Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.04.2025 23.09.1992 yildagi 443-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori , 23.09.1992 yildagi 443-son
Date of entry into force
23.09.1992
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.04.2025
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MAHALLIY SANOAT, AHOLIGA MAISHIY XIZMAT KO‘RSATISH, DAVLAT SAVDOSI HAMDA UMUMIY OVQATLANISH KORXONALARI VA TASHKILOTLARINI DAVLAT TASARRUFIDAN CHIQARISH VA XUSUSIYLASHTIRISHNI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli “Bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini xatlovdan o‘tkazish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq va bozor munosabatlarini keng joriy qilish, tashabbus va tadbirkorlikni rivojlantirish, davlat tasarrufidan chiqarish va mulkchilikning jamoa hamda xususiy shakllarini shakllantirish uchun sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qo‘mitasi, “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi, O‘zbekiston davlat aksionerlik “Savdo” uyushmasi va O‘zbekiston Respublika aholiga maishiy xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar va tashkilotlar uyushmasining mahalliy sanoat, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish, davlat savdosi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari va tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga doir chora-tadbirlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy sanoat, maishiy xizmat ko‘rsatish, savdo va umumiy ovqatlanish davlat korxonalarini 1992 — 1993-yillarda mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar 1—3-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*1—3-ilovalar berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni amalga oshirishda, ko‘rsatilgan tarmoqlarning o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olinib, quyidagi qonun-qoidalarga amal qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijtimoiy adolatni, har bir xodim va butun mehnat jamoasi manfaatlari va huquqlarini himoya qilishni ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tasarrufidan chiqarilayotgan va xususiylashtiriladigan korxonalar (tashkilotlar)ning tashkiliy-huquqiy shakllarini mehnat jamoasi tomonidan mustaqil ravishda belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mehnat jamoalarining talabnomalariga ko‘ra quyi tuzilma bo‘g‘inlarni, ularning tayyorligini hisobga olgan holda, mulkchilikning boshqa shakllariga birinchi navbatda aylantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur korxonadan pensiyaga chiqqan mehnat faxriylariga, shuningdek, ushbu korxonada kamida 10 yil ishlagan mehnat jamoasi a’zolariga imtiyozli shartlarda va pulini bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan aksiyalarni, mulkni sotib olish imkoniyatini berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tasarrufidan chiqarilayotgan korxonalarning o‘z balanslarida bo‘lgan ijtimoiy infrastruktura va atrof muhitni muhofaza qilish obyektlarini mehnat jamoalarining o‘z mulki qilib bepul berish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qurilishi tugallanmagan obyektlarni va davlat korxonalari (tashkilotlari)ni, ularning tarkibiy bo‘linmalarini asosan kimoshdi savdosi orqali va tanlovlar bo‘yicha shaxsiy mulk qilib sotishni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarining to‘liq oshkoraligini, ulardan tarmoq xodimlarining mufassal xabardorligini hamda ularning korxonalar jamoalari, kasaba uyushmalari va jamoat tashkilotlari tomonidan nazorat qilinishini ta’minlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, uning hududiy boshqarmalari “Mahalliy sanoat” korporatsiyasi, “O‘zbeksavdo”, “O‘zmaishiyxizmat” uyushmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarning hokimliklari bilan birgalikda tegishli hududlardagi mahalliy sanoat, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish, savdo, umumiy ovqatlanish korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga doir chora-tadbirlarni belgilangan muddatlarda amalga oshirishni, ularga amaliy yordam ko‘rsatishni ta’minlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qo‘yilsinki, 5 mln. so‘m va undan ortiq ustav fondi bo‘lgan korxonalarni mulkchilikning boshqa shakllariga, aylantirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining, 5 mln. so‘mdan kam bo‘lganda esa — uning hududiy boshqarmalarining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 6-son, 51-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddat ichida Davlat mulkini va aksiyalarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olish, sotish tartibi to‘g‘risida Vaqtinchalik nizomni ishlab chiqsin va qabul qilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish borasida to‘plangan tajribani hisobga olib 4 va 5-bandlarda ko‘rsatilgan puxta ishlangan me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash uchun 1993-yilning I choragida Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1992-yilning 1-aprelida o‘tkazilgan asosiy fondlarni baholashni hisobga olib davlat tasarrufidan chiqarilishi va xususiylashtirilishi kerak bo‘lgan obyektlarning dastlabki narxlarini belgilash bo‘yicha tarmoq me’yoriy va uslubiy tavsiyanomalarni bir oy muddat ichida ishlab chiqsin va ularni vazirliklar, idoralarga, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar va boshqa xo‘jalik birlashmalariga yetkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
berilgan huquqqa muvofiq aksionerlik jamiyatlari, boshqa xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarning ta’sischisi huquqi bilan chiqsin va davlat korxonalari va tashkilotlarini qayta o‘zgartirish tugallangach davlat mulkida qolgan aksiyalar (paylar, ulushlar)ni saqlash va boshqarish huquqi bilan “O‘zdavjamg‘arma”ga bersin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahalliy sanoat, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari (tashkilotlari) 10-ilovaga muvofiq davlat tasarrufidan chiqarilmaydi va xususiylashtirilmaydi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 13-sentabrdagi 462-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Fayz” ishlab chiqarish birlashmasi, “Polimer” ishlab chiqarish birlashmasi, Uychi pillakashlik ishlab chiqarish birlashmasi va Ulug‘bek nomidagi Samarqand plastmassa buyumlari zavodini mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish Vazirlar Mahkamasining maxsus qarori bilan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
me’yorlashtirilgan tovarlar, non-bulka mahsulotlari sotuvchi savdo korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi (uning hududiy organlari), “O‘zbeksavdo” uyushmasi (uning hududiy savdo-sanoat konsernlari) bilan yangi xususiy mulk egasi o‘rtasida tomonlarning o‘zaro majburiyatlari to‘g‘risida bitimlar tuzilgan taqdirda amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy ta’lim maktablariga, internatlarga, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga, hunar-texnika bilim yurtlariga, zavod va fabrikalar jamoalariga xizmat ko‘rsatuvchi umumiy ovqatlanish davlat korxonalarini mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish xizmat ko‘rsatilayotgan jamoalarning manfaatlarini hisobga oladigan tomonlarning o‘zaro majburiyatlari to‘g‘risida tuzilgan bitim asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi 15 kun muddat ichida, “O‘zmaishiyxizmat”, “O‘zbeksavdo” uyushmalari — bir oy mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasiga 1992 — 1993-yillarda — birinchi bosqichda davlat tasarrufidan chiqarilishi yoki xususiylashtirilishi mo‘ljallanayotgan korxona (tashkilot)larning obyektlar bo‘yicha ro‘yxatini mehnat jamoalari tomonidan tanlangan qayta o‘zgartirishning tashkiliy-huquqiy shakllarini ko‘rsatgan holda taqdim etsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 9-noyabrdagi 248-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son. 385-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 26-dekabrdagi 475-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi, “O‘zbeksavdo”, “O‘zmaishiyxizmat” uyushmalari ishtirokida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilishda tomonlarning o‘zaro majburiyatlari to‘g‘risida arizachilar bilan bitimlar tayyorlasin va tuzsin, ularda davlat ehtiyojlari va aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadida muayyan davr uchun qayta o‘zgartirilgan korxonaning yo‘nalishini, tovarlarning ayrim turlarini ishlab chiqarish, mahsulotlar yetkazib berish, ishlar, xizmatlarni bajarish hajmlarini saqlab qolish nazarda tutilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zshartnomasavdo” respublika aholisi va xalq xo‘jaligi ehtiyojlari asosida davlat tasarrufidan chiqarilgan va xususiylashtirilgan korxonalar o‘rtasida ko‘rsatib o‘tilgan bitimlarga muvofiq davlat ehtiyojlari uchun va aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadida mahsulotlar yetkazib berish, ishlar, xizmatlarni bajarish uchun buyurtmalarni joylashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zshartnomasavdo”, “O‘zboshengilta’minotsotish”, “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, “O‘zbeksavdo” uyushmasi bitimlarni imzolagan korxonalarga moddiy-texnika resurslarining zarur limitlarini ajratishni hamda davlat ehtiyojlari va aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib berish uchun o‘z vaqtida shartnomalar tuzishni ta’minlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi, “O‘zbeksavdo”, “O‘zmaishiyxizmat” uyushmalari:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘z tarkiblariga kiruvchi korxonalar va tashkilotlar mehnat jamoalarida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonining iqtisodiy va ijtimoiy mohiyati to‘g‘risida, davlat korxonalarini qayta o‘zgartirishning turli tashkiliy-huquqiy shakllarining o‘ziga xos xususiyatlari, mehnat jamoalarining huquqlari, xodimlarni ijtimoiy himoya qilish choralari haqida va xususiylashtirish bilan bog‘liq boshqa masalalar bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borsinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
korxonalar va ularning bo‘linmalari mehnat jamoalarining davlat tasarrufidan chiqarishni amalga oshirishda mavjud xo‘jalik tuzilmalariga kirish yoki chiqish va yangi tashkil etilganlariga kirish to‘g‘risida mustaqil qaror qabul qilish huquqini kafolatlasinlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat korxonalari va tashkilotlarini mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirishga doir zarur tayyorgarlik hujjatlarini ishlab chiqishni ta’minlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi, “O‘zbeksavdo”, “O‘zmaishiyxizmat” uyushmalari bilan birgalikda bo‘shab qolgan xodimlarni qayta tayyorlash, ishga joylashtirish va O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash haqida”gi Qonuniga muvofiq ularning boshqa huquqlarini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 26-dekabrdagi 475-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi, “O‘zmaishiyxizmat”, “O‘zbeksavdo” uyushmalari mahalliy sanoat va kommunal-maishiy xizmat korxonalari, davlat savdosi, umumiy ovqatlanish va matlubot kooperatsiyasi xodimlarining kasaba uyushmalari Markaziy Qo‘mitasi ishtirokida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish davrida korxona ma’muriyatining ilgari tuzilgan jamoa shartnomalarining barcha qoidalariga albatta rioya qilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qayta tuzilgan korxona (tashkilot) davlat ro‘yxatiga olingan paytdan boshlab uch oy mobaynida yangi jamoa shartnomalari tuzishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarmoqlarda band bo‘lgan yollanma xodimlar ijtimoiy manfaatlarining himoya qilinishini ta’minlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi davlat mulki fondi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi, “O‘zbeksavdo” va “O‘zmaishiyxizmat” uyushmalariga davlatga tegishli ulushlar (paylar, aksiyalar)ga muvofiq aksionerlik jamiyatlari, boshqa jamiyatlar va shirkatlar faoliyatiga rahbarlik qilish huquqlarini berishni;
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 17-dekabrdagi 525-sonli qarori bilan chiqarilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi, “O‘zbeksavdo”, “O‘zmaishiyxizmat” uyushmalari bilan birgalikda davlat tasarrufidan chiqarilishi yoki xususiylashtirilishi kerak bo‘lgan korxonalar (tashkilotlar)ning kreditor qarzlarini uzish mexanizmi masalasini 15 kun muddat ichida ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 19-noyabrdagi 426-XII-son qaroriga muvofiq davlat tasarrufidan chiqariladigan yoki xususiylashtiriladigan savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari hamda tashkilotlarining mulklarini sotib olishda yuridik va jismoniy shaxslarga qarz berishni nazarda tutish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosarlari A.N. Voznenko va B.S. Hamidov o‘rtoqlar zimmasiga yuklatilsin. Ushbu qarorning qanday amalga oshirilayotganligi 1993-yilning yanvar oyida, undan keyin esa yilning har choragida bir marta ko‘rib chiqilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1992-yil 23-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
443-son
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 9-martdagi 119-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 9-martdagi 119-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 9-martdagi 119-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 7-fevraldagi 68-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 6-son, 51-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 6-son, 51-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
1992-yil 23-sentabrdagi 443-son qaroriga
10-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat tasarrufidan chiqarilmaydigan va xususiylashtirilmaydigan mahalliy sanoat, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish, davlat savdosi va umumiy ovqatlanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
KORXONALARINING RO‘YXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Fonon” Toshkent ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent oqova suvlarni biologik tozalaydigan eksperimental stansiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Amaliy san’at muzeyi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Savdo” O‘zbekiston Davlat-aksionerlik uyushmasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Olmos” Respublika ulgurji-chakana savdo birlashmasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlar sifati bo‘yicha Davlat inspeksiyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Taom tayyorlash texnologiyasi va umumiy ovqatlanish iqtisodiyoti Respublika laboratoriyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston iste’mol bozori va marketing ilmiy-tadqiqot instituti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika hunar-texnika bilim yurti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Malaka oshirish instituti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat zaxiralarini doimiy joylashtirib borishni ta’minlovchi sovuqxonalar, ombor xo‘jaligi obyektlari.
Oldingi tahrirga qarang.
(o‘n uchinchi va o‘n to‘rtinchi xatboshilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 13-sentabrdagi 462-sonli qarori bilan chiqarilgan)