiq qatnashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Sport jarayoni izchilligini, futbolchilarning sport tayyorgarligi va faol dam olishini ta’minlash maqsadida ta’til davrida futbol maktabida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sport-sog‘lomlashtirish oromgohlari tashkil etadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-fevraldagi 84-sonli “Bolalarning dam olishini tashkil etish va sog‘lomlashtirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Sport mashg‘ulotlari jarayonida futbol maktabi direktori tomonidan tasdiqlangan rejaga muvofiq futbolchilar bilan tarbiyaviy ishlar tashkil etiladi. Futbol maktabining tarbiyaviy ishlari sportchining barkamol bo‘lishiga ko‘maklashadi va futbolchilarda vatanparvarlik tuyg‘usi, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga ehtiyojni, o‘z bilimlari, malaka va ko‘nikmalarini doimo to‘ldirib borishni shakllantirishga yo‘naltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Futbol maktabini boshqarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Futbol maktabiga O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hududiy bo‘linmalari tavsiyasiga binoan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Futbol maktabi direktori oliy ma’lumotli hamda jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan mutaxassislar orasidan tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Direktor futbol maktabi ishlariga umumiy rahbarlik qiladi, uning faoliyati yuzasidan to‘liq javob beradi, trenerlar jamoasi bilan birgalikda futbol maktabini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi, davlat va jamoatchilik tashkilotlarida uning manfaatlarini ifodalaydi, futbol maktabi xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan barcha masalalarni hal qiladi, xodimlarni, shu jumladan trenerlarni lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Futbol maktabi direktorining sport ishlari bo‘yicha o‘rinbosari hamda xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari futbol maktabi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Direktorning sport ishlari bo‘yicha o‘rinbosari jismoniy tarbiya sohasida oliy ma’lumotli hamda jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarida kamida uch yil ish stajiga va Osiyo futbol konfederatsiyasining kamida “V” litsenziyasiga ega bo‘lgan tajribali mutaxassislardan tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Direktorning sport ishlari bo‘yicha o‘rinbosari mashg‘ulot jarayoni va tarbiyaviy ishlar tashkil etilishi, futbol bo‘yicha trenerlar malakasi oshirilishi uchun javob beradi, maktabda futbol musobaqalari o‘tkazilishi hamda maktab futbolchilarining tuman, shahar musobaqalarida va boshqa futbol musobaqalarida qatnashishini ta’minlaydi, futbolchilarning mashq qilish metodikasini takomillashtirish choralarini ko‘radi, sport mashg‘ulotlari sifatini, mashg‘ulotlar jadvali bajarilishini nazorat qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Direktorning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari ma’muriy-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislardan tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Direktorning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari sport jarayoni uchun moddiy-texnik shart-sharoitlar yaratilishi, maktabning mol-mulki, jihozlarining saqlanishi va sozligi, binolar va inshootlardan foydalanish, ularni zarur sanitariya holatida saqlash, transport ta’minoti va undan foydalanish uchun javob beradi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Ta’lim muassasalari, korxonalar, turar joy dahalarining asosiy jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va (yoki) sport inshootlari bilan eng kam ta’minlanish normativlari” (ro‘yxat raqami 2614, 10.09.2014-y.).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Futbol maktabining trenerlar tarkibi oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar jismoniy tarbiya ma’lumotiga ega bo‘lgan va kamida Osiyo futbol konfederatsiyasining “S” litsenziyasiga ega mutaxassislar bilan to‘ldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Trenerlar sport guruhlarini tanlaydi va to‘ldiradi, futbolchilar bilan tarbiyaviy va sport ishlarini olib boradi, futbolchilar tibbiy ko‘rikdan va dispanser ko‘rigidan o‘z vaqtida o‘tishini nazorat qiladi, futbolchilar uchun ularning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda sport rejalarini ishlab chiqadi, sport jarayonini takomillashtirish va unga eng samarali va zamonaviy shakllar va usullarni joriy etish bo‘yicha takliflar kiritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Futbol maktabining futbol bo‘yicha bo‘limlarida maktab direktorining buyrug‘i bilan yetakchi trenerlardan, agar ularning har birining rahbarligi ostida kamida ikki nafar to‘liq yuklamali trener, futbol bo‘yicha trener lavozimida ish stajiga va Osiyo futbol konfederatsiyasining “V” litsenziyasiga ega futbol bo‘yicha bosh trener tayinlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Katta trenerlar ham futbol maktabining futbol bo‘yicha bo‘limiga, ham futbol bo‘yicha alohida sport guruhlariga rahbarlik qilish uchun tayinlanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Futbol bo‘yicha bosh trener boshqa trenerlar uchun nazarda tutilgan funksiyalar bilan birgalikda trenerlar ishi sifatini nazorat qiladi, sport jarayoni tashkil etilishi, sport guruhlari to‘liq to‘ldirilishi, mashg‘ulot rejalari va dasturlari bajarilishi, futbolchilarning qabul va nazorat sinovlari o‘tkazilishi, yuqori darajali futbolchilar tayyorlashning yakka tartibdagi va istiqbolli rejalari ishlab chiqilishi, bo‘limlarning trenerlar kengashlari o‘tkazilishi, trenerlar malakasini oshirish tadbirlari tashkil etilishi uchun javob beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Futbol maktabida trenerlar kengashi tashkil etiladi. Kengash sport va tarbiyaviy ishlar, futbolchilarni tanlash va o‘tkazish, futbolchilar tayyorlashni yakka tartibda rejalashtirish, futbol maktabining futbol tadbirlarida ishtirok etishi, sport jarayonini o‘tkazish metodikasi takomillashtirilishi masalalarini, shuningdek futbol maktablari ustavida nazarda tutilgan boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Futbol maktabini boshqaruv, yordamchi, xo‘jalik va tibbiyot xodimlari bilan belgilangan tartibda tasdiqlangan normativlarga muvofiq to‘ldiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Futbol maktabining barcha xodimlariga qo‘yiladigan malaka talablari, lavozim majburiyatlari, ularning huquq va majburiyatlari belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Futbolchilarning ota-onalari (ularning o‘rnini bosadigan shaxslar) futbol maktabida o‘tkaziladigan sport va tarbiyaviy jarayon bilan tanishish, shuningdek unda futbol maktablarining ustavida nazarda tutilgan tartibda ishtirok etish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Futbol maktabining moddiy ta’minoti, uning moliyalashtirilishi va hisoboti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Futbol maktabi o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan mol-mulkka ega bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Sport uskunalari, jihozlar, metodik adabiyotlar va ko‘rgazmali qo‘llanmalar, sport kiyimlari va formalarini sotib olish, shuningdek, futbolchilarning sport tadbirlari va sport yig‘inlarida qatnashishini ta’minlash futbol maktabi tomonidan unga ajratiladigan budjet mablag‘lari va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan tushumlar doirasida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Futbol maktabida o‘zining sport inshootlari va asbob-uskunalari mavjud bo‘lmagan taqdirda, maktabning xarajatlar smetasida tuzilgan shartnomaga muvofiq miqdorda ularni ijaraga olish xarajatlari uchun mablag‘lar nazarda tutiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Quyidagilar futbol maktabi faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari mablag‘lari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
faoliyat ixtisosligi bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan va maktabning ustavidagi vazifalarga muvofiq bo‘lgan boshqa faoliyat turlaridan olingan daromadlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asosiy mashg‘ulotlar o‘tkazilmaydigan vaqtda bo‘sh turgan mol-mulkni ijaraga berishdan tushgan daromadlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Futbol maktabi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli moliya organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan va tasdiqlangan xarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Futbol maktabi xodimlarining ish haqi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Futbol maktabi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan kelishilgan holda o‘z moliya-xo‘jalik faoliyatini rejalashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Futbol maktabi jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq haq miqdorini mustaqil belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Futbol maktabi belgilangan tartibda moliya va statistika hisobotini yuritadi, tezkor va buxgalteriya hisobini amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Futbol maktabining moliya-xo‘jalik faoliyatini va moliya intizomiga rioya etilishini nazorat qilish qonunchilik hujjatlariga muvofiq vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bob. Tibbiy nazorat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Futbol maktabida futbolchilar sog‘lig‘ining holati yuzasidan tibbiy nazorat maktabning tibbiyot xodimlari tomonidan, ular bo‘lmaganda esa belgilangan tartibda maktabga biriktirilgan tegishli hududiy tibbiyot tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. Futbol maktabi futbolchilarni chuqurlashtirilgan tibbiy tekshirishdan o‘tkazishni futbol maktabi joylashgan joydagi tegishli tibbiyot tashkiloti ta’minlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64. Futbol maktabining tibbiyot xodimlari belgilangan tartibda sport jarayonini, futbol musobaqalari va sport-sog‘lomlashtirish oromgohini tibbiy ta’minlaydi, mashq yuklamalarining hajmini nazorat qiladi, futbolchilarni tayyorlashning yakka tartibdagi rejalarini tuzish va tasdiqlashda qatnashadi, chuqurlashtirilgan tibbiy tekshirish o‘tkazilishini tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65. Futbol maktabi futbolchilarining sog‘lig‘i holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda, belgilangan namunadagi davolash-nazorat kartasi to‘ldiriladi. Ushbu karta maktabning tibbiyot xonasida yoki futbol maktablari joylashgan joydagi tibbiyot tashkilotida saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-bob. Yakunlovchi qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66. Futbol maktabini qayta tashkil etish va tugatish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-sentabrdagi 458-son qaroriga 5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalarining direktori, direktor o‘rinbosarlari, treneri, sport tahlilchisi, sport seleksioneri (skaut) va boshqa ayrim xodimlari mehnatiga haq to‘lash hamda ularni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalarining (keyingi o‘rinlarda — akademiya) direktorlari, direktor o‘rinbosarlari, trenerlari, sport tahlilchisi, sport seleksioneri (skaut) va ayrim xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tartibi va shartlarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
akademiyaning ayrim xodimlari — sport psixologi (psixolog), vrach, tibbiyot hamshirasi va uqalovchi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
direktor o‘rinbosarlari — direktorning sport ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, direktorning o‘quv va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, direktorning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
trenerlar — bosh trener, yordamchi trener, jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha trener, individual tayyorgarlik bo‘yicha trener, darvozabonlarni tayyorlash bo‘yicha trener.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Akademiyaning direktori, direktor o‘rinbosarlari, trenerlari, sport tahlilchisi, sport seleksioneri (skaut) va ayrim xodimlari ish haqi tarkibiga bazaviy tarif stavkasi, qonunchilik hujjatlarida hamda mazkur Nizomda nazarda tutilgan ustama va qo‘shimcha haqlar kiradi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
direktor, direktorning sport ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, direktorning o‘quv va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, trenerlar, sport tahlilchisi, sport seleksioneri (skaut)ning bazaviy tarif stavkalari miqdorlari mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.03.00 Tarif setkalari. Mansab okladlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
direktorning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari mehnatiga haq to‘lash Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarida ishlaydigan jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassislarning kasblari va lavozimlari bo‘yicha tarif razryadlarini tasdiqlash haqida” 2016-yil 15-iyuldagi 235-son qaroriga muvofiq;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-2025 o‘quv yilidan boshlab umumta’lim fanlari o‘qituvchilari mehnatiga haq to‘lash Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qaroriga muvofiq;
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-apreldagi 275-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2025-y., 09/25/275/0394-son)
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.04 Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vrach, tibbiyot hamshirasi va uqalovchi mehnatiga haq to‘lash Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qaroriga muvofiq;
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.04.00 Olimpiya va paralimpiya harakati;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sport psixologi mehnatiga haq to‘lash Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-dekabrdagi 731-son qarori bilan tasdiqlangan Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarining ayrim xodimlari mehnatiga haq to‘lash me’yorlari va tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur Nizom qoidalari akademiyaning texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari mehnatiga haq to‘lashga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Akademiyaning direktori, direktor o‘rinbosarlari, trenerlari, sport tahlilchisi, sport seleksioneri (skaut) va ayrim xodimlariga ustamalar hamda qo‘shimcha haqlarni belgilash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Akademiyaning direktori, direktor o‘rinbosarlari, trenerlari, sport tahlilchisi, sport seleksioneri (skaut) va ayrim xodimlari mehnatiga ustamalar Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon hamda Osiyo chempionatlari va kuboklari g‘olib va sovrindorlari, shuningdek, yosh toifalari bo‘yicha futbol terma jamoalarining asosiy tarkibiga futbolchilar (stajyorlar) tayyorlashni ta’minlaganlik uchun bazaviy tarif stavkasiga nisbatan quyidagi foizlarda belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akademiya futbolchilarining sportdagi natijalari
Sport natijasi
Futbolchini tayyorlashda bevosita qatnashgan xodimlarga bir nafar o‘quvchi-sportchi uchun ustama haq miqdori, bazaviy tarif stavkasiga nisbatan foizlarda
Bosh trener, trener, darvozabonlarni tayyorlash, jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha trener
1. Nufuzli xalqaro musobaqalarga futbolchilarni tayyorlash
Olimpiya o‘yinlari, jahon chempionatlari sovrindori
I o‘rin
100
25
30
25
15
II o‘rin
90
20
25
20
13
III o‘rin
80
15
20
15
10
Osiyo o‘yinlari, Osiyo chempionatlari va kuboklari sovrindori
I o‘rin
80
15
20
15
10
II o‘rin
70
10
15
10
8
III o‘rin
60
7
10
7
6
2. O‘zbekiston sport terma jamoalarining asosiy va zaxira (stajyor) tarkiblariga futbolchilarni tayyorlash
O‘zbekiston sport terma jamoalarining asosiy tarkibi
Butun davrda
30
8
10
8
7
O‘zbekiston sport terma jamoalari zaxira (stajyor) tarkibi
Butun davrda
20
6
8
6
5
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ustamalarning jami miqdori direktor, direktor o‘rinbosarlari, trenerlar, sport tahlilchisi, sport seleksioneri (skaut) va ayrim xodimlar uchun belgilangan bazaviy tarif stavkasining 200 foizidan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlari va kuboklari g‘olib hamda sovrindorlarini tayyorlashda salmoqli natijalarga erishgan ayrim trenerlarga O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining qarori bilan ustamalarning jami miqdori ularga belgilangan bazaviy tarif stavkasining 300 foizigacha miqdorda belgilanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Darvozabonlarni tayyorlash, jismoniy va individual tayyorgarlik bo‘yicha trenerlar o‘zlariga biriktirilgan guruh futbolchilarining erishgan natijalari hisobidan ustama oladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Futbolchi bir vaqtning o‘zida turli sport natijalariga erishgan taqdirda, unga nisbatan foiz belgilashda eng yuqori darajasi hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur Nizom bilan belgilanayotgan akademiyaning direktori, direktor o‘rinbosarlari, trenerlari, sport tahlilchisi, sport seleksioneri (skaut) va ayrim xodimlari mehnatiga haq to‘lashdagi har oylik ustamalar akademiya trenerlar kengashining qaroriga asosan direktor buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan ustamalar kalendar yil uchun trenerlar tarifikatsiyasi va xodimlar shtat jadvalida futbolchilarning oldingi yilda erishgan sport natijalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yil davomida ustamalar miqdori tasdiqlangan mehnatga haq to‘lash fondi mablag‘lari doirasida o‘zgartiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Direktor, direktor o‘rinbosarlari va ayrim xodimlarga ustamalarni belgilash tartibi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Olimpiya o‘yinlari, jahon chempionatlari va kuboklari, Osiyo o‘yinlari, Osiyo chempionatlari va kuboklari sovrindorlarini tayyorlaganlik uchun ko‘rsatib o‘tilgan sport musobaqalarida futbolchilar tomonidan tegishli natijaga (I — III-o‘rinlar) erishilgan vaqtdan boshlab ushbu darajadagi keyingi xalqaro musobaqalar (keyingi Olimpiya o‘yinlari, jahon chempionatlari va kuboklari, Osiyo o‘yinlari, Osiyo chempionatlari va kuboklari) o‘tkazilgunga qadar saqlab qolinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
futbolchi O‘zbekiston terma jamoasining asosiy va zaxira (stajyor) tarkibiga kiritilgan oyning birinchi sanasidan e’tiboran belgilanadi va futbolchining jamoa tarkibida bo‘ladigan butun davrida saqlab qolinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Akademiyaning direktori, direktor o‘rinbosarlari, sport tahlilchisi, sport seleksioneri (skaut) va ayrim xodimlariga futbolchining sportdagi natijalari uchun ustamalarni to‘lash futbolchining akademiya tarkibidan rasman chiqib ketish sanasidan keyingi oyning 1-sanasidan e’tiboran to‘xtatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Trenerlarga ustamalarni belgilash tartibi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlari hamda kuboklari sovrindorlarini tayyorlaganlik uchun — ko‘rsatib o‘tilgan sport musobaqalarida futbolchi tomonidan erishilgan natija (I — III o‘rinlar) sanasidan keyingi oy boshidan e’tiboran belgilanadi va ushbu darajadagi keyingi xalqaro sport musobaqalari (keyingi Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlari hamda kuboklari va shu kabilar) o‘tkazilgungacha saqlanib qoladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston terma jamoasining asosiy tarkibiga futbolchilar (stajyorlar) tayyorlaganlik uchun — futbolchi O‘zbekiston terma jamoasining asosiy tarkibiga (stajyorlikka) kiritilgan sanadan keyingi oy boshidan e’tiboran belgilanadi va futbolchi jamoa tarkibida bo‘ladigan butun davrda saqlanib qoladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Agar akademiyaning treneri mehnatiga haq to‘lash normativining belgilangan miqdori amal qiladigan davrda uning rahbarligida sport tayyorgarligidan o‘tayotgan futbolchi sportdagi natijasini yaxshilasa (masalan, O‘zbekiston sport terma jamoasining asosiy tarkibi a’zosi Osiyo o‘yinlari sovrindori bo‘lsa), u holda trenerning mehnatiga haq to‘lash normativi miqdori, futbolchi yutuqlarini hisobga olgan holda eng yuqori ko‘rsatkich bo‘yicha tegishli ravishda qayta ko‘rib chiqiladi va uning yangidan hisoblab chiqilgan amal qilish muddati belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Agar akademiyaning treneri mehnatiga haq to‘lashning belgilangan normativi amal qiladigan davrda uning rahbarligida sport tayyorgarligidan o‘tayotgan futbolchi mazkur trenerning sport-o‘quv guruhi tarkibidan chiqib ketsa (boshqa trener rahbarligidagi boshqa sport-o‘quv guruhiga, boshqa sport-ta’lim muassasasiga o‘tkazilsa yoki akademiyada o‘qishni tamomlaganda va shu kabi holatlarda), trener mehnatiga haq to‘lash normativi miqdori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston terma jamoasining asosiy tarkibiga futbolchi (stajyorlar) tayyorlaganlik uchun futbolchi trenerning sport-o‘quv guruhi tarkibidan rasman chiqib ketgan sanadan keyingi oy boshidan e’tiboran kamayish tomoniga qayta ko‘rib chiqiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlari hamda kuboklari sovrindorlarini tayyorlaganlik uchun mazkur Nizomning 11-bandida ko‘rsatilgan muddat mobaynida saqlanib qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Yil mobaynida boshqa trener rahbarligida yuqori sport natijalariga erishgan futbolchi sport-o‘quv guruhiga o‘tkazilgan akademiyaning treneri mehnatiga haq to‘lash normativi miqdori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston terma jamoasining asosiy tarkibiga sportchilar (stajyorlar) tayyorlaganlik uchun futbolchi mazkur trenerning sport-o‘quv guruhi tarkibiga rasman qabul qilingan sanadan keyingi oy boshidan e’tiboran belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlari hamda kuboklari sovrindorlarini tayyorlaganlik uchun futbolchi mazkur trener rahbarligida ko‘rsatib o‘tilgan musobaqalarda mazkur natijaga (I — III o‘rinlar) takroran erishgungacha belgilanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Akademiyada ishlayotgan bosh trenerlarga, shuningdek, “Xizmat ko‘rsatgan sport ustasi” faxriy unvoniga ega bo‘lgan xodimlarga mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 7,1 foizi miqdorida har oylik qo‘shimcha haq belgilanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.21.00.00 Faxriy unvonlar, esdalik nishonlar. Faxriy yorliqlar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Akademiyaning faxriy unvonga ega bo‘lgan xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Faxriy unvonlar uchun to‘lovlar miqdorini oshirish to‘g‘risida” 2007-yil 17-dekabrdagi PF-3942-son Farmoniga asosan to‘lovlar belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Akademiyada sport tayyorgarligi bosqichlari, sport-o‘quv guruhlari, ularga qo‘yiladigan talablar va trenerlarning ish hajmini hisoblash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Sport tayyorgarligi bosqichlari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quv-mashq bosqichi — bu bosqichda futbolning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, o‘yinning real sharoitlariga imkon qadar yaqin bo‘lishi kerak bo‘lgan maxsus vositalar yordamida texnikani chuqur o‘rgatish bilan ajralib turadi. Ushbu bosqichda mashg‘ulotlarda qo‘llaniladigan mashqlar ko‘p sonli bog‘lanishlar, qarshiliklar, sharoitlarning tez o‘zgarishi va musobaqalar sharoitiga yaqin sharoitlarda texnikani barqarorlashtirishga intiladigan harakatlar amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sportni takomillashtirish bosqichi — ushbu bosqichda o‘quv-mashg‘ulotlar jarayonida intensivlik hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lib, texnik tayyorgarlikning jismoniy va taktik tayyorgarlik bilan uslubiy bog‘liqligi asosiy tamoyil hisoblanadi. Shuningdek, bu bosqichda individual texnik elementlar va usullarni o‘rganish va mustahkamlash bilan kuch qobiliyatlari va futbol salohiyatini shakllantirish hamda o‘yinda texnik va motorli muammolarni hal qilish uchun ko‘nikmalar egallanadi va mustahkamlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Sport tayyorgarligi bosqichlari bo‘yicha sport-o‘quv guruhlari bilan o‘quv mashg‘ulot ishlari rejimi (haftadagi akademik soatlar) va guruhlardagi futbolchilar soni quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Futbolchilar tayyorgarligining darajasi va bosqichlari
O‘quv yili
Sinfi
Sport-o‘quv guruhlari bilan o‘quv mashg‘ulot ishlari rejimi (haftadagi akademik soatlar*)
Futbolchilar soni
O‘quv-mashq
1 yil
5-sinf
12
22
2 yil
6-sinf
14
22
3 yil
7-sinf
18
22
3 yildan ko‘p
8-sinf
20
22
Sport takomillashtirish
1 yil
9-sinf
24
22
2 yil
10-sinf
26
22
2 yildan ko‘p
11-sinf
28
22
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* O‘quv mashg‘ulotlari akademik soat bo‘yicha belgilanadi, bunda 1 akademik soat — 45 daqiqadan iborat bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. O‘quv yillari bo‘yicha sport tayyorgarligi bosqichlarida shug‘ullanayotgan futbolchilarga qo‘yiladigan me’yoriy va sport razryadi talablari quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Futbolchi tayyorgarligining darajasi va bosqichlari
O‘qitish yili
Sinfi
Futbolchiga qo‘yiladigan me’yoriy va sport razryadi talablari
I — III sport turlari guruhlari
O‘quv-mashq
1 yil
5-sinf
Sport tayyorgarligi bo‘yicha umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT) va maxsus jismoniy tayyorgarlik (MJT) me’yori mezon ko‘rsatkichlarini bajargan yoki o‘smirlar uchun uchinchi sport razryadi
2 yil
6-sinf
Sport tayyorgarligining UJT va MJT me’yori mezon ko‘rsatkichlarini bajargan yoki o‘smirlar uchun ikkinchi sport razryadi
3 yil
7-sinf
Sport tayyorgarligining UJT va MJT me’yori mezon ko‘rsatkichlarini bajargan yoki o‘smirlar uchun birinchi sport razryadi
3 yildan ko‘p
8-sinf
Sport tayyorgarligining UJT va MJT me’yori mezon ko‘rsatkichlarini bajargan yoki uchinchi sport razryadi
Sport takomillashtirish
1 yil
9-sinf
Sport tayyorgarligining UJT va MJT me’yori mezon ko‘rsatkichlarini bajargan yoki ikkinchi sport razryadi
2 yil
10-sinf
Sport tayyorgarligining UJT va MJT me’yori mezon ko‘rsatkichlarini bajargan yoki birinchi sport razryadi
2 yildan ko‘p
11-sinf
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. O‘zbekiston terma jamoalari a’zolari va stajyorlarining tarkiblari belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan tasdiqlanadi hamda akademiyaga yetkaziladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Akademiya direktori, direktor o‘rinbosarlari, trenerlari, sport tahlilchisi, sport seleksioneri (skaut) va ayrim xodimlariga ish haqi hamda har oylik qo‘shimcha haq va ustamalarni hisoblab chiqarish va to‘lashning to‘g‘riligi hamda asoslanganligi yuzasidan javobgarlik akademiya direktori va bosh buxgalteri zimmasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Akademiya direktori, direktor o‘rinbosarlari, trenerlari, sport tahlilchisi, sport seleksioneri (skaut) va ayrim xodimlariga qo‘shimcha haq va ustamalar ularning ish haqini to‘lash bilan bir vaqtda to‘lanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Tayinlangan har oylik qo‘shimcha haq va ustamalar summasi tegishli akademiyaning mehnatga haq to‘lash fondiga kiritiladi va ular bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda yagona ijtimoiy to‘lov hisoblanadi. Jismoniy shaxslarning har oylik qo‘shimcha haq va ustamalar tarzida olingan daromadlari qonunchilikda belgilangan tartibda soliqqa tortiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Akademiya direktori, direktor o‘rinbosarlari, trenerlari, sport tahlilchisi, sport seleksioneri (skaut) va ayrim xodimlariga ish haqi hamda har oylik qo‘shimcha haq va ustamalarni hisoblash va to‘lashning to‘g‘riligi, xolisligi yuzasidan nazorat belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalarining direktori, direktor o‘rinbosarlari, treneri, sport tahlilchisi, sport seleksioneri (skaut) va boshqa ayrim xodimlari mehnatiga haq to‘lash hamda ularni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akademiya direktori, direktorning sport ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, o‘quv va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, trenerlari, sport tahlilchisi, sport seleksioneri (skaut)ning bazaviy tarif stavkalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MIQDORLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r
Lavozim nomi
Lavozim maoshi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan
(so‘mda)
1.
Direktor
8 baravar miqdori
2.
Direktor o‘rinbosarlari(direktorning sport ishlari bo‘yicha o‘rinbosari — Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK)ning “A” litsenziyasi hamda 3 yildan kam bo‘lmagan ish stajiga ega bo‘lishi lozim)
7 baravar miqdori
3.
OFKning “PRO” yoki “A” litsenziyasi bo‘lgan, 5 yildan kam bo‘lmagan trenerlik ish staji uchun
Bosh trener
7,5 baravar miqdori
Trener(darvozabonlarni tayyorlash, jismoniy tayyorgarlik, individual tayyorgarlik bo‘yicha)
6,5 baravar miqdori
4.
OFKning “V” litsenziyasi bo‘lgan, 4 yildan kam bo‘lmagan trenerlik ish staji uchun
Bosh trener
6 baravar miqdori
Trener(darvozabonlarni tayyorlash, jismoniy tayyorgarlik,individual tayyorgarlik bo‘yicha)
5,5 baravar miqdori
Sport tahlilchisi, sport seleksioneri (skaut)
5,5 baravar miqdori
5.
OFKning “S” litsenziyasi bo‘lgan, 3 yildan kam bo‘lmagan trenerlik ish staji uchun
Bosh trener
5 baravar miqdori
Trener(darvozabonlarni tayyorlash, jismoniy tayyorgarlik, individual tayyorgarlik bo‘yicha)
4,5 baravar miqdori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-sentabrdagi 458-son qaroriga 6-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalarining o‘quvchilarini yashash uchun jihozlar, sport anjomlari va kiyim-bosh bilan ta’minlash hamda sutkalik oziq-ovqat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quruq mevalar, shu jumladan na’matak 0,5 gr, bargak
50
21.
Choy
3
22.
Kakao
5
23.
Yodlangan tuz
10
24.
Xamirturush
1
25.
Mineral suv (gazsiz)
500
26.
Bug‘doy maysalari kukuni
3
Oqsillar
231,8
Yog‘lar
228,8
Uglevodlar
957,9
Kaloriya
6 693,8
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Ushbu norma eng yuqori norma hisoblanadi. O‘quvchilar uchun aniq normalar uning yoshi va jinsiga, shuningdek, o‘qitish bo‘g‘iniga bog‘liq ravishda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq belgilanadi.
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-avgustdagi 548-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2025-y., 09/25/548/0789-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-sentabrdagi 458-son qaroriga 7-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalariga nomzodlarni qabul qilish, o‘quv jarayonini tashkil etish, attestatsiyadan o‘tkazish va ularning o‘qishini ko‘chirish tartibi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining futbol akademiyalariga (keyingi o‘rinlarda — futbol akademiyasi) nomzodlarni qabul qilish, o‘quv jarayonini tashkil etish, attestatsiyadan o‘tkazish va ularning o‘qishini boshqa ta’lim tashkilotiga ko‘chirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Futbol akademiyasiga nomzodlar ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Futbol akademiyasiga nomzodlarni qabul qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Futbol akademiyasiga futbol maktablari, sport maktablari, ixtisoslashtirilgan sport maktablari, futbol klublari yoki boshqa sport-ta’lim tashkilotlarida boshlang‘ich tayyorgarlikdan o‘tgan hamda futbol akademiyasida ta’lim olish istagini bildirgan nomzodlar tanlov asosida 6-sinfga qabul qilinadilar.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-oktabrdagi 634-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2025-y., 09/25/634/0916-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Futbol akademiyasida xorijiy davlatlar fuqarolari o‘qitilmaydi, xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Futbol akademiyasida nomzod-futbolchilar 7 ta yosh toifasidan iborat bo‘ladi hamda har bir yosh toifasida 22 nafar nomzod-futbolchi shug‘ullanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Futbol akademiyasida nomzod-futbolchilarning umumiy kontingenti 154 nafarni tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Futbol akademiyasiga nomzodlarni tanlab olishni sifatli tashkil etish maqsadida hujjatlar qabul qilinishi boshlanishidan bir oy oldin O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining rasmiy veb-saytida futbol akademiyasiga nomzodlarni qabul qilish bo‘yicha tanlovni o‘tkazish tartibi va muddatlari, futbol akademiyasi manzili, telefon raqamlari, o‘qishga qabul qilish uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati to‘g‘risida e’lon beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Futbol akademiyasiga nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish, amaliy imtihonlarda ishtirok etuvchi nomzodlar ro‘yxatini shakllantirish va imtihonlarni o‘tkazish uchun har bir futbol akademiyasida kamida 7 kishidan iborat qabul komissiyasi tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan qabul komissiyasi raisi va a’zolari tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilar qabul komissiyasining vazifalari hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘qishga qabul qilish bo‘yicha qabul jarayonini shaffof tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘qishga qabul qilish bo‘yicha nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘qishga qabul qilish bo‘yicha amaliy imtihonlar o‘tkazish joyi, kuni va vaqtini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
amaliy imtihonlarni qabul qilib olishda ko‘maklashuvchi trener va mutaxassislardan iborat bo‘lgan ishchi guruh ro‘yxatini shakllantirish va tasdiqlash uchun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga taqdim etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Hujjatlar onlayn shaklda (O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) yoki Davlat xizmatlari markazi) yoxud nomzodlar tomonidan hujjatlarni futbol akademiyasiga shaxsan taqdim etishi orqali qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatlar har yili 15-iyundan 30-iyulga qadar qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Futbol akademiyasiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlar qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomzodning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan futbol maktabi direktori nomiga ariza;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma nusxasi yoki 16 yoshga to‘lgan shaxslar uchun biometrik pasport (ID karta) yoxud xorijga chiqish pasporti nusxasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tibbiy ma’lumotnomalar (F-026-u shakldagi maktab tibbiy anketasi, F-063-u shakldagi profilaktik emlash kartasi, F-086-u shakldagi tibbiy ma’lumotnoma, turar joyidan bolalar vrachidan kechirgan kasalliklari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, psixonevrologik dispanserdan ma’lumotnoma);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nomzodning sport pasporti nusxasi yoki futbolchi pasporti (mavjud bo‘lsa).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur Nizomning 10-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar mavjud bo‘lganda qabul komissiyasi nomzodlarning hujjatlarini qabul qilishni rad etishga haqli emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Hujjatlarni topshirgan ota-onalarga ularning hujjatlari qabul qilib olinganligi haqida tilxat beriladi. Arizalar YIDXP orqali topshirilganda, ularning hujjatlarini qabul qilib olinganligi haqida YIDXP orqali elektron shaklda xabarnoma yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Amaliy imtihonlarni o‘tkazish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Futbol akademiyasiga nomzodlarni qabul qilish uchun amaliy imtihonlar o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Amaliy imtihonlarga (imtihon bosqichi yoki turiga) kelmagan nomzodlar uchun qayta imtihonlar o‘tkazilmaydi va ular o‘qishga qabul qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Amaliy imtihonlar o‘tkazish kuni, muddati, me’yorlari va baholash mezonlari O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Amaliy imtihon natijalari e’lon qilingan kundan boshlab imtihondan o‘ta olmagan nomzodlarning hujjatlari ularning ota-onalariga yoki ularning o‘rnini bosuvchi boshqa shaxslarga qaytarib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Futbol akademiyasiga nomzodlarni qabul qilish jarayonini yoritish, shuningdek, qabulning ochiq, oshkora va shaffof o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida onlayn videokuzatuv olib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Amaliy imtihon natijalaridan norozi bo‘lgan shaxslar tanlov natijalari e’lon qilingan kundan boshlab uch kun muddatda tegishli qabul komissiyasiga yozma ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Amaliy imtihon natijalaridan norozi bo‘lgan fuqarolarning arizalarini ko‘rib chiqish uchun uch nafar mutaxassisdan iborat apellyatsiya komissiyasi tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya komissiyasi uch kun muddatda arizani va imtihon hujjatlarini ko‘rib chiqib, apellyatsiya natijalari bo‘yicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qabul komissiyasining qarorini o‘zgarishsiz qoldirish va arizani qanoatlantirishni rad etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
arizani qanoatlantirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Futbol akademiyasida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. O‘quv jarayoni jadvali, o‘quv mashg‘ulotlari turlari, auditoriya va auditoriyadan tashqari o‘quv-tarbiya, shuningdek, o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishning boshqa shakllari tasdiqlangan ta’lim standartiga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. O‘quv yili 2-sentabrdan kelgusi yilning 25-mayiga qadar davom etadi va o‘quv rejasiga muvofiq tugallanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Futbol akademiyasida o‘quv mashg‘ulotlarining qancha davom etishi, o‘quvchi-sportchilarning o‘quv yuklamasi va o‘quv-tarbiya jarayonining boshqa masalalari tasdiqlangan o‘quv rejaga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Ta’lim sifati va sport tayyorgarligi darajasini nazorat qilish tasdiqlangan me’yorlar talabiga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. O‘quv dasturini o‘zlashtirgan va yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tgan bitiruvchilarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda umumiy o‘rta ta’limni tamomlaganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi hujjat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Futbol akademiyasida o‘qish, sport tayyorgarligi, ovqatlanish, tibbiy davolanish, ish va dam olishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, o‘quvchi-sportchilarning yashash sharoitlari, shuningdek, ularning ta’minoti qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Futbol akademiyasi o‘quvchi-sportchilarining sport mahorati darajasini oshirish maqsadida ta’til vaqtida 60 kun davom etadigan o‘quv-mashq yig‘inlari o‘tkazgan holda o‘quvchi-sportchilarning faol dam olishlari tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Futbol akademiyasiga qabul qilingan o‘quvchi-sportchilar quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy o‘rta ta’lim fanlari bo‘yicha o‘qish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quv-mashq jarayonida va musobaqalarda ishtirok etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
futbol akademiyasining o‘quvchi-sportchilari uchun bir kunlik oziq-ovqat me’yorlariga muvofiq tekin oziq-ovqat bilan ta’minlanish (iste’mol qilish);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
futbol akademiyasi moddiy-texnika bazasi va mol-mulkidan bepul foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quvchi-sportchilar turar joyida bepul yashash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan tartibda o‘qishini boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Futbol akademiyasida o‘quvchi-sportchilar umumta’lim va maxsus fanlarni o‘qitish bo‘yicha sinflarga, sport tayyorgarligi yo‘nalishlari bo‘yicha — sport guruhlariga birlashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘quvchi-sportchilar soni o‘quv sinflarida 22 nafardan ortiq bo‘lmasligi, rus tilida mashg‘ulotlar olib boriladigan guruhlar mavjud bo‘lgan taqdirda, 8 — 12 nafar bo‘lishi talab etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Ta’lim standartlariga muvofiq tasdiqlangan o‘quv rejasidagi fanlarni o‘zlashtirgan, shuningdek, bosqichli nazorat imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan o‘quvchi-sportchilar navbatdagi sinfga futbol akademiyasi direktorining buyrug‘i bilan o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Futbol akademiyasining o‘quvchi-sportchilarini attestatsiyadan o‘tkazish
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.03.00 Ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Futbol akademiyasining o‘quvchi-sportchilariga o‘quv yili davomida ikki marotaba (qishki va yozgi) fanlarni o‘zlashtirishi, tegishli sport normativlarini topshirganligi, sport natijalari va tibbiy muvofiqlik holatlari yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish orqali xolisona baho berish va ularni sinfdan-sinfga o‘tkazish hamda o‘tkazilgan attestatsiya natijasida qayd etilgan talablarga javob bermagan o‘quvchi-sportchilarini o‘qishdan chetlatish direktor buyrug‘i asosida tuzilgan Attestatsiya komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Attestatsiya futbol akademiyasining o‘quvchi-sportchilari o‘quv yili davomidagi sport tayyorgarligi darajasini tahlil qilish, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi yillik kalendar rejasiga muvofiq o‘tkazilgan sport musobaqalarida erishgan natijalari, o‘quv rejasida belgilangan fanlarni o‘zlashtirishi, o‘quvchi-sportchilar turar joyida tartib-intizom talablariga rioya etishi, jamoatchilik ishlarida qatnashganlik darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Attestatsiya komissiyasi a’zolari 7 — 9 kishini tashkil etadi, futbol akademiyasi direktori — komissiya raisi, direktorning sport ishlari bo‘yicha o‘rinbosari — komissiya mas’ul kotibi, ta’lim tashkilotining kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi, direktorning o‘quv va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, sinf rahbarlari, trenerlar va uslubchilardan iborat tarkibda shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Attestatsiya komissiyasi tarkibiga O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va uning hududiy bo‘linmalari vakillari jalb qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Trenerlar attestatsiya boshlanishidan kamida 10 kun oldin attestatsiyadan o‘tuvchilarning attestatsiyaga oid ma’lumot va hujjatlarini to‘playdi va attestatsiya komissiyasiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Attestatsiya komissiyasiga attestatsiyadan o‘tuvchi o‘quvchi-sportchilarning quyidagi hujjatlari taqdim etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yil (o‘quv yili) davomida erishgan natijalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yil boshidagi va attestatsiya o‘tkazilayotgan vaqtdagi sport razryadi (unvoni);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yil davomida qatnashgan musobaqalari soni va ko‘rsatgan natijalari tahlili;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
terma jamoaga aloqadorlik darajasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ko‘rsatgan eng yaxshi natijasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
trenerlar jamoasining tavsiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yil (o‘quv yili) davomida umumta’lim va maxsus fanlarni o‘zlashtirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yil (o‘quv yili) davomida o‘quvchi-sportchilar turar joyida ichki tartib-qoidalarga rioya etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sog‘lig‘i to‘g‘risida shifokor xulosasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Attestatsiya komissiyasi attestatsiyadan o‘tuvchi o‘quvchi-sportchilarning faoliyatiga oid qo‘shimcha ma’lumotlarni so‘rash huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Direktorning sport ishlari bo‘yicha o‘rinbosari rahbarligida 3 kishidan iborat ekspert guruhi tuzilib, attestatsiyaga taqdim etilgan hujjatlar tahlil qilinadi. Ushbu ekspert guruhi attestatsiyadan o‘tuvchining sport, ma’naviy-ma’rifiy va o‘qish jarayonidagi faoliyatini tahlil qilish hamda baholash asosida attestatsiya varaqasini tayyorlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Attestatsiya varaqasi bosh trener, guruhning shaxsiy treneri, bo‘lim tarbiyachisi, sinf rahbari va bo‘lim vrachi tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. To‘plangan hujjatlar asosida o‘quvchi-sportchilar bilan suhbat o‘tkaziladi, suhbat jarayonida berilgan savol va javoblar maxsus (sahifalangan, bog‘langan, muhrlangan) jurnalga qayd etiladi hamda jarayonlar videotasvirga tushiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Attestatsiya natijalari bo‘yicha attestatsiya komissiyaning qarori komissiya a’zolari tomonidan ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda, attestatsiya komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Attestatsiya komissiyasi qarori attestatsiya varag‘iga yoziladi va attestatsiyadan o‘tuvchiga attestatsiyadan so‘ng e’lon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Attestatsiya natijalariga ko‘ra attestatsiya komissiyasi “Futbol akademiyasida o‘qishga loyiq” yoki “Futbol akademiyasida o‘qishga noloyiq” degan xulosalardan birini qabul qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Attestatsiya komissiyasining qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va ular asosida tegishli buyruqlar chiqariladi hamda o‘quvchi-sportchilarga futbol akademiyasi tomonidan ma’lum qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Attestatsiyadan o‘tuvchi o‘quvchi-sportchilar attestatsiyaga uzrli sabab (sog‘lig‘ida muammolar yuzaga kelganligi, sport musobaqalarida ishtirok etayotganligi va boshqalar) bilan kelmagan taqdirda, uni attestatsiyadan o‘tkazish boshqa muddatga ko‘chiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Attestatsiya yakunlariga ko‘ra o‘quvchi-sportchilar safidan chiqarilganlar o‘rniga o‘quvchi-sportchilar umumiy soni (kontingenti) doirasida bir yilda ikki marotaba (qishda va yozda) iqtidorli sportchilarni belgilangan tartibda tanlov asosida qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. O‘quvchi-sportchilarning o‘qishini futbol akademiyasidan boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. O‘quvchi-sportchilarning o‘qishi futbol akademiyasidan boshqa ta’lim tashkilotiga quyidagi holatlarda ko‘chiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) o‘z xohishiga ko‘ra (ota-onasining yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning arizasi asosida);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) attestatsiya komissiyasining xulosasiga ko‘ra;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) tibbiy nomuvofiqlik bo‘lganda — vrach xulosasiga ko‘ra;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) o‘quv intizomi va ichki tartib-qoidalarni buzganda, tegishli normativ talablar topshirilmaganda, sport natijasi pasayganda, shu jumladan, sport odobi, sport tayyorgarligi rejimi buzilgan, taqiqlangan farmokologik, alkogol va giyohvand vositalar iste’mol qilingan hollarda — pedagogik va trenerlar kengashining qaroriga muvofiq.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur bandning “b”, “v” va “g” kichik bandlarida ko‘rsatilgan hollarda o‘quvchi-sportchilarning o‘qishini boshqa ta’lim tashkilotiga ko‘chirishda o‘quvchi-sportchilar yoki uning ota-onasining roziligi talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur bandning “a” kichik bandi o‘quvchi-sportchilarning ota-onasi (yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxs) bilan imzolangan bitimda boshqa shartlar nazarda tutilgan bo‘lsa, tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. O‘quvchi-sportchilar safidan chiqarilgan o‘quvchi-sportchilar o‘qishini doimiy turar joyi bo‘yicha umumta’lim maktabida davom ettiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Mazkur Nizomni qo‘llash jarayonida yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalariga nomzodlarni qabul qilish, o‘quv jarayonini tashkil etish, attestatsiyadan o‘tkazish va ularning o‘qishini ko‘chirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyasiga nomzodlarni qabul qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddati
1-bosqich
Qabul komissiyasi
1. Akademiyaga qabul qilish tartibi, hujjatlarni topshirish muddatlari va kvotalari to‘g‘risida OAVda e’lon beradi.
2. Akademiyaga qabul qilish tartibi, hujjatlarni topshirish muddatlari va kvotalarini O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining veb-saytida e’lon qiladi.
Hujjatlarni qabul qilish boshlanishidan kamida 10 kun oldin
2-bosqich
Ariza beruvchi
(nomzodning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)
Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn ariza topshiradi yoki qabul komissiyasiga shaxsan o‘zi hujjatlarni taqdim etadi.
Har yili 15-iyundan 30-iyulga qadar
3-bosqich
Qabul komissiyasi
1. Hujjatlarni qabul qilib oladi va nomzodlar ro‘yxatini shakllantiradi.
2. Amaliy imtihonlarni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘radi
3. Belgilangan muddatlarda amaliy imtihonlarni o‘tkazadi.
4. Natijalarni e’lon qiladi va amaliy imtihonlar yakunlanganligi bo‘yicha qaror chiqaradi.
Tasdiqlangan jadval asosida
4-bosqich
Apellyatsiya komissiyasi
Apellyatsiya natijalari bo‘yicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
qabul komissiyasining qarorini o‘zgarishsiz qoldirish va arizani qanoatlantirishni rad etish;
arizani qanoatlantirish.
Kirish imtihonlari tugagandan so‘ng 3 kun muddatda
5-bosqich
Akademiya direktori
Qabul komissiyasi qarori asosida nomzod-sportchilarni akademiyaga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida buyruq qabul qiladi va nomzod-sportchilarning shaxsiy hujjatlarini rasmiylashtiradi.
Kirish imtihonlari tugagandan so‘ng 5 kun muddatda
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-sentabrdagi 458-son qaroriga 8-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tizimidagi ayrim sport maktablarining O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi futbol maktablariga o‘tkazilayotgan futbol maydonlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RO‘YXATI
(8-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
T/r
Sport maktablari nomi
Sport maktablarining futbol maydonlari manzili
Futbol maydonlari o‘tkazilayotgan futbol maktabi nomi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
1.
Nukus shahri sport maktabi
Nukus shahri Chimboy guzari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi futbol maktabi
Andijon viloyati
2.
Xonobod shahar sport maktabi
Xonobod shahar Xonobod ko‘chasidagi 4-uy
Andijon viloyati futbol maktabi
Jizzax viloyati
3.
G‘allaorol tumani sport maktabi
G‘afur G‘ulom mahallasi Mustaqillik ko‘chasi
Jizzax viloyati futbol maktabi
Qashqadaryo viloyati
4.
Shahrisabz tumani sport maktabi
Shahrisabz tuman “Kamolot” MFY Ipak yo‘li ko‘chasidagi 122-uy
Qashqadaryo viloyati futbol maktabi
Namangan viloyati
5.
To‘raqo‘rg‘on tumani sport maktabi
To‘raqo‘rg‘on tumani “Isvaxon” MFI Yangiobod ko‘chasidagi 1-uy manzilida joylashgan “Yoshlik” o‘yingohi
Namangan viloyati futbol maktabi
Samarqand viloyati
6.
Samarqand shahar 2-son sport maktabi
Samarqand shahar “Nurafshon” MFYdagi ‘“Nurafshon” o‘yingohi
Samarqand viloyati futbol maktabi
Surxondaryo viloyati
7.
Jarqo‘rg‘on tumani 1-son sport maktabi
Jarqo‘rg‘on tumani “Surxon Sohili” MFYda joylashgan “Paxtakor” o‘yingohi
Surxondaryo viloyati futbol maktabi
8.
Jarqo‘rg‘on tumani 2-son sport maktabi
Jarqo‘rg‘on tumani “Surxon” MFY
Sirdaryo viloyati
9.
Sayxunobod tumani sport maktabi
Sayxunobod tumani “Turon” MFY, Navoiy shoh ko‘chasidagi 108-uy
Sirdaryo viloyati futbol maktabi
10.
Sardoba tumani sport maktabi
Sardoba tuman “Navro‘z” MFY Do‘stlik ko‘chasidagi 26-uy
Toshkent viloyati
11.
Yuqorichirchiq tumani sport maktabi markaziy stadioni
Yuqorichirchiq tumani “Qorasuv” MFY Hamkorlik ko‘chasidagi 36-uy
Toshkent viloyati futbol maktabi
12.
Quyichirchiq tumani 2-son sport maktabi “Paxtazor” stadioni
Quyichirchiq tumani “Paxtazor” MFY Navro‘z ko‘chasidagi 2-A uy
13.
Piskent tumani sport maktabi
Piskent tumani “Lola ariq” MFY
Farg‘ona viloyati
14.
Marg‘ilon shahar, 1-son sport maktabi
Marg‘ilon shahar “Zuhro” MFY
Farg‘ona viloyati futbol maktab
15.
Farg‘ona shahar 2-son sport maktabi
Farg‘ona shahar S.Temur ko‘chasi
Xorazm viloyati
16.
Yangibozor tumani sport maktabi
Yangibozor tumani “Do‘stlik” mahallasi Ko‘hinur ko‘chasidagi 67-uyda joylashgan markaziy o‘yingoh
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh. Kelgusida qo‘shimcha maydonlarni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi futbol maktablariga o‘tkazish yuzasidan takliflar O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining takliflariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining tegishli qarori bilan amalga oshiriladi.
(8-ilovaning izoh qismi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 9-sentabrdagi 458-son qaroriga 9-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimcha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-sentabrdagi 211-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan sport maktablari xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularning mehnatini moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 28-bandi to‘rtinchi xatboshisi “terma jamoa” so‘zlaridan keyin “, futbol akademiyalari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2018-yil 2-iyundagi 410-son qarorining 4-bandi “a” kichik bandining sakkizinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.