Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.03.2024 27.04.2005 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1473
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining qarori, 27.04.2005 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1473
Date of entry into force
07.05.2005
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.03.2024
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh VA TADBIRKORLIKNI QOʻLLAB-QUVVATLASh DAVLAT QOʻMITASINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
XOʻJALIK JAMIYATLARI USTAV JAMGʻARMASIDAGI DAVLAT AKSIYALARI PAKETLARI (ULUShLARI)NI BOShQARISh BOʻYIChA FAOLIYATNI AMALGA OShIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 27-aprelda 1473-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 20-martdagi 8-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3506, 20.03.2024-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi, “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22-avgustdagi 361-sonli “Aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarish tizimini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami 1998-y. 8-son, 31-bet), 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli “Xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami 2003-y. 7-8-son, 63-bet) va 2003-yil 24-iyuldagi 325-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining kadrlar potensialini mustahkamlash va faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami 2003-y. 14-son, 118-bet) qarorlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Xoʻjalik jamiyatlari ustav jamgʻarmasidagi davlat aksiyalari paketlari (ulushlari)ni boshqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil 14-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat mulki qoʻmitasi raisi M. ASQAROV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2005-yil 14-mart,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
01/06-18/02-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI DAVLAT MULKI QOʻMITASINING 2005 YIL 14 MARTDAGI 33, 01/06-18/02-SON QARORI BILAN
TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xoʻjalik jamiyatlari ustav jamgʻarmasidagi davlat aksiyalari paketlari (ulushlari)ni boshqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi, “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonunlariga,Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-son “Oʻzbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-son “Xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2012-yil 14-noyabrdagi 322-son “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi, 2013-yil 11-iyundagi 165-son “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2017-yil 23-iyundagi 419-son “Oʻzbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorlariga muvofiq xoʻjalik jamiyatlarining ustav jamgʻarmalaridagi davlat aksiyalari paketlari (ulushlari)ni boshqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Mazkur Nizom maqsadlarida quyidagi atamalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat vakili — Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi (bundan keyin — Markaz) bilan tuziladigan ishonchli boshqarish shartnomalari asosida davlat aksiyalari paketlari (ulushlari)ni boshqarish va xoʻjalik jamiyatlarining boshqaruv organlarida (kuzatuv kengashi, aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yigʻilishida) davlat manfaatlarini ifoda etish boʻyicha faoliyatni amalga oshiradigan davlat vakili, investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi va davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek Markazning ishonchnomasiga koʻra aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yigʻilishida davlat manfaatlarini ifoda etadigan jismoniy shaxslar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ulushi — ular aksiyadorlar (taʼsischilar) boʻlib davlat nomidan Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (bundan keyin — Davlat raqobat qoʻmitasi) yoki Markaz chiqadigan xoʻjalik jamiyatlari ustav jamgʻarmasidagi davlat aksiyalari paketi (ulushi);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Komissiya — aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish boʻyicha komissiya;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xoʻjalik jamiyati — ustav jamgʻarmasida davlat ulushi boʻlgan aksiyadorlik jamiyati yoki masʼuliyati cheklangan (qoʻshimcha masʼuliyatli) jamiyat.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Davlat vakilining xoʻjalik jamiyati boshqarish organlarining ishida ishtirok etishi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Davlat ulushini boshqarishni davlat vakili Markaz bilan tuziladigan ishonchli boshqarish shartnomasi asosida, shuningdek qonunchilik bilan belgilangan tartibda ishonchnoma boʻyicha amalga oshiradi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Davlat vakili davlat ulushini boshqarish boʻyicha majburiyatlarni bajarishga ishonchli boshqarish shartnomasi kuchga kirgan paytdan yoki uning butun amal qilish davriga ishonchnoma berilgan paytdan boshlab kirishadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Markaz xoʻjalik jamiyatining kuzatuv kengashiga, taʼsis hujjatlarida kuzatuv kengashini shakllantirish nazarda tutilmagan hollarda esa ijroiya organiga davlat ulushini ishonchli boshqarish uchun davlat vakiliga topshirilgani dalili toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi. Xabarnomada davlat vakilining nomi (familiyasi, ismi-sharifi), ishonchli boshqarish shartnomasining raqami va sanasi, shuningdek mazkur shartnomaning kuchga kirish sanasi koʻrsatiladi. Boshqarish ishonchnomaga koʻra amalga oshirilgan holatda Markaz yuborilayotgan xabarnomada ishonchnomaning raqami va sanasini koʻrsatadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Agar davlat vakilini almashtirish amalga oshiriladigan boʻlsa, Markaz ishonchli boshqarish shartnomasi tuzilgan yoki ishonchnoma berilgan kundan boshlab 3 ish kunidan kechiktirmay, mazkur Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan tartibda xoʻjalik jamiyatini boshqarishning tegishli organiga avvalgi davlat vakilining vakolatlari bekor qilinganligi va yangi davlat vakili tayinlanganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Davlat aksiyalari paketlari (ulushlari)ni boshqarishga doir harakatlarni kelishish tartibi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Davlat vakili majburiy tartibda oldindan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — Moliya vazirligining hududiy boʻlinmalari) va/yoki Markaz bilan kuzatuv kengashi majlisining va/yoki aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yigʻilishining kun tartibiga kiritilgan masalalar boʻyicha ovoz berish tartibini kelishib oladi, shuningdek barcha oddiy aksiyalar bitta aksiyadorga tegishli boʻlgan aksiyadorlik jamiyatida qaror qabul qilinganda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yoki uning hududiy boʻlinmasi bilan — xoʻjalik jamiyatlarining sof foydasini dividendlarni hisoblab yozish hamda toʻlash masalalarini taqsimlash boʻyicha, xususan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega xoʻjalik jamiyatlari roʻyxatiga kiritilgan xoʻjalik jamiyatlari, shuningdek sof foydasi keyingi ikki moliya yilida (hisobot yili ham kiradi) oʻrtacha 50,0 mln soʻm va undan yuqorini tashkil etgan boshqa xoʻjalik jamiyatlari boʻyicha xoʻjalik jamiyatining sof foydasini taqsimlashni kelishish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan amalga oshiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sof foydasi keyingi ikki moliya yilida (hisobot yili ham kiradi) oʻrtacha 50,0 mln soʻmdan kamni tashkil qilgan boshqa xoʻjalik jamiyatlari boʻyicha sof foydani taqsimlashni kelishish uning hududiy boʻlinmalari bilan amalga oshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat ulushi aksiyadorlar reyestrini yopishning yoki masʼuliyati cheklangan (qoʻshimcha masʼuliyatli) jamiyat ustavini roʻyxatdan oʻtkazishning oxirgi sanasida ustav jamgʻarmasining 15% iga qadarni tashkil etgan va davlat vakili aksiyadorlik jamiyati sof foydasining kamida 50% ini dividend sifatida toʻlanishi uchun ovoz berish niyatida boʻlgan jamiyatlar boʻyicha;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
sof foydasi keyingi ikki moliya yilida (hisobot yili ham kiradi) oʻrtacha 20,0 mln soʻmdan oshmagan va xoʻjalik jamiyatini boshqarishning tegishli organi tomonidan sof foydaning 50 foizdan koʻprogʻini dividendlarni toʻlashga yoʻnaltirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan xoʻjalik jamiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yoki uning hududiy boʻlinmalari bilan kelishish talab qilinmaydi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) Markaz bilan quyidagi masalalar boʻyicha:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyatni qayta tashkil etish, tugatish, ushbu koʻrsatmalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (aksiyadorlik jamiyatlari boʻyicha) yoki uning hududiy boʻlinmalari bilan (masʼuliyati cheklangan yoki qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar boʻyicha) bilan kelishilganidan keyin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyat ijroiya organini tashkil etish (saylash, tayinlash, yollash va hokazo), uning vakolatlarini muddatidan avval bekor qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
eʼlon qilingan aksiyalarning eng yuqori miqdorini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
aksiyalarni boʻlish va konsolidatsiyalash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jamiyat ustav jamgʻarmasining miqdorini koʻpaytirish yoki kamaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 8, 9-boblarida va Oʻzbekiston Respublikasining “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 43 va 44-moddalarida nazarda tutilgan yirik bitimlar yoki jamiyatning affillangan shaxslari bilan bitimlarni tuzish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qolgan masalalar boʻyicha davlat vakili qarorlarni qonunchilik hujjatlari, ishonchli boshqarish shartnomasi va ishonchnomaga muvofiq mustaqil ravishda qabul qiladi.
(7-band “b” kichik bandining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan masalalar boʻyicha koʻrsatmalar olish uchun davlat vakili kuzatuv kengashi yoki aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yigʻilishi boʻlgʻusi majlisining sanasi belgilangandan, shuningdek barcha oddiy aksiyalar bitta aksiyadorga tegishli boʻlgan aksiyadorlik jamiyatida qaror qabul qilingandan keyin oʻn ish kunidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yoki uning hududiy boʻlinmasiga va/yoki Markazga mazkur Nizomga 1-son ilovaga koʻra shaklda yozma xabarnoma, shuningdek kun tartibi masalalari boʻyicha zarur axborot va koʻrsatilgan masalalar boʻyicha ovoz berish tartibiga doir oʻz takliflarini yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Agar kuzatuv kengashining majlisi, aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yigʻilishi boʻlib oʻtmasa yoki barcha oddiy aksiyalar bitta aksiyadorga tegishli boʻlgan aksiyadorlik jamiyatida qaror qabul qilinmasa, basharti davlat vakili berilgan koʻrsatmalarni qayta koʻrib chiqish zarurligiga olib keladigan holatlar va dalillarning oʻzgargani toʻgʻrisida axborotni taqdim etmasa, berilgan koʻrsatmalar boshqa vaqtga koʻchirilgan kuzatuv kengashi majlisi, aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yigʻilishining oʻtkazilishi, barcha oddiy aksiyalar bitta aksiyadorga tegishli boʻlgan aksiyadorlik jamiyatida qaror qabul qilinishi paytiga qadar oʻz kuchini saqlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yoki uning hududiy boʻlinmasi va/yoki Markaz yozma xabarnoma olingan sanadan boshlab oʻn ish kunidan kechiktirmay davlat vakiliga mazkur Nizomga muvofiq uning vakolatlari doirasiga kiradigan masalalar boʻyicha mazkur Nizomga 2-son ilovaga koʻra shaklda ovoz berish tartibi toʻgʻrisida koʻrsatmalar yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda qoʻshimcha maʼlumotlarni soʻrash, kun tartibi masalalarini har tomonlama oʻrganib chiqish va davlat vakiliga koʻrsatmani tayyorlash maqsadida xabarnomani koʻrib chiqish muddati Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yoki uning hududiy boʻlinmasi va/yoki Markaz tomonidan uzaytirilishi mumkin, biroq bu uzaytirilgan muddat kuzatuv kengashi yoki aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yigʻilishini oʻtkazish sanasi yoki barcha oddiy aksiyalar bitta aksiyadorga tegishli boʻlgan aksiyadorlik jamiyatida qaror qabul qilish sanasidan kech boʻlmasligi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Davlat vakiliga Markaz va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan yuboriladigan koʻrsatmalar ular rahbari yoki rahbar oʻrinbosari tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat vakiliga Moliya vazirligining hududiy boʻlinmalari tomonidan yuboriladigan koʻrsatmalar tegishli hududiy boʻlinmaning rahbari tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar davlat vakilining mazkur Nizomda belgilangan muddatlarda taqdim etilgan yozma xabarnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yoki uning hududiy boʻlinmasi va/yoki Markaz tomonidan tegishli koʻrsatmalar berilmagan boʻlsa, davlat vakili qonunchilik bilan belgilangan tartibda davlat manfaatlarini koʻzlab qaror qabul qiladi.
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Agar davlat vakilining yozma xabarnomasi mazkur Nizomda belgilangan muddatlarni buzgan holda taqdim etilishi natijasida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yoki uning hududiy boʻlinmasi va/yoki Markaz tomonidan tegishli koʻrsatmalar berilmagan boʻlsa, davlat vakili jamiyat kuzatuv kengashi yoki aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yigʻilishi tomonidan mazkur Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan masalalarni muhokama qilishda ishtirok eta olmaydi va qaror qabul qilinganda ovoz berish huquqiga ega boʻlmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bu holda, aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yigʻilishida mazkur Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan masalalar boʻyicha ishtirok etish uchun Markaz, Davlat raqobat qoʻmitasi yoki uning hududiy organining ishonchnoma boʻyicha ovoz beradigan xodimi yuboriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Ishonchli boshqarish shartnomasi asosida harakat qiluvchi davlat vakili kuzatuv kengashi majlisining, aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yigʻilishining, shuningdek barcha oddiy aksiyalar bir aksiyadorga tegishli boʻlgan aksiyadorlik jamiyatida qabul qilingan qarorlar natijalarini u ishonchli boshqarish shartnomasi va qonunchilik bilan belgilangan tartibda taqdim etadigan hisobotda aks ettiradi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Kuzatuv kengashi, aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yigʻilishi davlat vakiliga koʻrsatmalarda berilganidan boshqacha qaror qabul qilgan holda davlat vakili uch ish kunidan kechiktirmay bundan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yoki uning hududiy boʻlinmasi va/yoki Markazni xabardor qiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yoki uning hududiy boʻlinmasi va/yoki Markaz koʻrsatilgan xabarnomani olgan paytdan boshlab bir hafta ichida davlat vakiliga uning bundan keyingi harakatlari toʻgʻrisida koʻrsatmalar yuboradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Davlat vakili unga koʻrsatmalarda berilganidan boshqacha qaror uchun ovoz bergan holda davlat vakili qonunda belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Kuzatuv kengashi majlisida, aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yigʻilishida, shuningdek barcha oddiy aksiyalar bir aksiyadorga tegishli boʻlgan aksiyadorlik jamiyatida davlat vakili mazkur Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, uning hududiy boʻlinmasi va/yoki Markaz bilan kelishmasdan yoki uning koʻrsatmalariga zid ravishda ovoz bergan holda qabul qilingan qaror sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yoki uning hududiy boʻlinmasi va/yoki Markaz davlat vakillaridan kelib tushadigan xabarnomalarning, shuningdek ovoz berish tartibi boʻyicha ularga yuborilgan koʻrsatmalarning alohida hisobini yuritadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Davlat vakili Davlat raqobat qoʻmitasi hayʼatining yoki Komissiyaning majlisiga yoxud Markazning ishchi kengashiga davlat ulushini boshqarishga, xoʻjalik jamiyatlarining boshqaruv organlarida davlat manfaatlarini ifodalashga doir qilingan ish, shu jumladan davlat ulushi boʻyicha dividendlarni toʻliq va adekvat ravishda hisoblab yozishni va ularni Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga oʻz vaqtida toʻlashni taʼminlash uchun koʻrilgan choralar toʻgʻrisida hisobot berish uchun taklif qilinishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat ishonchli vakili, investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan ishonchli boshqaruv shartnomasi shartlarining buzilishi ular bilan qonunchilik bilan belgilangan tartibda tuzilgan ishonchli boshqarish shartnomalarini qonunchilik bilan belgilangan tartibda bekor qilish uchun asos hisoblanadi.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Yakuniy qoida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nizomga
1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

‎‎___________________________________________________________________________________ manzilda joylashgan, aksiyadorlik jamiyati (masʼuliyati cheklangan yoki qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat) ustav jamgʻarmasidagi davlat aksiyalari (ulushlari) paketi boʻyicha davlat manfaatlarini ifodalaydigan

‎‎‎_______________________________________________________________________

(davlat vakili)

‎‎_______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ (kuzatuv kengashi majlisini oʻtkazish / aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yigʻilishini oʻtkazish / barcha oddiy aksiyalar bitta aksiyadorga tegishli boʻlgan aksiyadorlik jamiyatida qaror qabul qilish toʻgʻrisida)

XABARNOMA

‎‎Sana: ______________________________ Vaqt: ________________________________________
Joy: ______________________________________________________________________________________

‎‎KUN TARTIBI

1. ______________________________
2. ‎‎______________________________
3.‎ ______________________________
4. ______________________________ va h.k.‎‎ ‎‎
_____________________________________________________________________________________________________

‎‎‎‎‎‎(koʻrsatilgan masalalar boʻyicha ovoz berish tartibiga doir davlat vakilining takliflari)‎‎

‎‎Davlat vakilining aloqa bogʻlash telefoni:

‎‎
‎_______________________________________________________________________
Xabarnoma tuzilgan sana: ‎‎_______________________________________________________________________
Davlat vakili:

‎‎_____________________________

________________________________________‎‎

‎‎(imzo)

‎‎F.I.O.

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
‎‎_______________________________________________________________________________ aksiyadorlik jamiyati
‎‎(masʼuliyati cheklangan yoki qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat) ustav jamgʻarmasidagi davlat aksiyalari (ulushlari) paketi boʻyicha davlat manfaatlarini ifodalaydigan
‎‎________________________________________________________________________________ ga

(davlat vakiliga)

‎‎‎________________________________________________________________________‎ da oʻtkaziladigan / qabul qilinadigan

‎‎(sana)

_______________________________________________________________________________________________________

(kuzatuv kengashining majlisida / aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yigʻilishida) barcha oddiy aksiyalar bitta aksiyadorga tegishli boʻlgan aksiyadorlik jamiyatida qaror qabul qilishda)

‎‎ishtirok etish davomida ovoz berish tartibi toʻgʻrisida

‎‎KOʻRSATMALAR

20________ yil “___________” ___________________ dagi‎‎ ‎‎________ son

OVOZ BERISh TARTIBI‎‎

‎‎1. Birinchi masala boʻyicha ovoz berish ___________________________________________________ (soʻz bilan koʻrsatilsin)

(yoqlab/qarshi/betaraf)

‎‎2. Ikkinchi masala boʻyicha ovoz berish ___________________________________________________ (soʻz bilan koʻrsatilsin)

‎‎(yoqlab/qarshi/betaraf)

‎‎3. Uchinchi masala boʻyicha ovoz berish ____________________________________________________ (soʻz bilan koʻrsatilsin)

‎‎(yoqlab/qarshi/betaraf) ‎‎

‎‎4. Toʻrtinchi masala boʻyicha ovoz berish __________________________________________________ (soʻz bilan koʻrsatilsin)

‎‎(yoqlab/qarshi/betaraf) ‎‎ ‎‎

‎‎5. Beshinchi masala boʻyicha ovoz berish ___________________________________________________ (soʻz bilan koʻrsatilsin)

‎‎(yoqlab/qarshi/betaraf)

‎‎Rahbar (uning oʻrinbosari) ______________________________‎‎ ________________________________________‎‎

(imzo)‎‎

(F.I.O)

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 17-18-son, 132-modda; 2007-y., 9-10-son, 93-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)