O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
FAXRIY UNVONLAR UCHUN TO‘LOVLAR MIQDORINI OSHIRISH TO‘G‘RISIDA
Mamlakatimiz ilm-fani, adabiyoti va san’atini, iqtisodiy va intellektual salohiyatini rivojlantirishga, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini oshirish, xalqimizning madaniyati va ma’naviyatini yuksaltirishga, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalashga katta hissa qo‘shib kelayotgan shaxslarni munosib rag‘batlantirish va qo‘shimcha ravishda moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
1. 2008-yilning 1-yanvaridan boshlab davlatimizning faxriy unvonlariga sazovor bo‘lgan shaxslar — “Xalq” va “Xizmat ko‘rsatgan arbob” faxriy unvonlari egalari uchun berib kelinayotgan to‘lovlar bazaviy hisoblash miqdorining 2 barobari, “Xizmat ko‘rsatgan” faxriy unvoni sohiblari uchun esa bazaviy hisoblash miqdorining 1 barobari miqdorida oshirilib, har oylik to‘lovlarning miqdori ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matda berilgan.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Belgilab qo‘yilsinki, faxriy unvonlar egalariga, shu jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi faxriy unvon egalariga to‘lovlar har oyda quyidagi mablag‘lar hisobidan to‘lanadi:
budjet tashkilotlarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarga — tegishli budjetlar hisobidan;
xo‘jalik hisobidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarga — xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘z mablag‘lari hisobidan;
pensiya oluvchilarga — pensiya tayinlangan tashkilot orqali respublika budjeti va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan;
nafaqa oluvchilarga — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘n kun muddatda faxriy unvonlar egalariga to‘lovlarni tayinlash va amalga oshirish tartibini tasdiqlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
5. Mazkur farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 17-dekabr,
PF-3942-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 12-son, 639-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son; 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son; 30.03.2026-y., 06/26/46/0290-son)