14.07.2022 yildagi 14-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining qarori, 14.07.2022 yildagi 14-son
Date of entry into force
20.08.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Umumiy ovqatlanish korxonalariga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablarini (0027-22-son SanQvaN) tasdiqlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 20-avgustda hisobga olindi, hisob raqami 104]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi, “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-iyuldagi PF-6035-son “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Umumiy ovqatlanish korxonalariga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari (0027-22-son SanQvaN) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Umumiy ovqatlanish korxonalariga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari (0310-14-son SanQvaN, 2014-yil 9-mart) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshliq B. YUSUPALIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 14-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-son

Kelishildi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Raisi D. VAXABOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 6-iyul
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi Sh. SHARAXMETOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 7-iyul

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil D. KASIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 7-iyul
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining 2022-yil 14-iyuldagi 14-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy ovqatlanish korxonalariga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablari (0027-22-son SanQvaN)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (bundan buyon matnda sanitariya qoidalari deb yuritiladi) umumiy ovqatlanish korxonalarida yuqumli va yuqumli boʻlmagan kasalliklar profilaktikasi va ovqatdan zaharlanishlarning oldini olishga qaratilgan sanitariya-gigiyena talablarini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur sanitariya qoidalari barcha umumiy ovqatlanish korxonalariga (restoranlar, kafelar, kafeteriylar, oshxonalar, choyxonalar, barlar, tez ovqatlanish punktlari, keytering xizmati va boshqalar) nisbatan tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu sanitariya qoidalari maktabgacha taʼlim tashkilotlari, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim, oliy taʼlim muassasalari, shifoxonalar, sanatoriylar va boshqa ijtimoiy obyektlarga tegishli oshxonalarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Umumiy ovqatlanish korxonalari (bundan buyon matnda korxona deb yuritiladi) Ushbu sanitariya qoidalarida koʻrsatilgan gigiyena talablariga muvofiq faoliyat olib borishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Korxonalarda quyidagilarga yoʻl qoʻyilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish, yordamchi xonalari (sexlar), mijozlar uchun xonalar va sanitariya-maishiy xonalarda odamlarning yashashiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish, yordamchi xonalarda hamda omborxonalarda hayvon va qushlar boqilishiga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Ushbu sanitariya qoidalari umumiy ovqatlanish faoliyatini amalga oshiruvchi, shuningdek ommaviy tadbirlar, madaniy-koʻngilochar, sport va boshqa koʻpchilik yigʻiladigan tadbirlarda ovqatlanishni tashkil qiluvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Ushbu sanitariya qoidalariga rioya qilinishi ustidan davlat sanitariya-epidemiologik nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Korxonalarning joylashishi va hududiga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Korxonalarning joylashuvi odamlarning yashash, dam olish, davolanish va mehnat sharoitlariga salbiy taʼsir koʻrsatmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Korxonalar turar-joy binolarida joylashtirilganda ularning turar-joy xonalaridan alohida kirish (chiqish) eshigi boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Korxonaga tegishli hudud toza, obodonlashtirilgan va sanitariya talablariga rioya qilgan holda saqlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Chiqindi yigʻish maydonchasi va chiqindilar uchun konteynerlar soz holatda boʻlishi kerak. Chiqindilarni alohida (turiga qarab) yigʻish uchun qopqoqli, tegishli belgilar bilan tamgʻalangan alohida konteynerlardan yoki boshqa usti yopiq konstruksiyalardan foydalanish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Chiqindilar uchun konteynerlar toʻliq toʻlgunga qadar boʻshatilishi, yuvuvchi va dezinfeksiyalovchi vositalar bilan ishlov berilishi hamda toza holda saqlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Korxonalarda chiqindi yigʻish maydonchasi turar-joy binolari, oʻyin va dam olish maydonchalaridan kamida 20 m uzoqda joylashtirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shuningdek, chiqindi yigʻish maydonchasini bunday masofada joylashtirish imkoni boʻlmaganda, chiqindilar korxonalarning sovitish tizimi, yuvish va dezinfeksiyalash imkoni boʻlgan alohida xonasida saqlanishiga yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Korxonalar hududini tozalash uchun ishlatilgan jihozlarni (inventar) saqlash uchun alohida xona yoki maxsus joy ajratilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Korxonaning suv taʼminoti va oqova suviga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Korxonalarni ichimlik suvi bilan taʼminlash markazlashtirilgan suv taʼminoti tizimiga ulanish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Markazlashtirilgan suv taʼminoti tizimi mavjud boʻlmagan taqdirda, ichki suv taʼminoti tizimi artezian qudugʻidan, boshqa quduqlardan yoki kaptajlardan foydalangan holda tashkil etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Korxonalar binolaridan tashqarida tadbirlar oʻtkazilayotganda, shuningdek dala sharoitida mahsulot isteʼmol qilinganda yetarli sovuq va/yoki issiq suv boʻlmagan taqdirda, bir martalik idishlardan foydalangan holda xizmat koʻrsatish faoliyatini olib borishlari mumkin. Bunda, tashib keltiriladigan suvdan foydalanilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Korxonalarda ishlab chiqarish va oziq-ovqat xom ashyosi uchun ishlatiladigan suv quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
doimiy ravishda yetarli miqdorda taʼminlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichimlik suviga qoʻyiladigan gigiyena talablarga muvofiq boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Ishlab chiqarishda foydalaniladigan muz toza ichimlik suvidan tayyorlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Barcha ishlab chiqarish va sanitariya-maishiy xonalar qoʻl yuvish uchun issiq va sovuq suv tizimi mavjud boʻlgan rakovinalar, sovun va qoʻllarni dezinfeksiya qilish uchun vosita, bir martalik qogʻoz salfetka yoki qoʻl quritgich bilan jihozlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Korxonalarning suv chiqarish (kanalizatsiya) tizimi jihozlari soz holatda boʻlishi va toza saqlanishi kerak. Suv chiqarish (kanalizatsiya) tizimlari nosoz holatda boʻlsa, ular tuzatilmagunga qadar mahsulotlarni ishlab chiqarish, sotish va isteʼmol qilishni tashkil etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
181. Quyidagi umumiy ovqatlanish korxonalari uchun sanoat oqova suvlarining chiqish joylarida yogʻ ushlab qolgichlarni oʻrnatilishi taʼminlanishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yarim tayyor mahsulotlar bilan savdo qiladigan — zallardagi oʻrindiqlar soni 500 va undan ortiq boʻlganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xom ashyo bilan ishlaydigan — zallardagi oʻrindiqlar soni 200 ta va 600 dan ortiq taom ishlab chiqarish.
(181-band Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining 2025-yil 26-maydagi 11-sonli qaroriga (hisob raqami 353, 10.06.2025-y.) asosan kiritilgan)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Turar-joy va jamoat xonalarining yuqori qavatlaridan tushayotgan maishiy chiqindi suvlarning tirgaklari korxonalarning ishlab chiqarish, yordamchi xonalari, omborxonalaridan tashqarida texnologik kanallar orqali oʻtkazilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Korxona xodimlari va mijozlar uchun hojatxonalar alohida xonalarda joylashishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Pollarni yuvish uchun suv ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanilayotgan rakovinalardan alohida boʻlgan joʻmrak orqali olinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Markazlashtirilgan oqova tizimi mavjud boʻlmagan hududlarda suv oʻtkazmaydigan chuqurli (oʻrali) yoki biohojatxona oʻrnatilishi kerak. Hojatxona yuvish va dezinfeksiyalash imkoni boʻlgan qoplamalar bilan qoplanishi, soz holatda saqlanishi va oʻrasi toʻliq toʻlgunga qadar boʻshatib turilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yoritish, mikroiqlim va mehnat sharoitlariga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayoni omillarining darajalari va parametrlari (mikroiqlim, ish zonasi havosidagi zararli moddalar, shovqin darajasi, tebranish, infratovush, ultratovush, elektromagnit nurlanish va boshqalar) amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Korxonaning xonalarini yoritish tabiiy va sunʼiy yoritishga qoʻyiladigan gigiyena normativlariga mos boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Korxonalarning ishlab chiqarish xonalari harorat-namlik rejimini oʻlchash vositalari bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Simobli termometrlar va simob bilan toʻldirilgan qurilmalardan foydalanishga ruxsat berilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Korxonalarning ishlab chiqarish, yordamchi xonalari, sanitariya-maishiy xonalari va mijozlarning ovqatlanish xonalariga ishlab chiqarish xususiyatiga muvofiq, mikroiqlim parametrlarini taʼminlovchi tabiiy yoki mexanik ventilyatsiya tizimlari oʻrnatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Turar-joy, jamoat, maʼmuriy, ishlab chiqarish binolarida joylashgan korxonalarning oqib keluvchi va tortib oluvchi ventilyatsiya tizimi ushbu binolarning ventilyatsiya tizimidan alohida ajratilgan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Ventilyatsiya tizimining uzluksiz ishlashi va samaradorligi taʼminlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Chekish ruxsat etilgan korxonalarda chekish uchun maxsus xonalar jihozlanishi yoki chekuvchilar va chekmaydiganlar uchun alohida joylar ajratilishi kerak. Tamaki tutunini texnologik zonaga oʻtishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Chekuvchilar uchun maxsus xonalar yoki chekuvchilar hamda chekmaydiganlar uchun alohida joylari boʻlgan korxonalar havoni qayta aylanishsiz (retsirkulyatsiyasiz) tashqariga samarali chiqarib tashlaydigan alohida havo oqimini tortuvchi ventilyatsiya tizimi bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Bunda, chekmaydiganlar uchun moʻljallangan joylarga toza havo yetkazib berilishi, chekuvchilar uchun moʻljallangan joylardan esa zararlangan havoning tortib chiqarilishi nazarda tutilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Korxonalarning ishlab chiqarish, yordamchi xonalari (sexlar), mijozlar uchun xonalar va sanitariya-maishiy xonalarning tarkibi va foydalanilishiga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Korxonalarning ishlab chiqarish, yordamchi xonalari, jumladan omborxona, mijozlar uchun xonalar, maishiy xonalar ushbu sanitariya qoidalari talablariga mos boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Kundalik tozalash ishlari har kuni yoki zaruratga qarab yuvuvchi va dezinfeksiyalovchi vositalaridan foydalangan holda amalga oshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Korxonalarda har oyda kamida bir marta mukammal tozalash va dezinfeksiya ishlari amalga oshirilishi hamda bu boʻyicha tegishli yozuvlar qayd etib borilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Korxonalarning ishlab chiqarish va yordamchi xonalari, ishlab chiqarish quvvati hamda loyihasi uning xizmat koʻrsatish turi va shakllariga hamda ishlab chiqarishning texnologik jarayonini tashkil etilishiga mos kelishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Korxonaning texnologik hududlarini oʻzaro joylashuvi texnologik jarayonlarning ketma-ketligini, mahsulotlar xavfsizligini va mahsulotlarning ikkilamchi ifloslanishini oldini olishini taʼminlashi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Korxonalarning barcha ishlab chiqarish, yordamchi xonalari, sanitariya-maishiy xonalari ularning qaysi maqsadda ishlatilishini koʻrsatuvchi belgilar bilan taʼminlanishi va Ushbu maqsadlarda toʻgʻri foydalanilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Texnologik jarayonlar korxonaning maxsus ajratilgan hududlarida amalga oshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Korxonalarda yarim tayyor mahsulotlardan xomashyo sifatida foydalanilganda texnologik jarayonlarni bitta xonada alohida ajratilgan ish stollarida, texnologik jarayonlarning ketma-ketligiga rioya qilgan holda amalga oshirilishiga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Korxonalarning ishlab chiqarish xonalari va omborxonalarida texnologik jarayonlarga bogʻliq boʻlmagan boshqa jihozlar boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Ishlab chiqarish xonalari devorlari namli tozalash va dezinfeksiyaga bardosh beradigan qoplamali plitkalar yoki boshqa materiallar bilan qoplangan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pol sirtlari suv oʻtkazmaydigan, yuviladigan va toksik boʻlmagan, sirgʻalib ketishni oldini oluvchi, yuvish va dezinfeksiyaga chidamli materiallar bilan qoplanishi lozim. Pol sirtlarida chuqurlik va notekisliklarga, shuningdek namlik toʻplanishiga yoʻl qoʻyilmaydi, yigʻilgan suvlarni yengil oqib ketishi uchun esa qiyaliklar boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xonalarning shift va devorlariga ishlov berilgan materiallarni toʻkilishiga, shuningdek shift va devorlarning mogʻorlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Korxonalarning ishlab chiqarish, yordamchi, sanitariya-maishiy xonalarida va ovqatlanish zallarida taʼmirlash ishlari zaruratga qarab amalga oshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Korxonaning ishlab chiqarish xonalari va omborxonalarida taʼmirlash ishlarini ish faoliyatini vaqtinchalik toʻxtatmasdan olib borishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Ishlab chiqarish xonalarida qurilish materiallari, taʼmirlash va ehtiyot qismlarini saqlashga ruxsat etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Korxonalarda tozalash va dezinfeksiya qilish uchun ishlatiladigan inventarlar ovqatlanish zali, ishlab chiqarish xonalari va hojatxonalar uchun alohida boʻlishi hamda foydalanishiga qarab rang yoki harf bilan belgilanishi (tamgʻalanishi) kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Hojatxonalarni tozalash inventarlari boshqa inventarlardan alohida saqlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
46. Tozalash ishlari oʻtkazilgandan keyin barcha tozalash inventarlar yuvuvchi va dezinfeksiyalovchi vositalar bilan yuvilib, quritilib, maxsus ajratilgan joyda toza holda saqlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
47. Korxonalarda tozalash inventarlari va oziq-ovqat chiqindilari uchun idishlarni yuvish uchun issiq va sovuq suv bilan taʼminlangan, oqova suv tizimiga ega joy yoki xona ajratilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
48. Dezinfeksiyalovchi, yuvuvchi va tozalovchi vositalarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan birga saqlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
49. Korxonalarda hosil boʻladigan oziq-ovqat chiqindilarni yigʻish uchun ogʻzi yopiladigan ichiga polimer qop joylashtirilgan, yigʻiladigan oziq-ovqat turiga qarab alohida belgilangan idishlar oʻrnatilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
50. Deraza va derazalar orasidagi boʻshliqlar hamda qoʻshimcha chiroqlar toza boʻlishi lozim. Hasharotlardan himoya qilish uchun ishlab chiqarish xonalari va omborxonalarda derazalar toʻr bilan jihozlangan boʻlishi va zaruratga qarab tozalanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
51. Korxonalarning ishlab chiqarish sexlari ustida hojatxonalar joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
52. Hojatxonalar maishiy xonalarning tarkibida boʻlishi, ularning eshiklari ishlab chiqarish xonalariga chiqmasligi kerak, hojatxona dahlizida maxsus kiyimlar uchun ilgichlar, qoʻl yuvish uchun rakovinalar boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
53. Dahlizga chiqishdan oldin maxsus kiyimni yechish zarurligi toʻgʻrisida ogohlantiruvchi belgi oʻrnatilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Korxonalarda foydalaniladigan jihozlarga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
54. Korxonalarda foydalaniladigan jihozlar, inventarlar, idish-tovoqlar va boshqa idishlar odamlarning hayoti va sogʻligʻi uchun xavfsiz boʻlgan materiallardan tayyorlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
55. Sanitariya ishlovini berish uchun uskunalar, inventarlar, idishlar, idish-tovoqlar sirtlari silliq, yoriqlarsiz, nuqsonlarsiz, tirqishlarsiz boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Singan, sirlari koʻchgan, yorilgan idish-tovoqlar, choynak-piyola va boshqa idishlarning (inventarlar) ishlatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
56. Korxonalardan tashqarida umumiy ovqatlanish tashkil etilganda oshxona idish-tovoqlari soni taomlarning porsiyalari soniga muvofiq boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
57. Asbob-uskunalar texnologik jarayonning ketma-ketligiga rioya etgan holda joylashtiriladi va ular soz holatda boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
58. Xom va pishgan oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berishda texnologik jarayonlarning ketma-ketligiga rioya qilish kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
59. Ishlab chiqarish xonalaridagi ish stollari ishlatish maqsadiga qarab alohida belgilanishi va foydalanilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
60. Oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish uchun ishlatiladigan jihozlar har bir ishlab chiqarish xonasi yoki joyiga biriktirilgan boʻlishi va foydalanishiga qarab sabzavotlar, xom mahsulotlar, yarim pishgan mahsulotlar, pishgan mahsulotlar uchun alohida boʻlishi va rang yoki harf bilan belgilanishi (tamgʻalanishi) kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
61. Oshxonaning idish-tovoqlari va boshqa anjomlari idish yuvadigan mashinalarda yuvilganda, uning foydalanish yoʻriqnomasiga rioya qilinishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
62. Idishlarni va jihozlarni qoʻlda yuvishda oziq-ovqat qoldiqlaridan mexanik tozalash, ularni vannalarda yuvuvchi vositalaridan foydalangan holda yuvish, chayish va quritish imkoniyati taʼminlashi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
63. Idishlarni qoʻlda yuvish uchun ikki boʻlimli vannalardan foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Idishlarni qoʻlda yuvish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat qoldiqlarini mexanik ravishda tozalash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vannaning birinchi boʻlimida kamida +40° haroratdagi issiq suv bilan yogʻli idishlarni yogʻsizlantiruvchi va dezinfeksiyalovchi vositalarini (foydalanish yoʻriqnomasiga asosan) qoʻllagan holda qoʻshib yuvish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vannaning ikkinchi boʻlimida idishlarni kamida +65° haroratdagi issiq suv bilan chayish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuvilgan idishlarni panjarali javonlarda quritish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oshxona jihozlarini yuvish uchun alohida vanna oʻrnatilishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
64. Korxonalarda (qahvaxona, kafeteriya va boshqalarda) xodimlarning qoʻllarini yuvish uchun alohida rakovina oʻrnatilgan taqdirda, bitta boʻlimli yuvish vannasiga ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
65. Idish-tovoq va jihozlarni mexanizatsiyalashgan holda yuvish uchun idish yuvish mashinalari bilan jihozlangan korxonalarda yuvish vannalari oʻrnatilmasligi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
66. Korxonalardagi toza idish-tovoqlar va inventarlar poldan kamida 0,2 m balandlikdagi tokchalarda saqlanishi kerak. Oshxona jihozlarini patnislarda sochilgan holda saqlashga ruxsat etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
67. Mijozlar uchun foydalanilgan patnislar har bir mijozdan soʻng toza salfetkalar bilan artiladi. Ish kuni oxirida patnislar yuvuvchi va dezinfeksiyalovchi vositalarini qoʻshgan holda issiq suv bilan yuvilishi, iliq oqib turgan suv bilan chayilishi va quritilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
68. Toza patnislar ishlatilgan pantislardan alohida belgilangan joylarda saqlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
69. Ovqatlanish stollari har bir mijozdan soʻng tozalanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
70. Korxonalarda qayta ishlatiladigan idishlarni yuvish vannalari yoki idish yuvish mashinalari, quritish va toza idishlarni saqlash uchun tokchalar (stellaj) bilan jihozlangan maxsus ajratilgan xonalarda (joylarda) amalga oshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-bob. Korxonalarda oziq-ovqat xom ashyosi va mahsulotlarini tashish, qabul qilish hamda saqlashga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
71. Korxonalarga olib kiriladigan barcha oziq-ovqat mahsulotlari sifat talablariga javob berishi hamda korxonalar tomonidan isteʼmol uchun har doim xavfsiz mahsulot muomalaga chiqarilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
72. Mahsulotlarni tashish ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan qoidalarga, ular boʻlmaganda esa ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan mahsulotlarni saqlash shartlariga rioya qilgan holda amalga oshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tez buziluvchi mahsulotlarni tashishda maxsus transport vositalari va jihozlardan foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
73. Turli xil oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa tovarlarni bir vaqtning oʻzida tashishda, ularning bir-biriga tegishi va ifloslanishini oldini olish uchun transport vositalarida tegishli shart-sharoitlar boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
74. Transport vositalari va konteynerlarning yuk boʻlimlarining ichki yuzasi ularni tozalash hamda yuvish imkoniyati mavjud, toksik boʻlmagan materiallardan tayyorlanishi va toza saqlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
75. Mahsulotlarni ikkilamchi ifloslanishining oldini olish maqsadida ularni saqlash qoidalariga rioya qilinishi kerak, qadoqlanmagan xom va tayyor mahsulotlarni birga saqlanishiga (tovar qoʻshnichiligi) yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
76. Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish davrida, ovqatlanishni tashkil etishda ishtirok etuvchi umumiy ovqatlanish korxonalari tayyorlangan taomlarning sifati va xavfsizligi ustidan qoʻshimcha nazoratni taʼminlashi lozim. Bunda, tayyorlangan taomlarni nazorat qilish uchun sutkalik namunalar olib borilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tayyor ovqatdan sutkalik namuna steril yoki qaynatilgan qoshiqlar bilan mahkam yopiladigan shisha yoki metall qopqoqli steril yoki qaynatilgan shisha idishlarga olinadi. Porsiyali taomlar toʻliq hajmda olinadi, salatlar, birinchi va uchinchi taomlar, garnirlar kamida 100 grammdan olinishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Olingan sutkalik namunalar kamida 48 soat davomida maxsus sovutgichda yoki sovutgichning maxsus joyida +2 dan +6 °gacha haroratda saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
77. Tayyor oziq-ovqat mahsulotlari oziq-ovqat xom ashyosi va yarim tayyor mahsulotlarning ustida joylashtirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
78. Oziq-ovqat mahsulotlarini ularni saqlashga moʻljallanmagan xonalarda saqlash mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
79. Korxonalarda quyidagi oziq-ovqat xom ashyosi va mahsulotlarini qabul qilishga ruxsat etilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muzdan eritilgan va qayta muzlatilgan oziq-ovqat mahsulotlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yaroqlilik muddati oʻtgan va sifatsizlik belgilari boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavfsizligi kafolatlanmagan uyda tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
veterinariya-sanitariya ekspertizasi xulosalari boʻlmagan barcha turdagi qishloq xoʻjaligi hayvonlarining goʻshti va sub-mahsulotlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tozalanmagan va ichki aʼzolari olinmagan parranda goʻshti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
veterinariya-sanitariya ekspertizasi xulosalari boʻlmagan tuxum mahsulotlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
isteʼmol qilinishi mumkin boʻlmagan yoki isteʼmol qilinishi mumkin, lekin xoʻjaliklarda yetishtirilmagan qurtlagan, soʻligan qoʻziqorinlar (xoʻjaliklarda yetishtirilgan, sanoat usulida tuzlangan, marinadlangan yoki konservalangan qoʻziqorinlar bundan mustasno).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
80. Oziq-ovqat mahsulotlari korxonada ishlab chiqaruvchining qadoqlarida saqlanishi, zarur hollarda, yorligʻini mahsulot ishlatib boʻlingunga qadar saqlagan holda, boshqa toza idishga oʻtkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
81. Oziq-ovqat qoʻshimchalari ushbu sanitariya qoidalariga, shuningdek oziq-ovqat qoʻshimchalarining xavfsizligiga doir gigiyenik talablarga muvofiq qoʻllanilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
82. Oziq-ovqat qoʻshimchalarini ifloslanishi va buzilish xavfining oldini olish maqsadida ishlab chiqaruvchining idishida saqlanishi kerak, ularni saqlash uchun boshqa idishlarga solishga ruxsat etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
83. Buzilish belgilari mavjud, sifati boʻyicha shubhali, yaroqlilik muddati oʻtgan muomaladan chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlarini sifatli mahsulotlar bilan birgalikda saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
84. Sovutgichlar haroratni nazorat qilish moslamasi bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Sovutgichda oʻrnatilgan termometr boʻlsa, qoʻshimcha haroratni nazorat qilish moslamasi talab qilinmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
85. Tayyor mahsulotlarni tarqatish zonasidan tashqarida saqlashda mahsulot solingan idishlarda inventarlarni (qoshiqlar, kuraklar, choʻmich va boshqa inventarlar) qoldirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
86. Oziq-ovqat mahsulotlari poldan kamida 0,15 m balandlikda saqlanishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
87. Mikroiqlimga maxsus talablar qoʻyiladigan omborxonalarning harorati va namligini nazorat qilish vositalari (psixrometr) bilan jihozlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
88. Texnologik jarayonlarning barcha bosqichlari korxona tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan texnologik yoʻriqnomalarga muvofiq hamda ushbu sanitariya qoidalari talablariga rioya qilgan holda amalga oshirilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
89. Qandolat va non mahsulotlarini, pazandachilik mahsulotlarini, shu jumladan yarim tayyor mahsulotlarni, ularni keyinchalik savdo tarmogʻi orqali sotish ushbu sanitariya qoidalari talablariga, shuningdek ishlab chiqarish va ishlab chiqarilgan mahsulotlarning muayyan turlari boʻyicha sanitariya qoidalari talablariga rioya qilgan holda amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
90. Korxona masʼul xodimlari ularga yetkazib berilgan oziq-ovqat mahsulotlarining turi va miqdori hamda yetkazib berish sanalarini kuzatib (qayd etib) borishlari kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
91. Pazandachilik mahsulotlari talabga va sotilishiga qarab tayyorlanishi kerak. Yangi tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlarni oldingi kundan qolgan mahsulotlar bilan aralashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
92. Pazandachilik termik ishlov berilmaydigan taomlarni tayyorlash, bezatish, porsiyalarga boʻlish va tarqatish korxona xodimlari tomonidan bir martalik qoʻlqoplardan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
93. Korxonalarda goʻsht uchun moʻljallangan stolda parranda goʻshtiga ishlov berishda alohida kesuvchi jihozdan foydalaniladi, parranda goʻshtiga ishlov berish tugagandan soʻng stol yuzasini dezinfeksiya qilinishiga ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
94. Mahsulotlarni qizigan yogʻda qovurishda maxsus jihozlardan foydalanish kerak. Shu bilan birga, qovurilgan yogʻlarning ishlab chiqarish sifatini nazorat qilish lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
95. Frityurda oziq-ovqat mahsulotlarini plyus 160°S haroratda qovurishda yogʻning bir porsiyasini uzluksiz ishlatishning umumiy davomiyligi 12 soatdan oshmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
96. Qovurish boshlanganidan 6 soat oʻtgach, yogʻning sifati nazorat qilinadi. Oʻzgargan organoleptik koʻrsatkichli (taʼm, rang, hid) belgilar aniqlansa, yogʻdan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
97. Taom tayyorlashda yuvilgan va dezinfeksiyalangan tuxumlardan foydalanish kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
98. Tuxumlarga (qaynatilgan tuxumdan tashqari) quyidagi ketma-ketlikda ishlov beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
iliq 1-2 foizli ichimlik yoki sodali suv eritmasida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
dezinfeksiyalovchi vosita eritmasida, uning foydalanish boʻyicha yoʻriqnomasiga muvofiq.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
99. Qaynatilgan tuxumni tayyorlashda unga faqat birinchi idishda ishlov beriladi, shundan soʻng suv bilan yuviladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
100. Ishlab chiqarish sexlarida ishlov berilmagan tuxumlarni fileyka va boshqa idishlarda saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
101. Qovurilgan tuxumni tayyorlash uchun parhez tuxumidan foydalanish kerak (saqlash muddati ishlab chiqarilgan kundan boshlab yetti kundan ortiq boʻlmasligi kerak).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
102. Korxonada shok muzlatish texnologiyasidan foydalangan holda ikkinchi taomlarni, garnirlarni, pazandachilik mahsulotlarini va yarim tayyor mahsulotlarni muzlatishga ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
103. Muzlatilgan mahsulotlardan foydalanadigan korxonalar muzdan eritish (tushirish) uchun sex va (yoki) jihozlarga (inventarlarga) ega boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
104. Tayyor shoʻrvalar va issiq taomlar tayyorlangan paytdan eʼtiboran 3 soatdan koʻp boʻlmagan muddatda marmit yoki issiq plitada turishi mumkin. Gazaklar, sut, nordon sut mahsulotlari va ichimliklar sovutkichli vitrinaga qoʻyilishi va belgilangan yaroqlilik muddati davomida sotilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
105. Korxonada tayyor ovqatlarni tarqatish va isteʼmol qilishni tashkil qilish uchun toza, quruq idishlar va ovqatlanish anjomlari (shu jumladan bir martalik idishlar)dan foydalanilishi lozim. Bir marta ishlatiladigan idishlar va ovqatlanish anjomlaridan qayta foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
106. Korxonada quyidagilarga ruxsat berilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
texnologik jarayon talablariga rioya qilishni taʼminlash imkoniyati mavjud boʻlmaganda mahsulot tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yaroqlilik muddati oʻtgan, sifatsiz yoki sifati boʻyicha shubhali, buzilish belgilari boʻlgan mahsulotlardan foydalanish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
germetik idishlarda sabzavotli, goʻshtli, baliqli, qoʻziqorinli konservalar tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quritilgan va dudlangan baliq tayyorlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
quritilgan qoʻziqorinlar tayyorlash.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Polga tushgan yoki boshqa sabablarga koʻra ifloslangan mahsulotlarni maxsus, germetik belgili idishda toʻplanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
107. Dam olish maskanlari va koʻchalarda mangal, qoʻra, panjara, qozonlarda ovqat tayyorlashga korxonada yarim tayyor mahsulotlar tayyorlanib, quyidagi talablar bajarilgan taqdirda ruxsat etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv taʼminoti va oqova tarmoqlariga ulangan xona, shuningdek yarim tayyor mahsulotlarni saqlash uchun sovutgich uskunalari mavjud boʻlsa (agar xizmat koʻrsatish bir marotabalik yoki mavsumiy boʻlganda, unda tashib keltiriladigan ichimlik suvidan foydalanishga ruxsat beriladi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jihozlar va idishlarni yuvish uchun sharoit mavjud boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat mahsulotlarini pishirish uchun elektr jihoz yoki gaz taʼminoti, ular boʻlmaganda yogʻoch yoki tayyor koʻmir mavjud boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
metall sixlar, oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatish uchun bir marta ishlatiladigan idishlar va oshxona anjomlar mavjud boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat mahsulotlari bevosita sotishdan oldin pishirilgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xodimlarning shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishlari uchun sharoitlar mavjud boʻlsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
108. Korxonadan tashqarida umumiy ovqatlanishni tashkil etish boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi korxonalar oziq-ovqatlar va ichimliklar qadoqlangan idishlarni ochish, oziq-ovqatlarni qismlarga (porsiyalarga) ajratish, pazandachilik mahsulotlarini tarqatish uchun tayyorlash ishlarini bevosita tadbir oʻtkaziladigan joyga yaqin boʻlgan alohida maxsus ajratilgan xonada yoki joyda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
109. Ovqatlanish dala sharoitida tashkil etilganda taomlarni isteʼmol qilish va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish uchun (qoʻl yuvish uchun ichimlik suvi, sovun, bir marotaba ishlatiladigan sochiqlar va hokazolar) sharoit yaratilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
110. Yetkazib berish xizmatlari bilan shugʻullanadigan korxonalar tayyor ovqatlarni konteynerlar, bokslar, termokonteynerlar va shunga oʻxshash boshqa idishlarda mahsulotlarning saqlash va transportirovka qilish sharoitlariga rioya qilgan holda yetkazib berishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
111. Sanitariya qoidalari talablariga javob bermaydigan muomaladan chiqarilgan mahsulotlar hisobga olinishi va qayta ishlanishi yoki yoʻq qilinguniga qadar alohida saqlanishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-bob. Korxona xodimlarining shaxsiy gigiyenasiga qoʻyiladigan talablar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
112. Korxona xodimlari Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida tibbiy koʻrikdan oʻtishlari lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
113. Korxona maʼmuriyati xodimlar tanasining ochiq yuzalarida yiringli yaralar bor-yoʻqligini tekshirishlari va biror-bir kasallik alomatlari aniqlanganda, ushbu xodimlarni tibbiy xulosa olgunga qadar ishga qoʻymasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
114. Agar ish davomida korxona xodimlarida oshqozon-ichak kasalliklari, isitma koʻtarilishi va boshqa kasallik belgilari paydo boʻlsa, ular bu haqda darhol korxona maʼmuriyatiga xabar berishlari va tibbiy yordam olish uchun tibbiy muassasaga murojaat qilishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
115. Korxona maʼmuriyati korxona xodimlarining mehnat faoliyatini boshlashlaridan oldin va ish vaqtida shaxsiy gigiyena talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
116. Ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etuvchi xodimlar ish boshlashdan oldin quyidagilarni amalga oshirishlari shart:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
zargarlik buyumlarini, soatlarni yechish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sochlarni roʻmol yoki qalpoq ostiga yigʻish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toza sanitariya kiyimlarini kiyish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qoʻllarni iliq suvda sovun bilan yuvish va dezinfeksiyalovchi vositalar bilan ishlov berish, tirnoqlar olingan va lak surilmagan boʻlishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
117. Qoʻllar quyidagi holatlarda ham yuviladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishdagi har bir tanaffusdan keyin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchi ish jarayonidan ikkinchi ish jarayoniga oʻtishda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ifloslangan narsalarga qoʻl tekkanda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hojatxonaga borganda ikki marta (hojatxonaga borgandan soʻng va ish joyida bevosita ish boshlashdan avval).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
118. Korxonaning ishlab chiqarish xonalariga sanitariya kiyimisiz kirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
119. Ishlab chiqarish jarayonida bevosita ishtirok etuvchi korxonaning har bir xodimi maxsus kiyim va sanitariya vositalari (xalat, kurtka, qalpoq, qoʻlqop, sochiq) bilan taʼminlanishi kerak. Sanitariya kiyimlari har smenada va ifloslanishi bilan almashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
120. Xizmat koʻrsatuvchi xodimlar toza maxsus kiyimda yoki sanitariya kiyimda ishlashi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
121. Sanitariya kiyimlari ustidan ustki shaxsiy kiyimlarni kiyishga, sanitariya kiyimlarini shaxsiy ustki kiyimlar, buyumlar bilan birga saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
122. Mazkur sanitariya qoidalarini ishlab chiquvchilar roʻyxati ilovada keltirilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy ovqatlanish korxonalariga qoʻyiladigan sanitariya-gigiyena talablariga (0027-22-son SanQvaN)
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

Ishlab chiquvchilar roʻyxati:

A.N. Shukurov

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining Jahon savdo tashkiloti masalalari bilan ishlash boʻlimi boshligʻi, t.f.n.;

N.J. Ermatov

Toshkent tibbiyot akademiyasi, “Bolalar, oʻsmirlar gigiyenasi va ovqatlanish gigiyenasi” kafedrasi mudiri, t.f.d., professor;

O.L. Elinskaya

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi Sanitariya-epidemiologik nazorati boshqarmasining profilaktik toksiko-gigiyenik laboratoriyasi mudiri, t.f.d., katta ilmiy xodimi;

A.D. Ismailov

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining Sanitariya-gigiyena boshqarmasi bosh mutaxassisi, t.f.n.;

K.T. Bokiyev

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining Toshkent viloyati boshqarmasi boshligʻi, t.f.n.;

Sh.E. Erkinov

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining Sanitariya-gigiyena boshqarmasi yetakchi mutaxassisi.

Taqrizchilar roʻyxati:

D.A. Zaredinov

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi Gigiyena kafedrasi mudiri, t.f.d., professor;

D.Sh. Alimuxamedov

Toshkent Tibbiyot akademiyasi bolalar, oʻsmirlar gigiyenasi va ovqatlanish gigiyenasi kafedrasining dotsenti, t.f.d.;

O.P. Mirshina

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining Sanitariya-gigiyena boshqarmasi bosh mutaxassisi, t.f.n.

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining 2025-yil 26-maydagi 11-son qarori (hisob raqami 353, 10.06.2025-y.) tahririda)