1-ILOVA
|
T/r |
Vazifa |
Amaliy chora-tadbir |
Ijro muddati |
Moliyalashtirish manbalari |
Masʼul ijrochilar |
|
I. HAR BIR INSONGA OʻZ SALOHIYATINI ROʻYOBGA CHIQARISH UCHUN MUNOSIB SHAROITLARNI YARATISH |
|||||
|
1.1. Taʼlim tizimi islohotlari |
|||||
|
(Masʼul — A. Aripov) |
|||||
|
1-maqsad: Maktabgacha taʼlim tizimini yangi bosqichga olib chiqish hamda bolalarning toʻliq qamrovini taʼminlash |
|||||
|
1. |
Maktabgacha taʼlim bilan qamrov darajasini 74 foizga yetkazish. |
Davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari sonini 26 mingtaga yetkazish. |
2023-yil yakuniga qadar |
Respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi X. Umarova, Iqtisodiyot va moliya vazirligi O. Fozilkarimov |
|
2. |
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida avtomatlashtirilgan tizimni ishga tushirish. |
1. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida avtomatlashtirilgan tizimni ishga tushirish uchun mavjud imkoniyatlarni tahlil qilish. |
2023-yil noyabr |
- |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi X. Umarova, Iqtisodiyot va moliya vazirligi O. Fozilkarimov |
|
2. Maktabgacha taʼlim tizimida noqonuniy moliyaviy xatti-harakatlar, korrupsiya va budjet mablagʻlarini maqsadsiz sarflash holatlarining vujudga kelishiga sabab boʻlayotgan omillarni oʻrganish. |
2023-yil noyabr |
||||
|
3. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasini qoʻllagan holda xodimlar va tarbiyalanuvchilarning davomatini yuritishni yoʻlga qoʻyish orqali budjet mablagʻlarining maqsadsiz sarflanishining oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish. |
2023-yil dekabr |
||||
|
2-maqsad: Umumiy oʻrta taʼlim tizimida “Taʼlim uchun qulay muhit” dasturini amalga oshirish |
|||||
|
3. |
Islom taraqqiyot banki, Arab muvofiqlashtirish guruhi va Taʼlim boʻyicha global hamkorlik tashkilotining “Oʻzbekiston Respublikasida taʼlim sifati va samaradorligini oshirish” qoʻshma moliyalashtirish loyihasini amalga oshirish. |
1. Loyihani boshqarish guruhi faoliyatini yoʻlga qoʻyish, yangi quriladigan obyektlarning loyihaoldi va loyiha hujjatlarini tayyorlash va ekspertizadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarga Davlat budjetidan mablagʻlarni ajratish. |
2023-yil oktabr |
Hisob-kitoblarga asosan |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi X. Umarova, Iqtisodiyot va moliya vazirligi O. Fozilkarimov, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov |
|
2. Loyiha boʻyicha amalga oshirilgan xarajatlarni Islom taraqqiyot banki mablagʻlari hisobidan retroaktiv moliyalashtirish asosida qoplash boʻyicha taklif kiritish. |
2023-yil noyabr |
||||
|
3. Loyiha doirasida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarini qurish uchun zarur yer uchastkalarini ajratish. |
2023-yil noyabr |
||||
|
4. |
Maktab va maktabgacha taʼlim muassasalarining qurilish ishlari ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish. |
Yangi quriladigan yoki rekonstruksiya qilinadigan maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalarida olib borilayotgan ishlarni, shu jumladan nogironligi boʻlgan bolalarga “toʻsiqsiz muhit” yaratish ustidan doimiy nazorat qilish va keng jamoatchilikni jalb qilish mexanizmlarini ishlab chiqish. Umumtaʼlim maktablari qurilishi va saqlanishi toʻgʻrisida alohida shaharsozlik, sanitariya qoidalarini ishlab chiqish hamda yangi quriladigan maktablarning namunaviy loyihaoldi va loyiha hujjatlarini xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda ishlab chiqish amaliyotini joriy etishning maqsadga muvofiqligi boʻyicha takliflar kiritish. |
2023-yil dekabr |
- |
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi B. Zakirov, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi X. Umarova |
|
3-maqsad: Umumiy oʻrta taʼlim tizimini yangi bosqichga olib chiqish |
|||||
|
5. |
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida 1-sinfdan kompyuter savodxonligi darslarini joriy etish. |
1. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida amaldagi tayanch oʻquv rejasi doirasida 1-sinfda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanining haftasiga bir soatdan oʻqitilishini yoʻlga qoʻyish. 2. “Informatika va axborot texnologiyalari” fani boʻyicha boshlangʻich sinf oʻqituvchilari uchun qisqa muddatli malaka oshirish oʻquv kurslarini tashkil etish. |
2023-yil dekabr |
- |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi X. Umarova, Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi V. Hamidov |
|
6. |
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yuqori sinf oʻquvchilarining qobiliyati va tanlovi asosida taʼlim jarayonlarini tashkil etish. |
1. Tayanch oʻquv rejasi hamda amalda mavjud sinflar doirasida kimyo — biologiya, fizika — matematika, ona tili — chet tili, matematika — chet tili yoʻnalishlarida oʻquv rejasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. 2. 2023/2024 oʻquv yilida respublika boʻyicha 120 dan ortiq umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida tajriba-sinov tariqasida tanlov fanlarini joriy qilish. |
2023-yil sentabrdan boshlab bosqichma-bosqich |
2023-yil uchun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlari doirasida |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi X. Umarova, Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi V. Hamidov |
|
4-maqsad: Pedagog kadrlar maqomini oshirish, ularning bilimi va malakasini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish |
|||||
|
7. |
Pedagoglarga malakasini oshirish imkoniyatlarini kengaytirish. |
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi koʻmagida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlarni xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuborish rejasini ishlab chiqish. Umumiy oʻrta taʼlim maktablari rahbar xodimlari mehnatiga haq toʻlash sharoitlarini yaxshilash boʻyicha takliflarni ishlab chiqish. |
2023-yil noyabr |
- |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi X. Umarova, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi A. Bekmurodov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi O. Fozilkarimov |
|
5-maqsad: Umumiy oʻrta taʼlimni rivojlantirish uchun xususiy sektorni keng jalb qilish |
|||||
|
8. |
Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish. |
Har yili nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun kamida respublika boʻyicha 50 gektar yer uchastkalarini auksionga chiqarish. |
2023-yil oktabrdan boshlab |
- |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi A. Ortiqov Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
|
6-maqsad: Professional taʼlim tizimini rivojlantirish orqali oʻquvchilarni zamonaviy bilim va koʻnikmalarga oʻrgatish |
|||||
|
9. |
Oʻrta boʻgʻin mutaxassislarini tayyorlashda davlat grantini axborot texnologiyalari, qurilish, transport va logistika yoʻnalishlarida 100 foizga yetkazish. |
1. Kollej va texnikumlarga 2024/2025 oʻquv yili uchun tasarrufida professional taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralarning taklifi asosida qabul parametrlarini shakllantirish boʻyicha choralarni koʻrish. |
2023-yil dekabr |
- |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmonov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi O. Fozilkarimov |
|
10. |
Professional taʼlim tizimi rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning zamonaviy uzluksiz shaklini joriy qilish hamda ushbu sohada yagona metodik taʼminotni amalga oshirish. |
1. Davlat oliy taʼlim tashkilotlari huzuridagi professional taʼlim muassasalari xodimlarining malakasini oshirishga ixtisoslashgan fakultetlar faoliyatini bosqichma-bosqich tugatish. 2. Pedagogik innovatsiyalar, professional taʼlim boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Ilgʻor professional tayyorgarlik markazlarini tashkil etish. |
2023-yil oktabr |
- |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmonov |
|
11. |
Malaka oshirishga boʻlgan ehtiyojni aniqlash uchun raqamli portfolio tizimini joriy etish, har bir xodimning individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasini tuzish. |
1. Professional taʼlim muassasalari xodimlari faoliyatini oʻrganish va malaka oshirishga boʻlgan ehtiyojini aniqlash uchun maxsus elektron axborot tizimida raqamli portfolio modulini ishlab chiqish. 2. Raqamli portfolio moduli orqali professional taʼlim muassasalari xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash mexanizmini yoʻlga qoʻyish. |
2023-yil dekabr |
- |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmonov |
|
7-maqsad: Oliy taʼlim bilan qamrovni kengaytirish, oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish |
|||||
|
12. |
5 ming nafargacha professor-oʻqituvchilarni tajriba almashish uchun, 200 nafargacha yosh olimlarni ilmiy daraja olish uchun tanlov asosida xorijiy ilmiy tashkilotlarga yuborish. |
Yillar kesimida xorijiy va mahalliy grant mablagʻlari doirasida professor-oʻqituvchilarni tajriba almashish va yosh olimlarni ilmiy daraja olish uchun xorijiy ilmiy tashkilotlarga yuborish rejasini tasdiqlash. |
2023-yil noyabr |
Hisob-kitoblarga asosan |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmonov, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi A. Bekmuradov |
|
8-maqsad: Oliy taʼlim muassasalari tashkiliy-boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ularning moddiy-texnik taʼminotini mustahkamlash |
|||||
|
13. |
Oliy taʼlim tashkilotlarining moliyaviy mustaqilligini takomillashtirish va rektorlarni saylash tizimini joriy qilish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish. |
Oliy taʼlim tashkilotlari rektorlarini tashkilot kengashi (jamoasi) tomonidan saylash tizimini joriy qilishning maqsadga muvofiqligi boʻyicha takliflarni ishlab chiqish. |
2023-yil oktabr |
- |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmonov, oliy taʼlim tashkilotlari (kelishuv asosida) |
|
9-maqsad: Fundamental tadqiqotlarni zamon talablaridan kelib chiqib yangi yoʻnalishlar bilan boyitish |
|||||
|
14. |
Dunyoda tan olingan ilmiy maktablar bilan hamkorlikda matematika, biologiya, kimyo, geologiya, fizika, epidemiologiya, seysmologiya, bioxilma-xillik kabi yoʻnalishlarda fundamental tadqiqotlarni amalga oshirish uchun kompleks ilmiy dasturlarni ishlab chiqish. |
1. Fundamental tadqiqotlar sohasida kompleks ilmiy dasturlarni shakllantirish uchun nufuzli olimlar (akademiklar, fan doktorlari) tarkibidan ilmiy kengashlar (ekspert guruhlari) tashkil etish talablarini ishlab chiqish. |
2023-yil oktabr |
- |
Fanlar akademiyasi B. Yuldashev |
|
2. Xorijiy nufuzli ilmiy maktablar bilan hamkorlik aloqalarini kuchaytirishning amaliy mexanizmlarini ishlab chiqish. |
- |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmonov |
|||
|
3. Matematika, biologiya, kimyo, geologiya, fizika, epidemiologiya, seysmologiya, bioxilma-xillik kabi yoʻnalishlarda fundamental tadqiqotlarni amalga oshirish uchun kompleks ilmiy dasturlarni shakllantirish. |
2023-yil noyabr |
- |
|||
|
15. |
Til va adabiyot, tarix, arxeologiya, maʼnaviyat, madaniyat va sanʼat kabi ijtimoiy-gumanitar fanlar yoʻnalishlari boʻyicha alohida ilmiy-tadqiqot dasturlarini amalga oshirish. |
1. Oʻzbekistonni jahonga tanitib, tariximiz, milliy qadriyatlarimiz, madaniy merosimizga oid tadqiqotlarni faol qoʻllab-quvvatlash yuzasidan takliflarni ishlab chiqish. |
2023-yil sentabr |
- |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmonov |
|
2. Til va adabiyot, tarix, arxeologiya, maʼnaviyat, madaniyat va sanʼat kabi ijtimoiy-gumanitar fanlar yoʻnalishlari boʻyicha alohida ilmiy-tadqiqot dasturlarini shakllantirish uchun nufuzli olimlar (akademiklar, fan doktorlari) tarkibidan ilmiy kengashlar (ekspert guruhlari) tashkil etish talablarini ishlab chiqish. |
2023-yil oktabr |
- |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmonov, Fanlar akademiyasi B. Yuldashev |
||
|
10-maqsad: Iqtisodiyotning eng tez oʻsib borayotgan yoʻnalishlarida amaliy tadqiqotlarni kuchaytirish, “korxona — oliygoh — ilmiy tashkilot” klaster tizimini joriy etish |
|||||
|
16. |
Tashkilotlar, vazirlik va idoralarning ilmiy-tahliliy va uslubiy ishlarga buyurtmalarini oliygohlar, ilmiy tashkilotlar tomonidan amalga oshirish boʻyicha yagona elektron portalni tashkil etish. |
1. Ilmiy-tahliliy va uslubiy ishlarga buyurtmalarni amalga oshirish maqsadida cooperation.uz yagona elektron portalida maxsus boʻlinma ishlab chiqish. |
2023-yil noyabr |
Ijrochilarning mablagʻlari |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmonov, Raqamli texnologiyalar vazirligi Sh. Shermatov |
|
2. Sinovlar natijasida portalni qayta takomillashtirib, amaliyotga joriy qilish. |
2023-yil dekabr |
||||
|
11-maqsad: Yosh tadqiqotchilarning ulushini oshirish, ularning ilmiy izlanishlarini qoʻllab-quvvatlash |
|||||
|
17. |
Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura, doktorantura hamda maqsadli doktorantura kvotalari sonini bosqichma-bosqich oshirish. |
1. Tizimida ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalari mavjud vazirlik va idoralardan stajyor-tadqiqotchilikka, tayanch doktoranturaga, doktoranturaga hamda maqsadli doktoranturaga qabul kvotalari talabnomalarini oʻrnatilgan tartibda qabul qilish. 2. Qabul kvotalari talabnomalarini umumlashtirgan holda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga oʻrnatilgan tartibda taqdim etish. 3. Ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalari kesimida akkreditatsiyadan oʻtgan ixtisosliklar boʻyicha oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlarining samaradorlik koʻrsatkichlarini oshirish. |
2023-yil sentabr |
Davlat budjeti mablagʻlari doirasida |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmonov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi O. Fozilkarimov, Fanlar akademiyasi B. Yuldashev |
|
12-maqsad: Barcha yoʻnalishlarda innovatsion faoliyatni keng joriy etish, ilmiy tadqiqotlarni va innovatsion tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash |
|||||
|
18. |
Global innovatsiya indeksida (GII) qayd etilgan past indikatorlar boʻyicha Oʻzbekiston pozitsiyasini yaxshilash boʻyicha maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
1. GII-2023 hisoboti va avvalgi ikki yillik hisobotlardagi doimiy past baholangan, maʼlumoti mavjud boʻlmagan va eskirgan indikatorlarni tahlil qilish. |
2023-yil oktabr |
- |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmonov |
|
2. Masʼul davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikda GII-2023 hisoboti indikatorlari maʼlumotlarini shakllantirish va bahosini koʻtarish boʻyicha Xalqaro reytinglar va indekslar bilan ishlash respublika komissiyasining 2024-2025-yillarga moʻljallangan maqsadli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2023-yil noyabr |
||||
|
3. Tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq belgilangan ishlarni muddatida amalga oshirish choralarini koʻrish. |
ish rejasiga asosan |
||||
|
1.2. Aholi salomatligini taʼminlash boʻyicha islohotlar |
|||||
|
(Masʼul — A. Aripov) |
|||||
|
13-maqsad: Aholining oʻrtacha umr davomiyligini oshirish |
|||||
|
19. |
Aholi oʻrtasida ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklarni barvaqt aniqlash va ular bilan kasallanish holatlarini keskin kamaytirish. |
1. Oylar kesimida 40 va undan katta yoshdagi aholini (2,1 mln) qandli diabet, yurak-qon tomir kasalligining xavf omillarini aniqlash boʻyicha skrining tekshiruvi bilan qamrab olish dasturini tasdiqlash. 2. Qandli diabet va yurak-qon tomir kasalliklariga moyilligi bor fuqarolarga (kamida 5 mln) tushuntirish-targʻibot ishlarini olib borish choralarini koʻrish. 3. Xavf guruhiga mansub ayollarni (1 mln) xavfli oʻsma kasalligini erta aniqlash boʻyicha skrining tekshiruvidan oʻtkazish. |
2023-yil dekabrdan boshlab |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi A. Inoyatov |
|
14-maqsad: Aholiga birlamchi tibbiy xizmatlarni yanada yaqinlashtirish |
|||||
|
20. |
Bemorlarning tibbiy xizmatlar sifatidan qoniqishini baholash boʻyicha elektron axborot tizimini ishlab chiqish. |
1. Bemorlarning tibbiy xizmatlar sifatidan qoniqishini baholash boʻyicha elektron axborot tizimini yaratish boʻyicha texnik topshiriqni ishlab chiqish. 2. Sogʻliqni saqlash tizimi mutaxassislarining malakasini oshirish va uzluksiz tibbiy taʼlim jarayonlarida jamoatchilik ishtiroki uchun imkoniyatlarni yaratish. |
2023-yil noyabr |
Sogʻliqni saqlash vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi A. Inoyatov, Raqamli texnologiyalar vazirligi Sh. Shermatov |
|
15-maqsad: Bolalar oʻrtasidagi irsiy kasalliklarning oldini olish va davolash samaradorligini oshirish |
|||||
|
21. |
Erta va qarindoshlar oʻrtasidagi nikohlarning oldini olish, tugʻishlar oʻrtasidagi maqbul oraliqqa rioya qilish, irsiy kasalliklar profilaktikasi dolzarbligini aholi oʻrtasida keng targʻib qilish. |
1. FHDY organlarida “Yosh kelin-kuyovlar maktabi” faoliyatini olib borish va ularning maxsus kurslardan toʻliq oʻtishini taʼminlash. 2. Maktablarda, mahalla va oilalarda oʻsmir yigitlar va ularning otalari, shuningdek, voyaga yetmagan qizlar va ularning onalari bilan qarindoshlar orasidagi hamda erta nikoh va homiladorlikning salbiy oqibatlari boʻyicha alohida davra suhbatlari oʻtkazish. 3. Maqbul oraliqqa rioya qilmagan holda tugʻishlarning ona va bola organizmiga salbiy oqibatlari, tugʻishlar orasidagi maqbul oraliqqa rioya qilishning afzalliklari va zamonaviy choralari toʻgʻrisida oilalarda yosh kelinchak va uning oila aʼzolari bilan birgalikda individual suhbatlar oʻtkazish. 4. Erta va qarindoshlar oʻrtasidagi nikohlarning oldini olish, tugʻishlar oʻrtasidagi maqbul oraliqqa rioya qilish, irsiy kasalliklar profilaktikasi masalalari boʻyicha tarqatma materiallar (flayer, buklet), videomaterial va roliklar tayyorlash, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlarda namoyish qilish. |
2023-yil dekabr |
Ijrochilar mablagʻlari |
Vazirlar Mahkamasi Z. Maxkamova, Sogʻliqni saqlash vazirligi A. Inoyatov, Adliya vazirligi A. Tashkulov, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi X. Umarova, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
16-maqsad: Onalar va bolalar oʻlimini qisqartirish, sogʻlom bolalikni taʼminlash |
|||||
|
22. |
Ayollar salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarning oldini olish tadbirlarini yanada takomillashtirish. |
1. Tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarining “Ayollar maslahatxonasi” boʻlimida homiladorlarni hisobga olishdan boshlab, tugʻruqdan keyingi 42 kunga qadar boʻlgan davrni qamrab oluvchi yagona elektron bazani shakllantirish va amaliyotga toʻliq joriy qilish. 2. 15 — 49 yoshli ayollarni har yili 1-marta profilaktik koʻriklardan oʻtkazish, ekstragenital kasallik aniqlanganlarni homiladorlikkacha sogʻlomlashtirish choralarini koʻrish. |
Doimiy |
Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida |
Sogʻliqni saqlash vazirligi A. Inoyatov |
|
23. |
Tugʻish yoshidagi va homilador ayollarga hamda bolalarga 7 turdagi vitaminlar, yod va foliy kislotasini bepul tarqatish ishlarini davom ettirish. |
Quyidagilar: 6 oylikdan 5 yoshgacha boʻlgan bolalarni “A” vitamini bilan; 1,0 million nafar homilador va 1,5 million nafar bola emizuvchi ayollarni yod preparati bilan; 5,9 million nafar 35 yoshgacha tugʻish yoshidagi ayollarni temir va foliy kislotasi preparati bilan bepul taʼminlash. |
2023-yil noyabr oyidan boshlab har yili |
Hisob-kitoblar asosida Davlat budjeti mablagʻlari va xalqaro moliya institutlari mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi A. Inoyatov |
|
24. |
Bolalarning sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash orqali ratsional oʻsishi va rivojlanishi, aqlan barkamol boʻlib shakllanishini taʼminlash. |
1. Respublika boʻyicha 6 — 23 oylik boʻlgan jami 1,2 million nafar bolani mikronutriyent kukuni bilan bepul taʼminlash. 2. Quyidagilarni: 6,5 million nafar 2 — 10 yoshdagi bolalarni gelmintoz profilaktikasi boʻyicha maxsus preparatlar bilan; 8,8 million nafar 3 — 15 yoshdagi bolalarni yod preparati bilan bepul taʼminlash. |
2023-yil noyabr oyidan boshlab har yili |
Hisob-kitoblar asosida Davlat budjeti mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi A. Inoyatov |
|
25. |
Koxlear implantatsiya operatsiyasi oʻtkazgan bolalarda doimiy asosda nutq protsessorlarini almashtirish dasturini yoʻlga qoʻyish. |
2023-yilda 132 nafar, 2024-yilda 125 nafar bolalarda nutq protsessorlarini almashtirish. |
2023-yil noyabr oyidan boshlab har yili |
Ijrochilar mablagʻlari doirasida |
Sogʻliqni saqlash vazirligi A. Inoyatov |
|
26. |
Boshqariluvchi yuqumli kasalliklar boʻyicha epidemiologik barqarorlikni taʼminlash maqsadida profilaktik emlash tadbirlarini davom ettirish. |
Respublika boʻyicha 12 million nafar bolani 13 turdagi vaksinalar bilan boshqariluvchi yuqumli kasalliklarga qarshi emlash. |
2023-yil sentabr — dekabr oylari |
Davlat budjeti mablagʻlari doirasida |
Sogʻliqni saqlash vazirligi A. Inoyatov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi O. Fozilkarimov |
|
17-maqsad: Onkologik kasalliklarni erta aniqlash va oʻlim koʻrsatkichini kamaytirish |
|||||
|
27. |
Xavf guruhiga mansub aholini onkologik kasalliklarni erta aniqlash boʻyicha skrining tekshiruvlaridan oʻtkazish. |
45 — 65 yoshdagi 2 million nafar ayolni 2 yilda 1-marta koʻkrak bezi saratonini erta aniqlash boʻyicha ommaviy skrining tekshiruvidan oʻtkazish. |
Har yili |
Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida |
Sogʻliqni saqlash vazirligi A. Inoyatov |
|
18-maqsad: Yuqumli boʻlmagan kasalliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish |
|||||
|
28. |
Bolalar va katta yoshdagi aholi orasida profilaktik koʻriklar va skrining tekshiruvlar qamrovini oshirish. |
1. 3 million nafar maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilari va umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarini chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish. 2. 2 — 10 yoshli 1,3 million nafar bolani gelmintozni, 3 — 18 yoshli 3 million nafar bolani 2 yilda 1-marta gematoonkologik kasalliklarni erta aniqlash maqsadida ommaviy va selektiv skrining tekshiruvlaridan oʻtkazish. 3. 4 million nafar 18 — 40 yoshli aholini har yili 1-marta profilaktik koʻrikdan oʻtkazish va salomatlik holatini baholash. 4. 2,1 million nafar 40 yosh va undan katta yoshdagi aholi orasida yuqumli boʻlmagan kasalliklar xavf omillarini erta aniqlash maqsadida skrining tekshiruvlarini joriy qilish. |
Tarmoq reja asosida |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi A. Inoyatov |
|
19-maqsad: Sogʻlom va faol keksalikni taʼminlash |
|||||
|
29. |
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Faol keksalik konsepsiyasi va Keksa odamlarning salomatligi hamda farovonligini baholash indikatorlarini amaliyotga joriy etish. |
1. Keksa yoshdagi aholining salomatligini va faolligini baholash tizimini joriy etish. 2. 4,6 million nafar 55 va undan katta yoshdagi aholini har yili profilaktik koʻrikdan oʻtkazish. 3. Surunkali kasalligi aniqlanganlarning tizimli nazoratini, ambulator va statsionar sogʻlomlashtirishni tashkillashtirish. 4. Yuqumli boʻlmagan kasallikka chalingan keksa yoshdagi bemorlar va ularning farzandlarini oʻzini oʻzi parvarish qilishga oʻrgatish maqsadida koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarda “Profilaktika maktabi” mashgʻulotlarini oʻtkazish. |
Tarmoq reja asosida |
Hisob-kitoblar asosida Davlat budjeti mablagʻlari |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev, Sogʻliqni saqlash vazirligi A. Inoyatov |
|
30. |
Katta yoshdagi aholi orasida toʻgʻri ovqatlanish, jismoniy faollik va yuqumli boʻlmagan kasalliklar profilaktikasi boʻyicha individual va ommaviy targʻibot tadbirlarini oʻtkazish. |
1. Keksa yoshdagi aholi vakillarining kun tartibini tashkillashtirish, jismoniy faolligi va kasalliklar profilaktikasi boʻyicha targʻibot materiallarini tayyorlash. 2. Katta yoshdagi aholi orasida skandinavcha yurish va ularga mos boshqa sport turlarini joriy qilish, “Keksalik gashti” shiori ostida yengil sport musobaqalarini oʻtkazib borish. |
2023-yil dekabr |
“Nuroniy” jamgʻarmasi mablagʻlari |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev, Sogʻliqni saqlash vazirligi A.Inoyatov |
|
20-maqsad: Aholi orasida toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzini shakllantirish |
|||||
|
31. |
Kasallik turlari, jumladan yurak-qon tomir va diabet kasalligi boʻyicha bemorlar uchun parhez odatlariga asoslangan ovqatlanishni baholashning milliy tizimini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish. |
1. Kasallik turlari, jumladan yurak-qon tomir va diabet kasalligi boʻyicha bemorlar uchun parhez odatlariga asoslangan ovqatlanishni baholashga oid ilmiy-tadqiqot loyihasini tayyorlash boʻyicha tanlov oʻtkazish. 2. Kasallik turlariga koʻra bemorlarni ovqatlantirish boʻyicha parhez stollari boʻyicha meʼyoriy hujjatni JSST tavsiyalari va ilgʻor mamlakatlar tajribasi asosida qayta koʻrib chiqish. |
2023-yil dekabr |
Ilmiy dasturlarga ajratilgan mablagʻlar |
Innovatsion rivojlanish agentligi O. Toʻychiyev, Sogʻliqni saqlash vazirligi A. Inoyatov |
|
32. |
Oziq-ovqat mahsulotlarida transyogʻlar va boshqa zararli moddalarni aniqlash tizimini yoʻlga qoʻyish. |
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining Milliy referens-laboratoriyasi, Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi hamda Xorazm, Samarqand, Namangan viloyatlari mintaqaviy laboratoriyalarining oziq-ovqat mahsulotlarida transyogʻlar va boshqa zararli moddalarni aniqlash imkonini beruvchi asbob-uskunalar roʻyxatini va tender hujjatlarini shakllantirish. |
2023-yil noyabr |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi A. Inoyatov, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi B. Yusupaliyev |
|
21-maqsad: Tibbiyot sohasida raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish |
|||||
|
33. |
Davolashning uzluksizligini taʼminlash uchun bemorning umri davomidagi klinik maʼlumotlarini elektron tizimda respublika hududida almashish imkonini yaratish. |
Elektron sogʻliqni saqlash tizimi yagona platformasining arxitekturasi va milliy standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. Bunda, tibbiy maʼlumot almashish standartlari va raqamli sogʻliqni saqlash tizimi yagona platformasining batafsil loyihasi hisobga olinadi. |
2023-yil sentabr |
Germaniyaning “KfW” banki, Sogʻliqni saqlash vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari |
Sogʻliqni saqlash vazirligi A. Inoyatov, Raqamli texnologiyalar vazirligi Sh. Shermatov |
|
34. |
Nodavlat tibbiyot tashkilotlarini sogʻliqni saqlashning yagona axborot tizimiga integratsiya qilish. |
Nodavlat tibbiyot tashkilotlarining sogʻliqni saqlashning yagona axborot tizimiga ulanishini belgilovchi talabni tibbiy faoliyatga oid litsenziyaning talab va shartiga kiritish. |
2023-yil dekabr |
- |
Sogʻliqni saqlash vazirligi A. Inoyatov, Raqamli texnologiyalar vazirligi Sh. Shermatov |
|
1.3. Ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha islohotlar |
|||||
|
(Masʼul — J. Qoʻchqorov, Z. Maxkamova, M. Olloyorov) |
|||||
|
22-maqsad: Professional ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish tizimini tubdan takomillashtirish |
|||||
|
35. |
Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini mahallada aniqlashning samarali tizimini shakllantirish. |
1. Mahallada oilalar bilan manzilli ishlash tizimini joriy qilish, professional ijtimoiy xodimlar korpusini shakllantirish. 2. “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimining maʼlumotlar bazasini bosqichma-bosqich shakllantirib, uning tegishli axborot tizimlari va platformalar bilan toʻliq integratsiyasini taʼminlash. |
2023-yil oktabr |
Davlat budjeti mablagʻlari, hamkor tashkilotlar mablagʻlari |
Ijtimoiy himoya milliy agentligi J. Abruyev, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev |
|
23-maqsad: Nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi tizim hamda ular uchun qulay va maqbul muhit yaratish |
|||||
|
36. |
Nogironlikni belgilash tizimini qayta koʻrib chiqish va zamonaviy standartlarni joriy qilish. |
1. Nogironlikni belgilash boʻyicha tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari faoliyatini raqamlashtirish, ushbu jarayonlarda ochiqlikni taʼminlash va inson omilini qisqartirish. 2. Nogironligi boʻlgan shaxslar va ularning oila aʼzolari uchun ijtimoiy xizmatlarni kengaytirish. |
2023-yil dekabr |
Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida |
Ijtimoiy himoya milliy agentligi M. Tashxodjayev, J. Abruyev, Sogʻliqni saqlash vazirligi A. Inoyatov |
|
24-maqsad: Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish |
|||||
|
37. |
Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan, qarovsiz va nazoratsiz qolgan bolalarni ijtimoiy himoyalash tizimini takomillashtirish. |
1. Bolaning hayotiy vaziyatini baholash mezonlarini ishlab chiqish. 2. Bolalarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqish. |
2023-yil dekabr |
Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida |
Ijtimoiy himoya milliy agentligi S. Abdullayev, Oliy Majlisning Bola huquqlari boʻyicha vakili A. Yunusova |
|
25-maqsad. Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish va gender tenglikni taʼminlash |
|||||
|
38. |
“Sogʻlom oila — sogʻlom jamiyat!” shiori ostida oilalarni mustahkamlash, notinch oilalardagi muhitni sogʻlomlashtirish tadbirlarini tashkil etish. |
1. “Sogʻlom oila — sogʻlom jamiyat!” shiori ostida oʻtkaziladigan maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy, targʻibot tadbirlarining namunaviy tartibi hamda reja-jadvallarini ishlab chiqish. |
2023-yil sentabr |
Hisob-kitoblarga asosan Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi O. Parpiboyeva, “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti N. Egamberdiyeva |
|
2. Oilalarga taʼsirchan metodik, konsultativ va amaliy yordam koʻrsatishning samarali tizimini yaratish, mediatorlik institutining rolini kuchaytirish boʻyicha qoʻshma chora-tadbirlar belgilash. |
2023-yil oktabr |
||||
|
3. Mahallalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy faolliklarini oshirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etishda “Oqila ayollar” harakati faolligini oshirish chora-tadbirlarini belgilash. |
2023-yil noyabr |
||||
|
39. |
Jamiyatda oilaviy zoʻravonlikka nisbatan murosasiz muhitni shakllantirish ishlarini tizimli davom ettirish. |
1. Jamiyatda oilaviy zoʻravonlikka nisbatan murosasiz muhitni shakllantirish yuzasidan oʻtkaziladigan targʻibot-tushuntirish tadbirlarining namunaviy tartibi hamda reja-jadvallarini ishlab chiqish. |
2023-yil oktabr |
- |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev, Ichki ishlar vazirligi P. Bobojonov, Ijtimoiy himoya milliy agentligi M. Olloyorov |
|
2. Xotin-qizlar va bolalarni zoʻravonlik va shafqatsizlik gʻoyalaridan himoya qilishda oila instituti va mahallalarning taʼlim muassasalari bilan oʻzaro hamkorligini yanada rivojlantirish. |
2023-yil sentabr — dekabr |
||||
|
3. Jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan va jazo muddatini oʻtab chiqqan, profilaktik hisobda turgan xotin-qizlar bilan yakka tartibdagi profilaktik hamda ijtimoiy-huquqiy qoʻllab-quvvatlash ishlarini amalga oshirish. |
2023-yil sentabr — dekabr |
- |
Ichki ishlar vazirligi P. Bobojonov, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev |
||
|
40. |
Ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar uchun ijtimoiy-huquqiy va psixologik yordam koʻrsatish xizmatini kengaytirish. |
1. Xotin-qizlar muammolari bilan ishlash tizimini raqamlashtirish, shu jumladan xotin-qizlar muammolarini oʻrganish va ularni tizimli ravishda hal etish modulini yaratish va amaliyotga tatbiq etish. |
2023-yil oktabr |
Hisob-kitoblarga asosan, Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi O. Parpiboyeva, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
2. “Ayollar daftari” doirasida ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj xotin-qizlar bilan manzilli ishlash tizimini yanada takomillashtirish choralarini koʻrish. |
2023-yil dekabr |
||||
|
3. Aliment toʻlash va undirish amaliyoti hamda xorijiy tajribani inobatga olgan holda aliment toʻlash tizimi samaradorligini oshirish, shu jumladan aliment majburiyatlarini oʻz vaqtida va toʻliq bajarayotgan shaxslarni ragʻbatlantirish mexanizmini joriy etish. |
2023-yil dekabr |
||||
|
41. |
Jahon bankining “Ayollar, biznes va qonun” indeksida Oʻzbekiston pozitsiyasini yanada yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
1. “Ayollar, biznes va qonun” indeksida eng yuqori ball olgan mamlakatlarning ijobiy tajribalarini oʻrganish va natijalari boʻyicha takliflar ishlab chiqish. 2. Jahon bankining mazkur indeksida Oʻzbekiston pozitsiyasini yaxshilash boʻyicha aniq chora-tadbirlarni belgilash va amalga oshirish choralarini koʻrish. 3. Jahon bankining mazkur indeksidagi har bir koʻrsatkich boʻyicha asoslantirilgan toʻliq tahliliy maʼlumotlarni tayyorlash hamda kelishilgan holda Jahon bankiga taqdim etilishini taʼminlash. |
2023-yil sentabr-oktabr |
- |
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi O. Parpiboyeva, Statistika agentligi B. Begalov, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
42. |
Xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, ularning mahsulotlarini eksport qilish, faoliyatini kengaytirish uchun investorlarni jalb qilishga koʻmaklashish. |
1. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi ayol tadbirkorlar uchun maxsus axborot portalini ishlab chiqish va ishga tushirish. 2. Mahalliy va xorijiy davlatlarning ayol tadbirkorlari ishtirokida biznes forumlar tashkil etish. 3. Faol tadbirkor ayollarning xorijiy davlatlardagi tadbirkorlar bilan oʻzaro tajriba almashishini yoʻlga qoʻyish va biznes hamkorlarni topishga koʻmaklashish maqsadida tanishuv safarlarini va koʻrgazmalarda ishtirokini taʼminlash. |
2023-2024-yillar |
Hisob-kitoblarga asosan ijrochilar va homiylar mablagʻlari |
Sado-sanoat palatasi D. Vaxobov, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi O. Parpiboyeva, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov, Tashqi ishlar vazirligi B. Saidov, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
43. |
Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni yaratishga qaratilgan Xalqaro mehnat tashkiloti konvensiyalarining Oʻzbekiston Respublikasi milliy manfaatlariga mos keladigan maqbul normalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish. |
1. Xalqaro mehnat tashkilotining “Haq toʻlanadigan taʼtillar toʻgʻrisida”gi Konvensiyasini va xorijiy tajribani chuqur tahlil qilgan holda undagi xalqaro standartlar va normalarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish masalasini oʻrganish va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. |
2023-yil sentabr |
- |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev, Adliya vazirligi A. Tashqulov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi I. Norqulov, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi O. Parpiboyeva, Kasaba uyushmalari federatsiyasi K. Rafikov, Ish beruvchilar konfederatsiyasi I. Xaydarov |
|
2. Xalqaro mehnat tashkilotining “Mehnat gigiyenasi, ishlab chiqarishda gigiyena xavfsizligi toʻgʻrisida”gi, “Ishlayotgan ayollar va erkaklar uchun teng munosabatlar va teng imkoniyatlar: oilaviy majburiyatga ega ishchilar toʻgʻrisida”gi, “Toʻliqsiz ish kuni toʻgʻrisida”gi, “Onalikni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi konvensiyani qayta koʻrib chiqish haqida”gi, “Mehnat sohasida tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish toʻgʻrisida”gi konvensiyalarini ratifikatsiya qilish masalasini oʻrganish va natijalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. |
2023-yil dekabr |
||||
|
26-maqsad: Nuroniylarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash |
|||||
|
44. |
Nuroniylar uchun respublika boʻylab sayohatlar tashkil etish, ularning mazmunli dam olishi uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish. |
1. Respublikadagi diqqatga sazovor joylarning, xususan tarixiy shaharlar, qadimiy obidalar, ziyoratgohlar va yurtimizning soʻlim goʻshalarining roʻyxatini shakllantirish hamda ularga faol nuroniylarni va yolgʻiz keksalar sayohatini tashkil etish. |
2023-yil noyabr |
Hisob-kitoblarga asosan “Nuroniy” jamgʻarmasi mablagʻlari |
“Nuroniy” jamgʻarmasi S. Turdiyev, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi A. Abduxakimov |
|
2. Nuroniylar uchun “Turizm oyligi” tadbirini tashkil etish va sayohatlarni uyushtirish. |
Har yili noyabr oyida |
||||
|
45. |
Nuroniylarga tizimli ravishda jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishlari uchun zarur sharoitlarni yaratib borish, “Nuroniylar maskani” majmualarida va mahallalarda turli madaniy-maʼrifiy va sport tadbirlari oʻtkazish. |
Tuman (shahar)lardagi “Nuroniylar maskani” majmualari va mahallalarga taʼlim va madaniyat muassasalarini biriktirish hamda ularda madaniy-maʼrifiy va sport tadbirlarini oʻtkazish. Tadbirlarga nuroniylar va yoshlarni jalb etish. |
2023-yil sentabr |
Hisob-kitoblarga asosan mahalliy budjet mablagʻlari |
“Nuroniy” jamgʻarmasi S. Turdiyev, Yoshlar siyosati va sport vazirligi A. Ikramov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
46. |
Yoshlar tarbiyasida nuroniylarning oʻrnini yanada oshirish maqsadida “Uch avlod uchrashuvlari”, “Otalar jasorati — ibrat namunasi”, “Oʻnta yoshga — bir nuroniy” harakati kabi maʼnaviy-tarbiyaviy ishlarni yanada kengaytirish va manzilli tashkil etish. |
1. El-yurt hurmatiga sazovor boʻlgan, mamlakat taraqqiyotiga hissa qoʻshgan taniqli keksa avlod, oʻrta avlod vakillari hamda yoshlar bilan “Uch avlod uchrashuvi”, “Otalar jasorati — ibrat namunasi” tadbirlarini oʻtkazish. Oʻzbekiston Qahramonlari, “El-yurt hurmati” ordeni va boshqa davlat mukofotlari sohiblari, atoqli yozuvchilar, shoirlar, taniqli sanʼatkor, olim va ziyolilar, hududdagi faollar, mashhur sportchilar, hunarmandlar, fermerlar, yirik korxonalar rahbarlarini jalb etish. 2. “Oʻnta yoshga — bir nuroniy” harakati doirasida har bir mahallada ishsiz, tarbiyasi ogʻir, muammoli yoshlardan oʻn nafarini bir faol nuroniyga biriktirish. |
2023-yil sentabr — dekabr |
Hisob-kitoblarga asosan mahalliy budjet mablagʻlari |
“Nuroniy” jamgʻarmasi S. Turdiyev, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
47. |
“Nuroniylar oʻgiti — tarbiya ustuni” tamoyili asosida oila institutini mustahkamlash, yosh oilalarni qoʻllab-quvvatlash, yoshlar oʻrtasida umuminsoniy va oilaviy qadriyatlarni targʻib etish. |
Manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda oilalar va mahallalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirish maqsadida “Nuroniylar oʻgiti — tarbiya ustuni” tamoyili asosida mahallalarda aholi, shu jumladan yosh oilalar vakillari ishtirokida turli suhbat va uchrashuvlar tashkil etish. |
2023-yil sentabr — dekabr |
- |
“Nuroniy” jamgʻarmasi S. Turdiyev, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev |
|
27-maqsad: Mamlakatda kambagʻallik darajasini qisqartirish |
|||||
|
48. |
Har bir kambagʻal oila uchun ishlab chiqilgan individual dastur asosida kambagʻallikdan chiqarish tizimini joriy etish. |
1. Kambagʻal oilalar roʻyxatini shakllantirish. 2. Kambagʻal oilalarga taqdim etiladigan koʻmaklar boʻyicha individual dastur ishlab chiqish. |
2023-yil sentabr |
Hisob-kitoblarga asosan |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev |
|
3. Individual dastur asosida kambagʻal oilalarni qoʻllab-quvvatlash. |
2023-yil oktabr |
||||
|
28-maqsad: Aholini daromadli mehnat bilan band qilish, ijtimoiy sugʻurta tizimini takomillashtirish |
|||||
|
49. |
Aholining ishchanlik faolligini va tadbirkorlik tashabbuslarini ragʻbatlantirishga, aholi bandligini oshirishga qaratilgan davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va sifatini oshirish. |
1. Bandlik organlarida koʻrsatilayotgan bandlik sohasidagi xizmatlar sifatini va natijadorligini oshirish choralarini koʻrish. 2. Bandlik organi xodimlarining lavozim yoʻriqnomalari va vazifalarini qayta koʻrib chiqish. Ularning ish samaradorligini oshirish choralarini koʻrish. 3. Bandlik organi va hokim yordamchilari faoliyatini muvofiqlashtirish, bunda, koʻrsatilayotgan xizmatlarni mahalla darajasiga tushirish boʻyicha amaliy choralar koʻrish. |
2023-yil dekabr |
- |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev |
|
29-maqsad: Fuqarolarni davlat hisobidan kasb-hunarga oʻqitish, ularning zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish boʻyicha kasbiy koʻnikma va malakalarini rivojlantirish |
|||||
|
50. |
Band boʻlmagan shaxslar, kambagʻal oilalarning ishsiz aʼzolari va yoshlarni davlat hisobidan amaliy monomarkaz, davlat va nodavlat taʼlim muassasalarida kasb-hunar, xorijiy tillar va tadbirkorlik koʻnikmalariga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish orqali ularning bandligiga koʻmaklashish koʻlamini ikki barobar oshirish. |
1. Korxona va tashkilotlar buyurtmalari, shuningdek, mehnat bozori holatidan kelib chiqib kasb-hunar, xorijiy tillar va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitishni tashkil etish. 2. Joriy yil ikkinchi yarim yilligida 80 ming nafar ishsizlarni oʻqishga jalb etish. |
2023-yil dekabr |
Hisob-kitoblarga asosan |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmonov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
1.4. Yoshlarga oid davlat siyosati va sport yoʻnalishlaridagi islohotlar |
|||||
|
(Masʼul — A. Aripov) |
|||||
|
30-maqsad: Yoshlarni zamonaviy kasblar va chet tillariga oʻqitish tizimini yaratish |
|||||
|
51. |
Yoshlarni chet tillariga oʻqitish tizimini yanada kengaytirish. |
1. Chet tillarini ommalashtirishga koʻmaklashuvchi “Ibrat” loyihalarini rivojlantirish, xalqaro imtihon tizimlarida chet tillari va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha yuqori ball olgan yoshlarning imtihon xarajatlarini qoplab berish amaliyotini kengaytirish. 2. Chet tillarini oʻqitishga ixtisoslashgan nodavlat taʼlim muassasalarini tashkil etishni qoʻllab-quvvatlash, mavjud nodavlat taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish. |
2023-yil noyabr |
- |
Yoshlar ishlari agentligi A. Saʼdullayev |
|
31-maqsad: Yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning ilmiy faoliyatini ragʻbatlantirish |
|||||
|
52. |
Yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish. |
1. “Zakovat”, “Shaxmat”, “Munozara” kabi intellektual oʻyinlarga yoshlarni koʻproq jalb etish, xalqaro va respublika fan olimpiadalari (tanlovlar, turnirlar, boshqalar)ga yoshlarning ishtirok etishiga koʻmaklashish. |
2023-yil dekabr |
- |
Yoshlar ishlari agentligi A. Saʼdullayev |
|
2. Yuqori sinf oʻquvchilarining oʻz hududidagi taniqli tadbirkorlar, sportchilar va boshqa sohalarda yuqori natijalarga erishgan shaxslar bilan uchrashuvlarini muntazam ravishda tashkil etish. |
2023-yil oktabr oyidan boshlab doimiy |
||||
|
32-maqsad: Yoshlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ishsizlik darajasini kamaytirish |
|||||
|
53. |
Yoshlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ishsizlik darajasini kamaytirish. |
1. “Yoshlar balansi”ni takomillashtirish orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj, hayotda oʻz oʻrnini topishga qiynalayotgan yoshlarni muntazam ravishda aniqlab borish, ularning kasbiy koʻnikmalari va qiziqishlari boʻyicha maʼlumotlarni shakllantirish. 2. “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari mablagʻining kamida 40 foizini yoshlarni kasb-hunarga oʻqitishga yoʻnaltirish, “Yoshlar daftari” tizimi orqali yoshlarga koʻrsatiladigan ijtimoiy-iqtisodiy xizmat turlarini kengaytirish. 3. “Yoshlar daftari” orqali koʻrsatiladigan ijtimoiy-iqtisodiy xizmatlar, jumladan yoshlarga subsidiya, kompensatsiya va moddiy yordam berish tartibini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
2023-yil dekabr |
- |
Yoshlar ishlari agentligi A. Saʼdullayev, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmanov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
33-maqsad: Yoshlar oʻrtasida IT sohasini yanada ommalashtirish hamda sohada xizmatlar eksportini oshirish |
|||||
|
54. |
Yoshlarga zamonaviy bilim va koʻnikmalarni oʻrgatish, ularning yuqori daromadli sohalarda bemalol ishlay olishlari uchun sharoit yaratish. |
“Bir million dasturchi” loyihasini kengaytirish orqali eng iqtidorli yoshlarni tanlab olib, xalqaro nufuzli kompaniyalar talablariga mos dasturlar asosida xalqaro IT bozoriga tayyorlash. |
2023-yil dekabr |
Ushbu dasturlar uchun Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida |
Raqamli texnologiyalar vazirligi Sh. Shermatov, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi X. Umarova, Yoshlar ishlari agentligi A. Saʼdullayev, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmanov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
34-maqsad: Jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanadigan yoshlar qamrovini kengaytirish |
|||||
|
55. |
Sport bilan shugʻullanadigan yoshlar qamrovini kengaytirish. |
1. “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlar oʻrtasida oʻtkaziladigan ommaviy sport musobaqalaridagi sport turlari geografiyasini kengaytirish va tanlovlar sifatini oshirish. 2. Maktabgacha, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchi va oʻquvchilari, professional taʼlim va oliy taʼlim muassasalari talabalarini ommaviy sport turlariga bosqichma-bosqich keng jalb qilish maqsadida targʻibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish. 3. Aholining keng qatlamalari, jumladan uyushmagan yoshlarni sportga qiziqtirish hamda ularning jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish doirasida yurish va yugurish kabi musobaqalarni tashkil etib borish. 4. Aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish orqali ularning jismoniy qobiliyatini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. 5. Respublika hududlarida, ayniqsa, olis va chekka hududlardagi mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan universal sport maydonchalarini bosqichma-bosqich barpo etish hamda bu orqali aholining sport bilan shugʻullanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish. 6. Aholining yosh toifalari boʻyicha respublikaning barcha hududlarida har yili jismoniy tayyorgarlik sinovlarini oʻtkazish hamda mazkur tadbirlarga fuqarolarni jalb qilish. 7. Milliy qadriyatlarimizni tiklash, yosh avlodga yetkazish maqsadida har yili “Milliy sport turlari va xalq oʻyinlari”, “Uloq” va “Koʻpkari” kabi etnofestivallarni oʻtkazish orqali ushbu tadbirlarga yoshlarni jalb qilish. 8. Sport bilan shugʻullanadigan yoshlar qamrovini bogʻcha yoshidan boshlab kengaytirish choralarini koʻrish. |
2023-yil dekabr |
- |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi A. Ikramov, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmanov, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi X. Umarova, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
35-maqsad: Respublikada sport bilan professional va doimiy shugʻullanuvchi yoshlar ulushini oshirish |
|||||
|
56. |
Sport-taʼlim muassasalarida shugʻullanuvchi yoshlar sonini oshirish. |
1. Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida rivojlantirilayotgan sport turlari boʻyicha milliy va hududiy terma jamoalarga nomzodlarni aniqlash, saralash (seleksiya) va tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish. 2. Xalqaro sport tashkilotlari bilan hamkorlikni kuchaytirish orqali Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari hamda ixtisoslashtirilgan sport maktablari oʻrtasida oʻzaro tajriba almashish tizimini yaratish. |
2023-yil dekabr |
- |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi A. Ikramov, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi X. Umarova |
|
57. |
Mamlakatimizda xalqaro darajada sport musobaqalarini oʻtkazish boʻyicha aniq choralarni belgilash. |
1. Kelgusi yillarda respublikada sport turlari boʻyicha xalqaro darajadagi yirik musobaqa, bellashuv va boshqa tadbirlarni tashkil etish yuzasidan rejalarni belgilash. 2. Futbol boʻyicha kattalar oʻrtasida Osiyo kubogini 2031-yilda Oʻzbekistonda oʻtkazish yuzasidan Osiyo futbol konfederatsiyasiga takliflar kiritish choralarini koʻrish. |
2023-yil noyabr |
- |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi A. Ikramov, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi O. Axmedov |
|
36-maqsad: Milliy terma jamoalarga yuqori malakali va natijador sportchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish |
|||||
|
58. |
Milliy terma jamoalarga yuqori malakali va natijador sportchilarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish. |
1. Sportchilarga sport unvonlari va sport razryadlari berish tizimini takomillashtirish. 2. 2023-yilda Xanchjou (Xitoy) shahrida boʻlib oʻtadigan Osiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston sportchilarining muvaffaqiyatli ishtirokini taʼminlash. 3. 2025-yil Toshkent shahrida boʻylab oʻtadigan IV yoshlar Osiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasi ishtirok etadigan sport turlari geografiyasini belgilash hamda yuqori natijadorlikka erish boʻyicha chora-tadbirlarni qabul qilish. 4. Nufuzli xalqaro sport tadbirlarini Oʻzbekistonda oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda sohada faoliyat olib borayotgan mutaxassislarning xalqaro va Osiyo sport tashkilotlarining rahbariyati va aʼzolari qatoriga kiritilishini taʼminlash. |
2023-yil noyabr |
- |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi A. Ikramov, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi O. Kasimov, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi M. Tashxodjayev |
|
37-maqsad: Olimpiya va paralimpiya harakatini rivojlantirish |
|||||
|
59. |
Olimpiya va Paralimpiya harakatini rivojlantirish. |
1. Olimpiya oʻyinlariga kiritilgan jamoaviy (futbol, gandbol, basketbol, voleybol, regbi, chim ustida xokkey, suv sporti turlari) va boshqa sport turlarini rivojlantirish. 2. Jamoaviy va boshqa sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasining nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtirok etishini taʼminlash. 3. Yozgi paralimpiya sport turlarini rivojlantirish, shu jumladan: paralimpiya sportchilari orasida sogʻlom turmush tarzini yanada rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratish. Xususan, mazkur tashabbusni aholining imkoniyati cheklangan qatlami oʻrtasida targʻib qilish; paralimpiya sport turlari roʻyxatiga kiritilgan sport turlarini sport taʼlim muassasalarida yanada kengaytirish hamda paralimpiya oʻyinlariga litsenziyalarni qoʻlga kiritish. |
2023-yil dekabr |
- |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi A. Ikramov, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi O. Kasimov, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi M. Tashxodjayev |
|
1.5. Maʼnaviy taraqqiyotni taʼminlash va madaniyat sohasini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha islohotlar |
|||||
|
(Masʼul — A. Aripov) |
|||||
|
38-maqsad: Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash |
|||||
|
60. |
Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashga qaratilgan ilmiy asoslangan monitoring hamda sotsiologik tadqiqotlarni tizimli tashkil qilish. |
1. Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashga qaratilgan ilmiy ishlar tanlovini oʻtkazish. 2. Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashga qaratilgan sotsiologik tadqiqotlarni amalga oshirish. 3. Sotsiologik tadqiqotlar natijalarini monitoring qilish. |
2023-yil dekabr |
- |
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi M. Xodjimatov, Madaniyat vazirligi O. Nazarbekov, “Ijtimoiy fikr” markazi N. Raximova |
|
39-maqsad: Oʻzbek va jahon adabiyoti durdonalarini keng ommalashtirish, jamiyatda kitobxonlikni hamda aholiga axborot-kutubxona xizmatini koʻrsatishni rivojlantirish |
|||||
|
61. |
Mamlakatimizda kitobxonlikni targʻib qilishning taʼsirchan va samarali usullarini joriy qilish. |
Kitobxonlik tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. Bunda: ushbu yoʻnalishda qulay shart-sharoitlar yaratish; kitobxonlik tadbirlarini taniqli ijodkorlar, ziyolilar ishtirokida adabiyot va kitobxonlik bayrami sifatida yuqori saviyada tashkil qilish; “Kitobsevar millat” oyliklari doirasida maʼrifiy tadbirlar, kitob savdo-yarmarkalari, kitob festivallarini uyushtirish nazarda tutiladi. |
2023-yil dekabr |
Oʻzbekiston Respublikasining axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi A. Xodjayev, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi X. Umarova, Yozuvchilar uyushmasi S. Saidov |
|
40-maqsad: Zamonaviy teatr va sirk sanʼatini har tomonlama rivojlantirish, yuksak badiiy-gʻoyaviy saviyaga ega sahna asarlarini yaratish |
|||||
|
62. |
Ilgʻor xorijiy davlatlar tajribalarini oʻrganish orqali teatrlar faoliyatiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish. |
1. Davlat teatrlarida faoliyat yuritayotgan ijodiy va yordamchi xodimlarning xorijiy davlatlarning nufuzli teatrlarida mahoratini oshirishni tashkil etish maqsadida hamkorlik yoʻlga qoʻyiladigan xorijiy teatrlar roʻyxatini shakllantirish hamda kelishuv va memorandumlarni imzolash. 2. Xorijiy davlatlarning nufuzli teatrlarida mahoratini oshiradigan teatrlarda faoliyat yuritayotgan ijodiy va yordamchi xodimlar roʻyxatini shakllantirish. 3. Ijodiy va yordamchi xodimlarning xorijiy davlatlarning nufuzli teatrlarida mahoratini oshirishini taʼminlash. |
2023-yildan boshlab, reja asosida muntazam |
Hisob-kitoblarga asosan homiylik xayriyalari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Madaniyat vazirligi O. Nazarbekov, Tashqi ishlar vazirligi B. Saidov |
|
41-maqsad: Oʻzbek milliy sanʼatini targʻib qilish orqali mamlakatimizning turistik salohiyatini oshirish |
|||||
|
63. |
Oʻzbek milliy musiqa sanʼatini dunyo boʻylab ommalashtirish. |
1. Oʻzbek milliy musiqa sanʼatini dunyo boʻylab eksport qilish. 2. Nufuzli promouter va prodyuserlarning yurtimizda oʻtkaziladigan xalqaro festivallarda ishtirok etishini tashkil etish. |
2023-yil dekabr |
Hisob-kitoblarga asosan homiylik xayriyalari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Madaniyat vazirligi O. Nazarbekov, Tashqi ishlar vazirligi B. Saidov |
|
64. |
Xoreografiya akademiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish va ilmiy tadqiqotlar uchun maqsadli grantlar joriy qilish. |
1. Oʻzbek va jahon xalqlari raqs sanʼatiga oid fundamental tadqiqotlarni olib boruvchi ilmiy tadqiqot ishchi guruhini shakllantirish. 2. Ilmiy tadqiqotlar uchun maqsadli grant loyihalari yuzasidan takliflar ishlab chiqish. 3. Milliy raqs sohasida ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun har yili maqsadli grantlar tanlovini eʼlon qilish. |
2023-yil oktabr oyidan boshlab har yili |
Hisob-kitoblarga asosan Respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida, homiylik xayriyalari |
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abdurahmonov, Madaniyat vazirligi O. Nazarbekov |
|
42-maqsad: Madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy oʻrganish va ommalashtirish bilan bogʻliq faoliyatni yanada takomillashtirish |
|||||
|
65. |
Buxoro shahrida Jadidlar muzeyini tashkil qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
1. Muzey konsepsiyasi yuzasidan ilmiy muhokamalar oʻtkazish. 2. Muzeyni tashkil qilish uchun tegishli binoni Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkazish. 3. Muzey faoliyatini ilgʻor tajribalar asosida yoʻlga qoʻyish yuzasidan oʻrganishlar oʻtkazish. |
2024-yil mart |
Hisob-kitoblarga asosan Davlat budjeti va homiylar mablagʻlari |
Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi G. Umerova, Buxoro viloyati hokimligi B. Zaripov |
|
66. |
Madaniy meros obyektlari va davlat muzeylarida restavratsiya va taʼmirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish. |
1. Respublikadagi 60 ta madaniy meros obyektlari va 7 ta muzeylar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish. 2. Loyiha-smeta hujjatlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazish. 3. Restavratsiya va taʼmirlash-tiklash ishlarini moliyalashtirish. 4. Madaniy meros obyektlari va davlat muzeylarida taʼmirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish. 5. Muzeylarda faoliyat yuritayotgan ishchi xodimlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish. |
2023-yil sentabr — dekabr |
Respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Madaniy meros agentligi B. Abdikarimov |
|
67. |
Arxeologiya yodgorliklarida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va muzeylashtirish. |
1. Arxeologiya yodgorliklarida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun ruxsatnoma rasmiylashtirish. 2. Ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish. 3. Arxeologiya yodgorliklarini muzeylashtirish choralarini koʻrish. |
2023-yil sentabr — dekabr |
Respublika budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Madaniy meros agentligi B. Abdikarimov |
|
43-maqsad: Madaniyat tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish, ularning moddiy-texnika bazasini yaxshilash va soha xodimlarini qoʻllab-quvvatlash, tasviriy va amaliy sanʼat yoʻnalishlarini rivojlantirish. |
|||||
|
68. |
Madaniyat va sanʼat muassasalari hamda taʼlim tashkilotlarini milliy musiqa cholgʻulari bilan taʼminlash orqali professional va havaskorlik sanʼati faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish. |
1. 10 mingdan ziyod umumtaʼlim maktablari, 324 ta bolalar musiqa va sanʼat maktabi hamda 826 ta madaniyat markazlarining milliy musiqa cholgʻulariga boʻlgan ehtiyojini oʻrganish va roʻyxatni shakllantirish. 2. Shakllantirilgan roʻyxat asosida bosqichma-bosqich milliy musiqa cholgʻularini xarid qilish va ularni umumtaʼlim maktablari, bolalar musiqa va sanʼat maktablari va madaniyat markazlariga yetkazish. |
2023-yil oktabr oyidan boshlab |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va Madaniyat vazirligiga ajratilgan respublika budjeti mablagʻlari |
Madaniyat vazirligi O. Nazarbekov, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi X. Umarova |
|
69. |
Oʻzbek xalqining milliy qadriyatlari va maʼnaviy merosini asrab-avaylash, keng ommalashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlari koʻlamini kengaytirish hamda rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash. |
1. Xalq ogʻzaki ijodi durdonalari boʻlgan dostonlarni targʻib etib kelayotgan baxshilar ijodini qoʻllab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2023-yil dekabr |
Hisob-kitoblar asosida Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida |
Madaniyat vazirligi O. Nazarbekov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
2. Askiya va qiziqchilik sanʼati yoʻnalishida har yili kamida 3 ta ilmiy-tadqiqot ishi uchun davlat buyurtmasini tanlov asosida shakllantirish. |
Har yili reja asosida |
||||
|
3. Hududlarning oʻziga xos boʻlgan urf-odat va marosimlarini qayta tiklash maqsadida folklor ekspeditsiyalarini tashkil etish va ilmiy jihatdan oʻrganish. |
2024-yildan boshlab reja asosida |
||||
|
44-maqsad: Milliy kinematografiyani rivojlantirish |
|||||
|
70. |
Mualliflik filmlari ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash. |
Mualliflik filmlarini ishlab chiqarish boʻyicha rejissorlar oʻrtasida tanlov tashkil qilish, filmlar loyihalari (konsepsiya, adabiy ssenariy, ijodiy guruh, aktyorlar, lokatsiyalar haqidagi maʼlumotlar) asosida gʻolibni belgilash hamda 2024-yil uchun 2 ta film loyihasini tayyorlash. |
2023-yil dekabr |
- |
Kinematografiya agentligi F. Abduxalikov |
1a-ILOVA
T/r | Maqsadli koʻrsatkich | Oʻlchov birligi | 2023 | 2024 |
1.1. Taʼlim tizimi islohotlari | ||||
1-maqsad: Maktabgacha taʼlim tizimini yangi bosqichga olib chiqish hamda bolalarning toʻliq qamrovini taʼminlash | ||||
1. | Bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrov darajasi. | foiz | 74,0 | 76,0 |
2. | 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlov tizimi bilan qamrov darajasi. | foiz | 93,0 | 96,0 |
3. | Yangi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni. | ta | 1 600 | 1 400 |
4. | Kompyuter sinflari bilan taʼminlangan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni. | ta | - | 170 |
5. | Toza ichimlik suv va sanitariya-gigiyena infratuzilmasi bilan taʼminlangan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari ulushi. | foiz | - | 80 |
2-maqsad: Umumiy oʻrta taʼlim tizimida “Taʼlim uchun qulay muhit” dasturini amalga oshirish | ||||
6. | Umumiy oʻrta taʼlim tizimida yaratiladigan yangi oʻquvchi oʻrinlari soni. | mingta | 100 | 150 |
7. | Toza ichimlik suvi va sanitariya-gigiyena infratuzilmasi bilan taʼminlangan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari ulushi. | foiz | 87 | 89 |
3-maqsad: Umumiy oʻrta taʼlim tizimini yangi bosqichga olib chiqish | ||||
8. | Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun yaratiladigan yangi darsliklar, mashq daftarlari, oʻqituvchi metodika kitoblari soni. | nomda | 381 | 131 |
9. | Umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga jalb etiladigan xorijiy til egalari — mutaxassislar soni. | nafar | 500 | 500 |
4-maqsad: Pedagog kadrlar maqomini oshirish, ularning bilimi va malakasini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish | ||||
10. | Xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuborilgan pedagog xodimlar soni. | nafar | - | 100 |
11. | Uzluksiz malakasi oshirilgan maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari xodimlar soni. | ming nafar | 150 | 150 |
12. | Oʻquvchilar uchun bepul maktab avtobuslari yoʻlga qoʻyilgan olis va chekka hududlarda joylashgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalari soni. | dona | - | 100 |
5-maqsad: Umumiy oʻrta taʼlimni rivojlantirish uchun xususiy sektorni keng jalb qilish | ||||
13. | Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari soni. | dona | - | 70 |
14. | Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlar miqdori. | mlrd. soʻm | - | 153 |
6-maqsad: Professional taʼlim tizimini rivojlantirish orqali oʻquvchilarni zamonaviy bilim va koʻnikmalarga oʻrgatish | ||||
15. | Professional taʼlim muassasalarida malaka toifasiga ega boʻlgan pedagog kadrlar ulushi. | foiz | 25 | 30 |
16. | Professional taʼlim tizimida masofaviy yoki aralash shakllarda tashkil etiladigan malaka oshirish kurslari ulushi. | foiz | 10 | 15 |
7-maqsad: Oliy taʼlim bilan qamrovni kengaytirish, oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish | ||||
17. | Yoshlarni oliy taʼlim bilan qamrov darajasi. | foiz | 42 | 43 |
18. | Nodavlat va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarga davlat buyurtmasi qabul parametrlarini oshirish darajasi. | foiz | - | 20 |
19. | Oliy taʼlim muassasalarini dunyoning eng nufuzli “Top-1000” oliy taʼlim tashkilotlari reytingiga kiritish. | dona | - | 1 |
20. | Oliy taʼlim muassasalarining taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish. | dona | 6 | 2 |
8-maqsad: Oliy taʼlim muassasalari tashkiliy-boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ularning moddiy-texnik taʼminotini mustahkamlash | ||||
21. | Faoliyati kengaytiriladigan salohiyatli oliy taʼlim muassasalari soni. | dona | - | 3 |
22. | Xorijiy nufuzli oliygohlari bilan birgalikda “Kvant markaz”lari tashkil etiladigan oliy taʼlim muassasalari soni. | dona | - | 2 |
23. | Oliy taʼlim muassasalarida yangi oʻquv binolarini qurish hisobiga yaratiladigan qoʻshimcha talaba oʻrinlari soni. | mingta | 7,5 | 16,4 |
24. | Talabalar turar joylarini qurish hisobiga yaratiladigan qoʻshimcha oʻrinlar soni. | mingta | 18 | 27 |
25. | Oliy taʼlim muassasalari va xorijiy ilmiy tashkilotlar hamkorligida tashkil etiladigan qoʻshma taʼlim loyihalari ulushi. | foiz | 15 | 30 |
9-maqsad: Fundamental tadqiqotlarni zamon talablaridan kelib chiqib yangi yoʻnalishlar bilan boyitish | ||||
26. | Matematika, biologiya, kimyo, geologiya, fizika, epidemiologiya, seysmologiya, bioxilma-xillik kabi yoʻnalishlarda kompleks ilmiy-tadqiqot dasturlari doirasida amalga oshiriladigan fundamental tadqiqotlar soni. | dona | - | 8 |
27. | Til va adabiyot, tarix, arxeologiya, maʼnaviyat, madaniyat va sanʼat kabi ijtimoiy-gumanitar fanlar yoʻnalishlari boʻyicha alohida ilmiy-tadqiqot dasturlari doirasida amalga oshiriladigan fundamental tadqiqotlar soni. | dona | - | 20 |
28. | Kompleks dasturlar doirasida bajariladigan fundamental tadqiqot yoʻnalishi boʻyicha hamkorlik yoʻlga qoʻyiladigan yetakchi xorijiy ilmiy maktablar soni. | dona | - | 3 |
10-maqsad: Iqtisodiyotning eng tez oʻsib borayotgan yoʻnalishlarida amaliy tadqiqotlarni kuchaytirish, “korxona — oliygoh — ilmiy tashkilot” klaster tizimini joriy etish | ||||
29. | Ilmiy-tadqiqotlar va ishlanmalar sohasida sotilgan mahsulotlarning (tovarlar, ishlar va xizmatlar) umumiy hajmida innovatsion mahsulotlar (tovarlar, ishlar va xizmatlar)ning ulushi. | foiz | 7 | 9 |
30. | Ilmiy hajmdor mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi innovatsion (spin-off) korxonalar soni. | dona | 14 | 22 |
31. | Innovatsion faoliyat infratuzilma subyektlari (texnologik parklar, texnologiyalar transferi markazlari, innovatsion klasterlar, venchur fondlar, innovatsiya markazlari, biznes-inkubatorlar va akselerator) soni. | dona | 45 | 55 |
11-maqsad: Yosh tadqiqotchilarning ulushini oshirish, ularning ilmiy izlanishlarini qoʻllab-quvvatlash | ||||
32. | Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura, doktorantura hamda maqsadli doktorantura kvotalari soni. | dona | 3600 | 4200 |
33. | Tadqiqotchilarning umumiy sonida 39 yoshgacha boʻlgan tadqiqotchilarning ulushi. | foiz | 49 | 50 |
34. | Xorijiy ilmiy tashkilot va universitetlarga ilmiy stajirovkaga yuborilgan tadqiqotchilarning umumiy sonida 39 yoshgacha boʻlgan tadqiqotchilarning ulushi. | foiz | 44 | 47 |
12-maqsad: Barcha yoʻnalishlarda innovatsion faoliyatni keng joriy etish, ilmiy tadqiqotlarni va innovatsion tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash | ||||
35. | Ichki va tashqi bozorlarda tijoratlashtirilgan ilmiy ishlanmalar soni. | dona | 250 | 275 |
36. | Innovatsion tadbirkorlik natijasida yaratilgan yangi ish oʻrinlari sonini oshirish. | foiz | 25 | 50 |
37. | Xususiy sektorning ishlanma va tadqiqotlarga investitsiyalari hajmi. | mln soʻm | 3500 | 4750 |
38. | Innovatsion loyihalar natijasida yaratilgan yangi ish oʻrinlari soni. | dona | 9000 | 13500 |
39. | Yaratilgan yangi texnologiyalar soni. | dona | 89 | 186 |
40. | Ilm-fanni umumiy moliyalashtirish hajmida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga xususiy sektor tomonidan ajratilgan mablagʻlar ulushi. | foiz | 17 | 18 |
1.2. Aholi salomatligini taʼminlash boʻyicha islohotlar | ||||
13-maqsad: Aholining oʻrtacha umr davomiyligini oshirish | ||||
41. | Tugʻilishdan kutilayotgan umr koʻrish davomiyligi. | yosh | 74,4 | 74,7 |
42. | Budjetdan tibbiyotga ajratiladigan yillik mablagʻ hajmini oshirish. | foiz | 11,0 | 12,3 |
43. | Onkologiya kasalliklar boʻyicha 30 — 69 yoshdagi aholi orasida erta oʻlim ulushini kamaytirish. | foiz | 8,9 | 8,5 |
44. | Yurak-qon tomir kasalliklar boʻyicha 30 — 69 yoshdagi aholi orasida erta oʻlimni kamaytirish. | foiz | 46,6 | 46,0 |
45. | Diabet kasalligi boʻyicha 30 — 69 yoshdagi aholi orasida erta oʻlimni kamaytirish. | foiz | 5,0 | 4,8 |
46. | Nafas yoʻllari kasalliklari boʻyicha 30 — 69 yoshdagi aholi orasida erta oʻlimni kamaytirish. | foiz | 3,4 | 3,0 |
47. | Sil kasalligi bilan kasallanish darajasi. | 100 ming aholiga nisbatan | 34,2 | 33,5 |
14-maqsad: Aholiga birlamchi tibbiy xizmatlarni yanada yaqinlashtirish | ||||
48. | Poliklinika barpo etish. | ta | 140 | - |
49. | Diabet kasalligi bor bemorlarni davolash bilan toʻliq qamrab olish. | foiz | 90 | 100 |
50. | Yurak-qon tomir kasalligi bor bemorlarni davolash bilan toʻliq qamrab olish. | foiz | 100 | 100 |
51. | Chaqaloqlarda irsiy kasalliklar boʻyicha selektiv skrining tekshiruvlar turlarini oshirish. | foiz | 50 | 55 |
15-maqsad: Bolalar oʻrtasidagi irsiy kasalliklarning oldini olish va davolash samaradorligini oshirish | ||||
52. | Irsiy kasalliklar bilan kasallangan bolalarni dori vositalari, tibbiy buyumlar va shifobaxsh ozuqalar bilan toʻliq taʼminlash. | foiz | 90 | 100 |
53. | Bolalarda irsiy kasalliklar boʻyicha selektiv skrining tekshiruvlar turlarini oshirish. | ta | 3 | 4 |
16-maqsad: Onalar va bolalar oʻlimini qisqartirish, sogʻlom bolalikni taʼminlash | ||||
54. | Onalar oʻlimini kamaytirish. | promille | 13,5 | 13 |
55. | Goʻdaklar oʻlimni kamaytirish. | promille | 8,5 | 8,1 |
56. | Besh yoshgacha bolalar orasidagi oʻlimni kamaytirish. | promille | 11,0 | 10,6 |
57. | Tugʻuruq oʻrinlari sonini oshirish. | dona | - | 500 |
58. | 6 — 23 oylik bolalarni mikronutriyent kukuni bilan bepul taʼminlash. | foiz | 100 | 100 |
59. | 2 — 10 yoshdagi bolalarni gelmintoz profilaktikasi boʻyicha maxsus preparatlar bilan bepul taʼminlash. | foiz | 100 | 100 |
60. | 3 — 15 yoshdagi bolalarning yod preparati bilan bepul taʼminlash. | foiz | 100 | 100 |
61. | Tugʻish yoshidagi (15 — 35 yosh) ayollarni temir va foliy kislotasi bilan bepul taʼminlash. | foiz | 100 | 100 |
17-maqsad: Onkologik kasalliklarni erta aniqlash va oʻlim koʻrsatkichini kamaytirish | ||||
62. | Xavfli oʻsma kasalliklaridan 1 yilgacha oʻlim koʻrsatkichini kamaytirish. | foiz | 14,6 | 13,8 |
18-maqsad: Yuqumli boʻlmagan kasalliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish | ||||
63. | Yuqumli boʻlmagan kasalliklarni erta aniqlash darajasini oshirish. | foiz | 50 | 55 |
64. | Aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish. | foiz | 59,3 | 61,0 |
65. | Tibbiyot muassasalarining yuqumli boʻlmagan asosiy kasalliklarni davolash uchun zarur boʻlgan bazaviy diagnostik testlar, jihozlar va asosiy dori vositalari bilan taʼminlanganlik darajasini oshirish. | foiz | 35 | 40 |
19-maqsad: Sogʻlom va faol keksalikni taʼminlash | ||||
66. | 55 va undan katta yoshdagi aholini har yili profilaktik koʻrikdan oʻtkazish. | foiz | 100 | 100 |
20-maqsad: Aholi orasida toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzini shakllantirish | ||||
67. | Anemiya bilan kasallanishni kamaytirish. | 100 ming aholiga nisbatan | 3858,6 | 3665,6 |
68. | Yod yetishmasligi bilan bogʻliq kasallanishni kamaytirish. | 100 ming aholiga nisbatan | 493,9 | 469,2 |
69. | Ichak infeksiyalari bilan kasallanishni kamaytirish. | 100 ming aholiga nisbatan | 156,3 | 148,4 |
21-maqsad: Tibbiyot sohasida raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish | ||||
70. | Raqamli texnologiyalar joriy etilgan tibbiyot muassasalari ulushini oshirish. | foiz | 55 | 70 |
1.3. Ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha islohotlar | ||||
22-maqsad: Professional ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish tizimini tubdan takomillashtirish | ||||
71. | Mahalla darajasida manzilli professional ijtimoiy xizmat koʻrsatadigan ijtimoiy xodimlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | nafar | 600 | 4200 |
23-maqsad: Nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi tizim hamda ular uchun qulay va maqbul muhit yaratish | ||||
72. | Nogironligi boʻlgan muhtoj shaxslarni sifatli va zamonaviy protez-ortopediya buyumlari (son protezi, boldir protezi va oyoq kamari ortoped apparatlari) bilan taʼminlash. | foiz | 8 | 16 |
73. | Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar tizimida yengillik yaratish maqsadida sirtdan nogironlik belgilanadigan kasalliklar va uning asoratlari roʻyxatini kengaytirish. | foiz | 7 | 15 |
24-maqsad: Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish | ||||
74. | Oilada hamda muqobil parvarish qilishning boshqa shakllarida tarbiyalanayotgan yetim va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar sonining jami va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar umumiy sonidagi ulushi. | foiz | 99,2 | 99,3 |
25-maqsad. Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish va gender tenglikni taʼminlash | ||||
75. | Ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan turarjoyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlash. | mingta | 4 | 4 |
76. | Davlat tomonidan ehtiyojmand xotin-qizlarga maxsus jarrohlik amaliyotini oʻtkazish. | mingta | 2,7 | 3 |
77. | Boshqaruv lavozimlaridagi xotin-qizlar ulushini oshirish. | foiz | 29,6 | 30,2 |
78. | Oliy taʼlimdagi talabalar orasida xotin-qizlar ulushini oshirish. | foiz | 49,2 | 50,1 |
79. | Xotin-qizlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan faol foydalanishini oshirish. | mingta | 47 | 50 |
26-maqsad: Nuroniylarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash | ||||
80. | Nuroniylar uchun respublika boʻylab diqqatga sazovor joylar, xususan tarixiy shaharlar, qadimiy obidalar, ziyoratgohlar va yurtimizning soʻlim goʻshalariga sayohatlar tashkil etish. | million nafar | 1, 2 | 1, 3 |
27-maqsad: Mamlakatda kambagʻallik darajasini qisqartirish | ||||
81. | Kambagʻallik darajasini kamaytirish. | foiz | 12 | 10 |
28-maqsad: Aholini daromadli mehnat bilan band qilish, ijtimoiy sugʻurta tizimini takomillashtirish | ||||
82. | Mehnatga layoqatli aholini, shu jumladan yoshlar va nogironligi boʻlgan shaxslarning barqaror va samarali bandligini taʼminlash orqali ishsizlik darajasini tushirish. | foiz | 8,5 | 8,1 |
83. | Aholini mehnat faoliyatiga jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali ishsiz aholini ishga joylashtirishga koʻmaklashish. | ming nafar | 415 | 423 |
29-maqsad: Har bir fuqaroni davlat hisobidan kasb-hunarga oʻqitish, ularning zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish boʻyicha kasbiy koʻnikma va malakalarini rivojlantirish | ||||
84. | Ish bilan band boʻlmagan fuqarolarni kasb-hunar, tadbirkorlik koʻnikmalari va xorijiy tillarga oʻqitish. | ming nafar | 160 | 200 |
85. | Xalqaro standartlar asosida kasbga oʻqitish markazlari oʻqituvchilarining malakasini oshirish. | nafar | 50 | 100 |
86. | Kasb-hunarga oʻqitishda xususiy sektor va “usta-shogird” maktablari ulushini oshirish. | foiz | 15 | 20 |
1.4. Yoshlarga oid davlat siyosati va sport yoʻnalishlaridagi islohotlar | ||||
30-maqsad: Yoshlarni zamonaviy kasblar va chet tillariga oʻqitish tizimini yaratish | ||||
87. | Yoshlarni zamonaviy kasblarga oʻqitish. | ming nafar | 5 | 7,5 |
88. | Xalqaro imtihon tizimlarida chet tillari va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha yuqori ball olgan yoshlarning imtihon xarajatlarini qoplab berish. | ming nafar | 5 | 6 |
31-maqsad: Yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning ilmiy faoliyatini ragʻbatlantirish | ||||
89. | Ilmiy va innovatsion faoliyat, intellektual oʻyinlar hamda chet tillarini oʻrganishga jalb etish orqali yoshlarning iqtidorini rivojlantirish. | ming nafar | 500 | 800 |
90. | Isteʼdodli yoshlarni xorijning eng nufuzli oliygohlariga oʻqishga yuborish. | nafar | 500 | 500 |
32-maqsad: Yoshlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ishsizlik darajasini kamaytirish | ||||
91. | Yoshlarning bandligini taʼminlash. | ming nafar | 200 | 300 |
92. | Yoshlarning ishsizlik darajasini kamaytirish. | foiz | 13,8 | 13,5 |
33-maqsad: Yoshlar oʻrtasida IT sohasini yanada ommalashtirish hamda sohada xizmatlar eksportini oshirish | ||||
93. | IT sohasida yoshlarni ish bilan taʼminlash, maktab oʻquvchilarini xalqaro IT bozorida talab yuqori boʻlgan kasblarga oʻrgatish. | ming nafar | 50 | 75 |
34-maqsad: Jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanadigan yoshlar qamrovini kengaytirish | ||||
94. | Yoshlarni ommaviy sport tadbirlariga jalb qilish. | million nafar | 6,2 | 6,5 |
95. | Sport bilan shugʻullanishga jalb qilingan aholi ulushi. | foiz | 26 | 28 |
96. | Mahallalarda koʻp funksiyali sport maydonchalarini barpo etish. | ta | 446 | 400 |
35-maqsad: Respublikada sport bilan professional va doimiy shugʻullanuvchi yoshlar ulushini oshirish | ||||
97. | Sport-taʼlim muassasalarida muntazam shugʻullanuvchi yoshlar soni. | ming nafar | 360 | 400 |
98. | Mavjud sport maktablarida aholi soni va ixtisoslashuviga koʻra olimpiya sport turlari boʻyicha sport seksiyalarini tashkil etish. | ta | 300 | 450 |
36-maqsad: Milliy terma jamoalarga yuqori malakali va natijador sportchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish | ||||
99. | Razryadli va unvonli sportchilar soni. | ming nafar | 28 | 30 |
100. | Sport sohasida oliy maʼlumotli xodimlar ulushi. | foiz | 62 | 69 |
101. | Sport sohasini rivojlantirish boʻyicha ilmiy tadqiqot va izlanishlar soni. | dona | 52 | 60 |
37-maqsad: Olimpiya va paralimpiya harakatini rivojlantirish | ||||
102. | Parij-2024 Olimpiya va paralimpiya oʻyinlariga litsenziyalar va ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritish. | dona | 25 | 140 |
1.5. Maʼnaviy taraqqiyotni taʼminlash va madaniyat sohasini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha islohotlar | ||||
38-maqsad: Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash | ||||
103. | Maʼrifat targʻibotchilari sonini oshirish. | nafar | 1000 | 2000 |
104. | Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha masʼul xodim va mutaxassislar malakasini oshirish. | nafar | 500 | 1500 |
105. | Targʻibot media mahsulotlari ishlab chiqish. | dona | 100 | 150 |
39-maqsad: “Oʻzbek va jahon adabiyoti durdonalarini keng ommalashtirish, jamiyatda kitobxonlikni hamda aholiga axborot-kutubxona xizmatini koʻrsatishni rivojlantirish | ||||
106. | “Oʻzbek adabiyoti xazinasidan” deb nomlangan koʻp jildlik kitoblar majmuasini chop etish. | nusxa | - | 1150 |
107. | “Jahon bolalar adabiyoti durdonalari” 100 jildligini oʻzbek tilida nashr qilish. | ming nusxa | - | 20 |
40-maqsad: Zamonaviy teatr va sirk sanʼatini har tomonlama rivojlantirish, yuksak badiiy-gʻoyaviy saviyaga ega sahna asarlarini yaratish | ||||
108. | Davlat teatrlari tomonidan namoyish etiladigan spektakllarga tomoshabinlarni jalb etish. | million nafar | 3,2 | 3,6 |
109. | Davlat teatrlarining xalqaro festival va gastrollarga yuborilishini tashkil etish. | ta | 14 | 20 |
110. | Har yili davlat teatrlarida faoliyat yuritayotgan ijodiy va yordamchi xodimlarning xorijiy davlatlarning nufuzli teatrlarida mahoratini oshirish. | nafar | - | 50 |
111. | Davlat buyurtmasi asosida davlat teatrlarida yangi spektakllarni sahnalashtirish. | dona | 40 | 42 |
112. | Joylarda oʻtkaziladigan sirk tomoshalarining sonini oshirish. | ta | 490 | 550 |
41-maqsad: Oʻzbek milliy sanʼatini jahon sahnalarida keng targʻib qilish orqali mamlakatimizning turistik salohiyatini oshirish | ||||
113. | Respublikada xalqaro festivallar, anjumanlar, forumlar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish. | dona | 7 | 11 |
114. | Davlat konsert-tomosha muassasalari tomonidan namoyish etiladigan madaniy tadbirlar va festivallarga tomoshabinlarni jalb etish. | million nafar | 9,5 | 10 |
115. | Madaniyat va sanʼat tizimidagi oliy taʼlim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish, xususan ilmiy darajali va unvonli kadrlar sonini koʻpaytirish. | nafar | 10 | 10 |
116. | Madaniyat va sanʼat sohasida isteʼdodli va yuqori malakali ijodkorlarning mahorat maktablarini tashkil etish. | dona | 23 | 35 |
42-maqsad: Madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy oʻrganish va ommalashtirish bilan bogʻliq faoliyatni yanada takomillashtirish | ||||
117. | Davlat muzeylari binolarini rekonstruksiya qilish va tiklash. | dona | 7 | 16 |
118. | Davlat muzeylaridagi elektron identifikatsiya qilinadigan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari sonini oshirish. | ming dona | - | 500 |
119. | Davlat muzeylariga tashrif buyuradigan mahalliy va xorijiy sayyohlar oqimini oshirish. | million nafar | 3 | 4 |
120. | Davlat muzeylari rahbar va xodimlarining malakasini oshirish. | nafar | 20 | 80 |
121. | Arxeologiya obyektlarida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish. | dona | 70 | 110 |
122. | Arxeologiya yodgorliklarida konservatsiya va muzeylashtirish ishlarini amalga oshirish. | dona | - | 3 |
123. | Madaniy meros obyektlarida restavratsiya, taʼmirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish. | dona | 62 | 123 |
43-maqsad: Madaniyat tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish, ularning moddiy-texnika bazasini yaxshilash va soha xodimlarini qoʻllab-quvvatlash, tasviriy va amaliy sanʼat yoʻnalishlarini rivojlantirish. | ||||
124. | 324 ta bolalar sanʼat maktabi hamda 826 ta madaniyat markazini milliy musiqa cholgʻulari bilan toʻliq taʼminlash. | komplekt | 1150 | 1150 |
125. | Nukus shahri, viloyatlar va Toshkent shahri markazlarida ijodkorlarning doimiy koʻrgazmalarini tashkil qilish. | ta | - | 250 |
126. | Madaniyat va sanʼat muassasalarini davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish. | dona | 15 | 15 |
44-maqsad: Milliy kinematografiyani rivojlantirish | ||||
127. | Jahonning eng nufuzli xalqaro kinobozor va kinofestivallarida ishtirok etish. | dona | - | 5 |
128. | Dunyodagi eng ommabop Internet platformalariga milliy filmlarni joylashtirish soni. | dona | - | 5 |
129. | Milliy qahramonlar haqida multiplikatsion film va seriallar ishlab chiqarish. | dona | 2 | 10 |
130. | Taʼlim tashkilotlari uchun oʻquv-uslubiy filmlar yaratish. | dona | - | 10 |
1b-ILOVA
T/r | Vazifa | Amaliy chora-tadbir | Ijro muddati | Masʼul ijrochilar |
1.1. Taʼlim tizimi islohotlari (Masʼul — A. Aripov) | ||||
1-maqsad: Maktabgacha taʼlim tizimini yangi bosqichga olib chiqish hamda bolalarning toʻliq qamrovini taʼminlash | ||||
1. | Maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. | 1. Ehtiyojmand oilalar farzandlari uchun bogʻcha xarajatlarini davlat tomonidan qoplash tizimini joriy qilish. 2. Tarbiyalanuvchilarni zamonaviy texnologiyalarga oʻrgatish maqsadida maktabgacha taʼlim tashkilotlarini kompyuter sinflari bilan taʼminlash. 3. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini ichimlik suv bilan taʼminlash va ularning sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash choralarini koʻrish. 4. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida muqobil energiya manbalari, energiya tejamkor material va texnologiyalarni joriy qilish orqali energiya samaradorlikni oshirish. 5. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oqsil, vitamin va minerallar bilan boyitilgan sut, yod bilan toʻyintirilgan non mahsulotlari berishni yoʻlga qoʻyish. | 2023-yil noyabr | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi X. Umarova, Iqtisodiyot va moliya vazirligi O. Fozilkarimov |
2-maqsad: Umumiy oʻrta taʼlim tizimida “Taʼlim uchun qulay muhit” dasturini amalga oshirish | ||||
2. | Taʼlim uchun qulay muhitni yaratishga oid normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | Xorazm viloyati Qoʻshkoʻpir va Xonqa tumanlarida boshlangʻich sinf oʻquvchilarini taʼlim planshetlari bilan bosqichma-bosqich taʼminlash. | 2023-yil noyabr | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi X. Umarova, Iqtisodiyot va moliya vazirligi O. Fozilkarimov |
4-maqsad: Pedagog kadrlar maqomini oshirish, ularning bilimi va malakasini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish | ||||
3. | Pedagog kadrlarga malaka toifasini berishning yangi tartibini joriy qilish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. | 1. 2024-yil 1-sentabrdan boshlab davlat maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifasini berishning yangi tartibini joriy qilish. 2. Malaka toifasini olish boʻyicha sinovlarni bir yilda kamida bir marotaba ikki bosqichda oʻtkazish hamda birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasi, ikkinchi bosqichda — pedagogik mahoratini baholash tarzida oʻtkazish. | 2023-yil noyabr | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi X. Umarova Iqtisodiyot va moliya vazirligi O. Fozilkarimov, Adliya vazirligi A. Tashkulov |
4. | Milliy baholash tizimida ona tili va adabiyot hamda tarix fanlarini bilish boʻyicha sertifikatlarga qoʻshimcha ragʻbatlantirishni joriy etish borasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. | Milliy baholash tizimida ona tili va adabiyot hamda tarix fanlarini bilish boʻyicha tegishli darajadagi sertifikatga ega boʻlgan oʻqituvchilarga 50 foiz miqdorida ustama toʻlash amaliyotini joriy etish. | 2023-yil noyabr | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi X. Umarova Iqtisodiyot va moliya vazirligi O. Fozilkarimov, Adliya vazirligi A.Tashkulov |
5-maqsad: Umumiy oʻrta taʼlimni rivojlantirish uchun xususiy sektorni keng jalb qilish | ||||
5. | Nodavlat taʼlim tashkilotlarini tashkil etishni soddalashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. | 1. Nodavlat taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashkil qilishda ularning elektron kutubxonasi, axborot-resurs markazlari, oʻqituvchilarning toifalari, bitta sinfda taʼlim oluvchilarning maksimal soniga qoʻyilgan talablarni yengillashtirish. 2. Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlari uchun qoʻyilgan talablarni davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlariga qoʻyilgan talablarga muvofiqlashtirish. | 2023-yil noyabr | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi X. Umarova, Adliya vazirligi A.Tashkulov |
6. | Nodavlat taʼlim tashkilotlarini tashkil etishda tadbirkorlarga yengillik yaratish borasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. | Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun olinadigan kreditlar boʻyicha foiz stavkasining bir qismini qoplab berish amaliyotini kiritish. | 2023-yil dekabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi O. Fozilkarimov, Markaziy bank M. Nurmuratov Adliya vazirligi A. Tashkulov |
6-maqsad: Professional taʼlim tizimini rivojlantirish orqali oʻquvchilarni zamonaviy bilim va koʻnikmalarga oʻrgatish | ||||
7. | Texnikumlarda kredit-modul tizimini joriy etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. | 1. Taʼlimning kredit-modul tizimi joriy etiladigan taʼlim tashkilotlari roʻyxatini tasdiqlash. 2. Oʻquv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etishda taʼlim dasturi, fanlar katalogi, akademik mobillik, taʼlim toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma, kreditlarni tan olish va koʻchirib oʻtkazishga taalluqli hujjatlarni tasdiqlash. 3. Texnikumlarning oʻquv yuklamasi va oʻquvchi tomonidan bir oʻquv yilida toʻplanadigan kreditlar hajmini belgilash. 4. Kredit-modul tizimida oʻqiydigan oʻquvchilarni oʻqishdan chetlashtirish, qayta tiklash, kursdan kursga oʻtkazish tartibini belgilash. | 2023-yil oktabr | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmanov, manfaatdor vazirlik va idoralar |
7-maqsad: Oliy taʼlim bilan qamrovni kengaytirish, oliy maʼlumotli mut?xassislar tayyorlash sifatini oshirish | ||||
8. | Oliy taʼlim muassasalariga kirish jarayonini yanada takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. | 1. Oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun berilgan imtiyozlarni xatlovdan oʻtkazib, ularni qayta koʻrib chiqqan holda yagona hujjatda tugal roʻyxati shaklida shakllantirish. 2. Ushbu imtiyozlarni umumiy kvotaga kiritmaslik toʻgʻrisidagi qoidani belgilash. | 2023-yil noyabr | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmonov |
8-maqsad: Oliy taʼlim muassasalari tashkiliy-boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ularning moddiy-texnik taʼminotini mustahkamlash | ||||
9. | Navoiy davlat pedagogika instituti negizida Navoiy davlat universitetini tashkil qilishga oid Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 1. Navoiy davlat pedagogika instituti negizida Navoiy davlat universitetini tashkil qilish. 2. 2023 — 2026-yillar uchun universitetni kompleks rivojlantirish dasturini tasdiqlash. 3. Xalqaro aloqalarni mustahkamlash, xorijiy tashkilotlar bilan hamkorligini kengaytirish, investitsiyalarni jalb qilish, ilgʻor tajribalarni oʻquv va ilmiy jarayonga tatbiq etishni nazarda tutuvchi amaliy chora-tadbirlarni belgilash. 4. Universitetga taʼlim standartlarini ishlab chiqish, malakaviy talablar, oʻquv rejalari va dasturlarini, shuningdek, ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda talabalarning bilimini baholash hamda oʻquv jarayonining amaliyot bilan integratsiyalashuvini taʼminlash tizimini ishlab chiqish va tasdiqlash huquqini berish. 5. Universitetga bosqichma-bosqich moliyaviy mustaqillik berishni nazarda tutish. | 2023-yil dekabr | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmonov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi O. Fozilkarimov, Navoiy viloyati hokimligi N. Tursunov |
10. | Buxoro davlat tibbiyot instituti negizida Buxoro davlat tibbiyot universitetini tashkil qilish. | 1. Buxoro davlat tibbiyot instituti negizida Buxoro davlat tibbiyot universitetini tashkil qilish. 2. Universitetning asosiy vazifalarini belgilash. 3. 2023 — 2026-yillar uchun universitetni kompleks rivojlantirish dasturini tasdiqlash. 4. 2026-yilga qadar universitetni rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlarini belgilash. 5. Universitet moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish va mustahkamlash, simulyatsion markaz, oʻquv va ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini tashkil etish hamda zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash boʻyicha choralarni belgilash. 6. Buxoro viloyati hamda qoʻshni hududlar sogʻliqni saqlash tizimi ehtiyojlarini va muammolarini muntazam oʻrganib borish, ularni vakolati doirasida bartaraf etish maqsadida sogʻliqni saqlash tizimi hamda nodavlat notijorat tashkilotlar oʻrtasida uzviy hamkorlikdagi faoliyatni yoʻlga qoʻyishni nazarda tutish. 7. Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan professor-oʻqituvchilarning xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazalari tomonidan eʼtirof etilgan yuqori reytingli jurnallarda ilmiy maqolalar chop etish sarf-xarajatlarini qoplashni belgilash. | 2023-yil noyabr | Sogʻliqni saqlash vazirligi A. Inoyatov, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmonov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi O. Fozilkarimov, Buxoro viloyati hokimligi B. Zaripov |
1.2. Aholi salomatligini taʼminlash boʻyicha islohotlar (Masʼul — A. Aripov) | ||||
13-maqsad: Aholining oʻrtacha umr davomiyligini oshirish | ||||
11. | Aholi oʻrtasida noinfeksion kasalliklarning oldini olishga oid Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. | 1. Aholiga oʻz sogʻligʻi va ovqatlanishini nazorat qilishni oʻrgatish va toʻgʻri ovqatlanish boʻyicha mobil ilova yaratish. 2. Bolalarga moʻljallangan nosogʻlom oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar, bolalar oziq-ovqat mahsulotlari hamda energetiklar, dori vositalari, biologik faol moddalar reklamasiga talab va cheklovlarni kuchaytirish. 3. Taʼlim muassasalarida bolalar va yoshlar uchun tavsiya etilmaydigan mahsulotlar, shu jumladan tarkibida shakar, tuz, transyogʻlar miqdori yuqori boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari, taʼm va rang beruvchi qoʻshimchalar roʻyxatini tasdiqlash va ularning isteʼmolini kamaytirish. 4. Mahalliy mahsulotlar turlaridan kelib chiqib, aholining har bir xavf guruhi va kasallik turlari uchun alohida-alohida sogʻlom ovqatlanishga qaratilgan tavsiyalarni ishlab chiqish. 5. Bolalar, kattalar va keksalar uchun qisqa toʻgʻri ovqatlanish boʻyicha tavsiyalar, sogʻlomlashtirish mashqlari va gigiyena qoidalari toʻplamini yaratish. 6. Surunkali kasalliklarni boshqarish dasturini ishlab chiqish, tasdiqlash va amaliyotga joriy qilish. 7. Ambulator sharoitda dinamik nazoratga olinadigan kasalliklar roʻyxatini shakllantirish, tasdiqlash va amaliyotga joriy etish. 8. Toshkent shahrida tajriba-sinov tariqasida aholining eng koʻp murojaatlariga sabab boʻlgan surunkali (gipertoniya kasalligi, yurak ishemik kasalligi, qandli diabetning 2-turi, bronxial astma, oʻpkaning surunkali kasalligi) kasalliklar bilan dispanser nazoratida turgan bemorlarni “reimbursatsiya” dasturi doirasida 11 turdagi dorilar bilan taʼminlash. | 2023-yil noyabr | Sogʻliqni saqlash vazirligi A. Inoyatov |
1.3. Ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha islohotlar (Masʼul — J. Qoʻchqorov, Z. Maxkamova, M. Olloyorov) | ||||
24-maqsad: Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish | ||||
12. | Bolalarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik oʻtkazishning oldini olishga qaratilgan huquqiy mexanizmlarni kuchaytirish boʻyicha qonun loyihasi. | 1. Bolalarni tazyiq va zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishda davlat organlarining vakolatlarini aniq belgilash. 2. Bolalarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish, ularni aniqlash, tazyiqlarga chek qoʻyish mexanizmini takomillashtirish. 3. Tazyiq va zoʻravonlikka uchragan bolalarga kompleks yordam koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish. | 2023-yil oktabr | Adliya vazirligi A. Tashkulov, Ijtimoiy himoya milliy agentligi M. Olloyorov, Ichki ishlar vazirligi P. Bobojonov, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi X. Umarova |
13. | Oilaviy bolalar uyi bitiruvchilarining jamiyatga moslashuvini yaxshilash maqsadida 18 yoshga toʻlgandan keyin ham oʻqishni tugatib, ishga joylashib olgunga qadar oilada qolish mexanizmini joriy etish. | 1. “Oilaviy bolalar uylari toʻgʻrisida”gi nizomga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish. 2. Oilaviy bolalar uylari bitiruvchilarining jamiyatga moslashuvida jamoatchilik nazoratini yoʻlga qoʻyish. | 2024-yil mart | Ijtimoiy himoya milliy agentligi J. Abruyev, Oliy Majlisning Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) A. Yunusova, Adliya vazirligi A. Tashkulov |
25-maqsad. Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish va gender tenglikni taʼminlash | ||||
14. | Xotin-qizlarning taʼlim olishi, kasbiy koʻnikmalarni egallashi va munosib ish topishiga koʻmaklashish, tadbirkorligini rivojlantirish tizimini takomillashtirishga oid Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. | 1. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanmoqchi boʻlgan xotin-qizlar uchun qoʻshimcha imtiyozlar taqdim etish. 2. Buyurtma asosida ishsiz va ish qidiruvchi xotin-qizlarni davlat yoki nodavlat taʼlim tashkilotlarida hamda tayyorlov kurslarida maqsadli oʻqitish tizimini yaratish. | 2023-yil sentabr | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi O. Parpiboyeva |
15. | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tizimida faoliyat olib borayotgan masʼul xodimlarning malaka va koʻnikmalarini oshirish, shuningdek, xotin-qizlar faollari hamda “Oqila ayollar” harakati aʼzolarini ragʻbatlantirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. | 1. Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tizimida faoliyat olib borayotgan masʼul xodimlarning muntazam malakasini oshirib borish tizimini joriy etish. 2. Mahallalardagi xotin-qizlar faollari va “Oqila ayollar” harakati aʼzolarini samarali faoliyatiga asosan ragʻbatlantirib borish mexanizmini yaratish. 3. Faoliyat samaradorligi natijalariga koʻra yuqori koʻrsatkichlarga erishgan mahalladagi xotin-qizlar faollarini ragʻbatlantirish tizimini joriy etish. | 2023-yil dekabr | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi O. Parpiboyeva, “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti N. Egamberdiyeva, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abdurahmonov |
16. | Davlat xizmati, taʼlim, ilm-fan, sport, sogʻliqni saqlash hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish boʻyicha maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 1. Xodimlari sonining 30 foizi xotin-qizlardan iborat boʻlgan hamda markaziy apparati rahbari yoki uning oʻrinbosaridan bir nafari ayol boʻlgan davlat tashkilotlarini qoʻshimcha ragʻbatlantirish tizimini joriy etish. 2. Genderga oid audit oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish. 3. Audit yakunlari (xulosasi)ga koʻra xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash boʻyicha takliflar tayyorlash. | 2023-yil dekabr | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi O. Parpiboyeva, Statistika agentligi B. Begalov |
17. | Xotin-qizlar muammolari bilan ishlash tizimini raqamlashtirishga oid Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. | 1. Xotin-qizlar muammolari bilan ishlash tizimini raqamlashtirish. 2. Xotin-qizlar muammolarini oʻrganish va ularni tizimli ravishda hal etish modulini yaratish va amaliyotga tatbiq etish. | 2023-yil sentabr-oktabr | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi O. Parpiboyeva |
27-maqsad: Mamlakatda kambagʻallik darajasini qisqartirish | ||||
19. | Har bir viloyatda kambagʻallik darajasi yuqori boʻlgan bittadan jami 14 ta tumanni kambagʻallikdan chiqarish uchun kompleks rivojlantirish va kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha dasturni amalga oshirishga oid Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. | 1. Har bir viloyatda kambagʻallik darajasi yuqori boʻlgan bittadan jami 14 ta tumanni kambagʻallikdan chiqarish uchun kompleks rivojlantirish va kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha dasturni tasdiqlash. 2. Tanlab olingan 14 ta tumanni Xitoy tajribasi asosida, shu jumladan yangi yondashuvlar, innovatsion va “yashil” texnologiyalar hamda boshqaruvning zamonaviy usullarini qoʻllagan holda kambagʻallikdan chiqarish. | 2023-yil dekabr | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev, Iqtisodiyot va moliya vazirligi A. Xaydarov, Biznes-ombudsman D. Kasimov |
20. | Kambagʻal aholining moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini oshirishga oid Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. | 1. Yangi moliyaviy instrumentlar joriy etish orqali kambagʻal aholining moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish, shu jumladan ularga imtiyozli kredit va subsidiyalar berish tizimini takomillashtirish. 2. Ehtiyojmand aholining tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qulay shartlarda qoʻllab-quvvatlash maqsadida raqamli mikromoliya tashkilotini tashkil etish. | 2023-yil noyabr | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev |
28-maqsad: Aholini daromadli mehnat bilan band qilish, ijtimoiy sugʻurta tizimini takomillashtirish | ||||
22. | Xalqaro mehnat tashkilotining sogʻliqni saqlash va qishloq xoʻjaligi sohalarida mehnat munosabatlarini tartibga solishni nazarda tutadigan 121-, 132- va 95-sonli konvensiyalarini ratifikatsiya qilish masalalarini oʻrganib chiqish. | 1. Ishchi guruh tuzish va milliy qonunchilikning xalqaro konvensiyalarga mosligini tahlil qilish. 2. Xalqaro konvensiyalarni oʻrganib chiqish, mutasaddi vazirlik va idoralar takliflarini inobatga olgan holda yakuniy xulosa hamda tegishli qonun loyihasini tayyorlash va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2023-yil sentabr 2023-yil oktabr | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev, Ish beruvchilar konfederatsiyasi I. Xaydarov, Tashqi ishlar vazirligi B. Saidov, Adliya vazirligi A. Tashkulov, Sogʻliqni saqlash vazirligi A. Inoyatov |
23. | Ijtimoiy sugʻurta tizimini joriy etish boʻyicha qonunchilik hujjatlari loyihalari. | 1. Sugʻurta toʻlovlarini moliyalashtirishning manbalarini aniqlash, ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlanadigan toʻlovlarni belgilash. 2. Ijtimoiy sugʻurta tizimi doirasidagi kafolatlangan sugʻurta toʻlovlari orqali norasmiy bandlikni kamaytirish va rasmiy mehnat munosabatlariga oʻtishni ragʻbatlantirish. 3. Ish staji va badallar miqdoridan kelib chiqib, ijtimoiy sugʻurta toʻlovlari miqdorini belgilash mexanizmini joriy etish. 4. Milliy qonunchilikni Xalqaro mehnat tashkilotining 1952-yildagi “Ijtimoiy taʼminotning minimal meʼyorlari toʻgʻrisida”gi 102-sonli Konvensiyasiga muvofiqlashtirish. | 2024-yil yakuniga qadar | Ijtimoiy himoya milliy agentligi M. Olloyorov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi A. Xaydarov, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev, Sogʻliqni saqlash vazirligi A. Inoyatov, Kasaba uyushmalari federatsiyasi Q. Rafikov |
1.4. Yoshlarga oid davlat siyosati va sport yoʻnalishlaridagi islohotlar (Masʼul — A. Aripov) | ||||
30-maqsad: Yoshlarni zamonaviy kasblar va chet tillariga oʻqitish tizimini yaratish | ||||
24. | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ““Yoshlar daftari”ga kiritilgan talabalar uchun davlat tashkilotlarida ish haqi toʻlanadigan stajirovka tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi. | 1. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan talaba yoshlarning davlat tashkilotlarida amaliyot oʻtagan vaqtida subsidiya ajratish. 2. Amaliyotni davlat oliy taʼlim muassasalarining oʻquv rejalariga muvofiq amaliyotni oʻtash dasturi asosida amalga oshirish. 3. Davlat oliy taʼlim muassasalari bilan birgalikda bitiruvchilarning amaliyot davridan keyin ish oʻrinlariga joylashishlariga koʻmaklashish. | 2023-yil noyabr | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmanov, Yoshlar ishlari agentligi A. Saʼdullayev |
31-maqsad: Yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning ilmiy faoliyatini ragʻbatlantirish | ||||
25. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning ilmiy faoliyatini ragʻbatlantirish hamda iqtidorini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi. | 1. Dunyoning eng nufuzli 100 ta oliygohiga grantga oʻqishga qabul qilingan yoshlarga “El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlarini qoʻshimcha imtihonlarsiz ajratish. 2. Dunyoning eng nufuzli 500 ta oliygohiga grant asosida qabul qilingan yoshlarning transport va turarjoy xarajatlarini toʻliq qoplab berish. 3. Biotexnologiya, sunʼiy intellekt va boshqa yuqori texnologik muhandislik yoʻnalishlarida isteʼdodli yoshlarni xorijning eng nufuzli oliygohlariga davlat hisobidan oʻqishga yuborish. | 2023-yil dekabr | “El-yurt umidi” jamgʻarmasi A. Bekmurodov, Yoshlar ishlari agentligi A. Saʼdullayev |
32-maqsad: Yoshlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ishsizlik darajasini kamaytirish | ||||
26. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazini tashkil qilish toʻgʻrisida”giqarori loyihasi. | 1. Har bir hududda kamida 100 gektar maydonda Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazini tashkil qilish. 2. Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazida loyiha ofislarini joylashtirish hamda yoshlar gʻoyalarini tayyor biznesga aylantirishga koʻmaklashish. 3. Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga 100 dan ortiq davlat xizmatlarini toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatish. 4. “Loyiha fabrikalari” orqali sanoat zonalarida “tayyor biznes” korxonalarini qurib berish va yoshlarga 10 yil muddatga foizsiz lizing asosida taqdim etish uchun 300 million AQSH dollari ajratish. 5. Loyihalar uchun zarur mutaxassislarni Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazida joylashgan kasbga oʻqitish markazlari tomonidan tayyorlash. | 2023-yil noyabr | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev, Iqtisodiyot va moliya vazirligi O. Fozilkarimov, Yoshlar ishlari agentligi A. Saʼdullayev |
1.5. Maʼnaviy taraqqiyotni taʼminlash va madaniyat sohasini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha islohotlar (Masʼul — A. Aripov) | ||||
38-maqsad: Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash | ||||
27. | Oʻzbekiston xalqini umummilliy qadriyatlar atrofida birlashtirish konsepsiyasini ishlab chiqish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. | 1. Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashga qaratilgan ilmiy asoslangan monitoring hamda sotsiologik tadqiqotlarni tizimli tashkil qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish. 2. Mamlakatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, targʻibot-tashviqot ishlarining zamonaviy va taʼsirchan usullarini ishlab chiqish hamda hududlarning oʻziga xosligidan kelib chiqib, yangi mafkuraviy texnologiyalarni keng joriy etish. 3. Turli yoshdagi aholining tarixga qiziqishini oshirish maqsadida “Buyuk ajdodlar izidan”, “Tarixingdir ming asrlar” va “Oʻzbekiston — Vatanim manim” koʻrik-tanlovlarini oʻtkazish. 4. Xorijda istiqomat qilayotgan oʻzbek ziyolilari, maʼrifatparvarlarini mamlakatimiz ravnaqi yoʻlida birlashtirish, ular bilan ilmiy-ijodiy muloqot maydonlarini yaratish maqsadida “Salom, vatandosh!” ijtimoiy-maʼrifiy loyihasini amalga oshirish. 5. Oʻzbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish, oʻzbek tilini chuqur oʻrganish boʻyicha ilmiy-nazariy adabiyotlar, metodik qoʻllanmalar, lugʻatlar, maxsus atamalar, ixtisoslik yoʻnalishlari boʻyicha adabiyotlarni yaratishni nazarda tutish. | 2023-yil oktabr | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi M. Xodjimatov, Madaniyat vazirligi O. Nazarbekov, Yozuvchilar uyushmasi S. Saidov |
39-maqsad: “Oʻzbek va jahon adabiyoti durdonalarini keng ommalashtirish, jamiyatda kitobxonlikni hamda aholiga axborot-kutubxona xizmatini koʻrsatishni rivojlantirish | ||||
28. | Milliy adabiyotimizni rivojlantirish, yozuvchi va shoirlarning samarali ijod qilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga oid Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi. | 2024-yilda Yozuvchilar uyushmasining 90 yilligini adabiyot va kitobxonlik bayrami sifatida keng nishonlash. | 2023-yil noyabr | Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi S. Saidov, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi A. Xodjayev |
29. | Mumtoz va zamonaviy adabiyotimizning eng sara namunalarini xalqimiz orasida keng ommalashtirishga oid Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. | 1. “Oʻzbek adabiyoti xazinasidan” koʻp jildlik majmuani koʻpming nusxalarda chop etish va barcha kutubxonalarga yetkazib berish. 2. “Jahon bolalar adabiyoti durdonalari” 100 jildligini oʻzbek tilida nashr qilish. | 2023-yil dekabr | Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi A. Xodjayev, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi S. Saidov |
40-maqsad: Zamonaviy teatr va sirk sanʼatini har tomonlama rivojlantirish, yuksak badiiy-gʻoyaviy saviyaga ega sahna asarlarini yaratish | ||||
30. | Teatrlarning xalqimiz maʼnaviy hayotidagi rolini oshirish hamda ularning faoliyatini bugungi zamon talablari asosida rivojlantirishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. | 1. Teatr va sirk sanʼati sohasida isteʼdodli va yuqori malakali ijodkorlarning mahorat maktablarini tashkil etish. 2. Milliy va zamonaviy adabiyotimizning yuqori badiiy-gʻoyaviy saviyaga ega asarlarini inssenirovka qilish uchun har yili 10 tagacha davlat buyurtmasini berish. 3. Teatrlarning repertuar strategiyasini ishlab chiqish. 4. Teatr jamoalarining xorijiy davlatlarga gastrol safarlarini tashkil qilish, chet ellardagi nufuzli teatrlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va qoʻshma spektakllar sahnalashtirish. 5. Har bir teatrda eksperimental spektakllar sahnalashtirishni yoʻlga qoʻyish. 6. Teatr sohasini ilmiy tadqiq etish uchun har yili 5 ta maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihasini eʼlon qilish va amalga oshirish. 7. Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatriga “Akademik” maqomini berish. 8. “Oʻzbek davlat sirki” davlat muassasasining faoliyatini rivojlantirish, u yerda hayvonlarni saqlash, sirk tomoshalarini koʻrsatish sharoitlarini yaxshilash. 9. Dunyoda tanilgan sirk jamoalari faoliyatini oʻrganish va ular bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. 10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda koʻchma sirk (shapito) tomoshalarini namoyish etish uchun koʻchma sahna (arena)lar tashkil etish. | 2023-yil noyabr | Madaniyat vazirligi O. Nazarbekov |
31. | Oʻzbekiston davlat akademik rus drama teatri tashkil topganining 90 yilligini munosib nishonlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | 1. Oʻzbekiston davlat akademik rus drama teatri tashkil topganining 90 yilligini keng nishonlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish. 2. “Oʻzbekiston teatr sanʼati: tarix, taraqqiyot va istiqbol” mavzuyida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazish. 3. Oʻzbekiston davlat akademik rus drama teatri faoliyatiga bagʻishlangan ijodiy uchrashuvlar tashkil etish. 4. Mamlakatimiz teatrlari vakillari va faxriylari, madaniyat va sanʼat namoyandalari, keng jamoatchilik ishtirokida teatrning 90 yilligiga bagʻishlangan teatrlashtirilgan badiiy-musiqiy kecha oʻtkazish. | 2023-yil noyabr | Madaniyat vazirligi O. Nazarbekov |
41-maqsad: Oʻzbek milliy sanʼatini targʻib qilish orqali mamlakatimizning turistik salohiyatini oshirish | ||||
32. | Maqom, baxshichilik va milliy raqs yoʻnalishlarini dunyo miqyosida keng targʻib qilish, xususan, 2024-yilda maqom, baxshichilik, raqs va teatr yoʻnalishlarida xalqaro festival va anjumanlar oʻtkazishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasi. | 1. 2024-yilda oʻtkaziladigan ommaviy-madaniy, konsert-tomosha va turizm tadbirlarining rejalarini tasdiqlash. 2. Maqom, baxshichilik, raqs va teatr yoʻnalishlarida har yili kamida 10 ta xalqaro festival va anjumanlar oʻtkazish. 3. Tanlovlar, festivallar va anjumanlarning targʻibot roliklarini ishlab chiqish va nufuzli xalqaro platformalarda keng targʻib etish. | 2023-yil dekabr | Madaniyat vazirligi O. Nazarbekov, Tashqi ishlar vazirligi B. Saidov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari |
33. | Oʻzbek milliy sanʼatini jahon sahnalarida keng targʻib qilish hamda mamlakatimizning turistik salohiyatini oshirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | Oʻzbek milliy sanʼatini jahon sahnalarida keng targʻib qilish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va unda quyidagilarni nazarda tutish: mahalla — tuman (shahar) — viloyat — respublika darajasida Mukarrama Turgʻunboyeva nomidagi raqs tanlovlarini oʻtkazish; “Surxoncha”, “Buxorocha”, “Fargʻona-Toshkent yoʻli” kabi raqsning boshqa yoʻnalishlarini dunyoga tanitish. | 2023-yil noyabr | Madaniyat vazirligi O. Nazarbekov, Toshkent shahri hokimligi Sh. Umurzakov, Tashqi ishlar vazirligi B. Saidov, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Q. Rafikov |
34. | Milliy estrada sohasini yanada rivojlantirish, estrada yoʻnalishida faoliyat olib borayotgan xonandalarni qoʻllab-quvvatlash, yosh isteʼdodlarni izlab topish va munosib ragʻbatlantirishga oid Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. | 1. Estrada yoʻnalishida koʻrik-tanlov, teletanlov, festival va teleshoularni tashkil etish. 2. Estrada yoʻnalishida jonli ijroda ijod etgan estrada xonandalarining konsert dasturlarini oʻtkazish bilan bogʻliq toʻlovlarni Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi tomonidan qoplash. 3. Estrada yoʻnalishida faoliyat olib borayotgan isteʼdodli yosh xonandalarimiz uchun Botir Zokirov nomidagi milliy estrada mukofotini taʼsis etish. | 2023-yil dekabr | Madaniyat vazirligi O. Nazarbekov |
42-maqsad: Madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy oʻrganish va ommalashtirish bilan bogʻliq faoliyatni yanada takomillashtirish | ||||
35. | “Buxoro shahrida Jadidlar muzeyi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. | 1. Muzey binosini mukammal taʼmirlash, muzeyni jihozlash, muzey ekspozitsiyasini yaratish hamda eskiz va loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash. 2. Muzey konsepsiyasi asosida ekspozitsiya yaratish uchun jadidlar harakatiga oid hujjatlar, kino, fono-, fotomateriallar va muzey ashyolari bilan jamlash. 3. Muzeyning shtatlar jadvalini belgilangan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash hamda malakali kadrlar bilan toʻldirish. | 2023-yil noyabr | Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi G. Umerova, Madaniy meros agentligi B. Abdikarimov, Buxoro viloyati hokimligi B. Zaripov |
43-maqsad: Madaniyat tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish, ularning moddiy-texnika bazasini yaxshilash va soha xodimlarini qoʻllab-quvvatlash, tasviriy va amaliy sanʼat yoʻnalishlarini rivojlantirish. | ||||
36. | Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzolarini qoʻllab-quvvatlash, tasviriy va amaliy sanʼat taraqqiyotida faol ishtirok etib kelayotgan yosh ijodkorlarni ragʻbatlantirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. | 1. Har yili “Yangi Oʻzbekiston manzaralari”, “Tarixiy allomalar”, “Zamon qahramonlari” turkumida sanʼat asarlarini yaratish boʻyicha tanlov tashkil etish va eng yaxshi 50 ta asar uchun gʻoliblarga grantlarni ajratish. 2. Toshkent shahri va viloyati markazlarining “yashil hududlari”da ijodkorlarning doimiy koʻrgazmalarini tashkil qilishni nazarda tutish. | 2023-yil oktabr | Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi A. Nuridinov, Madaniyat vazirligi O. Nazarbekov, |
44-maqsad: Milliy kinematografiyani rivojlantirish | ||||
37. | 1. Oʻzbekiston va jahon tarixi boʻyicha mahalliy va xorijiy mutaxassislar, ekspertlar, tarixchi olimlar, xorijiy prodyuser va ijodkorlardan iborat guruhni shakllantirish. 2. 50 ta kinoloyihaning umumiy konsepsiyasi, mavzulari, badiiy-gʻoyaviy mazmuni va moliyalashtirish manbalarini belgilash. 3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqish. | 2024-yil mart | Kinematografiya agentligi F. Abduxalikov, Fanlar akademiyasi B. Abduxalimov | |
38. | Taʼlim muassasalarida oʻquvchi va talabalarga oʻquv-uslubiy filmlar yordamida dars oʻtish tizimini joriy etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. | 1. Oʻquvchi va talabalar uchun oʻzlashtirish murakkab boʻlgan fanlar va ularning mavzulari roʻyxatini shakllantirib borish, buning uchun professor-oʻqituvchilar, taʼlim sohasi mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzish. 2. Har yili belgilangan roʻyxatga muvofiq 50 ta oʻquv-uslubiy film ishlab chiqarish, oʻqituvchi va pedagoglar ishtirokida namoyishlarni tashkil qilish, xulosalar olish. 3. Oʻquv-uslubiy filmlar portali va uning mobil ilovasini ishlab chiqish, filmlarni yuklab borish, darslarda filmlardan foydalanish boʻyicha qulay imkoniyatlar yaratish. | 2023-yil noyabr | Madaniyat vazirligi O. Nazarbekov, Kinematografiya agentligi F. Abduxalikov |
2-ILOVA
| T/r | Vazifa | Amaliy chora-tadbir | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbalari | Masʼul ijrochilar |
| II. BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI FAROVONLIGINI TAʼMINLASH | |||||
| 45-maqsad: 2030-yilga qadar iqtisodiyot hajmini 2 barobar oshirib, “daromadi oʻrtachadan yuqori boʻlgan davlatlar” qatoriga kirish. | |||||
| 1. | Makroiqtisodiy barqarorlik hamda iqtisodiy rivojlanishni energetika, suv va infratuzilma resurslari bilan oʻzaro bogʻliqligini taʼminlagan holda, iqtisodiyotning oʻrtacha yillik 6-7 foiz darajasida oʻsish surʼatini saqlash. | 1. 2023-yilda yalpi ichki mahsulot oʻsish surʼatlarini 5,3-5,5 foizdan kam boʻlmagan darajada taʼminlash. Bunda: inflyatsiyani 9,5 foiz, konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligining YAIMga nisbatini 5 foizdan yuqori boʻlmasligini taʼminlash; asosiy kapitalga 29,6 mlrd dollarlik investitsiyalarni oʻzlashtirish; eksport hajmi oʻsishini 20 foiz darajasida taʼminlash; sanoat mahsulotlari oʻsishini 6,7 foiz, bozor xizmatlari — 14 foiz, qishloq | 2023-yil dekabr | - | Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J. Qoʻchqorov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi I. Norqulov, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov, Markaziy bank M. Nurmuratov, Energetika vazirligi J. Mirzamaxmudov |
| 2. Ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlarning 2030-yilga qadar koʻp ssenariyli prognozini ishlab chiqish. Bunda: yalpi ichki mahsulotni 160 mlrd. dollarga yetkazish va aholi daromadlarining yuqori oʻsish surʼatlarini taʼminlash; uzoq muddatlarda resurs va infratuzilma bilan bogʻliq cheklovlarni yumshatishga qaratilgan islohotlarning yoʻnalishlarini belgilash; iqtisodiy oʻsish uchun zarur boʻlgan energiya manbalari bilan taʼminlash; tashqi bozorlardagi oʻzgarishlarni tashqi omillar sifatida prognozlar va iqtisodiy oʻsishga taʼsirini baholash. | 2023-yil dekabr | - | Iqtisodiyot va moliya vazirligi I. Norqulov, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov, Markaziy bank M. Nurmuratov, Energetika vazirligi J. Mirzamaxmudov | ||
| 2. | Tovarlar va xizmatlar bozori muvozanatini taʼminlash orqali yillik inflyatsiya darajasining 2024-yildan boshlab 8-9 foizdan oshmasligini taʼminlash. | 2024-yilda inflyatsiyaning target koʻrsatkichiga erishish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. Bunda: asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda hosildorlikni oshirish; xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bozori prognozlarini inobatga olish; ichki bozorni asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashning manzilli choralarini koʻrib borish. | 2023-yil dekabr | - | Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J. Qoʻchqorov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi I. Norqulov, Qishloq xoʻjaligi vazirligi A. Voitov, Markaziy bank M. Nurmuratov, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov, mahalliy hokimliklar |
| 46-maqsad: Fiskal barqarorlikni taʼminlash va davlat majburiyatlarini samarali boshqarish | |||||
| 3. | Davlat budjeti siyosatida “natijaga yoʻnaltirilgan budjetlashtirish” amaliyotiga oʻtish. | Davlat moliyasini boshqarish tizimiga “Dasturiy budjetlashtirish” tizimini Davlat budjeti xarajatlarining Milliy barqaror rivojlanish maqsadlariga bogʻliqligini belgilash boʻyicha mezonlar ishlab chiqishga xorijiy ekspertlarni jalb qilish; 2025-yildan boshlab Davlat budjeti loyihasini budjet dasturlari kesimida qabul qilish va dasturiy tasnif (klassifikator) ishlab chiqish. | 2023-yil dekabr | - | Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J. Qoʻchqorov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi A. Xaydarov, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 4. | “Yashirin iqtisodiyot”ni qisqartirish orqali soliq bazasini kengaytirish. | 1. Sohalar kesimida tahlil qilgan holda soliqlarni toʻlashdan qasddan boʻyin tovlash holatlarini aniqlash va ularga qarshi kurashish choralarini kuchaytirish. 2. Qonun talablariga rioya etgan holda faoliyatini amalga oshirayotgan yoki yashirin faoliyatini qonuniylashtirgan tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish. 3. Jamoatchilik nazoratini kengaytirish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish sohasida ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro samarali hamkorlikni yanada oshirish. | 2023-yil dekabr | - | Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J. Qoʻchqorov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi A. Xaydarov, Soliq qoʻmitasi Sh. Qudbiyev |
| 47-maqsad: Mahalliy xomashyo bazasidan samarali foydalanish va ilgʻor texnologiyalarga asoslangan sanoatni rivojlantirish | |||||
| 5. | Sanoat sohalarida ilgʻor muhandislar maktablarining faoliyatini yoʻlga qoʻyish va kasbga tayyorlash markazlarini tashkil etishda koʻmaklashish. | 1. Yirik korxonalarga oʻzlarining kasbga tayyorlash markazlarini tashkil etishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish. 2. Togʻ-kon metallurgiya, kimyo, elektrotexnika, toʻqimachilik kabi sohalarda ilgʻor muhandislar maktablarini tashkil | 2023-yil dekabr | - | Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J. Qoʻchqorov, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi B. Islamov, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmanov |
| 6. | Metallni qayta ishlash, mashinasozlik va elektronika, transport va logistika, qishloq xoʻjaligida hosildorlik yoʻnalishlarida ilmiy ishlab chiqarish klasterini tashkil etish. | Tegishli sohalarda 8 ta klasterni tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish. | 2023-yil dekabr | - | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmanov |
| 48-maqsad: Sanoatning “drayver” sohalarini rivojlantirish va hududlarning sanoat salohiyatini toʻliq ishga solish | |||||
| 7. | Xorijiy investorlarni keng jalb etgan holda har bir tumandagi mavjud sanoat zonalari negizida yangi texnologik sanoat zonalarini tashkil etish. | Hududlarning mavjud salohiyatidan kelib chiqib, xorijiy investorlarni keng jalb etgan holda har bir tumandagi mavjud sanoat zonalari negizida tabiiy xomashyo resurslar bazasi, geografik joylashuvi hamda ularning ijtimoiy-iqtisodiy va demografik joylashuvidan kelib chiqib, sanoat zonalarini tashkil etish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. | 2023-yil oktabr | - | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi B. Islamov |
| 8. | Hududlarda mavjud mineral xomashyo zaxirasidan samarali foydalanish maqsadida respublika boʻylab 60 ming kvadrat kilometr maydonda geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish. | 1. Kanada, Fransiya, Avstriya, Yaponiya, Xitoy, Turkiya va Birlashgan Arab Amirliklari kompaniyalarining 2 milliard dollar toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarini jalb qilish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. | 2023-yil noyabr | - | Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi B. Islamov, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov |
| 2. Oltin, kumush, volfram, koʻmir hamda noruda konlari boʻyicha 500 ta ruxsatnomalarni auksionga chiqarish. | 2023-2024-yillarda | - | |||
| Shundan, 2023-yilda kamida 300 ta konni auksionga chiqarish. | 2023-yil dekabr | ||||
| 9. | Toʻqimachilikda ip kalavani qayta ishlash darajasini 100 foizga yetkazish hamda yuqori sifatli matoga talabni qondirish uchun 400 ming tonna sunʼiy tola ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish. | 1. Sunʼiy tola ishlab chiqarish boʻyicha loyihalarni shakllantirish. | 2023-yil sentabr | - | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov, Savdo-sanoat palatasi D. Vaxabov, “Oʻztoʻqimachiliksanoati” uyushmasi I. Xaydarov |
| 2. Sohaga oid dunyodagi mashhur brendlar bilan hamkorlikda eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash. | - | ||||
| 3. 2023-yilda ip kalavani qayta ishlash boʻyicha 78 ta loyihalarni amalga oshirish. | 2023-yil dekabr | - | |||
| 10. | Charm-poyabzal sanoatiga 30 dan ortiq nufuzli xorijiy brendlarni jalb qilish hisobiga qoʻshilgan qiymatni 5 barobarga oshirish. | 2024 — 2026-yillarda charm-poyabzal sanoatini yanada rivojlantirish dasturini ishlab chiqish. 2023-2024-yillarda jami qiymati 1,2 mlrd dollarlik 790 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirish natijasida 41,8 ming yangi ish oʻrinlari yaratish. | 2023-yil dekabr | - | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi F. Boboyev |
| 49-maqsad: Mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshirish va qimmatli qogʻozlar bozorini jadal rivojlantirish | |||||
| 11. | Strategik ahamiyatga ega boʻlgan texnologik va infratuzilmaviy investitsiya loyihalarini amalga oshirish. | Iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda umumiy qiymati 150 milliard dollar boʻlgan 500 dan ziyod strategik loyihalarning manzilli roʻyxatini shakllantirish va tarmoq jadvallarini ishlab chiqish. 2023-yilda 8,7 milliard dollarlik 23 ta loyihani ishga tushirish. | 2023-yil dekabr | - | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov |
| 12. | Sanoat zonalarini infratuzilma bilan taʼminlash va ishlab chiqarish loyihalarini ustuvor ravishda ushbu zonalarda joylashtirish. | 2024-yilgi Davlat budjeti doirasida sanoat zonalarini infratuzilma bilan taʼminlash loyihalarini manzilli roʻyxatini shakllantirish va ularni moliyalashtirish boʻyicha hisob-kitob qilish. | 2023-yil noyabr | - | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi A. Boboyev |
| 13. | Hududlarning investitsion reytingini yuritish, har bir hududning imkoniyatlaridan kelib chiqib, uning investorlar uchun jozibadorligini yanada oshirish. | Reytingni hisoblash metodologiyasi va mezonlarini ishlab chiqish hamda uning komponentlari toʻgʻrisida maʼlumotlarni eʼlon qilib borish. | 2023-yil noyabr | - | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov |
| 50-maqsad: Bank tizimida islohotlarni jadallashtirish, bank xizmatlari bozori hajmini oshirish va sohada raqobatni rivojlantirish | |||||
| 14. | Banklarning kuzatuv kengashlari tarkibida xalqaro tajribaga ega mustaqil aʼzolarning ulushini oshirish. | Davlat ulushi ishtirokidagi tijorat banklarining kuzatuv kengashlari tarkibini bank sohasida xalqaro tajribaga ega boʻlgan mustaqil aʼzolar bilan butlash ishlarini jadal davom ettirgan holda, bank kengashlaridagi mustaqil aʼzolar ulushini 2025-yilning yakuniga qadar kamida 50 foizga yetkazish va kengash raislarini mustaqil aʼzolar orasidan saylash boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash. | 2023-yil noyabr | - | Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J. Qoʻchqorov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi B. Xodjayev, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi A. Ortiqov, Markaziy bank M. Nurmuratov |
| 51-maqsad: “Yashil iqtisodiyot”ga oʻtish, uning asosi boʻlgan qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish koʻrsatkichlarini keskin oshirish | |||||
| 15. | Sanoatda “yashil energiya” sertifikatlar bozorini rivojlantirish. | Texnologik jarayonlarning ekologik meʼyorlarga va talablarga muvofiqligini baholashga asoslangan hamda mahsulotlar va xizmatlarni ekologik markirovkalash tizimini yoʻlga qoʻyish. | 2023-yil dekabr | - | Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J. Qoʻchqorov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi I. Norqulov, Energetika vazirligi J. Mirzamaxmudov, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi A. Abduxakimov |
| 16. | Koʻp qavatli uy-joylardagi xonadonlarni energiya samaradorligi (energoaudit)ni baholash tizimini joriy etish. | Koʻp qavatli uy-joylardagi xonadonlarni energiya samaradorligini oshirish choralarini koʻrish. Bunda: yangi qurilishlarga alohida mezonlarni joriy etish; mavjud koʻp qavatli uylarda energiya tejamkorlikni ragʻbatlantirish; bino inshootlarni energiya sigʻimi boʻyicha normativlarni ishlab chiqish. | 2023-yil dekabr | - | Energetika vazirligi J. Mirzamaxmudov, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi B. Zakirov |
| 17. | Jamoat transportini ekologik toza yoqilgʻiga oʻtkazish. | 2030-yilgacha jamoat transportini ekologik toza yoqilgʻiga oʻtkazish dasturini ishlab chiqish. | 2023-yil dekabr | - | Transport vazirligi I. Mahkamov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi B. Xodjayev |
| 18. | Iqlim oʻzgarishi sohasida barcha issiqxona gazlarini qamrab oluvchi monitoring tizimini (MRV) yaratish. | 1. Oʻzbekistonning MRV tizimini BMTning iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisidagi asosiy konvensiyasidagi standartlar va ilgʻor tajribaga mos holatga keltirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 2. Issiqxona gazlari ajratmalarini inventarizatsiya qilish boʻyicha koʻrsatmalarni ishlab chiqish. 3. Iqlim oʻzgarishi boʻyicha moliyalashtirish, salohiyatni oshirish va xalqaro hamjamiyatning texnologiyalarni uzatish toʻgʻrisidagi hisobotlarini oʻz ichiga oluvchi milliy axborotnomalar chop etish. | 2023-yil dekabr | - | Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J. Qoʻchqorov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi I. Norqulov, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi A. Abduxakimov, Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi Sh. Xabibullayev |
| 52-maqsad. Iqtisodiyot tarmoqlari va aholini zarur energiya resurslari bilan uzluksiz taʼminlash | |||||
| 19. | Barcha turdagi energiya resurslari hisobini yuritishni toʻliq raqamlashtirish. | Energiya resurslari hisobini yuritishni toʻliq raqamlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. | 2023-yil oktabr | - | Energetika vazirligi J. Mirzamaxmudov, Raqamli texnologiyalar vazirligi Sh. Shermatov |
| 20. | Sanoat tarmoqlari korxonalarida energiya samaradorligini oshirish. | Sanoat tarmoqlarida energiya samaradorligini boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. | 2023-yil oktabr | - | Energetika vazirligi J. Mirzamaxmudov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi B. Xodjayev |
| 21. | Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarda yoʻqotishlarni kamaytirish va resurslarni ishlatish samaradorligini oshirish. | 2024-yilga moʻljallangan iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarda energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda yoʻqotishlarni kamaytirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlari va ularga erishish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish. | 2023-yil noyabr | - | Energetika vazirligi J. Mirzamaxmudov, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi B. Xodjayev |
| 53-maqsad: Oʻzbekiston Respublikasining global transport-logistika tarmoqlariga integratsiyasini chuqurlashtirish va milliy transport tizimining salohiyatini oshirish | |||||
| 22. | Mamlakatning tashqi savdo yuklarini eng qisqa yoʻllar bilan asosiy jahon va mintaqaviy bozorlarga chiqishi uchun samarali va ishonchli muqobil transport va tranzit yoʻlaklarini shakllantirish. | 1. Qashqardan — Andijongacha va Peshovardan — Gʻalabagacha boʻlgan xalqaro avtomobil va temir yoʻllarida tashishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. Bunda Qoshgʻar — Irkishtom — Oʻsh — Andijon yoʻnalishida yuk tashuvlar hajmini 4 barobarga oshirish choralarini belgilash. | 2023-yil oktabr | - | Transport vazirligi I. Mahkamov, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov |
| 2. Afgʻoniston orqali Pokiston bilan, shuningdek Qirgʻiziston orqali Xitoy bilan temir yoʻl orqali bogʻlaydigan loyihalarni yakuniga yetkazish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish: a) “Oʻzbekiston — Afgʻoniston — Pokiston” temir yoʻl loyihasini amalga oshirish boʻyicha: | |||||
| loyiha taqdimotini ishlab chiqish xamda Pokiston va Afgʻoniston tomonlari bilan kelishish; | 2023-yil sentabr | ||||
| xalqaro tender asosida malakali maslahatchini yollash uchun texnik topshiriq ishlab chiqish; | 2023-yil sentabr | ||||
| texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish ishlarini moliyalashtirish va boshqarish modelini aniqlash; | 2023-yil dekabr | ||||
| Pokiston va Afgʻoniston tomonlari bilan taqdimot materiallarini kelishgan holda xalqaro moliya tashkilotlari bilan muzokaralar oʻtkazish; | Doimiy | ||||
| b) “Oʻzbekiston — Qirgʻiziston — Xitoy” temir yoʻl loyihasini amalga oshirish boʻyicha: | |||||
| loyihani moliyalashtirish va boshqarish modelini aniqlash; | 2023-yil dekabr | ||||
| loyihani moliyalashtirish maqsadida xalqaro moliya tashkilotlari bilan muzokaralar oʻtkazish. | Doimiy | ||||
| 3. Yuklarning jahon va mintaqaviy bozorlarga chiqishi uchun muqobil transport va tranzit yoʻlaklarini rivojlantirish boʻyicha takliflarni kiritish. Bunda, Oʻzbekistonning eksport va import yuk tashuvlari yoʻnalishlarini rivojlantirish, xarajatlarni maqbullashtirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish inobatga olinadi. | 2023-yil oktabr | ||||
| 4. Yaqin qoʻshni mamlakatlarda Oʻzbekiston Respublikasining yuklarini samarali tashish va ishlov berish uchun shart-sharoitlarni yaratish boʻyicha amaliy choralarni koʻrish. Bunda, chegara oʻtkazish punktlari infratuzilmasini yaxshilash hamda chegaradan oʻtish tartibotlarini soddalashtirish va qulay sharoitlar yaratish hisobiga yuklarni qoʻshni mamlakatlarga yetkazib berish hajmini keskin oshirish va muddatlarni 2 barobarga qisqartirish. | 2023-yil dekabr | ||||
| 23. | Toshkent — Samarqand va Toshkent — Fargʻona vodiysi yoʻnalishlarida davlat-xususiy sheriklik asosida yangi avtomobil yoʻllarini qurish. | Toshkent — Samarqand va Toshkent — Andijon pullik avtomobil yoʻllarini davlat-xususiy sheriklik asosida qurish boʻyicha texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish. | 2023-yil dekabr | - | Transport vazirligi I. Mahkamov, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi J. Tursunov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi B. Xodjayev |
| 24. | Shahar va tumanlarni jamoat transporti bilan toʻliq qamrab olish. | 1. Shahar va tumanlar 2030-yilga qadar jamoat transporti uchun avtobuslar sonini 5 mingtaga va elektrobuslar sonini 2 mingtaga yetkazish boʻyicha manzilli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 2. Avtobus qatnovi yoʻnalishi boʻyicha toʻxtash bekatlari shart-sharoitlarini yaxshilash boʻyicha takliflarni kiritish. | 2023-yil noyabr | - | Transport vazirligi I. Mahkamov, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi J. Tursunov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi B. Xodjayev, mahalliy hokimliklar |
| 25. | Tezyurar poyezdlarda yoʻlovchi tashish sonini 2,5 barobar koʻpaytirish. | Toshkent — Samarqand yoʻnalishida yangi tezyurar temir yoʻlni qurish boʻyicha TIAni ishlab chiquvchi loyihachini aniqlash boʻyicha tender hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish. | 2023-yil dekabr | - | Transport vazirligi I. Mahkamov, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi J. Tursunov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi B. Xodjayev |
| “Toshkent — Samarqand”, “Samarqand — Navoiy — Buxoro” yoʻnalishlarida qoʻshimcha 6 ta tezyurar poyezdlar qatnovini yoʻlga qoʻyish hamda 600 kilometr qoʻshimcha temir yoʻllarini qurish boʻyicha dastlabki loyiha smeta hujjatlarini tayyorlash choralarini koʻrish. | Reja-grafik asosida | ||||
| 26. | Aeroport xizmatlari tariflarini shakllantirishga bozor tamoyillarini joriy etish hamda samaradorligi past boʻlgan hududiy aeroportlarni modernizatsiya qilish va ishonchli boshqaruvga berish. | Respublikada faoliyat yurituvchi xalqaro va hududiy aeroportlarning daromadliligi hamda istiqbolliligidan kelib chiqib, ularni davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va ishonchli boshqaruvga berish boʻyicha takliflarni kiritish. | 2023-yil oktabr | - | Transport vazirligi I. Mahkamov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi B. Xodjayev |
| 27. | Davlat-xususiy sheriklik asosida aviareyslarni koʻpaytirish. | 1. Respublikada faoliyat koʻrsatayotgan xususiy aviakompaniyalar sonini 10 taga yetkazish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash. 2. Fargʻona vodiysidan Toshkent, Nukus, Buxoro va Urganch shaharlariga kunlik aviareyslarni koʻpaytirish. | 2023-yil oktabr | - | Transport vazirligi I. Mahkamov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi A. Xaydarov |
| 54-maqsad: Qishloq xoʻjaligida hosildorlik va rentabellik darajasini keskin oshirish | |||||
| 28. | Hosildorlik koʻrsatkichlarini paxta boʻyicha oʻrtacha 45-50 sentnerga, gʻalla boʻyicha — 80-85 sentnerga yetkazish. | Paxta va gʻalla hosildorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. Bunda: paxtada 8 ta va gʻallada 12 ta yangi tezpishar, serhosil navlarni tanlash va joylashtirish; davlat reyestriga kiritilgan yangi yuqori hosilli navlar birlamchi urugʻchilik tizimini yoʻlga qoʻyish; tanlab olingan navlar maydonini har yili 10-15 foizdan kengaytirib borish; zamonaviy resurs tejamkor texnologiyalarni paxta va gʻalla maydonlarining 40-50 foizida joriy etishni nazarda tutish. Shu jumladan, 2023-yilda: biologik eskirgan navlar oʻrniga yangi yuqori hosilli, ob-havoning noqulay sharoitlariga chidamli gʻoʻza navlari maydonini 150 ming gektarga va kuzgi bugʻdoy maydonini 585ming gektarga kengaytirish; 2024-yil hosili uchun 184 ming gektar gʻallani zamonaviy resurs tejovchi seyalkalarda ekish; paxta yigʻim-terimida mashina terimi salmogʻini 23 foizga yetkazish; 2024-yil hosili uchun ingichka tolali gʻoʻza navlaridan 5 ming tonna urugʻlik paxta jamgʻarishni taʼminlash. | 2023-yil noyabr | - | Qishloq xoʻjaligi vazirligi A. Voitov, Paxtachilik kengashi I. Abduraxmonov, mahalliy hokimliklar |
| 29. | Mahalliy sabzavot, poliz, kartoshka urugʻlik taʼminotini 50 foizga yetkazish. | Mahalliy sabzavot, poliz, kartoshka urugʻligini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. Bunda: ilmiy muassasalarda olib borilayotgan tadqiqotlar koʻlamini kengaytirish; ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyatini tijoratlashtirish; ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy qilishni jadallashtirish; xorijiy ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikni kengaytirishni nazarda tutish. | 2023-yil oktabr | - | Qishloq xoʻjaligi vazirligi A. Voitov, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmonov |
| 30. | Agrologistika markazlari faoliyatini kengaytirish. | 2,5 million tonna quvvatga ega boʻlgan 100 ta yangi agrologistika markazlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish va ularning eksport salohiyatini 1 milliard dollarga yetkazish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish. Shu jumladan, 2023-yilda quvvati 65 ming tonna boʻlgan 10 ta agrologistika markazlarini tashkil etish. | 2023-yil noyabr | - | Qishloq xoʻjaligi vazirligi A. Voitov, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov, tijorat banklari, mahalliy hokimliklar |
| 31. | Suvsizlik va qurgʻoqchilikka chidamli, har bir hududning iqlimiga mos ekinlar, meva va uzumning yuqori hosildor navlarini yaratish va hosildorlikni oshirish. | Hududlarning iqlimiga mos ekinlar, meva va uzumning yuqori hosildor navlarini yaratish hamda hosildorlikni 30-35 foizga oshirish choralarini koʻrib borish. Bunda: iqlim oʻzgarishlariga moslashish tadbirlariga 250 million dollar grant mablagʻlarini jalb etish; xorijiy ilmiy tadqiqot institutlari bilan birga meva va uzumning yangi navlarini yaratish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib borish; yangi turdagi navlarni amaliyotga joriy etish. | 2023-yil noyabr | 250 million dollar grant mablagʻlari | Qishloq xoʻjaligi vazirligi A. Voitov, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmonov, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi A. Abduxakimov |
| 32. | Yer munosabatlarini isloh qilish doirasida yer ijara huquqini bozor aktiviga aylantirish hamda yer maydonlari ijara huquqini garovga qoʻyish mexanizmini joriy qilish. | Yer ijara huquqi qiymatini baholash va uni garovga qoʻyish tartibini takomillashtirish, shu jumladan yerdan foydalanuvchilar bilan yer ijara shartnomasi bekor qilinganida tuproq unumdorligini oshirish uchun qilingan xarajatlarni qoplab berish amaliyotini joriy etish boʻyicha takliflarni kiritish. Bunda: yer ijara huquqi qiymatini aniqlash va tuproq unumdorligini oshirish uchun qilingan xarajatlarni qoplab berish boʻyicha xalqaro amaliyotni oʻrganish; qishloq xoʻjaligi yerlariga nisbatan ijara huquqini bozor aktiviga aylantirish, shu jumladan boshqa shaxsga oʻtkazish va garovga qoʻyish boʻyicha amaldagi qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish. | 2023-yil noyabr | - | Qishloq xoʻjaligi vazirligi A. Voitov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi I. Norqulov, Markaziy bank M. Nurmuratov |
| 33. | Koʻchatchilik xoʻjaliklari reyestrini yuritish va koʻchatlarni sertifikatlash tizimini joriy qilish. | Koʻchatchilik xoʻjaliklari faoliyatini muvofiqlashtirish va kafolatlangan koʻchat yetkazib berish tartibini joriy qilish. 2023-yil kuz oylarida in-vitro laboratoriyalarida tayyorlangan, virussiz 5 mln dona meva va uzum koʻchatlarini yetkazib berish. | 2023-yil noyabr | - | Qishloq xoʻjaligi vazirligi A. Voitov, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmonov |
| 34. | Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va chorvani sugʻurta qilish tizimini isloh qilish. | 2024-yildan boshlab dehqon va fermerlarga hosilni sugʻurtalashga yoʻnaltirilgan sugʻurta mukofotlarining 50 foizini Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berish (subsidiyalash) amaliyotini yoʻlga qoʻyish boʻyicha taklif kiritish. | 2023-yil noyabr | - | Qishloq xoʻjaligi vazirligi A. Voitov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi J. Karshibayev |
| 55-maqsad: Milliy iqtisodiyotning eksport salohiyatini kuchaytirish va uning tarkibida qoʻshilgan qiymati yuqori boʻlgan mahsulotlar ulushini keskin oshirish | |||||
| 35. | Eksport tarkibida tayyor va yarim tayyor mahsulotlar hajmini oshirish. | Quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish: GSP+ va boshqa tizimlardan foydalangan holda tayyor va yarim tayyor mahsulotlar eksportini 3,3 barobarga koʻpaytirish; xalqaro standartlar joriy qilingan korxonalar sonini 10 barobarga oshirish va ular sonini 5 mingtaga yetkazish; xorijiy brend mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari bilan “autsorsing” va “franchayzing” asosida hududlarda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrish. | 2023-yil oktabr | - | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov, Qishloq xoʻjaligi vazirligi A. Voitov |
| 36. | “Yangi Oʻzbekiston — raqobatbardosh mahsulotlar yurti” gʻoyasi asosida eksportchi korxonalarni keng qoʻllab-quvvatlash. | Eksportchi korxonalarni moliyaviy va huquqiy qoʻllab-quvvatlash choralarini davom ettirish, shu jumladan ushbu maqsadlarga 2030-yilgacha 2 milliard dollar mablagʻlarni yoʻnaltirishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish. 2023-yilda 310 million dollar mablagʻlarni oʻzlashtirish hisobiga 350 ta eksportchi korxonaga aylanma mablagʻlar uchun kredit ajratish, 500 ta korxonaning transport xarajatlarini va 300 ta tadbirkorga xalqaro tan olingan sertifikat va standartlarni joriy etish xarajatlarini qoplab berish. | 2023-yil dekabr | Hisob-kitoblarga koʻra | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi I. Norqulov |
| 37. | 50 ta nufuzli xorijiy brendlar bilan maxsus eksport zonalarini tashkil qilish. | Engil sanoat, charm-poyabzal, oziq-ovqat, elektrotexnika, qurilish, farmatsevtika sanoati kabi drayver sohalarda maxsus eksport zonalarini tashkil qilish boʻyicha quyidagilarni amalga oshirish: xorijiy brend egalarini Oʻzbekistonga taklif etish va ularga yaratilgan qulay sharoitlar yuzasidan taqdimot oʻtkazish; maxsus eksport zonalarida faoliyat yuritish istagini bildirgan xorijiy brendlar roʻyxatini shakllantirish hamda ularning ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflarini oʻrganish; maxsus eksport zonalarini tashkil etish yuzasidan asoslangan takliflarni kiritish. | 2023-yil oktabr | - | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov |
| 56-maqsad: Monopol sohalarni bozor tamoyillariga izchil oʻtkazish, iqtisodiyotda xususiy sektor ulushini oshirish, tadbirkorlarga erkin faoliyat yuritishi uchun eng qulay sharoitlar yaratish | |||||
| 38. | Ayrim sohalarda xususiy sektorni keng jalb qilish orqali davlat monopoliyasini bekor qilish va davlat tasarrufida faqat magistral energiya va transport tarmoqlari, davlat boshqaruvi va xavfsizligi bilan bogʻliq sohalarni saqlab qolish. | Quyidagi 17 turdagi davlat monopoliyasini bekor qilish boʻyicha amaliy chora-tadbir va “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish: neft bazalari va avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari; kimyo mahsulotlari korxonalari; qurilish materiallari korxonalari; aeroport infratuzilmasini boshqarish; isteʼmolchilarga elektr yetkazib berish (kichik quvvatli tarmoqlar); isteʼmolchilarga tabiiy gaz (kichik bosimli tarmoqlar) va suyultirilgan gaz yetkazib berish; isteʼmolchilarga ichimlik suv taʼminoti va oqova tizimlarini boshqarish; ijtimoiy obyektlarga issiqlik taʼminoti xizmatini koʻrsatish; avtomobil yoʻllarini qurish va boshqarish; temir yoʻl vokzallarini boshqarish va xususiy vagonlar bilan taʼminlash; avtomobil savdo shoxobchalari; kichik irrigatsiya tizimlarini boshqarish; chiqindilarni yigʻish va qayta ishlash; turizm sohasidagi xizmatlarni sertifikatlashtirish va ularni boshqarish; arxitektura rejalarini ishlab chiqish; loyihalashtirish ishlari va injiniring xizmatlari. | 2023-yil oktabr | - | Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J. Qoʻchqorov, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi Sh. Sharaxmetov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi B. Xodjayev, Transport vazirligi I. Mahkamov, Energetika vazirligi J. Mirzamaxmudov, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi B. Zakirov, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi A. Abduxakimov, Qishloq xoʻjaligi vazirligi A. Voitov |
| 39. | Mahalliy tadbirkorlik subyektlariga strategik foydali qazilma konlarini berish amaliyotini kengaytirish. | Mahalliy tadbirkorlik subyektlariga strategik foydali qazilma konlaridan foydalanish (oltin, kumush, volfram, koʻmir hamda noruda konlar) boʻyicha ruxsatnomalar sonini 4 barobar oshirish boʻyicha aniq rejalarni ishlab chiqish. | 2023-yil sentabr | - | Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi B. Islamov |
| 40. | Soliq tizimining barqarorligini taʼminlash. | Soliq tizimini toʻliq raqamlashtirish, soddalashtirish va barcha tadbirkorlar | 2023-yil noyabr | - | Soliq qoʻmitasi Sh. Qudbiyev, Iqtisodiyot va moliya vazirligi A. Xaydarov |
| 41. | Tadbirkorlik subyektlariga barcha xizmatlarni “yagona darcha” tamoyili asosida onlayn portal orqali koʻrsatish choralarini koʻrish. | Tadbirkorlik subyektlariga barcha xizmatlarni “yagona darcha” tamoyili asosida koʻrsatishga qaratilgan onlayn portalni joriy etish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. | 2023-yil noyabr | - | Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J. Qoʻchqorov, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov, Savdo-sanoat palatasi D. Vaxobov, Raqamli texnologiyalar vazirligi Sh. Shermatov |
| 57-maqsad: Raqamli texnologiyalarni rivojlantirgan holda mamlakatni mintaqaviy “IT-NUB”ga aylantirish | |||||
| 42. | Mamlakatni jahon maydonida “Mintaqaviy IT-NUB” sifatida keng targʻib qilish, IT-sohasidagi xorijiy va mahalliy kompaniyalar hamda mutaxassislar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni keng ommalashtirish. | Quyidagilarni nazarda tutuvchi “yoʻl xarita”sini ishlab chiqish: har yillik asosda xalqaro sammit, forum, koʻrgazma, seminar va tanlovlarni tashkil qilishni yoʻlga qoʻyish (jumladan, “Digital Leadership Forum in Uzbekistan”, “BPO Leaders Forum in Uzbekistan”, “ICTWEEK Uzbekistan”, “President Tech Award” tanlovi); Yevropa Ittifoqi, Yaqin Sharq va Amerika mintaqalarida IT-parkning rasmiy vakolatxonalarini tashkil etish va ularning faoliyatini doimiy ravishda moliyalashtirish; xorijiy IT-kompaniyalarning chet eldagi ofislariga Vazirlik markaziy apparati hamda tizim tashkilotlarining rahbarlari va masʼul xodimlarining tashriflarini tashkil etish; xorijiy IT-kompaniyalar va IT-autsorsing xizmatlarini koʻrsatish yuzasidan mamlakatimizda yaratilgan shart-sharoitlar haqida xorijiy ommaviy axborot vositalarida maqolalar, videolavhalar joylashtirgan holda targʻibot ishlarini olib borishni tashkil etish; xorijiy mamlakatlarning hududida forumlar, davra suhbatlari va boshqa targʻibot ishlarini amalga oshirish. | 2023-yil oktabr | Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi | Raqamli texnologiyalar vazirligi Sh. Shermatov |
| 43. | IT-park rezidentlari eksport hajmini oshirish maqsadida “Local 2 Global” va “Zero Risk” dasturlarini ishga tushirish. | 1. IT-park rezidentlari sonini 7 500 taga (10 barobar oshirish), ular tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar hajmining YAIMdagi ulushini 2,2 foizga yetkazish va ularda yaratilgan ish oʻrinlari sonini 100 mingtaga yetkazish boʻyicha dasturni ishlab chiqish. 2. Mahalliy rezidentlarni jahon bozoriga olib chiqish maqsadida “Local 2 Global” dasturini ishlab chiqish. Bunda: xalqaro BPO va IT-autsorsing kompaniyalarni mamlakatga jalb etish boʻyicha “Zero Risk” dasturini ishga tushirish; xalqaro IT kompaniyalarning mamlakatda mintaqaviy vakolatxonalarini tashkil etish IT-park rezidentlari faoliyat turlarini kengaytirish orqali MDH davlatlariga xizmat koʻrsatish; xorijiy kompaniyalar vakolatxonalari (ofislari) sonini 1000 taga yetkazish. | 2023-yil noyabr | Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi, “IT-Park” mablagʻlari | Raqamli texnologiyalar vazirligi Sh. Shermatov |
| 3. Quyidagilarni koʻzda tutuvchi “Local a) IT-park rezidentlari uchun eksport mentoring dasturini amalga oshirish; b) IT-park rezidentlari tomonidan jahon bozoriga chiqishda zarur boʻladigan eksport maslahat xizmatlari xarajatlarining v) eksport xizmatlarini amalga oshirmoqchi boʻlgan IT-park rezidentlari xodimlari malakasini oshirish maqsadida bepul “Coursera” oʻquv kurslarini taqdim etish; g) eksport xizmatlarini amalga oshirmoqchi boʻlgan IT-park rezidentlarining chet elga xizmat safarlari bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarini qoplash. 4. “Zero Risk” dasturini amalga oshirish va uning doirasida: a) respublika boʻylab (Toshkent shahri bundan mustasno) IT-park filiallari va hududlarda joylashgan binolardagi ofislarni 1 yilga bepul ijaraga berish; b) xalqaro BPO va IT-autsorsing kompaniyalari ish faoliyatini boshlash uchun bepul texnika va inventar jihozlari bilan taʼminlash; v) xalqaro BPO va IT-autsorsing kompaniyalarining xodimlari ish haqining g) xodimlar malakasini oshirish maqsadida xorijiy mutaxassislarni jalb qilganda d) ishchi xodimlarni yollash uchun NR xizmatlaridan foydalanganda sarflanadigan xarajatlarni qoplash. | 2023-yil dekabrdan boshlab | ||||
| 5. Startap loyihalarni IT-Parkning akseleratsiya (rivojlantirish) dasturini ishlab chiqish va bunda milliy bozor kapitallashuvini 1 milliard dollarga teng birinchi Unicorn startap loyihasini yetishtirib chiqarish vazifalarini nazarda tutish. | 2023-yil noyabr | ||||
| 44. | Eng iqtidorli yoshlarni xalqaro nufuzli kompaniyalar talablariga mos dasturlar asosida tayyorlash. | “Bir million dasturchi” loyihasi orqali 15 ming nafar yoshlarni Coursera platformasining professional kurslarida oʻqitishni tashkil etish. | 2023-yildan boshlab | Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi, “IT-Park” mablagʻlari | Raqamli texnologiyalar vazirligi Sh. Shermatov |
| 45. | Xalqaro ahamiyatga ega avtomagistral yoʻllarni toʻliq mobil Internet bilan taʼminlash. | Xizmat koʻrsatuvchi mobil aloqa operatorlari tomonidan xalqaro ahamiyatga ega magistral avtomobil yoʻllari boʻylab yuqori tezlikdagi mobil Internet qamrovi darajasini oshirish maqsadida 2023-2024-yillarga moʻljallangan mobil aloqa tayanch stansiyalarini oʻrnatish rejasini tasdiqlash. | 2023-yil oktabr | - | Raqamli texnologiyalar vazirligi Sh. Shermatov |
| 58-maqsad: Oʻzbekistonda tashqi va ichki turizmni rivojlantirish uchun keng sharoitlar yaratish orqali sayyohlar sonini oshirish | |||||
| 46. | Turizm sohasi va infratuzilmasini jadal rivojlantirish. | “Mehmonxona — transport — tur-operator — savdo va servis” korxonalari kooperatsiya asosida faoliyat yuritadigan 30 ta yirik turizm klasterlari manzilli roʻyxatlarini shakllantirish. | 2023-yil sentabr | Hisob-kitoblarga koʻra | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi A. Abduxakimov |
| Hududlarda 4 mingta yangi mehmonxona, mehmon uylari va xostellar tashkil etib, mehmon oʻrinlari sonini kamida 2 barobar oshirish boʻyicha aniq rejalarni belgilash. | |||||
| Turizm markazlari sonini oshirish, shu jumladan kamida 40 ta qishloq va mahallani “turizm mahallalari” qatoriga qoʻshish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash. | |||||
| Turizm turlarini diversifikatsiya qilish, shu jumladan hududlarda MICE-turizm, qishloq turizmi, veloturizm, agroturizm, togʻ turizmi, bolalar va oʻsmirlar turizmini rivojlantirish boʻyicha dasturni ishlab chiqish. | |||||
| 47. | Hududlarda “Inklyuziv-toʻsiqsiz turizm” rivojlanishi uchun sharoitlarni yaratish. | “Inklyuziv-toʻsiqsiz turizm”ni tashkil qilish, har bir viloyatdan yiliga 1 ming nafardan nogironligi boʻlgan shaxslarning Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlariga bepul sayohatlarini tashkil qilish dasturini ishlab chiqish. | 2023-yil dekabr | - | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi A. Abduxakimov, Transport vazirligi I. Maxkamov, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlari hokimliklari |
| 48. | Mamlakatimizga xorijiy turistlar oqimini oshirish. | Quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish: xorijiy davlatlarda tashkil etiladigan xalqaro turizm koʻrgazma va yarmarkalarida Oʻzbekistonning turizm salohiyatini keng targʻib qilish, xalqaro yetakchi nashrlar, telekanallar, mashhur blogerlar uchun mamlakat boʻylab press-turlarni tashkil etib borish; mahalliy turoperator, transport tashkilotlari bilan hamkorlikda chet elda “Road show” va “B2B” uchrashuvlarni oʻtkazish. | 2023-yil noyabr | - | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi A. Abduxakimov |
| 59-maqsad: Hududlarda xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish | |||||
| 49. | Oʻrta va yirik shaharlar hamda aholisi 300 mingdan koʻp boʻlgan tumanlarda zamonaviy xizmatlarni rivojlantirish. | Xizmat koʻrsatish sohasida 2023-yil yakuniga qadar 10 mingta savdo servis obyektlarini tashkil etish choralarini koʻrish. Bunda: amalga oshiriladigan loyihalarning manzilli roʻyxatini shakllantirish; zarur yer va bino-inshootlarni auksion savdolarga chiqarib borish; tijorat banklari tomonidan kredit mablagʻlari ajratilishiga koʻmaklashish; hokim yordamchilari tomonidan mavjud moliyaviy resurslar doirasida imtiyozli kreditlar va subsidiyalar ajratish orqali oʻzini oʻzi band qilish. | 2023-yil dekabr | - | Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J. Qoʻchqorov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi A.A. Xaydarov, mahalliy hokimliklar |
| 50. | Hududlarda savdo, maishiy, sayilgoh va koʻngilochar xizmatlarini rivojlantirish va 2030-yilgacha aholi gavjum boʻlgan koʻchalarning 233 mingta boʻsh yer maydonlarini auksion savdolariga chiqarish. | Yangi xizmat koʻrsatish obyektlarini tashkil etish uchun 2023-yil yakuniga qadar 2 mingta yer (lot) maydonlarni auksion savdolarga chiqarish. Bunda: infratuzilmasi mavjud va aholi gavjum boʻlgan hududlarda boʻsh yer maydonlarini aniqlash; aniqlangan yer maydonlarini belgilangan tartibda auksionga chiqarish; auksionga chiqarilgan yer maydonlari toʻgʻrisida hokim yordamchilari tomonidan, shuningdek, ommaviy axborot vositalari orqali targʻibot ishlarini jadallashtirish orqali sotish. | 2023-yil dekabr | - | Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J. Qoʻchqorov, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi A. Ortiqov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi I. Norqulov, Kadastr agentligi F.Poʻlatov, mahalliy hokimliklar |
| 51. | Oʻrta va yirik shahar markazlarida xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan markaziy koʻchalarni tashkil etish va 2030-yilgacha 36 mingta savdo va servis obyektlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | Oʻrta va yirik shahar va tuman markazlarida tanlab olingan 150 ta markaziy koʻchalarni maxsus xizmat koʻrsatish koʻchasiga aylantirish orqali 850 ta savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarini tashkil qilish. Bunda: infratuzilmasi mavjud va aholi gavjum boʻlgan hududlarda boʻsh yer maydonlarini auksion savdolariga chiqarish; shakllantirilgan loyihalarga kredit mablagʻlari ajratilishiga koʻmaklashish; koʻngilochar koʻchalarda aholining maʼnaviy va madaniy hordiq olishlari uchun har xil koʻngilochar tadbirlarni tashkillashtirish. | 2023-yil dekabr | - | Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J. Qoʻchqorov, Transport vazirligi I. Mahkamov, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi B. Zakirov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi A.A. Xaydarov, mahalliy hokimliklar |
| 52. | “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida va xalqaro avtomobil yoʻllari boʻyida savdo va servis obyektlarini tashkil etish. | “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida va xalqaro avtomobil yoʻllari boʻyida 579 ta savdo va servis obyektlarini tashkil etish boʻyicha dasturni ishlab chiqish. | 2023-yil oktabr | - | Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J. Qoʻchqorov, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi B. Zakirov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi A.A. Xaydarov, Transport vazirligi I. Mahkamov, mahalliy hokimliklar |
| 53. | Zamonaviy, qulay, barcha xavfsizlik talablariga javob beradigan savdo komplekslarini tashkil etish. | Yetakchi loyiha tashkilotlarini jalb qilib, bozorlarni zamonaviy, qulay, barcha xavfsizlik talablariga javob beradigan savdo komplekslariga aylantirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish. | 2023-yil oktabr | - | Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J. Qoʻchqorov, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi B. Zakirov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi A.A. Xaydarov, mahalliy hokimliklar |
| 60-maqsad. Hududlarni kompleks rivojlantirish, urbanizatsiya strategiyasini amalga oshirish, aholini arzon uy-joy bilan taʼminlash darajasini oshirish | |||||
| 54. | Ichimlik va oqova suvi infratuzilmasini qurishda xususiy sektorni jalb etish. | Ichimlik va oqova suvi infratuzilmasini qurishda xususiy sektorni jalb etish mexanizmlarini joriy etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish. | 2023-yil oktabr | - | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi B. Zakirov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi A. Boboyev, mahalliy hokimliklar |
| 61-maqsad: Infratuzilma loyihalarini barqaror va uzoq muddatli moliyalashtirish manbalari bilan taʼminlash | |||||
| 55. | 2030-yilga qadar barcha aholi punktlarini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash. | Jami 545 mingdan ziyod ichimlik suvi tarmoqlari, 3 mingga yaqin suv inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha dasturni ishlab chiqish. | 2023-yil dekabr | - | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi B. Zakirov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi A. Boboyev, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov |
2a-ILOVA
T/r | 2030-yilgacha maqsadli koʻrsatkich | Oʻlchov birligi | 2023-yil | 2024-yil |
45-maqsad: 2030-yilga qadar iqtisodiyot hajmini 2 barobar oshirish va “daromadi oʻrtachadan yuqori boʻlgan davlatlar” qatoriga kirish | ||||
1. | Yalpi ichki mahsulot hajmini 160 milliard dollarga yetkazish. | milliard dollar | 88 | 95 |
2. | Aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan YAIM koʻrsatkichini 4 ming dollarga yetkazish. | ming dollar | 2,4 | 2,6 |
3. | Asosiy kapitalga kiritiladigan investitsiyalar hajmining yillik oʻrtacha 7-10 foiz atrofida oʻsishini taʼminlash. | foiz | 5,9 | 6,1 |
46-maqsad: Fiskal barqarorlikni taʼminlash va davlat majburiyatlarini samarali boshqarish | ||||
4. | Konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligi koʻrsatkichini YAIMga nisbatan 2-5 foizdan oshirmaslik. | foiz | 5 | 4 |
47-maqsad: Mahalliy xomashyo bazasidan samarali foydalanish va ilgʻor texnologiyalarga asoslangan sanoatni rivojlantirish. | ||||
5. | Sanoatda texnologik mahsulotlar ulushini 25 foizdan 32 foizga yetkazish. | foiz | 25 | 26,2 |
6. | Avtomobilsozlik sohasida ishlab chiqarish hajmini 1 million donaga yetkazish. | ming dona | 425 | 460 |
7. | Yiliga 300 mingta elektromobil ishlab chiqarish. | ming dona | - | 20 |
8. | Elektrotexnika sanoatida misni qayta ishlash hajmini 300 ming tonnaga oshirish. | ming tonna | 90 | 100 |
9. | Yangi turdagi mahsulotlar oʻzlashtirish va mahalliylashtirish darajasini oʻrtacha 65 foizga yetkazish. | foiz | 52,5 | 55,1 |
48-maqsad: Sanoatning “drayver” sohalarini rivojlantirish va hududlarning sanoat salohiyatini toʻliq ishga solish | ||||
10. | Sanoatda qoʻshilgan qiymat hajmini 45 milliard dollarga yetkazish. | milliard dollar | 22,7 | 25,4 |
11. | Xom ashyoni chuqur qayta ishlash tarmoqlari hajmini 2,5 barobar oshirish. | foiz | 110,5 | 108,5 |
12. | Sanoat tarmoqlarida 2,5 millionta yuqori daromadli ish oʻrni yaratish. | mingta | 189,3 | 198,8 |
13. | Hududlarda mavjud mineral xomashyo zaxirasidan samarali foydalanish maqsadida respublika boʻylab 60 ming kvadrat kilometr maydonda geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish. | ming kvadrat metr | 29,9 | 30,1 |
14. | Toʻqimachilikda ip kalavani qayta ishlash darajasini 100 foizga yetkazish. | foiz | 50 | 60 |
15. | Farmatsevtika sohasida dori vositalariga boʻlgan ehtiyojning 70 foizini ichki ishlab chiqaruvchilar hisobiga qoplash. | foiz | 40 | 45 |
49-maqsad: Mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshirish va qimmatli qogʻozlar bozorini jadal rivojlantirish | ||||
16. | 250 milliard dollar investitsiyalarni jalb qilish. | milliard dollar | 29,6 | 31,6 |
17. | 110 milliard dollar xorijiy investitsiyalarni jalb qilish. | milliard dollar | 13,2 | 14,7 |
18. | 30 milliard dollar davlat-xususiy sheriklik doirasidagi investitsiyalarni jalb qilish. | milliard dollar | 2,1 | 2,5 |
20. | Iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda umumiy qiymati 150 milliard dollar boʻlgan 500 dan ziyod “Mega” va strategik ahamiyatiga ega boʻlgan texnologik va infratuzilmaviy investitsiya loyihalarini amalga oshirish. | ta | 1 | 37 |
21. | Pay va venchur jamgʻarmalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish orqali portfel investitsiyalar hajmini har yili 3-5 foizga oshirish. | foiz | 3,8 | |
50-maqsad: Bank tizimida islohotlarni jadallashtirish, bank xizmatlari bozori hajmini oshirish va sohada raqobatni rivojlantirish. | ||||
22. | Bank va moliya tizimida yillik kreditlash hajmini 30 milliard dollarga yetkazish. | milliard dollar | 21 | 23 |
23. | Bank omonatlari hajmini 4 barobarga oshirish. | foiz | 30 | 25 |
51-maqsad: “Yashil iqtisodiyot”ga oʻtish, uning asosi boʻlgan qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish koʻrsatkichlarini keskin oshirish | ||||
24. | 2030-yilga kelib qayta tiklanuvchi energiya manbalarini 25 ming mega-vattga yetkazish. | ming mega-vatt | 4,4 | 8,8 |
25. | Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining jami isteʼmoldagi ulushini 40 foizga yetkazish. | foiz | 8 | 15 |
52-maqsad. Iqtisodiyot tarmoqlari va aholini zarur energiya resurslari bilan uzluksiz taʼminlash | ||||
26. | Elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmini 120 milliard kVtga yetkazish. | milliard kVt soat | 79,5 | 89,6 |
53-maqsad: Oʻzbekiston Respublikasining global transport-logistika tarmoqlariga integratsiyasini chuqurlashtirish va milliy transport tizimining salohiyatini oshirish | ||||
27. | Respublika hududi orqali tranzit yuklarini tashish hajmini 16 million tonnaga yetkazish. | million tonna | 12,8 | 13,7 |
28. | Yoʻlovchi va yuk tashish xizmatlari hajmini 3 barobar oshirish. | foiz | 111 | 112 |
29. | Elektrlashgan temir yoʻllari ulushini 65 foizga yetkazish. | foiz | 45 | 48 |
30. | Aviaqatnovlar sonini 4 barobarga oshirish. | barobar | 1,1 | 1.4 |
54-maqsad: Qishloq xoʻjaligida hosildorlik va rentabellik darajasini keskin oshirish | ||||
31. | Bir gektardan olinadigan oʻrtacha daromadni 3 ming dollardan 5 ming dollarga yetkazish. | ming dollar | 4,1 | 4,3 |
32. | Qishloq xoʻjaligida eksport hajmini yiliga 10 milliard dollarga yetkazish. | milliard dollar | 1,9 | 2,5 |
33. | Hosildorlik koʻrsatkichlarini paxta boʻyicha oʻrtacha 45 — 50 sentnerga yetkazish. | sentner/gektar | 34,6 | 35,5 |
34. | Hosildorlik koʻrsatkichlarini gʻalla boʻyicha oʻrtacha 80 — 85 sentnerga yetkazish. | sentner/gektar | 68 | 69 |
35. | Paxtada 8 ta tezpishar serhosil navlarni tanlash va joylashtirish. | ta | 2 | 3 |
36. | Gʻallada 12 ta yangi tezpishar serhosil navlarni tanlash va joylashtirish. | ta | 5 | 6 |
37. | Zamonaviy resurs tejamkor texnologiyalarni paxta va gʻalla maydonlarining 40 — 50 foizida joriy etish. | foiz | 30 | 33 |
38. | Qoʻshimcha 300 ming gektar yer maydonini zamonaviy suv tejaydigan texnologiyalarni qoʻllash orqali foydalanishga kiritish. | ming gektar | 100 | 91 |
39. | Mahalliy sabzavot, poliz, kartoshka urugʻlik taʼminotini 50 foizga yetkazish. | foiz | 9 | 13 |
40. | Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash koʻrsatkichining 25 foizdan yuqori boʻlishini taʼminlash. | foiz | 16 | 18 |
41. | 2,5 million tonna quvvatga ega boʻlgan 100 ta yangi agrologistika markazlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | ta | 10 | 11 |
42. | Pillachilik sohasida klaster tizimi asosida 105 ming gektar yangi tutzorlarni barpo qilish. | ming gektar | 4,1 | 23,0 |
43. | Pillachilik sohasidagi klaster tizimida 1 milliondan ortiq yangi ish oʻrinlarini yaratish. | ming nafar | 598,7 | 621,9 |
55-maqsad: Milliy iqtisodiyotning eksport salohiyatini kuchaytirish va uning tarkibida qoʻshilgan qiymati yuqori boʻlgan mahsulotlar ulushini keskin oshirish | ||||
44. | Jami eksport hajmini 45 milliard dollarga yetkazish. | oʻsish surʼati foizda | 22,5 | 20 |
45. | Eksportchi korxonalar sonini 6,5 mingtadan 15 mingtaga yetkazish. | ming ta | 7,1 | 8,1 |
46. | Xalqaro standartlar joriy qilingan korxonalar sonini 5 mingtaga yetkazish. | ta | 328 | 822 |
47. | Aylanma mablagʻlar uchun 600 dan ortiq korxonaga Eksportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan qulay shartlarda mablagʻlar ajratish. | ta | 350 | 450 |
56-maqsad: Monopol sohalarni bozor tamoyillariga izchil oʻtkazish, iqtisodiyotda xususiy sektor ulushini oshirish, tadbirkorlarga erkin faoliyat yuritishi uchun eng qulay sharoitlar yaratish | ||||
48. | Iqtisodiyotda nodavlat sektor ulushini 85 foizga yetkazish. | foiz | 64 | 66 |
57-maqsad: Raqamli texnologiyalarni rivojlantirgan holda mamlakatni mintaqaviy “IT-HUB”ga aylantirish | ||||
49. | Ikki yilda barcha aholi punktlarini Internet bilan toʻliq qamrab olish. | foiz | 99 | 99,9 |
50. | IT-Park rezidentlari sonini 7 500 taga yetkazish. | ta | 1 515 | 2 000 |
51. | IT xizmatlar va dasturiy mahsulotlar eksporti hajmini 5 milliard dollarga yetkazish. | million dollar | 300 | 500 |
52. | Internet xizmatining kichik tezlikdagi tarif rejasi tezligini 10 barobar oshirish. | Mbit/s. | 4 | 8 |
53. | Xalqaro Internetga ulanish tezligini 5 000 Gbit/s.ga yetkazish. | Gbit/s. | 3 600 | 4 200 |
54. | Optik tolali aloqa liniyalari va keng polosali maʼlumot uzatish tarmoqlarining qamrovini 100 foizga yetkazish. | foiz | 88 | 95 |
55. | IT sohasida yaratilgan ish oʻrinlari sonini 100 mingtaga yetkazish. | ming nafar | 24 | 32 |
56. | IT-Parkda xorijiy kompaniyalar uchun “Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi”ni tashkil qilish orqali xorijiy kompaniyalar vakolatxonalari (ofislari) sonini 1 000 taga yetkazish. | ta | 230 | 300 |
57. | Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi xizmatlar va servislar sonini 1 000 taga yetkazish. | ta | 500 | 600 |
58. | Xalqaro ahamiyatga ega avtomagistral yoʻllarni toʻliq mobil Internet bilan taʼminlash. | foiz | 80 | 90 |
58-maqsad: Oʻzbekistonda tashqi va ichki turizmni rivojlantirish uchun keng sharoitlar yaratish orqali sayyohlar sonini oshirish | ||||
59. | Xorijiy turistlar sonini 15 millionga yetkazish. | million nafar | 10,0 | 10,5 |
60. | Ichki sayyohlar sonini 25 millionga yetkazish. | million nafar | 20 | 21 |
61. | Turizm xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkazish. | milliard dollar | 2,0 | 2,5 |
62. | Ziyorat turizmi boʻyicha keladigan turistlar sonini 3 million nafarga oshirish. | million nafar | 1,2 | 1,5 |
63. | “Mehmonxona — transport — tur-operator — savdo va servis” korxonalari kooperatsiya asosida faoliyat yuritadigan 30 ta yirik turizm klaster (majmua)larini tashkil etish. | ta | 2 | 4 |
64. | Tibbiyot va taʼlim turizmi eksportini yiliga 1,5 milliard dollarga yetkazish. | million dollar | 100 | 200 |
65. | Hududlarda 4 mingta yangi mehmonxona, mehmon uylari va xostellar tashkil etish. | ta | 600 | 600 |
59-maqsad: Hududlarda xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish | ||||
66. | Savdo, maishiy, sayilgoh va koʻngilochar xizmatlarini rivojlantirish uchun shaharsozlik loyihalari asosida zaruriy infratuzilmasi mavjud va aholi gavjum boʻlgan koʻchalarning 233 mingta boʻsh yer maydonlarini auksion savdolariga chiqarish. | ta | 2 000 | 2 200 |
67. | Oʻrta va yirik shahar markazlarida xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan markaziy koʻchalarni tashkil etish orqali 36 mingta savdo va servis obyektlarni tashkil etish. | ta | 1 750 | 1 560 |
68. | “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida va xalqaro avtomobil yoʻllari boʻyida 6 mingta savdo va servis obyektlarni tashkil etish. | ta | 950 | 1 200 |
60-maqsad. Hududlarni kompleks rivojlantirish, urbanizatsiya strategiyasini amalga oshirish, aholini arzon uy-joy bilan taʼminlash darajasini oshirish | ||||
69. | Urbanizatsiya darajasini 51 foizdan 60 foizga yetkazish. | foiz | 51,5 | 52 |
70. | Qurilish hajmini yiliga 25 milliard dollarga yetkazish. | milliard dollar | 20 | 22 |
71. | “Yangi Oʻzbekiston” massivlari sonini 100 taga yetkazish. | ta | 40 | 45 |
72. | “Yangi Oʻzbekiston” massivlari barpo etilishini davom ettirish va uy-joy qurilishi hajmini 90 mingtaga yetkazish. | ming ta | 65 | 80 |
73. | “Ochiq budjet”ga ajratiladigan mablagʻlarni 3 barobar oshirish. | trillion soʻm | 8 | 10 |
61-maqsad: Infratuzilma loyihalarini barqaror va uzoq muddatli moliyalashtirish manbalari bilan taʼminlash | ||||
74. | 3 mingga yaqin suv inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish. | ta | 400 | 500 |
75. | Xususiy sektor ishtirokida 56 ming kilometr yoʻllarni rekonstruksiya qilish va taʼmirlash. | ming kilometr | 8,2 | 8,2 |
2b-ILOVA
|
T/r |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi nomi |
Asosiy mazmuni |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
47-maqsad: Mahalliy xomashyo bazasidan samarali foydalanish va ilgʻor texnologiyalarga asoslangan sanoatni rivojlantirish |
||||
|
1. |
Kon zaxiralarini baholashda ilgʻor xalqaro standartlarni keng joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Hukumat qarori loyihasi. |
Kon-metallurgiya sanoati sohasida ekologik talablar va atrof-muhit muhofazasi meʼyorlarini xalqaro standartlar asosida belgilash dasturini ishlab chiqish. Bunda: atrof-muhitga chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalarni ekologik talablar doirasidan oshmasligini taʼminlash; kon-metallurgiya sanoati korxonalarida ilgʻor xorijiy tajribadan kelib chiqib, ekologik menejment tizimini joriy etish choralarini nazarda tutish. |
2023-yil oktabr |
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi B. Islamov, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi A. Abduxakimov |
|
2. |
Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. |
1. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash koʻrsatkichining 25 foizdan yuqori boʻlishini taʼminlash. 2. Meva-sabzavotni qayta ishlashni 3,2 million tonnaga, goʻshtni qayta ishlashni 450 ming tonnaga, sutni qayta ishlashni 3 million tonnaga, umumiy eksport hajmida qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlari ulushini 40 foizga yetkazish. 3. 2030-yilgacha 10 ta xalqaro brendlarni jalb etish, 20 ta milliy brendlarning tashqi bozorga chiqishiga koʻmaklashish hamda 50 ta yangi brendlar joriy etish. 4. Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent, Xorazm va Fargʻona viloyatlarida ixtisoslashgan oziq-ovqat sanoati texnoparklarini tashkil etish. |
2023-yil dekabr |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi A. Voitov, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov |
|
48-maqsad: Sanoatning “drayver” sohalarini rivojlantirish va hududlarning sanoat salohiyatini toʻliq ishga solish |
||||
|
3. |
2030-yilgacha metallurgiya sanoatini rivojlantirish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. |
Yuqori daromadli mahsulot uchun zarur boʻlgan mis, oltin, kumush, uran mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish. Bunda, mis ishlab chiqarishni 3,5 barobar, oltin — 1,5 barobar, kumush — 3 barobar, uran — 3 barobar, qora metall ishlab chiqarish quvvatlarini 2 barobarga oshirish chora-tadbirlarini koʻzda tutish. |
2023-yil dekabr |
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi B. Islamov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi B. Xodjayev, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov |
|
4. |
2030-yilgacha avtomobil sanoatini rivojlantirish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida Hukumat qarori loyihasi. |
1. Avtomobilsozlik sohasida raqobat muhitini yaratish va ishlab chiqarish hajmini 1 million donaga yetkazish, shu jumladan yiliga 300 mingta elektromobil ishlab chiqarish. 2. Yengil avtomobillar, qishloq xoʻjaligi texnikasi va avtomobillarning butlovchi va zaruriy ehtiyot qismlarini mahalliylashtirish darajasini 60 foizga yetkazish va bunga investorlarni keng jalb qilish. |
2023-yil dekabr |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi B. Xodjayev, “Oʻzavtosanoat” AJ U. Rozukulov |
|
5. |
2030-yilgacha elektrotexnika sanoatini rivojlantirish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida Hukumat qarori loyihasi. |
1. Elektrotexnika sanoatida misni qayta ishlash hajmini 300 ming tonnaga oshirish va barcha maishiy texnika ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga 1,5 milliard dollar investitsiya jalb qilish. 2. Yangi turdagi mahsulotlar oʻzlashtirish va mahalliylashtirish darajasini oʻrtacha 65 foizga yetkazish. |
2023-yil dekabr |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi I. Norqulov, “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi M. Yunusov |
|
6. |
2030-yilgacha qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida Hukumat qarori loyihasi. |
1. Qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmini 2 baravarga koʻpaytirish va yangi turdagi energiya tejamkor materiallarni ishlab chiqarishni kengaytirish. 2. Energiya tejamkor qurilish materiallari, gulqogʻozlar ishlab chiqarishni 3,5 barobarga, keramik plitalar, qurilish oynasini — 2-2,5 barobarga oshirish. 3. Barcha ishlab chiqarish quvvatlarini energiya tejamkor va muqobil energiya turlariga oʻtkazish. |
2023-yil dekabr |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov, “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi A. Baxodirov, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi B. Zakirov |
|
7. |
2030-yilgacha farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida Hukumat qarori loyihasi. |
1. Mamlakatda ishlab chiqariladigan dori-darmon va tibbiyot vositalarining respublika umumiy isteʼmolidagi ulushini 70 foizga yetkazish. 2. Rekombinant texnologiyalarga asoslangan mahalliy biotexnologik mahsulotlardan vaksina va rekombinat oqsillar ishlab chiqarishni tashkil etish. 3. Saraton va autoimmun kasalliklarini davolash uchun monoklonal antitanachalarga asoslangan yuqori texnologiyali dori preparatlarini yaratish. |
2023-yil dekabr |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov, Sogʻliqni saqlash vazirligi A. Inoyatov |
|
8. |
2024 — 2026-yillarda charm-poyabzal sanoatini yanada rivojlantirish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida Hukumat qarori loyihasi. |
1. Charm-poyabzal sanoatiga 30 dan ortiq nufuzli xorijiy brendlarni jalb qilish hisobiga qoʻshilgan qiymatni 5 barobarga oshirish. 2. Charm mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarda kimyoviy va biologik tozalash inshootlarini joriy qilish. 3. Sport, mebel, mashinasozlik va boshqa sohalarda ishlatiladigan sifatli tabiiy va sunʼiy charm mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish. |
2023-yil oktabr |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi F. Boboyev |
|
9. |
Sanoat ipotekasi tizimini joriy etish toʻgʻrisida Hukumat qarori loyihasi. |
1. Tadbirkorlarga “tayyor biznes” shaklida bino berish mexanizmlarini joriy qilish. 2. Sanoat ipotekasini amaliyotga joriy etish hamda ularning asosiy shartlari va yoʻnalishlarini inobatga olish. |
2023-yil oktabr |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi Sh. Vafayev |
|
10. |
Sanoat tarmoqlari ehtiyojlari uchun tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni oʻzlashtirish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. |
1. Tarmoqlar va hududlar kesimida 2023-2024-yillarda tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalari manzilli dasturini ishlab chiqish. 2. Yirik korxonalar tomonidan import oʻrnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish va hududiy korxonalar bilan kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini yoʻlga qoʻygan korxonalarni faol ragʻbatlantirish tizimini joriy qilish. |
2023-yil dekabr |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov |
|
11. |
“Kichik sanoat zonalari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. |
Bunda: kichik sanoat zonalarini tashkil etish va boshqarish mezonlari va tamoyillari; davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralari; kichik sanoat zonalari ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari; kichik sanoat zonalarida yerlarni ijaraga berish, bino va inshootlarni xususiylashtirish tartibi nazarda tutiladi. |
2023-yil dekabr |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov |
|
12. |
Ilmiy ishlab chiqarish klasterlari va “Izlanish va rivojlantirish” (R&D) markazlarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. |
1. Metallni qayta ishlash, mashinasozlik va elektronika, transport va logistika, qishloq xoʻjaligida hosildorlik yoʻnalishlarida 8 ta ilmiy-ishlab chiqarish klasterini tashkil etish. 2. “Izlanish va rivojlantirish” markazlarini tashkil etishda amaldagi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. 3. Tarmoq korxonalari bilan birga sohadagi yuqori istiqbolli mahsulotlarni aniqlash, ularni ishlab chiqarish uchun texnologiyani tanlash va oʻzlashtirish, konstruktorlik, dizayn va loyiha ishlarini tashkil qilish asosida yangi mahsulot ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish. |
2023-yil noyabr |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmanov |
|
49-maqsad: Mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshirish va qimmatli qogʻozlar bozorini jadal rivojlantirish |
||||
|
13. |
Investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy bazaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida qonunchilik hujjati loyihasi. |
1. Mahalliy va xorijiy investorlarga beriladigan preferensiya va imtiyozlarning yagona reyestrini shakllantirish. 2. Mahalliy va xorijiy investorlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish. |
2023-yil dekabr |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov |
|
50-maqsad: Bank tizimida islohotlarni jadallashtirish, bank xizmatlari bozori hajmini oshirish va sohada raqobatni rivojlantirish |
||||
|
14. |
Aholining moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. |
1. Yangi moliyaviy instrumentlarni joriy etish orqali aholining moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish, imtiyozli kredit va subsidiyalar berish tizimini takomillashtirish. 2. Ehtiyojmand aholini tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qulay shartlarda qoʻllab-quvvatlash maqsadida raqamli mikromoliya tashkilotini tashkil etish. |
2023-yil dekabr |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev, Iqtisodiyot va moliya vazirligi O. Fozilkarimov, Ijtimoiy himoya milliy agentligi M. Olloyorov, Markaziy bank M. Nurmuratov |
|
51-maqsad: “Yashil iqtisodiyot”ga oʻtish, uning asosi boʻlgan qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish koʻrsatkichlarini keskin oshirish |
||||
|
15. |
Iqtisodiyotning tarmoq va sohalarida “yashil” tamoyillarni joriy etish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida Hukumat qarori loyihasi. |
Davlat ishtirokidagi korxonalarni “yashil” iqtisodiyotga oʻtishda peshqadamlarga aylantirish choralarini koʻrish: ustav kapitalida davlat ulushi ustun mavqega ega korxonalarning tegishli boshqaruv organlarida SDG, SSR, ESG tamoyillarini joriy etish; korxonalarning yillik hisobotlarida, jumladan yirik sanoat korxonalarida ekologik auditni joriy qilish, ekologik samaradorlik koʻrsatkichlarini davriy eʼlon qilib borish. |
2023-yil dekabr |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi I. Norqulov, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi A. Ortiqov, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi A. Abduxakimov |
|
52-maqsad: Iqtisodiyot tarmoqlari va aholini zarur energiya resurslari bilan uzluksiz taʼminlash |
||||
|
16. |
Uglevodorodlarga yangi istiqbolli strukturalarni aniqlash va resurslarni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Hukumat qarori loyihasi. |
Uglevodorodlarga yangi istiqbolli strukturalarni aniqlash va resurslarni oʻstirishga qaratilgan seysmorazvedka ishlarini jadallashtirish dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshirishga xorijiy investorlarni jalb qilish. |
2023-yil dekabr |
Energetika vazirligi J. Mirzamaxmudov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi B. Xodjayev, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov, “Oʻzbekneftgaz” AJ B. Sidikov |
|
17. |
Elektr energiyasini taqsimlash va isteʼmolchilarga yetkazish infratuzilmasini modernizatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. |
Hududlar kesimida yangi barpo etilayotgan quyosh, shamol va gidro elektr stansiyalari hamda iqtisodiyot va aholining elektr energiyasiga oshib borayotgan talablarini inobatga olgan holda yuqori va past kuchlanishli elektr tarmoqlari va ularning infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqish. |
2023-yil oktabr |
Energetika vazirligi J. Mirzamaxmudov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi B. Xodjayev |
|
53-maqsad: Oʻzbekiston Respublikasining global transport-logistika tarmoqlariga integratsiyasini chuqurlashtirish va milliy transport tizimining salohiyatini oshirish |
||||
|
18. |
2030-yilga qadar avtomobil yoʻllarini rivojlantirish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. |
1. Respublika boʻylab 56 ming kilometr avtomobil yoʻllarini rekonstruksiya qilish. 2. Mamlakatning avtotransport yoʻlaklarining tranzit oʻtkazuvchanligini oshirish. 3. Avtomobil yoʻllarini qurish va ekspluatatsiya qilishga xususiy sektorni jalb qilish. 4. Pulli avtomobil yoʻllarini qurish va ulardan foydalanishning huquqiy asoslarini yaratish. |
2023-yil noyabr |
Transport vazirligi I. Mahkamov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi A. Boboyev, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov |
|
19. |
Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. |
1. Temir yoʻl sohasiga xususiy sektorni keng jalb qilish va xizmatlar sifatini raqobatbardosh narxlar asosida belgilash. 2. Oʻzining yoʻlovchi va yuk vagonlariga ega xususiy operatorlar faoliyatini rivojlantirish. 3. Temir yoʻl transporti korxonalarida operatsion va biznes jarayonlar samaradorligini oshirish. 4. Temir yoʻl orqali ichki va xalqaro yuk hamda yoʻlovchi tashuvlarini davlat-xususiy sheriklik yoki franshiza asosida xususiy sektorga berish. 5. Temir yoʻllarning qamrovi va xizmat koʻrsatish sifatini oshirish, shu jumladan temir yoʻl xizmatlarini toʻliq raqamli transformatsiyasini amalga oshirish. 6. Temir va avtomobil yoʻllari kesishgan markazlar hamda havo yoʻliga yaqin hududlarda logistika xablarini yaratish. |
2023-yil oktabr |
Transport vazirligi I. Mahkamov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi B. Xodjayev |
|
54-maqsad: Qishloq xoʻjaligida hosildorlik va rentabellik darajasini keskin oshirish |
||||
|
20. |
2023 — 2030-yillarga moʻljallangan qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanuvchi tumanlarning istiqbolga moʻljallangan yer tuzish chizmalarini ishlab chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Hukumat qarori loyihasi. |
Respublikaning barcha hududlarida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni xatlovdan oʻtkazib, Yer kodeksining 12-moddasiga muvofiq, yer tuzish loyiha ishlarini oʻtkazish va hududlarning istiqbolga moʻljallangan yer tuzish chizmalarini ishlab chiqishni yillar kesimida tashkil etish. |
2023-yil dekabr |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi A. Voitov, Kadastr agentligi F. Poʻlatov |
|
21. |
“Qishloq xoʻjaligi sohasida tavakkalchiliklarni sugʻurtalash toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi. |
1. Qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtiruvchilarini turli xil tabiiy ofatlar va boshqa xatarlardan koʻriladigan zararlardan sugʻurtalash orqali himoyalash. 2. Qishloq xoʻjaligi sugʻurtasining davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning huquqiy asoslarini belgilash. 3. Qishloq xoʻjaligi sohasida tavakkalchiliklarni sugʻurtalashda sugʻurta munosabatlarini tartibga solish va nazorat qilishning yagona tizimini yaratish. 4. Qishloq xoʻjaligi sohasida tavakkalchiliklarni sugʻurtalash jarayonida ishtirok etuvchi subyektlarining huquq va majburiyatlarini belgilash. |
2024-yil mart |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi A. Voitov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi J. Karshibayev, Adliya vazirligi A. Tashkulov |
|
22. |
Yangi tahrirdagi “Yaylovlar toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi. |
Chorvachilik ozuqa bazasini mustahkamlash, yaylov yerlardan unumli foydalanishni taʼminlash. Bunda: yaylovlardan foydalanishning asosiy qoidalari va foydalanish turlarini belgilash; yaylovlardan samarali foydalanish va muhofaza qilishni tartibga solish; davlat organlari va yaylovlardan foydalanuvchilarning huquqlari va majburiyatlarini belgilash; yaylovlarni muhofaza qilish, takror koʻpaytirish va tiklash ishlarini moliyalashtirish va ragʻbatlantirish mexanizmlarini belgilash. |
2023-yil dekabr |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi A. Voitov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi I. Norkulov, Adliya vazirligi A. Tashkulov |
|
23. |
Qishloq xoʻjaligida iqlim oʻzgarishiga moslashish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. |
Qishloq xoʻjaligini iqlim oʻzgarishiga mos holda rivojlantirish, tuproq va yaylovlarda degradatsiyaning oldini olish boʻyicha tizimli choralar koʻrish. Bunda: suv oqimi va hajmining kutilayotgan oʻzgarishini hisobga olgan holda taqsimlash va tejamkor texnologiyalarni joriy etish; qishloq xoʻjalik ekinlari tarkibi va agrotexnik tadbirlarni, shuningdek, chorva mollari zotlarini, ozuqa va boqish sharoitlarini iqlim oʻzgarishiga moslashtirish; iqlim oʻzgarishida rivojlanadigan zararkunandalar va patogenlarning tarqalish hududlarida oʻsimliklarni himoya qilishni nazarda tutish. |
2023-yil noyabr |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi A. Voitov, Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi A. Abduxakimov |
|
56-maqsad: Monopol sohalarni bozor tamoyillariga izchil oʻtkazish, iqtisodiyotda xususiy sektor ulushini oshirish, tadbirkorlarga erkin faoliyat yuritishi uchun eng qulay sharoitlar yaratish |
||||
|
24. |
Tabiiy gazning raqobatli bozoriga bosqichma-bosqich oʻtish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. |
1. Tabiiy gazni ishlab chiqarish, uzatish va yetkazib berishda bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish. 2. Ichki bozorda tabiiy gazga boʻlgan talabni qondirish maqsadida kafolatli yetkazib berish uchun xususiy operatorlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish. |
Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J. Qoʻchqorov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi B. Xodjayev, Energetika vazirligi J. Mirzamaxmudov |
|
|
25. |
Energetika sohasini isloh qilishning navbatdagi bosqichini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. |
1. Energetika bozori regulatorini tashkil etish. 2. “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJdan elektr energiyasini yagona xarid qiluvchi funksiyasini ajratish orqali alohida kompaniya tashkil etish. 3. Elektr energiyasining ulgurji va chakana bozorlariga bosqichma-bosqich oʻtish konsepsiyasini tasdiqlash. |
2023-yil dekabr |
Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J. Qoʻchqorov, Energetika vazirligi J. Mirzamaxmudov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi B. Xodjayev |
|
57-maqsad: Raqamli texnologiyalarni rivojlantirgan holda mamlakatni mintaqaviy “IT-NUB”ga aylantirish |
||||
|
26. |
“Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi”ni tashkil etish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. |
IT-Parkda xorijiy kompaniyalar uchun “Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi”ni tashkil qilish, uning faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish boʻyicha asosiy chora-tadbirlarni belgilash. |
2023-yil noyabr |
Raqamli texnologiyalar vazirligi Sh. Shermatov, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov |
|
60-maqsad. Hududlarni kompleks rivojlantirish, urbanizatsiya strategiyasini amalga oshirish, aholini arzon uy-joy bilan taʼminlash darajasini oshirish |
||||
|
27. |
“Mening birinchi uyim” dasturini amalga oshirish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. |
1. Toshkent viloyatida “Mening birinchi uyim” dasturining pilot loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirish. 2. “Mening birinchi uyim” dasturi doirasida quriladigan uylarning kamida 50 foizini ehtiyojmand va yosh oilalar uchun ajratish. |
2023-yil noyabr |
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi B. Zakirov |
|
28. |
Uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida koʻp kvartirali uylarni boshqarishni yanada samarali tashkil qilish chora-tadbirlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. |
1. Koʻp kvartirali uylarni boshqarish tizimini takomillashtirish. 2. Koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari tomonidan faoliyatni amalga oshirish jarayonida tegishli mulkdorlarning huquqlari buzilishidan himoya qilish. 3. Respublikada renovatsiya amalga oshirilishini tashkiliy va huquqiy jihatdan taʼminlash. |
2023-yil oktabr |
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi B. Zakirov, Adliya vazirligi A. Tashkulov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
61-maqsad: Infratuzilma loyihalarini barqaror va uzoq muddatli moliyalashtirish manbalari bilan taʼminlash |
||||
|
29. |
Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. |
Bunda: sohalar va hududlar kesimida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish boʻyicha ustuvor vazifalar. davlat-xususiy sheriklik loyihalarini sifatli tayyorlash va ularga salohiyatli investorlarni jalb qilish boʻyicha chora-tadbirlar nazarda tutiladi. |
2024-yil aprel |
Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J. Qoʻchqorov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi B. Xodjayev |
3-ILOVA
|
T/r |
Vazifa |
Amaliy chora-tadbirlar |
Ijro muddati |
Moliyalashtirish manbalari va xarajatlar |
Masʼul ijrochilar |
|
III. SUV RESURSLARINI TEJASH VA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH | |||||
|
3.1. Suv resurslarini tejash boʻyicha islohotlar (Masʼul — J. Xodjayev) | |||||
|
62-maqsad: Respublikada suvdan oqilona foydalanish madaniyatini va suv ishlatish samaradorligini oshirish | |||||
|
1. |
Uzoq muddatga moʻljallangan respublikaning suv resurslari balansini ishlab chiqish va uning yuritilishi ustidan doimiy monitoring oʻrnatish. |
Xorijiy va mahalliy ekspertlarni jalb etgan holda suv balansining 2050-yilga qadar prognozining dastlabki loyihasini ishlab chiqish. Bunda: iqlim oʻzgarishi; havo haroratining keskin isishi va yillik yogʻingarchilik darajasi; yer osti va usti suv zaxiralari; muzliklarning erishi; iqtisodiyotning kengayishi va aholini oʻsishini inobatga olgan holda suvga boʻlgan talab va resurslar balansini ishlab chiqishni nazarda tutish. |
2023-yil dekabr |
Hisob-kitoblarga koʻra |
Suv xoʻjaligi vazirligi Sh. Xamrayev, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi B. Islomov, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi A. Abduxakimov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi I. Norqulov |
|
2. |
Suv yetkazish tizimiga ilgʻor xorijiy tajribalarni keng joriy qilgan holda tuproq qoplamali kanallarni beton qoplamaga oʻtkazish. |
Respublika hududlarida mavjud tuproq qoplamali kanallarni xatlovdan oʻtkazib, ularni beton qoplamaga oʻtkazish va ularni yaroqli holda saqlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini boshlash. |
2023-yil noyabr |
Hisob-kitoblarga koʻra |
Suv xoʻjaligi vazirligi Sh. Xamrayev, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi A. Abduxakimov |
|
3. |
Qoʻshni davlatlar bilan suv resurslari va davlatlararo suv xoʻjaligi obyektlaridan birgalikda foydalanish masalalarida manfaatli hamkorlikni davom ettirish. |
Davlatlararo suv xoʻjaligini muvofiqlashtirish komissiyasi, suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha ikki tomonlama ishchi guruhlar va komissiyalar doirasida mintaqadagi suv resurslari va suv xoʻjaligi obyektlaridan birgalikda foydalanish masalalarini muhokama qilib borish. |
2023-yil oktabr oyidan boshlab |
- |
Suv xoʻjaligi vazirligi Sh. Xamrayev, Tashqi ishlar vazirligi B. Saidov |
|
4. |
Xizmat koʻrsatish sohasida suvni tejovchi va qayta ishlovchi texnologiyalarni joriy etish. |
Xizmat koʻrsatish sohasida, ayniqsa gilam va avtomobillar yuvish shoxobchalari faoliyatini qonuniy tartibga solish, ularda suvni tejovchi va qayta ishlovchi texnologiyalarni (sirkulyar) joriy etish talabini qonunan mustahkamlab qoʻyish boʻyicha aniq takliflarni ishlab chiqish. |
2023-yil sentabr |
- |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi A. Abduxakimov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
63-maqsad: Qishloq xoʻjaligi sohasida suv resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlash | |||||
|
5. |
Qishloq xoʻjaligida suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish. |
Sugʻoriladigan maydonning har bir gektariga beriladigan suv hajmini 20 foizga kamaytirish orqali suvning mahsuldorligini oshirish choralarini belgilash. |
2023-yil oktabr |
- |
Suv xoʻjaligi vazirligi Sh. Xamrayev, Qishloq xoʻjaligi vazirligi A. Voitov |
|
6. |
Melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirish hisobiga yer unumdorligini oshirish. |
1. Manzilli dasturga asosan melioratsiya obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish. 2. Sugʻoriladigan yer maydonlarida shoʻrlangan maydonlarni 1,7 mln. gektargacha, kuchli va oʻrta shoʻrlangan sugʻoriladigan yer maydonlarini 430,0 ming gektargacha, yer osti suv sathi muammoli holatda (0-2 metr) boʻlgan yer maydonlarini 773,4 ming gektargacha kamaytirish tadbirlarini amalga oshirish. |
2023-yil sentabrdan boshlab har yili |
- |
Suv xoʻjaligi vazirligi Sh. Xamrayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
|
64-maqsad: Irrigatsiya tizimi va suv tejovchi texnologiyalarni rivojlantirish, soha boshqaruviga xususiy sektor va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini keng joriy etish | |||||
|
7. |
Suvni yetkazib berish va taqsimlash jarayoniga xususiy sektorni jalb etish, dalalarga suv yetkazadigan obyektlarni tadbirkorlar (fermer xoʻjaliklari va klasterlar) boshqaruviga berish. |
1. Umumiy suv manbaidan foydalanuvchilarning dalalariga suv yetkazadigan obyektlarni tadbirkorlar boshqaruviga berish boʻyicha namunaviy loyiha taklifini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 2. Suv isteʼmoliga bozor tamoyillarini bosqichma-bosqich joriy qilish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish. |
2023-yil oktabr |
- |
Suv xoʻjaligi vazirligi Sh.Xamrayev |
|
65-maqsad: “Yashil energiya” texnologiyalarini keng joriy qilish doirasida nasos stansiyalarining elektr energiyasi isteʼmolini kamaytirish | |||||
|
8. |
Nasos stansiyalarini boshqarishni raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirish. |
Nasos stansiyalari sarflaydigan elektr energiyasi va chiqarayotgan suv hajmi koʻrsatkichlarini nazorat qilishning raqamlashtirilgan masofaviy tizimini joriy qilish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash. |
2023-yil noyabr |
- |
Suv xoʻjaligi vazirligi Sh. Xamrayev |
|
3.2. Atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha islohotlar (Masʼul — A. Aripov) | |||||
|
66-maqsad: Respublikada ekologik vaziyatni tubdan yaxshilash, inson hayotiga taʼsir oʻtkazuvchi ekologik muammolarni bartaraf etish | |||||
|
9. |
Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlikda yagona ekotizimni rivojlantirish. |
Mintaqadagi mavjud ekologik vaziyatni hisobga olgan holda turli ustuvor yoʻnalishlarni oʻz ichiga olgan yagona ekotizmni rivojlantirish maqsadida Markaziy Osiyo mamlakatlarini birlashtiruvchi mintaqaviy ekologik hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish. |
2023-yil noyabr |
- |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi A. Abduxakimov, Tashqi ishlar vazirligi B. Saidov |
|
10. |
Shahar va tuman markazlarida har 50 — 100 ming aholi uchun “jamoat parklari”ni tashkil etish. |
Hududlarda zamonaviy standartlarga javob beradigan “yashil jamoat parklari”ni barpo etish uchun yer maydonlarini belgilash va ularni oʻrnatilgan tartibda ajratish boʻyicha choralar koʻrish. |
2023-yil sentabr |
Hisob-kitoblarga koʻra, ijrochilar mablagʻlari mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari, homiylik va grant mablagʻlari |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi A. Abduxakimov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
67-maqsad: Ekologik vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasini kengaytirish | |||||
|
11. |
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida har yili kamida 200 million tup manzarali va mevali daraxtlar hamda butalar koʻchatlari va qalamchalarini ekish. |
1. Koʻkalamzorlashtiriladigan maydonlarni aniqlash, har bir hududning tabiiy tuproq-iqlim sharoitiga mos koʻchat va qalamchalarni tanlash, ekish va parvarishlash boʻyicha choralar, moliyalashtirish manbalari va masʼullarni belgilash.
2. Koʻkalamzorlashtirish va koʻchat ekish tadbirlari doirasida har yili bahorda 125 million tup va kuzda 75 million tup manzarali, mevali daraxtlar va butalar koʻchatlari hamda qalamchalarini ekish. 3. Koʻkalamzorlashtiriladigan maydonlarda, shuningdek, ijtimoiy soha obyektlarida koʻchatlarni ekish, sugʻorish tizimlarini oʻrnatish. |
2023-yil sentabr |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligiga ajratilgan mablagʻlar, mahalliy budjet mablagʻlari, homiylik va grant mablagʻlari |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi A. Abduxakimov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
12. |
Barcha shaharlarni toʻliq “yashil belbogʻ”lar bilan qamrab olish. |
1. “Yashil belbogʻ”larni barpo etish uchun yer maydonlarini belgilash, ularni oʻrnatilgan tartibda ajratish boʻyicha choralar koʻrish. 2. Ajratilgan yer maydonlari boʻyicha hokimliklar bilan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish. 3. Tayyorlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida tuproq va iqlim sharoitiga mos daraxt turlaridan “yashil belbogʻ”larni barpo etish. 4. “Yashil belbogʻ”larni doimiy ravishda qoʻriqlash va parvarish qilish ishlarini tashkil etish. |
2023-yil oktabr oyidan boshlab dastur asosida |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligiga ajratilgan mablagʻlar, mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari, homiylik va grant mablagʻlari |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi A. Abduxakimov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
13. |
Har bir yirik sanoat korxonasining hududida va unga tutash hududlarda “yashil belbogʻ”larni barpo etish. |
Energetika vazirligi tasarrufiga kiruvchi 12 ta, “Oʻzkimyosanoat” AJ tarkibiga kiruvchi 11 ta, “Oʻzavtosanoat” AJga qarashli 5 ta, sement ishlab chiqaruvchi 32 ta, “Oʻzmetkombinat” AJ, “OKMK” AJ hamda “NKMK” AJlarda “yashil belbogʻ”lar barpo etish uchun jami 4,4 mln dona koʻchatlar ekishni taʼminlash. |
2023-yil sentabrdan boshlab |
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar mablagʻlari |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi A. Abduxakimov |
|
68-maqsad: Oʻrmonlar maydonini kengaytirish | |||||
|
14. |
Respublikaning oʻrmon bilan qoplanganlik darajasini 15 foizga yetkazish. |
Oʻrmon fondi yer maydonlarida oʻrmonlarni kengaytirish tadbirlarini amalga oshirish va oʻrmon bilan qoplanganlik darajasini oshirish boʻyicha doimiy ravishda monitoring yuritishni yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlarini belgilash. |
2023-yil oktabr |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligiga ajratilgan mablagʻlar |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi A. Abduxakimov |
|
69-maqsad: Orolboʻyi mintaqasida ekologik vaziyatni barqarorlashtirish, Orol dengizi qurishi natijasida yuzaga kelgan ekologik muammolarning salbiy taʼsirini yumshatish | |||||
|
15. |
Orolboʻyi mintaqasidagi oʻrmonzorlarni 2,3 million gektarga yetkazish, barcha aholi punktlari va mahallalarda “yashil maydonlar”ni koʻpaytirish. |
1. Orol dengizining qurigan tubida “yashil qoplamalar” himoya oʻrmonzorlari barpo etish loyihasi va xaritasini ishlab chiqish. 2. “Yashil qoplama”lar va himoya oʻrmonzorlari barpo etish uchun choʻl oʻsimliklari turlarini tanlash, talab etiladigan urugʻlik va koʻchat ekish materiallari zaxirasini yaratish. 3. Orol dengizining qurigan tubi va Orolboʻyi mintaqasida (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Navoiy va Buxoro viloyatlari) “yashil qoplama”larni barpo etish. |
2023-yil dekabr |
Hisob-kitoblarga koʻra, mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari, homiylik va grant mablagʻlari |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi A. Abduxakimov, Qoraqalpogʻi�ton Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm, Navoiy va Buxoro viloyati hokimliklari |
|
16. |
Orolboʻyi mintaqasida chang boʻronlarining shakllanish sharoitlari va tarqalish mintaqalarini prognozlashtirish modelini ishlab chiqish. |
1. Statsionar boʻlmagan modellashtirish tizimini ishlab chiqish va prognozlashtirish mexanizmlarini tadqiq qilish. 2. Tadqiqot natijalari asosida yangi mezonlarni belgilash uchun xulosalar taqdim qilish. 3. Hududdagi ekologik holatning xavflilik darajasiga qarab ijtimoiy va ishlab chiqarish obyektlarini joylashtirish mexanizmini ishlab chiqish. 4. Chang boʻronlarining shakllanish sharoitlari va tarqalish mintaqalarini prognozlashtirishning dasturiy taʼminotini yaratish. |
2023-yil sentabr oyidan boshlab |
Hisob-kitoblarga koʻra, homiylik va grant mablagʻlari |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi A. Abduxakimov |
|
70-maqsad: Iqlim oʻzgarishi salbiy taʼsirining oldini olish | |||||
|
17. |
Iqlim xavfini baholash va kamaytirishga qaratilgan iqlim monitoringi tizimini takomillashtirish. |
Gidrologik, ob-havo va iqlimga oid maʼlumotlarni oʻz vaqtida va sifatli taqdim etish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha loyihani ishga tushirish. |
2023-yil oktabr |
Davlat ilmiy dasturlariga ajratilgan mablagʻlar |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi A. Abduxakimov |
|
71-maqsad: Biologik xilma-xillik ishonchli saqlanishini taʼminlash | |||||
|
18. |
Mavjud muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni kengaytirish va yangilarini tashkil etish. |
“Zarafshon” milliy tabiat bogʻini 2 ming gektarga, “Surxon” va “Nurota” davlat qoʻriqxonalari hududini 4-5 ming gektargacha kengaytirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2023-yil oktabr |
Hisob-kitoblarga koʻra |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi A. Abduxakimov |
|
72-maqsad: Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari sifatini yaxshilash | |||||
|
19. |
Aholini qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash xizmatlari bilan toʻliq qamrab olish. |
1. Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash xizmatlari bilan qamrab olinmagan mahallalarni xatlovdan oʻtkazish. 2. Sohada davlat-xususiy sheriklik loyihalari sonini oshirish va xizmat koʻrsatuvchi korxonalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash. |
2023-yil noyabr |
Mahalliy budjetlar va xalqaro moliya institutlari mablagʻlari |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi A. Abduxakimov |
|
20. |
Yelim qadoqlangan mahsulotlarni�g chiqindisi hajmini keskin kamaytirish. |
Oziq-ovqat va ichimlik mahsulotlarini yelim idishlarga qadoqlash amaliyotidan bosqichma-bosqich voz kechib, shisha va qayta ishlanadigan materiallardan tayyorlangan qadoqlarni ishlatish va bu amaliyotni ragʻbatlantirish tizimi boʻyicha takliflarni ishlab chiqish. |
2023-yil oktabr |
- |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi A. Abduxakimov |
|
73-maqsad: Atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish, uning tabiiy tarkibini saqlash boʻyicha keskin choralar koʻrish | |||||
|
21. |
Atrof tabiiy muhit davlat monitoringini samarali tashkil etish. |
Hududlardagi ekologik holatni prognozlash va aholini xabardor qilish tizimini joriy etish hamda yagona geoaxborot maʼlumotlar bazasini saqlashni taʼminlovchi Situatsion markaz faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish. |
2023-yil noyabr |
-- |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi A. Abduxakimov |
3a-ILOVA
|
T/r |
Maqsadli koʻrsatkich |
Oʻlchov birligi |
2023 |
2024 |
|
3.1. Suv resurslarini tejash boʻyicha islohotlar |
||||
|
62-maqsad: Respublikada suvdan oqilona foydalanish madaniyatini va suv ishlatish samaradorligini oshirish |
||||
|
1. |
Suv ishlatish samaradorligini 20 foizga oshirish. |
foiz |
18 |
20 |
|
2. |
Tuproq oʻzanli boʻlgan magistral va xoʻjaliklararo kanallarning beton qoplamali ulushini 39 foizga oshirish. |
foiz |
38 |
39 |
|
63-maqsad: Qishloq xoʻjaligi sohasida suv resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlash |
||||
|
3. |
Irrigatsiya tizimi va sugʻorish tarmoqlarining foydali ish koeffitsiyenti koʻrsatkichini 0,67 gacha yetkazish. |
koeffitsiyent |
0,66 |
0,67 |
|
4. |
Qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishda suv tejaydigan texnologiyalar bilan qamrab olingan yerlarning umumiy maydonini 1,4 mln gektargacha yetkazish. |
million gektar |
1,2 |
1,4 |
|
5. |
Tomchilab sugʻorish texnologiyasi qamrovini 550 ming gektargacha yetkazish. |
gektar |
475 000 |
550 000 |
|
64-maqsad: Irrigatsiya tizimi va suv tejovchi texnologiyalarni rivojlantirish, soha boshqaruviga xususiy sektor va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini keng joriy etish |
||||
|
6. |
40 ta suv xoʻjaligi obyektlarida avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini joriy qilish. |
ta |
20 |
20 |
|
65-maqsad: “Yashil energiya” texnologiyalarini keng joriy qilish doirasida nasos stansiyalarining elektr energiyasi isteʼmolini kamaytirish |
||||
|
7. |
Nasos stansiyalaridagi eskirgan 322 ta nasoslarni energiya tejamkorlariga almashtirish. |
ta |
174 |
148 |
|
8. |
Nasos stansiyalaridagi eskirgan 383 ta elektrodvigatellarni energiya tejamkorlariga almashtirish. |
ta |
234 |
149 |
|
9. |
Energiya tejamkor qurilmalar oʻrnatish, nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish, ularning yillik elektr energiyasi isteʼmolini kamaytirish. |
mlrd.kVt/soat |
7,145 |
7,06 |
|
3.2. Atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha islohotlar |
||||
|
66-maqsad: Respublikada ekologik vaziyatni tubdan yaxshilash, inson hayotiga taʼsir oʻtkazuvchi ekologik muammolarni bartaraf etish |
||||
|
11. |
14 ta qarovsiz hayvonlarni saqlash faoliyati bilan shugʻullanuvchi pitomniklar yaratish. |
ta |
- |
14 |
|
67-maqsad: Ekologik vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasini kengaytirish |
||||
|
12. |
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida har yili kamida 200 million tup manzarali va mevali daraxt hamda butalar koʻchatlarini, qalamchalarini ekish. |
million tup |
200 |
200 |
|
13. |
Yashillik darajasini 30 foizga yetkazish. |
foiz |
10,4 |
12,4 |
|
14. |
1 984 ta yashil bogʻlar barpo etish. |
ta |
260 |
444 |
|
15. |
112 ta yirik sanoat korxonasi tomonidan oʻz va tutash hududlarida uch yil davomida 30 million tup koʻchatdan iborat “yashil belbogʻ”lar barpo etish. |
mln tup |
1,0 |
2,1 |
|
16. |
Loyihaga har yili 400 milliard soʻmdan ajratib borish. |
milliard soʻm |
50 |
500 |
|
68-maqsad: Oʻrmonlar maydonini kengaytirish |
||||
|
17. |
Respublikaning oʻrmon bilan qoplanganlik darajasini 15 foizga yetkazish. |
foiz |
7,7 |
8,1 |
|
18. |
Yerlarni eroziyadan va melioratsiya obyektlarini qum koʻchishidan saqlash uchun 26 200 gektar ihota daraxtzorlarini barpo etish. |
gektar |
12 514 |
15 014 |
|
19. |
Respublikada oʻrmon bilan qoplangan maydonlarni 6,1 million gektarga yetkazish. |
million gektar |
3,46 |
3,65 |
|
20. |
Daraxt va buta urugʻlari tayyorlashni 840 tonnaga oshirish. |
tonna |
644 |
688 |
|
21. |
oʻrmon xoʻjaliklarida nihol va koʻchatlar yetishtirishni 190 million tupga yetkazish. |
million tup |
104 |
112 |
|
22. |
Asalari oilalari soni 300 ming oilaga yetkazish. |
ming oila |
220 |
230 |
|
23. |
Dorivor oʻsimliklar tayyorlashni 11 674 tonnaga yetkazish. |
tonna |
9 041 |
9 640 |
|
69-maqsad: Orolboʻyi mintaqasida ekologik vaziyatni barqarorlashtirish, Orol dengizi qurishi natijasida yuzaga kelgan ekologik muammolarning salbiy taʼsirini yumshatish |
||||
|
24. |
Orolboʻyi mintaqasidagi oʻrmonzorlarni 2,3 million gektarga yetkazish. |
million gektar |
1,7 |
1,9 |
|
25. |
Orol dengizining qurigan tubida qoʻshimcha 600 ming gektar yashil maydonlarni barpo etish. |
ming gektar |
100 |
100 |
|
70-maqsad: Iqlim oʻzgarishi salbiy taʼsirining oldini olish |
||||
|
26. |
Choʻllanish, qurgʻoqchilik, chang-qum boʻronlari va haroratning koʻtarilishiga qarshi chora sifatida asosan jami 600 ming gektar maydonda “yashil qoplamalar” — himoya oʻrmonzorlarini barpo etish. |
ming gektar |
200 |
200 |
|
27. |
Xavfli gidrometeorologik hodisalar toʻgʻrisida barvaqt ogohlantirishlar darajasini 100 foizga yetkazish. |
foiz |
99 |
100 |
|
28. |
Togʻ daryolari oqimi prognozlarining ishonchliligi darajasini 98 foizga yetkazish. |
foiz |
96 |
98 |
|
29. |
Qishloq xoʻjaligi ekinlarining rivojlanishi va hosildorligi haqidagi agrometeorologik prognozlarning ishonchlilik darajasini 96 foizga yetkazish. |
foiz |
95 |
96 |
|
30. |
Foydali qazilmalarni qazib olish natijasida buzilgan 6 075 gektar yer maydonlarini rekultivatsiya qilish. |
gektar |
2 000 |
2 000 |
|
71-maqsad: Biologik xilma-xillik ishonchli saqlanishini taʼminlash |
||||
|
31. |
Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni 14,3 foizgacha kengaytirish. |
foiz |
14,1 |
14,2 |
|
32. |
2 million gektar hajmda tabiiy yaylovlar va pichanzorlar oʻsimliklarini geobotanik tekshirishni har yili amalga oshirish. |
million gektar |
- |
2 |
|
33. |
Dorivor va oziq-ovqatbop oʻsimliklarni yetishtirish va koʻpaytirish boʻyicha har yili 25 ming gektar maydonda madaniy plantatsiyalarni tashkil etish. |
ming gektar |
25 |
25 |
|
72-maqsad: Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari sifatini yaxshilash |
||||
|
36. |
Maishiy chiqindi poligonlarini kamida 50 foizga qisqartirish. |
foiz |
10 |
17 |
|
73-maqsad: Atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish, uning tabiiy tarkibini saqlash boʻyicha keskin choralar koʻrish |
||||
|
37. |
Atmosferaga chiqarib tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini 10,5 foizga kamaytirish. |
foiz |
1,5 |
3,0 |
|
38. |
Atrof-muhitga taʼsiri boʻyicha I va II toifaga kiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlardagi ifloslantiruvchi texnologiyalarni toʻliq modernizatsiya qilish. |
ta |
106 |
122 |
|
39. |
249 ta sanoat korxonalarida lokal oqova tozalash inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish. |
ta |
80 |
93 |
3b-ILOVA
|
T/r |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi nomi |
Asosiy mazmuni |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
III. SUV RESURSLARINI TEJASH VA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH |
||||
|
3.1. Suv resurslarini tejash boʻyicha islohotlar (Masʼul — J. Xodjayev) |
||||
|
62-maqsad: Respublikada suvdan oqilona foydalanish madaniyatini va suv ishlatish samaradorligini oshirish |
||||
|
1. |
Suv isteʼmoli yuqori boʻlgan sohalarda suv resurslaridan unumli foydalanish va uning iqtisodiy samaradorligini oshirish dasturini tasdiqlash boʻyicha Hukumat qarori. |
Qishloq xoʻjaligi, uy-joy kommunal xoʻjaligi, sanoat va boshqa tarmoqlarda suv resurslaridan unumli foydalanish va uning iqtisodiy samaradorligini oshirish boʻyicha dasturni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2023-yil noyabr |
Suv xoʻjaligi vazirligi Sh. Xamrayev, A. Voitov |
|
2. |
Suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning qisqa muddatli strategiyasini tasdiqlash boʻyicha Hukumat qarori. |
2024 — 2026-yillarga moʻljallangan suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari, maqsad va vazifalari hamda samaradorlik koʻrsatkichlarini, ichimlik suvining hajmi va sifati boʻyicha koʻrsatkichlarni jamoatchilik uchun onlayn-axborot berish tizimini yaratishni nazarda tutuvchi strategiyani ishlab chiqish. |
2024-yil aprel |
Suv xoʻjaligi vazirligi Sh. Xamrayev |
|
3. |
Suv resurslarini samarali boshqarish va ulardan oqilona foydalanishni taʼminlash maqsadida sohadagi normativ-huquqiy hujjatlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish va tegishli meʼyoriy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlash. |
1. Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish. 2. Meʼyoriy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. 3. Normativ-huquqiy hujjatlarga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarorini qabul qilish. |
2023-yil dekabr |
Suv xoʻjaligi vazirligi Sh. Xamrayev, Qishloq xoʻjaligi vazirligi A. Voitov, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi A. Abduhakimov, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi B. Islamov |
|
4. |
Hududlar kesimida yer osti suv resurslarini tahliliy aniqlash hamda muqobil suv manbalaridan (buloq, quduq va boshqa) samarali foydalanish choralarini koʻrish. |
1. Hududlar kesimida mavjud buloq va quduqlarni xatlovdan oʻtkazish va ularning reyestrini shakllantirish. 2. Xatlov natijasiga koʻra har bir suv obyektidan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish. 3. Takliflar asosida Vazirlar Mahkamasining reglamentini qabul qilish. |
2023-yil dekabr |
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi B. Islamov, Suv xoʻjaligi vazirligi Sh. Xamrayev, “Oʻzsuvtaʼminot” AJ D. Azimov |
|
3.2. Atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha islohotlar (Masʼul — A. Aripov) |
||||
|
66-maqsad: Respublikada ekologik vaziyatni tubdan yaxshilash, inson hayotiga taʼsir oʻtkazuvchi ekologik muammolarni bartaraf etish |
||||
|
5. |
Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi. |
Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlganlik uchun maʼmuriy javobgarlikni kuchaytirish va jinoiy javobgarlikni joriy qilish. |
2023-yil sentabr |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi A. Abduxakimov, Bosh prokuratura N. Yoʻldoshev |
|
67-maqsad: Ekologik vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasini kengaytirish |
||||
|
6. |
Suv resurslarini tejash maqsadida “Yashil makon” loyihasi doirasida ekilgan daraxt va butalarni sugʻorish tizimini talab etiladigan joylarda toʻliq tomchilab sugʻorish tizimiga oʻtkazishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasi. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi Hukumat qaror loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish: birinchi bosqichda — vazirlik va idoralar, davlat ulushi ellik foizdan ortiq boʻlgan tashkilotlar hududidagi (atrofidagi) koʻkalamzorlashtirish, shu jumladan, daraxt va butalarni sugʻorish tizimini toʻliq tomchilab sugʻorish tizimiga oʻtkazish; ikkinchi bosqichda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlarning markaziy shaharlari va Toshkent shahrida koʻkalamzorlashtirish tizimini tomchilab sugʻorish tizimiga oʻtkazish. |
2023-yil oktabr |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi A. Abduxakimov |
|
69-maqsad: Orolboʻyi mintaqasida ekologik vaziyatni barqarorlashtirish, Orol dengizi qurishi natijasida yuzaga kelgan ekologik muammolarning salbiy taʼsirini yumshatish |
||||
|
7. |
Orolboʻyi mintaqasini barqaror rivojlantirish, innovatsiyalar va yashil texnologiyalarni keng joriy etish boʻyicha milliy dastur. |
2023 — 2026-yillarda Orolboʻyi mintaqasini barqaror rivojlantirish, innovatsiyalar va yashil texnologiyalarni keng joriy etish boʻyicha quyidagi asosiy yoʻnalishlarni belgilashni nazarda tutuvchi milliy dastur loyihasini ishlab chiqish va kiritish: yashil qoplamalar — himoya oʻrmonzorlarini barpo etishni izchil davom ettirish hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tizimli rivojlantirish; ilmiy va innovatsion faoliyat uchun zamonaviy infratuzilmani yaratish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash; qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va boshqa turdagi ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirish; qayta tiklanuvchi va muqobil energiya manbalaridan foydalanish amaliyotini kengaytirish. |
2023-yil noyabr |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi A. Abduxakimov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi |
|
70-maqsad: Iqlim oʻzgarishi salbiy taʼsirining oldini olish |
||||
|
8. |
“Yashil iqlim” va Global ekologik jamgʻarmalarning bioxilma-xillik, iqlim oʻzgarishi va tuproq yemirilishining oldini olish loyihalarini amalga oshirish boʻyicha Hukumat qarori loyihasi. |
1. Loyihalar konsepsiyalarini ishlab chiqish va donor tashkilotlarga koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun kiritish. 2. Loyihalarni amalga oshirish boʻyicha xalqaro hamkor bilan oʻzaro bitim imzolash. 3. Loyihalarni amalga oshirish boʻyicha Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish. |
2023-yil noyabr |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi A. Abduxakimov, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov |
|
71-maqsad: Biologik xilma-xillik ishonchli saqlanishini taʼminlash |
||||
|
9. |
F. Rusanov nomidagi Toshkent botanika bogʻining viloyatlardagi filiallari faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha Hukumat qarori loyihasi. |
Toshkent botanika bogʻining filiallarini tashkil etish va ularning samarali faoliyatini yoʻlga qoʻyish. |
2023-yil oktabr |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi A. Abduxakimov |
|
10. |
Hayvonot va oʻsimlik dunyosi obyektlaridan noqonuniy foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish boʻyicha qonun loyihasi. |
Ekologiya va atrof-muhitga zarar yetkazish, oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlarini nobud qilish yoki ularga shikast yetkazish, hayvonot va oʻsimlik dunyosi obyektlaridan noqonuniy foydalanish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirish. |
2023-yil dekabr |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi A. Abduxakimov, Bosh prokuratura N. Yoʻldoshev |
|
72-maqsad: Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari sifatini yaxshilash |
||||
|
11. |
Chiqindilarni maishiy chiqindi turlariga qarab, alohida-alohida toʻplash va olib chiqib ketish tizimini joriy qilish boʻyicha Hukumat qarori loyihasi. |
Xorijiy tajribadan kelib chiqib chiqindilarni alohida saralash tizimini bosqichma-bosqich amalga oshirish doirasida dastlab Buxoro shahri va Toshkent tumanida, keyinchalik esa respublikaning barcha hududlarida joriy qilish. |
2023-yil dekabr |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi A. Abduxakimov |
|
12. |
Hosil boʻlayotgan chiqindilarni poligonlarga yoʻnaltirmasdan, maksimal darajada qayta ishlash va qayta ishlash imkoni boʻlmagan chiqindilarini kuydirishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha Hukumat qarori loyihasi. |
Maishiy chiqindilarni qayta ishlash va ularni muqobil energiya ishlab chiqarishga yoʻnaltirish hisobiga 2026-yilgacha barcha maishiy chiqindi poligonlarini rekultivatsiya qilish. Bunda: har bir viloyatda aholi soni va hosil boʻladigan maishiy chiqindilar koʻlamidan kelib chiqib qayta ishlash zavodlarini ishga tushirish; chiqindilar bilan toʻlgan poligonlarni yopish (rekultivatsiya qilish) va mahalliy hokimlik zaxirasiga qaytarish; qolgan poligonlarni rekonstruksiya qilish va zamonaviy texnologiyalar asosida yangi poligonlarni qurishni nazarda tutish. |
2023-yil dekabr |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi A. Abduxakimov |
|
13. |
Barcha mavjud poligonlardagi chiqindilarning toʻliq qayta ishlash, “yashil tarif” va “yashil subsidiyalar” tizimlarini joriy qilish boʻyicha Hukumat qarori loyihasi. |
1. Chiqindilarni qayta ishlash sohasiga tadbirkorlik subyektlarini keng jalb etish. 2. Chiqindilarni kompleks qayta ishlashni yoʻlga qoʻyish. 3. Chiqindilarni qayta ishlash yoʻli bilan olinadigan energiyani sotib olish mexanizmlarini belgilash. |
2024-yil dekabr |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi A. Abduxakimov, Energetika vazirligi J. Mirzamaxmudov |
|
73-maqsad: Atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish, uning tabiiy tarkibini saqlash boʻyicha keskin choralar koʻrish |
||||
|
14. |
Respublikaning barcha tuman va shaharlarida atmosfera havosi ifloslanishi fon monitoringini yuritish uchun avtomatlashgan stansiyalarni oʻrnatish boʻyicha Hukumat qarori loyihasi. |
1. Kichik stansiyalarni oʻrnatish boʻyicha texnik talablar va hududlarga joylashtirish xaritalari ishlab chiqish. 2. Oʻrnatilgan avtomatlashgan kichik stansiyalar maʼlumotlari atrof tabiiy muhit davlat monitoringi tizimining yagona geoaxborot maʼlumotlar bazasiga integratsiya qilish orqali vizuallashtirish va real vaqt rejimida muntazam yangilab borish. 3. Atmosfera havosining tabiiy ifloslanishi yuqori boʻlgan hududlarni aniqlash va aholini xabardor qilish tizimini sinov tariqasida joriy etish. |
2023-yil dekabr |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi A. Abduxakimov |
|
15. |
Respublika hududlarida aerobiologik monitoring tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha Hukumat qarori loyihasi. |
“Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish doirasida Xalqaro molekulyar allergologiya markazi tomonidan allergiya chaqiradigan oʻsimliklarning changlanishi, aholining allergik kasalliklarning klinik zoʻrayishi (rinit, bronxial astma) oʻrtasidagi bogʻliqlikning gulchang monitoringini oʻtkazish tizimini yoʻlga qoʻyish. |
2023-yil dekabr |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi A. Abduxakimov, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmanov |
4-ILOVA
|
T/r |
Vazifa |
Amaliy chora-tadbir |
Ijro muddati |
Moliyalashtirish manbalari |
Masʼul ijrochilar |
|
IV. QONUN USTUVORLIGINI TAʼMINLASH, XALQ XIZMATIDAGI DAVLAT BOSHQARUVINI TASHKIL ETISH |
|||||
|
4.1. Xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish va jamoatchilik boshqaruvini takomillashtirish boʻyicha islohotlar (Masʼullar — A. Aripov, J. Qoʻchqorov, A. Ramatov) |
|||||
|
74-maqsad: Aholi farovonligini taʼminlash va hududlarda kundalik masalalarni hal etishda mahallani jamoatchilik hamda davlat organlari oʻrtasidagi “tayanch koʻprik”ka aylantirish |
|||||
|
1. |
Mahalla hududida faoliyat yurituvchi davlat organlari vakillari bilan oʻzaro aloqalarni mustahkamlash. |
Tadbirkorlarga yaqindan koʻmaklashish, mahalladagi yolgʻiz keksalar va ayollar, nogironligi boʻlgan va ehtiyojmand aholi bilan manzilli ishlashda mahallalarning tuman (shahar) soliq inspektorlari va Ijtimoiy himoya milliy agentligi tuman (shahar) boʻlinmalarining ijtimoiy xodimlari bilan oʻzaro aloqalarini yoʻlga qoʻyish. |
2023-yil oktabr |
Hisob-kitoblarga koʻra |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev, Ijtimoiy himoya milliy agentligi S. Abdullayev |
|
2. |
Fuqarolarning oʻz mahallasi hayotidagi ishtirokini kuchaytirish. |
Mahallaning mablagʻlarini aholining ovoziga koʻra, mahallalardagi muhim masalalar — yoʻl, ichimlik suv, elektr tarmoqlari va gaz taʼminotini yaxshilash kabi infratuzilma loyihalariga yoʻnaltirish amaliyotini joriy qilish, mahallalar uchun “Ochiq budjet” imkoniyatlarini kengaytirib, unga ajratiladigan mablagʻlarni bosqichma-bosqich 3 barobar oshirish. |
2023-yil noyabr |
Hisob-kitoblarga koʻra |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi A. Xaydarov, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev |
|
3. |
Joylarda ijtimoiy-iqtisodiy va infratuzilma masalalarini hal etishda mahallaning rolini oshirish. |
Mahallalarda Tadbirkorlik kengashlarini tashkil etish va ular tomonidan mahalla hududida tadbirkorlik faoliyatini, shu jumladan oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish tartib-taomillarini joriy etish. |
2023-yil dekabr |
- |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev, Adliya vazirligi A. Tashkulov |
|
4. |
Mahallalarda aholi bilan ishlashga qaratilgan jarayonlarni toʻliq raqamlashtirish. |
1. Mahalladan turib barcha davlat idoralari rahbarlariga onlayn tarzda shaxsan murojaat qilish tizimi va har bir mahallada davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha “elektron xizmat nuqtalari”ni ishga tushirish. 2. “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimini yaratish va quyidagilarni taʼminlash: mahallada kompleks yondashuv asosida ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish, aholi bilan ishlash sohasiga raqamli va zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish; nogironligi boʻlgan shaxslarga davlat tomonidan koʻrsatiladigan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish, sohada dasturiy yechimlarni ishlab chiqish, joriy etish va qoʻllab-quvvatlash. |
2024-yil may |
Hisob-kitoblarga koʻra |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev, Sh. Shermatov S. Abdullayev, |
|
75-maqsad: Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarini xalqning chinakam “ovoziga” aylantirish |
|||||
|
5. |
Xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlarining mahallalardagi muammolarni hal qilishdagi rolini oshirish. |
Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda, uni amalga oshirishda xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlarining doimiy komissiyalari ishtirokini taʼminlash. |
2023-yil dekabr |
- |
Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida) |
|
6. |
Mahalliy Kengashlarning Oliy Majlis Senati bilan birgalikda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosi ustidan taʼsirchan nazoratni yoʻlga qoʻyish hamda mavjud muammolarni hal etish borasidagi faoliyat samaradorligini oshirish. |
1. Oliy Majlis Senati qoʻmitalarining mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari bilan hamkorlikda sayyor majlislar oʻtkazishini yoʻlga qoʻyish. 2. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining oʻrganilishini hamda sayyor majlislarda muhokama qilinishini tashkil etish. 3. Hududlardagi mavjud muammolarni hal etish boʻyicha amaliy choralar koʻrish. |
2023-yil sentabr — dekabr |
- |
Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari |
|
76-maqsad: Mahalliy davlat hokimiyati ijro organlari faoliyatini transformatsiya qilib, hududiy boshqaruvni “aholi manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida yoʻlga qoʻyish |
|||||
|
7. |
Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining institutsional asoslarini takomillashtirish orqali ularga yuklatilgan ortiqcha vazifa va funksiyalarni maqbullashtirish. |
1. Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish. 2. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining takrorlanadigan vazifa va funksiyalarini qayta koʻrib chiqish va maqbullashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish. 3. Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish boʻyicha takliflarni tayyorlash. |
2023-yil noyabr |
- |
Adliya vazirligi A. Tashkulov |
|
77-maqsad: Davlat xizmatlarini raqamlashtirishning koʻlamini kengaytirish orqali aholi uchun “Servis davlat” tizimini joriy qilish, fuqaro va davlat oʻrtasidagi munosabatlarda byurokratik tartibotlarga barham berish |
|||||
|
8. |
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish sohasida davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish. |
1. Nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy koʻrik natijalarini tibbiyot muassasalari tomonidan “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga real vaqt rejimida joylashtirish tartibini yoʻlga qoʻyish. 2. Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari bilan bogʻliq boʻlgan sud qarorlarini ular qonuniy kuchga kirgan kuni ushbu qarorni qabul qilgan sud organi tomonidan “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga elektron tizim orqali yuborish hamda sudda koʻrib chiqilayotgan dalolatnoma yozuvlarini axborot tizimidan yuklab olish orqali, qarorlarni oʻzaro bogʻlash tartibini joriy etish. |
2023-yil sentabr |
- |
Adliya vazirligi A. Tashkulov, Sogʻliqni saqlash vazirligi A. Inoyatov, Oliy sud B. Islomov |
|
9. |
“Litsenziya” axborot tizimini toʻliq ishga tushirish. |
Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan barcha litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini “Litsenziya” axborot tizimida ishga tushirishni yakunlash. |
2023-yil dekabr |
Hisob-kitoblarga koʻra, ijrochilar mablagʻlari |
Adliya vazirligi A. Tashkulov |
|
10. |
Davlat xizmatlari va notarius xizmatlarini koʻrsatishda fuqarolarning ortiqcha sansalorligiga barham berish. |
1. Notarial idoraga kelmasdan, shu jumladan chet eldan turib mol-mulkdan foydalanish bilan bogʻliq bitimlarni elektron raqamli imzodan foydalanib, videokonferensaloqa orqali rasmiylashtirishni yoʻlga qoʻyish. 2. Fuqarolarning davlat xizmatlaridan foydalanish uchun murojaat qilishida ariza yozish, turli shakllarni toʻldirish kabi ortiqcha formal tartiblarni bekor qilish, davlat idoralari zarur hujjatlarni elektron bazadan oʻzi oladigan tizim yaratish. |
2023-yil dekabr |
Hisob-kitoblarga koʻra, ijrochilar mablagʻlari |
Adliya vazirligi A. Tashkulov |
|
11. |
“Elektron hukumat” tizimining yangi bosqichi — “Raqamli hukumat” tizimiga oʻtish. |
“Raqamli hukumat” tizimi doirasida axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari axborot xavfsizligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash. Bunda: axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarida axborot xavfsizligi hodisalari monitoringi tizimini joriy etish orqali axborot xavfsizligini oshirish boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish; oʻrganish natijalaridan kelib chiqib, axborot xavfsizligi hodisalari monitoringi tizimini joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va joriy etish. |
2023-yil noyabr |
Hisob-kitoblarga koʻra |
Raqamli texnologiyalar vazirligi Sh. Shermatov |
|
78-maqsad: Davlat boshqaruvi organlari faoliyatini “Xalq xizmatidagi davlat” tamoyili asosida tashkil etish |
|||||
|
12. |
Davlat funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazish orqali ish jarayonlarini maqbullashtirish. |
1. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari kesimida davlat funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi loyihasini ishlab chiqish. 2. Davlatning iqtisodiyotdagi rolini tubdan kamaytirish maqsadida sogʻliqni saqlash, qurilish, transport, taʼlim, qishloq xoʻjaligi kabi sohalarda xususiy sektor ulushini oshirish. |
2023-yil oktabr |
- |
Adliya vazirligi A. Tashkulov, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi O. Xasanov |
|
79-maqsad: Yangi Oʻzbekistonni barpo etishda Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalar rolini yanada oshirish |
|||||
|
13. |
Parlament palatalari qoʻmitalari nazorat-tahlil jarayonlariga keng jalb etilishini taʼminlash. |
Hukumat aʼzolarining, davlat organlari rahbarlarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan parlament eshituvlarini oʻtkazish tartibini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish. |
2023-yil noyabr |
- |
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida) |
|
80-maqsad: Norma ijodkorligi faoliyatining islohotlar bilan uygʻunligini taʼminlash va davlat huquqiy siyosatining institutsional asoslarini rivojlantirish |
|||||
|
14. |
Tadbirkorlik sohasida qulay shart-sharoitlarni yaratish, tartibga solish yukini kamaytirish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish. |
Huquqiy tartibga solishning yangi mexanizmlari, shu jumladan, “tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini amaliyotda qoʻllash boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish va tahlillarni oʻtkazish. |
2023-yil dekabr |
- |
Adliya vazirligi A. Tashkulov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi I. Norqulov |
|
81-maqsad: Davlat fuqarolik xizmatini meritokratiya, halollik va professionallik tamoyillari asosida tashkil etish |
|||||
|
15. |
Davlat fuqarolik xizmatida yagona kadrlar siyosatini olib borish, xodimlarni samarali boshqarish va inson resurslarini rivojlantirish boʻyicha umumiy konsepsiya ishlab chiqish. |
1. Davlat organlarida inson resurslarini samarali boshqarish, rejalashtirish va tahlil qilish boʻyicha umumiy konsepsiyani oʻz ichiga olgan namunaviy yoʻriqnoma ishlab chiqish. 2. Davlat organlari va tashkilotlarining inson resurslarini boshqarish boʻyicha masʼul xodimlariga umumiy konsepsiyani tushuntirish yuzasidan oʻquv seminarlari tashkil qilish. |
2023-yil dekabr |
Hisob-kitoblarga koʻra |
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi O. Xasanov, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev |
|
16. |
Davlat fuqarolik xizmatida zaxirani shakllantirish va kadrlar bilan ishlash jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish, shu jumladan “HRM-ARGOSG” elektron platformasini ishga tushirish. |
1. Ilgʻor xorijiy davlatlarning samarali tajribalarini oʻrgangan holda davlat organlari va tashkilotlarning inson resursini boshqarish faoliyatini raqamlashtirish boʻyicha “HRM-ARGOS” elektron platformasini ishga tushirish. 2. Davlat organlarini “HRMM-ARGOS” elektron platformasida roʻyxatdan oʻtkazish. 3. Respublikaning barcha darajadagi davlat organlarining inson resursini rivojlantirish boʻlinmalari xodimlarini “hrm.argos.uz” elektron tizimida ishlash boʻyicha oʻqitish yuzasidan seminarlar tashkil etish. |
2023-yil oktabr |
Hisob-kitoblarga koʻra |
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi O. Xasanov, Raqamli texnologiyalar vazirligi Sh. Shermatov |
|
17. |
Davlat fuqarolik xizmatchilarining kasbiy kompetensiyalari va alohida xizmatlarini xolis va adolatli baholash, davlat fuqarolik xizmatchilarining malakasini tizimli ravishda oshirish va ragʻbatlantirishni taʼminlovchi Milliy “Karyera modeli” elektron platformasini joriy etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. |
Bunda: davlat xizmatiga nomzodlarni tanlashda fuqarolarning kasbiy salohiyati asosida kompetensiyani rivojlantirish uchun teng huquqli boʻlishini taʼminlash; nomzodni tanlash, saralash va lavozimda koʻtarish jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish orqali inson omilini keskin kamaytirish; xizmatchilar kasbiy kompetensiyasini xolis baholash, uning “meritokratiya” tamoyili asosida karyeraviy oʻsishini monitoring qilish tizimini joriy etish; jamoada anonim tarzda oʻtkaziladigan “360 darajali soʻrovnoma” kabi kompetensiya va axloqiy fazilatlarni aniqlashning zamonaviy usullarini joriy etish; davlat xizmatchilarining malakasini uzluksiz oshirish maqsadida taʼlim muassasalari va davlat organlari faoliyatini platformada integratsiyalash nazarda tutiladi. |
2023-yil dekabr |
- |
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi N. Maksumov, Raqamli texnologiyalar vazirligi Sh. Shermatov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi O. Fozilkarimov, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmonov |
|
82-maqsad: Xalq bilan muloqotni yanada kengaytirish orqali aholi muammolarini aniqlash va hal etish tizimining samaradorligini oshirish |
|||||
|
18. |
Davlat organlari va tashkilotlarida murojaatlar bilan ishlash jarayonlarini raqamlashtirish darajasini yangi bosqichga olib chiqish, mansabdor shaxslar qabuliga elektron navbatga yozilish va onlayn maslahat olish imkoniyatini yaratish. |
1. Barcha davlat organlarida murojaatlarni qabul qilish, roʻyxatga olish, koʻrib chiqish va koʻrib chiqish natijalarini nazorat qilish bilan bogʻliq jarayonlarni bir platformada birlashtirish imkoniyatini beruvchi Murojaatlar bilan ishlash yagona onlayn platformasini ishga tushirish. 2. Davlat organlari va tashkilotlariga Murojaatlar bilan ishlash yagona onlayn platformasi veb-sayti va “Xalq bilan muloqot” mobil ilovasi orqali murojaatlarni tunu kun elektron shaklda yuborish imkoniyatini taʼminlash. 3. Davlat organlari va tashkilotlarida Murojaatlar bilan ishlash yagona onlayn platformasi orqali murojaatlar bilan ishlash tartibini belgilash. 4. Davlat organlari va tashkilotlarida murojaatlarni qogʻoz shaklida roʻyxatga olish amaliyotini tugatish. 5. Davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslarining fuqarolarni qabul qilish jadvallarini Murojaatlar bilan ishlash yagona onlayn platformasida yuritilishini taʼminlash, mansabdor shaxslar qabuliga elektron navbatga yozilish tartibini joriy etish. |
2023-yil noyabr |
- |
Adliya vazirligi A. Tashkulov, Raqamli texnologiyalar vazirligi Sh. Shermatov |
|
6. Davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytlari orqali kelib tushgan murojaatlarning Murojaatlar bilan ishlash yagona onlayn platformasida avtomatik roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlash. |
2023-yil sentabr |
Hisob-kitoblarga koʻra |
|||
|
83-maqsad: Erkin fuqarolik jamiyatini va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirish, Oʻzbekistonni fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha xabga aylantirish |
|||||
|
19. |
Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning shaffof tizimini yaratish. |
Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning amaldagi tartibini takomillashtirish. Bunda: davlat grantlari va ijtimoiy buyurtmalarining ustuvor yoʻnalishlarini keng jamoatchilikning toʻgʻridan-toʻgʻri taklif va mulohazalari asosida shakllantirish; ijtimoiy ahamiyatga molik loyiha va dasturlarni moliyalashtirish va baholash jarayonlarining jamoatchilikka oshkoraligini taʼminlash orqali shaffof va sogʻlom raqobat muhitini yaratish; davlat koʻmagida amalga oshirilgan loyiha va dasturlarning natijalari yuzasidan jamoatchilik oldidagi hisobdorlikni oshirish, samaradorlikni baholash nazarda tutiladi. |
2023-2024-yillar |
Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonun hujjatlar bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar |
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi (kelishuv asosida), Raqamli texnologiyalar vazirligi Sh. Shermatov |
|
4.2. Qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimidagi islohotlar (Masʼullar — B. Islamov, N. Yoʻldoshev, A. Azizov, P. Bobojonov) |
|||||
|
84-maqsad: Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligini taʼminlash, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoya qilinishini taʼminlashni sud-huquq islohotlarining bosh mezoniga aylantirish |
|||||
|
20. |
Tergov hibsxonalarini ayblanuvchi va sudlanuvchini toʻliq kuzatish imkonini beruvchi videokuzatuv tizimlari bilan jihozlash. |
Videokuzatuv tizimlari bilan jihozlanmagan tergov hibsxonalarida ayblanuvchi va sudlanuvchilarni ushlab turishni taqiqlash. |
2023-yil dekabr |
Hisob-kitoblarga asosan |
Ichki ishlar vazirligi P. Bobojonov, Inson huquqlari boʻyicha vakil F. Eshmatova |
|
85-maqsad: Davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini oʻrnatish hamda maʼmuriy adliya tizimini yanada rivojlantirish |
|||||
|
21. |
Nizolarni muqobil hal etishda mediatsiya institutini rivojlantirish orqali fuqarolarning buzilgan huquqlarini soddalashtirilgan tartibda himoya qilish. |
1. Mediatsiya qoʻllaniladigan sohalar doirasini kengaytirish. 2. Mediatorga doir talablarni qayta koʻrib chiqish. 3. Hakamlik sudlari faoliyati hamda hakamlik muhokamasini xalqaro standartlarga moslashtirish. |
2023-yil noyabr |
- |
Adliya vazirligi A. Tashkulov, Oliy sud B. Islamov |
|
86-maqsad: Sud hokimiyatining mustaqilligini kuchaytirish va uning faoliyatida ochiqlikni taʼminlash orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish |
|||||
|
22. |
Sudning jamoatchilik bilan muloqot qilish samaradorligini oshirish, shu jumladan aholi oʻrtasida keng muhokamaga sabab boʻlgan sud qarorlari yuzasidan brifinglar oʻtkazish va boshqa shakldagi tushuntirish ishlarini yoʻlga qoʻyish. |
1. Sud raislarining sudning fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, yuridik shaxslarning huquqlari va manfaatlarini sud orqali himoya qilishga doir faoliyati toʻgʻrisida OAV orqali brifinglarda axborot taqdim etishlarini joriy qilish. 2. Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatiladigan interaktiv elektron xizmatlar turlarini kengaytirish, har bir murojaatni koʻrib chiqish jarayoni onlayn kuzatib borilishini taʼminlash, sud binolarida interaktiv xizmatlardan erkin foydalanish imkoniyatini yaratish. |
2023-yil dekabr |
- |
Oliy sud B. Islamov, Sudyalar oliy kengashi X. Yodgorov, Adliya vazirligi A. Tashkulov |
|
87-maqsad: Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyatini inson manfaatlari, qadr-qimmati va huquqlarini himoya qilishga yoʻnaltirish |
|||||
|
23. |
Jinoyat haqidagi xabarlar boʻyicha yagona elektron reyestrni yaratish. |
Huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga kelib tushadigan jinoyat haqidagi har qanday xabarlar boʻyicha yagona elektron reyestr yaratish va bunda, jinoyat ishi qoʻzgʻatilishidan tortib ish yuzasidan hukm chiqarilganiga qadar boʻlgan jarayonni individual raqam va QR kodi orqali kuzatib borish imkoniyatini taʼminlash dasturi boʻyicha texnik topshiriqlarni ishlab chiqish. |
2023-yil dekabr |
Hisob-kitoblarga koʻra ijrochilar mablagʻlari hisobidan |
Ichki ishlar vazirligi P. Bobojonov, Davlat xavfsizlik xizmati A. Azizov, Bosh prokuratura N. Yoʻldoshev, Oliy sud B. Islamov, Raqamli texnologiyalar vazirligi Sh. Shermatov |
|
88-maqsad: Advokatura institutining salohiyatini tubdan oshirish, shuningdek, malakali huquqiy yordam koʻrsatish tizimini rivojlantirish |
|||||
|
24. |
Advokatlar malakasini oshirishning zamonaviy va xalqaro standartlarga mos keluvchi va muqobillik tamoyiliga asoslangan tizimini joriy etish. |
1. Advokatlar malakasini oshirish tizimining zamonaviy va samarali mexanizmlarini tahlil etgan holda takliflar ishlab chiqish. 2. Advokatlar malakasini oshirishni takomillashtirish boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish. 3. Oʻrganilgan tahliliy maʼlumotlar asosida Advokatlar malakasini oshirishning zamonaviy, uzluksiz va xalqaro standartlarga mos keluvchi va muqobillik tamoyiliga asoslangan tizimini joriy etish. |
2023-yil sentabr |
- |
Adliya vazirligi A. Tashkulov, Advokatlar palatasi (kelishuv asosida) |
|
89-maqsad: Korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish ishlarini jadal davom ettirish |
|||||
|
25. |
Aholi, ayniqsa yoshlar oʻrtasida korrupsiyaga nisbatan mutlaqo murosasizlik madaniyatini shakllantirish, korrupsiyadan xoli jamiyat yoʻlida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni keng ommaga yetkazish borasida samarali targʻibot ishlarini tashkil qilish. |
1. Respublika miqyosida umumiy oʻrta maktab taʼlim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish haftaliklarini tashkil etish. 2. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha barcha oliy taʼlim muassasalarida talabalar ishtirokida tadbirlar tashkil etish. 3. Respublika oliy taʼlim muassasalarida Aksilkorrupsiya kovorking markazlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish. |
Doimiy |
- |
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi X. Umarova, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmonov, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi A. Burxanov |
|
26. |
Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish. |
1. Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi hamda hududiy kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish. |
2023-yil noyabr |
- |
Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi A.Burxanov |
|
2. Joylarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi ishlarning holatini oʻrganish hamda korrupsiya koʻrinishlari namoyon boʻlishiga olib keladigan tizimli muammolar va korrupsiyaning holati toʻgʻrisida Milliy kengashga takliflar kiritish. |
2023-yil noyabr |
||||
|
3. Milliy kengash majlislarida vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborotlarini tizimli eshitib borish. |
Har chorakda |
||||
4a-ILOVA
| T/r | Maqsadli koʻrsatkich | Oʻlchov birligi | 2023 | 2024 |
| 4.1. Xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish va jamoatchilik boshqaruvini takomillashtirish boʻyicha islohotlar | ||||
| 74-maqsad: Aholi farovonligini taʼminlash va hududlarda kundalik masalalarni hal etishda mahallani jamoatchilik hamda davlat organlari oʻrtasidagi “tayanch koʻprik”ka aylantirish | ||||
| 1. | Mahallalarda 100 dan ortiq davlat xizmatlarini “bir qadam”da koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish. | ta | - | 15 |
| 2. | Aholi tashabbusi bilan infratuzilmani yaxshilashga ajratiladigan mablagʻlarni yiliga 24 trillion soʻmga yetkazish. | trln soʻm | 4 | 12 |
| 75-maqsad: Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarini xalqning chinakam “ovoziga” aylantirish | ||||
| 3. | Mahalliy Kengashlarning 300 dan ortiq funksiyalarini qayta koʻrib chiqib, ular faoliyatiga xos boʻlmaganlarini bekor qilish. | ta funksiya | 300 | - |
| 4. | Mahalliy Kengashlar faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish. | ta | 500 | - |
| 76-maqsad: Mahalliy davlat hokimiyati ijro organlari faoliyatini transformatsiya qilib, hududiy boshqaruvni “aholi manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida yoʻlga qoʻyish | ||||
| 5. | Hokimliklar va vazirliklar boʻlinmalarining bir-birini takrorlovchi 70 dan ortiq funksiyalarini optimallashtirish. | ta | 20 | 30 |
| 6. | Hokimliklarga yuklatilgan 500 dan ortiq vazifa orasidan ular faoliyatiga xos boʻlmaganlarini bekor qilish. | ta | 80 | 80 |
| 7. | Hokimliklar faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish. | ta | 500 | - |
| 77-maqsad: Davlat xizmatlarini raqamlashtirishning koʻlamini kengaytirish orqali aholi uchun “Servis davlat” tizimini joriy qilish, fuqaro va davlat oʻrtasidagi munosabatlarda byurokratik tartibotlarga barham berish | ||||
| 8. | Elektron shaklda koʻrsatiladigan davlat xizmatlari ulushini 100 foizgacha yetkazish. | foiz | 10 | 20 |
| 9. | Faqat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali koʻrsatiladigan xizmatlar ulushini 50 foizgacha yetkazish. | foiz | 5 | 10 |
| 10. | Kompozit va proaktiv tarzda koʻrsatiladigan davlat xizmatlari ulushini kamida 40 taga oshirish. | ta | 5 | 10 |
| 11. | Kamida 300 ta davlat xizmatlarini xususiy sektorga oʻtkazish. | ta | - | 20 |
| 12. | Litsenziyalash va ruxsat berish hujjatlarini kamida 20 foizga qisqartirish. | foiz | - | 5 |
| 13. | Litsenziyalash va ruxsat berish hujjatlarining 50 foizini soddalashtirish. | foiz | - | 10 |
| 14. | 300 taga yaqin davlat xizmatlarini koʻrsatish tartib-taomillarini soddalashtirish. | ta | 15 | 25 |
| 78-maqsad: Davlat boshqaruvi organlari faoliyatini “Xalq xizmatidagi davlat” tamoyili asosida tashkil etish | ||||
| 15. | Sogʻliqni saqlash, qurilish, transport, taʼlim, qishloq xoʻjaligi sohalarida xususiy sektor ulushini kamida 3 barobar oshirish. | barobar | - | 1 |
| 16. | Davlat boshqaruvida mavjud boʻlgan 5 mingga yaqin funksiyani amalga oshirish jarayonlarini bosqichma-bosqich raqamlashtirish. | ta | - | 500 |
| 17. | Majburiy talablar yagona elektron reyestriga kiritilgan majburiy talablarni kamida 20 foizga kamaytirish. | foiz | - | 5 |
| 79-maqsad: Yangi Oʻzbekistonni barpo etishda Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalar rolini yanada oshirish | ||||
| 18. | Qonun loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish hajmini kamida 2 baravarga oshirish. | barobar | - | 0,5 |
| 19. | Parlament va uning organlari ish jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish. | foiz | - | 20 |
| 20. | Saylovchilar bilan elektron muloqot qilish, deputat soʻrovini elektron tarzda yuborish va nazorat qilish imkoniyatini taʼminlash. | foiz | - | 100 |
| 80-maqsad: Norma ijodkorligi faoliyatining islohotlar bilan uygʻunligini taʼminlash va davlat huquqiy siyosatining institutsional asoslarini rivojlantirish | ||||
| 21. | Qonunchilik hujjatlarini maqbullashtirish natijasida ular sonini 30 foizga qisqartirish. | foiz | - | 10 |
| 22. | Umumiy tusdagi, toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiluvchi qonunlarning ulushini kamida 60 foizga yetkazish. | foiz | - | 5 |
| 81-maqsad: Davlat fuqarolik xizmatini meritokratiya, halollik va professionallik tamoyillari asosida tashkil etish | ||||
| 23. | Davlat fuqarolik xizmati tizimi bilan 70 dan ziyod davlat organlari qamrab olinishini taʼminlash. | ta | - | 70 |
| 24. | Milliy kadrlar zaxirasida rahbarlik lavozimlariga nomzodlar sonini kamida 1000 nafarga yetkazish. | nafar | 200 | 500 |
| 25. | Har yili kamida 30 ming nafar davlat fuqarolik xizmatchilari malakasini oshirish. | nafar | - | 10 ming |
| 26. | Kadrlar bilan ishlash boʻyicha 2 mingdan ortiq tarkibiy tuzilmalar faoliyatini toʻliq raqamlashtirish. | ta | 200 | 300 |
| 82-maqsad: Xalq bilan muloqotni yanada kengaytirish orqali aholi muammolarini aniqlash va hal etish tizimining samaradorligini oshirish | ||||
| 27. | Davlat organlari va tashkilotlarida murojaatlarni qogʻoz shaklida roʻyxatga olish amaliyotini toʻliq bekor qilish. | foiz | - | 100 |
| 28. | Barcha davlat organlari va tashkilotlari hamda ularning hududiy boʻlinmalariga elektron shaklda, shu jumladan tegishli mobil ilova orqali murojaat qilish imkoniyatini yaratish. | foiz | - | 100 |
| 29. | Murojaatlarning kamida 80 foizi mahalliy darajada qanoatlantirilishini taʼminlash. | foiz | 50 | 80 |
| 30. | Takroriy murojaatlar ulushini kamida 2 barobar qisqartirish. | barobar | - | - |
| 83-maqsad: Erkin fuqarolik jamiyatini va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirish, Oʻzbekistonni fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha xabga aylantirish | ||||
| 31. | Ijtimoiy sheriklikda amalga oshiriladigan loyihalar sonini kamida 3 barobarga koʻpaytirish. | barobar | - | 1 |
| 32. | Davlat dasturlarida ishtirok etayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari sonini kamida 80 taga yetkazish. | ta | - | 20 |
| 33. | Kamida 500 nafar nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish. | barobar | - | 100 |
| 4.2. Qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini isloh qilish | ||||
| 84-maqsad: Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligini taʼminlash, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoya qilinishini taʼminlashni sud-huquq islohotlarining bosh mezoniga aylantirish | ||||
| 34. | Sudlar hamda tergov organlari faoliyatida ayrim protsessual harakatlarni masofadan turib amalga oshirish imkoniyatlarini kamida 2 barobarga oshirish. | barobar | - | 0,8 |
| 35. | Aholi punktlarida ikki va undan ortiq polosali tartibga solinmagan piyodalar oʻtish yoʻlaklarini svetoforlar bilan toʻliq jihozlash. | foiz | - | 30 foizgacha |
| 85-maqsad: Davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini oʻrnatish hamda maʼmuriy adliya tizimini yanada rivojlantirish | ||||
| 36. | Sudga qadar bosqichda hal etilgan nizolar sonini 50 foizga oshirish. | foiz | - | 15 |
| 86-maqsad: Sud hokimiyatining mustaqilligini kuchaytirish va uning faoliyatida ochiqlikni taʼminlash orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish | ||||
| 37. | Jahon odil sudlov loyihasining Huquq ustuvorligi indeksi boʻyicha 0,64 ball toʻplashga erishish. | ball | 52 | 53 |
| 38. | Boshqaruv sifati indikatorlarining Huquq ustuvorligi yoʻnalishi boʻyicha 61,5 ball toʻplashga erishish. | ball | 40 | 41 |
| 87-maqsad: Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyatini inson manfaatlari, qadr-qimmati va huquqlarini himoya qilishga yoʻnaltirish | ||||
| 39. | Jiddiy oqibatlar bilan bogʻliq yoʻl-transport hodisalarini kamida 50 foizga kamaytirishga erishish. | foiz | - | 10 |
| 88-maqsad: Advokatura institutining salohiyatini tubdan oshirish, shuningdek, malakali huquqiy yordam koʻrsatish tizimini rivojlantirish | ||||
| 40. | Advokatlar sonini kamida 2000 nafarga koʻpaytirishga erishish. | nafar | 300 | 500 |
| 89-maqsad: Korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish ishlarini jadal davom ettirish | ||||
| 41. | “Transparency International” xalqaro tashkiloti tomonidan eʼlon qilinadigan Korrupsiyani qabul qilish indeksida kamida 50 pogʻonaga koʻtarilishga erishish. | pogʻona | 7 | 7 |
4b-ILOVA
| T/r | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi nomi | Asosiy mazmuni | Ijro muddati | Masʼul ijrochilar |
| IV. QONUN USTUVORLIGINI TAʼMINLASH, XALQ XIZMATIDAGI DAVLAT BOSHQARUVINI TASHKIL ETISH | ||||
| 4.1. Xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish va jamoatchilik boshqaruvini takomillashtirish boʻyicha islohotlar (Masʼullar — A. Aripov, J. Qoʻchqorov, A. Ramatov) | ||||
| 74-maqsad: Aholi farovonligini taʼminlash va hududlarda kundalik masalalarni hal etishda mahallani jamoatchilik hamda davlat organlari oʻrtasidagi “tayanch koʻprik”ka aylantirish | ||||
| 1. | Mahalla faoliyatining moliyaviy va tashkiliy-huquqiy asoslarini yanada kuchaytirishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi. | 1. Har bir mahallada “Mahalla budjeti” tizimini joriy etish, aholining mol-mulk va yer soliqlarini mahallaning oʻzida qoldirish amaliyotini yoʻlga qoʻyib, ularni mahalla raisi tomonidan infratuzilma va ijtimoiy masalalarni hal qilish, tadbirkorlik uchun sharoitni yaxshilash kabi masalalarga yoʻnaltirish tartibini belgilash. 2. Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ishsiz aholini obodonlashtirish va mavsumiy ishlarga jalb etish, ularga haq toʻlash vakolatini mahalla raisiga berish. Shuningdek: tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimlari vakant oʻrinlar haqidagi maʼlumotlarni mahallaga taqdim etib borishi; mahalla raisi mahalladagi ishsiz fuqarolarni boʻsh ish oʻrinlariga joylashtirishi nazarda tutiladi. 3. Mahallalarga tegishli hududdagi tuman (shahar) mahalliy Kengashlari sessiyalari kun tartibiga koʻrib chiqish uchun taklif kiritish, tuman (shahar) mahalliy Kengashlarining qarorlari loyihalarini ishlab chiqish va muhokama qilishda ishtirok etish huquqini taqdim etish. 4. Fuqarolar ishonchini qozonmagan mahalla raislariga aholi tomonidan “rais vakolatini muddatidan ilgari tugatish boʻyicha taklif kiritish” tartibini joriy qilish. 5. Mahalla raisi faoliyati kafolatlarini taʼminlash doirasida mahalla raislari faoliyatiga asossiz aralashish va unga taalluqli boʻlmagan vazifalarni yuklaganlik uchun javobgarlikni belgilash. 6. Mahalla raislariga hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari, profilaktika inspektorlari, mahallaga biriktirilgan tuman (shahar) soliq inspektorlari, ijtimoiy xodimlarni ragʻbatlantirish, zarur boʻlganda chora koʻrish boʻyicha taklif kiritish vakolatini berish. | 2023-yil noyabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi A. Xaydarov, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev, Ijtimoiy himoya milliy agentligi S. Abdullayev |
| 2. | Mahalla raislarini saylashning mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha qonun loyihasi. | 1. Mahalla raisi lavozimiga nomzodlar koʻrsatishning yangi tartibini joriy qilish. 2. Mahalla raisining vakolat muddatini 5 yilga uzaytirish, aholi oldidagi hisobdorligini oshirish. | 2023-yil noyabr | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev |
| 75-maqsad: Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarini xalqning chinakam “ovoziga” aylantirish | ||||
| 3. | Hududlarda muammolarni hal etishda ijro organlari ustidan mahalliy Kengashlar va ular deputatlarining vakillik nazoratini kuchaytirish boʻyicha qonun loyihasi. | 1. Mahalliy Kengashlarning nazorat funksiyalarini kengaytirish, ularni tizimlashtirish maqsadida “Xalq deputatlari Kengashlari nazorati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish. 2. Mahalliy Kengashlarning Nazorat tadbirlarini amalga oshirishdagi imkoniyatlarini, “Kengash deputati murojaati”, “Kengash soʻrovi” va “Kengash tekshiruvi” kabi taʼsirchan institutlarni joriy etish hisobiga kengaytirish. | 2023-yil dekabr | Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida), Adliya vazirligi A. Tashkulov, Davlat boshqaruvi akademiyasi A. Bekmurodov |
| 4. | Oliy Majlis Senatining mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga koʻmaklashish sohasidagi faoliyat samaradorligini oshirish. | 1. Oliy Majlis Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi negizida Hududiy rivojlanish va mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari qoʻmitasi va Senat devonida “Hududiy vakillik organlarini oʻrganish markazi”ni tashkil etish. 2. Tashkil etilgan qoʻmita va Markazning mahalliy Kengashlar bilan samarali hamkorligini yoʻlga qoʻyishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash. | 2023-yil sentabr | Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari |
| 76-maqsad: Mahalliy davlat hokimiyati ijro organlari faoliyatini transformatsiya qilib, hududiy boshqaruvni “aholi manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida yoʻlga qoʻyish | ||||
| 5. | Yangi konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarda hududlarda hokimiyatlar boʻlinishi prinsipi hamda oʻzaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimining qonuniy asoslarini takomillashtirish boʻyicha qonun loyihasi. | “Mahalliy davlat hokimiyati organlari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish va unda quyidagilarni nazarda tutish: hokimlarning mahalliy Kengashlar oldidagi hisobdorligini oshirish; hokimlar lavozimga tayinlanayotganda aholi muammolarini hal etish va hududni rivojlantirish boʻyicha oʻz dasturini taqdim etishi amaliyotini yoʻlga qoʻyish; hokimlarni muddatidan oldin lavozimidan ozod etishning huquqiy asoslarini yaratish; hokimlarning mahalliy Kengashga rahbarlik qilish amaliyotini bekor qilib, Kengash raisining huquqiy maqomi, asosiy vazifa va funksiyalari hamda javobgarlik doirasini aniq belgilash; joylarda hokimiyatlar boʻlinishi prinsipi hamda oʻzaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatini taʼminlash; hududlarning oʻziga xosligidan kelib chiqqan holda, viloyat, tuman va shaharlar darajasidagi mahalliy Kengashlarning javobgarlik doirasini belgilab, vakolatlarini kengaytirish orqali hududiy ijro organlari faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish; mahalliy Kengashlarning mahallalar, xalq qabulxonalari, hokimliklar va Oliy Majlis Senati bilan oʻzaro aloqalarini qayta koʻrib chiqib, yangi mexanizmlarni joriy qilish; mahalliy Kengashlar huzuridagi organlar, shu jumladan doimiy komissiyalar va partiya guruhlarining faoliyatini takomillashtirish; mahalliy Kengashlarning kotibiyatlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish, ularda kadrlar salohiyatini kuchaytirish; mahalla aholisi tomonidan har chorakda qonunchilikda belgilangan masʼullarning hisobotlarini eshitish tartibining amalda taʼminlanishi ustidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari nazorati institutini joriy etish. | 2023-yil dekabr | Adliya vazirligi A. Tashkulov |
| 77-maqsad: Davlat xizmatlarini raqamlashtirishning koʻlamini kengaytirish orqali aholi uchun “Servis davlat” tizimini joriy qilish, fuqaro va davlat oʻrtasidagi munosabatlarda byurokratik tartibotlarga barham berish | ||||
| 6. | “Biznesga litsenziyasiz kirish” (Zero Licensing) rejimini joriy etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. | Ayrim faoliyat turlari boʻyicha litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olmasdan tegishli faoliyatni boshlash amaliyotini yoʻlga qoʻyish. 3 oylik “oʻtish va moslashish davri”ni belgilash. | 2023-yil oktabr | Adliya vazirligi A. Tashkulov, Savdo-sanoat palatasi D. Vaxobov, Raqamli texnologiyalar vazirligi Sh. Shermatov |
| 78-maqsad: Davlat boshqaruvi organlari faoliyatini “Xalq xizmatidagi davlat” tamoyili asosida tashkil etish | ||||
| 7. | Jamoatchilik oldida davlat organlari rahbarlari masʼuliyatini yanada oshirish boʻyicha qonun loyihasi. | Davlat hokimiyatida siyosiy lavozimni egallovchi shaxslarning qarorlari va harakatlari oqibatlari yuzasidan ularning siyosiy javobgarligi institutini joriy qilish. Bunda, davlat organi rahbariga nisbatan, oʻzi rahbarlik qilayotgan idora yoki tizim faoliyatida jiddiy xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyilganda, ishonchsizlik bildirish yoki uning lavozimidan oʻz xohishi bilan isteʼfoga chiqishi tartibini ishlab chiqish. | 2023-yil dekabr | Adliya vazirligi A. Tashkulov, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi O. Xasanov, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi A. Burxanov, Adliya vazirligi A. Tashkulov |
| 8. | Davlatning nazorat funksiyalarini tubdan qayta koʻrib chiqib, ularni amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi. | 1. Davlatning nazorat funksiyalarini amalga oshirishning aniq mexanizmlarini belgilash. 2. Davlatning nazoratni raqamlashtirish, tahlika-tahlil usullarini qoʻllash amaliyotini kengaytirish. 3. Davlat nazoratini amalga oshirishda xususiy sektorning va jamoatchilikning faol ishtirokini taʼminlashning qonuniy asoslarini ishlab chiqish. 4. Davlat nazoratini amalga oshirishda ochiqlik tamoyilini kengaytirish, tadbirkorlar va fuqarolar manfaatlari boʻyicha muvozanatni taʼminlash. | 2023-yil dekabr | Strategik islohotlar agentligi A. Musayev, Adliya vazirligi A. Tashkulov, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi O. Xasanov |
| 79-maqsad: Yangi Oʻzbekistonni barpo etishda Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalar rolini yanada oshirish | ||||
| 9. | Oliy Majlis palatalari faoliyatiga oid qonunchilikni takomillashtirish, ularning faoliyatini yangi konstitutsiyaviy-huquqiy tamoyillar asosida tashkil etish boʻyicha qonun loyihasi. | Oliy Majlis palatalari faoliyatiga oid qonunchilikni yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi talablaridan kelib chiqib takomillashtirish. | 2023-yil sentabr | Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati (kelishuv asosida) |
| 10. | Qonun ijodkorligi samaradorligini yanada oshirish, mazkur jarayonda jamoatchilik ishtirokini yanada kuchaytirish boʻyicha qonun loyihasi. | Qonun ijodkorligi jarayonining samaradorligini oshirish hamda fuqarolarning ushbu jarayondagi faol ishtirokining huquqiy asoslarini yaratish maqsadida fuqarolarning qonunchilik taklifi institutini amalga oshirish tartib-taomillarini belgilashga qaratilgan qonun loyihasini ishlab chiqish. | 2023-yil oktabr | Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati (kelishuv asosida) |
| 11. | Siyosiy partiyalar rolini oshirish, ular oʻz kuchi va imkoniyatlarini amalda toʻla namoyon etishi uchun vakillik organlariga saylovni aralash, yaʼni majoritar-proporsional tizim asosida tashkil etish boʻyicha qonun loyihasi. | Vakillik organlariga nomzodlarni proporsional-majoritar tizim asosida saylash amaliyotini yoʻlga qoʻyish. Unga muvofiq deputatlarning bir qismini partiyalar roʻyxati asosida, qolgan qismini aholi tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri saylash tartibi joriy etiladi. | 2023-yil oktabr | Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (kelishuv asosida) |
| 80-maqsad: Norma ijodkorligi faoliyatining islohotlar bilan uygʻunligini taʼminlash va davlat huquqiy siyosatining institutsional asoslarini rivojlantirish | ||||
| 12. | Tadbirkorlik sohasida qulay shart-sharoitlarni yaratish, tartibga solish yukini kamaytirish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish boʻyicha qonun loyihasi. | Maxsus huquqiy rejim joriy etilgan loyihalar tahlili natijalari boʻyicha “Maxsus huquqiy rejim toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2023-yil dekabr | Adliya vazirligi A. Tashkulov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi I. Norqulov |
| 81-maqsad: Davlat fuqarolik xizmatini meritokratiya, halollik va professionallik tamoyillari asosida tashkil etish | ||||
| 13. | “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunda nazarda tutilgan davlat fuqarolik xizmati tizimini toʻliq ishga tushirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. | Loyihada: davlat fuqarolik xizmati tatbiq qilinadigan davlat organlari va tashkilotlari roʻyxati; davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestri; vakant lavozimlar boʻyicha tanlov oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom; milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom. | 2023-yil dekabr | Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi O. Xasanov, Adliya vazirligi A. Tashkulov |
| 82-maqsad: Xalq bilan muloqotni yanada kengaytirish orqali aholi muammolarini aniqlash va hal etish tizimining samaradorligini | ||||
| 14. | “Hukumat kuni”ni oʻtkazib borish amaliyotini yoʻlga qoʻyish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. | 1. “Hukumat kuni”ni hududlar kesimida oʻtkazish boʻyicha reja-grafikni va unda ishtirok etuvchi mansabdor shaxslar roʻyxatini tasdiqlash. 2. “Hukumat kuni” doirasida muhokama qilinadigan muammolarni tahlil qilish va uni Hukumat aʼzolariga oʻrganish uchun yetkazish boʻyicha sohalar kesimidagi doimiy ishchi guruhlarni shakllantirish. 3. “Hukumat kuni”ni oʻtkazish tartibini tasdiqlash. | 2023-yil sentabr | Adliya vazirligi A. Tashkulov |
| 4.2. Qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimidagi islohotlar (Masʼullar — B. Islamov, N. Yoʻldoshev, A. Azizov, P. Bobojonov) | ||||
| 84-maqsad: Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligini taʼminlash, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoya qilinishini taʼminlashni sud-huquq islohotlarining bosh mezoniga aylantirish | ||||
| 15. | Jinoyat ishlari boʻyicha sudlar faoliyatida xolislikni taʼminlash maqsadida jinoyat ishlari boʻyicha sudga qadar ish yurituv davrida protsessual qarorlarga sanksiya berish masalasini alohida sudyalar tomonidan koʻrib chiqish tartibini joriy etish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi. | Quyidagilarni nazarda tutish: tergov sudyasi institutini joriy etish; ushbu sudyalar sudga qadar ish yuritish bosqichida protsessual qarorlarga sanksiya berish masalasini koʻrib chiqishini belgilash. | 2023-yil dekabr | Oliy sud B. Islamov, Bosh prokuratura N. Yoʻldoshev, Ichki ishlar vazirligi P. Bobojonov, Davlat xavfsizlik xizmati A. Azizov, Adliya vazirligi A. Tashkulov |
| 16. | Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan huquqiy taʼsir choralarini qayta koʻrib chiqish va ularning huquqlarini himoya qilish ishlari samaradorligini oshirish boʻyicha qonun loyihasi. | Quyidagilarni nazarda tutish: birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u sud maslahatxonaga kirgunga qadar soliqlar va yigʻimlar, shu jumladan, penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga yetkazilgan zararning oʻrnini toʻliq qoplasa, javobgarlikdan ozod qilish; tadbirkorlik subyektlariga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha tergov-sud jarayonida tegishli mansabdor shaxs jinoyat ishi materiallarini ish yurituviga qabul qilgan vaqtdan boshlab tadbirkorni himoya qilishga Biznes ombudsman, Savdo-sanoat palatasi, shuningdek, tadbirkorlik subyekti aʼzo hisoblangan boshqa tashkilotni jamoat himoyachisi sifatida jalb etishni belgilash. | 2023-yil noyabr | Bosh prokuratura N. Yoʻldoshev, Oliy sud B. Islamov, Ichki ishlar vazirligi P. Bobojonov, Adliya vazirligi A. Tashkulov |
| 85-maqsad: Davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini oʻrnatish hamda maʼmuriy adliya tizimini yanada rivojlantirish | ||||
| 17. | Qiynoqlarning oldini olish boʻyicha preventiv mexanizmlarni takomillashtirishga oid qonun loyihasi. | Jinoyat-ijroiya qonunchiligini qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllashning oldini olish boʻyicha milliy preventiv mexanizmlarni nazarda tutuvchi quyidagi normalar bilan toʻldirish: milliy preventiv mexanizm ishtirokchilari, ularning vakolatlari, huquq va majburiyatlari; jazoni ijro etish muassasalariga monitoring tashriflari turlari va davriyligi; monitoring tashriflarini oʻtkazish tartibi; monitoring tashriflari yakunlari boʻyicha tavsiyalar berish; monitoring tashriflari natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning maxfiyligi va ulardan foydalanish tartibi. | 2023-yil noyabr | Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz A. Saidov Inson huquqlari boʻyicha vakil (Ombudsman) F. Eshmatova, Bosh prokuratura N. Yoʻldoshev, Ichki ishlar vazirligi P. Bobojonov |
| 86-maqsad: Sud hokimiyatining mustaqilligini kuchaytirish va uning faoliyatida ochiqlikni taʼminlash orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish | ||||
| 18. | Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlashda sudyalar hamjamiyati organlarining rolini yanada oshirish, ushbu organlarning toʻlaqonli tizimini shakllantirish, sud tizimini boshqarishga sudyalarning oʻzini oʻzi boshqarish tamoyilini keng joriy etish boʻyicha qonun loyihasi. | 1. “Oʻzbekiston Respublikasida sudyalar hamjamiyati organlari toʻgʻrisida”gi Qonunni qabul qilish. 2. Sudyalar oliy malaka hayʼati hamda sudyalarning malaka hayʼatlari tarkibiga tegishli sudlar raislari va ularning oʻrinbosarlarini saylamaslik, bir shaxsni ikki muddatdan ortiq malaka hayʼati raisi va uning oʻrinbosari lavozimiga saylamaslik, malaka hayʼati kotibini sudyalar konferensiyasida saylash tartibini joriy qilish. | 2023-yil noyabr | Sudyalar oliy kengashi X. Yodgorov, Oliy sud B. Islamov, Adliya vazirligi A. Tashkulov |
| 19. | Sud-tergov jarayonida ishtirokchilarning huquq va erkinliklarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yutuqlaridan foydalangan holda samarali himoya qilishni taʼminlash boʻyicha qonun loyihasi. | Elektron (raqamli) dalil tushunchasi, elektron dalillarni aniqlash, toʻplash, taqdim qilish, tekshirish, baho berish, qayd etish, saqlash tartiblari va bu jarayonda protsess ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini belgilash. | 2023-yil sentabr | Oliy sud B. Islamov, Bosh prokuratura N. Yoʻldoshev, Ichki ishlar vazirligi P. Bobojonov |
| 87-maqsad: Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyatini inson manfaatlari, qadr-qimmati va huquqlarini himoya qilishga yoʻnaltirish | ||||
| 20. | Foto va video qayd etish dasturlari orqali qayd etilgan maʼmuriy huquqbuzarliklarni rasmiylashtirish tartibini takomillashtirish boʻyicha qonun loyihasi. | Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda foto va video qayd etish dasturlari orqali qayd etilgan holat muayyan qisqa muddat davomida qaror qabul qilinmagan taqdirda huquqiy oqibatini yoʻqotishini belgilash. | 2023-yil noyabr | Ichki ishlar vazirligi P. Bobojonov |
| 21. | Transport vositasida yoʻl-harakati qoidalarini buzganlik holatlarini aniqlash tartibini takomillashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | Transport vositasi mulkdorining transport vositasini boshqarish huquqi oʻtkazilgan shaxs bilan birgalikdagi murojaatiga koʻra vakolatli organ tomonidan huquqbuzarliklarni qayd etish tizimiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish hamda ushbu transport vositasida sodir etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun boshqarish huquqi oʻtkazilgan shaxsga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomani rasmiylashtirish tartibini joriy etish. | 2023-yil noyabr | Ichki ishlar vazirligi P. Bobojonov, Oliy sud B. Islamov, Adliya vazirligi A. Tashkulov |
| 22. | Sudga qadar ish yuritishning barcha bosqichida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilishning kafolatlarini kuchaytirish boʻyicha qonun loyihasi. | 1. Tergovga qadar tekshiruv jarayoniga jalb etilgan shaxslarning protsessual maqomini aniqlashtirish, ushbu shaxslar gumon qilinuvchi, jabrlanuvchi va guvoh huquq va majburiyatlaridan foydalanishini belgilash. 2. Tergovga qadar tekshiruv bosqichida ayrim tergov harakatlarini oʻtkazishga ruxsat berish. | 2023-yil dekabr | Bosh prokuror N. Yoʻldoshev, Ichki ishlar vazirligi P. Bobojonov |
| 23. | Axborotlashtirish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish boʻyicha qonun loyihasi. | Axborotlashtirish va kiberxavfsizlik obyekti, shu jumladan muhim axborot infratuzilmasi obyektlari kiberhimoyasini taʼminlashda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarga va qonunbuzilishi holatlariga nisbatan javobgarlik normalarini ishlab chiqish. | 2023-yil dekabr | Kiberxavfsizlik markazi, Ichki ishlar vazirligi P. Bobojonov, Bosh prokuratura N. Yoʻldoshev, Davlat xavfsizlik xizmati A. Azizov |
| 88-maqsad: Advokatura institutining salohiyatini tubdan oshirish, shuningdek, malakali huquqiy yordam koʻrsatish tizimini rivojlantirish | ||||
| 24. | Advokatura faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish va toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiluvchi qonunni ishlab chiqish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari. | Advokatura institutini oʻz-oʻzini boshqarish tizimiga oʻtkazish va uning davlat organlari va boshqa tuzilmalardan chinakam mustaqilligini taʼminlash, Advokatlar palatasi boshqaruv organlarining advokatlar hamjamiyati oldidagi hisobdorligini kuchaytirish. | 2023-yil oktabr | Adliya vazirligi A. Tashkulov, Advokatlar palatasi (kelishuv asosida) |
| 89-maqsad: Korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish ishlarini jadal davom ettirish | ||||
| 25. | Davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzganlik, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish boʻyicha qonun loyihasi. | Davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini buzganlik va manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻyganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish. | 2023-yil dekabr | Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi |
5-ILOVA
|
T/r |
Vazifa |
Amaliy chora-tadbir |
Ijro muddati |
Moliyalashtirish manbalari |
Masʼul ijrochilar |
|
V. “XAVFSIZ VA TINCHLIKSEVAR DAVLAT” TAMOYILIGA ASOSLANGAN SIYOSATNI IZCHIL DAVOM ETTIRISH | |||||
|
5.1. Ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish boʻyicha islohotlar (Masʼul — J. Xodjayev) | |||||
|
90-maqsad: Yangi Oʻzbekiston tashqi siyosatini xalq va davlatning manfaatlaridan kelib chiqqan holda izchil amalga oshirish | |||||
|
1. |
Dunyodagi mavjud murakkab vaziyatda ochiq, pragmatik, faol tashqi siyosat va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini olib borishni izchil davom ettirish. |
1. Oʻzbekistonning manfaatlarini ilgari surish va himoya qilishni tashqi siyosatning ustuvor vazifasi sifatida taʼminlash, yangi xalqaro tashabbuslarni ishlab chiqish va amalga oshirish; |
Doimiy |
- |
Tashqi ishlar vazirligi B. Saidov, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Kudratov |
|
2. Xalqaro hamda mintaqaviy muammolarni hal qilishda ochiqlik asosida koʻp tomonlama yondashuvni amalga oshirish, shuningdek, zamonaviy talablardan kelib chiqib mazkur maqsad va vazifalarga erishishni taʼminlovchi asosiy mexanizmlarni takomillashtirish. |
2023-yil dekabr |
- | |||
|
3. Yetakchi hamkor davlatlar bilan birgalikda Oʻzbekiston tashqi siyosatining mintaqalar kesimidagi Strategiyasini ishlab chiqish. |
Kelishuv asosida |
- | |||
|
2. |
Hamkor mamlakatlar bilan va nufuzli xalqaro tashkilotlar doirasida mintaqaviy va global masalalar boʻyicha muvozanatli va doimiy muloqotlar oʻrnatish. |
1. Oʻzbekiston Respublikasining yetakchi hamkor davlatlar bilan keng qamrovli va strategik hamkorligi doirasida xalqaro munosabatlardagi va maydondagi global masalalar boʻyicha oʻzaro harakatlarini samarali muvofiqlashtirish; |
Doimiy |
- |
Tashqi ishlar vazirligi B. Saidov |
|
2. Oʻzbekiston Respublikasining tashabbuslarini Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi rezolyutsiyalari sifatida qabul qilishni tashkil etish; |
Doimiy |
- | |||
|
3. Oʻzbekiston Respublikasining tashabbuslari va xalqaro darajadagi dasturlari yetakchi xalqaro tashkilotlar hamda hamkor davlatlar bilan birgalikda qabul qilinishini taʼminlash; |
Doimiy |
- | |||
|
4. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlardagi oʻrni va nufuzini oshirish; |
Doimiy |
- | |||
|
5. Oʻzbekiston Respublikasining yetakchi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan istiqbolli hamkorlik yoʻnalishlarini kengaytirish. |
Doimiy |
- | |||
|
3. |
Bugungi kunda turli sohalarda amalga oshirilayotgan tub oʻzgarishlardan kelib chiqib xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning oʻrnini yaxshilash. |
1. Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish. |
2023-yil noyabr |
Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida), Adliya vazirligi A. Tashkulov | |
|
2. Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boʻyicha Respublika kengashi yigʻilishlarida vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborotlarini tizimli eshitib borish. |
Har chorakda | ||||
|
3. Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy-huquqiy sohalarga oid ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi oʻrnini yaxshilash boʻyicha 2024-yilga moʻljallangan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. |
2023-yil dekabr | ||||
|
91-maqsad: Markaziy Osiyo mintaqasida amaliy hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish | |||||
|
4. |
Mintaqada turli ustuvor yoʻnalishlar, ayniqsa, ekologiya va tabiatni muhofaza qilish, suv resurslaridan oqilona foydalanish, transport-kommunikatsiya infratuzilmalarini yanada rivojlantirish borasidagi yaqin hamkorlikni kuchaytirish. |
1. Markaziy Osiyoda oʻzaro bogʻliqlikni mustahkamlash va barqaror rivojlanish boʻyicha tashqi ishlar vazirlari doirasida doimiy muloqotlarni tashkil etish; |
Doimiy |
- |
Vazirlar Mahkamasi J. Xodjayev, Tashqi ishlar vazirligi B. Saidov |
|
2. Oʻzbekiston Respublikasi va Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik boʻyicha yuqori darajadagi maslahatlashuv jarayonini jadallashtirish. |
Doimiy |
- | |||
|
3. Yetakchi xorijiy davlatlar ishtirokidagi “Markaziy Osiyo plyus” formatlaridagi sammitlarda faol ishtirok etish, ularning yakuni boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish. |
Kelishuv asosida |
- | |||
|
92-maqsad: Anʼanaviy sheriklar bilan oʻzaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish, xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish, global ishlab chiqarish va yetkazib berish zanjirlariga qoʻshilish | |||||
|
5. |
MDH mamlakatlari bilan anʼanaviy, keng qamrovli va strategik sheriklik aloqalarini bundan buyon ham samarali kengaytirib borish. |
1. Muhim eksport bozorlari sifatida savdo rejimlarini yanada erkinlashtirish hamda davlatlar oʻrtasida sanoat va agrar sohalarda kooperatsiyani jadal rivojlantirib borish. |
Doimiy |
- |
Vazirlar Mahkamasi J. Xodjayev, Tashqi ishlar vazirligi B. Saidov, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Kudratov |
|
2. Oʻzbekiston Respublikasiga MDH hukumat rahbarlarining tashriflari doirasida iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga oid “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini taʼminlash. |
Doimiy |
- | |||
|
6. |
Yevropa mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy, moliyaviy, investitsiyaviy va texnologik hamkorlikni rivojlantirish, keng koʻlamli sheriklik va amaliy hamkorlikning huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash. |
1. Oʻzbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi oʻrtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik borasida YEI institutlari va davlatlari bilan muzokaralarni jadallashtirish. |
Doimiy |
- |
Vazirlar Mahkamasi J. Xodjayev, Tashqi ishlar vazirligi B. Saidov, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Kudratov |
|
2. YEI institutlari va davlatlari bilan innovatsiyalar, “yashil iqtisodiyot” texnologiyalari, raqamlashtirish, sanoat sarmoyalarini jalb qilish, bank-moliya tizimini modernizatsiya qilish hamda kapital bozori va moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirish sohalarida hamkorlikni kuchaytirish. |
Doimiy |
- | |||
|
93-maqsad: Jahon savdo tashkilotiga toʻlaqonli aʼzo boʻlish | |||||
|
7. |
Jahon savdo tashkilotiga aʼzo davlatlar bilan bozorlarga kirish boʻyicha muzokaralarni tizimli olib borish va aʼzo boʻlish jarayonini samarali yakuniga yetkazish. |
Xorijiy davlatlar bilan olib borilayotgan muzokaralar davomida qoʻyiladigan savollarga javoblarni tayyorlash. |
Doimiy |
- |
Vazirlar Mahkamasi J. Xodjayev, Adliya vazirligi A. Tashkulov, Tashqi ishlar vazirligi B. Saidov, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Kudratov |
|
94-maqsad: Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ular bilan doimiy muloqot tizimini joriy etish | |||||
|
8. |
Xorijda murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan vatandoshlarni moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ularga axborot jihatidan va huquqiy yordam koʻrsatish. |
1. “Vatandoshlar” jamoat fondi huzurida xorijda murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan vatandoshlarga masofadan turib kunu tun xizmat koʻrsatuvchi onlayn elektron portalni ishga tushirish. 2. Xorijiy davlatlarda faol vatandoshlar orasidan volontyorlar (koʻngillilar) guruhlarini shakllantirish, faoliyatini yoʻlga qoʻyish va ularni ragʻbatlantirish choralarini belgilash. 3. Xorijdagi vatandoshlar jamoat birlashmalari imkoniyatlari orqali murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan yurtdoshlarimizga koʻmaklashish boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. |
2023-yil noyabr |
“Vatandoshlar” jamoat fondi mablagʻlari |
“Vatandoshlar” jamoat fondi O. Sattarov, Tashqi ishlar vazirligi B. Saidov |
|
9. |
Rivojlangan xorijiy davlatlarda yashab kelayotgan olim va ijodkor vatandoshlarning Oʻzbekistonning nufuzini oshirishga qaratilgan ilmiy, ijodiy izlanishlarini qoʻllab-quvvatlash. |
1. Xorijdagi olim vatandoshlar bilan hamkorlikda qoʻshma ilmiy loyihalar, anjuman va seminarlar, oliy taʼlim muassasalarida maʼruzalar oʻqishni tashkil etish. 2. Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarning Oʻzbekiston nufuzini oshirishga qaratilgan ijodiy ishlari toʻplamini chop etishga tayyorlash. 3. Xorijda istiqomat qilib, ilmiy va ijodiy sohada muvaffaqiyatga erishgan vatandoshlar hayotiga bagʻishlangan toʻplamlar yaratish, ularning ishlarini keng targʻib qilish. |
2023-yildan boshlab |
“Vatandoshlar” jamoat fondi mablagʻlari |
“Vatandoshlar” jamoat fondi O. Sattarov, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmanov, Fanlar akademiyasi B. Yuldashev, Tashqi ishlar vazirligi B. Saidov |
|
95-maqsad: Tashqi mehnat migratsiyasi tizimini takomillashtirish, xorijda mehnat faoliyatini yuritayotgan fuqarolarga har tomonlama koʻmak koʻrsatish | |||||
|
10. |
Noqonuniy tashqi mehnat migratsiyasi va odam savdosiga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish. |
1. Xalqaro migratsiya tashkiloti, Xalqaro mehnat tashkiloti, BMTning Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasi, Jahon banki kabi tashkilotlar bilan noqonuniy tashqi mehnat migratsiyasi va odam savdosiga qarshi kurashish sohalarida hamkorlik memorandumlarini imzolash. 2. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Rossiya, Qozogʻiston, Kanada, AQSH, Buyuk Britaniya, Koreya, Yaponiya, Xitoy, Filippin, Hindiston, BAA, Saudiya Arabistoni va Yevropa Ittifoqi davlatlarining turdosh tashkilotlari bilan sohada maʼlumot va tajriba almashuvini amalga oshirish, migratsiya muammolarini hamkorlikda hal etishga qaratilgan kelishuvlarga erishish. |
2023-yil oktabr oyidan boshlab |
- |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev, Tashqi ishlar vazirligi B. Saidov, Adliya vazirligi A. Toshkulov, Ichki ishlar vazirligi P. Bobojonov |
|
11. |
Tashqi mehnat migratsiyasini diversifikatsiya qilish doirasida xorijiy davlatlar bilan yangi mehnat bozorlariga chiqish va mazkur yoʻnalishdagi tartib-taomillarni soddalashtirish boʻyicha hamkorlikni jadallashtirish. |
1. Mehnat migrantlarini xorijga joʻnatuvchi tashkilotlar va yirik xorijiy rekruting kompaniyalari oʻrtasida hamkorlik aloqalarini oʻrnatish va rivojlantirish. 2. Xususiy bandlik agentliklari xodimlarining malakasini oshirish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribadan foydalangan holda maxsus oʻquv kurslarini tashkil etish. 3. Kanada, Buyuk Britaniya, Finlyandiya, Polsha, Vengriya, Portugaliya, Bolgariya, Ruminiya, Turkiya kabi davlatlarda mehnat migratsiyasi forumlarini oʻtkazish. 4. Yaponiya, Buyuk Britaniya, Isroil, Germaniya, Saudiya Arabistoni kabi davlatlarda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakolatxonalarini ochish. |
2023-yil oktabr oyidan boshlab |
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mablagʻlari |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev, Tashqi ishlar vazirligi B. Saidov |
|
5.2. Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish boʻyicha islohotlar (Masʼul — V. Maxmudov) | |||||
|
96-maqsad: Fuqarolarning axborotni erkin izlash, olish va tarqatishga doir huquqlarni amalga oshirish kafolatlarini yanada kuchaytirish | |||||
|
12. |
Aholini yot va buzgʻunchi maʼlumotlar taʼsiridan himoya qilish. |
1. Radikallashuvning oldini olishga qaratilgan koʻrsatuv va eshittirishlar sonini oshirish. |
2023-yil sentabrdan boshlab reja-grafikka asosan |
- |
OʻzMTRK A. Xadjayev, Din ishlari boʻyicha qoʻmita S. Toshboyev |
|
2. Yoshlar oʻrtasida “Men radikalizmga qarshiman” nomli koʻrik-tanlovlar oʻtkazish. |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi A. Ikramov , Din ishlari boʻyicha qoʻmita S. Toshboyev | ||||
|
13. |
Shaxsga oid va sir saqlanishi lozim boʻlgan maʼlumotlardan noqonuniy maqsadlarda foydalanishning oldini olish hamda bu boradagi javobgarlik choralarini yanada kuchaytirish. |
Axborot xavfsizligi hodisalari monitoringi tizimini joriy etish choralarini koʻrish. |
2023-yil dekabr |
- |
Kiberxavfsizlik markazi O. Mirzayev, Raqamli texnologiyalar vazirligi Sh. Shermatov |
|
97-maqsad: Jahonda sodir boʻlayotgan murakkab global jarayonlarni inobatga olgan holda Qurolli Kuchlarning qudrati, mamlakatning mudofaa qobiliyati va harbiy salohiyatini yanada oshirish | |||||
|
14. |
Qurolli Kuchlarning raqamli salohiyatini oshirish va axborot xavfsizligini taʼminlash, harbiy xizmatchilarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish borasidagi bilim va koʻnikmalarini oshirish |
1. Mudofaa vazirligi harbiy okrug va birlashmalarga qadar yotqizilgan optik tolali aloqa liniyalarini bosqichma-bosqich zaxiralash. |
2023-yildan boshlab |
Mudofaa vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi mablagʻlari |
Mudofaa vazirligi Sh. Xalmuxamedov |
|
2. Mudofaa vazirligida barpo etilgan Maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash markazining (Data markaz) maʼlumotlarni saqlash hajmini kengaytirish va zaxirasini yaratish. |
2023-yildan boshlab |
Raqamli texnologiyalar vazirligi mablagʻlari |
Mudofaa vazirligi Sh. Xalmuxamedov, Raqamli texnologiyalari vazirligi Sh.Shermatov | ||
|
3. Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini tatbiq qilish doirasida qoʻshinlarni raqamli aloqa va axborotlashtirish hamda axborotlarni kriptografik himoyalash vositalari bilan taʼminlash. |
Mudofaa vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi mablagʻlari | ||||
|
4. Mudofaa vazirligi kiberxavfsizlik tizimini takomillashtirish maqsadida Axborot xavfsizligi monitoringi markazi (SOC — Security Operations Center)ni tashkil etish. |
Raqamli texnologiyalar vazirligi mablagʻlari | ||||
|
5. Respublika va xorijdagi ilgʻor oliy taʼlim muassasalarida mutaxassislarni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirish. |
Mudofaa vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi mablagʻlari | ||||
|
15. |
Harbiy xizmatchilarga vatanparvarlik, Vatanga va xalqqa sodiqlik tuygʻularini singdirish, harbiy xizmatni oʻtash tartibini zamon talablaridan kelib chiqqan holda yanada takomillashtirish. |
1. Axloqiy-ruhiy tayyorgarlikning oʻquv moddiy-texnik bazasini, shuningdek, harbiy psixologlar institutini moddiy-texnik taʼminlash boʻyicha amaliy ishlarni tashkillashtirish. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kuch tuzilmalari va xorij davlatlari armiyalari bilan hamkorlikda oʻtkaziladigan oʻquvlarda axloqiy-ruhiy jihatdan taʼminlash va psixologik tadbirlarni oʻtkazish hamda soha mutaxassislarining yetakchi xorij davlatlari armiyalarida tajriba almashish va malaka oshirish tizimini yoʻlga qoʻyish. |
2023-yil sentabrdan boshlab |
Alohida hisob-kitoblarga asosan, Mudofaa vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonun hujjatlar bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar. |
Mudofaa vazirligi X. Karshiyev, Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar, OʻzMTRK A. Xadjayev |
|
3. Vatanni himoya qilishda qahramonlarcha halok boʻlgan oʻgʻlonlar hayoti va qahramonliklari haqida koʻrsatuv va qisqa lavhalar tayyorlash va keng tarqatish. | |||||
|
4. Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida oʻquvchilarda vatanparvarlik, vatanga sadoqat hissini tarbiyalash maqsadida harbiy-sport oʻyinlari dasturini ishlab chiqish va oʻtkazish muddatlarini belgilash. |
- |
Mudofaa vazirligi X. Karshiyev, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi X. Umarova | |||
|
16. |
Yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat gʻoyasi atrofida birlashtirish hamda Vatan himoyachilarini tarbiyalashda uzviylikni taʼminlash. |
1. Har yili yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha kompleks dasturni ishlab chiqish. |
2023-yildan boshlab |
- |
Mudofaa vazirligi X. Karshiyev, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmonov, Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar, Yoshlar siyosati va sport vazirligi A. Ikramov |
|
2. Hududlarda “Vatanparvarlar” harbiy-vatanparvarlik bogʻlarini barpo etish, mavjud bogʻlarni takomillashtirish. 3. Oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini Vatanga boʻlgan muhabbat va buzgʻunchi, radikal gʻoyalarga qarshi kurashuvchanlik ruhida tarbiyalash tizimini keng joriy etish boʻyicha takliflarni tayyorlash. |
2023-yildan boshlab |
Alohida hisob-kitoblarga asosan | |||
|
17. |
Qoʻshinlarni zamonaviy qurol-aslaha, harbiy va maxsus texnika hamda jihozlar bilan taʼminlash, mahalliy mudofaa sanoati salohiyatini tubdan kuchaytirish. |
1. Mudofaa vazirligi qoʻshinlari va poligonlar oʻquv moddiy-texnika bazasini muntazam takomillashtirib borish. Mudofaa sanoati agentligi korxonalarida majmuaviy trenajyorlarni ishlab chiqarish va qoʻshinlarni bosqichma-bosqich taʼminlash. |
2023-yildan boshlab |
Mudofaa sanoati kompleksini rivojlantirish jamgʻarmasi va investorlar mablagʻlari Mudofaa sanoati kompleksini rivojlantirish jamgʻarmasi va investorlar hisobidan |
Mudofaa vazirligi A. Narbayev, Mudofaa sanoati agentligi M. Ibodullayev |
|
2. Mudofaa sanoati agentligi korxonalari sonini, harbiy va ikki maqsadga moʻljallangan mahsulotlar turini 5 barobarga koʻpaytirish. |
2023-yildan boshlab | ||||
|
98-maqsad: Favqulodda vaziyatlar va global iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq aholi hayotiga xavf soluvchi ofatlarning oldini olish | |||||
|
18. |
Xalqaro seysmik kuzatuvlar global tizimi bilan integratsiyalashuv asosida Respublikada kuchli zilzilalar haqida erta ogohlantirish milliy tizimi samaradorligini yanada oshirish. |
1. Xalqaro seysmik kuzatuvlar global tizimiga ulangan qoʻshni respublikalarning seysmik stansiyalarini Milliy seysmik kuzatuvlar tarmogʻiga integratsiya qilish. |
2023-yildan boshlab |
Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligi va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan |
Vazirlar Mahkamasi X. Berdibayev, Fanlar akademiyasi B. Yuldashev, Favqulodda vaziyatlar vazirligi A. Kuldashev |
|
2. Qoʻshni respublikalar bilan seysmik maʼlumotlarni toʻgʻridan-toʻgʻri real vaqt rejimida almashinuvini koʻzda tutuvchi kelishuv/memorandum loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2023-yildan boshlab | ||||
|
3. Aholini zilziladan erta ogohlantirish tizimini zamonaviy talablar asosida bosqichma-bosqich yaratish. |
2023-yildan boshlab | ||||
|
19. |
Iqlim oʻzgarishini tizimli monitoring qilish, baholash va prognozlashni rivojlantirish. |
1. Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlar monitoringi, axborot almashinuvi va prognozlash yagona tizimiga integratsiya qilinib, suv omborlari va boshqa xavf darajasi yuqori boʻlgan obyektlar bilan tezkor maʼlumot almashinuvini yoʻlga qoʻyish yuzasidan modul ishlab chiqish. 2. Loyiha-texnik hujjatlarni ishlab chiqish, ekspertiza va tender savdolarini oʻtkazish. 3. Loyihani bosqichma-bosqich toʻliq amaliyotga joriy etish ishlarini tashkil etish |
2023-yildan boshlab |
Masʼul ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan hamda qonun hujjatlar bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi A. Abduxakimov, Favqulodda vaziyatlar vazirligi A. Kuldashev, Raqamli texnologiyalar vazirligi Sh. Shermatov |
|
20. |
Senday hadli dasturi asosida 2030-yilgacha tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish boʻyicha xususan, istiqbolda ekstremal ob-havo hodisalari — erta bahorda togʻ koʻllari toshishi, suv toshqini, sel, koʻchki, shuningdek, yozgi vegetatsiya davrida qurgʻoqchilik, oʻrmon yongʻini, chang-tuz boʻronlarining oldini olish. |
1. Toshqinga qarshi Hukumat komissiyasi aʼzolari bilan birgalikda mavsumdan oldin xavfli gidrometeorologik hodisalar hamda geologik jarayonlar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlar xavfi mavjud hududlarni joyiga chiqqan holda oʻrganib borish, oʻrganish natijalari yuzasidan tabiiy ofatlardan aholini va hududlarni himoya qilish boʻyicha muhandislik-muhofaza va profilaktik tadbirlarni oʻtkazish. 2. Toshqin suvlari va sel oqimlaridan aholini va hududlarni muhofaza qilish boʻyicha daryo va soylarning oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarini mustahkamlash ishlarini tashkil etish. 3. Vakolatli davlat organlari xodimlarining tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim oʻzgarishiga moslashish boʻyicha bilim, koʻnikma va ularning salohiyatini oshirish maqsadida tizimli ravishda oʻquv kurslari, seminar va treninglarni tashkil etish. |
2023-yildan boshlab |
Respublika budjeti va mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan |
Favqulodda vaziyatlar vazirligi A. Kuldashev, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi A.Abduxakimov, Suv xoʻjaligi vazirligi Sh. Xamrayev, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi B. Islamov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
|
4. Hududlarda barqaror ekologik vaziyatni saqlash va ekologik fojialarning oldini olishga qaratilgan idoraviy dastur loyihasini ishlab chiqish. |
2023-yil dekabr | ||||
|
99-maqsad: Chegaralar xavfsizligini mustahkamlash | |||||
|
21. |
Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilish tizimini raqamlashtirish va unga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol tatbiq etish. |
1. Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilishga raqamli videokuzatuv vositalari, uchuvchisiz uchish apparatlari va ularga qarshi kurashish tizimlarini keng joriy qilish, shuningdek, ulardan samarali foydalana oladigan malakali mutaxassislarni tayyorlash hamda qayta tayyorlash. 2. Davlat chegarasi xavfsizligini taʼminlash jarayoniga sunʼiy intellekt texnologiyalarini keng joriy qilish. 3. DXX Chegara qoʻshinlarining raqamli radioaloqa tarmogʻini yanada takomillashtirish. |
2023-yildan boshlab |
Hisob-kitoblarga koʻra |
Davlat xavfsizlik xizmati S. Xusanov, Raqamli texnologiyalar vazirligi Sh. Shermatov |
|
22. |
Davlat chegarasining muhandislik-texnik jihatdan jihozlanganlik darajasini oshirish. |
Davlat chegarasi uchastkalarida panel-toʻrsimon va simli toʻsiqlar hamda signalizatsiya majmualarni oʻrnatish, suv oʻtkazish inshootlari, frontal va rokad yoʻllar hamda koʻpriklar barpo etish ishlarini jadallashtirish. |
2023-yil oktabrdan boshlab |
Hisob-kitoblarga koʻra, Davlat budjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Davlat xavfsizlik xizmati S. Xusanov |
|
100-maqsad: Jamiyatda millatlararo totuvlik muhitini mustahkamlash va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalarini rivojlantirish | |||||
|
23. |
Millatlararo munosabatlar sohasida ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarning amalga oshirilishini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash. |
1. Millatlararo munosabatlar sohasida ilmiy izlanishlarni amalga oshirish, ulkan ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan loyihalarni ragʻbatlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus mukofotini taʼsis etish. 2. Oʻzbekistonning raqamli etnokonfessional atlasini yaratish loyihasini ishlab chiqish. |
2023-yil oktabrdan boshlab |
Davlat budjeti, Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari |
Madaniyat vazirligi O. Nazarbekov, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi R. Kurbanov, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmanov |
5a-ILOVA
|
T/r |
Maqsadli koʻrsatkich |
Oʻlchov birligi |
2023 |
2024 |
|
5.1. Ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish boʻyicha islohotlar | ||||
|
90-maqsad: Yangi Oʻzbekiston tashqi siyosatini xalq va davlatning manfaatlaridan kelib chiqqan holda izchil amalga oshirish | ||||
|
1. |
Maqsadli koʻrsatkichlar alohida qarorlar asosida belgilanadi |
– |
– |
– |
|
91-maqsad: Markaziy Osiyo mintaqasida amaliy hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish | ||||
|
2. |
Maqsadli koʻrsatkichlar alohida qarorlar asosida belgilanadi |
– |
– |
– |
|
92-maqsad: Anʼanaviy sheriklar bilan oʻzaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish, xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish, global ishlab chiqarish va yetkazib berish zanjirlariga qoʻshilish | ||||
|
3. |
Maqsadli koʻrsatkichlar alohida qarorlar asosida belgilanadi |
– |
– |
– |
|
93-maqsad: Jahon savdo tashkilotiga toʻlaqonli aʼzo boʻlish | ||||
|
4. |
Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish boʻyicha ishchi guruhining oʻtkazilgan yigʻilishlari soni |
ta |
2 |
2 |
|
5. |
Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish doirasida bozorga kirish yuzasidan muzokaralar oʻtkaziladigan davlatlar soni |
ta |
10 |
10 |
|
94-maqsad: Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ular bilan doimiy muloqot tizimini joriy etish | ||||
|
6. |
Oʻzbek tili va adabiyoti, tarix, madaniyat, sanʼat va hunarmandchilik yoʻnalishidagi oliygohlarda xorijdagi vatandoshlar uchun ajratiladigan grantlar soni |
ta |
– |
30 |
|
7. |
Yangi vatandoshlar jamoat birlashmalari soni |
ta |
3 |
7 |
|
8. |
Vatandoshlar ishtirokida tibbiyot, taʼlim va ilm-fan sohalarida amalga oshiriladigan loyihalar soni |
ta |
– |
15 |
|
9. |
Vatandoshlar jamoat birlashmalariga yetkazib beriladigan badiiy adabiyotlar soni |
ta |
5 000 |
15 000 |
|
95-maqsad: Tashqi mehnat migratsiyasi tizimini takomillashtirish, xorijda mehnat faoliyatini yuritayotgan fuqarolarga har tomonlama koʻmak koʻrsatish | ||||
|
10. |
Ishga joylashtirish boʻyicha xorijiy tomon bilan kelishuvlar soni |
ta |
1 |
2 |
|
11. |
Xorijiy tomon bilan kelishuv asosida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakolatxona (vakillik)larini ochish orqali mehnat migrantlariga koʻrsatilayotgan huquqiy va moddiy yordamlar koʻlamini oshirish |
ta |
1 |
2 |
|
5.2. Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish boʻyicha islohotlar | ||||
|
96-maqsad: Fuqarolarning axborotni erkin izlash, olish va tarqatishga doir huquqlarni amalga oshirish kafolatlarini yanada kuchaytirish | ||||
|
12. |
Maqsadli koʻrsatkichlar alohida qarorlar asosida belgilanadi |
– |
– |
– |
|
97-maqsad: Jahonda sodir boʻlayotgan murakkab global jarayonlarni inobatga olgan holda Qurolli Kuchlarning qudrati, mamlakatning mudofaa qobiliyati va harbiy salohiyatini yanada oshirish | ||||
|
13. |
Maqsadli koʻrsatkichlar alohida qarorlar asosida belgilanadi |
– |
– |
– |
|
98-maqsad: Favqulodda vaziyatlar va global iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq aholi hayotiga xavf soluvchi ofatlarning oldini olish | ||||
|
14. |
Maqsadli koʻrsatkichlar alohida qarorlar asosida belgilanadi |
– |
– |
– |
|
99-maqsad: Chegaralar xavfsizligini mustahkamlash | ||||
|
15. |
Maqsadli koʻrsatkichlar alohida qarorlar asosida belgilanadi |
– |
– |
– |
|
100-maqsad: Jamiyatda millatlararo totuvlik muhitini mustahkamlash va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalarini rivojlantirish | ||||
|
16. |
Sohada ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalar soni |
ta |
10 |
15 |
|
17. |
“Yosh kitobxon” tanlovini qoʻshimcha ravishda 6 ta tilda (qoraqalpoq, tojik, qozoq, rus, qirgʻiz va turkman) oʻtkazish |
tillar nomlari |
– |
qoraqalpoq, tojik, qozoq, rus, qirgʻiz va turkman |
|
18. |
Taʼlim xorijiy tillarda olib borilayotgan maktablardagi badiiy adabiyotlar fondini boyitish. |
ta |
835 000 |
955 000 |
|
19. |
Millatlararo munosabatlar sohasida ilmiy-ommabop maqolalar soni |
ta |
100 |
100 |
|
20. |
Doʻstlik jamiyatlari soni |
ta |
38 |
42 |
|
21. |
Birodarlashgan shaharlar soni |
ta |
55 |
65 |
5b-ILOVA
|
T/r |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi nomi |
Asosiy mazmuni |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
V. “XAVFSIZ VA TINCHLIKSEVAR DAVLAT” TAMOYILIGA ASOSLANGAN SIYOSATNI IZCHIL DAVOM ETTIRISH | ||||
|
5.1. Ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish boʻyicha islohotlar (Masʼul — J. Xodjayev) | ||||
|
93-maqsad: Jahon savdo tashkilotiga toʻlaqonli aʼzo boʻlish | ||||
|
1. |
Jahon savdo tashkilotiga aʼzolik bilan bogʻliq huquqiy masalalarni hal qilish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari. |
Jahon savdo tashkilotiga aʼzolik majburiyatlarini olish hamda milliy qonunchilikni va huquqni qoʻllash amaliyoti qoida va meʼyorlarini tashkilot talablariga moslashtirish. |
2023-yil dekabr |
Adliya vazirligi A. Tashkulov, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Kudratov, Tashqi ishlar vazirligi B. Saidov |
|
94-maqsad: Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ular bilan doimiy muloqot tizimini joriy etish | ||||
|
2. |
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni Oʻzbekiston hududida tadbirkorlik, investitsiyaviy, ilmiy, maʼrifiy va madaniy faoliyat bilan shugʻullanishga faol jalb qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi. |
1. Mamlakatimizda uy-joy va koʻchmas mulk sotib olish, taʼlim, tibbiyot va boshqa davlat xizmatlaridan teng huquqlilik asosida foydalanish imkonini beradigan “Vatandosh guvohnomasi”ni joriy qilish. 2. Tibbiyot, taʼlim, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalar boʻyicha tajribali mutaxassislar — xorijdagi vatandoshlar ishtirokida seminar va master-klass mashgʻulotlarini tashkil etish. 3. “Vatandoshlar” jamoat fondi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, imkoniyatlarini kengaytirish, uning huzurida xorijdagi vatandoshlardan iborat tarkibda turli yoʻnalishlardagi ekspertlar guruhlarini tashkil etish. |
2023-yil oktabr |
Tashqi ishlar vazirligi B. Saidov, Adliya vazirligi A. Toshkulov, Ichki ishlar vazirligi P. Bobojonov, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev |
|
3. |
Davlat tomonidan xorijga mehnat faoliyatini yuritish uchun chiqib ketayotgan fuqarolarga moddiy yordam va xizmatlar koʻrsatish koʻlami va sifatini oshirish, ularni sugʻurtalash tizimini takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasi. |
1. Malaka sertifikati, yoʻl chiptasi va “ishchi viza”ni olish xarajatlar uchun subsidiyalar ajratish. 2. Xorijga ketish va ishga joylashish xarajatlarini qoplashga 10 million soʻmgacha imtiyozli mikroqarzlar berish. 3. Rivojlangan mamlakatlarda yuqori maosh toʻlanadigan ish topib ketayotgan fuqarolarga yoʻl chiptasi va “ishchi viza”ni olish xarajatlarini toʻliq qoplab berish amaliyotini joriy etish. 4. Xorijga ishlash uchun ketgan fuqarolarning oilalariga ijtimoiy xodimlar biriktirish orqali ularning bolalariga taʼlim, tibbiyot va boshqa sohalarda ijtimoiy xizmatlardan foydalanishga yordam berish tizimini yaratish. 5. Xorijda vafot etgan fuqarolarning oila aʼzolariga alohida gʻamxoʻrlik qilish, farzandlarini oʻqitish va kasb-hunarga oʻrgatish boʻyicha choralar belgilash. 6. Xorijga mehnat faoliyatini yuritish uchun chiqib ketayotgan fuqarolar sogʻligʻi va hayotini sugʻurtalash koʻlamini kengaytirish. |
2023 oktabr |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev, Markaziy bank M. Nurmuratov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi A. Xaydarov |
|
95-maqsad: Tashqi mehnat migratsiyasi tizimini takomillashtirish, xorijda mehnat faoliyatini yuritayotgan fuqarolarga har tomonlama koʻmak koʻrsatish | ||||
|
4. |
Mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarni reintegratsiya qilish, shu jumladan ularning bandligini taʼminlash, kasbiy malakasini oshirish va tadbirkorlik tashabbuslarini ragʻbatlantirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasi. |
1. Xorijdan qaytgan fuqarolarni ishga qabul qilgan tadbirkorlarga bir yil davomida har bir xodim uchun 500 ming soʻmdan subsidiya toʻlash tizimini joriy etish. 2. Xorijda ishlab topgan puli hisobidan oʻz biznesini boshlamoqchi boʻlgan fuqarolarga imtiyozli kreditlar berish. 3. Xorijdan qaytgan fuqarolar va ular oila aʼzolarining bepul tibbiy koʻrikdan oʻtishini taʼminlash, shuningdek, ijtimoiy kasalliklarga chalingan fuqarolarga davlat tomonidan zarur tibbiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish. |
2023 dekabr |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi A. Xaydarov, Markaziy bank M. Nurmuratov, Sogʻliqni saqlash vazirligi A. Inoyatov |
|
5. |
Murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan mehnat migrantlariga huquqiy va boshqa yordam koʻrsatish, dunyoning istalgan nuqtasidan mamlakatimizdagi davlat xizmatlaridan masofadan turib foydalanish imkoniyatini kengaytirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasi. |
1. Xorijda ishlayotgan fuqarolarning huquqlarini himoya qilish maqsadida ularga advokat jalb etish xarajatlarini qoplash va huquqiy yordam berish tizimini yoʻlga qoʻyish. 2. Xorijdagi fuqarolarning barcha masalalarini tezkorlik bilan hal qilish uchun elchixonalar, Tashqi ishlar, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik hamda Ichki ishlar vazirliklarida tunu kun ishlaydigan “koll-markazlar”ni tashkil etish. 3. Ogʻir ahvolga tushib qolgan barcha fuqarolarga xorijiy davlatning oʻzida moddiy yordam koʻrsatish imkoniyatlarini yanada kengaytirish. 4. Chet eldagi fuqarolar uchun davlat xizmatlaridan masofadan turib foydalanish imkoniyatini yaratish hamda ularning narxlarini ichki tariflarga tenglashtirish. 5. Doimiy konsullik hisobida turish badalini bekor qilish va hisobda turish shartlarini soddalashtirish. |
2023 oktabr |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev, Tashqi ishlar vazirligi B. Saidov, Adliya vazirligi A. Toshkulov |
|
5.2. Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish boʻyicha islohotlar (Masʼul — V. Maxmudov) | ||||
|
96-maqsad: Fuqarolarning axborotni erkin izlash, olish va tarqatishga doir huquqlarini amalga oshirish kafolatlarini yanada kuchaytirish | ||||
|
6. |
Axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarida axborot xavfsizligi hodisalari monitoringi tizimini joriy etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. |
Raqamli hukumat doirasida axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarining axborot xavfsizligini oshirish maqsadida axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarida axborot xavfsizligi hodisalari monitoringi tizimini joriy etish. |
2023-yil oktabr |
Kiberxavfsizlik markazi O. Mirzayev, Raqamli texnologiyalar vazirligi Sh. Shermatov |
|
97-maqsad: Jahonda sodir boʻlayotgan murakkab global jarayonlarni inobatga olgan holda Qurolli Kuchlarning qudrati, mamlakatning mudofaa qobiliyati va harbiy salohiyatini yanada oshirish. | ||||
|
7. |
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining yangi tahrirdagi umumharbiy nizomlarini tasdiqlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi. |
Mamlakat harbiy xavfsizligini taʼminlash va mudofaa salohiyatini mustahkamlash borasidagi huquqiy asoslarni yanada takomillashtirish. |
2023-yil yakuniga qadar |
Mudofaa vazirligi B. Kurbanov |
|
8. |
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining umumiy harbiy majburiyati va harbiy xizmatni oʻtashi tartibini takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasi. |
1. Yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat gʻoyasi atrofida birlashtirish hamda Vatan himoyachilarini tarbiyalashda uzviylikni taʼminlash. 2. Aholi va yoshlar oʻrtasida muddatli harbiy xizmat nufuzi va jozibadorligini yanada oshirish, Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolarga imtiyozlar berish tizimini takomillashtirish. |
2023-yil yakuniga qadar |
Mudofaa vazirligi X. Karshiyev, Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar |
|
9. |
Yuqori malakali harbiy kadrlarni tayyorlash tizimni muntazam ravishda takomillashtirib borish, oʻquv jarayonlariga harbiy tayyorgarlikning zamonaviy usullarini keng joriy etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari loyihalari. |
1. Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurtiga universitet maqomini berish boʻyicha har tomonlama asoslangan tegishli qaror loyihasini ishlab chiqish. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtiga institut maqomini berish boʻyicha har tomonlama asoslangan tegishli qaror loyihasini ishlab chiqish. 3. Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari serjantlar tayyorlash institutini tashkil etish. 4. Ilm-fanni rivojlantirish maqsadida oliy harbiy taʼlim muassasalarida ilmiy-tadqiqot markazlar va laboratoriyalar tashkil etish. |
2023-yil dekabr |
Mudofaa vazirligi B. Kurbanov, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri I. Abdurahmonov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi A. Xaydarov |
|
100-maqsad: Jamiyatda millatlararo totuvlik muhitini mustahkamlash va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalarini rivojlantirish | ||||
|
10. |
Mamlakat hududida yashovchi turli millat va elatlarning madaniyati, tili, urf-odati va anʼanalarini saqlab qolish va rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. |
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida “Doʻstlik uylari”ni tashkil etish; 2. Milliy madaniy markazlar faoliyatini moddiy qoʻllab-quvvatlash; 3. Milliy madaniy markazlar xodimlarining ijtimoiy loyihalarni tayyorlash boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirish. |
2023-yil noyabr |
Madaniyat vazirligi O. Nazarbekov |
|
11. |
Yurtimizda xorijiy tillarda faoliyat yuritayotgan hamda millatlararo munosabatlar sohasida davlat siyosatini yoritayotgan ommaviy axborot vositalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. |
1. “Oʻzbekiston”, “Zvezda Vostoka” va “Amudaryo” jurnallari, “Yerkin Qaraqalpaqstan”, “Nurli jol”, “Ovozi tojik”, “Mekan” va “Dostuk” gazetalarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash. 2. Jurnalistlar oʻrtasida har yili anʼanaviy oʻtkazib kelinayotgan “Oltin qalam” milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovda millatlararo munosabatlar yoʻnalishida nominatsiya tashkil etish. |
2023-yil oktabr |
Axborot va ommaviy komm?nikatsiyalar agentligi A. Xodjayev, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi R. Kurbanov |