05.04.2023 yildagi PQ-113-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 05.04.2023 yildagi PQ-113-son
Date of entry into force
06.04.2023
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, qayta ishlashni kengaytirish va qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2023-yilda amalga oshirish, mavjud resurslardan samarali foydalanish orqali oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish, ichki bozorda aholi talabini ta’minlash va narxlar barqarorligini saqlash hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni iqtisodiy va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Respublikada 2023-yil hosili uchun asosiy maydonlarning 3,2 mln gektar, takroriy maydonlarning 783 ming gektar, bog‘-tok qator oralarining 140 ming gektar, dala chetlarining 34,6 ming gektar, lalmi yerlarning 373 ming gektar maydoniga qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish rejalashtirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahri, viloyatlar va tumanlar hokimlarining 2023-yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning prognoz hajmlari to‘g‘risidagi taklifi 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 2023-yil 15-apreldan boshlab eksperiment tariqasida xalqaro moliya institutlaridan jalb qilingan mablag‘lar hisobidan Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi huzuridagi “Agroservis operator” DUK orqali tashabbuskorlar loyihalarini moliyalashtirishning quyidagi yangi tizimi joriy etilsin, unga ko‘ra:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) tashabbuskorlar tomonidan ishlab chiqilgan meva-sabzavotlarni saqlash, qayta ishlash, logistika quvvatlarini yaratish, shuningdek, yetishtirilgan mahsulotlarni xarid qilish hamda maxsus texnikalarni, jumladan oziq-ovqat sanoatidagi texnologiyalarni xarid qilish yo‘nalishidagi loyihalar Agrosanoatni rivojlantirish agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tumandagi loyiha ofislariga taqdim etilib, Qishloq xo‘jaligi vazirligining (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) yagona elektron axborot platformasi orqali “Agroservis operator” DUKka yetkaziladi. Bunda:
(2-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Agroservis operator” DUK belgilangan tartibda loyihalarni shakllantiradi hamda Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markaziga taqdim etadi;
(2-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi belgilangan tartibda loyihalarni moliyalashtirishni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) “Agroservis operator” DUK mazkur mablag‘lar hisobidan intensiv bog‘ va tokzorlar, agrologistika obyektlarini hamda texnologik liniyalarni (zamonaviy issiqxonalar, laboratoriyalar, kichik agrologistika markazlari, qayta ishlash quvvatlari), oziq-ovqat sanoatidagi liniyalarni qurib, tayyor holda tashabbuskorlarga lizing asosida topshiradi. Bunda lizing to‘lovi 10 foizi oldindan to‘lash, 10 foizi tashabbuskorlar ulushi, 80 foizi 10 yil davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, mazkur tartib doirasida ajratiladigan mablag‘lar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
milliy valyutada 14 foiz stavkada ajratiladi. Bunda AQSH dollariga nisbatan o‘zbek so‘mining valyuta kursi tebranishlari tufayli yuzaga keladigan xarajatlar O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti hisobidan qoplanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy valyutada jalb qilingan foiz stavkasiga bir foizlik punkt qo‘shilgan holda taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik mazkur bandda nazarda tutilayotgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish maqsadida xalqaro moliya institutlaridan jalb qilingan 130 mln AQSH dollari miqdoridagi mablag‘larni yo‘naltirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Vazirlikning Geoaxborot tizimida 8 ta asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi (paxta, g‘alla, sholi, piyoz, sabzi, kartoshka, makkajo‘xori hamda moyli ekinlar) mahsulotlarining ekilishini, vegetatsiya davrini monitoring va tahlil qilish amaliyoti joriy etiladi. Bunda, “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasi tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari bilan “Elektron hukumat” tizimining tegishli platformalari orqali o‘zaro integratsiya qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliq qo‘mitasi, Kadastr agentligi, Bojxona qo‘mitasi bir oy muddatda o‘zining tegishli platformalari Vazirlikning yagona integratsion platformasiga integratsiya qilinishini ta’minlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2023-yil 1-iyunga qadar paxta, g‘alla, meva-sabzavotlar yetishtirish uchun imtiyozli kredit ajratish jarayonlari raqamlashtiriladi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga shaffoflik tamoyilida xizmat ko‘rsatish uchun “Agroplatforma” axborot tizimi joriy etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, tijorat banklari imtiyozli kredit ajratishi uchun ularga “Agroplatforma” axborot tizimi orqali idoralararo elektron ma’lumot almashinuvi yordamida taqdim etilgan yer ijara shartnomalari yoki ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida Davlat reyestri ko‘chirmalaridan foydalanish imkoniyati yaratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning vakillari bo‘lgan jismoniy shaxslar 2-ilovadagi ro‘yxatga muvofiq chakana savdo obyektlarida tovarlar xaridini amalga oshirganda va ushbu xaridni soliq organlarining maxsus mobil ilovasida xarid chekining fiskal belgisini matritsali shtrix kod (QR-kod) yordamida skanerlash orqali ro‘yxatdan o‘tkazganda, ularning bank kartalariga har oy yakuni bilan xarid summasining 1 foizi miqdoridagi to‘lov o‘rniga, xarid summasida to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi respublika budjetidan qaytariladi. Bunda qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini qaytarish oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha bo‘lgan xaridlar summasi doirasida amalga oshiriladi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan to‘lovlar respublika budjetining daromadlar qismida qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarishga rejalashtirilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 1-iyundan boshlab qishloq xo‘jaligi sohasidagi barcha subsidiyalar Vazirlikning “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga subsidiya berish” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish va ularni xarid qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-225-son qarori doirasida Agentlikning Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasiga 12 oy muddatga, shu jumladan 11 oylik imtiyozli davr bilan, 2023-yilda 400 milliard so‘m (birinchi yarim yillikda 200 mlrd so‘m) budjet ssudasini yillik 10 foiz stavkada ajratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vazirlik:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2023-yil 1-noyabrga qadar xalqaro moliya institutlarining 2 mln AQSH dollari miqdoridagi mablag‘lari hisobidan hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, Marhamat, Toshloq, Mingbuloq, Nukus, Ellikqal’a, Urganch, Buxoro, Xatirchi, Bulung‘ur, Jomboy, Qamashi, Yakkabog‘, Sherobod, Denov, Sharof Rashidov, Boyovut, Ohangaron va Chinoz tumanlarida xususiy sektorni jalb qilgan holda meva-sabzavot, kartoshka, poliz ekinlarini intensiv usulda yetishtirish bo‘yicha ko‘rgazmali dala maydonlarini tashkil qilish choralarini ko‘rsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2025-yil mart oyiga qadar xalqaro moliya institutlarining 3 mln AQSH dollari miqdoridagi mablag‘lari hisobidan Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti hamda Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti huzurida xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan oziq-ovqat va meva-sabzavotchilik yo‘nalishidagi laboratoriyani tashkil etsin;
(6-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-iyundagi PQ-233-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2024-y., 07/24/233/0450-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) har oyda bitta hududda xalqaro moliya institutlarining grant mablag‘lari hisobidan Bilim va innovatsiyalar milliy markazi, tegishli ilmiy-tadqiqot institutlari va boshqa ilmiy muassasalarni jalb qilgan holda xorijiy va mahalliy malakali mutaxassislar ishtirokida meva-sabzavot, kartoshka, poliz, dukkakli va moyli ekinlar, dorivor o‘simliklar yetishtirish, ularni qayta ishlash, eksport qilish bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazib borsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) 2023-yil 1-noyabrga qadar Bilim va innovatsiyalar milliy markazi huzurida Yuqori Chirchiq tumanida, agrar biznes sohasidagi mutaxassislar, tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan agroklasterlar, fermerlar, dehqon xo‘jaliklarining bilimlarini oshirish, ularda yangi zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirish, shuningdek, biznes loyihalarini tayyorlash bo‘yicha agrar sohada biznes maktab tashkil qilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, ushbu maktab “Agrobank” ATBning joylardagi agromarkazlari, ma’muriy bo‘ysunuvidan qat’i nazar, agrar sohadagi agromaslahat va tavsiyalarni berish faoliyatini olib borayotgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining tegishli tuzilmalari va ilmiy muassasalar bilan o‘zaro muvofiqlashgan holda tashkil etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) respublika hududlaridagi oziq-ovqat bozorlari va savdo komplekslarida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘sishi yuzasidan monitoring olib borsin hamda ushbu ma’lumotlarni Vazirlik saytida hamda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilib borsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, Vazirlik huzurida asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini tahlil qilish markazi (yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan) tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Suv xo‘jaligi vazirligi, Vazirlik 2023-yilda 3-ilovada keltirilgan prognoz ko‘rsatkichlariga muvofiq 100,4 ming gektar yer maydonlarining qishloq xo‘jaligida foydalanishga kiritilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hamda tumanlar hokimliklari, Vazirlik, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bir oy muddatda mahsulot yetishtiruvchilar bilan tayyorlov, ta’minotchi, qayta ishlovchi va eksport qiluvchi, savdo-xarid tashkilotlari va qishloq xo‘jaligi kooperativlari o‘rtasida 2023-yil hosili uchun mahsulot yetkazib berish va xarid qilish bo‘yicha shartnomalar tuzilishiga va ularning o‘z vaqtida bajarilishiga mas’ul etib belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Agentlik:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
import qilinayotgan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat import mahsulotlarini, shu jumladan 25 turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini respublikada ishlab chiqarish va ko‘paytirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishda tadbirkorlik subyektlariga ko‘maklashsin va xizmat ko‘rsatsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akademik Maxmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan birgalikda 2023-yilda mevali bog‘ va uzumzorlar barpo etadigan fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi korxonalari talabidan kelib chiqqan holda muvofiqlik sertifikatiga ega mevali bog‘ va uzum ko‘chatlari yetkazib berishni tashkil etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, 2023-yil bahor va kuz oylarida har bir viloyatda o‘rtacha 250 — 300 gektardan namunaviy bog‘-tokzorlar barpo etsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uch oy muddatda bog‘dorchilik va uzumchilik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini to‘liq raqamlashtirgan holda ularning pasportlari yaratilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Suv xo‘jaligi vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda sug‘orish mavsumida tasdiqlangan suv olish limitlari doirasida qishloq xo‘jaligi ekinlarini suvga bo‘lgan talabdan kelib chiqib, sug‘orish jadvallari asosida o‘z vaqtida suv bilan ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Belgilansinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasida chorvaga ozuqa yetishtirish uchun aholiga dehqon xo‘jaligi yuritish maqsadida beriladigan yerlarning maydoni 2 gektardan 5 gektarga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2023-yilda amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 5-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Vazirlik ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga Vazirlik bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib qishloq xo‘jaligi vaziri A.B. Voitov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 5-aprel,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-113-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-apreldagi PQ-113-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublikada 2023-yil hosili uchun barcha toifa xo‘jaliklari tomonidan yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PROGNOZ HAJMLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

(tonna)

T/r

Hudud nomi

Jami

shundan qishloq xo‘jaligi ekinlari:

Sabzavot

Poliz

Kartoshka

Dukkakli

Moyli

Sholi

Ozuqabop

Meva

Uzum

Boshqalar

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

3 469 476

331 421

185 826

144 240

16 590

56 815

147 250

2 490 732

67918

12741

15943

2.

Andijon viloyati

4 823 850

1 853 649

214 711

418 312

25 454

36 740

36 918

1 414 493

725556

93295

4721

3.

Buxoro viloyati

3 613 110

927 000

208 000

249 218

10 453

26 090

13 065

1 601 615

302000

228000

47669

4.

Jizzax viloyati

3 494 610

479 989

287 896

144 807

114 648

48 123

2 400

2 275 490

98146

33927

9183

5.

Qashqadaryo viloyati

4 349 528

560 266

189 575

214 007

58 797

22 518

400

3 010 856

172438

111687

8984

6.

Navoiy viloyati

1 686 398

338 246

106 074

85 735

15 561

13 161

6 000

897 371

115371

94504

14376

7.

Namangan viloyati

3 596 830

1 001 548

136 836

528 932

85 325

28 027

17 317

1 298 414

346066

154033

332

8.

Samarqand viloyati

4 686 926

1 941 443

174 007

930 252

65 801

15 100

377 249

390618

709653

82804

9.

Surxondaryo viloyati

3 319 965

1 193 118

345 264

350 518

70 464

12 467

11 458

1 009 822

188377

119796

18680

10.

Sirdaryo viloyati

1 904 289

355 287

299 805

74 702

51 693

12 337

59 040

936 208

44043

15320

55856

11.

Toshkent viloyati

4 202 803

1 183 375

67 761

473 474

58 273

24 793

40 100

2 115 256

120596

118680

495

12.

Farg‘ona viloyati

3 770 121

1 328 192

163 457

361 466

32 632

31 370

48 722

1 181 404

406363

204333

12182

13.

Xorazm viloyati

3 055 243

680 099

165 452

144 093

8 849

11 231

144 650

1 680 329

167625

52432

483

14.

Toshkent shahri

33 272

18 622

5 354

1 086

920

3 611

3679

Jami:

46 006 422

12 192 255

2 544 665

4 125 109

615 625

338 774

528 240

20 292 848

3 145 117

1 948 400

275 388

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-apreldagi PQ-113-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan jismoniy shaxslar tomonidan sotib olinganda qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi qaytarib beriladigan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
RO‘YXATI*
(2-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Qo‘y go‘shti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Parranda go‘shti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mol go‘shti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Tuxum
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘simlik yog‘i
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Un
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Shakar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Dori vositalari va tibbiy xizmatlar.
(2-ilova O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-yanvardagi PQ-13-son qaroriga asosan 6 — 8-bandlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2024-y., 07/24/13/0013-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*Izoh: mahsulotlar (tovarlar va xizmatlarning) identifikatsiya kodlari (MXIK) asosida aniqlanadi va ushbu kodlar Soliq qo‘mitasi tomonidan mustaqil belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-apreldagi PQ-113-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2023-yilda qayta foydalanishga kiritiladigan va o‘zlashtiriladigan yer maydonlarining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PROGNOZ KO‘RSATKICHLARI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Hudud nomi

2023-yilda foydalanishga kiritiladigan maydon

(gektar)

shu jumladan:

sug‘oriladigan maydonlar hisobidan

lalmi-yaylov maydonlarni o‘zlashtirish hisobidan

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

13 175

13 175

2.

Andijon viloyati

1 440

1 4401440

3.

Buxoro viloyati

15 000

5 000

10 000

4.

Jizzax viloyati

10 661

2 042

8 620

5.

Qashqadaryo viloyati

14 000

4 539

9 461

6.

Navoiy viloyati

5 048

198

4 850

7.

Namangan viloyati

2 151

2 151

8.

Samarqand viloyati

6 420

6 420

9.

Surxondaryo viloyati

2 925

1 567

1 358

10.

Sirdaryo viloyati

3 501

3 501

11.

Toshkent viloyati

22 115

2 115

20 000

12.

Farg‘ona viloyati

2 578

2 578

13.

Xorazm viloyati

1 400

1 400

Jami

*100 414

37 128

63 287

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*Izoh: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-27-son Farmonida 2023-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda jami 100 ming gektar yer maydonlari qayta foydalanishga kiritilishi belgilangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-apreldagi PQ-113-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2023-yilda amalga oshirish bo‘yicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Moliyalashtirish manbalari

Ijro muddati

Ijro uchun mas’ullar

I. Aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash

1.

“Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasida quyidagilarni nazarda tutish:

oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom ovqatlanishni ta’minlash, yer va suv resurslari, ekologik va moliyaviy boshqaruv tizimlarini takomillashtirish;

samarali bozor iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi, shu jumladan strategik mahsulotlar zaxirasini yaratish;

yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni boshqarishda oldindan ogohlantirish va monitoring platformasini yaratish;

ijtimoiy himoyaning milliy tizimlarini takomillashtirish va barqarorligini ta’minlash;

oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi darajasini yaxshilash uchun sog‘lom ovqatlanish tamoyillarini hamda xavfsizlikni ta’minlash amaliyotlari va ko‘rsatkich me’yorlarini targ‘ib qilishni ko‘zda tutish.

Loyihani manfaatdor vazirlik idoralar bilan kelishish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2023-yil dekabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

2.

Boshoqli don hosildorligini o‘rtacha 68 sentnerga yetkazish.

1. Hududlarning ob-havo sharoitidan kelib chiqib, azotli mineral o‘g‘itlar bilan tabaqalashtirilgan holda oziqlantirishni tashkil etish.

2. Begona o‘t, zang va boshqa kasalliklar hamda zararkunanda hasharotlarga qarshi tizimli chora-tadbirlar ko‘rish.

3. 100 ming ga g‘alla maydonlarini lazerli yer tekislash, 184 ming ga g‘allani zamonaviy seyalkada ekishni tashkil etish.

4. Yangi ertapishar, don sifat ko‘rsatkichlari va hosildorligi yuqori bo‘lgan navlar maydonini 585 ming gektarga kengaytirish.

Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi va mahsulot yetishtiruvchi subyektlar mablag‘lari, bank kreditlari

2023-yil davomida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

3.

Yuqori avlodli urug‘lik kartoshka yetishtirishni yo‘lga qo‘yish.

1. Super va super elita urug‘lik kartoshka yetishtirishni yo‘lga qo‘yish uchun boshlang‘ich material sifatida yuqori hosildorlikka ega, sifat ko‘rsatkichlari yaxshi, kasallikka chidamli, davlat reyestriga kiritilgan kartoshka navlarini tanlash.

Tashabbuskorlar mablag‘lari, bank kreditlari, XMI mablag‘lari

2023-yil aprel-may

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Urug‘chilikni rivojlantirish markazi, viloyatlar hokimliklari

2. Mavjud 5 ta “in-vitro” laboratoriyalari tomonidan yetishtirilgan kartoshka o‘simligidan maxsus issiqxonalarda va ochiq joylarda yil yakuniga qadar 23 mln dona super va super elita urug‘lik yetishtirishni yo‘lga qo‘yish.

2023-yil oktabr-noyabr

3. Super va super elita urug‘lik kartoshka yetishtirish bo‘yicha joylarda ko‘rgazmali seminarlar o‘tkazish va doimiy ravishda nazorat o‘rnatish.

doimiy

4. Urug‘lik kartoshka ekilgan maydonlarda agrotexnik tadbirlar olib borilishi yuzasidan doimiy monitoring yuritish.

mavsum davomida

4.

Respublikadagi mavjud “in-vitro” laboratoriyalarida meva va uzumning sifatli ko‘chatlarini ko‘paytirish.

1. Respublikada mavjud meva-uzum ko‘chatchiligiga ixtisoslashgan 9 ta “in-vitro” laboratoriyalarida virusdan holi bo‘lgan 8 mln dona ko‘chatlar, payvandtaglar va o‘simliklar tayyorlash.

2. Ko‘chatchilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklarning ochiq va yopiq maxsus dala maydonlarida laboratoriyada yetishtirilgan o‘simliklarni ekish va parvarishlash ishlarini tashkil etish.

3. Xalqaro moliya institutlarining kredit mablag‘larini jalb etish.

Tashabbuskorlar mablag‘lari, bank kreditlari, XMI mablag‘lari

2023-yil davomida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

5.

Meva (danakli, yong‘oq mevali, anor) va uzum yetishtirishni ko‘paytirish uchun yangi mevali bog‘ va uzumzorlar barpo etish.

1. Hududlarda 25 ming gektar bog‘lar va 35 ming gektar uzumzorlar barpo etish.

2. Talab etiladigan ko‘chatlar va boshqa moddiy resurslarni yetkazib berish choralarini ko‘rish.

3. Iqtisodiy samara bermayotgan 8 ming gektar yaroqsiz bog‘ va 3,5 ming gektar yaroqsiz uzumzorlarni rekonstruksiya qilish.

4. Yerosti suvlarining zaxirasi va tarkibini o‘rganish, barpo etiladigan intensiv bog‘lar uchun sug‘orish tizimini (tik quduqlar burg‘ilash) joriy qilish.

5. Tomchilatib sug‘orish texnologiyalari joriy qilingan subyektlarga amaliy yordam berish.

Tashabbuskorlar mablag‘lari, bank kreditlari, XMI mablag‘lari

2023-yil dekabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi, “Agroservis operator” DUK, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

6.

Asosiy maydonlarda chorva ozuqasi ekinlari ulushini 12 foizga yetkazish.

1. Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markaziga qarashli 200 gektar hamda Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutiga tegishli 12,5 gektar maydonlarda ozuqabop ekinlardan makkajo‘xori, lavlagi va oraliq ekinlarning elita va super elita urug‘larini yetishtirishni yo‘lga qo‘yish.

2. Yetishtirilgan urug‘larni chorvachilik subyektlariga yetkazib berish.

3. Chorva ozuqa maydonini 430 ming gektarga yetkazish.

Bunda, bahor va kuz mavsumida 206 ming gektar paxta va g‘alla maydonlarida almashlab (beda va boshqa ozuqabop) ekishni 10 foizga yetkazish.

Mazkur maydonlarning har gektaridan o‘rtacha 300 sentner hosil olish va 12,5 mln tonna ozuqabop mahsulotlar yetishtirish.

4. Asosiy maydonlarga ekilgan bahorgi makkajo‘xoridan bo‘shagan maydonlarning 102,2 ming gektariga oraliq ekinlar ekish.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar mablag‘lari, shu jumladan bank kreditlari

2023-yil davomida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

7.

Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini 3,8 foizga oshirish.

Chorva mollari bosh sonini ko‘paytirish va mahsuldorligini oshirish bo‘yicha yangi loyihalarni amalga oshirish. Bunda:

1. 1 900 ta chorvachilik loyihalarini ishga tushirish hamda 250 ta chorvachilik subyektlarini “Naslchilik toifasi”ga o‘tkazish.

2. Sun’iy urug‘lantirishga jalb etilgan 3 ming nafar texnik oseminatorlardan (urug‘lantiruvchilar) 15 foizining bosqichma-bosqich malakasini oshirish.

3. Yirik shoxli qoramol bosh sonini 14,7 mln boshga, qo‘y-echkilarni 24,3 mln boshga, parranda bosh sonini 100,1 mln boshga yetkazish.

Xalqaro moliya institutlari va tijorat banklari kreditlari, tashabbuskorlar mablag‘lari

2023-yil davomida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

8.

Aholi jon boshiga go‘sht (tirik vaznda) ishlab chiqarish 48 kg, sut ishlab chiqarish 340 l, tuxum ishlab chiqarish 230 dona va baliq ishlab chiqarishni 9 kgga yetkazish choralarini ko‘rish.

1. Aholi jon boshiga zarur bo‘ladigan go‘sht, sut, tuxum va baliq mahsulotlari bilan ta’minlash bo‘yicha (Qoramolchilik, qo‘ychilik, parrandachilik, yilqichilik, tuyachilik, baliqchilik) yangi loyihalar ishga tushirilishini ta’minlash.

2. Barcha toifa xo‘jaliklari tomonidan chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikda naslni yaxshilash, to‘la qiymatli oziqlantirishni qo‘llash va saqlash sharoitlarini yaxshilash orqali go‘sht ishlab chiqarishni 2,8 mln tonnaga, sut ishlab chiqarishni 12,3 mln tonnaga, tuxum ishlab chiqarishni 8,7 mlrdga hamda baliq yetishtirishni 400 ming tonnaga yetkazish.

Xalqaro moliya institutlari va tijorat banklari kreditlari, tashabbuskorlar mablag‘lari

2023-yil davomida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, “Parrandasanoat” uyushmasi, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi, respublika tijorat banklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

9.

Pillachilikda yillik o‘sish sur’atlarini kamida 6 foizga yetkazish hamda ipak qurti ozuqa bazasini mustahkamlash.

1. Pillachilik mavsumlarida 443,5 ming quti ipak qurti parvarishlash hamda 25,7 ming tonna pilla ishlab chiqarish.

2. Ozuqa bazasini mustahkamlash maqsadida jami 123,8 mln tup tut ko‘chatlari ekish ishlarini tashkil etish.

3. 3,1 trln so‘mlik ipak mahsulotlari ishlab chiqarish, yillik prognoz o‘sishni ta’minlash.

Xalqaro moliya institutlari va tijorat banklari kreditlari va tashabbuskorlar mablag‘lari

2023-yil davomida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

10.

Cho‘l-yaylov o‘simliklari urug‘chiligini rivojlantirish.

1. Birlamchi urug‘chilik yetishtirish uchun yer maydonlarini tanlash.

2. 3,6 ming gektar yaylov maydonlariga cho‘l-yaylov ozuqabop o‘simliklarining birlamchi urug‘chiligini tashkil qilish.

3. Mavjud cho‘l-yaylov ozuqabop o‘simliklari urug‘chilik maydonlari hisobidan 15 turdagi 42 tn cho‘l yaylov ozuqabop o‘simliklari urug‘i zaxirasini yaratish.

Tijorat banklari kreditlari va tashabbuskorlar mablag‘lari

2023-yil davomida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

11.

Parrandachilik yo‘nalishida naslchilikni rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish.

Parrandachilik yo‘nalishidagi 281 ta loyihani amalga oshirish.

Bunda, parrandachilik yo‘nalishida naslchilik xo‘jaliklari sonini 52 taga yetkazish;

inkubatsion tuxum ishlab chiqarishni 290 mln donaga yetkazish.

Xalqaro moliya institutlari va tijorat banklari kreditlari, tashabbuskorlar mablag‘lari

2023-yil davomida

“Parrandasanoat” uyushmasi, respublika tijorat banklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

12.

Baliqchilikni rivojlantirish va baliq yetishtirish hajmini ko‘paytirish.

Baliqchilikni rivojlantirish va baliq yetishtirish hajmini ko‘paytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash.

Bunda, hududlardagi hosildorligi past bo‘lgan sun’iy suv havzalarini bosqichma-bosqich intensivlashtirish va baliq yetishtirish hosildorligini 4-5 barobarga oshirish;

3 ta oqsilga boy omuxta yem ishlab chiqarish korxonalarini ishga tushirish;

ishlab chiqarishga mo‘ljallangan 7 ta baliq lichinkalarini ishlab chiqaruvchi zamonaviy inkubatsiya sexlari va reproduktor havzalar barpo etish.

Xalqaro moliya institutlari va tijorat banklari kreditlari, tashabbuskorlar mablag‘i

2023-yil davomida

“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi, Suv xo‘jaligi vazirligi, respublika tijorat banklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari.

13.

Asalarichilikni rivojlantirish va asal yetishtirishni ko‘paytirish.

1. 2023-yilda asalari oilalari sonini 1,4 mln donaga yetkazish va 31 ming tonna asal yetishtirish.

2. Asalari paketlari eksportini 350 ming donaga yetkazish.

Bank kreditlari va tashabbuskorlar mablag‘lari

2023-yil davomida

O‘zbekiston asalarichilari uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

II. Qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish

14.

“Qishloq xo‘jaligi kooperativi” to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini qabul qilish.

1. “Qishloq xo‘jaligi kooperativi” to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2. Loyihani manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

3. Qonunning qabul qilinishini ta’minlash.

Mablag‘ talab etilmaydi

2023-yil sentabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon va tomorqa yer egalari kengashi

15.

Oziq-ovqat tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish maqsadida import o‘rnini bosuvchi 25 turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirish choralarini ko‘rish.

1. Oziq-ovqat sanoati uchun xomashyo bazasini bosqichma-bosqich kengaytirish.

Bunda, qayta ishlash quvvatlarini meva-sabzavotda 3,2 mln tonnaga, sutda 3 mln tonnaga va go‘shtda 450 ming tonnaga yetkazish;

qayta ishlash darajasini meva-sabzavotda 18 foizga, go‘shtda 22 foizga, sutda 28 foizga yetkazish choralarini ko‘rish.

2. Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi tomonidan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat import mahsulotlarini respublikada ishlab chiqarish va ko‘paytirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishda tadbirkorlik subyektlariga ko‘maklashish va xizmat ko‘rsatishni tashkil etish.

Hisob-kitoblar asosida

2023-yil dekabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

16.

Hududlarda 10 ta agrologistika markazlari va 41 ta sovitkichli sig‘imlarni tashkil etish.

1. Respublika hududlarida tashkil etiladigan agrologistika markazlari va saqlash korxonalarining manzilli ro‘yxatini shakllantirish.

Tashabbuskorlar o‘z mablag‘lari, xorijiy investitsiyalar va bank kreditlari

2023-yil aprel

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

2. Amalga oshiriladigan loyihalarda investitsiya mablag‘larining o‘zlashtirilishi hamda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha oylik monitoring o‘rnatish.

3. Loyihalarni ishga tushirish jarayonida yuzaga keladigan muammolarni o‘rganish va bartaraf etish choralarini ko‘rib borish.

2023-yil davomida

17.

Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti hajmini 1,6 mlrd dollarga yetkazish.

1. Xorijdagi diplomatik vakolatxonalar tomonidan yirik savdo tarmoqlari ro‘yxatini va buyurtmalar portfelini shakllantirish.

2. Asosiy turdagi meva-sabzavot mahsulotlarining tashqi bozorlardagi narx-navo konyunkturasini tahlil qilish.

3. 2,5 mln tonna meva-sabzavot mahsulotlarini eksportga yo‘naltirish.

4. Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati korxonalariga xalqaro standartlar (Organic, Global G.A.P. va boshqalar) talablarini joriy qilish.

5. GSP+ doirasida mahsulotlar eksporti hajmini 2 barobarga oshirish.

6. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi va ishlab chiqaruvchi korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va eksport geografiyasini oshirish.

Davlat budjeti va tashabbuskorlar mablag‘lari

2023-yil davomida

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

18.

Umumiy oziq-ovqat mahsulotlarining eksport hajmida qayta ishlangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulushini 30 foizdan 37 foizga yetkazish choralarini ko‘rish.

1. Xorijdagi diplomatik vakolatxonalar (Yevropa va Yaqin Sharq davlatlari, Qozog‘iston, Rossiya, Belarus, Ukraina, Latviya, Koreya, BAA, Hindiston, Pokiston, Afg‘oniston, Xitoy va boshqalar) tomonidan yirik savdo tarmoqlari ro‘yxatini va buyurtmalar portfelini shakllantirish.

2. Oziq-ovqat mahsulotlarining tashqi bozorlardagi narx-navo konyunkturasini tahlil qilib borish.

3. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash.

Davlat budjeti va tashabbuskorlar mablag‘lari

2023-yil davomida

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

19.

Qishloq xo‘jaligida har gektar sug‘oriladigan yerdan olinadigan o‘rtacha daromadni 4,8 ming AQSH dollariga yetkazish.

1. Innovatsion texnologiyalarni qo‘llash orqali paxta, g‘alla, meva-sabzavot va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori hosil olish va daromadni oshirish.

2. Meva-uzumchilikda “in-vitro” laboratoriyalarida 8 mln dona sertifikatlangan ko‘chatlarni ko‘paytirish uchun 4 gektar issiqxonalar tashkil etish.

3. Sabzavotchilikda 28,2 ming gektarda intensiv usulda mahsulot yetishtirishni tashkil etish.

4. G‘alladan bo‘shagan 783 ming gektar ekin maydonlarida takroriy ekinlarni ekish asosida qo‘shimcha daromad olishni ta’minlash.

Davlat budjeti va tashabbuskorlar mablag‘lari

2023-yil davomida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

20.

2023-yilda xalqaro va mahalliy konsalting kompaniyalarini jalb qilgan holda meva-sabzavotchilik yo‘nalishidagi klaster va kooperativlarning har biriga alohida yondashgan holda ularning biznes rejalari va rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqishga ko‘maklashish.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi orqali jalb qilingan 1,5 million AQSH dollari miqdoridagi grant mablag‘laridan samarali foydalanish choralarini ko‘rish.

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

2023 — 2026-yillar davomida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

III. Soha boshqaruvida davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish

21.

Mahsulot yetishtiruvchi tadbirkorlik subyektlariga hududlarning tuproq-iqlim sharoiti, suv bilan ta’minlanganlik darajasidan kelib chiqqan holda qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish bo‘yicha tavsiya berish, ichki va tashqi bozorlardagi joriy hamda prognoz narxlari to‘g‘risida xabardor qilish tizimini yo‘lga qo‘yish mexanizmini ishlab chiqish.

1. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi tadbirkorlik subyektlariga hududlarning tuproq-iqlim sharoiti, suv bilan ta’minlanganlik darajasidan kelib chiqqan holda qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish bo‘yicha tavsiya berish.

2. Ichki va tashqi bozorlardagi joriy hamda prognoz narxlar to‘g‘risida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni xabardor qilish tizimini yo‘lga qo‘yish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2023-yil iyul

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi

22.

Hududlardagi dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga o‘simliklarni himoya qilish sohasida “Karantin xizmati — dehqonga ko‘makchi” tizimini joriy etish.

1. Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga “Karantin xizmati — dehqonga ko‘makchi” shiori ostida zararli organizmlardan himoya qilishda uyg‘unlashgan qarshi kurash bo‘yicha inspektorlar tomonidan ko‘rgazmali seminar va taqdimotlar o‘tkazish.

2. Uyg‘unlashgan qarshi kurash (IPM) bo‘yicha ixcham va ommabop flayerlarni (5 mln dona) joylarga yetkazish.

3. Innovatsion “Agroko‘makchi” mobil ilovasidan foydalanish usullarini keng ommaga yetkazish.

4. Agrosanoat majmui tarkibidagi idoralar xodimlarini uyg‘unlashgan qarshi kurash bo‘yicha o‘qitib, trener sifatida tayyorlash.

5. Mahsulot yetishtiruvchi subyektlarning o‘simliklarni himoya qilish, mahsulotlarni eksportga tayyorlash sohasidagi bilim va saviyalarini doimiy ravishda oshirib borish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2023-yil davomida

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari

23.

Agrar va oziq-ovqat sohasini rivojlantirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1 mlrd dollardan ortiq mablag‘larni yo‘naltirish.

1. Xalqaro moliya institutlari bilan birgalikda jalb qilinadigan loyihalarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va kelishish.

Bunda, agrar va oziq-ovqat sohasini rivojlantirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 386,2 mln dollar imtiyozli kredit mablag‘larini jalb qilish.

2. Davlat va hududiy investitsiya dasturlari doirasida shakllantirilgan 711 mln dollarlik investitsiya loyihalarini amalga oshirish.

3. Loyihalarni ishga tushirish va ularning bajarilishi ustidan monitoring yuritish.

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari, tashabbuskorlar o‘z mablag‘lari

2023-yil davomida

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

24.

Hududlarda fitosanitar laboratoriyalar faoliyatini to‘liq yo‘lga qo‘yish.

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Navoiy, Jizzax, Namangan viloyatlarida fitosanitar laboratoriyalarni zarur uskunalar bilan jihozlash va faoliyatini tashkil etish.

2. Hududiy laboratoriyalar faoliyatini to‘liq raqamlashtirish.

3. Laboratoriyalar xodimlarini xorijda yoki xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda o‘qitish va malakasini oshirib borish.

4. Xorijiy davlatlarning fitosanitar laboratoriyalari bilan o‘zaro taqqoslama laboratoriya tahlillarini o‘tkazish.

Xalqaro moliya institutlari va davlat budjeti mablag‘lari

2023-yil davomida

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qashqadaryo, Navoiy, Jizzax va Namangan viloyatlari hokimliklari

IV. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash

25.

Yerlarning sho‘rlanish darajasini pasaytirish tadbirlarini amalga oshirish.

Yerlarning sho‘rlanish darajasini pasaytirish. Bunda:
14,3 ming km kollektor-drenaj tarmoqlarini ta’mirlash;
2,1 ming dona meliorativ quduqlarga yerosti suvlari minerallashuvini onlayn nazorat qiluvchi qurilmalarni o‘rnatish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘yicha sho‘rlangan maydonlar xaritasini ishlab chiqish.

Hisob-kitoblar asosida Davlat budjeti va tadbirkorlar mablag‘lari

2023-yil davomida

Suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi

26.

Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda suvni tejaydigan innovatsion sug‘orish texnologiyalari joriy etiladigan ekin maydonlarini kengaytirish orqali 7 mlrd metrkub suvni iqtisod qilish.

1. 300 ming gektar maydonda suv tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hamda 200 ming gektar qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini lazerli tekislagich yordamida tekislash ishlarini amalga oshirish.

2. Irrigatsiya (428 km kanal, 39 km lotok tarmoqlari) obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish.

3. 411 km kollektor-drenaj tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish hisobiga tuproqning meliorativ holatini yaxshilash.

4. Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi 13057 ta obyektga raqamli texnologiyalarni joriy qilish.

Respublika va mahalliy budjet hamda tashabbuskorlar mablag‘lari

2023-yil davomida

Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

27.

Qishloq xo‘jaligi vazirligining “E-IJARA” axborot tizimi orqali aholiga 92,6 ming gektar yer maydonini dehqon xo‘jaligini tashkil etish maqsadida ochiq elektron tanlov orqali ajratish.

1. Dehqon xo‘jaligini tashkil etish maqsadlari uchun zaxiradagi yer maydonlarini lotlar asosidagi yer tuzish loyihalarini ishlab chiqqan holda ochiq elektron tanlovlarga chiqarish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2023-yil may

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Kadastr agentligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, tegishli vazirlik va idoralar

2. Dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun aholiga, jumladan ijtimoiy ehtiyojmand oilalarga yer maydonlarini ochiq elektron tanlov orqali ajratish ishlarini samarali tashkil etish.

2023-yil davomida

28.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda jami 100 ming gektar (37,1 ming ga foydalanishdan chiqqan sug‘oriladigan yer hisobidan, 63,3 ming ga lalmi-yaylovlar hisobidan) yer maydonlarini foydalanishga kiritish.

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan shakllantirilgan manzilli ro‘yxatga muvofiq, foydalanishga kiritiladigan yer maydonlarida 1745 km irrigatsiya tarmoqlarini va 1844 km meliorativ tarmoqlarini ta’mirlash-tiklash, 995 dona sug‘orish quduqlarini qazish, 111 dona nasos agregatlarini qurish, 306 dona transformatorlar o‘rnatish va 463 km elektr tarmoqlarini tortish tadbirlarini amalga oshirish.

2. Qayta foydalanishga kiritilgan va o‘zlashtirilgan yer maydonlarda ekinlarning joylashtirilishi yuzasidan monitoring yuritish.

Davlat budjeti va tashabbuskorlar mablag‘lari

2023-yil davomida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

29.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni tartibga solish tizimini takomillashtirish.

1. “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.

Bunda, amaldagi qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchilarning ixtisosligini o‘zgartirish;

sug‘oriladigan ekin yerlarda bog‘dorchilik, uzumchilik va boshqa ko‘p yillik daraxtzorlar hamda yengil tipdagi issiqxonalarni tashkil etish tartibini belgilash;

yerdan foydalanuvchilarning qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan boshqa yer turlari hududida yengil konstruksiyali infratuzilma obyektlarini (ko‘chma obyektlar, konteynerlardan tashkil topadigan dala shiyponi, mahsulot saqlanadigan kichik omborlar, qayta ishlash va qadoqlash sexlari) qurish uchun yer uchastkalarini ajratish tartibini belgilash nazarda tutiladi.

Ushbu tartiblari joriy etish bo‘yicha mezonlar va talablar Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan belgilanadi va uning xulosalari asosida amalga oshiriladi.

2. Loyihani manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2023-yil sentabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar

30.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Qashqadaryo viloyatida suv resurslarini boshqarish jarayonini avtomatlashtirish loyihasini amalga oshirish.

XMI mablag‘larini jalb qilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Qashqadaryo viloyatida Avstraliyaning “Rubikon” kompaniyasi tajribasi asosida suv resurslarini boshqarish jarayonini avtomatlashtirish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Xalqaro moliya institutlarining kredit va grant mablag‘lari

2023-yil dekabr

Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qashqadaryo viloyati hokimligi

V. Tarmoqni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan davlat xarajatlarini bosqichma-bosqich diversifikatsiya qilish

31.

Agrar va oziq-ovqat sohalarini subsidiyalash to‘g‘risidagi nizomni qabul qilish.

1. Subsidiyalashning ustuvor yo‘nalishlari va siyosiy maqsadlarini aniqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash huzurida agrar va oziq-ovqat sohalarini subsidiyalash bo‘yicha texnik ishchi guruhni tashkil etish.

2. Qishloq xo‘jaligiga ajratilayotgan subsidiyalar monitoringini yuritish va baholash maqsadida vazirlik tizimida bo‘lim tashkil etish.

3. Ushbu bo‘limga davlat idoralari tomonidan sektorga taqsimlangan barcha subsidiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni jamlash, tahlil qilish va ularning ta’sirini baholash vazifasini yuklash.

4. Subsidiya ajratishda talab etiladigan hujjatlarni qisqartirish.

5. Sohaga yangi subsidiyalarni joriy etishda tariflar, muddatlar, tartiblar va javobgarliklarni aniq belgilash.

Mablag‘ talab etilmaydi

2023-yil may

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

32.

Qishloq xo‘jaligida sug‘urta xizmatlarini takomillashtirish.

1. Qishloq xo‘jaligida Turkiya va Ispaniya davlatlarining qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi bo‘yicha amaliy tajribasidan kelib chiqqan holda hosilni sug‘urtalashni joriy etish.

Xalqaro moliya instituti mablag‘lari

2024-yil II chorak

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “O‘zagrosug‘urta” AJ

2. Germaniyaning “InsuResilience Solutions Fund” fondidan 2,5 mln yevro grant mablag‘lari ajratish bo‘yicha hujjatlarni tayyorlash.

2023-yil aprel — iyun

3. Farg‘ona vodiysida gilos, uzum, o‘rik hosilini Germaniyaning “KFW” banki bilan birgalikda iqlimning noqulay ta’siridan sug‘urtalashni yo‘lga qo‘yish. Bunda, sug‘urta qildiruvchilarning tabiiy geografik joylashuvi, yetishtiriladigan mahsulot turini inobatga olib sug‘urta xizmati narxlarini belgilash.

2024-yil II chorak

33.

Qishloq xo‘jaligi texnikalari parkining yangilanish darajasini 10 foizga oshirish.

1. Mavjud 267,8 mingta qishloq xo‘jaligi texnika va agregatlari holatini tahlil qilish.

Tijorat banklari kredit mablag‘lari, lizing tashkilotlari resurslari va tashabbuskorlar mablag‘lari

2023-yil aprel

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagrolizing” AJ, tijorat banklari

2. Tashabbuskor klasterlar, kooperatsiyalar, fermerlar va mashina-traktor parklari ro‘yxatini shakllantirish.

2023-yil may

3. Tashabbuskorlarga qiymati 2,6 mlrd so‘mlik 11 mingta qishloq xo‘jaligi texnikalarini bank krediti va lizing asosida yetkazib berish choralarini ko‘rish.

2023-yil davomida

34.

Qishloq xo‘jaligida yerdan foydalanish huquqlarini kafolatlash, uni bozor aktiviga aylantirish va likvidlikni ta’minlash.

Yer uchastkasining uzoq muddatli ijara huquqini realizatsiya qilish bozorini shakllantirish bo‘yicha amaldagi qonunchilikni takomillashtirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2023-yil 1-sentabr

Adliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi

35.

Mevali bog‘larda bo‘lg‘usi hosilni kredit ta’minoti sifatida foydalanish hamda sug‘urta qilish bo‘yicha Farg‘ona vodiysida pilot loyihani ishga tushirish.

Mevali bog‘larda bo‘lg‘usi hosilni kredit ta’minoti sifatida foydalanish hamda sug‘urta qilish bo‘yicha Farg‘ona vodiysida pilot loyihani ishga tushirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Mablag‘ talab etilmaydi

Bir oy muddatda

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

VI. Qishloq xo‘jaligida ilm-fan, ta’lim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish

37.

Qishloq xo‘jaligi fundamental tadqiqotlar markazi (center of excellense) faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

1. Qishloq xo‘jaligi fundamental tadqiqotlar markazini tashkil qilish yuzasidan xorijiy hamkorlar bilan kelishuvlarga erishish.

2. Markaz konsepsiyasini ishlab chiqish.

3. Markaz binosining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va uni qurish bilan bog‘liq tegishli tadbirlarni amalga oshirish.

4. Markazda yuqori texnologiyali zamonaviy laboratoriyalar, o‘simliklar florasi milliy genbanki, strategik tahlil markazlarini tashkil etish.

5. Xorijiy hamkorlar bilan birgalikda har yili 25 nafar mahalliy yosh kadrlarni tayyorlash.

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari, Ilmiy faoliyatiga oid davlat dasturlari grantlari va budjetdan tashqari mablag‘lar

2023 — 2026 yillar davomida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

VII. Qishloq hududlarini rivojlantirish

38.

Respublika hududlarida agroturizmni rivojlantirish maqsadida 8 ta agroturizm obyektini ishga tushirish.

1. Qishloq hududlarida agroturizmni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2. Ushbu yo‘nalishda tashabbuskorlarni aniqlash hamda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan vakolatli vazirlik va idoralarga taklif kiritish.

Tashabbuskorlar o‘z mablag‘lari, xorijiy investitsiyalar va bank kreditlari

2023-yil avgust

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Madaniyat va turizm vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

VIII. Tarmoq statistikasining shaffof tizimini ishlab chiqish

40.

Suv resurslaridan foydalanishni raqamlashtirish.

1. Loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va vakolatli organlardan ekspertizadan o‘tkazish.

Xorijiy moliya institutlari mablag‘lari, budjet mablag‘lari va tashabbuskorlar mablag‘lari

2023-yil iyun

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “O‘zbekkosmos” agentligi, “Markaziy aerogeodeziya” DUK tegishli vazirlik va idoralar

2. Axborot tizimini ishlab chiquvchi kompaniyani aniqlash bo‘yicha tanlov o‘tkazish.

2023-yil avgust

3. Irrigatsiya elektron raqamli xaritalarini yaratish (I bosqich).

2023-yil avgust — dekabr

4. Irrigatsiya elektron raqamli xaritalari orqali suv hisobini yuritish, kosmik suratlarni tahlil qilish orqali suv bilan ta’minlanganlik darajasini aniqlash tizimini yo‘lga qo‘yish (II bosqich).

2023 — 2025-yillarda

(alohida reja-grafikka muvofiq)

41.

“Agroplatforma” axborot tizimini joriy etish.

1. Axborot tizimida vazirlik, idora va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning ishlash tartibini belgilovchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

XMI mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar, tashabbuskorlar mablag‘lari

2023-yil may

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Markaziy bank, tegishli vazirlik va idoralar, tijorat banklari

2. “Agroplatforma” axborot tizimini ishlab chiqish va ishga tushirish.

2023-yil avgust

42.

Qishloq xo‘jaligi vazirligining Geoaxborot tizimidan foydalanishni kengaytirish.

1. Geoaxborot tizimini Internet tarmog‘iga joylashtirish va barcha foydalanuvchilar uchun erkin foydalanishni yo‘lga qo‘yish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2023-yil may

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi, tegishli vazirlik va idoralar

2. Integratsiya jarayonlarini kengaytirish, bozordagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlarining o‘zgarishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim qilib borish.

2023-yil dekabr

(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-apreldagi PQ-113-son qaroriga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-maydagi “Respublika hududlarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4709-son qarorining 3-bandi “v” kichik bandining uchinchi xatboshisidagi “Qoramozor hududidan 20 gektar” so‘zlari “Qizilmozor” hududidan 25 gektar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4803-son qarorining 5-bandi oltinchi xatboshisidagi “Qishloq xo‘jaligi vazirligining O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini amalga oshirish boshqarmasi” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-noyabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-20-son qarori 1-bandining “a” kichik bandidagi “196 655” raqami “92 655” raqami bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish va ularni xarid qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-225-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 1-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “100 milliard” so‘zlari “400 milliard” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshi “dorivor o‘simliklar” so‘zlaridan keyin “tut, pilla” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Bunda, olingan qarz mablag‘larini o‘z vaqtida qaytargan, ijobiy kredit tarixiga ega, qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratgan tadbirkorlik subyektlariga qarz mablag‘lari foiz stavkasini bir foiz bandga tushirgan holda 13 foiz miqdorida taqdim etiladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi “Dehqon xo‘jaliklari tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-373-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 2-bandning birinchi xatboshisi, 4-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi va 5-bandning ikkinchi xatboshisidagi “95 169” raqami “92 655” raqami bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-pozitsiyada:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Jami yer maydoni, gektar” ustunidagi “18 470” raqami “14 470” raqami bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2023-yilda” ustunidagi “10 052” raqami “6 052” raqami bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Jami” pozitsiyasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Jami yer maydoni, gektar” ustunidagi “196 655” raqami “192 655” raqami bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2023-yilda” ustunidagi “96 655” raqami “92 655” raqami bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 1.2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Andijon viloyati tumanlarida fermer xo‘jaliklari va klasterlar foydalanishidagi paxta va g‘alladan qisqartirilgan hamda aholi punktlariga yaqin va suv ta’minoti yaxshi bo‘lgan yerlar hisobidan fuqarolarga ochiq elektron tanlov orqali ijara huquqi asosida beriladigan ekin maydonlarining hajmlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Tuman (shahar)lar nomi

Jami yer maydoni, gektar

shundan, 2022-2023-yillarda

2022-yilda

2023-yilda

1.

Andijon

973

631

342

2.

Asaka

899

660

239

3.

Baliqchi

1 436

845

591

4.

Bo‘ston

608

396

212

5.

Buloqboshi

662

243

419

6.

Jalaquduq

1 303

785

518

7.

Izboskan

1 282

822

460

8.

Marhamat

981

612

369

9.

Oltinko‘l

810

463

347

10.

Paxtaobod

1 185

761

424

11.

Ulug‘nor

1 260

410

850

12.

Xo‘jaobod

393

247

146

13.

Shahrixon

1 277

835

442

14.

Qo‘rg‘ontepa

1 361

668

693

15.

Xonobod sh.

41

41

Jami

14 470

8 418

6052

.

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2023-y., 07/23/113/0198-son; 21.06.2023-y., 06/23/101/0412-son; 10.07.2023-y., 07/23/216/0457-son; 14.12.2023-y., 06/23/205/0934-son; 10.01.2024-y., 07/24/13/0013-son; 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son; 26.06.2024-y., 07/24/233/0450-son; 23.07.2024-y., 06/24/103/0542-son, 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son; 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son; 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son; 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son; 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)