Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.04.2025 11.08.1993 yildagi 402-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori , 11.08.1993 yildagi 402-son
Date of entry into force
11.08.1993
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.04.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
DAVLAT TASARRUFIDAN CHIQARISH VA XUSUSIYLASHTIRISH JARAYONINING SAMARALI TASHKIL ETILISHINI TAʼMINLASH BOʻYICHA QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qarorga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 5-avgustdagi 399-sonli qarorning 6, 8-bandlariga muvofiq qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tayyorlash, saqlash va sotish korxonalarini mulkchilikning jamoa va xususiy shakllariga aylantirishga doir 1994-yilgi tashkiliy tadbirlar va Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 11-avgustdagi 402-sonli qarorini qanday bajarilayotganligini tekshirish boʻyicha maxsus komissiyaning tarkibi qoʻshimcha ravishda kiritilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonining samarali tashkil etilishini taʼminlash, koʻp ukladli iqtisodiyotni shakllantirishni davom ettirish, korxonalar va tashkilotlarni xususiylashtirishdan mehnat jamoalari va jismoniy shaxslarning manfaatdorligini oshirish, ushbu sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish, tartibni buzishlar va suiisteʼmollarning oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Respublika komissiyasi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar rahbarlarining xalq xoʻjaligi tarmoqlarida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish qanday borayotganligi toʻgʻrisidagi hisobotlari eshitilganligi, mulkchilik shakllarini oʻzgartirish boʻyicha ishlarni amalga oshirishga xalaqit berayotgan sabablar aniqlanganligi, ushbu jarayonni jadallashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzlari rahbarlik qilayotgan tarmoqlarda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni tashkil etish boʻyicha respublika Hukumati qarorlarining bajarilishini taʼminlamaganligi, quyi tarkibiy boʻlinmalarning ishi ustidan zarur nazoratning yoʻqligi, ushbu sohalardagi jiddiy kamchiliklar va buzilishlarni betaraf qilish boʻyicha amaliy choralar koʻrmaganligi uchun Toshkent shahar hokimligi Kommunal mulkchilik va xususiylashtirish bosh boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi I. I. Yemelyanov, “Toshkentsavdo” konserni raisi R. Yu. Oʻrozboyev, “Toshshaharmaishiyxizmat” uyushmasi raisi A. D. Azimovlarning egallab turgan lavozimlarida qolish-qolmasliklari toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish va hal qilish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi raisi Sh. R. Gʻafurov, “Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasi boshqaruvi raisi M. 3. Usmonov, “Oʻzmaishiyxizmat” uyushmasi raisi 3. T. Sobirov va Toshkent shahar hokimi A, I. Fozilbekov oʻrtoqlarga topshirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasi raisi M. 3. Usmonov. “Oʻzmaishiyxizmat” uyushmasi raisi 3. T. Sobirov oʻrtoqlar ular rahbarlik qilayotgan tizimdagi obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini amalga oshirish uchun shaxsan javobgar ekanliklari toʻgʻrisida ogohlantirilsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat mulki qoʻmitasi (oʻrtoq Gʻafurov), “Oʻzdavjamgʻarma” (oʻrtoq Rahimjonov), Toshkent shahar (oʻrtoq Xoʻjayev), Xorazm (oʻrtoq Doʻschonov), Toshkent (oʻrtoq Rahimboyev), Namangan (oʻrtoq Najmiddinov va Andijon (oʻrtoq Alimov) viloyatlari hokimlari oʻrinbosarlarining eʼtiborlari Vazirlar Mahkamasining davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish boʻyicha ilgari qabul qilingan qarorlarining bajarilishini taʼminlash yuzasidan ular tomonidan yetarli chora-tadbirlar koʻrilmayotganligiga qaratilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-sentabrdagi 443-son va 1993-yil 20-yanvardagi 44-son qarorlarida nazarda tutilganlarga qoʻshimcha ravishda mahalliy sanoat, maishiy xizmat koʻrsatish, savdo va umumiy ovqatlanish, matlubot kooperatsiyasi korxonalarini mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish boʻyicha 1993-yil uchun belgilangan tashkiliy chora-tadbirlar 1—5-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*1—5-ilovalar berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. “Oʻzbeksavdo” uyushmasi, Oʻzbekbirlashuv hamda “Oʻzkooptayyorlovsavdo” birlashmasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va “Oʻzdavjamgʻarma” bilan birgalikda yirik ulgurji bazalarni hamda savdo korxonalarini 1993-yilda mulkchilikning aksionerlik, ijara va aralash shakllariga aylantirish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni 6-ilovaga* muvofiq amalga oshirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*6-ilova berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mahalliy sanoat, maishiy xizmat koʻrsatish, savdo va umumiy ovqatlanish, matlubot kooperatsiyasi, “Oʻzkooptayyorlovsavdo” birlashmasi hamda “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” konserni obyektlarini sotib oluvchi nodavlat yuridik va jismoniy shaxslarga, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning shakllaridan qatʼi nazar, 7-ilovaga muvofiq qoʻshimcha imtiyozlar berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Davlat mulki qoʻmitasining markaziy apparati va hududiy boshqarmalari 8 va 9-ilovalarga* muvofiq qoʻshimcha 66 nafar xodimlar bilan mustahkamlansin. Hududiy boshqarmalarning namunaviy tuzilmasiga 10-ilovaga* muvofiq qisman oʻzgartirishlar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*8—10-ilovalar berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat mulki qoʻmitasining markaziy apparati va hududiy boshqarmalari xodimlari soni qoʻshimcha koʻpayishini hisobga olgan holda ularni respublika budjeti hisobidan mablagʻ bilan taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10 kun muddatda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda Davlat mulki qoʻmitasi markaziy apparatini hamda uning hududiy boʻlinmalarini texnik jihozlash uchun mablagʻ, shu jumladan valyuta ajratish toʻgʻrisidagi takliflarni koʻrib chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasi, “Oʻzmaishiyxizmat” uyushmasi bilan birgalikda joriy yilning toʻqqiz oyi ish yakunlari boʻyicha savdo, maishiy xizmat koʻrsatish korxonalarining moliyaviy ahvolini tahlil qilib chiqsin hamda zarar koʻrib ishlovchi ishlab chiqarish obyektlarini tugatish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzshartnomasavdo”, “Oʻzbeksavdo” davlat uyushmalari, “Oʻzmaishiyxizmat” uyushmasi “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi, Oʻzbekbirlashuv, “Oʻzkooptayyorlovsavdo” birlashmasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga ushbu tizimlarning xususiylashtirilayotgan korxonalariga zarur asbob-uskunalar va moddiy-texnika resurslarini sotib olishlari uchun Hukumat zaxira jamgʻarmasidan bir yoʻla moliyaviy yordam koʻrsatish toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uy-joy fondini xususiylashtirishni joriy yilning III choragida nihoyasiga yetkazsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishidan oldin mulkchilik shaklini oʻzgartirgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni joriy yilning 15-sentabrigacha Davlat mulki qoʻmitasi organlarida qayta rasmiylashtirishni taʼminlasinlar. Koʻrsatib oʻtilgan sanadan keyin ushbu obyektlarni mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish toʻgʻrisida hokimliklar tomonidan qabul qilingan qarorlar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 9-noyabrdagi 248-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 44-45-son, 385-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida boʻlgan hamda uning mulki hisoblangan davlat mulkini xususiylashtirish va mulkiy huquqlarni himoya qilish vazifalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi zimmasiga yuklatilsin.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi hamda manfaatdor idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlarda mavjud boʻlgan hamda shakllantirilayotgan mulki (elchixonalar, vakolatxonalar, savdo vakolatxonalari, korxonalar, tashkilotlar va hokazolar) toʻgʻrisida hisobot shaklini ishlab chiqsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda oliy taʼlim tizimida davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish sohasi boʻyicha oʻquv kursi dasturini ishlab chiqsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzdavteleradio, ommaviy axborot vositalari Oʻzbekistondagi va xorijiy mamlakatlardagi xususiylashtirish jarayonlarini muntazam yoritib borsinlar, matbuot sahifalalarida xususiylashtirish boʻyicha chet ellik mutaxassislar va ekspertlarning chiqishlarini uyushtirsinlar, ijobiy tajribalarni keng targʻib qilsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosarlari T. M. Miryoqubov va B. S. Hamidov oʻrtoqlar zimmasiga yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1993-yil 11-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
402-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil
11-avgustdagi 402-son qaroriga
7-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy sanoat, aholiga maishiy xizmat koʻrsatish, davlat savdosi, umumiy ovqatlanish, matlubot kooperatsiyasi hamda “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” davlat konserni korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishda beriladigan qoʻshimcha imtiyozlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Davlat tasarrufidan chiqarilishi va xususiylashtirilishi kerak boʻlgan mahalliy sanoat, aholiga maishiy xizmat koʻrsatish, davlat savdosi va umumiy ovqatlanish, matlubot kooperatsiyasi korxonalari mulki qiymatini belgilashda beriladigan qoʻshimcha imtiyozlar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 6-yanvardagi 3-son qaroriga 1-ilovadagi 2—4-bandlarda nazarda tutilgan imtiyozlar jismoniy va nodavlat yuridik shaxslarga joriy etilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiylashtirilayotgan obyektlarni sotib olish muddatini, birinchi badal miqdorini keyinchalik hech qanday indeksatsiyalashsiz sotib olish qiymatining 10 foizi (aksionerlik jamiyatlariga aylantirish hollaridan tashqari) qilib belgilagan holda, besh yildan oʻn yilgacha uzaytirishga ruxsat etilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qiymati 20 mln soʻmdan ortiq boʻlgan obyektlarni bir yoʻla sotib olishda chegirish miqdori sotib olish miqdorining 15 foizigacha oshirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
obyektlarni sotish qiymatlari belgilanayotganda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 1-iyundagi 261-son qarorining amal qilishi 1993-yilda xususiylashtirilayotgan korxonalarga joriy qilinmasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 6-yanvardagi 3-son qaroriga 1-ilovaning 3-bandidagi uchinchi xatboshining sotib olinayotgan mulkning dastlabki qiymatini oʻz aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun Moliya vazirligi tomonidan berilgan imtiyozli kreditlar summasi miqdoriga kamaytirish boʻyicha qismining amal qilishi joriy etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 3-fevraldagi 55-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Xususiylashtirilgan korxonalar xodimlarining ixtiyoriy badallari hisobiga balansdan tashqari kredit fondlari tashkil etilishiga ruxsat berilsin, bunda ularning manbalari toʻgʻrisida deklaratsiya taqdim etilishi talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki, “Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasi, Oʻzbekbirlashuv, “Oʻzkooptayyorlovsavdo” birlashmasi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” konsernining rentabelligi darajasi 2 foizgacha boʻlgan xususiylashtirilgan korxonalari, “Oʻzmaishiyxizmat” uyushmasi hamda “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasining rentabellik darajasi 10 foizgacha boʻlgan korxonalari uchun 1993-yil oxirigacha soliq olinadigan daromad xodimlarga eng kam ish haqi toʻlashni kafolatlaydigan mehnatga haq toʻlash fondi summasi miqdorida kamaytiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-dekabrdagi 466-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 9-noyabrdagi 248-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 44-45-son, 385-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 26-dekabrdagi 475-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Belgilab qoʻyilsinki, xususiylashtirilgan obyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish, taftish qilish bir yilda koʻpi bilan bir marta amaldagi qonunchilikka muvofiq faqat soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi.