21.06.2019 yildagi PQ-4363-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 21.06.2019 yildagi PQ-4363-son
Date of entry into force
21.06.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangi raqobatbardosh ishlab chiqarishlar va kichik korxonalarning rivojlantirilishini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha uzluksiz ravishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar doirasida 150 ta kichik sanoat zonalari tashkil qilingan boʻlib, ularning hududida har yili jami 1,7 trln soʻmdan ortiq qiymatdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmiga ega boʻlgan 1 691 ta kichik korxona faoliyat yuritadi va 27 mingdan ziyod ish oʻrinlari yaratildi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, ularning ishtirokchilari uchun faoliyat yuritish sharoitlarini sifat jihatidan yaxshilash va mahsulotlarni sotishga koʻmaklashish, investitsiyalar jalb qilinishini faollashtirish, avvalambor foydalanilmayotgan, faoliyat yuritmayotgan ishlab chiqarish maydonlari negizida tashkil qilinayotgan importbop mahsulotlarni chiqarish boʻyicha zamonaviy ishlab chiqarishlarning joriy etilishini jadallashtirish, ushbu asosda yangi turgʻun ish joylari tashkil etilishini taʼminlash va aholi daromadini oshirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida davlat muassasasi shaklidagi kichik sanoat zonalarini boshqarish boʻyicha yagona direksiyalarni har bir kichik sanoat zonasiga direksiyalarning masʼul xodimlarini biriktirgan holda tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi PF-233-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2022-y., 06/22/233/0915-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda yangi tashkil qilinayotgan direksiyalarning roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi “Iqtisodiy rivojlanish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5621-son Farmoni bilan kichik sanoat zonalari ishtirokchilariga quyidagi huquqlar berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz mablagʻlari hisobiga qurilgan binolar va inshootlar (yoki ularning qismlari)ga mulk huquqini belgilangan tartibda rasmiylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
rekonstruksiya qilish yoki kapital taʼmirlashni oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshirgan taqdirda, biroq kichik sanoat zonasi ishtirokchisi maqomini olgan kundan boshlab kamida 3 yil muddat oʻtgandan keyin, binolar va inshootlar (yoki ularning qismlari)ni xususiylashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya va boshqa ijtimoiy majburiyatlarni toʻliq bajargan taqdirda, biroq kichik sanoat zonasi ishtirokchisi maqomini olgan davridan boshlab kamida 5 yil muddat oʻtgandan keyin, oʻzlariga berilgan binolar va inshootlar (yoki ularning qismlari)ni xususiylashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) kichik sanoat zonalari faqatgina transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi mavjud yoki oʻtkazish oson boʻlgan faoliyat yuritmayotgan korxonalar negizida va qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh yer maydonlarida tashkil qilinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) yer uchastkalarini berish qonunchilikda belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion orqali amalga oshiriladi;
(3-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son — 2021-yil 1-avgustdan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) kichik sanoat zonasi ishtirokchisi tomonidan investitsiya loyihasini kichik sanoat zonasida joylashtirilgan kundan eʼtiboran uch oy mobaynida amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrilmaganligi, shuningdek obyektdan shartnomada koʻrsatilgan maqsadga nomuvofiq foydalanilganligi shartnomaning bir tomonlama tartibda bekor qilinishiga asos boʻladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) kichik sanoat zonasi ishtirokchisi tomonidan investitsiya loyihasini amalga oshirish yengib boʻlmaydigan kuch sababli belgilangan muddatlarda yakunlanmagan boʻlsa yoxud xuddi shu sabablarga koʻra oxirgi 6 oy mobaynida ishlab chiqarish faoliyati amalga oshirilmagan boʻlsa, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi davlat muassasasi shaklidagi kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish boʻyicha yagona direksiyalar (keyingi oʻrinlarda — direksiyalar) unga loyiha amalga oshirilishini tezlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlagan holda qoʻshimcha muddat taqdim etadi. “Yoʻl xaritasi”da belgilangan muddatlarda investitsiya loyihasi yakunlanmasa yoki ishlab chiqarish faoliyati boshlanmasa, direksiyalar shartnomani bekor qiladi.
(3-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) binolar va inshootlar (yoki ularning qismlari)ni xususiylashtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oʻz mablagʻlari hisobiga rekonstruksiya qilish yoki kapital taʼmirlash ishlari olib borilgan binolar va inshootlar (yoki ularning qismlari)da, biroq kichik sanoat zonasi ishtirokchisi maqomini olgan kundan boshlab kamida 3 yil muddat oʻtgandan keyin — rekonstruksiya qilish yoki kapital taʼmirlash ishlarining xarajatlari chegirib tashlangan holda belgilangan tartibda aniqlanadigan baholash qiymati boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
investitsiya va boshqa ijtimoiy majburiyatlarni toʻliq bajargan taqdirda (ishtirokchining shaxsiy mablagʻlari hisobiga rekonstruksiya qilish yoki kapital taʼmirlash ishlari olib bormagan holda), biroq kichik sanoat zonasi ishtirokchisi maqomini olgan kundan boshlab kamida 5 yil muddat oʻtgandan keyin — besh yil mobaynida teng ulushlarda toʻlovlarni kiritish huquqi berilgan holda belgilangan tartibda aniqlanadigan baholash qiymati boʻyicha.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) maʼmuriy kengashlar va direksiyalar bilan birgalikda uch oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublikaning barcha hududlaridagi kichik sanoat zonalarini inventarizatsiya qilish va ularning faoliyatini oʻrganish hamda natijasi boʻyicha ularning har biri keyinchalik faoliyat yuritishi maqsadga muvofiqligi haqida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kichik sanoat zonalari ishtirokchilari bilan tuzilgan binolar va inshootlarning ijarasi toʻgʻrisidagi shartnomalarni, zarur hollarda, belgilangan tartibda foydalanilmayotgan va maqsadga nomuvofiq foydalanilayotgan binolar va inshootlarni qaytarish chora-tadbirlarini koʻrgan holda yoki qoʻshimcha loyihalarni joylashtirish hisobiga ulardan oqilona foydalanish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqqan holda qayta koʻrib chiqilishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
belgilangan muddatlarda investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi boshlanishini taʼminlamagan kichik sanoat zonalari ishtirokchilari bilan investitsiyalash toʻgʻrisidagi bitimlarning bekor qilinishini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarishning qisqa muddatlarda foydalanishga topshirilishini koʻzda tutgan holda orqada qolayotgan loyihalar boʻyicha tarmoq jadvallarining ishlab chiqilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi orqada qolayotgan tumanlar va shaharlarda hududning salohiyati, raqobatdagi ustuvor yoʻnalishlari, tabiiy va mehnat resurslaridan kelib chiqib, ularning ixtisoslashuvini belgilagan holda yangi kichik sanoat zonalarini tashkil qilish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Transport vazirligi, Energetika vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda uch oy muddatda yangi tashkil qilinayotgan kichik sanoat zonalari hududlarida talab yuqori boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarilishini yoʻlga qoʻyish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutgan holda hududlar kesimida transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) ommaviy axborot vositalari, shu jumladan elektron va internet nashrlarini jalb qilgan holda mamlakatning kichik sanoat zonalari, investitsiya kiritishning afzalliklari va yaratilayotgan imtiyozli sharoitlar, kichik sanoat zonalari hududlaridagi mavjud boʻlgan infratuzilma, taklif qilinayotgan xizmatlar, shuningdek amalga oshirilishi tavsiya etilayotgan investitsiya loyihalari toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlarning doimiy asosda nashr etilishini tashkil etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi PF-233-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2022-y., 06/22/233/0915-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
direksiyalar direktorlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi PF-233-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2022-y., 06/22/233/0915-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kichik sanoat zonalarining arxitektura-rejalashtirish hujjatlarini ishlab chiqish, shu jumladan yer uchastkalarini tanlash va ajratish boʻyicha materiallarni tayyorlash Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasining budjeti hamda viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari va direksiyalar mablagʻlari hisobiga loyiha tashkilotlarini jalb qilgan holda taʼminlanadi;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi PF-233-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2022-y., 06/22/233/0915-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
direksiyalar kichik sanoat zonalari hududlarining arxitektura-rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqish boʻyicha buyurtmachilar boʻlib qatnashishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Kichik sanoat zonalari direksiyalari 2025-yil 1-iyulga qadar yer soligʻi va mol-mulk soligʻi toʻlashdan ozod etilsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-iyundagi PF-153-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2022-y., 06/22/153/0518-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda kichik sanoat zonalari hududlarida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini monitoring qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahrining tegishli mahalliy budjetlari mablagʻlari hisobiga kichik sanoat zonalarining boʻlinish chegarasigacha zaruriy tashqi muhandislik kommunikatsiyalari va infratuzilmasining kichik sanoat zonalarida tadbirkorlik subyektlarini joylashtirishga oid ishlab chiqilgan loyihalarga binoan qurilishini va modernizatsiya qilinishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Quyidagilarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorovga — ushbu qaror bilan qoʻyilgan vazifalarning soʻzsiz bajarilishini taʼminlash doirasida vazirlik va idoralar faoliyatini samarali muvofiqlashtirish uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri B.A. Xodjayevga — maʼmuriy kengashlar tomonidan kichik sanoat zonalari hududida ishlab chiqarishlarni joylashtirishga investitsiya talabnomalarining oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi hamda ular boʻyicha qarorlar qabul qilinishi, shuningdek kichik sanoat zonalarining salohiyatidan samarali foydalanilishi, loyihalarning oʻz vaqtida amalga oshirilishi va joriy etilishi uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanovga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga — qurilishning oʻz vaqtida tugatilishi, modernizatsiya va kichik sanoat zonalari ishtirokchilarini tashqi muhandislik kommunikatsiyalari va infratuzilmaga ulanishi, ularning obyektlari real ishlab chiqarish ehtiyojlariga muvofiq elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan uzluksiz taʼminlanishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu qaror talablarini hisobga olgan holda Kichik sanoat zonalari toʻgʻrisida yangilangan nizom loyihasini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari G.K. Saidova zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2019-yil 21-iyun,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-4363-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.06.2019-y., 07/19/4363/3317-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son; 13.06.2022-y., 06/22/153/0518-son; 13.10.2022-y., 06/22/233/0915-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)