27.11.2021 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3337
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining qarori, 27.11.2021 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3337
Date of entry into force
01.01.2022
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

Tijorat banklarining hisob siyosati va moliyaviy hisobotlariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 27-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3337]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611-son “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga oʻtish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Tijorat banklarining hisob siyosati va moliyaviy hisobotlariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur qaror 2022-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 18-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20/3-son

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 18-noyabrdagi 20/3-son qaroriga
1-ILOVA

Tijorat banklarining hisob siyosati va moliyaviy hisobotlariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
NIZOM

Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom tijorat banklari, shu jumladan mikromoliya banklari (bundan buyon matnda bank deb yuritiladi) tomonidan hisob siyosatini ishlab chiqish va joriy etish, shuningdek banklarning moliyaviy hisobotlariga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 10-iyuldagi 14/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 3658, 08.08.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2025-y., 10/25/3658/0713-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1-bob. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (International Financial Reporting Standards) (bundan buyon matnda MHXS deb yuritiladi) — Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari fondi tomonidan qabul qilingan hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun belgilangan tartibda tan olingan standartlar va unga tushuntirishlar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hisob siyosati — bank tomonidan buxgalteriya hisobini yuritishda, moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda va taqdim etishda qoʻllaniladigan tamoyillar, qoidalar va usullar majmui;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyaviy hisobot — bankning hisobot sanasidagi moliyaviy holati, hisobot davridagi faoliyatining moliyaviy natijasi va pul mablagʻlarining harakati toʻgʻrisidagi tizimlashtirilgan axborot.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Banklar hisob siyosati va moliyaviy hisobotlarni Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuni, MHXS va ushbu Nizomga muvofiq ishlab chiqadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2-bob. Banklarning hisob siyosati
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Bankning hisob siyosati bank boshqaruvi tomonidan ishlab chiqiladi hamda bankning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Banklarda buxgalteriya hisobini yuritish jarayoni imkon qadar avtomatlashtirilgan tarzda (inson omilisiz) amalga oshirilishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Banklarning hisob siyosatiga oʻzgartirishlar kiritilmaydi, bundan mazkur bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan hollar mustasno.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qonunchilik hujjatlari yoki MHXSga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi munosabati bilan banklar hisob siyosatining faqatgina ushbu oʻzgartirishlar taalluqli boʻlgan qismini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3-bob. Banklarning moliyaviy hisoboti
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Bank boshqaruvi moliyaviy hisobotlarni tuzadi hamda tasdiqlash uchun bankning kuzatuv kengashiga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Moliyaviy hisobotlar bankning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bank boshqaruvi va kuzatuv kengashi moliyaviy hisobotlarning qonunchilik hujjatlari va MHXSga muvofiq holda boʻlishi uchun javobgar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Banklarning moliyaviy hisobotlari quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq moliyaviy holat toʻgʻrisidagi hisobot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromad toʻgʻrisidagi hisobot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq xususiy kapitaldagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi hisobot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisidagi hisobot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
moliyaviy hisobotlarni tushuntiruvchi izohlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliyaviy hisobotlarda ochib beriladigan axborotlarning tuzilishi MHXSga muvofiq boʻlishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Banklar tomonidan MHXSdan kelib chiqib, mazkur Nizomning 8-bandida keltirilgan hisobotlar nomlari oʻzgartirilgan holda tuzilishi, shuningdek hisobotlarda qoʻshimcha maʼlumotlar kiritilishi mumkin. Masalan, “foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromad toʻgʻrisidagi hisobot” nomi oʻrniga “umumlashgan daromad toʻgʻrisidagi hisobot” nomidan foydalanilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4-bob. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Mazkur nizom talablarini buzishda aybdor shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklarining hisob siyosati va moliyaviy hisobotlariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga

‎ ‎ ‎ ‎ ‎

MOLIYAVIY HOLAT TOʻGʻRISIDAGI HISOBOT

______ yil 31-dekabr holatiga koʻra‎

__________________________________________________ bank

‎ ‎

(bankning toʻliq nomi)

‎
‎
‎Bank roʻyxatga olingan raqam _________________________________________
‎ ‎ ‎

‎(ming soʻmda)

Aktivlar

Oʻtgan hisobot davri‎

Joriy hisobot davri‎

Pul mablagʻlari va pul mablagʻlari ekvivalentlari ‎ ‎
Boshqa banklardagi mablagʻlar ‎ ‎
Qarz qimmatli qogʻozlariga kiritilgan investitsiyalar ‎ ‎
Ulushli qimmatli qogʻozlarga kiritilgan investitsiyalar ‎ ‎
Hosilaviy qimmatli qogʻozlarga kiritilgan investitsiyalar ‎ ‎
Mijozlarga berilgan kreditlar, shu jumladan moliyaviy ijara ‎ ‎
Asosiy vositalar ‎ ‎
Nomoddiy aktivlar ‎ ‎
Foydalanish huquqi bilan olingan aktivlar ‎ ‎
Soliq majburiyatlari boʻyicha boʻnak toʻlovlari ‎ ‎
Boshqa moliyaviy aktivlar ‎ ‎
Boshqa aktivlar ‎ ‎
Jami aktivlar ‎ ‎

Majburiyatlar

‎ ‎
Boshqa banklarning mablagʻlari ‎ ‎
Mijozlarning mablagʻlari ‎ ‎
Taqdim etilgan qarz qimmatli qogʻozlari ‎ ‎
Boshqa qarz mablagʻlari ‎ ‎
Subordinar qarz mablagʻlari ‎ ‎
Ijara boʻyicha majburiyatlar ‎ ‎
Boshqa moliyaviy majburiyatlar ‎ ‎
Foyda soligʻi boʻyicha joriy majburiyatlar ‎ ‎
Kechiktirilgan soliq majburiyatlari ‎ ‎
Boshqa majburiyatlar ‎ ‎
Jami majburiyatlar ‎ ‎

Xususiy kapital

‎ ‎
Aksiyadorlik kapitali ‎ ‎
Emission daromad ‎ ‎
Taqsimlanmagan foyda ‎ ‎
Jami xususiy kapital ‎ ‎
Jami xususiy kapital va majburiyatlar ‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklarining hisob siyosati va moliyaviy hisobotlariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
‎ ‎ ‎ ‎ ‎
______ yil 31-dekabr holatiga koʻra‎

__________________________________________________ bank

‎ ‎

(bankning toʻliq nomi)

‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎

FOYDA YOKI ZARAR VA BOSHQA UMUMLASHGAN DAROMAD TOʻGʻRISIDAGI HISOBOT

‎Bank roʻyxatga olingan raqam _________________________________________
‎ ‎ ‎

‎(ming soʻmda)

Moddalar

Oʻtgan hisobot davri‎

Joriy hisobot davri‎

Samarali foiz stavkasi usulida hisoblangan foizli daromadlar ‎ ‎
Boshqa foizli daromadlar ‎ ‎
Samarali foiz stavkasi usulida hisoblangan foizli xarajatlar ‎ ‎
Boshqa foizli xarajatlar ‎ ‎
Sof foizli marja va boshqa daromadlar ‎ ‎
Kredit operatsiyalari boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlar zaxirasi ‎ ‎
Ehtimoliy yoʻqotishlar boʻyicha zaxira shakllantirilgandan soʻng sof foizli marja va boshqa daromadlar ‎ ‎
Komission daromadlar ‎ ‎
Komission xarajatlar ‎ ‎
Sof qiymati foyda va zararlar orqali tan olinadigan qimmatli qogʻozlarga oid xarajatlarni chegirilgan holdagi daromadlar ‎ ‎
Xorijiy valyuta operatsiyalaridan xarajatlar chegirilgan holdagi daromadlar ‎ ‎
Hosilaviy qimmatli qogʻozlardan xarajatlarni chegirgan holdagi daromadlar ‎ ‎
Xorijiy valyutani qayta baholashdan xarajatlarni chegirgan holdagi daromadlar ‎ ‎

Boshqa operatsion daromadlar

‎ ‎
Maʼmuriy va boshqa operatsion daromadlar ‎ ‎
Soliq toʻlanguncha foyda/zarar ‎ ‎
Foyda soligʻi xarajati/daromadi ‎ ‎
Joriy yildagi foyda/zarar ‎ ‎
Joriy yildagi jami foyda ‎ ‎
Bank aksiyadorlari uchun hisoblanadigan, har bir aksiyaga toʻgʻri keladigan foyda (har bir aksiya uchun soʻmda) ‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklarining hisob siyosati va moliyaviy hisobotlariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎

_________________________________________________________________ banki uchun yillik

‎

(bankning toʻliq nomi)

‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎

XUSUSIY KAPITALDAGI OʻZGARISHLAR TOʻGʻRISIDAGI HISOBOT

‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
__________ yil 31-dekabr holatiga koʻra ‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎

(ming soʻmda)‎

Moddalar

Bank muassislari uchun hisoblanadigan

Aksiyadorlik kapitali‎

Emission daromad‎

Taqsimlanmagan foyda‎

Jami‎

1-yanvar 20__ yil holatiga qoldiq ‎ ‎ ‎ ‎
Yildagi foyda ‎ ‎ ‎ ‎
20__ yil uchun jami daromad ‎ ‎ ‎ ‎
Eʼlon qilingan dividendlar ‎ ‎ ‎ ‎
Aksiyalar emissiyasi ‎ ‎ ‎ ‎
31-dekabr 20__ yil holatiga qoldiq ‎ ‎ ‎ ‎
Yildagi foyda ‎ ‎ ‎ ‎
20__ yil uchun jami daromad ‎ ‎ ‎ ‎
Eʼlon qilingan dividendlar ‎ ‎ ‎ ‎
31-dekabr 20__ yil holatiga qoldiq ‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tijorat banklarining hisob siyosati va moliyaviy hisobotlariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
‎ ‎ ‎ ‎

Pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisidagi hisobot
‎(bevosita usul*)

‎ ‎ ‎ ‎
____________________________ bank

_______ yil 31-dekabr holatiga koʻra

(bankning toʻliq nomi)‎

‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎ ‎
Bank roʻyxatga olingan raqam _____________________________________
‎ ‎ ‎ ‎
‎ ‎ ‎

(ming soʻmda)‎

Moddalar

31-dekabr 20__ yil‎

Operatsion faoliyatdagi pul oqimlari ‎

Samarali foiz stavkasi usulida olingan foizli daromadlar

‎
Samarali foiz stavkasi usulida toʻlangan foizli xarajatlar ‎
Olingan komission daromadlar ‎
Toʻlangan komission daromadlar ‎
Xorijiy valyutadagi operatsiyalardan olingan daromadlar ‎
Hosilaviy qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalardan olingan daromadlar ‎
Boshqa olingan operatsion daromadlar ‎
Xodimlarni saqlash uchun qilingan xarajatlar ‎
Toʻlangan maʼmuriy va boshqa operatsion xarajatlar ‎
Toʻlangan foyda soligʻi ‎
Operatsion aktivlar va majburiyatlardagi oʻzgarishlarga qadar operatsion faoliyatdagi pul oqimlari ‎
Sof oʻsish/kamayish: ‎
Boshqa banklardagi mablagʻlar ‎
Mijozlarga ajratilgan kreditlar ‎
Foyda va zarar orqali baholanadigan qarz qimmatli qogʻozlariga kiritilgan investitsiyalar ‎
Foyda va zarar orqali baholanadigan ulushli qimmatli qogʻozlarga kiritilgan investitsiyalar ‎
Boshqa aktivlar ‎
Sof oʻsish/kamayish: ‎
Boshqa banklarning mablagʻlari ‎
Mijozlarning mablagʻlari ‎
Boshqa moliyaviy majburiyatlar ‎
Operatsion faoliyatda foydalanilgan sof pul mablagʻlari ‎
Investitsion faoliyatdagi pul oqimlari ‎
Asosiy vositalarning sotib olinishi ‎
Nomoddiy aktivlarning sotib olinishi ‎
Asosiy vositalarning chiqib ketishi ‎
Investitsion faoliyatda foydalanilgan sof pul mablagʻlari ‎
Moliyaviy faoliyatdagi pul oqimlari ‎
Qarz qimmatli qogʻozlarini chiqarish ‎
Qarz qimmatli qogʻozlarini soʻndirish ‎
Boshqa qarz mablagʻlarini jalb qilish ‎
Boshqa qarz mablagʻlarini soʻndirish ‎
Ijara boʻyicha asosiy summani soʻndirish ‎
Toʻlangan dividendlar ‎
Moliyaviy faoliyatdan olingan (foydalanilgan) sof pul mablagʻlari ‎
Pul mablagʻlari va ularning ekvivalentlariga kurs farqlarining taʼsiri ‎
Pul mablagʻlari va ularning ekvivalentlariga ehtimoliy yoʻqotishlar zaxirasining taʼsiri ‎
Pul mablagʻlari va ularning ekvivalentlarining sof oʻsishi ‎
Pul mablagʻlari va ularning ekvivalentlarining yil boshiga qoldigʻi ‎
Pul mablagʻlari va ularning ekvivalentlarining yil oxiriga qoldigʻi ‎
‎ ‎ ‎ ‎
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
* Izoh: banklar pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisidagi hisobotni MHXSga muvofiq bilvosita usulda ham tuzishlari mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 18-noyabrdagi 20/3-son qaroriga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI

1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2003-yil 19-iyuldagi 15/9-son “Banklarning hisob siyosati va moliyaviy hisoboti toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1270, 2003-yil 3-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 17-18-son).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2004-yil 2-oktabrdagi 21/1-son “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining chop etiladigan yillik moliyaviy hisobotlariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1419, 2004-yil 25-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 43-son, 458-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2010-yil 23-oktabrdagi 34/14-son “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining chop etiladigan yillik moliyaviy hisobotlariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1419-1, 2010-yil 8-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 44-45-son, 411-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2016-yil 20-fevraldagi 4/1-son “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining chop etiladigan yillik moliyaviy hisobotlariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1419-2, 2016-yil 15-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 11-son, 105-modda).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2021-y., 10/21/3337/1103-son; 09.08.2025-y., 10/25/3658/0713-son; 29.09.2026-y., 10/26/3337-1/0976-son)