02.08.2022 yildagi 422-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 02.08.2022 yildagi 422-son
Date of entry into force
02.08.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Oldingi tahrirga qarang.

Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligining budjetdan tashqari Sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sportni rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2022-yil 18-fevraldagi PQ-136-son qarori ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sportni rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2022-yil 18-fevraldagi PQ-136-son qaroriga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sport vazirligining budjetdan tashqari Sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etilganligi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) hamda uning mablagʻlarini shakllantirish manbalari belgilanganligi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma mablagʻlari Sport vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari, shuningdek, tizim tashkilotlari xodimlarini qoʻshimcha ragʻbatlantirishga, moddiy-texnik bazani mustahkamlashga, sohani raqamlashtirishga hamda sportni rivojlantirish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa tadbirlarga yoʻnaltirilishi nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligining budjetdan tashqari Sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaning maqomi, jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari, unga tushgan mablagʻlarni vazirlik tomonidan ochiladigan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari va xorijiy valyutadagi bank hisobvaraqlarida jamlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma mablagʻlaridan har yili vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan daromadlar va xarajatlar smetasiga qatʼiy muvofiq ravishda foydalanish yoʻnalishlari va tartibi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarma mablagʻlaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini nazorat qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Sportni rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziri A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 2-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
422-son
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 422-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligining budjetdan tashqari Sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligining budjetdan tashqari Sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Jamgʻarma yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida jamgʻarma uchun ochilgan Sport vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) hamda uning tizimidagi budjet tashkilotlarining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida, shu jumladan, xorijiy valyutadagi shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida jamlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Jamgʻarma quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muassisi Vazirlik hisoblangan tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda — tizim tashkilotlari) ixtiyorida soliqlar va yigʻimlar toʻlanganidan keyin qoladigan sof foydaning bir qismi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xususiylashtirish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat mulki obyektlarini realizatsiya qilishdan tushadigan tegishli mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tizimdagi tashkilotlarning mol-mulkini (bundan koʻchmas mulk mustasno) sotishdan tushgan mablagʻlarning 50 foizi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tizimdagi tashkilotlarning mol-mulkini ijaraga berishdan tushgan budjetga yoʻnaltirilayotgan mablagʻlarning 50 foizi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tizimdagi tashkilotlar faoliyatini tekshirish natijalari boʻyicha Vazirlikning ichki audit xizmatlari tomonidan aniqlangan Davlat budjeti mablagʻlarining, shuningdek, talon-toroj, rastratalar, kamomadlar summalarining 50 foizi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tizimdagi tashkilotlar faoliyatini tekshirish natijalari boʻyicha Vazirlikning ichki audit xizmatlari tomonidan aniqlangan hamda davlat maqsadli jamgʻarmalari va budjetdan tashqari jamgʻarmalar daromadiga undirilgan noqonuniy sarflangan budjet mablagʻlari, talon-toroj, rastratalar, kamomadlar summalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tizimdagi tashkilotlarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga tushadigan mablagʻlarning 10 foizi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarini joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sport sohasidagi davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishdan tushadigan mablagʻlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy davlatlarning grantlari va texnik koʻmaklashish mablagʻlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasiga davlat aktivlarini sotishdan tushadigan mablagʻlarning 3 foizi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlari asosida sotiladigan davlat mulki obyektlarini sotishdan hamda yer uchastkalarini xususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlar bundan mustasno) Jamgʻarmaga yoʻnaltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ushbu mablagʻlarni har oyda hisobot oyidan keyingi oyning oʻn beshinchi sanasiga qadar Jamgʻarmaga oʻtkazib boradi. Bunda tadbirkorlikni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan, tadbirkorlar uchun tashkil etiladigan oʻquv kurslarini maqsadli moliyalashtirish maqsadida Savdo-sanoat palatasi Rayosati tomonidan belgilangan, biroq tushumning (Jamgʻarmaga tushadigan 3 foiz qismidan) 10 foizidan oshmagan miqdori Savdo-sanoat palatasiga maqsadli yoʻnaltiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi har chorakda Jamgʻarmaga Nizomning ushbu bandiga muvofiq tushadigan tushumlar boʻyicha hisobotlarni toʻgʻri yuritilishini taʼminlash maqsadida solishtirma-dalolatnoma tuzadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Jamgʻarma mablagʻlaridan har yili Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan va Iqtisodiyot va moliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkaziladigan daromadlar va xarajatlar smetasiga muvofiq foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Jamgʻarma mablagʻlaridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sport sohasini rivojlantirish dasturlari xarajatlarini moliyalashtirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik, uning tizimidagi tashkilotlar bino va inshootlarini qurish va taʼmirlashga, shuningdek, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga (mebel, orgtexnika, avtotransport vositalarini xarid qilish va boshqalar) hamda joriy saqlash xarajatlariga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yangi sport inshootlarini qurish va foydalanishga topshirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakillik xarajatlari va sovgʻalar xarid qilishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlikka qonunchilikda belgilangan tartibda fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnomalar asosida ishlash uchun mutaxassislarni, shu jumladan, xorijiy ekspertlarni va xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni shartnomalar orqali jalb etishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sport sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shu jumladan, Vazirlik markaziy apparati hamda tizimdagi tashkilotlar xodimlarining sohaviy xorijiy oʻquv markazlarida va taʼlim tashkilotlarida stajirovkadan oʻtishga, konferensiya, seminar va boshqa tadbirlarda ishtirok etishiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sport sohasiga doir raqamlashtirish tizimini yuritish va uni texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlashga;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik markaziy apparati hamda uning tizimidagi budjet tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga (mukofotlar toʻlash, maoshlarga ustamalar belgilash, moddiy yordam koʻrsatish va boshqalar), budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan hisoblangan va toʻlangan oʻrtacha ish haqiga qoʻshilgan va ijtimoiy sugʻurta badallari (ijtimoiy soliq) hisoblangan, mehnat taʼtili va foydalanilmagan taʼtil uchun kompensatsiya, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi hamda boshqa toʻlovlarga;
(6-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-apreldagi 275-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2025-y., 09/25/275/0394-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik tomonidan oʻz tizimida tashkil etiladigan davlat muassasalarini saqlash xarajatlari, tizimidagi tashkilotlarning ustav fondini shakllantirish hamda toʻgʻridan-toʻgʻri tuziladigan shartnomalar asosida ularning ustavlariga muvofiq ular tomonidan bajariladigan (koʻrsatiladigan) ishlar (xizmatlar) uchun toʻlovlarni amalga oshirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik va uning tizimidagi budjet tashkilotlariga aviachiptalar xarid qilish, xizmat safarlari xarajatlarini qoplash, aʼzolik badallarini toʻlash, xorijiy adabiyotlar xarid qilish va qonunchilikda nazarda tutilgan xorijiy valyutadagi boshqa xarajatlarga haq toʻlash uchun xorijiy valyutada mablagʻlar ajratishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
nodavlat notijorat tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish, ular faoliyatini ragʻbatlantirish, sport sohasidagi loyihalarga grantlar ajratish, shuningdek, sport federatsiya (assotsiatsiya)larining xalqaro tashkilotlarga aʼzolik badallarini sport vazirining (keyingi oʻrinlarda — Vazir) buyrugʻi bilan toʻlab berishga;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlikka yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishga mahalliy va xorijiy ilmiy muassasalar, olim va mutaxassislarni, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, oliy taʼlim muassasalari hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarni belgilangan tartibda shartnoma asosida jalb qilishga;
(6-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston sport faxriylari kengashi faoliyatini moliyalashtirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari asosida xarajatlarni moliyalashtirish (qoplash), shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyuradigan xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar delegatsiyalarining tashriflarini tashkil etish va moliyalashtirishga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yuqori natijaga erishgan sportchilar va ularning trenerlarini qoʻshimcha ragʻbatlantirish maqsadida esdalik sovgʻalari xarid qilish, pul koʻrinishida mukofotlar toʻlashga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik tizimidagi taʼlim muassasalarining iqtidorli, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj, chin yetim va nogironligi boʻlgan talabalari (oʻquvchilari)ni qoʻllab-quvvatlash maqsadida stipendiyalar toʻlashga (stipendiyalar miqdori Vazir buyrugʻiga asosan belgilanadi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlikning kasaba uyushmasiga jamoa shartnomasida (kelishuvida) belgilangan maqsadlar va miqdorlarda mablagʻlar oʻtkazishga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlik va uning tizimidagi budjet tashkilotlarining vazifalari va faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirishga qaratilgan boshqa xarajatlarni moliyalashtirishga.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlik markaziy apparatining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan zarur hollarda, uning tizimidagi budjet tashkilotlarining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga mazkur Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan xarajatlarni amalga oshirish uchun maqsadli mablagʻlar oʻtkazib beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vazirlik tomonidan, istisno tariqasida, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga davlat ijtimoiy buyurtmasi shaklida mablagʻ ajratishda mablagʻlarning 50 foizigacha qismi oldindan avans tariqasida, qolgan qismi esa — avans mablagʻlarining oʻzlashtirilishiga qarab ajratilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilishga yoʻnaltirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan Vazirlik hamda uning tizimidagi budjet tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish Jamgʻarma moliyaviy holatidan kelib chiqib, quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻp yillik ishlaganlik uchun qoʻshimcha haq va ustamalar toʻlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilikda belgilangan bayram kunlarda va boshqa muhim sanalarda bir martalik pul mukofoti bilan mukofotlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
lavozim maoshlariga har oylik belgilanadigan shaxsiy ustama toʻlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishda muvaffaqiyatlarga erishganligi va muhim topshiriqlarni bajarganligi uchun alohida xodimlarni mukofotlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ovqat puli uchun toʻlov;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yoʻl kira xarajatlari uchun toʻlov;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moddiy yordam koʻrsatish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Vazirlik markaziy apparati xodimlariga Jamgʻarma hisobidan, quyidagi miqdorda koʻp yillik ishlaganlik uchun har oylik ustama toʻlanadi (ustama va ragʻbatlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1 yildan 3 yilgacha — 0,3;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3 yildan 5 yilgacha — 0,6;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5 yildan 10 yilgacha — 0,8;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10 yildan 15 yilgacha — 1,0;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15 yildan 20 yilgacha — 1,2;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20 yildan yuqori — 1,5.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda koʻp yillik ishlaganlik uchun har oylik ustama toʻlovlari koeffitsiyentini hisoblashda Vazirlik markaziy apparati xodimlarining tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar (yakka tadbirkor va oʻzini oʻzi band qilib ishlagan davridan tashqari), barcha tashkilotlardagi rasmiy mehnat faoliyati davri hisobga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Vazirlik hamda uning tizimidagi budjet tashkilotlari xodimlari quyidagi bayramlar va muhim sanalar munosabati bilan mukofotlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-yanvar — Yangi yil;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-mart — Navroʻz bayrami;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-may — Xotira va qadrlash kuni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ramazon hayiti (Iyd al-Fitr);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qurbon hayiti (Iyd al-Adha);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-sentabr — Mustaqillik kuni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-oktabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-dekabr — Konstitutsiya kuni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda xodimlarga beriladigan mukofot miqdori Vazir tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Vazirlik markaziy apparati xodimlariga Jamgʻarma hisobidan quyidagi ustama va ragʻbatlantirish choralari belgilanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tashabbuskorlik va mehnat natijalari boʻyicha har oyda shaxsiy ustama toʻlovlari lavozim maoshining (ustama va ragʻbatlantirish koeffitsiyenti hamda koʻp yillik ishlaganlik uchun ustamani hisobga olgan holda) — ikki yuz ellik foizigacha boʻlgan miqdorda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xizmat vazifalarini sidqidildan bajarganligi, ijro intizomiga rioya etilganligi, oʻz xizmat faoliyati samaradorligini oshirish motivatsiyasi va xizmat vazifalarini samarali bajarish tizimini joriy etganligi hamda moddiy javobgarligi yuqori boʻlgan xodimlarga har chorakda lavozim maoshining (ustama va ragʻbatlantirish koeffitsiyenti hamda koʻp yillik ishlaganlik uchun ustamani hisobga olgan holda) — ikki yuz foizigacha boʻlgan miqdorda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur bandda nazarda tutilgan ustamalar xodim ishga kirgan oyning keyingi oyidan boshlab qoʻllaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Vazirlik hamda uning tizimidagi budjet tashkilotlari xodimlari alohida muvaffaqiyatlarga erishganligi va muhim topshiriqlarni bajarganligi uchun chorak yakunlari boʻyicha lavozim maoshining (ustama va ragʻbatlantirish koeffitsiyenti hamda koʻp yillik ishlaganlik uchun ustamani hisobga olgan holda) ikki yuz foizigacha miqdorda mukofotlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ustama va ragʻbatlantirish choralari joriy qilinadigan xodimlar toifasi, tartibi va ularga beriladigan ustama va ragʻbatlantirish miqdori Vazir tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Vazirlik xodimlarini ijtimoiy himoya qilish maqsadida ularga har oyda bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravarigacha miqdorda ovqat puli hamda yoʻl kira xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarigacha miqdorda yoʻl kira puli beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Vazirlik markaziy apparati xodimlariga Vazirlik kasaba uyushmasining iltimosnomasiga binoan quyidagi sharoitlar va miqdorlarda moddiy yordam koʻrsatiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) xodimning yubiley sanalari (50, 55, 60, 65, 70) munosabati bilan bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) xodimning oʻzi oila qurganda yoki farzandining toʻyi munosabati bilan (nikoh guvohnomasiga asosan, faqat birinchi nikoh uchun) bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) xodim vafot etganda, uning turmush oʻrtogʻi yoki qonuniy vakiliga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) Oila kodeksiga muvofiq xodimning yaqin qarindoshlari (ota-onasi, turmush oʻrtogʻi va farzandlari) vafot etganda (oʻlim toʻgʻrisidagi guvohnomaga asosan) bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) alohida ehtiyoj tugʻilganda (baxtsiz hodisa, avariya, uzoq muddatli kasallik sababli maxsus davolanish va sogʻliqni qayta tiklashga, shuningdek, oiladagi ogʻir moddiy ahvol va boshqa holatlar) bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish uchun yilda bir marta (qoida tariqasida kuz oylarida) bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Soha rivojlanishida alohida xizmat koʻrsatgan xodimlarga mehnat taʼtili davrida oilasi (turmush oʻrtogʻi va voyaga yetmagan farzandlari) bilan sanatoriy-kurort zonalarida dam olishi bilan bogʻliq xarajatlari qoplab berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda ushbu xarajatlarning qoplab beriladigan qismi bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oshmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi yuzasidan hisobot va nazorat
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Jamgʻarma mablagʻlarining hisob va hisoboti Vazirlik tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq yuritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Jamgʻarma mablagʻlaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini nazorat qilish Vazirlikning Ichki audit va nazorat boshqarmasiga yuklanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Vazirlik belgilangan tartibda Jamgʻarmaga mablagʻlar tushishi va ulardan maqsadli foydalanilishi toʻgʻrisida Iqtisodiyot va moliya vazirligiga hisobot taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Jamgʻarmaning hisobot yilida foydalanilmagan mablagʻlari olib qoʻyilmaydi va keyinchalik ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda foydalanish uchun milliy va xorijiy valyutada jamgʻarib boriladigan gʻaznachilik shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida qoladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Ushbu Nizomning talablariga rioya etilishi qonunchilik hujjatlariga muvofiq nazorat qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
(ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.08.2022-y., 09/22/422/0698-son; 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son; 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son; 30.04.2025-y., 09/25/275/0394-son)