1-ILOVA
|
1. |
Aripov Abdulla Nigmatovich |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Respublika ishchi guruhi rahbari |
|
2. |
Orinbayev Amanbay Tleubayevich |
— |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi, Respublika ishchi guruhi rahbari o‘rinbosari |
|
3. |
Xodjayev Jamshid Abduxakimovich |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Respublika ishchi guruhi rahbari o‘rinbosari |
|
4. |
Qudratov Laziz Shavkatovich |
— |
investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri |
|
5. |
Zakirov Botir Irkinovich |
— |
qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri |
|
6. |
Voitov Aziz Botirovich |
— |
qishloq xo‘jaligi vaziri |
|
7. |
Saydullayev Nodir Narzullayevich |
— |
Markaziy bank boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari |
|
8. |
Boboyev Adiz Muzaffarovich |
— |
iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari |
|
9. |
Kazbekov Jusipbek Sdikbekovich |
— |
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri o‘rinbosari |
|
10. |
Fayzullayev Djamal Sabaxonovich |
— |
tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari |
|
11. |
Jumanazarov Akmal Ro‘ziqulovich |
— |
energetika vaziri o‘rinbosari |
|
12. |
Musamuxamedov Nodir Kamalitdinovich |
— |
Bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari |
|
13. |
Mirzayev Mubin Muxiddinovich |
— |
Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari |
|
14. |
Tursunov Jamshid Yunusovich |
— |
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi v.b. |
|
15. |
Usmonov Bekzod Shavkat o‘g‘li |
— |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori o‘rinbosari |
|
16. |
Abdullayev Abdushukur Hamidovich |
— |
Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari |
|
17. |
Azimov Dilshod Sur’atovich |
— |
“O‘zsuvta’minot” AJ boshqaruvi raisi v.b. |
|
18. |
Mustafayev Ulug‘bek Mavlonovich |
— |
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi |
|
19. |
Eshmuratov Baxodir Beshimovich |
— |
“Hududgazta’minot” AJ boshqaruvi raisi |
|
20. |
Xolmurodov Nozimjon Qosimovich |
— |
investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi o‘rinbosari, Respublika ishchi guruhi kotibi |
2-ILOVA
|
1. |
Vafayev Shuxrat Abdusharifovich |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi bosh direktori, Kichik ishchi guruhirahbari |
|
2. |
Mirzamahmudov Jo‘rabek Tursunpulatovich |
— |
energetika vaziri |
|
3. |
Islamov Bobir Farxadovich |
— |
tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri |
|
4. |
Boboyev Adiz Muzaffarovich |
— |
iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari |
|
5. |
Pulatov Farrux Jahongirovich |
— |
Kadastr agentligi direktori |
|
6. |
Mirsoatov Alisher Kudratullayevich |
— |
“O‘zmilliybank”AJ boshqaruvi raisi |
|
7. |
Annaklichev Saxi Saparmuxamedovich |
— |
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB boshqaruvi raisi |
|
8. |
To‘laganov Kudratilla Asatullayevich |
— |
“Asakabank” ATB boshqaruvi raisi |
|
9. |
Sidiqov Bahodirjon Bahromovich |
— |
“O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi |
|
10. |
Muxamedjanov Timur Rasulovich |
— |
“O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi v.b. |
|
11. |
Xaydarov Ilhom Utkurovich |
— |
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi |
|
12. |
Mustafayev Ulug‘bek Mavlonovich |
— |
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi |
|
13. |
Eshmuratov Baxodir Beshimovich |
— |
“Hududgazta’minot” AJ boshqaruvi raisi |
|
14. |
Rustamov Olimxon Bakiyevich |
— |
investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari, Kichik ishchi guruh kotibi |
3-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish shakli |
Ijro muddatlari |
Mas’ul ijrochilar |
|
1. |
2023-2024-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida ishlab chiqarish, xiz�at ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish uchun Namangan viloyati tajribasi asosida mahallalararo tayyor infratuzilmaga ega sanoat maydonlarini tashkil etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish, tasdiqlash va samarali joriy etishni doimiy nazoratga olish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
1 oy muddatda |
Respublika ishchi guruhi (A.N. Aripov) |
|
2. |
Respublika ishchi guruhi har bir a’zosining Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha vazifalarini va ish rejasini tasdiqlash. |
Har bir a’zoning alohida ish rejasi |
3 kun muddatda |
Respublika ishchi guruhi (A.N. Aripov) |
|
3. |
Respublika ishchi guruhining har bir a’zosi tomonidan belgilangan ish reja ijrosini ta’minlash va Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida hisobot berish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
Yil yakunida |
Respublika ishchi guruhining a’zolari |
|
4. |
2023 — 2025-yillarda shahar va tumanlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidan kelib chiqib, sanoat yo‘nalishida amalga oshiriladigan kamida 1 mingta investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxatini shakllantirish va ularning amalga oshirilishi yuzasidan doimiy nazorat olib borish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2 oy muddatda |
Respublika ishchi guruhi (A.N. Aripov) |
|
5. |
Xalqaro va respublika ahamiyatidagi yo‘l infratuzilmasini to‘liq xatlovdan o‘tkazib, kapital ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va yangidan qurish talab etiladigan obyektlar manzilli ro‘yxatini ishlab chiqish hamda ushbu obyektlarning 2024-yilgi Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshirilishini ta’minlash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2023-yil 1-oktabr |
Respublika ishchi guruhi (A.N. Aripov) |
|
6. |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi davlat ulushi mavjud aktivlarni to‘liq auksion savdolariga chiqarish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2023-yil yakuniga qadar |
Respublika ishchi guruhi (A.N. Aripov) |
|
7. |
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida bozorlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining narx-navosi barqarorligini ta’minlash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
Doimiy |
Respublika ishchi guruhi (A.N. Aripov) |
|
8. |
Misr Arab Respublikasidan investorlarni jalb qilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasida shakar mahsulotini ishlab chiqarishni tashkil etish va ishlab chiqarish uchun kerakli xomashyoni hududning o‘zida yetishtirish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2023-2024-yillarda |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
9. |
Xitoy Xalq Respublikasidan investorlarni jalb qilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida kamida 50 ming bosh naslli chorvaga mo‘ljallangan chorvachilik komplekslarini tashkil etish choralarini ko‘rish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2023-2024-yillarda |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
10. |
Qo‘ng‘irot tumanida “Polibutilen adipat tereftalat (RVAT) ishlab chiqarish” hamda “MTO texnologiyasi asosida monoetilenglikol (MEG), polietilentereftalat (PET) va polipropilen ishlab chiqarish” investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish va loyiha hujjatlarini tasdiqlash. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2023-yil yakuniga qadar |
“O‘zkimyosanoat” AJ, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
11. |
Tovarlarni eksport va import qilish uchun bojxona rasmiylashtiruvida beriladigan sertifikat va ruxsatnomalarni hududning o‘zida rasmiylashtirish maqsadida laboratoriyalarni tashkil etish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2023-yil 1-oktabr |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi |
|
12. |
“Nukus” erkin iqtisodiy zonasi va “Nukus texnoparki” maxsus sanoat zonasi hududiga olib boruvchi temir yo‘l tarmog‘ini qurish masalasini o‘rganib chiqish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2023-yil yakuniga qadar |
Respublika ishchi guruhi (A.N. Aripov), “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ |
|
13. |
Xo‘jayli tumanining Turkmaniston Respublikasi bilan chegaradosh hududidagi hamda Qo‘ng‘irot tumanining Qozog‘iston Respublikasi bilan chegaradosh hududidagi bojxona postlari atrofida erkin savdo zonalari tashkil etish masalasini o‘rganib chiqish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2023-yil yakuniga qadar |
Respublika ishchi guruhi (A.N. Aripov) |
|
14. |
Nukus shahri, Muqimiy ko‘chasi, 22-uyda joylashgan sobiq Nukus transport texnikumi negizida Raqamli texnologiyalar institutini tashkil etish. Bunda, talabalarni o‘qishga qabul qilish 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab tashkil etiladi. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2023-yil 1-oktabr |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
|
15. |
Qoraqalpog‘iston Respublikasida yirik investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida amalga oshirish va istiqbolli loyihalarga xorijiy sarmoyalarni jalb qilish ishlarini jadallashtirish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2023 — 2025-yillarda |
Kichik ishchi guruh (Sh.A. Vafayev) |
|
16. |
Qoraqalpog‘iston Respublikasida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish holatini joyiga chiqqan holda o‘rganish va ular bo‘yicha yuzaga kelayotgan muammolarni tezkor hal etish choralarini ko‘rish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
Har oyda kamida bir marotaba |
Kichik ishchi guruh (Sh.A. Vafayev) |
|
17. |
Qoraqalpog‘iston Respublikasida yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun istiqbolli xorijiy investorlarni aniqlash va ular bilan muzokaralar o‘tkazish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
Har oyda |
Kichik ishchi guruh (Sh.A. Vafayev) |
|
18. |
“Urgut” erkin iqtisodiy zonasi Beruniy tumani filialini zarur muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan belgilangan tartibda 55 mlrd so‘m mablag‘ ajratish. |
Amaliy chora-tadbirlar |
2023 — 2025-yillarda |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi |