1-ILOVA
|
T/r |
Manzili |
Egallagan maydoni, gektar |
Balansda saqlovchi (mulkdor) |
Loyihaning maqsadi |
|
1. |
Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Maxtumquli koʻchasi, 61/139 |
2,4 |
1. “Kwangjin Autosystems” MCHJ qoʻshma korxonasining ishlab chiqarish quvvatlarini joylashtirish uchun Andijon viloyatida “Mashinasozlik va elektrotexnika sanoat xabi”da qurilgan bino va inshootlarni ajratish hisobiga obyektni (bino va inshootlar, ular joylashgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar bilan birga) “Kwangjin Autosystems” MCHJ qoʻshma korxonasidan “Uzautocomponents” MCHJ tasarrufiga oʻtkazish. 2. “Uzautocomponents” MCHJ tomonidan mulkni bozor qiymatida ulush sifatida uy-joy qurish loyihasiga kiritish va obyekt negizida koʻp qavatli uylar qurish. | |
|
2. |
Toshkent shahri, Olmazor tumani, Qorasaroy koʻchasi, 284 |
1,9 |
“Texnologmash” MCHJ |
1. “Texnolog” AJga tegishli “Texnologmash” MCHJning 100 foiz ulushini “Oʻzavtosanoat” AJ ustav fondiga davlat ulushini oshirish hisobiga nominal qiymatda oʻtkazish. 2. “Texnologmash” MCHJ tomonidan mulkni bozor qiymatida ulush sifatida uy-joy qurish loyihasiga kiritish va obyekt negizida koʻp qavatli uylar qurish. |
|
3. |
Toshkent shahri, Olmazor tumani, Usta Shirin koʻchasi, 117 |
1 |
“Agregat-Agrotech” MCHJ |
1. “Uz-Semyung Ko” AJ QKga tegishli “Agregat-Agrotech” MCHJning ulushini oldi-sotdi shartnomasiga asosan “Uzautocomponents” MCHJga yoki uning korxonasiga oʻtkazish. 2. “Agregat-Agrotech” MCHJtomonidan mulkni bozor qiymatida ulush sifatida uy-joy qurish loyihasiga kiritish va obyekt negizida koʻp qavatli uylar qurish. |
|
4. |
Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Sayram koʻchasi, 7 |
0,8 |
“Ist-Butterfly” MCHJ |
1. “Ist-Butterfly” MCHJ tomonidan mulkni bozor qiymatida ulush sifatida uy-joy qurish loyihasiga kiritish va obyekt negizida koʻp qavatli uylar qurish. |
2-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirning nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
Moliyaviy masalalar | ||||
|
1. |
2022-yilda qishloq xoʻjaligi texnikalarini kredit yoki lizing shartlari asosida xarid qilish uchun Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklarining soʻrovnomalariga asosan 10 yil muddatga 7 foiz stavkada 100 million AQSH dollari ekvivalenti miqdorigacha milliy valyutadagi mablagʻlarni depozitga joylashtirish. |
Moliya vazirligi tomonidan 100 mln. AQSH dollari ekvivalentida moliyaviy resurslarni tijorat banklariga 10 yil muddatga 7 foiz stavkada milliy valyutada joylashtirish. Bunda, joylashtirilgan resurslarni quyidagi yoʻnalishlarda sarflash: |
2022-yil davomida |
Moliya vazirligi, Markaziy bank, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, “Oʻzavtosanoat” AJ |
|
88,0 mln. AQSH dollari ekvivalentidagi resurslarni qishloq xoʻjaligi texnikalari savdosini moliyalashtirish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarga imtiyozli shartlarda ajratish; |
2022-yil davomida |
Moliya vazirligi, Markaziy bank, tijorat banklari, lizing kompaniyalari, “Oʻzavtosanoat” AJ | ||
|
10,0 mln. AQSH dollari ekvivalentidagi resurslarni qishloq xoʻjaligi texnikalarining ehtiyot qismlari savdosini tashkil etish uchun talab qilinadigan aylanma mablagʻlar bilan taʼminlash maqsadida “Toshkent traktor zavodi” MCHJ va/yoki servis xizmatlarini koʻrsatish markazlariga imtiyozli shartlarda ajratish; |
2022-yil davomida |
Moliya vazirligi, Markaziy bank, tijorat banklari, “Toshkent traktor zavodi” MCHJ, | ||
|
2,0 mln. AQSH dollari ekvivalentidagi resurslarni “Avtosanoat Agro Lizing” MCHJga va/yoki servis xizmatlari koʻrsatish markazlariga mobil servis xizmatlarini koʻrsatish maqsadida maxsus jihozlangan 100 dona “Damas” rusumli va 13 dona “Isuzu” rusumli avtomobillarni sotib olish uchun ajratish. |
2022-yil 15-avgust |
“Avtosanoat Agro Lizing” MCHJ, servis markazlari, “Oʻzavtosanoat” AJ | ||
|
2. |
“Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” AJning (“Chirchiq qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” AJning oʻtkaziladigan qarzdorligini inobatga olgan holda) “Asakabank” AJdan jalb qilingan kreditlar boʻyicha yuzaga kelgan qarzdorlik va hisoblangan foizlarni soʻndirish maqsadida “Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” AJga tegishli bino va inshootlarini tutash yer uchastkasi (keyingi oʻrinlarda — obyekt) bilan birgalikda toʻliq “Asakabank” AJ tasarrufiga oʻtkazib berish. |
1. Obyektni belgilangan tartibda baholash va baholash hisobotlarini ekspertizadan oʻtkazish. |
2022-yil 1-sentabr |
“Oʻzavtosanoat” AJ, “Asakabank” AJ, “Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” AJ, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
|
2. Obyektni “Asakabank” AJga oʻtkazib berish yuzasidan “Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” AJ boshqaruv organlari qarorini rasmiylashtirish. |
2022-yil 10-sentabr | |||
|
3. Obyektni “Asakabank” AJga rasmiylashtirish. |
2022-yil 20-sentabr | |||
|
4. “Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” AJ (“Chirchiq ?ishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” AJning oʻtkaziladigan qarzdorligini inobatga olgan holda)ning “Asaka bank” AJ oldidagi qarzdorligi va obyektning baholangan qiymati oʻrtasidagi farq summasini “Toshkent traktor zavodi” MCHJning alohida gʻaznachilik hisobraqamiga oʻtkazib berish. |
2022-yil 1-oktabr | |||
|
5. “Asakabank” AJ tasarrufiga oʻtkazib berilayotgan obyekt 2023-yil 1-aprelga qadar “Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” AJga bepul foydalanishga berish. |
2023-yil 1-aprel | |||
|
6. Qaror qabul qilingan kundan boshlab “Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” AJ hududida ijara shartnomalari asosida joylashgan korxona va tashkilotlarga 2023-yil 1-aprelga qadar ijara shartlarini oʻzgartirmasdan egallab turgan maydonlardan foydalanish yuzasidan tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish. |
2023-yil 1-aprel | |||
|
Savdo va marketing masalalari | ||||
|
3. |
Klaster va fermerlar tomonidan kredit va lizing shartlarida xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi texnikalari boʻyicha kreditni (lizingni) qaytarish muddatini yuqori unumli texnikalar boʻyicha 7 yildan 10 yilgacha, qolgan texnikalar boʻyicha esa 5 yildan 7 yilga uzaytirish. |
1. Amaldagi qonunchilik hujjatlarini xatlovdan oʻtkazish. |
2022-yil 30-avgust |
Moliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab quvvatlash jamgʻarmasi, “Oʻzavtosanoat” AJ |
|
2. Normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflarni tayyorlash hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2022-yil 15-sentabr | |||
|
4. |
“CLAAS”, “John Deere”, “Case” kompaniyalari bilan hamkorlikda “Samarqand Avtomobil zavodi” MCHJ, “UzautoTrailer” MCHJ, “Uz Truck and Bus Motors” MCHJ dilerlik markazlari bilan kooperatsiya asosida hududlarda 14 ta zamonaviy servis markazlari va 100 ta mobil brigadalarni tashkil qilish. |
1. Dilerlik markazlari bilan dilerlik kelishuvlarini tuzish. |
2022-yil 10-avgust |
“Oʻzavtosanoat” AJ |
|
2. Ishlab chiqaruvchilar bilan birgalikda butlovchi va ehtiyot qismlar hamda mobil brigadalarga zarur asbob-uskunalarning roʻyxatini shakllantirish, bozor hajmi va narxlarni aniqlash. |
2022-yil 15-avgust | |||
|
3. Mazkur ehtiyot qismlar va asbob-uskunalarning markazlashgan tartibda xaridini tashkil etish. |
2022-yil 20-avgust | |||
|
4. Mobil brigadalar uchun maxsus jihozlangan 100 dona “Damas” rusumli va/yoki 13 dona “Isuzu” rusumli avtomobillarini xarid qilish. |
2022-yil 25-avgust | |||
|
5. Respublikadagi qishloq xoʻjaligi parkidan kelib chiqib, 100 ta mobil brigadalarni hududlar boʻyicha taqsimlash. |
2022-yil 25-avgust | |||
|
6. Hududlarda dilerlar negizida servis markazlarini tashkil qilish. |
2022-yil 1-sentabr | |||
|
5. |
Ehtiyot qismlarini sotib olish va dilerlarga yetkazib berish tizimini yoʻlga qoʻyish. |
1. Qishloq xoʻjaligi texnikalari butlovchi va ehtiyot qismlarining aniq roʻyxatini shakllantirish. |
2022-yil 10-avgust |
“Oʻzavtosanoat” AJ |
|
2. Butlovchi va ehtiyot qismlar ishlab chiqaruvchilaridan oʻrnatilgan tartibda tijoriy takliflarni olish va ular bilan muzokaralar oʻtkazish. |
2022-yil 15-avgust | |||
|
3. Mazkur ehtiyot qismlarning markazlashgan tartibda xaridini tashkil etish. |
2022-yil 25-avgust | |||
|
4. Hududlardagi dilerlarga ehtiyot qismlar yetkazib berish va ularning savdosini tashkil etish. |
2022-yil 1-sentabr | |||
|
6. |
Qishloq xoʻjaligi texnikasidan foydalanuvchilar va mexanizatorlarning malakasini oshirish maqsadida dilerlik markazlari negizida 14 ta malaka oshirish markazlarini tashkil qilish. |
1. Hududlardagi dilerlik markazlarida zamonaviy oʻquv xonalarini tashkil qilish (ajratish). |
2022-yil 15-avgust |
“Oʻzavtosanoat” AJ, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi |
|
2. Xonalarni kerakli jihozlar bilan jihozlash. |
2022-yil 25-avgust | |||
|
3. Malaka oshirish markazlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish. |
2022-yil 1-sentabr | |||
|
7. |
Raqamlashtirilgan yagona axborot portalini yaratish va ishga tushirish. |
1. Ishchi guruh tuzish va ish grafigini ishlab chiqish. |
2022-yil 1-avgust |
“Oʻzavtosanoat” AJ, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Oʻzagroinspeksiya, Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab quvvatlash jamgʻarmasi |
|
2. Texnik topshiriq ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish. |
2022-yil 1-oktabr | |||
|
3. Portalning demo nusxasini yaratish va sinovdan oʻtkazish; |
2022-yil 1-noyabr | |||
|
4. Sinov yakunlariga koʻra portalga zarur oʻzgartirishlar kiritish. |
2022-yil 1-dekabr | |||
|
5. Portalni toʻliq ishga tushirish. |
2022-yil 15-dekabr | |||
|
Ishlab chiqarish masalalari | ||||
|
8. |
Osma va tirkama texnikalar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish. |
1. Klaster hududiga koʻchirib oʻtkazilgan dastgoh va uskunalarni oʻrnatish va ishga tushirish ishlarini yakunlash. |
2022-yil 20-avgust |
“Oʻzavtosanoat” AJ |
|
2. Osma va tirkama texnikalar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish. |
2022-yil 10-sentabr | |||
|
9. |
Xalqaro tan olingan GMS standartlaridan kelib chiqqan holda, klasterda zamonaviy ishlab chiqarish tizimini joriy qilish. |
1. Klasterda ishlaydigan xodimlarni GMS standartlari asosida oʻqitish. |
2022-2023-yillar davomida |
“Oʻzavtosanoat” AJ |
|
2. Yuqori aniqlikdagi zamonaviy oʻlchash uskunalarini ishlab chiqarish jarayonlariga joriy qilish. |
2023-2024-yillar davomida | |||
|
3. GMS standartlarini joriy qilish maqsadida xorijiy mutaxassislarni jalb etish (zaruratga koʻra). |
2023-yil davomida | |||
|
10. |
2023-2024-yillarda klasterdagi mavjud ishlab chiqarish uskunalarini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish. |
1. Loyihani amalga oshirish reja jadvalini ishlab chiqish. |
2022-yil 10-sentabr |
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi huzuridagi Ekspertiza markazi, “Oʻzavtosanoat” AJ |
|
2. Mutaxassislarni, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda, dastgoh va uskunalar uchun texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va oʻrnatilgan tartibda tender hujjatlarini shakllantirish. |
2022-yil 30-sentabr | |||
|
3. Takliflarni koʻrib chiqib, shartnomalar tuzish. |
2022-yil 30-oktabr | |||
|
4. Dastgohlarni olib kelish, oʻrnatish va sinov jarayonlarini yakunlash, ishga tushirish. |
Shartnoma shartlariga asosan | |||
|
11. |
Xorijiy ishlab chiqaruvchi bilan hamkorlik oʻrnatgan holda, zamonaviy milliy traktorni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish. |
1. Xorijiy traktor ishlab chiqaruvchilardan oʻrganish uchun namunalar olib kelish. |
2022-yil 10-sentabr |
“Oʻzavtosanoat” AJ, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi texnikasini va texnologiyalarini sertifikatsiyalash va sinash davlat markazi |
|
2. Muhandislik ishlarini amalga oshirish. |
2022-yil 10-oktabr | |||
|
3. Texnik hujjatlarni tayyorlash. |
2023-yil 1-yanvar | |||
|
4. Milliy traktor prototipini yaratish. |
2023-yil 1-aprel | |||
|
5. Milliy traktor prototipini sinovdan oʻtkazish. |
2023-yil 1-iyul | |||
|
6. Xorijiy korxonalar bilan hamkorlik oʻrnatish. |
2023-yil 1-sentabr | |||
|
7. Ommaviy ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish. |
2023-yil 31-dekabr | |||
|
12. |
Klaster ishlab chiqarish quvvatlarida yangi turdagi osma va tirkama texnikalarini ishlab chiqarishni tashkil qilish. |
1. Lazerli yer tekislagich, ozuqa ĭigʻish kombaĭni, shtangali purkagich, kartoshka kovlagich, kartoshka ekkich, ozuqa tarqatkich, oʻra qazgich va boshqa turdagi texnikalarni oʻrganish maqsadida ularning namunalarini oʻrnatilgan tartibda olib kelish. |
2022-yil 31-sentabr |
“Oʻzavtosanoat” AJ |
|
2. Oʻrganishlar natijalari ijobiy boʻlganda, iqtisodiy asoslantirilgan osma va tirkama texnikalar ishlab chiqarishni tashkil qilish. |
2023-yil 10-aprel | |||
|
Tashkiliy masalalar | ||||
|
13. |
“Kwangjin Autosystems” MCHJ QK, “Ist-Butterfly” MCHJ, “Agregat-Agrotech” MCHJ va “Texnologmash” MCHJlarga tegishli jami 6,1 gektar yer uchastkalarida koʻp qavatli turar-joy majmualarini qurish loyihalarini amalga oshirish. |
1. Koʻp qavatli turar-joy majmualarini qurish loyihalarini amalga oshirish uchun korxonalarga ijaraga berilgan yer uchastkalarini ajratish. |
2022-yil III chorak |
Toshkent shahar hokimligi, Qurilish sohasidagi nazorat inspeksiyasi, Kadastr agentligi, “Oʻzavtosanoat” AJ |
|
2. Bino va inshootlarni buzish, boʻshayotgan yer uchastkalarida turar-joy majmualarini qurish ishlarini amalga oshirishga ruxsat berish. |
2022-yil yakuniga qadar | |||
|
3. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish. |
2023-yil I chorak | |||
|
4. Qurilish ishlarining boshlanishi yuzasidan Qurilish sohasidagi nazorat inspeksiyasiga xabarnomani yuborish. |
2023-yil I yarim yillik | |||
|
5. Koʻp qavatli turar-joy majmualarini qurish (barpo etish). |
2023-2024-yillarda | |||
|
6. Koʻp qavatli turar-joy majmualarini qurish (barpo etish) ishlari tugagani munosabati bilan qabul qilish-topshirish ishlarini amalga oshirish. |
2024-yil davomida | |||
|
7. Koʻp qavatli turar-joy majmualardan foydalanish boʻyicha davlat boshqaruv organlarining tegishli ruxsatlarini olish. |
2024-yil davomida | |||
|
8. Koʻp qavatli turar-joy majmualari joylashgan va unga tutash yer uchastkasini turar-joy majmualaridagi joylarning mulkdorlariga umumiy foydalanish uchun doimiy foydalanish huquqi asosida ajratish boʻyicha Toshkent shahar hokimining qarorini qabul qilish. |
2024-yil davomida | |||
|
9. Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish. |
2024-yil davomida | |||
|
14. |
Oliy taʼlim tizimida dual taʼlimni tashkil etish chora-tadbirlari va tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash boʻyicha hukumat qarori loyihasini ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
1. Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda aloqador vazirlik va idoralar bilan kelishish. |
2022-yil 30-sentabr |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Oʻzavtosanoat” AJ |
|
2. Hukumat qarorini tasdiqlash va amaliyotga joriy qilish. |
2022-yil yakuniga qadar | |||
|
15. |
Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida Italiyaning Turin politexnika universiteti bilan hamkorlikda “Sanoat ishlab chiqarish texnologiyalari” bakalavriat taʼlim yoʻnalishini tashkil etish. |
1. Oʻquv rejasi loyihasini tayyorlash. |
2022-yil 30-avgust |
Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, “Oʻzavtosanoat” AJ |
|
2. Loyihani Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga litsenziya olish maqsadida kiritish. |
2022-yil 30-sentabr | |||
|
3. Qabul qilish jarayonini tashkil qilish va imtihonlarni oʻtkazish. |
2022-yil yakuniga qadar | |||
|
4. Oʻqitishni boshlash. |
Oʻquv rejasiga asosan | |||
|
16. |
“Ist-Butterfly” MCHJning ustav fondiga berilgan mulkiy kompleks, shu jumladan bino va inshootlarga egalik huquqini rasmiylashtirish. |
“Oʻzavtosanoat” AJ ustav kapitaliga berilgan Toshkent shahri, Mirzo-Ulugʻbek tumani, Sayram koʻchasi, 7-uy manzilda joylashgan bino-inshootlar boʻyicha mulkka egalik huquqini “Ist-Butterfly” MCHJ nomiga rasmiylashtirish. |
2022-yil 30-avgust |
Kadastr agentligi, Toshkent shahar hokimligi, “Oʻzavtosanoat” AJ |
|
17. |
2023-2024-yillarda xorijiy universitet va tashkilotlar bilan hamkorlikda mashinasozlik sohasida maxsus sertifikat beriladigan Dual taʼlim markazini tashkil etish. |
1. Soha korxonalarining ehtiyojlarini oʻrganib chiqish. |
2022-yil 30-avgust |
Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Oʻzavtosanoat” AJ |
|
2. Oʻquv rejasi loyihasini tayyorlash. |
2022-yil 15-sentabr | |||
|
3. Loyihani Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga litsenziya olish maqsadida kiritish. |
2022-yil 30-sentabr | |||
|
4. Oʻqitishni boshlash. |
Oʻquv rejasiga asosan | |||
|
18. |
“Auto Spring Components” MCHJ tomonidan choʻyan butlovchi qismlarni ishlab chiqarishni tashkil qilish loyihasini moliyalashtirish maqsadida “Auto Spring Components” MCHJning ustav fondini “Oʻzavtosanoat” AJning oʻz mablagʻlari hisobiga oshirish choralarini koʻrish. |
1. “Auto Spring Components” MCHJning ustav fondini oshirish masalasini “Oʻzavtosanoat” AJning kuzatuv kengashida koʻrib chiqish va qaror qabul qilish. |
2022-yil 15-avgust |
“Oʻzavtosanoat” AJ |
|
2. “Auto Spring Components” MCHJ boshqaruv organlarida korxona ustav fondini oshirish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish va tegishli qaror qabul qilish. |
2022-yil 30-avgust | |||
|
3. “Auto Spring Components” MCHJ ustav fondining oshirilishi munosabati bilan taʼsis hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish va ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish. |
2022-yil 15-sentabr | |||
|
19. |
Bozorda oʻrganishlar (marketing tadqiqoti) amalga oshirish maqsadida BYD kompaniyasining energiya manbalarida harakatlanuvchi yangi transport vositalari namunalari boʻyicha oʻrnatilgan tartibda muvofiqlikni baholash soddalashtirilgan tarzda oʻtkazilishini taʼminlash. |
1. BYD kompaniyasining yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi transport vositalarini import qilish. |
2022-yil 30-avgust |
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, “Oʻzavtosanoat” AJ |
|
2. Import qilingan transport vositalari namunalariga tegishli sertifikatsiya va boshqa hujjatlarni taqdim etish. |
2022-yil 1-oktabr | |||
|
3. Import qilingan transport vositalari namunalari yuzasidan muvofiqlikni baholash soddalashtirilgan tarzda oʻtkazilishini taʼminlash. |
2022-yil 1-oktabr | |||
3-ILOVA