16.02.2022 yildagi 73-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 16.02.2022 yildagi 73-son
Date of entry into force
17.02.2022
Hujjat 17.02.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Belgilansinki, 2022-yil 1-martdan boshlab:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet tilini bilish darajasini aniqlash, malaka sertifikati yoki maʼlumotnoma olish uchun test sinovida qatnashish boʻyicha murojaatlarni qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali elektron tarzda amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet tilini bilish darajasini aniqlash, malaka sertifikati yoki maʼlumotnoma olish uchun test sinovida qatnashish boʻyicha murojaat qilganda talabgordan 3,5 x 4,5 sm oʻlchamli fotosuratni hamda davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun toʻlov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasini talab qilish bekor qilinadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
imtihon oʻtkaziladigan kunlar oldindan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi va talabgorga imtihon kunini mustaqil tanlash huquqi beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
test sinovlari natijalarini eʼlon qilish muddati uch haftadan bir haftagacha qisqartiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka sertifikati yoki maʼlumotnoma QR-kod qoʻygan holda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali test sinovi natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida talabgorga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin hamda 2022-yil 1-martdan boshlab amalga kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining amaldagi har bir daraja (A2, B1, B2, C1) uchun alohida imtihon topshirish tartibiga qoʻshimcha ravishda umumlashtirilgan koʻp darajali (Multi-level) test tizimini (B1, B2, C1) joriy qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, chet tilini bilish darajasini baholashning koʻp darajali (Multi-level) formati 2022-yil 1-martdan boshlab — ingliz tili uchun, 2022-yil 1-noyabrdan boshlab — nemis, fransuz va arab tillari uchun joriy etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-martga qadar:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu qaror bilan tasdiqlangan davlat xizmatini koʻrsatish boʻyicha maʼmuriy reglamentga muvofiq davlat xizmatlari koʻrsatish YIDXP orqali joriy etilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
YIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlar koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishining belgilangan tartibiga rioya etilishi boʻyicha ularning faoliyati yuzasidan, jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentning talablari buzilgan hollarda, davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy jazolarni qoʻllasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatini bepul koʻrsatilishini taʼminlash maqsadida barcha akademik litseylar bitiruvchilarining roʻyxatini “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiya platformasi orqali tekshirib olish imkoniyatini yaratsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishda milliy hamda xalqaro baholash tizimlari sertifikatlarini tatbiq qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 13-maydagi 395-son qarori 1-bandining yigirma birinchi xatboshisi va 2-bandining ikkinchi xatboshisi “Cambridge Assessment English FCE” soʻzlaridan keyin “Cambridge Assessment English Linguaskill” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Vazirlar Mahkamasining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari 2022-yil 1-martdan eʼtiboran oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori M.M. Karimov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022-yil 16-fevral,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
73-son

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagi 73-son qaroriga
1-ILOVA

Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MAʼMURIY REGLAMENTI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Reglament chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
vakolatli organ — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka imtihoni — talabgorning chet tilini bilish darajasini test sinovi, yozma ish va ogʻzaki suhbat oʻtkazish yoʻli bilan aniqlash shakli;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgor — chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjatni olish uchun malaka imtihonini topshiruvchi jismoniy shaxs yoki chet tili oʻqituvchisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
testologiya — oʻquv fanlari boʻyicha tuzilgan test topshiriqlari va variantlari mazmunining maqsadga muvofiqligini hamda bilim, koʻnikma, malakalarni baholash uchun oʻlchov vositalarini yaratish va qoʻllashni oʻrganadigan fan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet tilini bilish darajasi toʻgʻrisida sertifikat (keyingi oʻrinlarda — malaka sertifikati) — malaka imtihonidan muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorga ikki yil muddatga beriladigan QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi davlat namunasidagi hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
chet tilini bilish darajasi toʻgʻrisida maʼlumotnoma (keyingi oʻrinlarda — maʼlumotnoma) — malaka imtihonidan muvaffaqiyatli oʻtgan chet tillari oʻqituvchilariga uch yil muddatga beriladigan QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi davlat namunasidagi hujjat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) va vakolatli organ oʻrtasida axborot almashinuvi faqat idoralararo oʻzaro elektron hamkorlik yordamida amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Malaka imtihoni vakolatli organ tomonidan davlat taʼlim standartlariga muvofiq tayyorlangan topshiriqlar asosida har bir daraja (A2, B1, B2, C1) va (yoki) koʻp darajali (Multi-level) formatda oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Malaka sertifikati yoki maʼlumotnoma malaka imtihoni yakunlari boʻyicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini toʻplaganda yoki koʻp darajali test sinovlari yakunlari natijalarini belgilovchi jadval asosidagi ballar boʻyicha beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Vakolatli organ tomonidan koʻp darajali test topshiriqlarining qiyinlik darajasi boʻyicha malaka imtihoni natijalarini belgilovchi jadval ishlab chiqiladi va ilmiy-metodik kengash tomonidan tasdiqlanadi hamda vakolatli organning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha davlat xizmatlari mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida koʻrsatiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Murojaat qilish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Malaka imtihonining oʻtkazish muddatlari vakolatli organ tomonidan belgilanadi hamda YIDXPga kiritib boriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabgor soʻrovnomani toʻldirish jarayonida vakolatli organ tomonidan oʻtkazilishi belgilangan chet tillari doirasida malaka imtihoni kunini tanlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Talabgor mustaqil ravishda ushbu Reglamentning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi soʻrovnomani YIDXP orqali elektron ravishda toʻldiradi. Talabgordan soʻrovnomani elektron raqamli imzo (keyingi oʻrinlarda — ERI) bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabgorga soʻrovnoma rasmiylashtirilganidan soʻng vakolatli organ tomonidan YIDXP orqali test sinovidan oʻtish qoidalari toʻgʻrisidagi eslatma beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabgorning soʻrovnomasida uning elektron manzili koʻrsatilishi mumkin. Soʻrovnomada talabgor elektron manzilining koʻrsatilganligi uning soʻrovnoma boʻyicha qabul qilingan qaror, malaka imtihoni natijalari yuzasidan apellyatsiya xulosasi haqida axborot tizimi orqali xabarnoma olishga roziligini anglatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabgorlardan soʻrovnomasidagi hujjatlardan boshqa qoʻshimcha hujjatlar talab etilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha malaka imtihonida ishtirok etish uchun talabgordan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
malaka sertifikati uchun — ariza berilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining bir yarim baravari miqdorida;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maʼlumotnoma uchun — ariza berilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida toʻlov undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, davlat xizmati koʻrsatilishi uchun roʻyxatdan oʻtish YIDXP orqali amalga oshirilganligi sababli talabgordan belgilangan toʻlov miqdorining 90 foizi undiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga mazkur davlat xizmatini koʻrsatishda belgilangan toʻlovning 50 foizi miqdorida chegirma qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 3-dekabrdagi PQ-4910-son qaroriga asosan akademik litseylarning bitiruvchi bosqich oʻquvchilari uchun toʻrtinchi semestr davomida faqat bir marta bepul tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻim toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qolgan mablagʻlar — Davlat test markazi faoliyatini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Talabgor davlat xizmatlaridan foydalanishda ularni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Talabgor davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrib chiqilmasdan qoldiriladi va toʻlangan toʻlov summasi qaytarilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Soʻrovnoma YIDXP orqali avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Malaka imtihoni uchun talabgorlarni roʻyxatga olish tanlangan oyning belgilangan imtihon sanasidan kamida oʻn ikki kun oldin yakunlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Vakolatli organ malaka imtihoniga qoʻyiladigan talabgorlarni YIDXP orqali hamda axborot-kommunikatsiya tizimidan foydalangan holda malaka imtihonini oʻtkazish joyi va aniq vaqti toʻgʻrisida malaka imtihoni sanasidan uch kun oldin xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Maʼlumotnoma olish uchun malaka imtihonlari yil davomida ikki marta — aprel hamda oktabr oylarida oʻtkaziladi. Talabgorlar malaka imtihonlari uchun yil davomida roʻyxatga olinadi. Talabgorlarni roʻyxatga olish aprel oyida oʻtkaziladigan malaka imtihoni uchun 31-mart sanasida, oktabr oyida oʻtkaziladigan malaka imtihoni uchun 30-sentabr sanasida yakunlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Malaka imtihonini oʻtkazish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Chet tilini bilish darajasi test sinovi, yozma ish va gapirish koʻnikmasini baholash yoʻli bilan aniqlanadi, u quyidagi boʻlimlardan iborat boʻladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) “tinglab tushunish” boʻlimi — ogʻzaki nutqni qabul qilish koʻnikmalarini, eshitilgan matnlardagi asosiy fikr va detalni tushunish mahoratini tekshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) “oʻqish” boʻlimi — oʻqilgan matnlardagi asosiy fikr va detalni tushunish mahoratini tekshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) “yozma ish” boʻlimi — tegishli darajadagi grammatik tuzilishdan va talabgorning lugʻat zaxirasidan foydalangan holda berilgan mavzular boʻyicha bir-biri bilan bogʻlangan matnlar tuzish mahoratini tekshiradi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) “gapirish” boʻlimi — tegishli darajadagi grammatik tuzilishdan va lugʻat zaxirasidan foydalangan holda, berilgan savollarga mos javob berish va oʻz nuqtai nazarini asoslash mahoratini tekshiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Talabgor uzrli sabablarga koʻra (kasalligi, xizmat safarida boʻlganligi yoki oila aʼzolarining vafot etganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etganda) malaka imtihonida ishtirok eta olmaydigan boʻlsa yoki ishtirok etmasa, malaka imtihoni oʻtkazilgan sanadan 3 kundan kechikmay YIDXP orqali vakolatli organga murojaat etishi lozim. Bunda, faqat Davlat test markazi hisobvaragʻiga kelib tushgan toʻlov miqdori talabgorga qaytariladi (toʻlov amaldagi elektron tizim orqali amalga oshirilganda, koʻrsatilgan xizmat uchun undirilgan yigʻimdan tashqari). Talabgorga xizmat koʻrsatilishi uchun Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga kelib tushgan pul miqdori qaytarilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabgor belgilangan malaka imtihoniga kechikkan yoki uzrsiz sababga koʻra kelmagan hamda malaka imtihoni qoidalarini buzganlik uchun auditoriyadan chiqarib yuborilgan taqdirda amalga oshirilgan toʻlov talabgorga qaytarilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabgor kechikkan taqdirda malaka imtihoniga qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Malaka imtihoni qogʻozlarda yoki kompyuter (onlayn platforma)da oʻtkazilishi mumkin. Malaka imtihonini oʻtkazish joyi vakolatli organ tomonidan belgilanadi. Malaka imtihoni vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan imtihon komissiyasi aʼzolari va kuzatuvchilar ishtirokida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yozma yoki ogʻzaki malaka imtihoni uchun imtihon komissiyasi shakllantiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Imtihon komissiyasi tarkibi Davlat test markazi direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi, unga Davlat test markazi xodimlari, tajribali pedagoglar va malakali mutaxassislar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Malaka imtihoni blankalarda oʻtkazilganda ikki bosqichdan iborat boʻladi. Bunda birinchi bosqich “tinglab tushunish”, “oʻqish”, “yozma ish” boʻlimlaridan, ikkinchi bosqich “gapirish” boʻlimidan tashkil topadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Malaka imtihoni tegishli maxsus dasturlar asosida kompyuterda oʻtkazilganda barcha boʻlimlar qamrab olingan holda bir bosqichda amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Test sinovlari vakolatli organ masʼul xodimining rahbarligida va kuzatuvida oʻtkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Test sinovlari maxsus jihozlangan, videokuzatuv bilan taʼminlangan holda vakolatli organ vakilining nazorati ostida onlayn oʻtkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Test sinovlari vaqtida har bir ish joyida bir nafar talabgor oʻtiradi. Test sinovlarini oʻtkazish jarayoni doimiy videotasvirga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Malaka imtihonini oʻtkazish uchun kuzatuvchilar jalb etilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Malaka imtihoniga jalb etilgan imtihon komissiyasi aʼzolari va kuzatuvchilar bilan shartnoma tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Malaka imtihonini topshirishda talabgor fuqarolik pasporti, identifikatsiya ID-kartasi yoki tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning aslini taqdim etadi. Pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi yoki tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaga ega boʻlmagan yoxud malaka imtihoniga kechikkan talabgorlar imtihonga kelmagan hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. “Tinglab tushunish”, “oʻqish” boʻlimlari boʻyicha bilimlar maxsus dasturlar yordamida kompyuterda tekshiriladi. “Yozma ish” va “gapirish” boʻlimlari boʻyicha bilimlar maxsus dasturlar yordamida imtihon komissiyasi tomonidan tekshiriladi va natijalari rasmiylashtiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Test sinovi uchun ajratilgan vaqt:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
A2 darajasi boʻyicha — “tinglab tushunish” uchun — 40 daqiqa, “oʻqish” uchun — 40 daqiqa, “yozma ish” uchun — 40 daqiqa, “gapirish” uchun — 10 daqiqa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V1 darajasi boʻyicha — “tinglab tushunish” uchun — 45 daqiqa, “oʻqish” uchun — 60 daqiqa, “yozma ish” uchun — 45 daqiqa, “gapirish” uchun — 15 daqiqa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V2 darajasi boʻyicha — “tinglab tushunish” uchun — 45 daqiqa, “oʻqish” uchun — 60 daqiqa, “yozma ish” uchun — 60 daqiqa, “gapirish” uchun — 15 daqiqa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
S1 darajasi boʻyicha — “tinglab tushunish” uchun — 40 daqiqa, “oʻqish” uchun — 60 daqiqa, “yozma ish” uchun — 60 daqiqa, gapirish uchun — 15 daqiqa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
koʻp darajali format boʻyicha — “tinglab tushunish” uchun — 45 daqiqa, “oʻqish” uchun — 60 daqiqa, “yozma ish” uchun — 60 daqiqa, “gapirish” boʻlimi uchun — 15 daqiqa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maʼlumotnoma olish malaka imtihoni boʻyicha — “tinglab tushunish” uchun — 40 daqiqa, “oʻqish” uchun — 60 daqiqa, “yozma ish” uchun — 60 daqiqa, “gapirish” uchun — 15 daqiqani tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Malaka sertifikati olish malaka imtihonining har bir daraja uchun oʻtkaziladigan test sinovi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“tinglab tushunish”, “oʻqish” boʻlimlarining har biri 30 ta savoldan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“yozma ish” boʻlimi ikkita yozma topshiriqdan (darajaga bogʻliq holda birinchi topshiriq — 30 — 150 ta soʻzdan, ikkinchi topshiriq — 50 — 250 ta soʻzdan);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“gapirish” boʻlimi topshiriqlarning uchta turidan iborat boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Koʻp darajali test sinovi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“tinglab tushunish” va “oʻqish” boʻlimlarining har biri 35 ta topshiriqdan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“yozma ish” boʻlimi ikkita yozma topshiriqdan (birinchi topshiriq — 100 — 150 ta soʻzdan, ikkinchi topshiriq — 200 — 250 ta soʻzdan);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“gapirish” boʻlimi topshiriqlarning 3 ta turidan iborat boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Maʼlumotnoma olish malaka imtihonining test sinovi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“tinglab tushunish” boʻlimi 30 ta topshiriqdan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“oʻqish” boʻlimi 30 ta topshiriqdan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“yozma ish” boʻlimi ikkita yozma topshiriqdan (birinchi topshiriq — 150 ta soʻzdan, ikkinchi topshiriq — 250 ta soʻzdan);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“gapirish” boʻlimi uchta topshiriq turidan iborat boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Talabgor quyidagi hollarda test sinovlaridan chetlashtirilgan hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
test sinovi oʻtkazilayotgan auditoriyaga har qanday adabiyot, shpargalka yoki telekommunikatsiya va texnika vositalarini olib kirsa;
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
test sinovi oʻtkazilayotgan vaqtda boshqa talabgorlar bilan muloqot qilsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
test materiallarini auditoriyadan olib chiqishga, savollar kitobini yirtib olishga, savollarni koʻchirib olishga harakat qilsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
savollar kitobini boshqa talabgorlarga bersa, test sinovini oʻtkazish jarayoniga xalaqit qilsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugagandan soʻng test materiallarini topshirishdan bosh tortsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
test sinovlari jarayonida videokuzatuvlar orqali talabgorning tartib va qoidalarga amal qilmaganligi aniqlansa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Talabgor javoblar varaqalari bilim darajasini belgilovchi asosiy hujjat boʻlganligi uchun uni toʻgʻri toʻldirishga masʼul hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Vakolatli organ test sinovlari natijalarini ular yakunlangan kundan boshlab bir haftadan kechikmay Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Test sinovi har bir boʻlimining eng yuqori bahosi 30 ballni va barcha boʻlimlar uchun maksimal baho 120 ballni tashkil etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Test sinovi yakunlari boʻyicha eng yuqori ballning 60 foizidan kam (72 balldan kam) ball olgan talabgor daraja shartlarini bajarmagan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Koʻp darajali format boʻyicha test natijalari qiyinlik darajasi boʻyicha belgilangan malaka imtihon natijalarini belgilovchi jadvalga muvofiq eʼlon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Test sinovi natijalariga koʻra ijobiy baholanmagan talabgorlar navbatdagi test sinovlarida ishtirok etish uchun belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan, qayta toʻlovni amalga oshirgan taqdirda test sinovlariga qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Test sinovi oʻtkazilishi jarayonida talabgor tomonidan tanlangan oyda faqat bitta chet tilidan test topshirishiga ruxsat etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Test sinovlari yakunlangan kundan boshlab bir hafta ichida testologiya meʼyorlari buzilishi holati aniqlansa, vakolatli organ tomonidan test sinovi natijalari bekor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagi holatlarda testologiya meʼyorlari buzilgan deb hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
test materiallari xavfsizligi va maxfiyligini taʼminlash qoidalari buzilsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgorlar tomonidan test materiallarini oldindan qoʻlga kiritish holati aniqlansa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
test sinovi natijalari tahliliga koʻra taqsimot normal taqsimotdan keskin farq qilsa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Test sinovi natijalari bekor qilingan holatda talabgorlarning xohishiga koʻra vakolatli organga kelib tushgan toʻlov miqdori qaytariladi yoki qayta test sinovlari tashkil etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Talabgorlarning javob varaqalari vakolatli organda bir yil muddatda saqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Malaka imtihoni natijalari boʻyicha beriladigan hujjatni rasmiylashtirish, berish va ularning reyestrini yuritish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Vakolatli organ imtihon natijalari toʻgʻrisidagi buyruq chiqarilganidan boshlab bir ish kuni mobaynida malaka imtihonidan muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorlarga QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan sertifikat yoki maʼlumotnomaning elektron shaklini shakllantiradi va uni oʻz ERIsi bilan tasdiqlaydi hamda talabgorga YIDXP orqali yuboradi, ushbu hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududlarida yuridik kuchga ega boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Sertifikat mazkur Reglamentning 3-ilovasiga, maʼlumotnoma 4-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi va berilgan hujjatlarning reyestriga tegishli yozuv kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Vakolatli organ tomonidan berilgan hujjatlarning reyestri yuritiladi va unda quyidagi maʼlumotlar qayd etiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabgorning familiyasi, ismi, otasining ismi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID-karta yoki tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma) maʼlumotlari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hujjatning hisobga olish raqami va berilgan sanasi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hujjatning amal qilish muddati.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Reyestr elektron shaklda yuritiladi va uning shakli vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5-bob. Apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Malaka imtihonidan oʻta olmagan talabgor malaka imtihoni oʻtkazilgan kundan boshlab uch ish kunida YIDXP orqali vakolatli organga apellyatsiya shikoyati berish huquqiga ega.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Talabgor apellyatsiya shikoyati berish uchun ushbu Reglamentning 5-ilovasiga muvofiq shakldagi soʻrovnomani YIDXP orqali elektron ravishda toʻldiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish uchun vakolatli organning buyrugʻi bilan 3 — 7 nafar vakolatli organ xodimlari, tajribali pedagoglar va malakali mutaxassislardan iborat boʻlgan Apellyatsiya komissiyasi tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Apellyatsiya shikoyati ikki hafta mobaynida koʻrib chiqiladi. Talabgor Apellyatsiya komissiyasi qarori toʻgʻrisida YIDXP orqali xabardor qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Apellyatsiya shikoyatini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
test sinovi natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiya shikoyati qondirilishini rad etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
test sinovlari natijalarini oʻzgartirish va apellyatsiya shikoyatini qondirish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Malaka imtihoni natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish va apellyatsiya shikoyati qanoatlantirilishini rad etish toʻgʻrisidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
apellyatsiya mazkur Reglament talablarini buzilgan holda taqdim etilgan boʻlsa;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
apellyatsiyada koʻrsatilgan dalillar oʻz tasdigʻini topmasa.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Malaka imtihoni natijalarini oʻzgartirish va apellyatsiya shikoyatini qondirish toʻgʻrisidagi qaror shikoyatda koʻrsatilgan dalillar oʻz tasdigʻini topsa qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Takroriy apellyatsiyaga yoʻl qoʻyilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
42. Talabgor Apellyatsiya komissiyasi qarori ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
43. Vakolatli organ xodimlari tomonidan ariza beruvchilar toʻgʻrisidagi shaxsiy maʼlumotlar maxfiyligi taʼminlanadi. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan rasmiy murojaat boʻlgan taqdirda, ariza beruvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakolatli organ tomonidan baholash mezonlari, test topshiriqlari formati hamda malaka imtihoni uchun ajratiladigan vaqtga xorijiy tajribadan kelib chiqib oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
44. Ushbu Reglamentni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
45. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SXEMASI

Bosqich

Masʼullar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Talabgor

Test sinovida ishtirok etish uchun YIDXP orqali soʻrovnomani toʻldirish yoʻli bilan vakolatli organga murojaat qiladi.

Toʻlovni amalga oshiradi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

Davlat test markazi

(Vakolatli organ)

1. Talabgorlarni malaka imtihonlari uchun roʻyxatga olinishini yakunlaydi.

1. Imtihon sanasidan 12 kun oldin

2. Soʻrovnoma rasmiylashtirilgandan soʻng YIDXP orqali talabgorga test sinovidan oʻtish qoidalari toʻgʻrisidagi eslatma beradi.

2. Shu vaqtning oʻzida

3. Talabgorlarga malaka imtihonini oʻtkazish joyi va vaqti toʻgʻrisidagi axborotni YIDXP orqali taqdim etadi.

3. Imtihon sanasidan 3 kun oldin

3-bosqich

Vakolatli organ

Talabgorlar uchun malaka imtihonini tashkil etadi va oʻtkazadi.

1. Maʼlumotnomani olish uchun — har yili aprel va oktabr oylarida.

2. Malaka sertifikatini olish uchun — yil davomida.

4-bosqich

Vakolatli organ

Test sinovi natijalarini ular yakunlangandan soʻng Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi.

Malaka imtihoni yakunlangandan soʻng 1 hafta muddatda

5-bosqich

Vakolatli organ

Malaka imtihonidan muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorlarga QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan sertifikat yoki maʼlumotnomaning elektron shaklini shakllantiradi va uni oʻz ERIsi bilan tasdiqlaydi hamda talabgorga YIDXP orqali yuboradi.

Buyruq chiqarilganidan boshlab bir ish kuni mobaynida

Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA

Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SOʻROVNOMA

__________________

(sanasi)

__________________

(raqami)

1. F.I.O.:

2. Pasport (tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma, identifikatsiyalovchi ID-kartasi) maʼlumotlari (seriyasi va raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, agar mavjud boʻlsa):

3. 3,5 x 4,5 sm oʻlchamdagi elektron fotosurat*

4. Doimiy yashash manzili (viloyat, shahar/tuman, koʻcha, uy):

5. Hozirgi vaqtdagi oʻqish/ish joyi va lavozimi:

6. Telefon raqami:

7. Elektron pochta manzili (e-mail):

8. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan bepul topshirish imtiyoziga egaligi (akademik litseylarning bitiruvchi kurs oʻquvchilari**):

Ha/Yoʻq

9. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan chegirma qoʻllanilish huquqiga egaligi (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslar, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar):

Ha/Yoʻq

10. Chet tillari oʻqituvchilari uchun maʼlumotnoma berish test sinovlari***

Ha/Yoʻq

11. Imtihon topshirish kuni:

12. Imtihon topshirish hududi:

13. Imtihon topshirish tili va darajasi:

Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* 3,5 x 4,5 sm oʻlchamdagi elektron fotosurat fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, 16 yoshga toʻlmagan shaxslar va chet el fuqarolari tomonidan ilova qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
** akademik litsey bitiruvchi bosqich oʻquvchilari uchun toʻrtinchi semestr davomida faqat bir marta bepul tashkil etiladi hamda imtihon sanasi, tili va darajasi vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
*** bunda xorijiy tillar oʻqituvchilari vakolatli organ tomonidan belgilangan sanalarda Chet tilidan malaka va uni bilish darajasi boʻyicha maʼlumotnoma uchun malaka imtihoniga roʻyxatdan oʻtadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA

‎‎Chet tilini bilish darajasi toʻgʻrisidagi sertifikatning
‎ DAVLAT NAMUNASI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZI ‎‎

STATE TEST CENTER UNDER THE CABINET OF MINISTERS OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN ‎‎

____________________________________________________________________________________________

‎CHET TILINI BILISH DARAJASI TOʻGʻRISIDA
‎SERTIFIKAT

CERTIFICATE
OF FOREIGN LANGUAGE PROFICIENCY

‎‎Sertifikat № | Reference Number ‎‎
________________________________________________________________________________‎‎
‎‎‎Talabgor toʻgʻrisidagi maʼlumotlar | Candidate Details:
‎Shaxsni tasdiqlovchi
‎hujjat seriya va raqami | ID series and number:
‎Familiyasi | Surname:
‎Ismi | First Name:
‎Otasining ismi | Patronymic Name:

Fotosurat‎‎

‎‎
‎________________________________________________________________________________
‎‎Chet tili |
‎ Foreign language:
‎‎‎ Daraja | Level: ‎‎ ‎‎

Test sinovi natijalari |
‎ Test
‎Results: ‎‎

‎‎Tinglab tushunish | istening:

‎‎ ‎‎Oʻqish | Reading: ‎ ‎‎

‎‎Yozish | Writing:

‎‎
‎‎Gapirish | Speaking: ‎‎‎

‎‎Umumiy ball| Overall Score:

‎‎
‎‎Berilgan sanasi | Date of Issue: ‎‎_________ Amal qilish muddati | _________
‎Valid until:
‎‎Direktor |
‎Director ‎

‎‎‎‎QR — kod
‎‎

‎‎____________________________ F.I.O. | Full Name
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA

‎‎Chet tilini bilish darajasini aniqlash malaka imtihoni natijasi
‎boʻyicha maʼlumotnomaning
‎‎ DAVLAT NAMUNASI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZI ‎‎

STATE TEST CENTER UNDER THE CABINET OF MINISTERS OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN ‎‎

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI
DAVLAT TEST MARKAZI

CNET TILINI BILISN DARAJASINI ANIQLASN MALAKA IMTINONI NATIJASI BOʻYICNA
‎MA'LUMOTNOMA

Maʼlumotnoma raqami‎

‎‎

Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSNSNIR)‎‎‎‎

‎‎Familiyasi

‎‎

Ismi

‎Otasining ismi‎

‎‎Chet tili

Test sinovi natijalari‎‎

Tinglab tushunish‎‎

Oʻqish‎‎

‎Yozma ish

‎‎‎Gapirish

‎Umumiy natija

‎Ball

%‎‎

‎‎‎ ‎‎‎ ‎‎‎ ‎‎‎ ‎‎‎

Berilgan sanasi:‎‎‎

‎‎‎‎‎

Amal qilish muddati:‎‎‎

‎‎‎‎‎

‎‎Direktor

‎‎‎‎QR — kod
‎‎

‎‎____________________________ F.I.O.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
5-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha imtihon natijalari yuzasidan apellyatsiya shikoyatini berish uchun
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
SOʻROVNOMA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

__________________

(sanasi)

__________________

(raqami)

1. F.I.O.:

2. Pasport (tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma, identifikatsiyalovchi ID-kartasi) maʼlumotlari (seriyasi va raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, agar mavjud boʻlsa):

3. Doimiy yashash manzili (viloyat, shahar/tuman, koʻcha, uy):

4. Telefon raqami:

5. Elektron pochta manzili (e-mail):

6. Imtihon sanasi:

7. Til:

8. Daraja:

9. Shikoyatning qisqacha mazmuni:

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagi 73-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2022-yil 1-martdan eʼtiboran oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI

1. Vazirlar Mahkamasining “Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikati berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2013-yil 31-dekabrdagi 352-son qarori.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishda milliy hamda xalqaro baholash tizimlari sertifikatlarini tatbiq qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 13-maydagi 395-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son Farmoni)” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 128-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.02.2022-y., 09/22/73/0141-son; 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son; 12.01.2024-y., 09/24/17/0019-son; 08.10.2024-y., 09/24/640/0791-son; 24.12.2024-y., 09/24/847/1056-son; 19.06.2025-y., 09/25/378/0518-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son; 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son; 04.07.2026-y., 09/26/310/0685-son; 30.07.2026-y., 09/26/411/0797-son)