1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.09.00.00 Gidrometeorologiya;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Gidrometeorologiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻnggi yillarda respublikamizda gidrometeorologiya xizmati faoliyatini rivojlantirish, iqlim oʻzgarishi monitoringini samarali yuritish, iqtisodiyot tarmoqlari va aholini sifatli gidrometeorologik axborotlar bilan taʼminlash boʻyicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Gidrometeorologiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinib, gidrometeorologiya sohasini tartibga solishga qaratilgan huquqiy asos yaratildi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gidrometeorologiya va iqlim oʻzgarishi sohasida ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlash 2020 — 2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmatini rivojlantirish konsepsiyasining asosiy yoʻnalishi sifatida belgilandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Gidrometeorologiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash. shuningdek, gidrometeorologiya va iqlim oʻzgarishi sohasida ilmiy tadqiqotlarni yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gidrometeorologiya xizmati markazining Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti xodimlariga Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash miqdorlari va shartlarini tatbiq etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti tuzilmasini takomillashtirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gidrometeorologiya va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida ixtisoslashtirilgan xizmatlar koʻrsatish reglamentini Oʻzbekiston Respublikasining “Gidrometeorologiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiqlashtirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi bosh direktori Sh.H. Habibullayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va ilmiy faoliyatni rivojlantirish masalalari departamentiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 25-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
403-son

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 403-son qaroriga ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometereologiya xizmati markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2021-yil 10-apreldagi 200-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) quyidagi mazmundagi 81-band bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“81. Belgilab qoʻyilsinki, 2022-yil 1-iyundan boshlab Institut xodimlariga Fanlar akademiyasi ilmiy tashkilotlarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash miqdorlari va shartlari tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, Institut xodimlarining mehnatga haq toʻlash miqdorlari va shartlari oʻzgarishi sababli ularning mehnatiga haq toʻlash boʻyicha yuzaga keladigan qoʻshimcha xarajatlarni budjet hisobidan moliyalashtirish 2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Oʻzgidrometga ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi, 2023-yildan boshlab — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TUZILMASI

Direktor
Ilmiy kengash
Direktor oʻrinbosari
Qishloq xoʻjaligi meteorologiyasi boʻlimi
2
Amaliy meteorologiya boʻlimi
2
Iqlimshunoslik va iqlim oʻzgarishi boʻlimi
2
Glyatsiologiya boʻlimi
2
Gidrologiya boʻlimi
2
Tabiiy muhit ifloslanishi tadqiqoti boʻlimi
2
Kadrlar boʻyicha inspektor
1
Ilmiy kotibguruhi
2
Ilmiy-texnik kutubxona mutaxassisi
1
Moliya-iqtisod boʻlimi
3
Agroiqlimiy resurslar va agroekologik monitoring laboratoriyasi
2
Sinoptik va sonli ob-havo prognozlari laboratoriyasi
3
Iqlimni modellashtirish laboratoriyasi
3
Qor va muzliklar tadqiqoti laboratoriyasi
3
Gidrologik jarayonlarni matematik modellashtirish va suv resurslari laboratoriyasi
4
Ekologik monitoring laboratoriyasi
4
Nashriyot boʻlimi
2
Bosh yuriskonsult
1
Bulutlar fizikasi va atmosfera jarayonlariga faol taʼsir etish laboratoriyasi
3
Amaliy iqlimshunoslik laboratoriyasi
3
Yer usti suvlari sifati tadqiqoti laboratoriyasi
4
Xavfli gidrologik hodisalar tadqiqoti laboratoriyasi
3
“Kumbel”, “Chimyon”, “Aranchi” va “Shahrisabz” noyob ilmiy obyektlarning kuzatuv guruhlari
14
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xodimlarning umumiy cheklangan soni — 70 nafar, shu jumladan ilmiy xodimlar soni — 28 nafar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yordamchi xodimlar soni oʻrnatilgan normativlarga muvofiq belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bajariladigan ilmiy-tadqiqot (fundamental, amaliy va innovatsion) ishlarning hajmidan kelib chiqqan xolda, ilmiy xodimlar (ilmiy xodimlarning umumiy cheklangan sonidan tashqari) shartnoma asosida ilmiy-texnika loyihalarni amalga oshirish uchun jalb etiladilar”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Gidrometeorologiya va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida ixtisoslashtirilgan xizmatlar koʻrsatish reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 6-avgustdagi 501-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchi xatboshidagi “umumiy maqsaddagi tezkor va prognostik maʼlumotlarni” soʻzlari “umumiy va tezkor gidrometeorologik axborotlarni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
uchinchi xatboshidagi “maʼlumotlardan” va “maʼlumotlar” soʻzlari tegishli ravishda “axborotlardan” va “axborotlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
toʻrtinchi xatboshidagi “shoshilinch gidrometeorologik maʼlumotlarni” soʻzlari “tezkor gidrometeorologik axborotlarni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“ixtisoslashtirilgan gidrometeorologik axborot — foydalanuvchining talablariga muvofiq tayyorlangan hamda ishlov berish, tahlil qilish, saqlash va taqdim etish uchun qoʻshimcha ishlar hamda xarajatlar talab qilinadigan gidrometeorologik axborot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tezkor gidrometeorologik axborot — aholining hayotiga va sogʻligiga tahlil solishi, shuningdek atrof tabiiy muhitga, iqtisodiyot tarmoqlariga va ijtimoiy sohaga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan xavfli gidrometeorologik hodisalar toʻgʻrisidagi zudlik bilan taqdim etiladigan gidrometeorologik axborot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy gidrometeorologik axborot — jamoatchilik foydalanishi uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, yuridik va jismoniy shaxslarga taqdim etiladigan gidrometeorologik axborot”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“4. Umumiy gidrometeorologik axborot ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan roʻyxatga muvofiq Oʻzgidrometning rasmiy veb-sayti va Oʻzbekiston Respublikasining Ochiq maʼlumotlar portaliga joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy gidrometeorologik axborot:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va tashkilotlariga — oʻzaro maʼlumotlar almashish toʻgʻrisidagi qoʻshma dasturlar (kelishuvlar) asosida bepul taqdim etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarga — Oʻzbekiston Respublikasi Ochiq maʼlumotlar portaliga va Oʻzgidrometning rasmiy veb-saytiga joylashtirish yoʻli bilan bepul taqdim etiladi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“5. Gidrometeorologik axborotdan foydalanadigan barcha isteʼmolchilarga ushbu Reglamentga 2-ilovada keltirilgan roʻyxatga muvofiq ixtisoslashtirilgan gidrometeorologik axborot va xizmatlar shartnoma asosida taqdim etiladi, kelishuv doirasida oʻzaro maʼlumotlar (yoki xizmatlar) almashinuvi asosida ixtisoslashtirilgan gidrometeorologik axborot taqdim etiladigan davlat organlari va tashkilotlari bundan mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ixtisoslashtirilgan gidrometeorologik axborot narxi belgilangan tartibda Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oʻzgidromet bosh direktori tomonidan tasdiqlangan ixtisoslashtirilgan gidrometeorologik xizmatlar narxlari asosida belgilanadi”;