02.08.2023 yildagi PQ-257-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 02.08.2023 yildagi PQ-257-son
Date of entry into force
03.08.2023
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi sohasiga ilgʻor raqamli texnologiyalarni joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-apreldagi “2023-yilda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, qayta ishlashni kengaytirish va qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-113-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, qishloq xoʻjaligi sohasiga ilgʻor raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish orqali yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, ekinlar holatini monitoring qilishning idoralararo axborot tizimlarini joriy etish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2023-yil 1-sentabrdan boshlab Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasi tarkibida paxta, boshoqli don, meva-sabzavotlar yetishtirish uchun imtiyozli kredit ajratish jarayonlarini raqamlashtirish hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga shaffoflik tamoyili asosida xizmat koʻrsatish uchun “Agroplatforma” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Agroplatforma” AT) joriy etiladi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulot yetishtiruvchilarning yagona reyestri joriy etiladi, har bir yerdan foydalanuvchining elektron pasporti shakllantirilib, ularga identifikatsion raqam beriladi, har kalendar yilning 15-martiga qadar mahsulot yetishtiruvchilarning maʼlumotlari yangilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulot yetishtiruvchilarning kelgusi yil hosili uchun ekinlarni oqilona joylashtirish boʻyicha takliflari elektron xaritada aks ettiriladi va tasdiqlanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar va ularga xizmat koʻrsatuvchi subyektlar oʻrtasida hujjat aylanishi elektron shaklga oʻtkaziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2026-yil hosilidan boshlab qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish xarajatlarini Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tijorat banklarining Agroportal orqali elektron tarzda shakllantirilgan buyurtmanomalari asosida moliyalashtirish amalga oshiriladi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit shartnomalari boʻyicha hisob-kitoblarni Agroportali orqali real vaqt rejimida koʻrish imkoniyati yaratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻlov topshiriqnomalarini shakllantirish va tijorat banklari orqali ijrosini tashkil etish jarayonlari, sugʻurta polislari, buyurtmanomalar va dalolatnomalarni identifikatsiyalash hamda raqamlashtirish Agroportal orqali amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulot yetishtiruvchilarga Agroportaldagi shaxsiy kabinetlari orqali elektron xizmatlar koʻrsatish yoʻlga qoʻyiladi.
(1-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki, 2023-yil yakuniga qadar Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Geoaxborot texnologiyalari va kosmik tasvirlarni tahlil qiladigan xizmatlarni koʻrsatish platformasi joriy etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar va klasterlarga ajratilgan ekin maydonlari va ekinlarni mustaqil ravishda multispektral kosmik suratlar tahlili asosida monitoring qilish, muammolarni erta aniqlash va hosildorlikni oshirish boʻyicha tavsiyalar berish tizimi yaratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirishning amaldagi mexanizmlari raqamli texnologiyalar yordamida takomillashtiriladi. Bunda, yerdan foydalanuvchilarning takliflarini qabul qilish, qishloq xoʻjaligi ekinlarini elektron joylashtirish, kelishish, maʼlumot va hisobotlarni avtomatik shakllantirish uchun “CropAgro” axborot tizimi joriy etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Geoaxborot tizimi” negizida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar qishloq xoʻjaligi geoportallari takomillashtirilib, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari tomonidan tegishli hududlarning qishloq xoʻjaligi sohasiga oid geografik, statistik va tahliliy maʼlumotlardan ochiq foydalanish yoʻlga qoʻyiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Raqamlashtirish markazi)ning tashkiliy-huquqiy shakli masʼuliyati cheklangan jamiyatga oʻzgartirilib, agrar sohada raqamlashtirish yoʻnalishida faoliyat koʻrsatuvchi integrator sifatida oʻrnatilgan tartibda “IT-Park” rezidentiga aylantiriladi. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Raqamlashtirish markazi Qishloq xoʻjaligi vazirligining tizim tashkilotlaridagi raqamlashtirish yoʻnalishidagi xodimlar faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni loyihalarga jalb etish va salohiyatli xodimlarni ragʻbatlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Raqamlashtirish markazining xizmatlari tijoratlashtiriladi hamda davlat-xususiy sheriklik munosabatlari rivojlantiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi va istiqbolli loyihalarning joriy etilishi va joylarda bepul oʻquv kurslarining tashkil etilishi doimiy tarzda olib boriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Raqamlashtirish markazi va grant mablagʻlari hisobidan xalqaro toifadagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishidagi mutaxassislar jalb etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) mahalliy ijroiya hokimiyati organlari bilan birgalikda tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimlarini zamonaviy kompyuter texnikasi bilan taʼminlash choralari koʻriladi;
(2-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PF-28-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2024-y., 06/24/28/0099-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar, xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari xodimlari uchun “Agroplatforma” ATdan foydalanish boʻyicha oʻquv seminarlari tashkillashtiriladi.
(2-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PF-28-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.02.2024-y., 06/24/28/0099-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Qishloq xoʻjaligi vazirligi (A. Voitov) 2024-yil 1-fevralga qadar sohadagi statistik maʼlumotlarning ishonchliligi va tezkorligini taʼminlash uchun Agrar va oziq-ovqat sohasida vaziyatlarni baholash markazini ishga tushirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, Agrar va oziq-ovqat sohasida vaziyatlarni baholash markaziga 12 ta vazirlik va idoralarning 20 ta yoʻnalishdagi elektron bazalari integratsiya qilinib, 70 mingta qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchi subyektlar faoliyati boʻyicha 100 dan ortiq statistik va tahliliy hisobotlarda 20 dan ziyod indikatorlarning yagona maʼlumotlar bazasi shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Soliq qoʻmitasi hamda Kadastr agentligi Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda 2023-yil 1-oktabrga qadar “Agroplatforma” ATda qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanuvchilarning yagona maʼlumotlar bazasini shakllantirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga koʻrsatilayotgan xizmatlarni “Yagona darcha” tamoyili asosida taqdim etish maqsadida “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasiga Qishloq xoʻjaligi vazirligining talabnomasiga asosan vazirlik va idoralarning axborot tizimlari va resurslaridagi maʼlumotlar doimiy ravishda tegishli davlat organlari tomonidan integratsiya qilish orqali begʻaraz asosda taqdim etib boriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar berish “Agrosubsidiya” yagona axborot tizimi, shuningdek, “CropAgro” axborot tizimi va Geoaxborot tizimi operatoriga tizimlarning doimiy tarzda takomillashtirilishi, qoʻshimcha modullar va xizmatlar qoʻshib borilishi hamda texnik qoʻllab-quvvatlash ishlari boʻyicha qilinadigan sarf-xarajatlari mazkur tizimlar ishtirokchilarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Qishloq xoʻjaligi vazirligi uch oy muddatda “Agroplatforma” ATning loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, mazkur axborot tizimini tatbiq qilish va takomillashtirish xarajatlarini qoplash uchun “Agroplatforma” AT tomonidan koʻrsatiladigan xizmat tariflarini ishlab chiqsin hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qishloq xoʻjaligida “Agroplatforma” axborot tizimini bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib qishloq xoʻjaligi vaziri A.B. Voitov belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 2-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-257-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-avgustdagi PQ-257-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Agroplatforma” axborot tizimini bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼullar

I. Qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtiruvchilarning yagona maʼlumotlar bazasi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari turlari klassifikatsiyasi, yetishtirish hajmlarini aniqlovchi axborot tizimlarini ishlab chiqish

1.

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiriladigan yer maydonlari va ekin turlarining joylashtirilishi boʻyicha yagona elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar, manfaatdor vazirlik va idoralarga yagona maʼlumotlar bazasidan foydalanish imkoniyatini yaratish.

1. “Agroplatforma” ATni Qishloq xoʻjaligi vazirligining “CropAgro” AT maʼlumotlar bazasi bilan integratsiya qilish orqali yer maydonlari va ekinlarning joylashuvi toʻgʻrisidagi dolzarb maʼlumotlarni real vaqt rejimida olish.

2. Maʼlumotlarni “Agroplatforma” AT orqali qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanuvchilarga hamda manfaatdor vazirlik va idoralarga taqdim etish.

2023-yil avgust

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

tegishli vazirlik va idoralar

2.

Qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanuvchilarga imtiyozli va tijorat kreditlari ajratilishi jarayonida yaqindan koʻmaklashish, real vaqt rejimida elektron hujjatlar taqdim etilishi imkonini yaratish.

Ajratilgan imtiyozli kredit mablagʻlarining maqsadli oʻzlashtirilishini monitoring qilish.

1. “Agroplatforma” ATni tijorat banklari axborot tizimlari bilan integratsiya qilish.

2. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga imtiyozli va tijorat kreditlari uchun taqdim etiladigan hujjatlarni avtomatik ravishda shakllantirish hamda elektron koʻrinishda taqdim etish imkoniyatini yaratish.

3. Qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanuvchilar va tijorat banklari uchun resurslarning ajratilishi va maqsadli sarflanishi yuzasidan monitoring olib borish imkoniyatini yaratish.

2023-yil avgust

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Markaziy bank,

Tijorat banklari,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Tizim operatorlari

3.

Qishloq xoʻjaligi ekinlarining vegetatsiya holati, agrotexnik tadbirlarning toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishini real vaqt rejimida monitoring qilish.

1. “Agroplatforma” ATni Geoaxborot tizimi va boshqa axborot tizimlari, dronlar orqali olingan fotosuratlar va kosmik suratlar bazasi bilan integratsiya qilish orqali ekinlar holati toʻgʻrisidagi dolzarb maʼlumotlarni tizim foydalanuvchilariga taqdim etish.

2. “Agroplatforma” ATda qishloq xoʻjaligi ekinlarining vegetatsiya holati, agrotexnik tadbirlarning toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishini monitoring qilish imkoniyatini yaratish.

3. Agrotexnik tadbirlarning toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishini monitoring qilish yuzasidan masʼul davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlari bilan maʼlumot almashinuvini yoʻlga qoʻyish.

2023-yil oktabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

tegishli vazirlik va idoralar,

Tizim operatorlari

4.

Paxta-toʻqimachilik klasterlari tashkil etiladigan hududlarni eʼlon qilish hamda klaster korxonasini tashkil etish boʻyicha tashabbuskorlardan arizalarni “Agroplatforma” axborot tizimi orqali qabul qilishni tashkil etish.

1. Istiqbolsiz deb topilgan paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyati tahlilini eʼlon qilib borish tizimini yoʻlga qoʻyish.

2. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-dekabrdagi 733-son qarorida belgilangan muddatlarda paxta-toʻqimachilik klasterlari tashkil etuvchi tashabbuskorlarning arizalarini qabul qilishni tashkil etish.

3. Tashabbuskorlarning arizasiga ilova qilingan maʼlumotlarning haqqoniyligini aniqlash boʻyicha tegishli davlat organlari bilan axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish.

2023-yil oktabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

“Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari” uyushmasi, tegishli vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

5.

Agrosanoat klasterlarining (paxta-toʻqimachilik, gʻallachilik, sholichilik, meva-sabzavotchilik, chorvachilik va boshqa yoʻnalishdagi) faoliyatini monitoring qilishni samarali tashkil etish maqsadida “Agroplatforma” AT orqali klasterlar tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar ijrosi, mahsulotlarni yetishtirish, qayta ishlash, sotish, hamkorlar va aʼzolar bilan munosabatlar (hisob-kitob, ish haqi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini yaratishni yoʻlga qoʻyish.

1. Agrosanoat klasterlari tomonidan “Agroplatforma” ATga kiritiladigan zaruriy maʼlumotlarning formalarini shakllantirish va tizimga kiritish.

2. Maʼlumotlarni umumlashtirish uchun tegishli tashkilotlar bilan integratsiya qilish.

3. Agrosanoat klasterlari tomonidan maʼlumotlarni tizimga kiritib borishni tashkil etish.

2023-yil noyabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Tizim huquqiy operatori, tegishli vazirlik va idoralar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

6.

“Agroplatforma” AT yordamida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga xizmat koʻrsatuvchi va tizimda oʻz biznes jarayonlarini tashkillashtirgan korxonalar tomonidan axborot tizimini qoʻllab-quvvatlash hamda takomillashtirishga qaratilgan sarf-xarajatlarni qoplash choralarini koʻrish.

“Agroplatforma” AT operatori tomonidan tasdiqlangan tarif asosida foydalanuvchilar va operator oʻrtasida axborot tizimidan foydalanish boʻyicha shartnomalarni rasmiylashtirish.

Doimiy

Tizim texnik operatori,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (Kengash),

tijorat banklari,

Qishloq xoʻjaligi vazirligining tizim tashkilotlari,

manfaatdor korxona va tashkilotlar

7.

“Agroplatforma” ATda asosiy qishloq xoʻjaligi mahsulotlari narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirish.

Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi tomonidan birja orqali sotilayotgan asosiy qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining birja kotirovkalari (kimoshdi savdolari) oʻrtacha narxlarini axborot almashinuvi (integratsiya) yoʻli bilan tashkil etish.

Doimiy

“Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” aksiyadorlik jamiyati

II. “Agroplatforma” axborot tizimi infratuzilmasini kengaytirish va takomillashtirish

9.

“Agroplatforma” ATda bogʻdorchilik yoʻnalishidagi biznes jarayonlarni avtomatlashtirish.

“Agroplatforma” ATning bogʻdorchilik yoʻnalishidagi yangi modullarini ishlab chiqish va ishga tushirish.

2023-yil oktabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligi,

Tizim operatorlari

10.

“Agroplatforma” ATda sabzavotchilik, uzumchilik yoʻnalishidagi biznes jarayonlarni avtomatlashtirish.

“Agroplatforma” ATning sabzavotchilik yoʻnalishidagi yangi modullarini ishlab chiqish va ishga tushirish.

2023-yil noyabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligi,

Tizim operatorlari

III. Respublikaning viloyat, tuman (shahar)larida Agroplatforma” ATdan foydalanish boʻyicha oʻqitishni bosqichma-bosqich tashkil etish

11.

Respublikada qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari, ixtisoslashgan klasterlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tovar va xizmatlarni yetkazib beruvchi korxonalar xodimlarini “Agroplatforma” ATdan foydalanishga oʻqitish.

1. “Agroplatforma” axborot tizimidan foydalanish boʻyicha oʻquv qoʻllanmalari, videodarslar tayyorlash va ularni tizimga joylashtirishni taʼminlash.

2. “Agroplatforma” axborot tizimidan foydalanish boʻyicha sayyor oʻquv seminarlari tashkil etish va joylarda tizimdan foydalanuvchilarni oʻqitish ishlarini tashkil etish.

3. Qishloq xoʻjaligi vazirligining yagona call-markazi orqali tizim foydalanuvchilarini 24/7 rejimida doimiy qoʻllab-quvvatlashni tashkil etish.

2023-yil oʻquv rejasi asosida

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Tizim huquqiy operatori

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-avgustdagi PQ-257-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-259-sonli Farmoniga asosan 1-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/259/1224-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-273-son qaroriga 2-ilovaning 22-pozitsiyasi 3-kichik bandi “Amalga oshirish mexanizmi” ustunidagi “Fargʻona va Samarqand viloyatlari misolida” soʻzlari “Fargʻona viloyati misolida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-apreldagi “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-107-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Suv xoʻjaligi vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasining “2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan tasdiqlangan paxta xom ashyosini yetishtiruvchilar tomonidan tomchilatib sugʻorish tizimini joriy etish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan, istisno tariqasida, 2023-yilda paxta xom ashyosini yetishtiruvchilar tomonidan diskret sugʻorish tizimlarini joriy etish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun ham ajratilishiga ruxsat beriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 11-banddagi “2023-yil avgust oyiga qadar” soʻzlari “2023-yil noyabr oyiga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-162-son qaroriga 1-ilovada:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 100-pozitsiya chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 103-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

103.

“Suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya samaradorligini aniqlash boʻyicha tizimli kompleks” axborot tizimini joriy etish.

1. Loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va vakolatli organlardan ekspertizadan oʻtkazish.

2023-yil iyul

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Axborot tizimini ishlab chiquvchi kompaniyani aniqlash boʻyicha tender savdolarini oʻtkazish va tegishli shartnomalarni imzolash.

3. Irrigatsiya elektron raqamli xaritalarini yaratish (I-bosqich).

2023-yil sentabr

4. Suv hisobini yuritish, irrigatsiya konturlarni aniqlash, irrigatsiya jadvallarini shakllantirish, tuproq xususiyatlaridan kelib chiqib kosmik suratlarni tahlil qilish orqali suv bilan taʼminlanganlik darajasini aniqlash tizimini yoʻlga qoʻyish (II-bosqich).

5. Axborot tizimini yaratish va integratsiya ishlarini olib borish.

2024-2025-yillarda

(alohida rejaga muvofiq)

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida va budjetdan tashqari mablagʻlar

.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi “Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarining suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha xarajatlarining bir qismini qoplash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 95-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2-bandning “b” kichik bandidagi “tomchilatib sugʻorish texnologiyasini” soʻzlari “tomchilatib va diskret sugʻorish texnologiyalarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 21-bandining birinchi, uchinchi va beshinchi xatboshilaridagi, 22-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 23-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi hamda 42-bandning ikkinchi xatboshisidagi tegishli kelishikdagi “tomchilatib sugʻorish texnologiyasi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “tomchilatib va diskret sugʻorish texnologiyalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51-bandining birinchi xatboshisidan “Tomchi-reestr” YAERdan oʻtgan tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan loyihalar uchun” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilar tegishlicha sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
231-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“231. Talabgorlarga ikkinchi yilda tizimlarning ishlatilishiga qarab belgilangan subsidiya miqdorining qolgan 50 foizi, uchinchi yilda esa joriy qilingan tizimni ishlatgan holda hosildorlikni saqlab qolgan paxta, gʻalla va meva-sabzavot klasterlariga qoʻshimcha 20 foiz subsidiya ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda talabgorlarga keyingi yillarda ajratiladigan subsidiya tuman ishchi guruhlarining mazkur Nizom talablari asosida berilgan xulosalariga koʻra tegishliligicha Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan ajratib beriladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29-bandning izohi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Izoh: Reyting natijalariga koʻra 60 yoki undan koʻp ball toʻplagan tashkilotlar ushbu reyestrga tavsiya etiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nizomga 1-ilovaning 7-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nizomga 4-ilovaning 5-bosqichi “Chora-tadbirlar” blokida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-banddagi “tomchilatib sugʻorish texnologiyasi suvni tejaydigan texnologiyalar” soʻzlari “tomchilatib va diskret sugʻorish texnologiyalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-banddagi “tomchilatib sugʻorish texnologiyasini” soʻzlari “tomchilatib va diskret sugʻorish texnologiyalarini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-dekabrdagi “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga subsidiya berish axborot tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 711-son qarori 3-bandining “Subsidiya mablagʻi ajratilishi uchun masʼul tashkilot” ustunidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Suv xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2023-y., 07/23/257/0552-son; 06.02.2024-y., 06/24/28/0099-son; 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son; 27.12.2025-y., 06/25/259/1224-son)