06.08.2021 yildagi 501-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 06.08.2021 yildagi 501-son
Date of entry into force
07.08.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gidrometeorologiya va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida ixtisoslashtirilgan xizmatlar koʻrsatish reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 17-noyabrdagi PQ-4896-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi (keyingi oʻrinlarda — Oʻzgidromet) tomonidan gidrometeorologiya va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida axborot xizmatlarini taqdim etish, ixtisoslashtirilgan xizmatlar koʻrsatish tizimini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Gidrometeorologiya va atrof tabiiy muhit ifloslanishini monitoring qilish sohasida ixtisoslashgan maʼlumotlar Oʻzgidromet tomonidan shartnoma asosida taqdim etilishi belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Gidrometeorologiya va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida ixtisoslashtirilgan xizmatlar koʻrsatish reglamenti ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va tashkilotlariga — oʻzaro maʼlumotlar almashinuvi boʻyicha qoʻshma dasturlar asosida, jismoniy va yuridik shaxslarga — Oʻzbekiston Respublikasi Ochiq maʼlumotlar portali yoki Oʻzgidrometning rasmiy veb-sayti orqali umumiy va tezkor gidrometeorologik axborotlarni taqdim etish tartibi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 403-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2022-y., 09/22/403/0673-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gidrometeorologik axborotlardan foydalanadigan barcha isteʼmolchilarga ixtisoslashgan gidrometeorologik axborotlar va xizmatlarni taqdim etish tartibi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 403-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2022-y., 09/22/403/0673-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tegishli davlat organlari va tashkilotlariga telekommunikatsiya vositalari, Oʻzgidrometning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali axborot hamda bildirishnomalar koʻrinishida tezkor gidrometeorologik axborotlarni taqdim etish tartibi.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 403-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2022-y., 09/22/403/0673-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzgidromet manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi O.M. Umarov va Oʻzgidromet bosh direktori Sh.H. Habibullayev zimmasiga yuklatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 6-avgust,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
501-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-avgustdagi 501-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gidrometeorologiya va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida ixtisoslashtirilgan xizmatlar koʻrsatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
REGLAMENTI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Reglament Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi (keyingi oʻrinlarda — Oʻzgidromet) tomonidan davlat organlari va tashkilotlari, jismoniy va yuridik shaxslarga gidrometeorologiya va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida ixtisoslashtirilgan xizmatlar koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzgidromet tomonidan gidrometeorologiya va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida ixtisoslashtirilgan xizmatlar koʻrsatish tahliliy maʼlumotnomalarni tayyorlash, laboratoriya va ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish hamda tegishli maʼlumotlarni isteʼmolchilarga taqdim etish orqali amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ixtisoslashtirilgan gidrometeorologik axborot — foydalanuvchining talablariga muvofiq tayyorlangan hamda ishlov berish, tahlil qilish, saqlash va taqdim etish uchun qoʻshimcha ishlar hamda xarajatlar talab qilinadigan gidrometeorologik axborot;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 403-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2022-y., 09/22/403/0673-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tezkor gidrometeorologik axborot — aholining hayotiga va sogʻligiga tahlil solishi, shuningdek atrof tabiiy muhitga, iqtisodiyot tarmoqlariga va ijtimoiy sohaga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan xavfli gidrometeorologik hodisalar toʻgʻrisidagi zudlik bilan taqdim etiladigan gidrometeorologik axborot;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 403-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2022-y., 09/22/403/0673-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy gidrometeorologik axborot — jamoatchilik foydalanishi uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, yuridik va jismoniy shaxslarga taqdim etiladigan gidrometeorologik axborot.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 403-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2022-y., 09/22/403/0673-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Gidrometeorologik xizmatlar koʻrsatish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Umumiy gidrometeorologik axborot ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan roʻyxatga muvofiq Oʻzgidrometning rasmiy veb-sayti va Oʻzbekiston Respublikasining Ochiq maʼlumotlar portaliga joylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy gidrometeorologik axborot:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va tashkilotlariga — oʻzaro maʼlumotlar almashish toʻgʻrisidagi qoʻshma dasturlar (kelishuvlar) asosida bepul taqdim etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy va yuridik shaxslarga — Oʻzbekiston Respublikasi Ochiq maʼlumotlar portaliga va Oʻzgidrometning rasmiy veb-saytiga joylashtirish yoʻli bilan bepul taqdim etiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 403-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2022-y., 09/22/403/0673-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Gidrometeorologik axborotdan foydalanadigan barcha isteʼmolchilarga ushbu Reglamentga 2-ilovada keltirilgan roʻyxatga muvofiq ixtisoslashtirilgan gidrometeorologik axborot va xizmatlar shartnoma asosida taqdim etiladi, kelishuv doirasida oʻzaro maʼlumotlar (yoki xizmatlar) almashinuvi asosida ixtisoslashtirilgan gidrometeorologik axborot taqdim etiladigan davlat organlari va tashkilotlari bundan mustasno.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 403-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2022-y., 09/22/403/0673-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ixtisoslashtirilgan gidrometeorologik axborot narxi belgilangan tartibda Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oʻzgidromet bosh direktori tomonidan tasdiqlangan ixtisoslashtirilgan gidrometeorologik xizmatlar narxlari asosida belgilanadi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 403-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2022-y., 09/22/403/0673-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Pullik xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar Oʻzgidrometning budjet tashkilotini rivojlantirish jamgʻarmasiga kelib tushadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Tezkor gidrometeorologik axborot tegishli davlat organlari va tashkilotlariga axborot va bildirishnomalar koʻrinishida aloqa telekommunikatsiya vositalari orqali, boshqa barcha foydalanuvchilarga ushbu Reglamentga 3-ilovada keltirilgan roʻyxatga muvofiq Oʻzgidrometning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali bepul taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tezkor gidrometeorologik axborot Oʻzgidrometning rasmiy veb-saytida ushbu Reglamentga 4-ilovaga muvofiq xavfli gidrometeorologik jarayonlarning xavflilik darajasidan kelib chiqib, 6 soatdan 72 soatgacha barvaqt joylashtiriladi va ommaviy axborot vositalarida keng tarqatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tezkor gidrometeorologiya va atrof tabiiy muhit toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, gidrometeorologik hodisa va jarayonlarning xavfini aniqlash uchun mezonlar, ularning xususiyatlari, xavfli va oʻta xavfli meteorologik, xavfli agrometeorologik, gidrologik hodisalar va qor koʻchkisi, shuningdek, atrof tabiiy muhitning yuqori darajada va ekstremal yuqori darajada ifloslanishi haqidagi maʼlumotlar ushbu Reglamentga 4a — 4j-ilovalarda berilgan namunalarga muvofiq tayyorlanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 403-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2022-y., 09/22/403/0673-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Taʼlim muassasalarining talabalari, magistrlari, doktorantlari, professor-oʻqituvchilari, ilmiy xodimlari va izlanuvchilariga oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining murojaatiga asosan tadqiqot mavzusi boʻyicha maʼlumotlar fondida mustaqil ishlash sharti bilan ixtisoslashtirilgan gidrometeorologik axborot bir oʻquv yili davomida bepul taqdim etiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 403-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2022-y., 09/22/403/0673-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Ichki ishlar, davlat xavfsizlik xizmati, prokuratura, sud organlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimlaridagi gidrometeorologik va boshqa geofizik jarayonlarga faol taʼsir koʻrsatish boʻyicha faoliyat olib boruvchi ixtisoslashtirilgan tashkilotlarga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan qoidalar asosida boshqa tashkilotlarga umumiy va ixtisoslashtirilgan gidrometeorologik axborot ularning soʻrovi asosida bepul taqdim etiladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 403-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2022-y., 09/22/403/0673-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzgidrometdan olingan gidrometeorologik va atrof tabiiy muhit ifloslanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tarqatishda (qayta chop etishda) maʼlumot olingan manbaga majburiy tartibda havola beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzgidromet gidrometeorologiya va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida ixtisoslashtirilgan xizmatlar koʻrsatish natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzgidromet ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari va oʻz tizimidagi boshqa tashkilotlarning faoliyati yuzasidan doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Murojaat qiluvchilar Oʻzgidromet va boshqa tashkilotlar xodimlarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Pullik xizmatlardan tushadigan mablagʻlar davlat organlari va tashkilotlariga gidrometeorologik xizmatlar koʻrsatishni yanada yaxshilash, ob-havo prognozlarining aniqligini oshirish uchun Oʻzgidromet tizimining moddiy-texnik bazasini takomillashtirish hamda gidrometeorologiya xizmatining kadrlar salohiyatini mustahkamlashga yoʻnaltiriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-noyabrdagi 783-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2024-y., 09/24/783/0965-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gidrometeorologiya va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida ixtisoslashtirilgan xizmatlar koʻrsatish reglamentiga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy gidrometeorologik axborotlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 403-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2022-y., 09/22/403/0673-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Nomi

Tarkibi

I. Tezkor maʼlumotlar

1.

Respublika va viloyat markazlari boʻyicha kuzatuv muddatlaridagi haqiqiy ob-havo

Havo harorati, atmosfera hodisalari, bulutlilik

2.

Oʻtgan kecha-kunduz uchun ob-havo holati sharhi

Oʻtgan kecha-kunduz uchun respublika boʻyicha kuzatilgan ob-havo holati haqida umumlashtirilgan maʼlumotlar

3.

Meteorologik stansiya boʻyicha qishloq xoʻjaligi hududlari uchun oʻtgan kecha-kunduzga oid meteorologik maʼlumotlar

Havo harorati, tuproq harorati, atmosfera hodisalari, yogʻingarchilik miqdori, maksimal shamol tezligi, havoning minimal nisbiy namligi, qor qoplami balandligi, tuproq muzlashi chuqurligi, samarali harorat yigʻindisi

4.

Atrof-muhitning yuqori darajada ifloslanishi haqidagi maʼlumotlar

Atrof-muhitning yuqori darajada ifloslanishi holatlari boʻyicha haqiqiy maʼlumotlar

5.

4 ta viloyatning (Toshkent, Samarqand, Nukus va Fargʻona) markaziy shaharlari boʻyicha oʻtgan kecha-kunduz uchun koʻp yillik kuzatuv qatorlariga iqlimiy maʼlumotlar

Oʻrtacha sutkalik havo harorati, maʼlum yilni koʻrsatish orqali shu kun uchun eng past va eng yuqori havo harorati

II. Prognoz maʼlumotlar

6.

Respublika viloyatlari boʻyicha yaqin kecha-kunduzga ob-havo prognozi

Bulutlilik, atmosfera hodisalari, shamol yoʻnalishi va tezligi, minimal va maksimal havo harorati

7.

Respublika viloyatlari boʻyicha 3 — 6 kunga ob-havo prognozi

Bulutlilik, atmosfera hodisalari, shamol yoʻnalishi va tezligi, minimal va maksimal havo harorati

8.

Yaqin kecha-kunduzga Toshkent shahri boʻyicha ob-havo prognozi

Bulutlilik, atmosfera hodisalari, shamol yoʻnalishi va tezligi, minimal va maksimal havo harorati

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gidrometeorologiya va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida ixtisoslashtirilgan xizmatlar koʻrsatish reglamentiga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ixtisoslashtirilgan gidrometeorologik axborot va xizmatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 403-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2022-y., 09/22/403/0673-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Nomi

Tarkibi

1.

Birlamchi axborot mahsulotlari

Meteorologik, aktinometrik, issiqlik balansi, radiometrik, agrometeorologik, gidrologik, suv balansi, qor koʻchkisi, sel toshqini, ozonometrik kuzatuv va oʻlchov maʼlumotlari

2.

Iqlimiy maʼlumotlar

Turli vaqt oraliqlari uchun hisoblangan iqlim xususiyatlari (havo va tuproq harorati, atmosfera bosimi, shamol yoʻnalishi va tezligi, yogʻingarchilik miqdori, havo namligi, quyosh radiatsiyasi parametrlari va h.k)

3.

Gidrologik axborotlar

Turli vaqt oraliqlari uchun hisoblangan gidrologik xususiyatlar

4.

Ixtisoslashgan axborot mahsulotlari va xizmatlari

Turli barvaqtlikdagi ob-havo prognozi (qisqa va uzoq muddatli), agrometeorologik, gidrologik prognozlar va ushbu maʼlumotlarni sharhini oʻz ichiga olgan byulletenlar, analitik sharhlar, hisoblar, ekologik (atmosfera havosi ifloslanishi, tabiiy suv havzalari va tuproq ifloslanishi haqida maʼlumotlar) mahsulotlar

5.

Laboratoriya va tadqiqot xizmatlari

Qishloq xoʻjaligi ekinlari holatini, qor koʻchishi xavfi va sel toshqini xavfi hududlarida atrof-muhit ifloslanishi holati, gidrologik va iqlim tadqiqotlarini baholash boʻyicha ishlarni bajarish

6.

Gidrometeorologik asboblarni va oʻlchov vositalarini qiyoslash va ularni metrologik sinovlardan oʻtkazish xizmatlari

Gidrometeorologik asboblarni va oʻlchov vositalarini bosim parametrlari, harakat parametrlari harorat va termofizik kattaliklar boʻyicha qiyoslash va ularni metrologik sinovlardan oʻtkazish, oʻlchash vositasining tekshirilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki oʻlchash vositasining yaroqsizligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma berish

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gidrometeorologiya va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida ixtisoslashtirilgan xizmatlar koʻrsatish reglamentiga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tezkor gidrometeorologik axborotlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
(3-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 403-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.07.2022-y., 09/22/403/0673-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Nomi

Tarkibi

1.

Xavfli va oʻta xavfli meteorologik hodisalar xavf-xatari haqida axborot xabar (shtorm ogohlantirish)

Kuchli yogʻingarchilik, doʻl, kuchli shamol, ob-havoning keskin oʻzgarishi, sovuq, anomal issiq, anomal sovuq ob-havo

2.

Xavfli gidrologik hodisalar xavf-xatari toʻgʻrisida (shtorm) ogohlantirish

Togʻ oldi va togʻ hududlarda sel oʻtishi, daryolarda toshqin boʻlishi, daryo va soylarda suv sathining keskin pasayib ketishi, baland togʻ koʻllarini (morena) yorib chiqishi mumkinligi, muz hodisalari rivojlanishi

3.

Togʻ oldi va togʻ hududlar boʻyicha qor koʻchkisi xavfi va ob-havoning yomonlashishi sharoiti haqida axborot xabari (shtorm ogohlantirish)

Togʻ oldi va togʻli hududlarda qor koʻchki xavfi va ob-havo sharoitining yomonlashishi boʻyicha fon prognozi

4.

Strategik obyektlarda qor koʻchishi xavfi va ob-havo sharoitining yomonlashishi haqida axborot xabari (shtorm ogohlantirish)

Qamchiq dovonida qor koʻchishi xavfi va ob-havo sharoitining yomonlashishi

5.

Sayyohlik zonalarida qor koʻchishi xavfi va ob-havo sharoitining yomonlashishi haqida axborot xabari (shtorm ogohlantirish)

Chimyon tabiiy hudud chegarasida qor koʻchishi xavfi va ob-havo sharoitining yomonlashishi

6.

Tabiiy ofatlar, baxtsiz hodisalar va ofatlar yuz beradigan hududlarda 1-6 kunga ob-havo prognozi

Favqulodda vaziyatlar sodir boʻlgan hududlarda qutqaruv va tiklash ishlarini olib borish vaqtida prognozlarning mazmuni, har bir holatda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishiladi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gidrometeorologiya va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida ixtisoslashtirilgan xizmatlar koʻrsatish reglamentiga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xavfli gidrometeorologik hodisalarning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Hodisalar turi

Hodisalar xususiyatlari

1.

Xavfli meteorologik hodisalar

Kuchli shamol, qasirgʻa (shiddatli shamol), changli (qumli) boʻron, qor boʻron (izgʻirin), tuman, kuchli yomgʻir (yomgʻir qor bilan), kuchli qor, doʻl, stansiyada yoki atrofda momaqaldiroq, yaxmalak, hoʻl qorning murakkab qatlamlari, bulduruq, yoʻllarda yaxmalak, issiq ob-havo, issiq va quruq havo (atmosfera qurgʻoqchiligi)

2.

Oʻta xavfli meteorologik hodisalar

Juda kuchli shamol (dovul), qasirgʻa (shiddatli shamol), halokatli dovul, kuchli changli (qumli) boʻron, kuchli qorli boʻron, kuchli tuman, juda kuchli yomgʻir (yomgʻir qor bilan), juda kuchli jala, juda kuchli qor, yirik doʻl, kuchli yaxmalak-bulduruq qatlamlari, kuchli sovuq, kuchli issiq, anomal sovuq ob-havo, anomal issiq ob-havo, oʻta issiq va quruq havo (atmosfera qurgʻoqchiligi)

3.

Xavfli agrometeorologik hodisalar

Havo va tuproq yuzasida sovuq, qurgʻoqchilik, quruq issiq shamol, muzlash, tuproq qatqaloqligi

4.

Xavfli gidrologik hodisalar

Sel va sel oqimi, daryo toshqini, toshqin, muz parchalari, muz parchalari harakati, muzning tiqilib qolishi, muzning tiqilib qolishi, batamom muzlash, muz oqishi, gidrologik qurgʻoqchilik

5.

Xavfli qor koʻchkisi hodisalari

Koʻchki, qor karnizlarining qulashi (ajralishi)

6.

Atrof tabiiy muhitning yuqori darajada ifloslanishi

Atmosfera havosining yuqori darajada ifloslanishi, yuza suvlarning yuqori darajada ifloslanishi, tuproqning yuqori darajada ifloslanishi, yuqori radioaktiv ifloslanish

7.

Atrof tabiiy muhitning ekstremal yuqori darajada ifloslanishi

Atmosfera havosining ekstremal yuqori darajada ifloslanishi, yuza suvlarning ekstremal yuqori darajada ifloslanishi, tuproqning ekstremal yuqori darajada ifloslanishi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gidrometeorologiya va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida ixtisoslashtirilgan xizmatlar koʻrsatish reglamentiga
4a-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xavfli meteorologik hodisalarning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Hodisalar nomi

Hodisalar xususiyatlari va mezonlari

1.

Kuchli shamol

Maksimal shamol tezligi 15 — 24 m/s

2.

Qasirgʻa (shiddatli shamol)

Shamol qisqa muddatga keskin (bir necha daqiqa davomida, lekin 1 daqiqadan kam boʻlmasligi kerak) 15 — 24 m/s gacha kuchayishi

3.

Changli (qumli) boʻron

Tezligi 15 m/s va undan yuqori tezlikdagi shamol taʼsirida chang (qum) koʻchishi, davomiyligi 3 soatdan kam boʻlmagan gorizontal meteorologik uzoqlik koʻrinishining 500 — 1000 metrgacha yomonlashishi

4.

Qor boʻron (izgʻirin)

Tezligi 15 m/s va undan yuqori tezlikdagi shamol taʼsirida yuzadan qorni koʻchishi, davomiyligi 3 soatdan kam boʻlmagan meteorologik uzoqlik koʻrinishining 500 — 1000 m gacha yomonlashishi

5.

Tuman

Davomiyligi 3 soatdan kam boʻlmagan meteorologik uzoqlik koʻrinishining 50 — 1000 m gacha yomonlashishi

6.

Kuchli yomgʻir (yomgʻir qor bilan)

Yogʻingarchilik miqdori 12 soat va undan kam vaqt ichida 15 — 29 mm

7.

Kuchli qor

Yogʻingarchilik miqdori 12 soat va undan kam vaqt ichida 7 — 19 mm

8.

Doʻl

Diametri 6 — 19 mm boʻlgan doʻl

9.

Stansiyada yoki atrofda momaqaldiroq

Mavjud boʻlgan hollarda

10.

Yaxmalak, hoʻl qorning murakkab qatlamlari, bulduruq

Yaxmalak — elektr simlarida hosil boʻlgan va diametri 20 mm gacha boʻlgan muz.

Hoʻl qorning murakkab qatlamlari — hosil boʻlgan va diametri 35 mm gacha boʻlgan muz.

Bulduruq — hosil boʻlgan va diametri 50 mm gacha boʻlgan muz.

11.

Yoʻllarda yaxmalak

Yer sirti va undagi jismlar ustiga yoqqan yomgʻir va shivalama yomgʻirning oʻta sovigan tomchilarining yaxlashidan hosil boʻladigan nihoyatda zich muz qatlami

12.

Issiq ob-havo

May oyidan sentabr oyigacha boʻlgan davrda besh va undan koʻp kun davomida 40° va undan yuqori boʻlgan maksimal harorat koʻrsatkichi

13.

Issiq va quruq havo (atmosfera qurgʻoqchiligi)

Kecha-kunduzlik havo nisbiy namligi kamomatining maksimal 60 — 70 gPa oraliqdagi koʻrsatkichi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gidrometeorologiya va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida ixtisoslashtirilgan xizmatlar koʻrsatish reglamentiga
4b-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻta xavfli meteorologik hodisalarning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Hodisalar nomi

Hodisalar xususiyatlari va mezonlari

1.

Juda kuchli shamol (dovul)

Maksimal shamol tezligi 25 m/s va undan yuqori

2.

Qasirgʻa (shiddatli shamol)

Shamol qisqa muddatga keskin (bir necha daqiqa davomida, lekin 1 daqiqadan kam boʻlmasligi kerak) 25 m/s gacha va undan yuqori kuchayishi

3.

Halokatli dovul

Shamol 33 m/s va undan yuqori tezlikda

4.

Kuchli changli (qumli) boʻron

Tezligi 15 m/s va undan yuqori maksimal tezlikdagi shamol taʼsirida chang (qum) koʻchishi, davomiyligi 3 soatdan koʻp boʻlmagan meteorologik uzoqlik koʻrinishining 500 m dan kam yomonlashishi

5.

Kuchli qorli boʻron

Tezligi 15 m/s va undan koʻp shamol taʼsirida yuzadan qorni koʻchishi, davomiyligi 3 soatdan koʻp boʻlmagan meteorologik uzoqlik koʻrinishining 500 m dan kam yomonlashishi

6.

Kuchli tuman

Suvning eng kichik zarrachalari (chang, yonish mahsulotlari) toʻplanishi hisobiga havoni kuchli xiralashishi, bunda davomiyligi 3 soatdan koʻp boʻlmagan gorizontal meteorologik uzoqlik koʻrinishi 50 mm dan kam yomonlashishi

7.

Juda kuchli yomgʻir (yomgʻir qor bilan)

Yogʻingarchilik miqdori 12 soat va undan kam vaqt ichida 30 mm va undan koʻp

8.

Juda kuchli jala

Yogʻingarchilik miqdori 1 soat va undan kam vaqt ichida 15 mm va undan koʻp

9.

Juda kuchli qor

12 soat va undan kam vaqt ichida 20 mm va undan koʻp boʻlgan yogʻingarchilik miqdori

10.

Yirik doʻl

Diametri 20 mm va undan katta boʻlgan doʻl

11.

Kuchli yaxmalak

Elektr simlarida yaxmalak diametri:

yaxmalak — 20 mm dan koʻproq;

hoʻl qor yoki murakkab qatlamlari — 35 mm dan koʻproq;

bulduruq — 50 mm dan koʻproq.

12.

Kuchli sovuq

Noyabr oyidan mart oyigacha boʻlgan davrda 20o sovuq va undan past boʻlgan minimal havo harorati, shimoliy hududlar uchun 20o sovuq va undan past boʻlgan minimal havo harorati

13.

Kuchli issiq

May oyidan avgust oyigacha boʻlgan davrda 43o va undan yuqori boʻlgan maksimal havo harorati, janubiy hududlar va choʻl hududlar uchun 46o va undan yuqori boʻlgan maksimal havo harorati

14.

Anomal sovuq ob-havo

Oktabr oyidan aprel oyigacha boʻlgan davrda besh va undan koʻp kun davomida iqlimiy meʼyordan 7° va undan past boʻlgan oʻrtacha sutkalik havo harorati koʻrsatkichlari

15.

Anomal issiq ob-havo

Aprel oyidan sentabr oyigacha boʻlgan davrda besh va undan koʻp kun davomida iqlimiy meʼyordan 7° va undan yuqori boʻlgan oʻrtacha sutkalik havo harorati koʻrsatkichlari

16.

Oʻta issiq va quruq havo (atmosfera qurgʻoqchiligi)

Kecha-kunduzlik havo nisbiy namligi kamomatining maksimal 70 gPa va undan yuqori oraliqdagi koʻrsatkichi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gidrometeorologiya va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida ixtisoslashtirilgan xizmatlar koʻrsatish reglamentiga
4v-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xavfli agrometeorologik hodisalarning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Hodisalar nomi

Hodisalar xususiyatlari va mezonlari

1.

Havo va tuproq yuzasida sovuq

Qishloq xoʻjalik ekinlari vegetatsiyasi faol boʻlgan yoki hosil yigʻim-terimi davrida havo yoki tuproq yuzasida oʻrtacha kecha-kunduzlik havo harorati 0° dan past koʻrsatkichlargacha pasayishi

2.

Qurgʻoqchilik

Quruq barqaror ob-havo davomiyligi (bir oʻn kunlikdan va undan koʻp va muddatlardan hech boʻlmasa bittasida maksimal havo harorati 35° va undan yuqori va havoning nisbiy namligi 30% yoki undan kam boʻlishi

3.

Quruq issiq shamol

Havo haroratini yuqori (maksimal koʻrsatkichi 40o va undan yuqori) boʻlishi, nisbiy namlik pastligi (kuzatuv muddatlaridan kamida bir marta 30% va undan kam) va shamol (shamol tezligi 5 m/s va undan koʻp) besh va undan koʻp kun davomida saqlanib turishi

4.

Muzlash

Qor qoplami boʻlmaganda 5 kun davomida past havo harorati (minimal koʻrsatkich 20o va undan past) saqlanib turishi

5.

Tuproq qatqaloqligi

Besh va undan koʻp kun davomida zich (juda zich) tuproq qatqaloqligi saqlanib turishi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gidrometeorologiya va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida ixtisoslashtirilgan xizmatlar koʻrsatish reglamentiga
4g-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xavfli gidrologik hodisalarning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Hodisalar nomi

Hodisalar xususiyatlari va mezonlari

1.

Sel va sel oqimi

Jadal jala yomgʻirlar yoki qorni tez erishi natijasida toʻsatdan, togʻli daryo havzalarida hosil boʻladigan suv va togʻ jinslari aralashmasidan iborat juda tez oqib keladigan suv oʻzani oqimi, baland togʻ koʻllarini (morena) yorib chiqishi

2.

Daryoning toʻlin suv davri

Qor erishi natijasida daryoda suvning koʻpayishi har yili deyarli bir xil faslda takrorlanishi va uzoq vaqt (2 — 6 oy) davom etishi

3.

Toshqin

Yilning turli mavsumlarida koʻp marotaba qaytarilishi mumkin boʻlgan suv tartibi fazasida suv sathi va suv sarfi jadal koʻpayishi (odatda qisqa muddatga) bilan tavsiflanadi. Havo isishi davrida yomgʻir va jadal qor erishi hisobiga yuzaga keladi

4.

Muz parchalari

Boʻsh muz toʻplanishi suv ichidagi muzlarni suv yuzasiga suzib chiqishi hisobiga vujudga keladi

5.

Muz parchalari harakati

Suv oqimi yuzasida muz parchalarining harakati

6.

Muzning tiqilib qolishi

Muz tiqilib qolishi vaqtida muz toʻplanishi, daryoning ayrim uchastkalarida oʻzanni siqib qoʻyishi yuzaga keladi va suv sathi oʻzgarishini vujudga keltiradi

7.

Kuzgi muz tiqilishi

Batamom muzlash boshida muz tiqilib qolishi va suv ichidagi muzlarni toʻplanishi, suv sathi oʻzgarishini vujudga keltiradi

8.

Batamom muzlash

Daryoda yalpi muz qoplami oʻrnashishi

9.

Muz oqishi

Daryoda muz parchalari va muz maydonlari harakati

10.

Gidrologik qurgʻoqchilik

Daryo va suv omborlariga suv oqib kelishining pasayishi, yer osti suvlari zaxiralarni kamayishi, bu suvga boʻlgan ehtiyojni qondirishda qiyinchiliklarga olib keladi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gidrometeorologiya va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida ixtisoslashtirilgan xizmatlar koʻrsatish reglamentiga
4d-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xavfli qor koʻchkisi hodisalarining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Hodisalar nomi

Hodisalar xususiyatlari va mezonlari

1.

Koʻchki

Togʻ va togʻ oldi hududlarda qiyalik boʻylab qor massalarining harakati (siljishi)

2.

Qor karnizlarining qulashi (ajralishi)

Togʻ jarliklari yoki yonbagʻirlarini shamolga teskari tomonining eng chetida hosil boʻlgan va koʻp toʻplangan zich qorning qulashi.

Qorning izgʻirin natijasida koʻchishi asosan shamolga teskari yonbagʻirlarda hosil boʻladi. Ular qor (300 kg/m2 dan yuqori) zich boʻlganligi sababli, avtomobil yoʻllari, temir yoʻllar va boshqa obyektlarga toʻgʻridan toʻgʻri qulab tushganda xavf tugʻdiradi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gidrometeorologiya va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida ixtisoslashtirilgan xizmatlar koʻrsatish reglamentiga
4e-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Atrof tabiiy muhitning yuqori darajada ifloslanishi haqidagi maʼlumotlarning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Holat nomi

Xususiyatlari va mezonlari

1.

Atmosfera havosining yuqori darajada ifloslanishi

Bir martalik ruxsat etilgan meʼyor (REM)dan 5 — 9-marta oshadigan bitta yoki bir nechta moddalarning tarkibi.

Kuzatuvlarning umumiy hajmining 20 foizidan koʻprogʻini takrorlash imkoniyati bilan bir martalik maksimal ruxsat etilgan konsentratsiyaning muntazam ravishda oshib borishi.

2.

Yuza suvlarning yuqori darajada ifloslanishi

Bir yoki bir nechta moddalarning konsentratsiyalardagi REM dan 10-martadan 49-martagacha yuqori boʻlgan bir martalik tarkibi.

15 dan 60 mgO2 /l gacha boʻlgan biokimyoviy kislorod isteʼmol qilish qiymati (BOD5).

Eritilgan kislorod konsentratsiyasini 3 dan 2 mgO2 /l gacha kamaytirish.

3.

Tuproqning yuqori darajada ifloslanishi

Sanitariya va toksikologik mezonlarga muvofiq 20 dan 49 REMgacha boʻlgan konsentratsiyadagi pestitsidlarning tarkibi yoki fitotoksik mezonlarga muvofiq 2 dan 10 gacha REM boʻlgan pestitsidlarning tarkibi.

25 dan 50 REMgacha boʻlgan konsentratsiyalardagi texnogen kelib chiquvchi ifloslantiruvchi moddalarning tarkibi.

4.

Yuqori radioaktiv

ifloslanish

3700*(10-5) Bk/m3 oʻlchov natijalari boʻyicha atmosferaning yer sirti qatlamidagi radioaktiv moddalarning konsentratsiyasi.

Sutkada 110 Bk/m2 dan oshadigan radioaktiv moddalarning zichligi.

Joylarda soatiga 0,30 mkz dan oshuvchi radiatsiya darajasi.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gidrometeorologiya va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida ixtisoslashtirilgan xizmatlar koʻrsatish reglamentiga
4j-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Atrof tabiiy muhitning ekstremal yuqori darajada ifloslanishi haqidagi maʼlumotlarning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NAMUNAVIY ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Holat nomi

Xususiyatlari va mezonlari

1.

Atmosfera havosining yuqori darajada ifloslanishi

Bir martalik ruxsat etilgan meʼyor (REM)dan oshadigan bitta yoki bir nechta moddalarning tarkibi, 10 — 14-marta ushbu darajani 2 sutka saqlab turganda, 15 — 24-marta bu darajani 8 soat va undan ortiq saqlab turganda, 25 va undan ortiq saqlab turganda.

Koʻrinuvchi belgilar: ushbu hudud uchun gʻayrioddiy barqaror hidning paydo boʻlishi, havoning inson sezgilariga taʼsirini aniqlash, rangli va kislotali yogʻingarchilik.

2.

Yuza suvlarning yuqori darajada ifloslanishi

REM dan 50 va undar ortiq boʻlgan bir yoki bir nechta moddalarning konsentratsiyalardagi maksimal-bir martalik miqdori.

Eritilgan kislorodning 2 mgO2/l gacha pasayishi, biokimyoviy isteʼmolning (BOD5) 60 mgO2/l dan oshishi.

Baliq va oʻsimliklarning ommaviy qirilishi.

3.

Tuproqning yuqori darajada ifloslanishi

Sanitariya va toksikologik mezonlarga muvofiq 50 yoki undan ortiq REM konsentratsiyalarda pestitsidlarning miqdori.

Fitotoksik mezonlar boʻyicha 10 yoki undan ortiq REM.

REMdan 50 va undan koʻproq marta oshuvchi texnogen tarkibdagi konsentratsiyalarda ifloslantiruvchi moddalarning miqdori.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2021-y., 09/21/501/0769-son; 25.07.2022-y., 09/22/403/0673-son; 25.11.2024-y., 09/24/783/0965-son)