10.11.2022 yildagi PQ-419-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 10.11.2022 yildagi PQ-419-son
Date of entry into force
11.11.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisobot taqdim etish va arxiv hujjatlarini saqlash tartib-taomillarini maqbullashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 22-avgust kuni tadbirkorlar bilan oʻtkazgan ochiq muloqoti doirasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash, shuningdek, moliyaviy, soliq va statistika hisobot turlarini qisqartirish, hujjatlarni saqlash va davlat idoralariga topshirish amaliyotini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslar tomonidan 2022-yil 1-yanvardan keyin hisoblangan jismoniy shaxslarning ish haqi va boshqa daromadlari hamda ular boʻyicha hisoblangan soliq summalari toʻgʻrisidagi arxiv hujjatlarini saqlash hamda davlat yoki nodavlat arxivlariga topshirish majburiyati bekor qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslar 2022-yil 1-yanvardan boshlab davlat soliq xizmati va statistika organlariga elektron tarzda topshirilgan moliyaviy, soliq va statistika hisobotlarini, shuningdek, soliq organining avtomatlashtirilgan axborot tizimlari orqali elektron shaklda rasmiylashtirilgan hujjatlarni saqlash hamda davlat yoki nodavlat arxivlariga topshirish majburiyatidan ozod etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 1-yanvardan boshlab buxgalteriya hisobi subyektlari tomonidan moliyaviy hisobotlarni soliq va statistika organlariga har chorakda taqdim etish talabi bekor qilinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yildan 2026-yil 1-yanvarga qadar aylanmadan olinadigan soliqni qatʼiy belgilangan soliq stavkasi boʻyicha toʻlaydigan tadbirkorlik subyektlari yillik moliyaviy hisobotlarni soliq organlariga topshirish majburiyatidan ozod etiladi.
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 2023-yil 1-yanvardan boshlab 1-ilovaga muvofiq statistik hisobot turlari bekor qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat statistika qoʻmitasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur bandga asosan bekor qilinayotgan statistik hisobot turlarida nazarda tutilgan statistik maʼlumotlarning statistika dasturlariga muvofiq tegishli vazirlik va idoralarning maʼmuriy maʼlumotlari asosida shakllantirilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikki oy muddatda barcha turdagi statistika hisobotlarining maqsadga muvofiqligi, ularni soddalashtirish va topshirish muddatlarini qayta koʻrib chiqish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Moliya vazirligi ikki oy muddatda tadbirkorlik subyektlariga tegishli tovar-moddiy zaxiralar va pul mablagʻlari hamda ish beruvchining xodimlar bilan bogʻliq boʻlgan ichki xoʻjalik operatsiyalari boʻyicha texnik vositalar hamda axborot tizimlari yordamida qatnashchilarni identifikatsiyalashni taʼminlagan holda tuzilgan hisob hujjatlari elektron shaklda yuritilishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. 2023-yil 1-maydan boshlab quyidagilarga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tijorat banklariga ariza beruvchini masofadan turib identifikatsiya qilish uchun zarur shart-sharoitlar mavjud boʻlganda, taʼsischilari Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarga bank hisobvaragʻini masofadan turib ochishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuridik shaxslarga elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiq suv, ichimlik suv taʼminoti, oqova suv va telekommunikatsiya xizmatlari koʻrsatish boʻyicha shartnomalarni, ularning isteʼmoli toʻgʻrisidagi hisobotlarni va kelgusi davr uchun shartnomaviy miqdorlar toʻgʻrisidagi bir martalik va davriy hujjatlarni elektron shaklda rasmiylashtirishga ruxsat etilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. 2023-yil 1-yanvardan boshlab nodavlat arxivlarni davlat va nodavlat arxivlari reyestriga kiritish hamda hujjatlarni elektron arxivlash (saqlash) xizmatlarini koʻrsatuvchi nodavlat arxivlarning maʼlumotlar uzatish tarmoqlari xizmatlarini koʻrsatish uchun litsenziya olish talabi xabardor qilish tartibini joriy etish orqali bekor qilinsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Hisobot taqdim etish va arxiv hujjatlarini saqlash tartib-taomillarini maqbullashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “Oʻzarxiv” agentligi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi huzuridagi “Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2024-yil 1-yanvarga qadar “Arxiv” axborot tizimini tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari bilan belgilangan tartibda integratsiya qilgan holda tadbirkorlik subyektlarining dasturiy taʼminot vositasida jamlangan hujjatlarini elektron koʻrinishda qabul qilish, saqlash hamda soʻrovga koʻra taqdim etish amaliyotini yoʻlga qoʻysin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur qarorning 1-bandiga asosan davlat arxiviga topshirish bekor qilinayotgan arxiv hujjatlarining davlat soliq xizmati va statistika organlari maʼlumotlari asosida shakllantirilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, “Oʻzarxiv” agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib moliya vaziri T.A. Ishmetov, Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. Kudbiyev hamda Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil D.S. Kasimov belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarorning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 10-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-419-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-noyabrdagi PQ-419-son qaroriga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2023-yil 1-yanvardan boshlab bekor qilinadigan statistik hisobot turlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Statistika hisoboti nomi

Davriyligi

Maʼlumotni shakllantirish manbai

1.

1-birja shakli — “Birja faoliyati toʻgʻrisida hisobot”

Yillik

“Respublika koʻp tarmoqli agrosanoat birjasi” AJ, “Oʻzbekiston Respublika valyuta birjasi” AJ, “Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi” AJ, “Toshkent” Respublika fond birjasi” AJ

2.

1-msh shakli — “Mehnat sharoitlari ahvoli toʻgʻrisida hisobot”

Yillik

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

3.

1-nh shakli — “Hisoblangan ish haqi miqdori boʻyicha xodimlar sonining taqsimlanishi toʻgʻrisida hisobot”

Yillik

Davlat soliq qoʻmitasi

4.

1-temir yoʻl (umumfoydalanadigan) — “Umumiy foydalanishdagi temir yoʻl transporti xizmatlari toʻgʻrisida hisobot”

Yillik

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

5.

1-tb shakli — “Tijorat banki faoliyati toʻgʻrisida hisobot”

Yillik

Markaziy bank

6.

1-sugʻurta shakli — “Sugʻurta tashkiloti faoliyati toʻgʻrisida hisobot”

Yillik

Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi

7.

1-kb (qm) (1-kb shakliga ilova) — “Kichik qurilish tashkilotlari va mikrofirmalarda mavjud qurilish mashina va mexanizmlari toʻgʻrisidagi hisobot”

Yillik

Qurilish vazirligi

8.

4-quvur yoʻli — “Quvur yoʻli transporti faoliyati toʻgʻrisida hisobot”

Choraklik

OʻztransgazAJ, “Asia Trans Gas” MCHJ

9.

4-meva-sabzavot — “Meva-sabzavot mahsulotlari xaridi toʻgʻrisida hisobot”

Choraklik

“Oʻzbekoziqovqatzaxira” uyushmasi va “Oʻzagroeksport” AJ

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-noyabrdagi PQ-419-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hisobot taqdim etish va arxiv hujjatlarini saqlash tartib-taomillarini maqbullashtirish boʻyicha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“YOʻL XARITASI”
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Ijro uchun masʼullar

1.

Statistika hisobotlarini vazirlik va idoralar tomonidan yuritiladigan, shu jumladan moliyaviy va soliq hisoboti boʻyicha maʼlumotlar bazalarini integratsiya qilish orqali maqbullashtirish.

1. Malakali mutaxassislardan iborat Idoralararo ishchi guruh tuzish.

2022-yil noyabr

Davlat statistika qoʻmitasi,

Moliya vazirligi,

Davlat soliq qoʻmitasi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Ishchi guruh tomonidan vazirlik va idoralarning maʼlumotlar bazalaridagi hamda hisobotlaridagi maʼlumotlar roʻyxati, ularni shakllantirish (toʻplash, umumlashtirish, qayta ishlash) uslubiyati, manbalarini xatlovdan oʻtkazish.

2023-yil yanvar

3. Mavjud maʼlumotlardan rasmiy statistika uslubiyatiga mos keluvchi maʼlumotlar roʻyxatini shakllantirish va ularni taqdim etish shakllarini belgilash.

2023-yil may

4. Shakllantirilgan roʻyxatdagi maʼlumotlarning kelgusi yil uchun Statistika dasturi doirasida tegishli vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilishini tashkil etish maqsadida ularni integratsiya asosida uzatish boʻyicha Texnik yoʻriqnomalar ishlab chiqish va tasdiqlash.

2023-yil iyun

5. Texnik yoʻriqnoma asosida tegishli integratsiyani yoʻlga qoʻyish.

2023-yil sentabr

2.

Elektron hujjatlarni saqlash, arxivga topshirish va ular aylanishini raqamlashtirish.

1. Tadbirkorlik subyektlari uchun arxiv hujjatlarining toʻliqligiga, ularni hisobga olish va saqlashga qoʻyiladigan talablarni soddalashtirish, shu jumladan, muddatlarni qayta koʻrib chiqish va uzoq muddat saqlanishi lozim boʻlgan arxiv hujjatlari turlarini qisqartirish.

2022-yil dekabr

“Oʻzarxiv” agentligi

2. Nodavlat elektron arxivlar tashkil etish bilan bogʻliq boʻlgan tartib-taomillarni soddalashtirish yuzasidan hukumat qarori loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil dekabr

3.

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishonchnomalarni rasmiylashtirish jarayonlarini soddalashtirish.

Elektron ishonchnoma berishda talab qilinadigan majburiy rekvizitlarni kamaytirish.

2023-yil yanvar

Davlat soliq qoʻmitasi,

Moliya vazirligi

4.

Tashuvchilarning yuk avtomobillari uchun yoʻl varaqalari, tovar-transport yukxatlarini rasmiylashtirish tartibini takomillashtirish.

1. Tashuvchilarning yuk avtomobillari uchun yoʻl varaqalari, tovar-transport yukxatlarini tayyorlash, hisobga olish, toʻldirish va qayta ishlash boʻyicha yoʻriqnomani elektron hujjat shaklida rasmiylashtirish imkoniyatini hisobga olgan holda qayta koʻrib chiqish.

2023-yil yanvar

Transport vazirligi,

Davlat soliq qoʻmitasi,

Ichki ishlar vazirligi

2. Tovar-transport yukxatlari aylanishiga oid hukumat qarori loyihasini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil aprel

5.

Bir nechta alohida boʻlinmalarga ega boʻlgan yuridik shaxslarning jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlash tartibini soddalashtirish.

Yirik soliq toʻlovchilar tomonidan toʻlanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini ushbu va boshqa tumanda (shaharda) ishlovchilarning haqiqiy sonidan kelib chiqib avtomatlashtirilgan tarzda taqsimlash mexanizmini yaratish.

2023-yil mart

Davlat soliq qoʻmitasi,

Moliya vazirligi

6.

Aliment va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish va nazorat qilish tizimini raqamlashtirish.

Aliment va boshqa majburiyatlarni yagona axborot tizimi orqali ijro etish va nazorat qilishni taʼminlash.

2023-yil yanvar

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi

7.

“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi elektron axborot tizimini tashkilotlar xodimlarining shaxsiy tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish orqali optimallashtirish.

1. “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksining dasturiy taʼminotini, xodimlarning shaxsiy tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish nuqtai nazaridan takomillashtirish.

2. “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini tashkilotlarning tegishli axborot tizimlari va “Elektron arxiv” tizimi bilan bosqichma-bosqich integratsiya qilish.

2023-yil iyul

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

“Oʻzarxiv” agentligi

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2022-y., 07/22/419/1011-son; 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son)