Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
30.12.2025
29.11.2023 01
13.01.2022
View
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.09.00.00 Gidrometeorologiya]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Metrologiya. Asillik darajasi ishlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gidrometeorologiya faoliyati to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 12-oktabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2021-yil 19-noyabrda ma’qullangan
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.09.00.00 Gidrometeorologiya]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunning maqsadi gidrometeorologiya faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-modda. Gidrometeorologiya faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.09.00.00 Gidrometeorologiya]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gidrometeorologiya faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining gidrometeorologiya faoliyati to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-modda. Asosiy tushunchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
atrof tabiiy muhit ifloslanishining monitoringi — atrof tabiiy muhitning hamda atmosfera havosi, yer usti suvlari va tuproq ifloslanishining doimiy kompleks kuzatuvlari, shuningdek atrof tabiiy muhit holatini baholash va prognozlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gidrometeorologik axborot — gidrometeorologik hodisalar va atrof tabiiy muhit holatining kuzatuvlari natijalari, shuningdek ishlov berish hamda tahlil qilish yo‘li bilan olingan, foydalanish, tarqatish va saqlash uchun mo‘ljallangan axborot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gidrometeorologik jarayonlar — atmosferaning va gidrosferaning holatini tavsiflovchi gidrometeorologik hodisalarning vaqt va makonda izchil rivojlanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gidrometeorologik jarayonlarga faol ta’sir ko‘rsatish — aholiga, iqtisodiyot tarmoqlariga va ijtimoiy sohaga ehtimol tutilgan zararni kamaytirish uchun gidrometeorologik jarayonlarni atrof tabiiy muhitga ta’sir ko‘rsatish orqali boshqarish (ko‘chkilarni majburan tushirish, do‘l yog‘ishining, yog‘ingarchiliklarning, sel kelishining oldini olish);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gidrometeorologik hodisalar — atmosferada, yer yuzasida va undagi obyektlarda, yer usti suvlarida ro‘y beradigan, gidrometeorologik sharoitlarni tavsiflaydigan jarayonlarning namoyon bo‘lish shakllari (atmosfera bosimi, shamol, namlik, havo va suv harorati, suv sathi va sarfi, toshqinlar, sellar, ayozlar);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gidrometeorologiya faoliyati — meteorologiya, gidrologiya, glyatsiologiya, iqlimshunoslik, agrometeorologiya, aerologiya, aviatsiya meteorologiyasi, atrof tabiiy muhit ifloslanishining monitoringi va gidrometeorologik jarayonlarga faol ta’sir ko‘rsatish sohasidagi gidrometeorologik axborotni tayyorlash (kuzatish, yig‘ish, unga ishlov berish, uni tahlil qilish, saqlash va undan foydalanish), shuningdek uni tarqatish jarayoni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ixtisoslashtirilgan gidrometeorologik axborot — foydalanuvchining talablariga muvofiq tayyorlangan hamda ishlov berish, tahlil qilish, saqlash va taqdim etish uchun qo‘shimcha ishlar hamda xarajatlar talab qilinadigan gidrometeorologik axborot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
muhofaza zonasi — gidrometeorologik stansiyalar va postlar atrofida ularning hududi chegarasidan ikki yuz metr masofada joylashgan, yopiq chiziq bilan chegaralangan yer uchastkasi yoki suv akvatoriyasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tezkor gidrometeorologik axborot — aholining hayotiga va sog‘lig‘iga tahdid solishi, shuningdek atrof tabiiy muhitga, iqtisodiyot tarmoqlariga va ijtimoiy sohaga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan xavfli gidrometeorologik hodisalar to‘g‘risidagi zudlik bilan taqdim etiladigan gidrometeorologik axborot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
umumiy gidrometeorologik axborot — jamoatchilik foydalanishi uchun respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga, xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, yuridik va jismoniy shaxslarga taqdim etiladigan gidrometeorologik axborot.
(3-moddaning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-modda. Gidrometeorologiya faoliyatining asosiy prinsiplari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gidrometeorologiya faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
globallik, tizimlilik va uzluksizlik;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gidrometeorologik kuzatuvlar va atrof tabiiy muhit ifloslanishining monitoringi natijasida olingan ma’lumotlarni yig‘ish, ularga ishlov berish, ularni saqlash hamda tarqatish usullarining birligi va qiyosiyligi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gidrometeorologik axborotning to‘liqligi, ishonchliligi va undan foydalana olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ochiqlik va xavfsizlik.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-modda. Gidrometeorologiya faoliyatining globalligi, tizimliligi va uzluksizligi prinsipi
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.09.00.00 Gidrometeorologiya]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gidrometeorologiya faoliyatining globalligi, tizimliligi va uzluksizligi prinsipi atmosfera, gidrosfera hamda tuproqning o‘zaro bog‘liqlik shartlarini tavsiflovchi gidrometeorologik hodisalarni kompleks o‘rganishdan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gidrometeorologiya faoliyatining globalligi, tizimliligi va uzluksizligi prinsipi gidrometeorologik hodisalarning doimiy monitoringini o‘tkazish hamda gidrometeorologik kuzatuvlar ma’lumotlari fondini uzluksiz ravishda shakllantirib borish yo‘li bilan ta’minlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-modda. Gidrometeorologik kuzatuvlar va atrof tabiiy muhit ifloslanishining monitoringi natijasida olingan ma’lumotlarni yig‘ish, ularga ishlov berish, ularni saqlash va tarqatish usullarining birligi va qiyosiyligi prinsipi
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.09.00.00 Gidrometeorologiya]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gidrometeorologik kuzatuvlar va atrof tabiiy muhit ifloslanishining monitoringi natijasida olingan ma’lumotlarni yig‘ish, ularga ishlov berish, ularni saqlash va tarqatish usullarining birligi va qiyosiyligi prinsipi o‘lchov vositalarini standartlashtirish hamda metrologik nazorat talablariga rioya etishdan, gidrometeorologik kuzatuvlar ma’lumotlarini yig‘ishga, ularga ishlov berishga va ularni tahlil qilishga doir milliy hamda xalqaro tavsiyalar va qoidalarga asoslangan birxillashtirilgan usullar hamda yondashuvlardan foydalanishdan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7-modda. Gidrometeorologik axborotning to‘liqligi, ishonchliligi va undan foydalana olish prinsipi
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.09.00.00 Gidrometeorologiya]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gidrometeorologik axborotning to‘liqligi, ishonchliligi va undan foydalana olish prinsipi qarorlar qabul qilish uchun gidrometeorologik parametrlarning yetarli to‘plamidan, ushbu axborotdan foydalanish paytida uning qimmatini va dolzarbligini saqlab qolishdan, foydalanuvchi tomonidan axborotni samarali tarzda o‘zlashtirish va tushunishdan iboratdir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gidrometeorologik axborotning to‘liqligi, ishonchliligi va undan foydalana olish prinsipi foydalanuvchilar tomonidan qarorlar qabul qilish uchun ushbu axborotni uslubiy jihatdan to‘g‘ri yig‘ish, unga ishlov berish, uni tahlil qilish va o‘zgartirish hisobidan ta’minlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8-modda. Gidrometeorologiya faoliyatining ochiqligi va uni amalga oshirish xavfsizligi prinsipi
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.09.00.00 Gidrometeorologiya]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborot mavjud bo‘lgan ochiq axborot resurslarini shakllantiradi va ulardan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda foydalanilishini ta’minlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gidrometeorologiya faoliyatini amalga oshirish xavfsizligi texnika xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish talablariga og‘ishmay rioya etish yo‘li bilan ta’minlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-modda. Gidrometeorologiya faoliyatining obyektlari
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.09.00.00 Gidrometeorologiya]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Atmosfera, gidrosfera, tuproq, shuningdek atrof tabiiy muhitni ifloslantiruvchi komponentlar gidrometeorologiya faoliyatining obyektlaridir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10-modda. Gidrometeorologiya faoliyatining subyektlari
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.09.00.00 Gidrometeorologiya]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gidrometeorologiya faoliyatining subyektlari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi va uning hududiy boshqarmalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari;
(10-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘lchov vositalarining metrologik attestatsiyasiga oid maxsus sertifikat asosida gidrometeorologiya faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar va davlat boshqaruvi organlarining tarkibiy bo‘linmalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘lchov vositalarining metrologik attestatsiyasiga oid maxsus sertifikat asosida gidrometeorologiya faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gidrometeorologik jarayonlarga faol ta’sir ko‘rsatish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gidrometeorologiya sohasidagi ilmiy-tadqiqot va ta’lim tashkilotlari.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gidrometeorologiya faoliyatining subyektlari O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmatining milliy tizimini tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Gidrometeorologiya faoliyati sohasini tartibga solish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11-modda. Gidrometeorologiya faoliyati sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.09.00.00 Gidrometeorologiya]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gidrometeorologiya faoliyati sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gidrometeorologiya faoliyatini amalga oshirish shartlari va tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, hisobga olish va hisobdorlik tizimlarini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gidrometeorologik kuzatuvlar va o‘lchovlarning yagona davlat tizimini shakllantirish, takomillashtirish hamda uning ishlashini ta’minlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini, shuningdek aholini atrof tabiiy muhitning amaldagi va prognoz qilinayotgan holati, ifloslanishi to‘g‘risidagi axborot, shu jumladan tezkor axborot bilan ta’minlash;
(11-moddaning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining, yuridik shaxslarning gidrometeorologiyaga oid ishlarni bajarishga doir faoliyatini muvofiqlashtirish;
(11-moddaning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
innovatsiya va investitsiya faoliyatini amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gidrometeorologiya, iqlim o‘zgarishi, atrof tabiiy muhitning ifloslanishi sohasida ilmiy fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining gidrometeorologiya faoliyati sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.09.00.00 Gidrometeorologiya]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

gidrometeorologiya faoliyati sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gidrometeorologiya faoliyati sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi va ularning bajarilishini ta’minlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gidrometeorologiya faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining gidrometeorologiya sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gidrometeorologiya faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi Qonunining 15-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13-modda. Gidrometeorologiya faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organining vakolatlari
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.09.00.00 Gidrometeorologiya]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi gidrometeorologiya faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus vakolatli davlat organi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gidrometeorologiya faoliyati sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gidrometeorologiya faoliyati sohasidagi davlat dasturlari loyihalarini ishlab chiqadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gidrometeorologiya faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z vakolatlari doirasida ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda o‘z vakolatlari doirasida ishtirok etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kuzatuvlar olib boradi, gidrometeorologik axborotni yig‘adi, unga ishlov beradi, uni tahlil qiladi, saqlaydi va undan foydalanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologik axborot davlat fondining shakllantirilishini, to‘ldirilishini, saqlanishini va undan foydalanilishini ta’minlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarini, yuridik va jismoniy shaxslarni kuzatib borilayotgan hamda kutilayotgan gidrometeorologik sharoitlar, iqlim o‘zgarishi, atrof tabiiy muhitning ifloslanish darajasi to‘g‘risidagi axborot bilan, shu jumladan tezkor gidrometeorologik axborot bilan ta’minlaydi;
(13-modda ikkinchi qismining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, gidrometeorologik jarayonlarga faol ta’sir ko‘rsatish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi;
(13-modda ikkinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gidrometeorologik kuzatuvlarning davlat tizimi rivojlantirilishi va takomillashtirilishini, gidrometeorologik tarmoqning modernizatsiya qilinishini ta’minlaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va harakat qilish yagona davlat tizimiga kiradi hamda favqulodda vaziyatlarda o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining aholini va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlardan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiradi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-790-son Qonunining 53-moddasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gidrometeorologiya, iqlim o‘zgarishi, atrof tabiiy muhitning ifloslanishi sohasida ilmiy fundamental va amaliy tadqiqotlar o‘tkazadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyati obyektlaridan olisda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda joylashgan atrof tabiiy muhitning barcha obyektlarida ifloslantiruvchi moddalar mavjudligi darajasining uzoq muddatli tizimli kuzatuvi tarzidagi fon monitoringini amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gidrometeorologik axborot tayyorlash hamda atrof tabiiy muhit holati va ifloslanishining monitoringi xalqaro tizimlarini muvofiqlashtiradi va integratsiya qiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gidrometeorologiya faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gidrometeorologiya faoliyati sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-apreldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi to‘g‘risida nizom.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14-modda. Davlat boshqaruvi organlarining gidrometeorologiya faoliyati sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.09.00.00 Gidrometeorologiya]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat boshqaruvi organlari gidrometeorologiya faoliyati sohasida o‘z vakolatlari doirasida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tarmoq ahamiyatiga ega bo‘lgan gidrometeorologiya faoliyatining amalga oshirilishini tashkil etadi va ushbu faoliyatni muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘z tasarrufidagi gidrometeorologik stansiyalar va postlar ishini qonunchilikka muvofiq ta’minlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat boshqaruvi organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining gidrometeorologiya faoliyati sohasidagi vakolatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari gidrometeorologiya faoliyati sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
(15-modda O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuniga asosan birinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.09.00.00 Gidrometeorologiya]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari gidrometeorologiya faoliyati sohasida o‘z vakolatlari doirasida:
(15-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy ahamiyatga ega bo‘lgan gidrometeorologiya faoliyatining amalga oshirilishini tashkil etadi va ushbu faoliyatni muvofiqlashtiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gidrometeorologiya faoliyati sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlash uchun mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga kiritadi va amalga oshiradi;
(15-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududiy dasturlarni moliyalashtiradi hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantiradi, shu jumladan ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyatini hamda gidrometeorologiya faoliyatini moliyalashtirish sohasidagi davlat organlarining hududiy boshqarmalarini ushbu dasturlarni bajarishga jalb etishni amalga oshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat gidrometeorologik kuzatuvlar tarmog‘ini va atrof tabiiy muhit ifloslanishining monitoringini tashkil etish uchun yer uchastkalarini ajratadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus vakolatli davlat organiga gidrometeorologiya faoliyatini amalga oshirishda hamda xavfli gidrometeorologik hodisalarning iqtisodiyot tarmoqlariga va ijtimoiy sohaga salbiy ta’sirini yumshatishda ko‘maklashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16-modda. Yuridik shaxslar tomonidan gidrometeorologiya faoliyatini amalga oshirish
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.09.00.00 Gidrometeorologiya]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxslar gidrometeorologiya faoliyatini gidrometeorologiya faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan gidrometeorologiya faoliyati gidrometeorologiya faoliyatining asosiy prinsiplariga mos bo‘lishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gidrometeorologiya faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar gidrometeorologiya faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq maxsus vakolatli davlat organi bilan shartnoma asosida axborot almashishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxslarning gidrometeorologiya faoliyati maxsus vakolatli davlat organi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Gidrometeorologik axborotni tayyorlovchilar hamda undan foydalanuvchilar, ularning huquq va majburiyatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17-modda. Gidrometeorologik axborotni tayyorlovchilar hamda undan foydalanuvchilar
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.09.00.00 Gidrometeorologiya]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gidrometeorologik axborotni tayyorlovchilar quyidagilardan iborat:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maxsus vakolatli davlat organi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gidrometeorologiya sohasidagi ilmiy-tadqiqot institutlari;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-apreldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi to‘g‘risida nizomning 11-bandining “g” kichik bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gidrometeorologiya faoliyatini amalga oshiruvchi, gidrometeorologik kuzatuvlarning idoraviy tarmog‘iga ega bo‘lgan yuridik shaxslar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, yuridik va jismoniy shaxslar gidrometeorologik axborotdan foydalanuvchilardir.
(17-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq gidrometeorologik axborot chet el yuridik va jismoniy shaxslariga taqdim etilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Gidrometeorologiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 21, 22-moddalari, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-avgustdagi 501-son “Gidrometeorologiya va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida ixtisoslashtirilgan xizmatlar ko‘rsatish reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18-modda. Gidrometeorologik axborotni tayyorlovchilarning huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.09.00.00 Gidrometeorologiya]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gidrometeorologik axborotni tayyorlovchilar quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘z faoliyatini gidrometeorologiya faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ixtisoslashtirilgan gidrometeorologik axborotni qat’iy belgilangan haq evaziga taqdim etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gidrometeorologiya faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslardan gidrometeorologik axborotni olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gidrometeorologiya sohasidagi ilmiy mahsulotga va boshqa mahsulotga doir mualliflik huquqlarini hamda turdosh huquqlarni himoya qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborotni olish shartlari foydalanuvchi tomonidan buzilgan taqdirda gidrometeorologik axborotni foydalanuvchiga taqdim etishni rad etish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gidrometeorologik axborotni tayyorlovchilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
normativ hujjatlar, shu jumladan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq gidrometeorologik hodisalar va jarayonlarning kuzatuvlarini amalga oshirishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gidrometeorologik axborotni tayyorlash va taqdim etish to‘g‘risidagi shartnoma shartlariga rioya etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bajarilgan gidrometeorologiyaga oid ishlarning hisobini yuritishi va belgilangan tartibda axborot taqdim etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, yuridik va jismoniy shaxslarga to‘liq, ishonchli hamda foydalana olinadigan gidrometeorologik axborotni taqdim etishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xavfli gidrometeorologik hodisalarning, tabiiy ofatlarning, atrof tabiiy muhit ifloslanishining rivojlanishi tahdidining oldini olish uchun kuzatuvlar natijalarini maxsus vakolatli davlat organining talabiga ko‘ra taqdim etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gidrometeorologik axborotni tayyorlovchilar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi va ularning zimmasida o‘zga majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-apreldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi to‘g‘risida nizom 11-bandining “b” kichik bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19-modda. Gidrometeorologik axborotdan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.09.00.00 Gidrometeorologiya]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gidrometeorologik axborotdan foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gidrometeorologiya faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq gidrometeorologik axborotni olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gidrometeorologik axborotni tayyorlovchini tanlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gidrometeorologik axborotni olishni rad etish hamda ushbu axborotni tayyorlovchi bilan tuzilgan shartnomani normativ hujjatlar, shu jumladan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari buzilgan va shartnoma shartlariga rioya etilmagan taqdirda bekor qilish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gidrometeorologik axborotdan foydalanuvchilar gidrometeorologik axborotni tayyorlovchilar faoliyatining texnologik jarayonlariga aralashish huquqiga ega emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gidrometeorologik axborotdan foydalanuvchilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ixtisoslashtirilgan gidrometeorologik axborotdan belgilangan maqsadga va ushbu axborotni muhofaza qilish rejimiga muvofiq foydalanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gidrometeorologik axborotni tayyorlovchilar bilan tuzilgan shartnomalar shartlariga rioya etishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gidrometeorologik axborotdan foydalanuvchilar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi va ularning zimmasida o‘zga majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Gidrometeorologiya faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20-modda. O‘zbekiston Respublikasining Gidrometeorologik axborot davlat fondi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.04 Jamoat fondlari;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.09.00.00 Gidrometeorologiya]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat gidrometeorologik kuzatuvlar tarmog‘idan olingan barcha ma’lumotlar maxsus vakolatli davlat organi tasarrufidagi O‘zbekiston Respublikasining Gidrometeorologik axborot davlat fondini tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Gidrometeorologik axborot davlat fondi hujjatlari O‘zbekiston Respublikasining Milliy arxiv fondiga kiradi va arxiv ishi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq saqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-apreldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi to‘g‘risida nizomning 11-bandi “b” kichik bandining to‘rtinchi va oltinchi xatboshlari, 14-bandning o‘n oltinchi xatboshi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21-modda. Gidrometeorologik axborotni taqdim etish tartibi va shartlari
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.09.00.00 Gidrometeorologiya;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.08.00 Axborotni taqdim qilish. Axborot xizmatlari]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gidrometeorologik axborot undan foydalanuvchilarga gidrometeorologiya faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Rasmiy ogohlantirishlar, prognozlar va aholining turmush faoliyati xavfsizligini ta’minlash, ehtimoliy zararning oldini olish bilan bog‘liq boshqa gidrometeorologik axborot gidrometeorologik axborotdan foydalanuvchilarga faqat maxsus vakolatli davlat organi tomonidan taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy gidrometeorologik va ixtisoslashtirilgan gidrometeorologik axborot vazirliklarga va idoralarga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga o‘zaro ma’lumotlar almashish to‘g‘risidagi qo‘shma dasturlar (kelishuvlar) asosida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan taqdim etiladi.
(21-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Umumiy gidrometeorologik va tezkor gidrometeorologik axborot ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilmagan gidrometeorologik axborotdan foydalanuvchilarga maxsus vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytiga va O‘zbekiston Respublikasining ochiq ma’lumotlar portaliga joylashtirish yo‘li bilan taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ixtisoslashtirilgan gidrometeorologik axborot undan foydalanuvchilarga shartnoma asosida taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22-modda. Ixtisoslashtirilgan gidrometeorologik axborotni taqdim etish va gidrometeorologiya faoliyati sohasida boshqa xizmatlar ko‘rsatish
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.09.00.00 Gidrometeorologiya]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus vakolatli davlat organi tomonidan ixtisoslashtirilgan gidrometeorologik axborotni taqdim etish va gidrometeorologiya faoliyati sohasida boshqa xizmatlar ko‘rsatish tahliliy materiallarni tayyorlash, laboratoriya va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tadqiqot mavzusi bo‘yicha tegishli gidrometeorologik axborotdan oliy ta’lim tashkilotlari va ilmiy muassasalarning so‘rovi asosida bepul foydalanishga, basharti O‘zbekiston Respublikasining Gidrometeorologik axborot davlat fondi materiallari bilan mustaqil ravishda ishlansa, ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ixtisoslashtirilgan gidrometeorologik axborot davlat hokimiyati organlariga, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiga, prokuratura organlariga, sudlarga, shuningdek gidrometeorologik jarayonlarga faol ta’sir ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat olib boruvchi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligiga so‘rov bo‘yicha bepul taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23-modda. Davlat gidrometeorologik kuzatuvlar tarmog‘ini muhofaza qilish
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.09.00.00 Gidrometeorologiya]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yer uchastkalarini ularda maxsus vakolatli davlat organining gidrometeorologik stansiyalari va postlarini joylashtirish uchun ajratish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 543-son qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning ma’muriy reglamenti 3-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gidrometeorologik axborotning uzluksizligini, to‘liqligini, ishonchliligini va foydalana olinishini ta’minlash maqsadida gidrometeorologik stansiyalar hamda postlar hududlarining chegaralarida tabiiy sharoitlarning saqlanishini ta’minlaydigan muhofaza zonalari belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gidrometeorologik stansiyalar va postlarning muhofaza zonalari doirasida joylashgan yer uchastkalaridan hamda suv akvatoriyalaridan muhofaza zonalarida ishlarni bajarish qoidalariga muvofiq foydalaniladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gidrometeorologik stansiyalar va postlarning muhofaza zonalari doirasida joylashgan yer uchastkalaridan hamda suv akvatoriyalaridan foydalanuvchilarning mazkur yer uchastkalaridan hamda suv akvatoriyalaridan foydalanishi muhofaza zonalarida ishlarni bajarish qoidalariga muvofiq cheklanishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gidrometeorologik stansiyalar va postlarning muhofaza zonalarida quyidagilar taqiqlanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat gidrometeorologik kuzatuvlar tarmog‘ining but saqlanishi va undan foydalanish ta’minlanmaydigan ishlarni maxsus vakolatli davlat organining roziligisiz amalga oshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
gidrometeorologik axborotning ishonchliligida aks etishi mumkin bo‘lgan xo‘jalik faoliyatini yuritish, obyektlarni qurish, boshqa ishlarni amalga oshirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gidrometeorologik kuzatuvlar tayanch punktlarining (gidrometeorologik stansiyalar va postlarning) yer uchastkalari olib qo‘yilmaydi hamda ularni boshqa joyga ko‘chirish taqiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gidrometeorologiya faoliyatida foydalaniladigan davlat mol-mulki xususiylashtirilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat gidrometeorologik kuzatuvlar tarmog‘ining faoliyati xalqaro standartlarga va O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24-modda. Gidrometeorologiya faoliyatini moliyalashtirish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.02.00.00 Moliya va iqtisod sohasidagi boshqaruv;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.09.00.00 Gidrometeorologiya]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gidrometeorologiya faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, budjetdan tashqari jamg‘armalar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25-modda. Gidrometeorologiya faoliyati sohasidagi xalqaro hamkorlik
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.09.00.00 Gidrometeorologiya;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.01.00.00 Davlatlararo aloqalarda umumiy masalalar / 19.01.07.00 Xalqaro hamkorlik bo‘yicha jamoat va boshqa tashkilotlar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Milliy gidrometeorologiya xizmati xalqaro gidrometeorologiya tarmog‘ining ajralmas qismidir.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gidrometeorologiya faoliyati sohasidagi xalqaro hamkorlik va axborot almashinuvi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hamda qonunchiligi asosida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi yagona xalqaro gidrometeorologik kuzatuvlar tarmoqlarini shakllantirishga va rivojlantirishga, atrof tabiiy muhitning holati hamda uning ifloslanishi ustidan nazoratni amalga oshirishga, axborot almashishga ko‘maklashadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus vakolatli davlat organi xalqaro tashkilotlar va boshqa davlatlarning gidrometeorologiya xizmatlari bilan hamkorlik qilish chog‘ida gidrometeorologiya faoliyati bilan bog‘liq masalalarda O‘zbekiston Respublikasining manfaatlarini ifodalaydi hamda himoya qiladi, shuningdek gidrometeorologiya faoliyati sohasidagi xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslarining gidrometeorologiya faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maxsus vakolatli davlat organining gidrometeorologiya faoliyati masalalari bo‘yicha xalqaro hamkorlikda ishtirok etishi tartibi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida va qonunchiligida belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26-modda. Nizolarni hal etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gidrometeorologiya faoliyati sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27-modda. Gidrometeorologiya faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Gidrometeorologiya faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.09.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar bo‘yicha davlat siyosati / 02.08.09.01 Huquqiy targ‘ibot]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 12-yanvar,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘RQ-745-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 03/22/745/0018-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)