23.11.2021 yildagi PQ-20-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 23.11.2021 yildagi PQ-20-son
Date of entry into force
24.11.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida dehqon xoʻjaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soʻnggi yillarda qishloq xoʻjaligini isloh qilish va sohaga bozor mexanizmlarini joriy etish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bugungi kunda respublikamizda yetishtirilayotgan 80 turdan ortiq qishloq xoʻjaligi mahsulotlari dunyoning 66 ta mamlakatiga eksport qilinmoqda. Bunda, meva-sabzavotlar va dukkakli mahsulotlarning eksport hajmi 2016-yildan 2021-yilga qadar qariyb 2 barobarga oshgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shu bilan birga, paxta va gʻalladan qisqartirilayotgan yer maydonlarida bogʻdorchilik, uzumchilik, poliz va sabzavotchilik, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish sohasida eksportbop qishloq xoʻjaligi ekinlari ekishni koʻpaytirish, shuningdek, aholining keng qatlamlarini jalb qilish orqali ushbu yerlardan samarali foydalanish tizimini yaratish evaziga tarmoqda qoʻshimcha oʻsishga erishishda ilmiy asoslangan yondashuv va oʻrganishlarni inobatga olish taqozo etilmoqda.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jumladan, hisob-kitoblarga koʻra 1 gektar maydonda yetishtirilgan paxta xom ashyosiga nisbatan uzumdan 7 baravar, gilosdan 6 baravar, yongʻoqdan 5 baravar koʻp daromad olish hamda ushbu yerlarda oilaviy tadbirkorlik doirasida kichik intensiv bogʻdorchilik, uzumchilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish va sabzavotchilik loyihalarini qoʻllab-quvvatlash orqali “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da roʻyxatda turgan ehtiyojmand oilalarning daromadli mehnat bilan bandligini taʼminlash boʻyicha katta imkoniyat mavjud.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Aholining daromad topishga qaratilgan tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, aholiga agrar tarmoqda oʻz biznesini tashkil etishga koʻmaklashish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda dehqon xoʻjaliklarining ulushini oshirish va qishloq xoʻjaligini diversifikatsiyalash orqali oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda fermer xoʻjaliklari va klasterlar foydalanishidagi aholi punktiga yaqin hamda suv taʼminoti yaxshi boʻlgan paxta va gʻalladan qisqartirilgan 92 655 gektar ekin maydonlarini zaxiraga qaytarish;
(1-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-apreldagi PQ-113-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2023-y., 07/23/113/0198-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) zaxiraga qaytarilgan yer maydonlarini dehqon xoʻjaligi tashkil etgan holda sabzavotchilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish kabi loyihalarni amalga oshirish uchun fuqarolarga 30 yilga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
suv taʼminoti yaxshi hududlarda Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida 0,15 gektardan 1 gektargacha, boshqa viloyatlarda 0,30 gektardan 1 gektargacha hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasida 0,30 gektardan 2 gektargacha boʻlgan oʻlchamlarda;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 1-martdan boshlab kam suvli yerlarda viloyatlarda 0,50 gektardan 1 gektargacha hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasida 0,50 gektardan 2 gektargacha boʻlgan oʻlchamlarda elektron onlayn auksion savdolari orqali ijaraga berish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
(1-bandning “b” kichik bandi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-76-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 06/24/76/0336-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Belgilansinki:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi maqsadlari, shu jumladan dehqon xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish boʻyicha materiallarni toʻplash, koʻrib chiqish, ularni vakolatli organlar va tashkilotlar bilan kelishish “E-IJARA” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 1-martdan boshlab qishloq xoʻjaligi maqsadlari, shu jumladan, dehqon xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalari “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn auksion savdolari orqali ijaraga beriladi, bundan Yer kodeksiga muvofiq yer uchastkalarini Vazirlar Mahkamasi tomonidan ijaraga berish hollari mustasno.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-76-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 06/24/76/0336-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-76-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 06/24/76/0336-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2022-y., 07/22/373/0808-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dehqon xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning maʼmuriy reglamenti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yuridik shaxslarga qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning maʼmuriy reglamenti;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J.A. Xodjayev) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.H. Shermatov) bilan birgalikda bir oy muddatda “E-IJARA” axborot tizimini ishga tushirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-76-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 06/24/76/0336-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. “E-IJARA” axborot tizimiga va “E-auksion” elektron savdo platformasiga integratsiya qilish orqali idoralararo elektron maʼlumotlar almashinuvi yoʻlga qoʻyiladigan vazirlik va idoralar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-martdagi PF-91-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.03.2022-y., 06/22/91/0233-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J.A. Xodjayev) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A.J. Ortiqov) bilan birgalikda bir hafta muddatda mazkur qarorga 2-ilovada koʻrsatilgan vazirlik va idoralar oʻrtasida tegishli maʼlumotlarni almashish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2022-y., 07/22/373/0808-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J.A. Xodjayev) Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) bilan birgalikda Xalqaro moliya institutlaridan jalb qilingan qarzning 100 million AQSH dollari ekvivalenti miqdoridagi mablagʻlarni tijorat banklariga milliy valyutada 3 yil imtiyozli davr bilan 10 yil muddatga yillik 10 foiz stavkada joylashtirsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilab qoʻyilsinki, tijorat banklariga joylashtirilgan mablagʻlar mazkur qarorga asosan ajratiladigan kreditlar boʻyicha garov taʼminoti sifatida qabul qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Kredit mablagʻlari “Har bir oila — tadbirkor” dasturi shartlari asosida tijorat banklari tomonidan dehqon va fermer xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchi boshqa korxonalarga yer maydonida kichik intensiv bogʻdorchilik, uzumchilik, sabzavotchilikni rivojlantirish, poliz, dukkakli, moyli ekinlar va kartoshka yetishtirish uchun quyidagi shartlarda taqdim etilishi belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir loyiha milliy valyutada 100 million soʻmdan oshmagan miqdorda yillik 14 foiz stavkada moliyalashtiriladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditlar kichik intensiv bogʻdorchilik va uzumchilikka 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yildan koʻp boʻlmagan muddatga, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish va sabzavotchilikka 6 oygacha imtiyozli davr bilan 2 yilgacha muddatga ajratiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kredit taʼminoti sifatida kreditning qaytmaslik xataridan sugʻurta qilish polisi taqdim etiladi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kreditlar dehqon xoʻjaliklariga yangi joriy etilayotgan hokim yordamchilarining yozma tavsiyasiga asosan ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Belgilansinki, mazkur qarorga asosan ajratiladigan kredit mablagʻlari uning belgilangan umumiy miqdori (100 million soʻm) doirasida kredit oluvchilar tomonidan oʻz biznes-rejalari asosida, shu jumladan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ijaraga olingan yoki oʻz egaligida boʻlgan yer maydonida mazkur qaror bilan belgilangan yoʻnalishdagi loyihalarni amalga oshirish toʻgʻrisida Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Agroservis operator” DUK yoki boshqa salohiyatli ixtisoslashgan tashkilot bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq “tayyor holda” topshirish tamoyili asosida bajarilgan ishlarga haq toʻlash uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
kichik intensiv bogʻdorchilik, uzumchilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish va sabzavotchilikda suv tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish, sifatli koʻchatlar, urugʻliklar, mineral oʻgʻitlar, kimyoviy va biologik preparatlar, qishloq xoʻjaligi texnikalari (ekish seyalkalari, ishlov berish va yigʻib olish agregatlari) xarid qilish uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
olingan kreditning qaytmaslik xataridan sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta mukofoti toʻlovini amalga oshirish uchun foydalanilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A.J. Ortiqov) tijorat banklariga “E-AUKSION” axborot tizimi orqali ijaraga berilgan yer maydoni, tanlov gʻolibining loyiha boʻyicha olgan majburiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tekshirish uchun texnik imkoniyatlar yaratilishini taʼminlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Dehqon xoʻjaliklari uchun qisqa muddatli intensiv oʻquv kurslarini tashkil etish boʻyicha respublika ishchi guruhi (keyingi oʻrinlarda — Respublika ishchi guruhi) tuzilsin va uning tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Kichik intensiv bogʻdorchilik, uzumchilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish va sabzavotchilik yoʻnalishlarida malakali trener-konsultantlarni tayyorlab, ular yordamida dehqon xoʻjaliklari uchun qisqa muddatli intensiv oʻquv kurslarini tashkil etish Respublika ishchi guruhining asosiy vazifasi hisoblansin.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-76-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 06/24/76/0336-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Respublika ishchi guruhi (J.A. Xodjayev) Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
yigirma kun muddatda har bir hudud uchun kamida 10 nafardan malakali trener-konsultantlarni tayyorlash boʻyicha dastur va ularni tanlab olishga doir talablarni ishlab chiqsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
bir oy muddatda dehqon xoʻjaliklari uchun qisqa muddatli intensiv oʻquv kurslarini tashkil etish dasturini ishlab chiqsin va har bir tumanda reja-grafik asosida ushbu oʻquv kurslarining tashkil etilishini taʼminlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligidagi yangi ilmiy yondashuvlar, mavjud xalqaro tajriba va dehqon xoʻjaliklarining faoliyatini oʻrganish natijasida aniqlanayotgan masalalarni inobatga olgan holda, ularga yaqindan, shu jumladan Internet tarmogʻi orqali doimiy tarzda maslahat berib borish tizimini yoʻlga qoʻysin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi “Uzumchilikni rivojlantirishda klaster tizimini joriy etish, sohaga ilgʻor texnologiyalarni jalb qilishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5200-son qaroriga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda tashkil etilgan uzumchilikni rivojlantirish boʻyicha doimiy loyiha ofislari Intensiv bogʻdorchilik, uzumchilik va sabzavotchilikni rivojlantirish boʻyicha doimiy loyiha ofislari (keyingi oʻrinlarda — loyiha ofislari) deb qayta nomlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
loyiha ofislarining bogʻdorchilik va sabzavotchilikni rivojlantirish boʻyicha faoliyati Agrosanoatni rivojlantirish agentligi tomonidan boshqariladi;
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
har bir loyiha ofisiga Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan bogʻdorchilik va sabzavotchilik rivojlangan davlatlardan malakali mutaxassislar jalb qilinadi.
(13-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Loyiha ofislariga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
intensiv usulda, shu jumladan klaster va kooperatsiya usulida bogʻlar, sabzavotchilik maydonlarini tashkil etish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ajratilayotgan yer maydonlarida tashabbuskorlar tomonidan intensiv bogʻlar, sabzavotchilik maydonlari barpo etilishini monitoring qilish hamda koʻchatlarni ekish boʻyicha tavsiyalar berish;
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2024-yil 1-martdan boshlab intensiv bogʻlar barpo etishga yaroqli yer uchastkalarini tanlash, ularning elektron onlayn auksion savdolariga chiqarilishini tashkil etish;
(13-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-maydagi PF-76-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 06/24/76/0336-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
intensiv bogʻlar va sabzavotchilik maydonlariga koʻchatlar, mineral oʻgʻitlar yetkazib berish, agroxizmatlar koʻrsatish, mahsulotni sotishni tashkil etishga koʻmaklashish.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qishloq xoʻjaligi vazirligi bir oy muddatda mavjud shtatlar doirasida Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligining hududiy boʻlimlarini ochish boʻyicha qaror loyihasini kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Davlat soliq qoʻmitasi (Sh.D. Kudbiyev), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.B. Xusanov) yangi joriy etilayotgan hokim yordamchilari bilan birga mazkur qaror doirasida ajratilgan yer uchastkalari, kredit resurslari hisobiga doimiy va barqaror daromad manbaiga ega boʻlgan fuqarolarga qonunchilikda belgilangan tartibda oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtishda koʻmaklashsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) sugʻurta kompaniyalari va tijorat banklari bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qishloq xoʻjaligi sohasida xalqaro sugʻurta amaliyotidan kelib chiqib, sugʻurta tashkiloti tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar boʻyicha kredit qaytmaslik xatarini keltirib chiqaruvchi barcha iqtisodiy tendensiyalar, boshqaruv va tabiat taʼsiri bilan bogʻliq omillar qamrab olinishi, ushbu omillarni toʻliq monitoring qilish hamda mazkur kreditlar boʻyicha sugʻurta hodisasi roʻy berganda tijorat banklarining birinchi talabiga muvofiq mavjud qarzdorlik (jumladan, hosil olinmagan davr uchun mavsumiy qarzdorlik) toʻlab berilishini nazarda tutuvchi soddalashtirilgan tartibni;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
mazkur qaror bilan belgilangan yoʻnalishlarda ajratilgan kreditlar boʻyicha sugʻurta qoplamalari (tovonlari) toʻlanishi natijasida ularning umumiy miqdori sugʻurta kompaniyasi oʻz kapitalining muayyan miqdoridan oshgan taqdirda, sugʻurta kompaniyasining zararini Moliya vazirligi tomonidan Davlat budjeti mablagʻlari va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplab berish mexanizmini joriy etish boʻyicha hukumat qarori loyihasini kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J.A. Xodjayev) Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A.X. Qoʻldoshev) bilan birgalikda hududlarga chiqqan holda dehqon xoʻjaliklariga ajratilayotgan yerlarga tabiiy va texnogen ofatlarning ehtimoliy taʼsirlarini aniqlash hamda ushbu taʼsirlarni yumshatish yuzasidan favqulodda harakatlar rejasini tasdiqlasin hamda favqulodda holatlarda ekinlarni himoya qilish choralarini koʻrsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L.Sh. Kudratov), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J.A. Xodjayev):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ichki va tashqi bozorlarni doimiy ravishda oʻrganib borgan holda barqaror talabga ega boʻlgan mahsulotlarning roʻyxati va hajmi yuzasidan maʼlumotlar bazasini shakllantirish, har oyda yangilab borish hamda ushbu maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalari va Internet tarmogʻidan keng foydalangan holda aholiga muntazam ravishda yetkazib borish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
hududlarda dehqon xoʻjaliklari tomonidan oʻzi yetishtirgan mahsulotini qayta ishlash istagida boʻlgan oilalarga xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarish uchun zamonaviy mini-texnologiya va boshqa uskunalarning taqdimotlarini oʻtkazish va sotib olishga koʻmaklashish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Milliy statistika qoʻmitasi 2020-yildan boshlab “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da roʻyxatda turgan ehtiyojmand oilalarga ochiq elektron tanlov asosida ijaraga berilgan yer uchastkalarida yetishtirilgan mahsulotlar haqidagi maʼlumotlarning rasmiy statistika hisobotlarida toʻliq aks ettirilishini taʼminlasin.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J.A. Xodjayev) ikki oy muddatda:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ochiq elektron tanlov asosida ajratilgan yerlarda amalga oshiriladigan loyihalarni kompleks monitoring qilish, shu jumladan ajratilgan yer maydonining holati, zarur agrotexnik tadbirlar, ekinlarni himoya qilish va oʻgʻitlash ishlarining oʻtkazilishi, mahalliy hokimlik tomonidan zarur infratuzilma bilan taʼminlanganligi, yer ball boniteti, ekiladigan mahsulotning unib chiqishi, hosildorlik, tabiat omillari taʼsiri va boshqa indikatorlarga asosan ijarachilarni tasniflash (“yaxshi”, “oʻrta”, “yomon”) tartibini nazarda tutgan holda qishloq xoʻjaligi ekinlari monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi qaror loyihasini;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Ushbu qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev, moliya vaziri T.A. Ishmetov, iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari I.I. Norqulov belgilansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosarlari Sh.M. Gʻaniyev va J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2021-yil 23-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-20-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2022-y., 07/22/373/0808-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1.1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2022-y., 07/22/373/0808-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1.2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2022-y., 07/22/373/0808-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1.3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2022-y., 07/22/373/0808-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1.4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2022-y., 07/22/373/0808-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1.5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2022-y., 07/22/373/0808-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1.6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2022-y., 07/22/373/0808-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1.7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2022-y., 07/22/373/0808-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1.8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2022-y., 07/22/373/0808-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1.9-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2022-y., 07/22/373/0808-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1.10-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2022-y., 07/22/373/0808-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1.11-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2022-y., 07/22/373/0808-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1.12-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2022-y., 07/22/373/0808-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1.13-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2022-y., 07/22/373/0808-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-noyabrdagi PQ-20-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“E-IJARA” axborot tizimiga va “E-auksion” elektron savdo platformasiga integratsiya qilish orqali idoralararo elektron maʼlumotlar almashinuvi yoʻlga qoʻyiladigan vazirliklar va idoralar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ROʻYXATI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va uning huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-oktabrdagi PF-164-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2024-y., 06/24/164/0843-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Ochiq elektron tanlov oʻtkazishda ishtirok etadigan boshqa idoralar va mansabdor shaxslar — zaruratga koʻra.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: vazirliklar va idoralar “E-IJARA” axborot tizimiga va “E-auksion” elektron savdo platformasiga Elektron hukumatning idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻi orqali belgilangan tartibda ulanadi.
(2-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-martdagi PF-91-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.03.2022-y., 06/22/91/0233-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-noyabrdagi PQ-20-son qaroriga
3-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Dehqon xoʻjaliklari uchun qisqa muddatli intensiv oʻquv kurslarini tashkil etish boʻyicha respublika ishchi guruhi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

J.A. Xodjayev

qishloq xoʻjaligi vaziri, ishchi guruh rahbari

A.A. Xaitov

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi, ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

A.M. Toʻrayev

Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori, ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

Lavozimiga koʻra

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi direktori

E.M. Muxitdinov

bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari

A.A. Rahimov

Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisining oʻrinbosari

R.Oʻ. Mamatqulov

“Agrobank” ATB boshqaruvi raisi

Lavozimiga koʻra

Qishloq xoʻjaligi vazirligining masʼul xodimi, ishchi guruh masʼul kotibi

Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: Ishchi guruhi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga yangidan tayinlangan yoxud tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentabrdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.11.2021-y., 07/21/20/1091-son; 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son, 24.03.2022-y., 06/22/91/0233-son, 10.09.2022-y., 07/22/373/0808-son; 29.11.2022-y., 07/22/431/1048-son; 06.04.2023-y., 07/23/113/0198-son; 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son, 10.05.2024-y., 06/24/76/0336-son, 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son; 02.10.2024-y., 06/24/151/0764-son; 24.10.2024-y., 06/24/164/0843-son; 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)