30.08.1997 yildagi 483-I-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 30.08.1997 yildagi 483-I-son
Date of entry into force
18.10.1997
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OZIQ-OVQAT MAHSULOTINING SIFATI VA XAVFSIZLIGI TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsuloti bilan ta’minlashning huquqiy asoslarini belgilab beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning talablari atir-upa, pardoz-andoz mollari va tamaki mahsulotlariga ham taalluqlidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Asosiy tushunchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bolalarbop oziq-ovqat mahsulotlari — bolalar organizmining (uch yoshgacha) fiziologik xususiyatlariga javob beradigan maxsus oziq-ovqat mahsulotlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sanitariya-epidemiologik xulosa — oziq-ovqat mahsulotining va uni tayyorlash hamda undan foydalanish uchun mo‘ljallangan uskunalarning sanitariya qoidalariga, normalariga va gigiyena normativlariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat;
(2-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi O‘RQ-429-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ovqatga qo‘shiladigan biologik faol qo‘shimchalar — oziq-ovqat xom ashyosini qayta ishlash yo‘li bilan yoki sun’iy usulda hosil qilingan hamda bevosita ovqat bilan birga iste’mol qilishga yoki oziq-ovqat mahsulotlari tarkibiga qo‘shishga mo‘ljallangan tabiiy yoxud tabiiyga aynan o‘xshaydigan biologik faol moddalarning konsentratlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqatlar — oziq-ovqat xom ashyosidan tayyorlangan hamda natural yoki qayta ishlangan holida iste’mol qilinadigan mahsulotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat mahsuloti — oziq-ovqat xom ashyosi, (shu jumladan etil spirti), oziq-ovqatlar (shu jumladan alkogolli ichimliklar) va ularning tarkibiy qismlari, oziq-ovqat xom ashyosi va oziq-ovqatlarga tegib turadigan moddalar, materiallar, yordamchi va qadoqlash materiallari hamda ulardan tayyorlangan buyumlar birga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat mahsuloti muomalasi — oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarish, tayyorlash, xarid qilish, qayta ishlash, yetkazib berish, saqlash, tashish va realizatsiya qilish bilan bog‘liq faoliyat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat mahsulotini realizatsiya qilish — oziq-ovqat mahsulotini ma’lum shartlar bilan sotish, yetkazib berish va topshirishning boshqa shakllari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat mahsulotining sifati — oziq-ovqat mahsulotining iste’mol xossalarini belgilab beradigan va uning odamlar hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfsizligini ta’minlaydigan mezonlar majmui;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligi — oziq-ovqat mahsulotining sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya qoidalari va normalariga mosligi;
(2-moddaning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat xom ashyosi — oziq-ovqatlar ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan o‘simlik, hayvonot, mikrobiologiya, shuningdek minerallar obyektlari, suv;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqatlarni hamda oziq-ovqat xom ashyosini taqqoslash — oziq-ovqatlar hamda oziq-ovqat xom ashyosi aniq turdagi va nomdagi mahsulotga doir normativ va (yoki) texnikaviy hujjatda belgilab qo‘yilgan muhim mezonlarga mos kelishini aniqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat mahsulotining yaroqlilik muddati (foydalanish muddati) — bu muddat davomida oziq-ovqat mahsulotini saqlash, tashish, realizatsiya qilish chog‘ida xavfsizlik normalari va qoidalari talablariga rioya etilgan taqdirda u foydalanishga yaroqli bo‘lib turadi, bu muddat tamom bo‘lganidan keyin esa mahsulot odamlar hayoti va salomatligi uchun xavfli bo‘lib qolishi mumkin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat mahsulotini qalbakilashtirish — oziq-ovqat xom ashyosining hamda oziq-ovqatlarning xossalari va mezonlarini ataylab o‘zgartirish yoki ularni almashtirib qo‘yish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat qo‘shimchalari — oziq-ovqatlarga belgilangan xossalarni baxsh etish va (yoki) ularni saqlab qolish maqsadida ataylab qo‘shiladigan tabiiy holdagi yoki sintez qilingan moddalar, birikmalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toksikologiya-gigiyena ekspertizasi — oziq-ovqat mahsuloti ustida amalga oshiriladigan bir turkum laboratoriya tadqiqotlari bo‘lib, ular mavjud normalar va qoidalar bilan qiyoslashga mo‘ljallangan bo‘ladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qadoqlash materiallari, yordamchi materiallar va ulardan tayyorlangan buyumlar — oziq-ovqat mahsulotini muomala jarayonida tashqi ta’sirlardan himoyalash maqsadida ishlatiladigan vositalar.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
energetik ichimliklar — tarkibida 150 mg/l.dan ortiq miqdorda kofein va (yoki) inson organizmiga tonusni o‘zgartiruvchi ta’sir ko‘rsatish uchun yetarli miqdordagi boshqa komponentlar mavjud bo‘lgan ichimliklar.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 9-yanvardagi O‘RQ-514-sonli Qonuniga asosan o‘n sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2019-y., 03/19/514/2450-son — 2019-yil 11-apreldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonundan va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qoraqalpog‘iston Respublikasida oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunchiligi bilan ham huquqiy jihatdan tartibga solinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida ushbu Qonunda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilab qo‘yilgan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat boshqaruvi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi hamda qonunchilik bilan belgilanadigan boshqa organlar (bundan keyin matnda davlat nazorati organlari deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(4-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 17-yanvardagi O‘RQ-898-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2024-y., 03/24/898/0046-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat boshqaruvi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat tomonidan normalash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat mahsulotini hamda uni tayyorlashga mo‘ljallangan va foydalanganda oziq-ovqatga tegib turadigan uskunalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat mahsulotini sertifikatlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat nazorati va tekshiruvi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat mahsulotining sifatini va xavfsizligini ta’minlash tadbirlarini rejalashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini ta’minlash sohasida davlat tomonidan normalash
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini ta’minlash sohasida davlat tomonidan normalashtirish oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligiga, uni ishlab chiqarish, tayyorlash, xarid qilish, qayta ishlash, yetkazib berish, saqlash, transportda tashish hamda realizatsiya qilish shart-sharoitlariga doir talablarni o‘z ichiga olgan texnik reglamentlarni, sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini, fitosanitariya normalarini, qoidalarini hamda gigiyena normativlarini, milliy standartlarni, texnik shart-sharoitlarni (bundan buyon matnda normalar va qoidalar deb yuritiladi) belgilash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
(5-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 3-noyabrdagi O‘RQ-800-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.11.2022-y., 03/22/800/0990-son — 2023-yil 5-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligiga doir normalar va qoidalar davlat organlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlanadi va ular oziq-ovqat mahsuloti muomalasi sohasida ish olib borayotgan yuridik hamda jismoniy shaxslar uchun majburiydir.
(5-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Oziq-ovqat mahsulotini hamda uni tayyorlashga mo‘ljallangan va foydalanganda oziq-ovqatga tegib turadigan uskunalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oziq-ovqat mahsuloti hamda uni tayyorlashga mo‘ljallangan va foydalanganda oziq-ovqatga tegib turadigan uskunalar oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligiga doir normalar va qoidalar talablariga mosligi baholanganidan hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin ishlab chiqarilishi, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi, realizatsiya qilinishi va ishlatilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan va uning hududiga olib kirilayotgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalaga ruxsat berilgan oziq-ovqat mahsulotini va uskunalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanitariya-epidemiologik xulosa berilayotganda davlat sanitariya nazorati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(6-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi O‘RQ-429-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagilarga yo‘l qo‘yilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat mahsulotining har xil turlarini bir xil nomda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ayni bir turdagi oziq-ovqat mahsulotini bir xil yoki har xil nomlar bilan qayta-qayta ro‘yxatdan o‘tkazish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarkibida giyohvandlik moddalari bo‘lgan oziq-ovqatlarni, ovqatga qo‘shiladigan oziq-ovqat qo‘shimchalari, yembop qo‘shimchalar va biologik faol qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Oziq-ovqat mahsulotini, uni ishlab chiqarish, saqlash, tashish va u bilan savdo qilishga mo‘ljallangan texnologiyalar, uskunalar, buyumlar va vositalarni sertifikatlash
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oziq-ovqat mahsuloti, uni ishlab chiqarish, saqlash, tashish va u bilan savdo qilishga mo‘ljallangan texnologiyalar, uskunalar, buyumlar va vositalar ularning normalar va qoidalarga mosligini tasdiqlash maqsadida sertifikatlanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Majburiy sertifikatlanadigan mahsulotlar ro‘yxati hamda sertifikatlashdan o‘tkazish tartibi qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
(7-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini nazorat qilish va tekshirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi ushbu Qonunning 4-moddasida ko‘rsatilgan davlat nazorati organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida nazorat qilinadi va tekshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarish, tayyorlash, xarid qilish, qayta ishlash, yetkazib berish, saqlash, tashish va realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar belgilangan normalar va qoidalarga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazoratini ta’minlaydilar. Ishlab chiqarish nazoratini amalga oshirish tartibi oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligiga doir normalar va qoidalarga, normativ hamda texnologiya hujjatlari talablariga muvofiq yuridik va jismoniy shaxslar bajaradigan ishlar va xizmatlarning xususiyatlarini va shart-sharoitlarini hisobga olgan holda belgilanadi hamda tegishli davlat nazorati organlari bilan kelishiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlab chiqarish nazoratini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar normalar va qoidalarning talablari buzilganligi aniqlangan taqdirda ishlarni amalga oshirishni va xizmatlar ko‘rsatishni aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar to‘xtatib qo‘yishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini ta’minlashga doir normalar va qoidalar bajarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga haqli.
(8-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 29-avgustdagi O‘RQ-559-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2019-y., 03/19/559/3670-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini ta’minlash tadbirlarini rejalashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqarishni, oziq-ovqat mollari bilan savdo qilishni, umumiy ovqatlanish tizimini rivojlantirishning respublika va mintaqaviy maqsadli dasturlarini ishlab chiqish chog‘ida oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini ta’minlash tadbirlari nazarda tutilmog‘i kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Yangi oziq-ovqat mahsulotini yaratish va ishlab chiqarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik va jismoniy shaxslar yangi oziq-ovqat mahsulotini yaratish va ishlab chiqarish yoki uni takomillashtirish chog‘ida, shuningdek ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqish chog‘ida oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligini, yaroqlilik muddatini, sifat ko‘rsatkichlarini va nazorat qilish usullarini asoslab berishlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oziq-ovqat mahsulotining sifat ko‘rsatkichlari, uning xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar majburiy bo‘lib, ushbu mahsulotning normativ hujjatlariga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sifati va xavfsizligi muayyan vaqt o‘tganidan keyin o‘zgarishi hamda odamlarning hayoti va salomatligiga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘ladigan oziq-ovqat mahsulotiga yaroqlilik muddati belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yangi oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarishga, yangi texnologiya jarayonlarini, uskunalarni joriy etishga ular toksikologiya-gigiyena ekspertizasidan, hayvonlardan olinadigan oziq-ovqat xom ashyosi esa davlat veterinariya xizmati tomonidan o‘tkaziladigan veterinariya va veterinariya-sanitariya ekspertizasidan keyin va (yoki) mahsulot belgilangan qoidalar va normalarga mosligi haqida davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlarning sanitariya-epidemiologik xulosasi, davlat veterinariya xizmatining veterinariya xulosasi olinganidan hamda oziq-ovqat mahsuloti davlat reyestriga kiritilganidan keyin yo‘l qo‘yiladi.
(10-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oziq-ovqat mahsulotini yuridik va jismoniy shaxslar normalar va qoidalar talablariga muvofiq ishlab chiqaradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarishda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan oziq-ovqat xom ashyosidan, oziq-ovqat qo‘shimchalardan, qadoqlash va yordamchi materiallardan va ulardan ishlangan buyumlardan, uskunalardan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tarkibida giyohvandlik moddalari bo‘lgan oziq-ovqat qo‘shimchalari, yembop qo‘shimchalar va biologik faol qo‘shimchalarni ishlatish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat mahsulotining sifati belgilangan normalar va qoidalar talablariga mos bo‘lishi ushbu Qonun 7-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan mahsulotlarning sifati esa sertifikat bilan ham tasdiqlanishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Hayvonlardan olinadigan oziq-ovqat xom ashyosini yetishtirish chog‘ida veterinariya dori vositalarini va ozuqabop qo‘shimchalarni qo‘llashga ular belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin yo‘l qo‘yiladi.
(11-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘simliklardan olinadigan oziq-ovqat xom ashyosini yetishtirish chog‘ida zaharli kimyoviy moddalar va mineral o‘g‘itlarni qo‘llanishiga ular toksikologiya-gigiyena ekspertizasidan o‘tkazilganidan keyin yo‘l qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. Oziq-ovqatlarni qadoqlash, o‘rash va tamg‘alash
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oziq-ovqatlar ishlab chiqaruvchi yuridik va jismoniy shaxslar ularni qadoqlangan, o‘ralgan (barcha muomala bosqichlarida sifati va oziqlik qimmati saqlanib qolishini ta’minlaydigan) va qonunchilikka muvofiq tamg‘alangan holda chiqarishlari shart.
(12-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qadoqlangan va o‘ralgan oziq-ovqatlar, ovqatga qo‘shiladigan biologik faol qo‘shimchalar, oziq-ovqat qo‘shimchalari yorliqlarga (suqma varaqalarga) ega bo‘lishi, ularda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqatning nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqatni nimaga mo‘ljallanganligi (bolalarga maxsus mo‘ljallangan mahsulotlar va parhez taomlar uchun);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayyorlovchining nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tovar belgisi (belgiga ega tashkilotlar uchun);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziq-ovqat tarkibiga kirgan narsalar, shu jumladan oziq-ovqat qo‘shimchalarining nomi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oziqlik qimmati, navi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saqlash shart-sharoitlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayyorlangan sanasi, yaroqlilik muddati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tayyorlash usuli (masalliqlar hamda maxsus bolalarbop va parhez oziq-ovqat mahsulotlari uchun);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
og‘irligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
foydalanish usuli (biologik faol qo‘shimchalar: oziq-ovqat qo‘shimchalari, maxsus bolalarbop va parhez oziq-ovqat mahsulotlari uchun);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muvofiqlik belgisi (mahsulotini muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alash huquqini beradigan litsenziyasi bor korxonalar uchun);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ yoki texnikaviy hujjatlarning nomerlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Oziq-ovqatlarni saqlash va tashish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oziq-ovqatlarni saqlaydigan va tashiydigan yuridik va jismoniy shaxslar normalar va qoidalarga rioya etishlari, oziq-ovqat sifati saqlanishini va xavfsizligini ta’minlashlari shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Oziq-ovqat mahsulotini realizatsiya qilish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Majburiy sertifikatlanadigan oziq-ovqat mahsuloti yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini tasdiqlaydigan moslik sertifikati yoki muvofiqlik belgisi bo‘lgan taqdirda realizatsiya qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oziq-ovqat mahsulotini chakana sotish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oziq-ovqat mahsuloti bilan savdo qilishga mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan shu maqsadlar uchun ajratilgan joylarda yo‘l qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagi hollarda oziq-ovqat mahsulotini realizatsiya qilishga yo‘l qo‘yilmaydi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulot sifati belgilangan normalar va qoidalar talablariga muvofiq bo‘lmasa, majburiy sertifikatlanadigan mahsulotlar uchun esa moslik sertifikati bo‘lmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
saqlash va realizatsiya qilish uchun tegishli sharoit bo‘lmasa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yaroqlilik muddati tugagan bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulot qalbakilashtirilgan bo‘lsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mahsulotlarni taqqoslash mumkin bo‘lmasa.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Energetik ichimliklarning o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga realizatsiya qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
(14-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 9-yanvardagi O‘RQ-514-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2019-y., 03/19/514/2450-son — 2019-yil 11-apreldan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududiga oziq-ovqat mahsulotini olib kirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan oziq-ovqat mahsuloti ushbu Qonunda ko‘rsatilgan normalar va qoidalarning talablariga muvofiq bo‘lishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chetdan olib kirilayotgan oziq-ovqat mahsulotini yetkazib beruvchi uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ishlab chiqaruvchining va eksport qiluvchi mamlakat maxsus vakil qilgan organning ushbu mahsulot xavfsiz ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarini, tegishli ekspertiza o‘tkazish zarur bo‘lganida esa oziq-ovqat mahsulotining namunalarini taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chetdan olib kirilayotgan oziq-ovqat mahsuloti, texnologiyalar va uskunalar qonunchilikka muvofiq majburiy sertifikatlanishi lozim.
(15-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan oziq-ovqat mahsuloti sifati va xavfsizligining normalar va qoidalariga mosligi davlat nazorati organlari tomonidan bojxona organlari bilan birgalikda belgilangan tartibda aniqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Oziq-ovqat mahsulotini olib qo‘yish
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Odamlar hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan oziq-ovqat mahsuloti tegishli davlat nazorati organlarining qaroriga muvofiq qonunchilikda belgilangan tartibda olib qo‘yilishi kerak.
(16-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Qoidalar va normalarga mos kelmaydigan oziq-ovqat mahsulotidan foydalanish hamda uni yo‘q qilib tashlash
(17-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yaroqlilik muddati o‘tgan, sifatsizligi belgi berib turgan, taqqoslash va ishlab chiqaruvchisini aniqlash mumkin bo‘lmagan, shuningdek sanitariya-gigiyena ekspertizasi, laboratoriya tekshiruvlari va (yoki) veterinariya, veterinariya-sanitariya ekspertizasi va sertifikatlashtirish sinovlari natijalariga ko‘ra davlat sanitariya nazorati va (yoki) davlat veterinariya xizmati organlari tomonidan ovqatga ishlatish uchun yaroqsiz deb topilgan oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqarilish va realizatsiya qilinishdan olib tashlanadi, u belgilangan maqsadda ishlatilmasligi hamda qayta ishlanishi yoki yo‘q qilib tashlanishi kerak.
(17-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oziq-ovqat mahsulotini qayta ishlash yoki yo‘q qilib tashlash usullari va shartlari uchun egasi tomonidan tegishli davlat nazorati organlari bilan kelishib olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oziq-ovqat mahsulotidan foydalanish (uni qayta ishlash) yoki yo‘q qilib tashlash uning egasi tomonidan yoki mahsulot egasi shu ishlarni bajarishni shartnoma bo‘yicha topshiradigan tashkilotlar tomonidan komissiya ishtirokida amalga oshiriladi. Komissiya tarkibiga davlat hokimiyati mahalliy organlarining, davlat nazorati organlarining, soliq organlarining va jamoatchilikning vakillari kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oziq-ovqat mahsuloti hayvonlarga yem sifatida ishlatilgunicha yoki yo‘q qilib tashlagunicha alohida joyda (rezervuarda), alohida hisobda, miqdorini, ishlatish (qayta ishlash) yoki yo‘q qilib tashlash usullari va shartlari aniq ko‘rsatilgan holda saqlanishi kerak. Bunday mahsulotning but saqlanishi uchun uning egasi javobgar bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oziq-ovqat mahsulotini ekspertiza qilish, yo‘q qilib tashlash usullari va shartlarini belgilash, qayta ishlash, saqlash, tashish va yo‘q qilib tashlash bilan bog‘liq xarajatlarni uning egasi to‘laydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oziq-ovqat mahsulotining egasi davlat sanitariya nazorati va (yoki) davlat veterinariya xizmati organlariga ushbu mahsulotdan foydalanilganligi yoki u yo‘q qilib tashlanganligi to‘g‘risidagi dalolatnomani taqdim etadi.
(17-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(18-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1997-yil 30-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
483-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 239-modda; 2003-y., 5-son, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 14-son, 113-modda; 2016-y., 52-son, 597-modda; 2017-y., 16-son, 265-modda, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son; 10.01.2019-y., 03/19/514/2450-son, 30.08.2019-y., 03/19/559/3670-son, 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 27.04.2021-y., 03/21/685/0373-son; 25.05.2022-y., 03/22/771/0448-son; 04.11.2022-y., 03/22/800/0990-son; 18.01.2024-y., 03/24/898/0046-son)