20.02.2023 yildagi 2-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining qarori, 20.02.2023 yildagi 2-son
Date of entry into force
20.02.2023
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sud amaliyotini o‘rganish natijalari, sudlar tomonidan bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik asosan to‘g‘ri qo‘llanilayotganini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish va kontrabanda uchun javobgarlikka oid jinoyat ishlarini ko‘rishda qonun normalarini turlicha talqin qilish va qilmishlarga noto‘g‘ri huquqiy baho berish kabi xatoliklarga yo‘l qo‘yilmoqda. Qonunchilikka kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarni e’tiborga olgan holda, amaliyotda uchrayotgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq, Oliy sud Plenumi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Sudlarga tushuntirilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 5-moddasi va “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasi mazmuniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi (bundan buyon matnda bojxona chegarasi deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi bilan ustma-ust tushadi. O‘zbekiston Respublikasining quruqlikdagi hududi, hududiy va ichki suvlari hamda ular ustidagi havo hududi O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududini tashkil etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi hududida erkin bojxona zonalari va erkin omborlar bo‘lishi mumkin, ularning hududlari, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, bojxona hududidan tashqarida joylashgan deb qaraladi. Bunda ularga joylashtirilgan tovarlar bojxona to‘lovlarini to‘lash maqsadida, shuningdek iqtisodiy siyosat choralarini qo‘llash uchun bojxona hududidan tashqarida joylashgan deb qaraladi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Tovarlar va transport vositalarini bojxona chegarasidan o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi (bundan buyon matnda BK deb yuritiladi) va boshqa qonunchilik, shuningdek xalqaro shartnomalar bilan qat’iy belgilangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlar va transport vositalarini belgilangan tartibni buzgan holda bojxona chegarasidan har qanday tarzda o‘tkazish qonunga xilof hisoblanadi va ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jismoniy shaxsning “yashil” yo‘lak orqali o‘tishi yozma ravishda deklaratsiyalanishi lozim bo‘lgan tovarlar yo‘qligini bojxona organiga ma’lum qilish deb qaraladi va bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etish majburiyatidan ozod etmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzgan deb topish uchun javobgarlik turi bojxona chegarasidan qonunga xilof ravishda o‘tkazilayotgan tovar yoki boshqa qimmatliklarning miqdori bilan bog‘liq bo‘lib, bu miqdor ularning huquqbuzarlik sodir etilgan kundagi qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlarga tushuntirilsinki, “bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish” jinoyatining bevosita obyekti tovar yoki boshqa qimmatliklarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali o‘tkazishning belgilab qo‘yilgan tartibi hisoblanib, bunda tovar yoki boshqa qimmatliklarga nisbatan bojxona to‘lovlari mavjud yoki mavjud emasligi ahamiyat kasb etmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar yoki boshqa qimmatliklarni qonunga xilof ravishda bojxona chegarasidan ko‘p miqdorgacha o‘tkazganlik uchun har doim, shaxs aynan shunday huquqbuzarlik uchun bir yil davomida bir necha marta ma’muriy javobgarlikka tortilganligidan qat’i nazar, ma’muriy javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi (bundan buyon matnda JK deb yuritiladi) 182-moddasining birinchi qismi bo‘yicha jinoiy javobgarlik tovar va transport vositalarini ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda bojxona chegarasidan o‘tkazganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 22719, 22720, 22721-moddalari va 22722-moddasining birinchi qismi) shaxs ma’muriy jazo qo‘llanilganidan so‘ng bir yil davomida yana shunday huquqbuzarliklardan birini ko‘p miqdorda sodir etgan holdagina kelib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovar yoki boshqa qimmatliklarni bojxona chegarasidan o‘tkazishda, belgilangan me’yor doirasida boshqa shaxslardan foydalangan holda olib kirilgan yoki olib chiqilganida tovar yoki boshqa qimmatliklarning jami miqdoridan kelib chiqqan holda kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
JK 182-moddasi ikkinchi qismining “b”, “v” va “g” bandlarida nazarda tutilgan kvalifikatsiya belgilari mavjud bo‘lganda, jinoiy javobgarlik shaxsning ilgari ushbu harakatlari uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan-tortilmaganligidan qat’i nazar, bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishi faqat ko‘p miqdorda bo‘lgan holdagina kelib chiqadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Quyidagilar, jumladan, JK 182-moddasida nazarda tutilgan jinoyat predmeti hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
BK 13-moddasida nazarda tutilgan tovarlar va transport vositalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 3-moddasining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan ko‘char ashyolar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. JK 182-moddasi mazmuniga ko‘ra, tovarlar yoki boshqa qimmatliklarni (bundan buyon matnda tovarlar deb yuritiladi) qonunga xilof ravishda bojxona chegarasidan o‘tkazish, tovarlarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirish yoki mazkur hududdan olib chiqish tarzidagi harakatlarni quyidagi usullardan biri orqali sodir etishda ifodalanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona nazoratini chetlab o‘tkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona nazoratidan yashirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bojxona hujjatlari yoki bojxona identifikatsiyalash vositalariga o‘xshatib yasalgan hujjatlardan aldash yo‘li bilan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
deklaratsiya qilmasdan yoki boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chegarani buzib o‘tish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tovarlarni bojxona nazoratini chetlab o‘tkazish ularni O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali o‘tkazish punktlaridan tashqari yoki bojxona nazorati o‘tkazish vaqtidan tashqari olib kirish yoki mazkur hududdan olib chiqishdan iborat har qanday qasddan sodir etilgan harakatda ifodalanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Tovarlarni bojxona nazoratidan yashirish deganda, ularni topishni qiyinlashtirish yoxud ularning asl xususiyati yoki miqdorini yashirish (masalan, ayrim tovarlarga boshqacha ko‘rinish berish, ularni almashtirib qo‘yish, bojxona identifikatsiyalash vositalarini buzmagan holda transport vositalarining yuk bo‘limlaridagi tovarlarni olib qolish, o‘rniga boshqa turdagi tovarlarni yuklash, tovarlarni qonunga xilof ravishda bojxona chegarasidan o‘tkazish uchun maxsus tayyorlangan yoki moslashtirilgan xufiya joylardan (chemodanlar, sumkalar, transport vositalari, konteynerlar va boshqa tashish vositalarining konstruksiyaviy (tuzilish) xususiyatiga ko‘ra, ashyolarini saqlash yoki tashishga mo‘ljallanmagan bo‘shliqlari, devorlari (ramalari) oralaridan) foydalanish, jinoyat predmetlarini odam, hayvon tanasida va hokazo)ga qaratilgan har qanday harakatlar tushuniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Bojxona hujjatlari yoki bojxona identifikatsiyalash vositalariga o‘xshatib yasalgan hujjatlardan aldash yo‘li bilan foydalanish deb:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bila turib qalbaki hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bila turib yolg‘on ma’lumotlar kiritilgan hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunga xilof ravishda olingan yoki boshqa tovarlarga tegishli hujjatlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
haqiqiy bo‘lmagan hujjatlarni bojxona organlariga taqdim etish, shuningdek qalbakilashtirilgan bojxona identifikatsiyalash vositalaridan (plombalar, muhrlar, tamg‘alar bosish, identifikatsiyalash belgilari, shtamplar va BK 197-moddasida nazarda tutilgan boshqa identifikatsiyalash vositalari) yoki boshqa tovarlarga tegishli haqiqiy identifikatsiyalash vositalaridan foydalanish tushunilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, tovarlarni bojxona chegarasidan o‘tkazishning har bir tartibi uchun qonunchilikda bojxona organlariga taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarning alohida ro‘yxati nazarda tutilgan (BK 9, 18-19, 267-moddalari) bo‘lib, unda nazarda tutilmagan hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etmagan shaxsning harakatlari qonunga xilof deb qaralishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Tovarlarni deklaratsiya qilmasdan bojxona chegarasidan o‘tkazish tovarlarni olib kirish yoki olib chiqish (chiqarish), ularni tanlangan bojxona rejimi ostiga joylashtirish, bojxona to‘lovlarini hisoblash va undirish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan tovarlar haqidagi ma’lumotlarni bojxona deklaratsiyasida bayon qilmaslikni yoxud deklaratsiyalanishi shart bo‘lgan tovarlarni “yashil” yo‘lak orqali olib o‘tishni nazarda tutadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib tovarlarni bojxona chegarasidan o‘tkazish deganda, bojxona deklaratsiyasida yoki deklaratsiyalashning boshqa belgilangan shaklida tovarlar (nomlanishi, sifati va xususiyatlarini o‘zida aks ettiruvchi ma’lumotlar) to‘g‘risida yolg‘on ma’lumotlarni aks ettirish tushuniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tushuntirilsinki, bojxona organi tomonidan bojxona deklaratsiyasini tekshirish, tovarlarni ko‘zdan kechirish va bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar noto‘g‘riligi aniqlangunga qadar bojxona deklaratsiyasida yo‘l qo‘yilgan xatolarning deklarant tomonidan mustaqil tuzatilishi ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikni istisno etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona deklaratsiyasi va bojxona maqsadlari uchun zarur boshqa hujjatlar berilguniga qadar tovarlarni bojxona nazorati ostida ko‘zdan kechirish hamda o‘lchash, ularning namunalari va nusxalarini olish huquqi (BK 275-moddasi)dan deklarantning foydalanmaganligi uning javobgarligini istisno etmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, JK 182-moddasida nazarda tutilgan jinoyatning tugallanish payti har bir muayyan ish bo‘yicha tovarlarni qonunga xilof ravishda bojxona chegarasidan o‘tkazish usulidan (bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yoxud bojxona hujjatlari yoki vositalariga o‘xshatib yasalgan hujjatlardan aldash yo‘li bilan foydalangan holda yoki deklaratsiyasiz yoxud boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib) kelib chiqqan holda aniqlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirgan holda tovarlarni bojxona chegarasidan o‘tkazish jinoyati tovarlar bilan bojxona chegarasini amalda kesib o‘tgan paytdan boshlab tugallangan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona hujjatlari yoki vositalariga o‘xshatib yasalgan hujjatlardan aldash yo‘li bilan yoki deklaratsiyasiz yoxud boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalangan holda tovarlarni bojxona chegarasidan o‘tkazish jinoyati bojxona deklaratsiyasi qabul qilinganligi rasmiylashtirilgan paytdan boshlab tugallangan hisoblanadi (BK 264-moddasi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Bojxona chegarasidan qonunga xilof ravishda o‘tkazilayotgan tovarlar miqdorini aniqlashda ushbu tovarlarning jinoyat sodir etilgan vaqtdagi bozor qiymatidan kelib chiqilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunga xilof ravishda bojxona chegarasidan o‘tkazilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tgan tovarlar amalda mavjud bo‘lmagan (erkin muomalaga chiqarilgan, sotib yuborilgan va h.k.) hollarda ularning qiymati sifatida bojxona rasmiylashtiruvi paytida BK 44-bobiga muvofiq aniqlangan bojxona qiymati tan olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlar qiymatini aniqlashning imkoniyati bo‘lmagan hollarda (masalan, qalbakilashtirilgan spirtli ichimliklar, kontrafakt tovarlar) ularning qiymati baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona chegarasidan qonunga xilof ravishda o‘tkazilayotgan tovarlar miqdorini aniqlashda faqat bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yoxud bojxona hujjatlari yoki identifikatsiyalash vositalaridan aldash yo‘li bilan foydalangan holda yoki deklaratsiyasiz yoxud boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib o‘tkazilgan tovarlar qismining qiymati inobatga olinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Agar shaxs bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish bilan bir qatorda qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish jinoyatini sodir etsa, uning harakatlari JK 182 va 223-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar majmui bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hujjatning qalbaki ekanligini bila turib, uni bojxona organlariga haqiqiy hujjat sifatida taqdim etgan shaxsning harakati JK 182-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinadi va qo‘shimcha ravishda JK 228-moddasi bilan kvalifikatsiya qilish talab qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Sudlarga tushuntirilsinki, agar jinoyat bojxona chegarasini buzib o‘tish yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa, shaxsning harakatlari JK 182-moddasi ikkinchi qismining “b” bandi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda buzib o‘tish deganda, bojxona postiga hujum qilish, bojxona chegarasini har qanday texnikaviy vositalar yoki boshqa xil usullar bilan bojxona rejimi talablariga ochiqdan-ochiq bo‘ysunmaslik yoki boshqa har qanday yo‘l bilan bojxona chegarasini kesib o‘tishda ifodalangan harakatlar tushunilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar bojxona chegarasini buzib o‘tish paytida aybdor tomonidan biror-bir shaxsning badaniga qasddan og‘ir, o‘rtacha og‘ir shikast yetkazilgan yoki u qasddan o‘ldirilgan yoki biror-bir tarzda mulkiy ziyon yetkazilgan bo‘lsa, qilmish JK 182-moddasi ikkinchi qismining “b” bandi va tegishlicha JK 97, 104, 105, 173-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar majmui bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim. Bunday holatlarda qasddan badanga yengil tan jarohati yetkazish, shuningdek xizmat vazifasini bajarayotgan xodimning qonuniy faoliyatiga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga faol qarshilik ko‘rsatish, o‘zining xizmat vazifasini bajarish yoki fuqaroviy burchini bajarishdan voz kechishga majbur qilinganida JK 182-moddasining ikkinchi qismi dispozitsiyasi bilan qamrab olinadi va tegishlicha JK 109 va 219-moddalari bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilinishini talab etmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Tovarlarni qonunga xilof ravishda bojxona chegarasi orqali o‘tkazish uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan deb topilgan hollarda JK 182-moddasi ikkinchi qismining “v” bandi bo‘yicha nafaqat tovarlarni bevosita bojxona chegarasidan o‘tkazgan, balki barcha uyushgan guruh a’zolarining (masalan, O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga qonunga xilof ravishda olib kirish maqsadida chet elda tovar xarid qilgan, bojxona nazorati punktida uni o‘tkazishda ko‘maklashgan yoki bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida taqdim etilgan hujjatlarni qalbakilashtirgan, yukning qonunga xilofligini bila turib, transport ekspeditori sifatida qatnashgan uyushgan guruh a’zolari) harakatlari ham kvalifikatsiya qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Jinoyatni o‘z xizmat lavozimidan foydalangan holda sodir etgan shaxs (JK 182-moddasi ikkinchi qismining “g” bandi) deb, xizmat burchiga ko‘ra bojxona chegarasi orqali o‘tkazilayotgan tovarlar ustidan bojxona nazoratini (hujjatlar va ma’lumotlarni tekshirish, og‘zaki so‘rov, bojxona ko‘rigi, bojxona identifikatsiyalashi, tovarlar hisobini yuritishni) amalga oshirishga majbur shaxs topilishi lozim. Bunday shaxslar qatoriga, shuningdek bojxona nazoratining muayyan shakllaridan BK 189-moddasiga asosan ozod etilgan va o‘z xizmat lavozimidan tovarlarni qonunga xilof ravishda bojxona chegarasi orqali o‘tkazish uchun foydalangan shaxslar ham kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlarni o‘z xizmat lavozimidan foydalangan holda qonunga xilof ravishda bojxona chegarasi orqali o‘tkazgan shaxslarning harakatlari JK 182-moddasi ikkinchi qismining “g” bandi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi va Jinoyat kodeksining hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish (JK 19211, 205-moddalari), hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish (JK 206-moddasi) jinoyatlari uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi JK moddalari bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilishni talab etmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tovarlarni qonunga xilof ravishda bojxona chegarasi orqali o‘tkazishda o‘z xizmat lavozimidan foydalangan shaxs (jinoyat tashkilotchisi, dalolatchisi, yordamchisi)ning harakatlari JK 28-moddasi va JK 182-moddasi ikkinchi qismining “g” bandi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi, uyushgan guruh a’zolarining harakatlari bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, shaxsning valyutani qonunga xilof ravishda bojxona chegarasi orqali o‘tkazish bo‘yicha aybdorligi masalasini hal etishda, O‘zbekiston Respublikasiga erkin olib kiriladigan va olib chiqib ketiladigan naqd xorijiy va milliy valyutaning miqdori:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi naqd valyutasi va naqd chet el valyutasini O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib kirish va olib chiqib ketish qoidalarini tasdiqlash haqida” 2018-yil 30-yanvardagi 66-sonli qarori bilan belgilangan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxsning harakatlari O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib kiriladigan yoki olib chiqib ketiladigan O‘zbekiston Respublikasi naqd valyutasi va naqd chet el valyutasining deklaratsiya qilinishi talab qilinmaydigan qismidan oshiqcha bo‘lgan miqdoridan kelib chiqqan holda kvalifikatsiya qilinadi hamda naqd valyutaning deklaratsiyalash shart bo‘lmagan qismi jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik predmeti hisoblanmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda naqd valyuta bir necha shaxslarning ishtirokida, ular o‘rtasida taqsimlanib bojxona chegarasi orqali o‘tkazish holati aniqlanganida, qilmish naqd valyutaning jami miqdoridan kelib chiqib kvalifikatsiya qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tushuntirilsinki, naqd valyutani bojxona chegarasi orqali o‘tkazish bilan bog‘liq jinoyatlar JK 182-moddasi bilan qamrab olinib, JK 177-moddasi bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilish talab etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
161. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, shaxsning zargarlik buyumlarini qonunga xilof ravishda bojxona chegarasi orqali o‘tkazish bo‘yicha aybdorligi masalasini hal etishda, zargarlik buyumlarini O‘zbekiston Respublikasiga erkin olib kirish va olib chiqish tartibi amaldagi qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sudlar zargarlik buyumlarini noqonuniy olib chiqish bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqishda, qonunchilikda jismoniy shaxslar tomonidan faqat tayyor zargarlik buyumlarini bojxona chegarasidan olib chiqishlari mumkinligiga, O‘zbekiston Respublikasi davlat standarti talablariga (O‘Z DSTning 2308:2019-sonli texnik talablari) javob bermaydigan zargarlik buyumlari (mahsulotlari) bundan mustasno ekanligiga e’tibor qaratsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxsning harakatlari O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib kiriladigan yoki olib chiqib ketiladigan zargarlik buyumlarining deklaratsiya qilinishi talab qilinmaydigan qismidan oshiqcha bo‘lgan miqdoridan kelib chiqqan holda kvalifikatsiya qilinadi hamda zargarlik buyumining deklaratsiyalash shart bo‘lmagan qismi jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik predmeti hisoblanmaydi (O‘zbekiston Respublikasi davlat standarti (O‘Z DSTning 2308:2019-sonli texnik talablari) talablariga javob bermaydigan zargarlik buyumlari (mahsulotlari) bundan mustasno).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Zargarlik buyumi bir necha shaxslar o‘rtasida taqsimlanib, bojxona chegarasi orqali o‘tkazish holati aniqlanganida qilmish zargarlik buyumining umumiy miqdoridan kelib chiqib kvalifikatsiya qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, shaxs zargarlik buyumlari unga qonunga xilof ravishda olib o‘tish uchun topshirilganligini anglagan holdagina jinoyatda ishtirokchi sifatida javobgarlikka tortilishi mumkin.
(161-band O‘zbekicton Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, JK 246-moddasiga muvofiq, bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yoxud bojxona hujjatlari yoki vositalariga o‘xshatib yasalgan hujjatlardan aldash yo‘li bilan foydalanib, deklaratsiyasiz yoki boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib, kuchli ta’sir qiluvchi, zaharli, zaharlovchi, portlovchi moddalarni, radioaktiv materiallarni, portlatish qurilmalarini, qurol-yarog‘ni, o‘qotar qurolni, o‘q-dorilarni yoki o‘qotar qurolning asosiy qismlarini, shuningdek giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni, diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi materiallarni, yadroviy, kimyoviy, biologik va ommaviy qirg‘in qurolining boshqa turlarini, shunday qurollarni yaratishda foydalanilishi mumkinligi ayon bo‘lgan material va moslamalarni, radioaktiv materiallarni (bundan buyon matnda kontrabanda ashyolari deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o‘tkazish boshqa jinoyatni, ya’ni kontrabanda jinoyatining tarkibini tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona chegarasi orqali JK 246-moddasining birinchi qismida qayd etilgan kontrabanda ashyolarini o‘tkazishda ifodalangan harakatlarni kvalifikatsiya qilishda kontrabanda predmetlari miqdori huquqiy ahamiyat kasb etmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar shaxs JK 182-moddasi ta’siriga tushuvchi tovarlarni bojxona chegarasi orqali o‘tkazish bilan bir qatorda kontrabanda jinoyatini sodir etsa, uning harakatlari JK 182 va 246-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar majmui bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agarda shaxs kontrabanda jinoyati bilan birga kontrabanda predmetining noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq boshqa jinoyatlarni ham sodir etsa, (JKning 247, 248, 273-moddalari va boshqalar), uning harakatlari jinoyatlar majmui bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Diniy materiallar bojxona chegarasidan qonunga xilof ravishda olib o‘tilgan har bir holatda shaxsning harakatlarini to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish uchun ularda diniy ekstremizm, separatizm, aqidaparastlik g‘oyalari targ‘iboti mavjud yoki mavjud emasligi masalasini aniqlash maqsadida sud-dinshunoslik ekspertizasi tayinlanishi lozim. Agar ekspertiza natijalariga ko‘ra diniy mazmundagi materiallarda diniy ekstremizm, separatizm, aqidaparastlik g‘oyalari targ‘iboti mavjudligi aniqlansa, shaxsning harakatlari JK 246-moddasi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Bojxona nazoratini chetlab, tovarlar yoki boshqa moddiy qimmatliklarni, shuningdek kontrabanda ashyolarini uchuvchisiz uchadigan apparatdan foydalanilgan holda O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan o‘tkazilganida, JK 2444 yoxud 2481-moddasi bilan jinoyatlar majmui bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 8-iyundagi 191-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Dori vositalari va tibbiy buyumlarni jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kirish hamda olib chiqish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda belgilangan me’yorda psixotrop moddalar yoki giyohvandlik vositalarini bojxona chegarasi orqali olib o‘tishda jismoniy shaxsda tibbiyot muassasasi tomonidan davolash kursining tavsiya etiladigan miqdori ko‘rsatilgan hujjatlar mavjudligi jinoiy yoki ma’muriy javobgarlikni keltirib chiqarmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda tibbiy hujjatda ko‘rsatilgan dori vositalari hisoblanuvchi psixotrop moddalar yoki giyohvandlik vositalarining miqdori olib kirilayotgan miqdorga teng bo‘lishi, shuningdek dori vositalari hisoblanuvchi psixotrop moddalar yoki giyohvandlik vositalarini olib o‘tayotgan shaxs yoki uning ishonchli vakilining ma’lumotlari hujjatlardagi ma’lumotlarga mos bo‘lishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Nizom talabiga ko‘ra, ruxsat berilgan miqdorda giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzgan holda olib kirish va olib chiqish bilan bog‘liq holatlar aniqlansa, jinoyat ishini JK 65-moddasiga asosan tugatish masalasi muhokama etilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 211-moddasiga muvofiq, hukm, jinoyat ishini tugatish to‘g‘risida ajrim (qaror) chiqarish paytida sud ish bo‘yicha ashyoviy dalil deb topilgan predmetlar, shu jumladan transport vositalari (konteynerlar)ning taqdirini hal etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur masalani ko‘rib chiqish chog‘ida sudlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Jinoyat ishlari bo‘yicha ashyoviy dalillarga oid qonunchilikni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida” 2012-yil 13-dekabrdagi 17-sonli qarorida berilgan tushuntirishlarga amal qilishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha tovar-moddiy boyliklar davlat egaligiga o‘tkaziladi. Agar tovar-moddiy boyliklar uchun bojxona to‘lovi amalga oshirilgan bo‘lsa, ushbu to‘lovlarni qaytarish masalasi hal qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ashyoviy dalillarning davlat egaligiga o‘tkazilishi natijasida boshqa shaxslarga yetkazilgan mulkiy zarar iqtisodiy yoki fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Shuni nazarda tutish lozimki, bojxona chegarasi orqali tovarlarni noqonuniy o‘tkazishda (JK 182-moddasi) foydalanilgan transport vositalari (konteynerlar) faqat tovarlar bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib o‘tkazilgan holdagina jinoyat quroli deb topiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlarni ko‘rishda sudlar bunday jinoyatlar sodir etilishiga olib kelgan sabab va shart-sharoitlarni aniqlashlari, shuningdek ashyoviy dalillarni olish, hisobga qo‘yish, baholashda qonunchilikka rioya etilganligini sinchiklab tekshirishi va protsessual qonunchilik normalari buzilishi aniqlangan hollarda xususiy ajrim chiqarish yo‘li bilan munosabat bildirishlari zarur.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik va kontrabandaga doir ishlar bo‘yicha sud amaliyotini vaqti-vaqti bilan umumlashtirishlari hamda yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishlarini o‘z vaqtida bartaraf etish choralarini ko‘rishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida” 2013-yil 6-sentabrdagi 18-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi B. ISLAMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 20-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-son