Indexation by Ceneral legal classifier of legislation branches
Indexation by thematic directory of legislation
Sources of changes
Sources of publication
13.04.2026
27.12.2025
04.07.2023
22.06.2022
02.04.2022
25.12.2021
View
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.72.00 (Кучини йукотган) Oliy ta’lim (bakalavriat va magistratura)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish, davlat oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash masalalarini mustaqil hal etish, ilmiy-tadqiqot faoliyatiga mablag‘larni jalb etish imkoniyatini kengaytirish hamda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida raqobat muhitini rivojlantirish maqsadida:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.04 Oliy ta’lim]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Moliyaviy mustaqillik berilayotgan davlat oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Moliyaviy mustaqillik berilayotgan davlat oliy ta’lim muassasalariga quyidagi masalalar bo‘yicha mustaqil qaror qabul qilish vakolati berilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ta’lim xizmatlari bozoridagi talabni inobatga olgan holda to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabalarning to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddatlarini belgilash va uzaytirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llay oladigan va ilmiy izlanish olib boradigan mahalliy hamda xorijiy professor-o‘qituvchi va mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quv-ilmiy jarayonlarga jalb etilgan xorijiy yuqori malakali mutaxassislar mehnatiga haq to‘lash miqdorlarini bozor konyunkturasidan kelib chiqib belgilashga oid qarorlar qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
professor-o‘qituvchilar shtat birliklarini kiritish me’yorlarini ishlab chiqish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘z mablag‘lari hisobidan talabalar uchun stipendiya va grantlar ajratish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xorijiy davlatlardan o‘quv va ilmiy adabiyotlar, darsliklar hamda o‘quv qo‘llanmalarni mualliflik huquqi bo‘lgan ishlab chiqaruvchilardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bo‘sh turgan bino va inshootlarda pullik xizmatlar ko‘rsatish tartibini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
avtotransport vositalarining yo‘l bosish yillik limiti va ularga xizmat ko‘rsatish talablarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy ta’lim muassasasi rahbari va xodimlari hamda professor-o‘qituvchilari faoliyatiga baho berish, ular faoliyatining samaradorligini baholash mezonlarini (KPI) tasdiqlash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy ta’lim muassasasi rahbari va xodimlari, professor-o‘qituvchilari, shuningdek, xorijiy mutaxassislar uchun mehnatga haq to‘lash miqdori va ularning samaradorligini baholash mezonlariga (KPI) asoslangan rag‘batlantirish tartibini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
daromadlar va xarajatlar parametrlarini tasdiqlash, ularning ijrosini muhokama qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasalarining innovatsion va boshqa jamg‘armalar mablag‘larini sarflash tartibi va yo‘nalishlarini belgilash;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy ta’lim muassasasining budjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibini belgilash.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.04 Oliy ta’lim]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq moliyaviy mustaqillik berilayotgan davlat oliy ta’lim muassasalari quyidagilarni nazarda tutuvchi moliyalashtirish tartibiga o‘tkaziladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
barcha ta’lim yo‘nalishlari va bosqichlari bo‘yicha bir talaba uchun to‘g‘ri keladigan o‘rtacha xarajat miqdori hisoblab chiqiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat buyurtmasi (davlat granti) asosida kadrlar tayyorlash uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartib asosida bir talabaga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha xarajat miqdoridan kelib chiqib belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat granti asosida ta’lim olayotgan talabalar uchun budjet mablag‘lari bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik va idora hamda oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida imzolanadigan bitim asosida ajratiladi (bundan maqsadli mablag‘lar, shu jumladan stipendiya to‘lovlari, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ijtimoiy himoyasi uchun qonunchilikda belgilangan mablag‘lar, oliy ta’limdan keyingi ta’lim xarajatlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari asosida ajratiladigan boshqa mablag‘lar mustasno);
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat granti asosida ta’lim olayotgan talabalar uchun ajratilgan budjet mablag‘lari (bundan maqsadli mablag‘lar mustasno) oliy ta’lim muassasasining budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkaziladi va hisobot davri oxirida mablag‘larning qoldig‘i oliy ta’lim muassasasi ixtiyorida qoldiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat buyurtmasi sifatida ajratilgan mablag‘lar hamda to‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetasi tegishliligi bo‘yicha yuqori turuvchi vazirlik va idorada ro‘yxatdan o‘tkaziladi hamda ulardan foydalanish Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi uchun belgilangan tartibga o‘xshash tartibda amalga oshiriladi. Bunda, moliya yili davomida daromadlar va xarajatlar smetasiga kiritiladigan o‘zgartirishlar Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilmaydi;
(3-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati bir talaba uchun to‘g‘ri keladigan o‘rtacha xarajat miqdoridan kelib chiqib, biroq oliy ta’lim muassasasini o‘zini o‘zi to‘liq moliyaviy ta’minlash, istiqbolda rivojlantirish hamda ta’lim xizmatlari bozoridagi o‘zaro raqobat asosida belgilanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.04 Oliy ta’lim]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki, moliyaviy mustaqillik berilayotgan davlat oliy ta’lim muassasalarida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asosiy vositalarni ijaraga berishdan tushgan mablag‘ning 1 foizi — Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy bo‘linmalari huzuridagi davlat mulki ijara markazlariga, qolgan qismi — elektron savdo maydonchasi operatoriga to‘langan to‘lov chegirilgandan keyin mazkur oliy ta’lim muassasasining budjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
asosiy vositalar va tovar-moddiy boyliklarni (bundan yer, bino, inshootlar, jumladan operativ boshqaruvga berilgan bino va inshootlar hamda o‘quv-ilmiy laboratoriya jihozlari mustasno) sotishdan tushgan mablag‘lar to‘lig‘icha o‘z ixtiyorida qoldiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyaviy nazorat tadbirlarini xolisona va mustaqil o‘tkazadigan ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati tashkil etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mablag‘larning sarflanishi yuzasidan yuqori turuvchi vazirlikka (idoraga) har chorakda belgilangan tartibda hisobot beriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar, xarid qilingan tovarlar va xizmatlar, amalga oshirilayotgan loyihalar hamda tasarrufidagi mablag‘lar, moddiy boyliklar va mulkdan foydalanish to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlar o‘z rasmiy veb-saytlariga muntazam joylashtirib boriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mablag‘lardan oqilona va samarali foydalanish, jumladan xodimlar mehnatiga haq to‘lash va stipendiya to‘lovlarini o‘z vaqtida hamda to‘liq amalga oshirish uchun javobgarlik tegishli oliy ta’lim muassasasi rahbari zimmasiga yuklanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.04 Oliy ta’lim]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4391-son qaroriga asosan o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tayotgan oliy ta’lim muassasalariga berilgan vakolat va huquqlar ushbu qarorga muvofiq moliyaviy mustaqillik berilayotgan davlat oliy ta’lim muassasalariga tatbiq etilsin. Bunda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyaviy mustaqillik berilayotgan davlat oliy ta’lim muassasalari yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan budjet mablag‘larini oluvchi davlat tashkiloti hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati oliy ta’lim muassasasi tomonidan ta’lim xizmatlari bozoridagi talab va taklifdan kelib chiqib, biroq tegishli yo‘nalish bo‘yicha davlat oliy ta’lim muassasalarida belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt qiymatidan uch baravardan ortiq bo‘lmagan miqdorda belgilanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, magistratura va klinik ordinatura mutaxassisliklari kesimida qabul shartlarida to‘lov-kontrakt qiymati tabaqalashtirilgan miqdorlarda belgilanishi mumkin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.04 Oliy ta’lim]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Moliyaviy mustaqillik berilayotgan davlat oliy ta’lim muassasalarida quyidagilar kuzatuv kengashlarining asosiy vakolatlari etib belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy ta’lim muassasasining uzoq va o‘rta muddatli strategik rivojlantirish dasturini tasdiqlash, xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingining yuqori o‘rinlaridan joy olish bo‘yicha maqsadli chora-tadbirlarni belgilash hamda uning amalga oshirilishini nazorat qilib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy ta’lim muassasasining o‘rta muddat uchun shakllantiriladigan biznes-rejasini tasdiqlash, uning ijrosini muhokama qilish;
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar hamda ixtisosliklar bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul parametrlarini belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy ta’lim muassasasi oldiga qo‘yilgan vazifalar ijrosi, maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish holati bo‘yicha rektor va prorektorlar faoliyatini o‘rganish hamda axborotini eshitish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy ta’lim muassasasining ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatiga moliyaviy nazorat o‘tkazish uchun qo‘shimcha topshiriq berish hamda nazorat tadbirlarining natijasi yuzasidan hisobot olish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy ta’lim muassasasini rivojlantirish va uning moliyaviy faoliyati bilan bog‘liq masalalarni hal etish, shu jumladan nodavlat notijorat tashkiloti ko‘rinishida maqsadli kapital jamg‘armasini shakllantirish;
(6-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
(6-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy ta’lim muassasasi huzuridagi ta’lim va ilmiy muassasalarning rahbari va xodimlari, professor-o‘qituvchilari, shuningdek, xorijiy mutaxassislar uchun mehnatga haq to‘lash miqdori va samaradorlik mezonlariga asoslangan rag‘batlantirish tartibini mustaqil belgilash;
(6-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy ta’lim muassasasining budjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari bo‘yicha xarajatlarning taqsimlanish ulushini mustaqil belgilash.
(6-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Shermatov) bilan birgalikda uch oy muddatda davlat oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun elektron shartnomalar tuzish, to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish xarajatlarini onlayn to‘lash va mablag‘lar hisobini yuritish bo‘yicha yagona axborot tizimini (keyingi o‘rinlarda — Axborot tizimi) ishlab chiqsin hamda Moliya vazirligi va Markaziy bankning axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, Axborot tizimiga ulanish idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar, barcha davlat oliy ta’lim muassasalari uchun majburiy hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Axborot tizimini amaliyotga joriy etish, qo‘llab-quvvatlash va oliy ta’lim muassasalariga shartnoma asosida xizmat ko‘rsatish vazifasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar huzuridagi Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markaziga yuklatilsin.
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.04 Oliy ta’lim]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bo‘ysunuvida oliy ta’lim muassasasi mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro moliya tashkilotlarini jalb qilgan holda 2022-yil yakuniga qadar davlat oliy ta’lim muassasalarida bozor mexanizmlariga asoslangan biznes jarayonlarini joriy etish, ularni xususiylashtirish, ular faoliyatiga korporativ boshqaruvni joriy etish hamda to‘liq moliyaviy mustaqillik berish orqali ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy ta’lim muassasasi hamda bitiruvchilar o‘rtasida uzviy aloqa o‘rnatish, ularning kelgusi professional faoliyati, erishgan yutuqlari va tajribalarini o‘z rasmiy veb-saytlarida joylashtirib borish, ular bilan talabalar o‘rtasida aloqa o‘rnatish, mahorat darslari tashkil etish yuzasidan zarur choralar ko‘rsin. Bunda, bitiruvchilarning kelgusida erishgan yutuqlari oliy ta’lim muassasasi rahbari faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
oliy ta’lim muassasalari rahbarlarining fuqarolarga ta’lim xizmatlari ko‘rsatish qamrovi va sifatini oshirish, ta’lim jarayonini ilg‘or oliy ta’lim standartlariga muvofiqlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha belgilangan ko‘rsatkichlarning bajarilishi yuzasidan ommaviy axborot vositalari orqali keng jamoatchilikka muntazam ravishda hisobot berib borishini ta’minlasin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.04 Oliy ta’lim]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Tibbiyot oliy ta’lim muassasalariga ularning klinikalarida moddiy-texnik bazani mustahkamlash, shuningdek, kapital va joriy ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun o‘zlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan zarur mablag‘lar sarflashga ruxsat berilsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.04 Oliy ta’lim]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha imtiyozlar hamda preferensiyalar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
davlat oliy ta’lim muassasalari Soliq kodeksiga muvofiq soliq to‘lashdan ozod etilganligi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha imtiyozlar hamda preferensiyalar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyaviy mustaqillik berilayotgan davlat oliy ta’lim muassasalariga qonunchilikda oliy ta’lim muassasalari uchun nazarda tutilgan soliq imtiyozlari tatbiq etilishi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.05.00 Soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha imtiyozlar hamda preferensiyalar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyaviy mustaqillik berilayotgan davlat oliy ta’lim muassasalariga ijtimoiy soliqning 12 foiz miqdordagi stavkasi qo‘llanilishi.
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-sentabrdagi “Xizmatlar sohasini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6318-son Farmoni 3-bandida nazarda tutilgan bojxona bojidan ozod qilish bo‘yicha imtiyoz o‘quv hamda ilmiy laboratoriya jihozlari, maxsus asbob-uskunalar, o‘quv, ilmiy-metodik adabiyotlar, o‘qitishning texnik vositalari, multimedia mahsulotlarini olib kiruvchi barcha yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda bojxona bojidan ozod qilinadigan tovarlar ro‘yxatini shakllantirsin hamda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Moliya vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlari uchun davlat oliy ta’lim muassasalari xarajatlarini “UzASBO” dasturiy majmuasi orqali onlayn monitoring qilish imkoniyatini yaratsin. Bunda, xarajatlarni amalga oshirishda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xato va kamchiliklar bo‘yicha “tahlika-tahlil” tizimini yo‘lga qo‘ysin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasiga to‘lov-kontrakt mablag‘lari hisobidan ajratmalarning Moliya vazirligi axborot tizimi orqali avtomatik tarzda o‘tkazilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Milliy teleradiokompaniya Milliy axborot agentligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda ushbu qaror maqsadi va vazifalarini ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritishga doir maxsus media-reja ishlab chiqsin hamda uning ijrosini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi uch oy muddatda quyidagilarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vazirligi bilan birgalikda bir talaba uchun to‘g‘ri keladigan o‘rtacha xarajat miqdori asosida moliyalashtirish tartibini nazarda tutuvchi qaror loyihasini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflarni.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.X. Toshkulov belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga 2022-yil 1-iyul va 2023-yil 1-yanvarga qadar axborot berilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 24-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-61-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-61-son qaroriga 1-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliyaviy mustaqillik berilayotgan davlat oliy ta’lim muassasalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1.
Andijon davlat tibbiyot instituti
2.
Andijon davlat universiteti
3.
Buxoro davlat texnika universiteti
4.
Buxoro davlat tibbiyot instituti
5.
Buxoro davlat universiteti
6.
Geologiya fanlari universiteti
7.
Guliston davlat universiteti
8.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
9.
Navoiy davlat universiteti
10.
Namangan davlat universiteti
11.
Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti
12.
Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti
13.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti
14.
Samarqand davlat universiteti
15.
Samarqand davlat chet tillar instituti
16.
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
17.
Termiz davlat universiteti
18.
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
19.
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
20.
Toshkent davlat agrar universiteti
21.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
22.
Toshkent davlat texnika universiteti
23.
Toshkent davlat tibbiyot universiteti
24.
Toshkent davlat transport universiteti
25.
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
26.
Toshkent davlat yuridik universiteti
27.
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti
28.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti
29.
Toshkent farmatsevtika instituti
30.
Urganch davlat universiteti
31.
Farg‘ona davlat universiteti
32.
Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti
33.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
34.
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
35.
O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti
36.
O‘zbekiston Milliy universiteti
37.
Qarshi davlat universiteti
38.
Qoraqalpoq davlat universiteti
39.
Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti
40.
“Cyber university” davlat universiteti
41.
“ToshTech” texnika universiteti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: 2023-yil 1-yanvardan boshlab Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga Respublika oliy ta’lim kengashi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda mazkur ro‘yxatga qo‘shimcha davlat oliy ta’lim muassasalarini kiritish huquqi beriladi.
(1-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-61-son qaroriga 2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-avgustdagi “Jismoniy tarbiya va sport obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash ishlarini moliyalashtirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5787-son Farmoni 6-bandining beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5987-son Farmoni 16-bandining yettinchi xatboshisi “barcha ajratmalardan” so‘zlaridan keyin “2025-yilga qadar” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-noyabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3389-son qarori 4-bandining uchinchi xatboshisidan “hamda oliy ta’lim muassasalarining oshirilgan to‘lov-kontrakt tushumlari (5 foizgacha miqdorda)” so‘zlari chiqarib tashlansin.
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-259-sonli Farmoniga asosan 4-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2026-yil 1-yanvar — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/259/1224-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-noyabrdagi “Davlat tibbiyot muassasalari va sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4007-son qarori 5-bandining “a” kichik bandi uchinchi xatboshisidan “oliy tibbiyot ta’lim muassasalari hisobvaraqlarida jamlanadigan pullik o‘qish kontraktlari bo‘yicha tushumlar, shuningdek,” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-noyabrdagi “Toshkent shahrida Adju universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4041-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 4, 6, 7 va 8-bandlardagi “2019/2020” raqamlari “2020/2021” raqamlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 5-bandning ikkinchi xatboshisidagi “2019/2020 va 2020/2021” so‘zlari “2020/2021 va 2021/2022” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi “Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4319-son qarori 3-bandining uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4391-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 7-bandi quyidagi tahrirdagi o‘n beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Mazkur bandning “a”, “b” va “v” kichik bandlari moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalariga tatbiq etilmaydi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-apreldagi “Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4666-son qarori 6-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Moliya vazirligi 2022/2023 o‘quv yilida sog‘liqni saqlash sohasi uchun 50 nafar menejer mutaxassislarni magistrlik yo‘nalishi bo‘yicha davlat granti asosida tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash choralarini ko‘rsin”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-martdagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5020-son qarori 15-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“2021/2022 o‘quv yilida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan 100 nafardan xotin-qizlar uchun har yili mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hamda moliyaviy barqaror davlat oliy ta’lim muassasalari tomonidan ularning Kengashi qaroriga asosan 50 nafargacha xotin-qizlar uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan 150 nafardan xotin-qizlar uchun har yili mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan qoplab beriladi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-oktabrdagi “Xirurgiya xizmatini transformatsiya qilish, hududlarda jarrohlik amaliyotlari sifatini oshirish va ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5254-son qarorining 11-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“11. Sog‘liqni saqlash vazirligi 2022/2023 o‘quv yilida sog‘liqni saqlash sohasi uchun 50 nafar menejer mutaxassislarni magistrlik yo‘nalishida (Master of Nealthcare Administration) davlat granti asosida Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster va boshqa nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida tayyorlash bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda shartnomalar tuzilishini va bu bilan bog‘liq xarajatlarning mazkur maqsadlar uchun Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilishini ta’minlasin”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 12-yanvardagi “Toshkent shahrida “Sankt-Peterburg davlat universiteti” Federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasi filiali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4942-son qarori 3-bandining oltinchi xatboshisidagi va 9-bandining “b” kichik bandidagi “2021/2022” raqamlari “2022/2023” raqamlari bilan almashtirilsin.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi “Adliya organlari va muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 124-son qarorining 5-bandidan “, shu jumladan Toshkent davlat yuridik universitetida o‘qitishning oshirilgan to‘lov-kontrakt summasini to‘lashdan tushadigan mablag‘lar” so‘zlari chiqarib tashlansin.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-fevraldagi 172-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“oliy ta’lim muassasalarining to‘lov-kontrakt (shu jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt) shaklida o‘qitishdan tushadigan mablag‘larining mazkur mablag‘lar bo‘yicha moliya yili oxiriga qoldiq (tijorat banklarining depozitlariga joylashtirilgan mablag‘lar ham inobatga olingan holda) qismining 4 foizi miqdoridagi ajratmalar”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 5-banddagi “1-aprelidan” so‘zlari “10-yanvaridan” so‘zlari bilan almashtirilsin.